Pedagogik nazorat va ta`lim sifatini baholash va ma`rifiy tizimlarni



Yüklə 145,45 Kb.
səhifə1/4
tarix01.12.2022
ölçüsü145,45 Kb.
#71693
  1   2   3   4
dokument microsoft word 5

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Nazorat

Pedagogik nazorat va ta`lim sifatini baholash va ma`rifiy tizimlarni


boshqarish.
Reja:

  1. Ta`lim sifati ma`rifiy (ta`limiy, tarbiyaviy) faoliyatni baholash va nazorat qilish muammosi sifatida.

  2. Ta`lim sifatini nazorat qilishning mazmuni, shakllari, metodlari va turlari (joriy, oraliқ, yakuniy).

  3. Nazorat tadbirlarini o`tkazish muammolari va uning psixologik-pedagogik xususiyatlari.

  4. O`zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi.

  5. Ta`lim muassasalarini boshqarish, O`zbekistonda ta`lim taraqqiyoti muammolari va istiqbollari.

O’quvchilarning bilim,ko`nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash ta`lim jarayoning muhim tarkibiy qismlaridan biri-nazorat vahisobga olishdir.Bu tushunchalar o`ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega.


Oqituvchi nazorat va hisobga olishni to`gri tashkil etsa, ta`lim jarayoning samaradorligi ortadi. Bunung uchun o`qituvchi o`quvchining o`quv materiallarini o`zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim.
Nazorat-(ta`lim jarayonida) ta`lim oluvchining bilim. Ko`nikma va malakalari darajasini aniqlash, o`lchash esa tekshirish deb ataladi.
Tekshirish-nazoratning tarkibiy qismi bo`lib , unung asosiy didaktik vazifsi o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida aks aloqani ta`minlash,pedagog tamonidan o`quv materialini o`zlashtirish haqida obektiv axborot olishni hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o`z vaqtida aniqlashdan iboratdir.
Oquvchilarning bilim va malakalarini tekshirish qo`yida ko`rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak.
Tekshirish tizimidagi birinchi bo`g`in ta`lim oluvchinig bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi.Odatda, u o`quv yili boshida o`quvchilar tamonidan avvalgi o`quv yilida o`zlashtirgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadidida o`tkaziladi.BU tekshirish, shuningdek o`quv yilinig o`rtasida yangi bo`lim(kurs)ni o`rganishga kirishilganda ham o`tkazilishi mumkin va o`rinli bo`ladi.
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo`g`ini har mavzuni o`zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta`lim oluvchilar tamonidan o`quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o`zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o`rgatishdir. Bunday tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo`lib, ular o`quv materiali mazmuni, murakkabligi, o`quvchilarning Yoshi va tayyorgarligi, ta`lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharaitlarga bog`liq bo`ladi.

Yüklə 145,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin