Qadimgi turkiy bitiktoshlar ustida kuzatishlar olib borish; ularning asli, transkripsiyasi, mazmunini muqoyasa qilish



Yüklə 27,22 Kb.
səhifə1/3
tarix07.03.2023
ölçüsü27,22 Kb.
#86966
  1   2   3
Hujjat (3) (1)


Qadimgi turkiy bitiktoshlar ustida kuzatishlar olib borish; ularning asli, transkripsiyasi, mazmunini muqoyasa qilish.
Tarixiy manba- deganda uzoq o’tmishdan qolgan,insoniyatning Tabiat va jamiyatning ma’lum taraqqiyot bosqichidagi kechmishini o’zida aks Ettirgan moddiy (ashyoviy) va ma’naviy yodgorliklarga aytiladi. Moddiy manbalar Turkumiga ko’xna manzilgoh va mozorlar,shaxarlar,qasrlar hamda qal’alarning Xarobalari,o’sha joylardan topilgan ishlab cjhiqarish va urush qurollari,uy-ro’zg’or Hamda: Zeb-ziynat Buyumlari ,qadimiy Sug’orish Inshootlarining Qoldiqlari,oltin,kumush va mis tangalar,shuningdek ibtidoiy va hayvonlarning Qoyatoshlarga o’yib ishlangan sur’talari,umuman tosh va boshqa qattiq Buyumlardagi yozuvlar kiradi Ma’naviy yodgorliklar turkumiga esa uzoq O’tmishdan qolgan qo’lyozma asarlar hamda odamlarning turmushi va urf-Odatlarini o’zida aks ettiruvchi materiallar,shuningdek,kishilar ongida saqlanib Qolgan urf-odat va an’analar kiradi XIX asrning birinchi choragidan boshlab Sibir Va Mo’g’uliston hududlarida topilgan “sirli» yozuvlar haqida ma‘lumotlar Uchraydi. Lekin bu yozuvlar ancha paytgacha o’qilmay, «sirli» bo’lib qolaverdi. 1889 yili Fin olimlari Enasoy bo’yidan topilgan yodgorliklar atlasini tuzdilar. Chunki fin olimlari bu yozuvlar ular o’qilganga qadar fin xalqi o’tmishiga taalluqli Deb hisobladilar. Bu matnlarni birinchi bo’lib 1893 yili Daniyalik olim Vilgelm Tomsen o’qib chiqdi. Uning kashfiyotiga suyangan holda rus olimi V.V.Radlov O’qib chiqish sharafiga muyassar bo’ldi. Bular turk hoqonliklari davrida xonlar, Sarkardalar qabri ustiga turkiy tilda bitilgan yodgorliklar edi. O’rxun-Enasoy Yodgorliklari ichida eng mashhurlari: Kultegin, To’nyuquq, Bilga Hoqon, Moyun Choru kabi xon va sarkardalar sharafiga bitilgan yodgorliklardir. Bu yodgorliklar toshlarga o’yib yozilgan, ularda xonliklar davridagi turkiy Xalqlarning hayot tarzi, davlat tuzilishi, din haqida ma‘lumotlar berilgan. O’rxun-Enasoy daryolari bo’ylarida topilgani uchun O’rxun- Enasoy yodgorliklari deb Yuritiladi.
Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va oʻrganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqda dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmidt yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar.
Maʼlumki, turkiy xalqlar oʻz davlatiga ega boʻlgan eng qadimgi dunyo qavmlaridan biridir. Oʻrxun-Enasoy obidalari ana shu tarixni badiiy tarzda hikoya qiladi. Ular Oʻrta Osiyodan boshlab Dunaygacha boʻlgan ulkan hududda oʻz davlatlarini idora qilishgan. Yodgorliklar, asosan, VI — VIII asr voqealarini aks ettiradi.
V-VI asr oʻrtalarida dunyo xaritasida Turk xoqonligi degan mamlakat yuzaga kelgan. Bu mamlakat Oʻrta Osiyo, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Oltoy oʻlkalaridagi turli qabila va xalqlarni birlashtirgan edi. Bu yerlar geografik jihatdan nihoyatda qulay, buning ustiga Yevropa va Sharqiy Osiyoni bogʻlab turuvchi, “Buyuk Ipak yoʻli”ning ustida edi. Shuning uchun ham turkiylar yashaydigan manzillarga qiziqish katta boʻlgan.
Turli qabila va elatlarning doimiy hukmronlikka intilishi odatdagi hol edi. Bundan dushmanlar ham foydalanishga harakat qiladilar. Tashqi dushmanga qarshi hamkorlikda kurashish qabila va elatlarning birlashishiga olib keldi va 545-yilda Turk xoqonligi yuzaga keldi. Bu xoqonlik VIII asrgacha hukmronlik qildi.
Toshbitiklarning katta qismi ana shu xoqonlikning oʻziga xos badiiy solnomasidir. Yodgorliklarni butun dunyo turkiyshunoslari ilmiy jihatdan oʻrganmoqda. V. Tomson va V. Radlovdan keyin S. Malov, S. Klyashtorniy, I. Stebleva, H. Oʻrxun, T. Tekin, Najib Osim, G. Aydarov, oʻzbek olimlaridan A. Qayumov, A. Rustamov, Gʻ. Abdurahmonov, N. Rahmonov, Q. Sodiqov oʻrganishgan.
Yodgorliklar hozirgi oʻzbek tiliga bir necha marotaba tabdil qilingan. Runiy yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas. Ularning qogʻozga, turli buyumlar (kumush koʻzachalar, yogʻoch, teri, oyna, qayish toʻqasi)ga yozilgan namunalari ham bor.
Masalan, “Irq bitigi” (“Taʼbirnoma”) qogʻozda yozilgan.Soʻzni “Toʻnyuquq” bitiktoshidan boshlaylik. Toʻnyuquq — shaxs nomi. U ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonining maslahatchisi va sarkardasi boʻlgan. Toʻnyuquq “Turk Bilga xoqon davlatida bu bitigni yozdirdim” deydi. Bilga xoqon Eltarish xoqonning oʻgʻli edi. Bitiktoshdagi voqealar Toʻnyuquq tilidan hikoya qilinadi: “Men — Dono Toʻnyuquqman. Oʻzim Tabgʻach davlatida voyaga yetdim. Turk xalqi Tabgʻach davlatiga boʻysunar edi…”Soʻng ana shu dahshatning — turkiylarning oʻz erkini qoʻldan berib qoʻyishlarining sababi aytiladi: “Turk xalqi boshboshdoqlikka, oʻziboʻlarchilikka, beparvolikka yoʻl qoʻydi…”.
Bizgacha Aprinchur Tegin, Kul Tarxon, Singku Seli Tutung, Pratyaya-Shiri, Asig Tutung, Chusuya Tutung, Kalim Keysi, Chuchu, Yoʻllugʻ Teginlarning nomlari yetib kelgan.
Turli-tuman tarixiy maʼlumotlarga tayanib Oʻrta Osiyoni eposlar beshigi deb nomlash mumkin boʻladi. Eramizgacha boʻlgan V asrda yashagan Herodot Toʻmaris bilan bogʻliq voqealar tafsilotini keltirgan. Yana bir yunon tarixchisi Polien esa Shiroq haqidagi afsona mazmunini yozib qoldirgan.

Yüklə 27,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin