«SANOAT IQTISODIYOTI» FANININGPREDMETI VA VAZIFALARI «Sanoat iqtisodiyoti» fanining ob’ekti.
Sanoatning ta’rifi va tavsifi Har kanday fan uzining o`rganish ob’ektiga ega buladi. SHunday ob’ektning bo`lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. «Sanoat iqtisodiyoti» fani xam uz ob’ektiga ega. Uning ob’ekti umuman sanoat, xususan, Uzbekiston sanoati xisoblanadi. SHu bois eng avvalo, ushbu fanning ob’ekti xisoblangan sanoat xaqidagi ta’limot bilan tanishish zururiyati tugiladi.
Sanoat ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Demak, sanoat ob’ektiv reallik (borlik)ning in’ikosi va yuqsak umumlashmasidir. Uning aloxida tarmoq, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning aloxida sohasi bo`lib yuzaga kelishi ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy mehnat taksimotining rivoji bilan tarixiy jixatdan bog`liqdir. Sanoat xam ob’ektiv borlikning muhim xodisalari katorida ma’lum davr (vaqt va fazo)da dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlangan, ma’lum miqdor va sifatlarga, zarurat va imkoniyatlarga ega bo`lgan xamda ziddiyatlar qurboni xam bo`lgan.
Uzbekiston sanoati xam uz taraqqiyoti jarayonida qator bosqichlarni bosib utgan. Eng avvalo, uy sanoati ("Ona qornidagi sanoat"), sungra, xunarmandchilik, ya’ni xonaki sanoat, kooperatsiya, manufaktura, fabrika kabi shakllari yuzaga kelgan. Bu erda: xunarmandchilikning juda kup turlari, ya’ni kulolchilik, duradgorchilik, toshtaroshlik, binokorlik, uymakorlik, kashtaduzlik, kunchilik, tukuvchilik va tikuvchilik, temirchilik, misgarlik va zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zarduzlik, buyokchilik, tunukasozlik va boshqalar keng tarkelgan.
Xunarmandchilik («xonaki sanoat») bronza asrida dexkonchilikdan ajralib chiqqan . Milodning dastlabki asrlarida xozirgi Uzbekiston xududida anchagina xunarmandchilik markazlari tashkil topgan.
X asrlarda ip, mato, gilam buyicha Xiva va Shosh, mis va temirdan aslaxa, pichoq tayyorlash buyicha Fargona, shoyi matolar, shisha mahsulotlar tayyorlash buyicha Buxoro dunyoga tanilgan. XII—XIII asrlarda rivojlanish pasayib, Temuriylar davlatining vujudga kelishi bilan xunarmandchilik yana rivoj topgan. Buxoro, Samarkand, Xiva, Toshkent, SHaxrisabz kabi shaxarlarning ishlab chiqarish munosabatlarida xunarmandchilik aloxida ahamiyat kasb etgan.
asrning 60-70-yillarida Angliyada ruy bergan sanoat tuntarilishidan keyin Uzbekistonda asta-sekin manufakturadan mashinalashgan industriyaga utish boshlandi. Xomashyoga birlamchi ishlov beradigan sanoat sohalari (paxta tozalash, ipak tortish, vino, konserva, moy zavodlari) vujudga keldi.
asr oxiriga kelib, Uzbekistonda xunarmandchilikning 30 ga yaqin turi rivojlangan. XX asr boshlarida esa xunarmandchilikning asosiy qismi artellarga, keyinchalik zavod va fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga aylantirilgan.
asrda Uzbekiston sanoatida juda katta uzgarishlar ruy berdi. Agar asr boshlarida sanoat mahsulotining eng muhim turlaridan 5-10 xili (paxta tolasi, xom ipak, usimlik moyi, uzum vinosi, gisht, ganch va boshqalar) ishlab chiqarilgan bulsa, asr oxiriga kelib yuzlab-minglab turlari tayyorlanmoqda.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning asosiy va etakchi tarmog`idir. Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi ishchilar sonining oshishi va uning jamiyatdagi mavqei kutarilishiga olib keladi. Mustaqillik davrida jamiyatni tarixiy jixatdan yangilashda ishchilarning avangardlik roli tugrisida suz yuritilar ekan, faqat ishchilar sinfigina mehnatkashlar ommasining birlashuvi, jipslashuvi va istiqlolni ximoya qilish, mustaxkamlash va uni uzil-kesil ta’minlashga yordam bera oladi, deyish mumkin. Ana shu fikrni Uzbekiston vokealigi kun sayin tasdiklamokda. Uzbekiston ishchisi respublika yalpi ijtimoiy mahsuloti, milliy daromadning asosiy qismini bunyod etmokda, mamlakat ijtimoiy -iqtisodiy saloxiyatini yuqori darajaga kutarishda faol ishtirok etayotir.
Uzbekiston Respublikasi ishchilari kiyofasida xam barcha rivojlangan mamlakatlar ishchilaridagidek, ongli industrial mehnatkash va insonlar munosabatining yuqsak me’yorlari va umuminsoniy tamoyillarini, kadriyatlarini qaror toptiruvchi, yangi xayot uchun ilgor kurashchi xislatlari bir butun bo`lib mujassamlashgan.
Sanoat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sanoat xodimlarining madaniy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy darajasi usishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasining tinmay oshib borishidir.
Uzbekiston mehnatkashlarining bilim va kunikmasi, ishlab chiqarish malakasi va maxorati, madaniy va ma’rifiy saviyasini yuqori darajaga kutarish buyicha amalga oshirilayotgan ishlarda xam sanoatning yuqori o`rin tutishini kurish mumkin.
Sanoat — mamlakat mudofaa kobiliyatining moddiy asosi, el-yurtda tinchlik va barqaror likni saklashning muhim omili, kushni mamlakatlar mustaqilligini, xamkorligi va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. Uzbekiston davlati mudofaasini kafolatlashda sanoatning roli bebaxodir.
Sanoat shunday tarmoqki, barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xujalik jixatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida uz ifodasini topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan, fan -texnikaning barcha yutuqlaridan oqilona foydalanish imkoniyatlari yuzaga keladi.
Sanoat, Ayniqsa, og`ir sanoat — butun ijtimoiy ishlab chiqarishni idustrlashtirish muammolarini xal etish kalitidir. SHu sababli jamiyatning moddiy-texnika asosini qaytadan kurish ishini uzbek xalqi Prezident raxbarligida umuman sanoat, xususan, uning eng muhim sohalarini rivojlantirishdan boshladi. CHunki bu sohalar Uzbekiston Respublikasining iqtisodiy kudrati, xalq farovonligini yanada oshirishning poydevori xisoblanar edi, bundan keyin xam shunday bo`lib kolaveradi.
Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi — konkentratsiyaning yuqori darajasi bilan kichik biznes va tadbirkorlikni uygunlashtirish asosida ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirishning ilgor usullari— ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va maxalliylashtirish xam sanoat sohasida xukmronlik qiladi va yaxshi samaralar beradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishni ta’minlovchi buyuq xarakatlantiruvchi kuch — raqobat, ya’ni bellashuv, rakiblar kurashi xam sanoat sohasida rivoj topadi. Ilgor texnika va texnologiyalardan foydalanish, materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga kutarish, ishlab chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy kursatkichlarini yaxshilash asosida uning samaradorligini kutarish uchun xarakat va boshqa mehnat an’analari xam avvalo, sanoat sohasida vujudga keldi va kelmokda.
Mustaqillikning afzalliklari va davlatning iqtisodiy siyosati sanoatning etakchi o`rnini yanada oshirmoqda. Isloxotlarning asosiy yunalishlari va ularning echimini topish dastavval sanoat sohasida amalga oshirilmoqda va yaxshi samara bermoqda.