Pedagogika ijtimoiy fan sifatida arxiv uz



Yüklə 31,07 Kb.
səhifə1/5
tarix20.10.2023
ölçüsü31,07 Kb.
#157948
  1   2   3   4   5
Umumiy Pedagogika Jismoniy va estetik tarbiya







Umumiy Pedagogika Jismoniy va estetik tarbiya


Reja:


    1. Pedagogika fanining paydo bo`lishi va rivojlanishi.

    2. Pedagogika fanining ob`ekti, predmeti va funksiyalari.

    3. Xulosa.

4.Foydalanilgan adabiyotlar.






Mullojonova Madina 22.17-guruh

Maktabgacha ta’lim



  1. Pedagogika fanining paydo bo`lishi va rivojlanishi.


Pedagogika fanida tarbiya asosiy kategoriya hisoblanib, u jamiyat va oilada har tomonlama rivojlangan insonni shakllantirishdagi muayyan faoliyatni ifodalaydi. Tarbiyaning ilk shakllari ibtidoiy jamiyat davridayoq paydo bo`lgan. Keksa avlod mehnat jarayonida orttirgan tajribalarni yosh avlodga o`rgatgan. Quldorlik jamiyatida Sharqda tarbiyaga oid turli qarashlar vujudga keldi. Feodalizm davrida ta`lim-tarbiya ishlari hukmron feodal sinfi maqsadini ko`zlab ish tutar, shuning uchun ta`lim-tarbiya muassasalarida diniy mafkura gegemonlik qilar edi. Bu asosan, O`rta Osiyodagi pedagogik fikr, maktab va madrasalarga katta ta`sir ko`rsatdi.


O`rta asr uyg’onish davrida Sharqda dunyoviy ta`lim keng rivojlandi. Biroq keyingi asrlarda butun madaniyatda bo`lgani singari ta`lim-tarbiyada diniy mafkura ustunlikni o`z qo`liga oldi. Biroq dunyoviy ta`lim tizimida ham, diniy ta`lim tizimida ham xalq og’zaki ijodiyotidan, jumladan rivoyatlar, ertaklar, masallardan fozil inson tarbiyasida foydalanildi. Xalq og’zaki ijodiyotidagi fikrlarni ijtimoiy ong va axloqni shakllantirishda qo`llash samarali natija berishi zamonaviy pedagogika tomonidan tan olindi.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj tarbiya borasida orttirilgan tajribalar to`plangandan keyin o`sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqarish zaruratini taqozo etadi.
Qadimdan inson tarbiyasiga oid bo`lgan fikrlar xalq maqollarida, afsonalarda, dostonlarda o`z ifodasini topgan. «Alpomish»,
«To`maris», «Kalila va Dimna», «Siyosatnoma», «Qutadg’u
«Devoni lug’atit turk» kabi doston, masal va ertaklarda rostgo`ylik, ota-onaga hurmat-ehtirom, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi tuyg’ular, fazilatlar tarannum etilgan.
Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo`lgan va bashariyat manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan. Tarbiya avlodlar o`rtasidagi

aloqani ta`minlaydi. Kattalar o`zlari turmush jarayonida orttirgan tajribalarini o`zidan keyingi avlodga o`rgatib borganlar. Kichik avlod esa, faoliyati davomida yangi-yangi muammolarga duch kelib, ularning yechimini topish barobarida bilim va ko`nikmalarni egallab, oldingi avloddan meros qolgan bilimlarini yanada boyitib, o`zidan keyingi avlodga qoldiradi. Insoniyat tarixiy taraqqiyot mobaynida katta yo`lni, bu yo`lda u turli ijtimoiy bosqichlarni bosib o`tdi. Formasiyalarning o`zgarishi natijasida ish munosabati bilan ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiy etdi. Bu hol tarbiya jarayonining takomillashib borishiga o`z ta`sirini ko`rsatdi.
Mustaqil O`zbekiston bugungi kunga kelib jahonga o`z nomini tanitdi. Iqtisodiy-siyosiy jihatdan yuksaldi. Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish oshdi, hamkorlikdagi korxonalar kuchaydi. O`zbekiston dunyoning katta bozoriga shaxdam qadam tashladi. Shu bilan birga O`zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o`rin olishida bugun va kelajak uchun zarur bo`lgan zamonaviy kadrlarga ham ehtiyoj sezila bordi.
Mustaqillik, erkinlik, bunyodkorlik esa ijodiy, amaliy, nazariy tashabbusda namoyon bo`ladi. Tashabbus iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning, insonlarning yangi talabiga mos keladigan moddiy, ma`naviy mahsulotlar yaratishga qaratilgan taklif, g’oya, fikr yoki amaliy jarayondir.
Ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasi mustaqil davlatimiz rivojlanishi tarixida mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyat qurilishida bozor iqtisodiyotining yangi, hali ishga tushirilmagan mexanizmlarini ishlab chiqish va ishga tushirishda iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning yangi harakatlantiruvchi kuchlarini ishga solishda XXI asrga kirib boruvchi yangi g’oyalar, texnologiyalar sessiyasi bo`lib qoladi. Bu tasdiq Prezidentimizning sessiyada «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz» nomli jahonShumul ma`ruzalaridagi taraqqiyot yo`nalishlarining mazmunan uyg’unligidan kelib chiqadi. Ma`naviy qadriyatlar ma`naviy - insoniy fazilatga aylansagina insonlarning hayotlari jo`shqin, baxtiyor bo`ladi. Mehnatlari unumdor bo`lib, haqiqiy farovon hayot kechiradilar.
Turon zaminida vujudga kelgan milliy uyg’onish vakillari- jadidlarning aksar qismi maorifning mavjud holatiga qarshi bosh ko`tarib, islohotlar o`tkazish, yangi usul maktablari tashkil etish,

Turkistonliklarni qisqa muddatda rivojlangan, madaniyatli va farovon turmush kechiradigan xalqqa aylantirish yo`lida harakat qildilar. Ularning ezgu amallari, pokiza niyatlari, ilg’or g’oyalari avlodlar tomonidan davom ettirilib, 60-70 yildan keyin ularni amalga oshirish imkoniyati paydo bo`ldi. Bu imkoniyatni qo`ldan boy bermay milliy maktab va uning yangi ma`rifat usul va uslublarini yaratish vaqti keldi.
Ma`rifatning qisqacha tarixi tahlili shuni ko`rsatib turibdiki, u qaysi davrda va qaysi hududda shakllanib, rivoj topganligidan qat`iy nazar, quyidagi tamoyillarga asoslangan:

  • odamlarning irqidan, dinidan, millatidan va istiqomat qilib turgan joyidan qat`iy nazar, ularning ta`lim-tarbiyaga bo`lgan ehtiyoji natijasida Shu ijtimoiy soha va uning ilm-fani vujudga keldi;

  • ma`rifatning birdan bir maqsadi aholiga bilim berish va ularni bu bilimlarni hayotda qo`llay olishlikka o`rgatishdir;

  • bundan maqsad odamlarda tegishli ko`nikma hosil qildirish, ularda ijobiy - ijtimoiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish;

  • qadimgi va undan keyingi asrlarda yashagan ajdodlar uchun rostgo`ylik, sog’lom fikr va jasurlik, odob va axloqiylik, mehnatsevarlik, mehmonnavozlik, iymon va e`tiqodlilik asosiy xislatlar hisoblangan;

  • ta`lim-tarbiyada oddiydan murakkabga, ma`lumdan noma`lumga, umumiydan xususiyga borish, ko`rgazmalilik va uzluksizlikka amal qilish, tushunarli tilda, hayotiy misollarda hamda zamonaviy usullarda bayon qilish.




Yüklə 31,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin