Pulning turlari. Pul o’zining evolyutsiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qog’oz, kredit pullar shaklida ishlatilib kelgan. Qiymatni o’zida ifodalashiga qarab pullar ikki turga bo’linadi: -haqiqiy pullar:, -haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari Yoaqiqiy pullar nominal qiymatini o’zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo’lgan metall pullar bo’lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda qulay bo’lgan aylana (shu shaklda metall emirilishi kam bo’ladi) shaklda chiqarilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiev rusida zarb qilingan. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida tangalar asosan oltindan zarb qilingan, keyinchalik oltin va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarish qiyinlashuvi, ishlab chiqarishning rivojlanishi va to’lov , muomala vositasiga bo’lgan ehtiyojning oshishi natijasida muomalaga qiymat belgilarini kiritish zarur bo’lib qoldi. Oltin va kumush muomaladan yo’qola bordi. Qog’oz pullar. Pulning bu turi haqiqiy pullarning vakili bo’lib, pulning muomala funktsiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. 10 Qog’oz pullar yuzaga kelishining quyidagi bosqichlarini keltirish mumkin. 1 bosqich - tangalarning uzoq vaqt muomalada bo’lishi, qo’ldan-qo’lga o’tish natijasida emirilishi; 2 bosqich - tanganing metall tarkibining buzilishi. Davlat tomonida ongli ravishda davlat xazinasiga tushumni oshirish maqsadida tangalarning metall (oltin, kumush) miqdorining kamaytirilishi; Bu bosqichda tanga tarkibining buzilishiga oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarishining qiyinligi, ularning zaxiralarining kamligi ham sabab bo’lgan. 3 bosqich - davlat tomonidan emission daromad olish maqsadida xazina biletlarining chiqarilishi. Birinchi qog’oz pullar XII asrda Xitoyda chiqarilgan deb ko’rsatiladi adabiyotlarda. Lekin, tarixiy ma’lumotlarga asosan 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar, Buxoro davlatida qog’oz materiallardan pul sifatida foydalanilgan ekan. Qog’oz pullar Amerika va Evropada XVII- XVIII asrlarda , Rossiyada 1769 yilda chiqarilgan. Qog’oz pullar deb huqumat tomonidan byudjet taxchiligini qoplash uchun chiqarilgan, metall pullar almashtirilmaydigan, lekin davlat tomonidan ma’lum kursi o’rnatilgan pul belgilariga aytiladi. To’la oltin va kumushdan bo’lmagan tangalar muomalada pul sifatida ishlatilsada, ularning nominal miqdori real miqdoridan farq qilgan. Shunday bo’lsa ham bu tangalar ma’lum miqdordagi metallni ifodalagan. Qog’oz pullar bo’lsa, muomalaga chiqarilgan vaqtda va keyin ham uzoq yillar davomida ma’lum bir miqdordagi oltinni o’zida ifoda qilgan. Ammo biz bilamizki, biror davlatning pulida metallning zardasi ham bo’lmagan, ya’ni ular qiymatni belgilab bergan xolos. Qog’oz pullarning emitenti bo’lib, yoki davlat xazinasi yoki emission bank hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida muomalaga pul belgilarini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki chiqaradi. Qog’oz pullar-ning tabiati, ularning 11 inflyatsiyaga moyilligini ko’rsatadi. Qog’oz pullarni muomalaga chiqarishda pul muomalasi qonuni talablarini e’tiborga olish kerak. Lekin, amaliyotda har doim ham shu talablar e’tiborga olinavermaydi. Pul muomalaga tovar aylanishi ehtiyojini qoplash uchungina chiqarilishi kerak. Yoaqiqatda pul yuqoridagidan tashqari byudjet taqchilligini, davlatning boshqa xarajatlarini qoplash uchun ham chiqariladi, ya’ni emissiya miqdori tovarooborot bilan cheklanmasdan davlatning moliyaviy resurslarga bo’lgan talablariga bog’liq bo’ladi. Bu albatta, muomaladagi pul massasining o’zgarib turishiga, aksariyat hollarda uning muomalaga keragidan ortiqcha chiqib ketishiga olib keladi. Natijada pulning barqaror-ligiga putur etadi, uning qadri tushadi, xalqning davlatga bo’lgan ishonchi pasayadi, to’lov balansining barqarorligi yo’qoladi, (passiv qoldiq hajmi ortadi) milliy valyutaning kursi tushadi va h. q. Kredit pullar. Ishlab chiqarish va tovarooborotning rivojlanishi, metall pullarning etishmasligi kredit munosabatlarning rivojlanishiga olib keladi. Tovar va to’lov oborotining ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir qatorda kredit vositalari: chek, veksel, banknotalar chiqarilgan. Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to’lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi. Kredit pullar o’zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qog’oz pullardan farq qilib ular bir vaqtning o’zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo’lib, kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarning asosiy turlaridan biri veksel hisoblanadi. Veksel - bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning (o’tkazma veksel - tratta) ko’rsatilgan summani, ko’rsatilgan vaqtda, joyda to’lash to’g’risidagi yozma majburiyati hisoblanadi. Tijorat veksellarning oddiy va o’tkazma turlari mavjud. Undan tashqari, ma’lum summani qarzga berish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy veksellar mavjud. Moliyaviy vekselning bir turi xazina veksellari bo’lib, ularda davlat qarzdor sifatida ishtirok qiladi. 12 Yana veksellarning o’rtoqlik, bronza veksel turlari mavjud. Banknota - kredit pullarning etakchi vakillaridan bo’lib, Markaziy bank tomonidan, veksellarni hisobga olish yo’li bilan chiqariladi. O’tmishda banknota muddatsiz majburiyat bo’lib, xohlagan vaqtda uni bankka topshirib, o’rniga unda ko’rsatilgan summaga oltin yoki kumush olish mumkin bo’lgan. Veksel banknotadan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi: -veksel ma’lum muddatni o’zida ifodalaydi (3-6 oy muddatga ega bo’lgan veksel), banknota ma’lum muddat bilan chegaralanmaydi. -veksel bo’yicha vekselni bergan tomon uni to’lashni kafolatlasa, banknotada uni to’lashni davlat (davlat banki) kafolatlaydi. Banknota qog’oz pullardan qo’yidagilar bilan farq qiladi. -kelib chiqish bo’yicha - qog’oz pullar asosan muomala vositasi funktsiyasini bajarish asosida, banknotalar to’lov vositasi funktsiyasi asosida kelib chiqqan:. - almashinuvi bo’yicha, banknotalar oldin oltin va kumushga almashtirilgan, qog’oz pullar esa metallarga hech qachon almashtirilmagan; -emissiya qilinishi bo’yicha, qog’oz pullarning banknotalardan farqi bo’lgan (xazina biletlarini Moliya vazirligi, banknotalarni Markaziy bank chiqargan)va h. k Yoozirgi zamon banknotalari, albatta, oltinga almashilmaydi. Lekin ular quyidagi yo’llar bilan pul muomalasiga kelib tushadi. -xo’jaliklarni bank tomonidan kreditlash orqali berilgan kreditlarning bir qismi muomalaga kirib keladi. -davlatni kreditlash. Ya’ni banknotalar davlatning qarz majburiyati sifatida muomalaga chiqadi. -aktiv to’lov balansiga ega bo’lgan davlatlarda rasmiy valyuta rezervlarning o’sishi orqali va boshqalar. Chek - veksel va banknotadan keyin paydo bo’lgan kredit vositasi hisoblanib, to’lovchining o’z bankiga uning schyotidan mablag’ni oluvchining schyotiga o’tkazib qo’yish to’g’risidagi buyrug’idir. Birinchi cheklar taxminan 1683 yillarda Angliyada qo’llanila boshlagan. 13 Chekning quyidagi turlari mavjud. - ismi yozilgan chek - bu chek bir kishi nomiga yoziladi va uni boshqaga berish mumkin emas. - orderli chek - bir kishi nomiga yozilgan va uni indossament bo’yicha boshqa shaxsga berish mumkin. - ko’rsatilganda to’lanish lozim bo’lgan chek. -hisob cheki - naqd pulsiz hisob-kitoblarda qo’llaniladigan chek. - aktseptlangan chek - bank chekni to’lash bo’yicha rozilik beradi va boshqalar. Chek yordamida bankdan naqd pul olish mumkin u bilan to’lovlarni va boshqa hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin. Yoozirgi vaqtda kredit pullarning zamonaviy turlari elektron pullar va kredit kartochkalardan foydalanilmoqda. Banklar faoliyatida EYoM lardan foydalanish, elektron pullar yordamida qarzlarni to’lashni tezlashtiradi. AQSh da pul mablag’larini elektron o’tkazish tizimi - EFTS (Electronie Funds Transfeht Sustem) oborotning samarali bo’lishini ta’minlamoqda. Yoozirgi zamon amaliyotida qo’llanilayotgan kredit kartochkalar naqd pullar o’rniga hisob-kitoblarni olib borish uchun chiqarilgan bo’lib, ular juda qulay va afzalliklarga ega. Kredit kartochka bo’yicha barcha turdagi chakana savdo uchun va xizmatlar uchun to’lash mumkin. Yoozirgi vaqtda kredit kartochkalarning bank, savdo xizmatlarni to’lash uchun mo’ljallangan..