127
PSIHOLOGIK TESTLAR
Shaxsning muloqotga kirishuvchanligini aniqlash testi
1. Mas’ul ish bilan to’qnashganingizda hayajonlanasizmi?
2. Ahvolingiz yomon bo’lguncha ham shifokor chaqirmaysizmi?
3. Kutilmaganda ma’ruza qilasiz desa norozilik bildirasizmi?
4. Mehmonxona tayin bo’lmasa ham begona shaharga safarga borishdan bosh
tortasizmi?
5. Begona kishiga kechinmalaringizni so’zlaysizmi?
6. Begona odam sizdan yo’lni yoki vaqtni so’rasa g’ashingiz keladimi?
7. Har xil avlod o’rtasida hayot masalasida kelishmovchilik bo’ladi deb o’ylaysizmi?
8. Bir necha oy ilgari tanishingizga bergan pulingizni so’rashga hijolat qilasizmi?
9. Kafeda sifatsiz taom keltirishsa indamay qo’yaverasizmi?
10. Vagonda bir necha soat begona yo’lovchi bilan ketsangiz gapni birinchi bo’lib
boshlaysizmi?
11. Navbatda turish maqsadingizga erishish uchun zaruriyat bo’lsa, uzundan-uzoq navbat
kutishdan voz kechasizmi?
12. Xodimlar o’rtasida bo’lgan mojaroni hal qilishdan o’zingizni olib qochasizmi?
13. Biror adabiyot yoki san’at haqida gap ketsa o’z fikringizni himoya qilasizmi?
14. Sizga yaxshi ma’lum bo’lgan masala bo’yicha noto’g’ri fikr eshitsangiz jim tura
olasizmi?
15. Sizdan ish yoki o’qish yuzasidan yordam so’ralsa, norozi bo’lasizmi?
16. O’z fikringizni og’zaki bayon etishga imkoniyat bo’lsa ham yozma ravishda bayon
etishni afzal ko’rasizmi?
Dostları ilə paylaş: |