Python dasturlash tilida for sikl operatori
Rayhon Abdug’afforovna Alimova
Ilmiy rahbar: Chori Begaliyevich Normurodov
Termiz davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada for sikl operatori, uning imkoniyatlari va python
dasturlash tilida qo’llanilishi haqida bayon etildi. Mavzuga oid bir nechta misollarning
tahlili qilindi va dasturlari tuzildi.
Kalit so’zlar: For, python, while, sikl,
sikl tanasi, break, continue, range(),
xrange()
The for loop operator in the Python programming language
Rayhon Abdugafforovna Alimova
Scientific supervisor: Chori Begalievich Normurodov
Termiz State University
Abstract: This article describes the for loop operator, its capabilities, and its use
in the Python programming language. Several examples of the topic were analyzed and
programs were compiled.
Keywords: For, python, while, loop,
loop body, break, continue, range(),
xrange()
Python dasturlash tilida for operatori C va
Paskal dasturlash tillarida
qo’llanishidan farq qiladi. Pythonda for operatori biroz murakkabroq,
lekin while
sikliga qaraganda ancha tezroq bajariladi. For…in operatori obyektlar ketma-ketligida
iteratsiyani amalga oshiradi, ya’ni bu sikl har qanday iteratsiya
qilinadigan obyekt
bo’ylab o’tadi (satr yoki ro’yxat bo’ylab) va har bir o’tish vaqtida sikl tanasini bajaradi.
Bir xil hisoblash jarayonlarini bir necha bor takrorlanishi sikl deyiladi. Sikl
takrorlanishi davomida bajarilishi lozim bo’lgan operatorlar majmuasi sikl tanasi
deyiladi. Sikl tanasi sifatida bir yoki bir nechta operatordan foydalanish mumkin. Agar
sikl tanasida bir nechta operatordan foydalanmoqchi bo’lsak bu operatorlarni blok {}
orasiga olishimiz kerak. Break - funksiyasini har qanday sikl operatoriga qo’llash
mumkin. Ya’ni boshqarilishini sikl operatoridan keyingi operatorga uzatadi.
Break
kalit so’zi bilan siklni to’xtatamiz, hattoki sikl to’xtamagan bo’lsa ham. Masalan,
“universitet” so’zining harflarini birma - bir ekranga chiqarish siklini ishga tushuramiz
va “s” harfiga yetganda siklni to’xtatamiz:
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
600
Endi e’tiborimizni bir narsaga qaratsak. Yuqoridagi kodda print buyrug’i break
buyrug’idan oldinroq qo’ygan edik. Shu sababli avval “s” harfi ekranga chiqib, so’ng
sikl to’xtadi. Endi print buyrug’ini pastroqqa qo’yamiz. Bunda “s” harfi ekranga
chiqmay qoladi, chunki sikl undan avvalroq to’xtaydi.
Continue - funksiyasini har qanday sikl operatoriga qo’llash mumkin. Bu funksiya
sikl parametrining keyingi qiymatini qabul qilishni ta’minlaydi. Boshqacha so’z bilan
aytganda sikl tanasi tugatiladi. Bunda esa siklning o’zi tugatilmaydi.
Continue kalit
so’zi siklning ayrim joylaridan sakrab o’tadi. Aniqroq qilib aytganda sikl davomida
ayrim nuqtalarga kelganda ko’rsatilgan amalni bajarmay ketadi. Masalan, “python”
so’zidagi harflarni ekranga chiqaramiz va shunda “h” harfini tashlab ketamiz:
Range() funksiyasi biror amalni belgilangan marta bajarish yoki biror oraliqdagi
sonlarga murojaat qilish uchun qo’llaniladi. Bunda range() ichiga kerakli son qo’yiladi
va sanoq avtomatik tarzda 0 dan boshlanib ko’rsatilgan songacha davom etadi. Ammo
uning o’zi hisobga kirmaydi. Masalan, 0 dan 5 gacha (5 soni hisobga kirmaydi) bo’lgan
sonlarni ekranga chiqaramiz:
Biz range() funksiyasida sanoq avtomatik 0 dan boshlanishini aytib o’tdik. Biz
uni o’zimiz istagan sondan boshlashimiz ham mumkin. Masalan 3 dan 8 gacha bo’lgan
sonlarni ekranga chiqaramiz. Bunda sanoq 3 dan boshlanishi uchun 3
sonini ham
kiritamiz. Demak, biz 3 dan 9 gacha bo’lgan oraliqni kiritamiz:
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
601
Range() funksiyasida sonlar avtomatik bittaga ortib boradi. Ammo bu holatni ham
o’zgartirish mumkin. Bunda oraliqni ko’rsatgandan so’ng sanoq nechtaga ortishini
ham kiritamiz. Shunda funksiya ichidagi dastlabki ikkita son oraliqni, uchinchi son esa
sanoq nechtaga ortishini ko’rsatadi. Masalan, 1 dan 10 gacha bo’lgan faqat juft sonlarni
ekranga chiqarmoqchimiz. Bunda oraliqni 2 dan 11 gacha deb belgilaymiz.
Shunda
sanoq 2 dan boshlanadi va 10 gacha davom etadi. Har safar sanoq ikkitaga ortishi uchun
uchinchi bo’lib 2 soni kiritamiz:
Katta diapazondagi raqamlardan foydalanilganda range() funksiyasi o’zini
oqlamaydi yoki xotira yetishmaydi. Shuning uchun uning o’rniga pythonda
xrange()
funksiyasidan foydalaniladi.
For operatoriga misollar:
1 - misol. a va b butun sonlari berilgan. (b soni a sonidan katta) a va b sonlari
orasidagi barcha butun sonlarni (a va b ni ham) chiqaruvchi va chiqarilgan sonlar sonini
chiqaruvchi programma tuzilsin.
Dasturi quyidagicha tuziladi:
Natija oynasi:
2 - misol. Bir kilogram konfetning narxi berilgan (haqiqiy son). 1, 3, 5, … , 15 kg
konfetning narxini hisoblovchi dastur tuzilsin.
Dasturi quyidagicha tuziladi:
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
602
Natija oynasi:
3 - misol. n butun soni berilgan (n>0). 1 dan n gacha bo’lgan sonlar ko’paytmasini
hisoblovchi programma tuzilsin. 1 dan n gacha bo’lgan sonlar ko’paytmasi n faktorial
(
𝑛! = 1 ∗ 2 ∗ … ∗ 𝑛) deyiladi.
Quyida dasturi va natija oynasini keltiramiz:
Xulosa qiladigan bo’lsam, python dasturlash tilini o’rganish
va unda turli
masalalarning yechimi topish, dasturlarini tuzish juda ham qulay. Maqolada keltirilgan
ma’lumotlar esa pythonni o’rganuvchi va dasturlashga qiziquvchi har qanday shaxs
uchun juda muhim hisoblanadi, deb ishonaman.