Psixoanalitik konsultastiya. Reja



Yüklə 18,3 Kb.
səhifə1/6
tarix26.12.2023
ölçüsü18,3 Kb.
#197710
  1   2   3   4   5   6
Psixoanalitik konsultastiya-fayllar.org


Psixoanalitik konsultastiya

Psixoanalitik konsultastiya.

Reja:


  • 1. Psixoanalitik konsultastiya. Klassik psixoanaliz va Psixodinamika.

  • 2. .Ekzistenstial konsultastiya.

  • 3. Geshtalt-teoriya va konsultastiya.

Psixoanalitik konsultastiya. Klassik psixoanaliz va Psixodinamika.


  • Mashxur yo’nalishlardan biri venalik psixolog Z.Freyd tomonidan ishlab chiqilgan psixoanalizdir. Psixoanaliz ta’limoti bo’yicha insonning asosiy extiyoji – bu seksual (shaxvoniy) extiyojlardir. Jamiyat axloq normalarining bu extiyojlarga qaramaqarshiligi natijasida inson shaxsida turli xil ruhiy kamchiliklar paydo bo’ladi, deb xisoblaydi.

  • Z.Freydning fikricha, bu jarayon ongsiz holda kechadi, ya’ni odam o’zida bu narsalar kechayotganligini anglab etmaydi. Insonning xar bir xatti-xarakati «U», «men», «Mening menligim»lar o’rtasidagi konfliktlar (ziddiyatlar) natijasi deb taxmin kilinadi.

  • «U» - biologik extiyojlar, «U»ning tabiati asosan ongsizdir. «MEN» - tashqi muxit bilan muloqotdan xosil bo’lgan ruhiy tuzilmadir. «Mening menligim» - ijtimoiy muxit va bu muxit ta’sirlarining to’siklaridir.

Shu narsalar orasidagi qarama-qarshiliklar, Z.Freydning fikricha, kasalliklarni keltirib chiqaradi. Psixoanaliz nazariyasi psixodinamik yo’nalish qatoriga kiradi.


  • Shu narsalar orasidagi qarama-qarshiliklar, Z.Freydning fikricha, kasalliklarni keltirib chiqaradi. Psixoanaliz nazariyasi psixodinamik yo’nalish qatoriga kiradi.

  • Psixodinamik yo’nalish tarkibiga yana Adlerning individual psixologiyasini va Yungning analitik psixologiyasini kiritish mumkin.

  • Adler T. – Freydning shogirdi, keyinchalik esa undan ajralib, o’z nazariyasini ishlab chikkan olimdir. Uning fikricha, odamda asosan xukmdorlikka intilish xissi ustun turadi. Bolalikdagi bunday intilish unda o’zini to’liq anglamaslik xissini paydo qiladi. Natijada u kattalarga nisbatan o’zini kamsitilgan deb xisoblaydi. Mazkur psixologik holat odamning bundan keyingi xayotida ko’plab muammolar kelib chiqishiga sababchi bo’ladi.

  • Ayrim odamlarda bu xis kamsitilganlik majmuasini (kompleksini) keltirib chiqarsa, boshqalarda esa ustunlik majmuasini (kompleksini) keltirib chiqaradi. Adlerning fikricha, bu ikki majmua inson faoliyatining asosidir

Yüklə 18,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin