Piramida va kesik piramida. Reja: Piramida haqida tushuncha. Kesik piramida haqida tushuncha



Yüklə 234 Kb.
səhifə1/8
tarix02.06.2023
ölçüsü234 Kb.
#121954
  1   2   3   4   5   6   7   8
Piramida va kesik piramida. Reja


Piramida va kesik piramida.
Reja:
1. Piramida haqida tushuncha.
2. Kesik piramida haqida tushuncha.
3. Piramida sirti va to’la sirti.
1. Piramida haqida tushuncha
Piramida deb shunday ko`pyoqqa aytiladiki, u yassi ko`pburchak - piramida asosidan, asos tekisligida yotmagan nuqta - piramida uchidan va uchni asosining nuqtalari bilan tutashtiruvchi hamma kesmalardan iborat (418-rasm).
Piramidaning uchini asosining uchlari bilan tutashtiruvchi kesmalar Piramidaning yon qirralari deyiladi,
Piramidaning sirti asosidan va yon yoqlaridan iborat: Har bir yon yoq uchburchak. Uning uchlaridan biri Piramidaning uchi bo`ladi, qarshisidagi tomoni esa piramida asosining tomoni bo`ladi.Piramidaning uchidan asos tekisligiga tushirilgan perpendikulyar Piramidaning balandligi deyiladi.
Piramidaning asosi n burchakdan iborat bo`lsa, u n burchakli piramida deyiladi. Uchburchakli piramida tetraedr deb ham ataladi.
Rasmda tasvirlangan piramidaning asosi A1A2...An ko`pburchak, piramidaning uchi S, yon qirralari SA2, SA2, ... SAn, yon yoqlari SA1A2, SA2,A3. … .

a-rasm
Bundan keyin biz faqat asosida qavariq ko`pburchak bo`lgan piramidalarni qaraymiz. Bunday piramidalar qavariq ko`pyoqlar bo`ladi.


Piramida (qadimgi yunoncha: πυραμίς - pyramidos) - bitta koʻpburchak (asos) va umumiy beshburchakka ega boʻlgan uchburchaklar (yon yoqlar) bilan chegaralangan jism. Asosining shakliga koʻra, uch burchakli Piramida, toʻrt burchakli Piramida va boshqa deb yuritiladi. Piramida uchi (R)sj asos tekisligiga tushirilgan perpendikulyar Piramidaning balandligi deyiladi. Asosi muntazam koʻpburchak boʻlib, balandligi asos markaziga tushadigan Piramida muntazam Piramida deb ataladi. Muntazam Piramidaning yon yoqlari bir xil teng uchburchaklardan iborat, ularning balandligi Piramidaning apofemasi deyiladi. Piramida hajmi V=1/3*S*ℎ, formula bilan topiladi; bunda, S — asosi yuzi; h — balandligi.
Piramida asosiga parallel tekislik bilan kesilsa, asos tomonda kesik Piramida, kesimda esa asosga oʻxshash koʻpburchak (ustki asos) hosil boʻladi;

Yüklə 234 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin