Moliyaviy natijalar hisobining ahamiyati va vazifalari


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 365,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix05.12.2023
ölçüsü365,08 Kb.
#173773
1   2   3   4   5   6
39-44

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–22_Issue-1_February_2023 
42 
real ta’minlanishi olingan foyda bilan belgilanadi. Soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlar to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda korxonaning 
ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishni, korxonaning ilmiy¬texnik va ijtimoiy 
rivojlanishini, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni moliyalashtirish uchun yetarli 
bo‘lishi kerak. 
2. Foyda turli darajadagi byudjetlarni rag‘batlantirish manbalaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi. 
U soliqlar ko‘rinishida byudjetlarga kelib tushadi va boshqa daromad tushumlari 
bilan bir qatorda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishni moliyalashtirish, davlat tomonidan 
o‘z faoliyatini bajarishni ta’minlash, davlatning investitsiya, ishlab chiqa rish, ilmiy-
texnik va ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish uchun ishlatiladi.Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida foydaning ahamiyati juda katta. Foyda olishga intilish tovar ishlab 
chiqaruvchilarni iste’moliga kerak bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini 
oshirishga, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Erkin 
raqobat sharoitida bu orqali nafaqat tadbirkorlarning maqsadiga, balki ijtimoiy 
ehtiyojlar qondirilishiga ham erishiladi.Zararlarning ham o‘z o‘rni bor. Ular 
mablag‘larni yo‘naltirishda, ishlab chiqarishni tashkil qilishda va mahsulotni 
sotishdagi xatolarni yoritib beradi.Foydaga iqtisodiy kategoriya sifatida qaraganda, u 
haqda abstrakt holda gapiriladi. Lekin korxonaning xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini 
rejalashtirishda hamda baholashda, korxona ixtiyorida qolgan foydani taqsimlashda 
foydaning aniq ko‘rsatkichlari ishlatiladi. Foyda bu korxonaning mahsulot sotishdan 
olingan foydasi (zarari) bilan mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq 
bo‘lmagan foydalari (zararlari) yig‘indisidir. Mahsulot sotish deyilganda, nafaqat, 
natural-moddiy shaklga ega bo‘lgan ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish, balki ishlarni 
bajarish, xizmatlar ko‘rsatish ham tushuniladi. Oxirgi moliyaviy natija sifatida foyda 
korxonaning barcha xo‘jalik operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va balans 
moddalarini baholash asos ida aniqlanadi. 
Foyda atamasining ishlatilishi shu bilan bog‘liqki, korxona ishining yakuniy 
moliyaviy natijasi uning chorak, yil yakuni bo‘yicha tuziladigan balansida aks etadi. 
Moliyaviy natijalarni buxgalteriyada hisobga olishning asosiy vazifalari 
quyidagilardir: 
- moliyaviy natijalarning shakllanishi to‘g‘ri ekanligini o‘rganish; 
- olingan foyda miqdorini har oyda hamda yil boshidan o‘z vaqtida va to‘g‘ri 
hisob-kitob qilish; 
- moliyaviy natijalar bilan bog‘liq operatsiyalarni va ularning taqsimlanishini 
buxgalteriya hisobi schyotlarida va tegishli registrlarda to‘g‘ri aks ettirish. 
Korxona tomonidan olinadigan foydaning tarkibini aniqlash maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Chunki qaysi faoliyat turidan korxona foyda olayotganligi va qaysi 



Yüklə 365,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin