Moliyaviy natijalar hisobining ahamiyati va vazifalari


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 365,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix05.12.2023
ölçüsü365,08 Kb.
#173773
1   2   3   4   5   6
39-44

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–22_Issue-1_February_2023 
40 
Korxona tashqarisidagi axborot iste’molchilariga hissadorlar, kreditorlar, banklar 
va boshqa bevosita manfaatdor guruhlar kiradi. Ular korxona olgan foyda miqdori, 
moliyaviy majburiyatlarning bajarilishi haqida ma'lumotga ega bo'lishga qiziqishadi. 
Uchinchi guruh axborot iste'molchilariga har xil jamoat tashkilotlari, ijtimoiy 
fondlar, klublar a’zolari kiradi. 
Buxgalteriya hisobining yana bir vazifasi korxonalar faoliyati natijalari haqidagi 
axborotni o'lchashi va taqdim etishdir. Bu natijalarni kompaniyaning foydalilik 
rejalaridagi maqsadlariga erishishdagi muvaffaqiyatlar qanday va uning likvidligi 
kanday ekanligi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lgan umumiy maqsadga yo'naltirilgan 
moliyaviy hisobotdan topishi mumkin. Haqiqiy va potensial investorlar, bu 
hisobotlarni tahlil qila turib, kompaniyaning kelajakdagi moliyaviy istiqbollari qanday, 
unga mablag‘larni qo'yishga arziydimi yoki yo'qmi ekanligi haqida xulosalar 
chiqarishga harakat qiladilar. Haqiqiy va potensial kreditorlar, kompaniyalar foizlar 
to‘lash va o'z vaqtida qarzlarni uzish uchun yetarli pullarga egami yoki yo'qmi ekanligi 
bilan qiziqishadi. 
Bilvosita moliyaviy manfaatdorli foydalanuvchilar buxgalteriya axborotidan 
foydalanuvchilardan eng muhim hisoblangan davlat va ijtimoiy guruhlardan iborat. 
Soliq organlari byudjetga mahalliy soliqlar, ish haqiga solinadigan soliqlar va 
ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar, pensiya fondlari, ish bilan taminlash fondi, mulklar, 
transport vositalari soliqlar yig‘imlari (excise taxes) va qoʻshilgan qiymat soliqlari 
(value added) va hokazolar bo'yicha to‘lovlarning to'g'riligini nazorat qiladi. 
Buxgalteriya hisobining navbatdagi vazifasi xo’jalik hisobini mustaqkamlashga 
yordam berishdan iborat. 
Korxonalarning ko’pchiligi (ayniqsa, kichik biznes sub’eklari) xo’jalik hisobi 
asosida ish yuritadilar. Хo’jalik hisobi ishlab chiqarish jarayonida minimal moddiy va 
mehnat xarajatlarni sariflab qilib, maksimal samaradorlikka erishishga yo'naltirilgan 
xoʻjalikni yuritish usuli hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobining mohiyati korxonalarning o'z xarajatlarini o’zlari qoplash 
va rentabellikdan iborat. Uni amalga oshirish uchun xodimlarning eng yaxshi 
natijalarga erishishidagi moddiy manfaatdorligi va ularning ish yakunlari uchun 
moddiy javobgarligini ta'minlash zarur. 
Bozor iqtisodiyotidagi xojalik hisobi oldida turgan vazifalarni yechilishi asosan 
har xil xo‘jalik mablag‘larni samarali boshqarishdan iborat. Shunday qilib, xo‘jalik 
hisobi faoliyatni boshqarish maqsadida, boshqaruv qarorlari esa xo‘jalik hisobidan 
olingan ma'lumotlarga qarab qabul qilinadi. Demak, hisob va boshqaruv bu yagona 
butunlikning ikki qismi bolib, ularni bir-birovlaridan ajratib bo'lmaydi. 
Moliyaviy natijalar - bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum hisobot davrida 
tadbirkorlik faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘ning oshishi yoki 
kamayishidir. Buxgalteriya hisobida bunday faoliyat natijasi hisobot davridagi barcha 



Yüklə 365,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin