21-Ma’ruza
Pnevmatik aralashtirgichli chanlar-pachuklar. Aralashtirib eritish, sizdirib eritishdan ko’ra samaralidir. Aralashtirib sianlash jarayoniga kelayotgan bo’tana yuqori qovushkoklikka ega bo’ladi, bu esa sian ionlari va eritmada erigan kislorod molekulalari orasidagi diffuziyani qiyinlashtiradi. Bundan tashqari sulfidli rudalar eritmada erigan kislorod yordamida tez oksidalanadi va kislorod bosimini kamaytiradi. Bu ham o’z navbatida oltin erishini qiyinlashtiradi. Mayda zarrachali bo’tanalarni sianlash asosan aralashtirish va uzluksiz havo kislorodi bilan tuyintirishga asoslangan.
Jarayonda sian eritmasining 0,02-0,05 %li eritmasi va oxakning 0,01-0,03 %li eritmalari (pH=9-11) ishlatiladi. Aralashtirish jarayonining asosiy ko’rsatgichlaridan biri bu suyuqlik va qattiqlik nisbatidir. Odatda kvarsli oltin rudalarini boyitishda S:Q = 1,2:1(1,5:1), gil saqlagan rudalarni boyitishda esa S:Q=2:1(2,5:1).
Aralashtirib sianlash jarayoni davriy va uzluksiz bo’lishi mumkin.
Davriy ravishda aralashtirib sianlash alohida-alohida parallel ravishda ishlaydigan boyitish dastgohlarida olib boriladi. Ma’lum vaqt aralashtirishdan so’ng oltinni eritmaga o’tishiga yetguncha bo’lgan vaqtdan so’ng bo’tana chandan chiqariladi, eritma yig’uvchi changa yuboriladi, changa esa yangi bo’tanalar yuklanadi.
Uzluksiz aralashtirib sianlashda bo’tana ketma-ket ulangan zanjir ko’rinishidagi dastgoxlarga kelib quyiladi. Kaskadda bo’tananing bo’lish davri quyidagi formula bilan topiladi:
τ= V/Q, soat (6)
Q- bo’tananing oqimi, m3/s.
Bundan kurinib turibdiki τ oltinni tulik erib utishi uchun yetarli bo’lishi kerak. Dastgoxlarning soni 4-6 tadan kam bulmasligi kerak. Dastgoxlarning soni qanchalik kam bo’lsa uning davri shunchalik kam bo’ladi, bu esa oltinni to’lik erishiga imkon bermaydi.
Uzluksiz va davriy tartibda ishlovchi dastgohlarning zanjir sxemasi.