Qadimgi turkiy bitiktoshlar ustida kuzatishlar olib borish; ularning asli, transkripsiyasi, mazmunini muqoyasa qilish


Bilga xoqon (qagʻan) (asl ismi Moʻgʻilon) (684 — 734)



Yüklə 27,22 Kb.
səhifə3/3
tarix07.03.2023
ölçüsü27,22 Kb.
#86966
1   2   3
Hujjat (3) (1)

Bilga xoqon (qagʻan) (asl ismi Moʻgʻilon) (684 — 734) — Turk xoqonligi xoqoni (716 — 734).Ikkinchi turk xoqonligining asoschisi Eltarish (asl ismi Qutlugʻ, Xitoy obidalarida Gudulu) xoqonning ugli, Kulteginnmng akasi. 693 yil Eltarish xoqon vafot etgach, turkiy xalqlarning udumiga koʻra taxtga ukasi Moʻchur, yaʼni Qapagʻan xoqon oʻtiradi. U jiyani Moʻgʻilonni xoqonlikning gʻarbiy hududlarida yashovchi tardushlar hukmdori — shadi etib tayinlaydi hamda uning zimmasiga muhim harbiy masalalarni hal etish vazifasini yuklaydi. 701 i. Moʻgʻilon 16 yoshli inisi Kultegin bilan birgalikda Chuy vodiysiga yurish qiladi va u yerdagi qabilalarni boʻysundiradi, Sharqiy Baykalortidagi bayirqu qabilasi isyoni bostiriladi (705 yil). Dono Toʻnyuquqning qiziga uylangan Moʻgʻilon 704 yil Gʻarbiy xoqonlik qoʻshinlari bilan Yenisey (Enasoy) daryosining yuqori oqimidagi chik hamda az qabilalarini magʻlub etadi. Maʼlum fursatdan soʻng u hozirgi Tuva yerlarini ham qoʻlga kiritadi. 716 i. Qapagʻan xoqon bayirqu qabilasi vakillari tomonidan oʻldirilgach, Moʻgʻilon ukasi Kulteginning saʼyharakatlari tufayli xoqonlik taxtiga oʻtiradi va Bilga xoqon laqabini oladi. Bilga xoqon Kulteginni bosh qoʻmondon, Toʻnyuquqni esa bosh maslahatchi etib tayinlaydi. Bilga xoqon Qapagʻan xoqon davrida maʼlum darajada yoʻqotilgan imkoniyatlarni qayta tiklashga, turkiy qabilalar oʻrtasidagi oʻzaro janjal va nizolarga chek qoʻyishga, ularni yagona davlat tevaragida birlashtirishga, tashqi hujumlarni daf etishga qodir harbiy kuchlarni, qisqa muddatga boʻlsada, barpo etishga erishadi. Bilga xoqon 734 yil zaharlab oʻldirilgan.
Bitiktoshlarning adabiy-badiiy qimmati. Har uch yodgorlik, avvalo, Qabr toshidir. Shu sababdan unda bag’ishlov egasi bo`lgan shaxslarning qilgan Ishlari, jumladan turkiy xalqlarni birlashtirish, ichki va tashqi dushmanlarga Qarshi kurashdagi buyuk xizmatlariga alohida e’tibor beriladi. Tabiiyki, har Uchalasida ham dabdabali motam ruhi, yo`qotish iztirobi sezilib turadi.Shundan bo`lsa kerak, tadqiqotchilardan I.Stebleva ushbu tosh bitiklarni „qabriston poeziyasi” deb atagan edi. Ushbu tosh bitiklar, birinchi navbatda, 6-8-asrlarda Markaziy Osiyo hududlarida yuz bergan shiddatli tarixiy Voqealarning aniq taqdirlar misolidagi badiiy ifodasidir. „Oldinga —Kunchiqarga, o`ngga — kunyurarga, orqaga — kunbotarga, chapga – tun O`rtasi (shimol)gacha bo`lgan yerdagi xalqlar hammasi menga qaraydi. Shuncha xalqni yig’dim. U endi yovuz emas. Turk xoqoni O`tukan Yishda tursa, Elda tashvish yo`q. Shimolga — Shantung cho`ligacha lashkar tortdim, Dengizga biroz yetmadim, Janubda To`quz arsan qabilasigacha lashkar Tortdim, Tibetga biroz yetmadim. G’arbda Sirdaryoni kechib o`tib, Temir Darvozagacha lashkar tortdim. Shimolga — Er Bayirqu yerigacha lashkar
Tortdim, shuncha joygacha yurish qildim”, - deb yozilgan „Kultegin Bitiktoshi”da.Urushlar va yurishlar tinimsiz, jang-u jadallar shafqatsiz edi. Ushbu hol Bitiktoshda quyidagicha ifodasini topgan: „Hammasi bo`lib yigirma besh marta Lashkar tortdik, o`n uch marta jang qildik. Davlati borni davlatsizlantirdik, Xoqoni borni xoqonsizlantirdik, tizzasi borni cho`kkalatdik, boshi borni ta’zim Ettirdik”. Bitiktoshlarda qirgiz, uyg’ur, tatar, o`g’iz, to`qqiz o`g’iz, sug’d, qarluq Kabi ko`plab el-elatlar, qabila-urug’ nomlari uchraydi. Masalaning dahshatli va iztirobli tomoni shundaki, yuqorida tilga Olingan jang-u jadallar ko`pincha mana shu turkiy qabilalar orasida kechadi. O`zaro kelishmovchiliklar, mansab va saltanat talashlari, do`stni dushmanga, Qardoshni begonaga aylantiradi. Oxir-oqibat turk millati daraxtning tepasiga Chiqib tanasini arralayotgan afandidek o`z poyiga o`zi bolta urib boraveradi. Turkiy xalq va elatlar tarixidagi bu davr haqida Chingiz Aytmatov shunday Yozadi: ‖Bu vaqtda dushmanni oxirigacha qirgan, molini olgan kishi eng mard Va aqlli kishi hisoblanardi...‖ ―Kultegin bitiktoshi”da quyidagi iztirobli satrlarga Duch kelamiz: ―Turk o`g’uz beklari, ey xalq, eshiting! Tepadan osmon Bosmagan bo`lsa, pastda yer yorilmagan bo`lsa, ey turk xalqi, davlatingni, Hukumatingni kim buzdi?”Toshbitiklar, ayniqsa, so`nggi ikkitasi shuni ko`rsatadiki, uning muallifi Yo`llug‘ tegin katta badiiy salohiyatga ega bo`lgan: so`zlar salmoqli, ifoda Ravon, manzaralar ta’sirchan tasvirlangan. Har ikki bitiktosh matni o`zining Qat’iy mazmuniy va mantiqiy qurilishiga ega. Jumladan, ‖Kultegin‖ bitigi Xoqonning o`z xalqiga, beklariga xitobi bilan boshlanadi. So`ng o`zini Tanishtiradi, qilgan xizmatlaridan so`zlaydi. Oldindagi xavflardan yurt ahlini Ogoh qiladi. Uning soddaligidan, ishonuvchanligidan xavotirini yashirmaydi, Xalq boshiga tushgan balo-ofatlarning sababini shundan ko`radi. Chunonchi, u Shunday deydi: ―Ey turk xalqi, g’oyat ishonuvchansan. Samimiydannosamimiyni ajratmaysan. O`shandayliging uchun tarbiyat qilgan Xoqoningning so`zini olmayin har qayerga ketding, u yerlarda butunlay g’oyib Bo‘lding, nom-nishonsiz ketding... Turkning endigi xalqi, beklari! Uy, Dunyogagina qaraydigan, ko`ziga faqat mol-mulk ko`rinadigan beklar, sizlar Gumrohsizlar!”Yo`llug‘ tegin Kulteginning g’alabalarga burkangan shonli hayotini Baland pardalarda tarannum etadi. Uning jangdagi shiddatidan hayajonga tushib Yozadi: „Kultegin yayov otilib hujum qildi. O`ng Tutuq yo‘lboshchisining Yaroqli qo`lini tutdi... U lashkarni o`shanda yo`q qildik. Yigirma bir yoshida Chacha Sangunga urush qildik. Eng avval Tadqan Churning bo`z otini minib Hujum qildi, u ot o`shanda o`ldi. Ikkinchi bor Ishbara Yamtarning bo`z otini Minib hujum qildi, u ot o`shanda o`ldi. Uchinchi bor Egan Silig bekning to`riq Otini minib, hujum qildi, u ot o`shanda o`ldi. Yarog’iga, yopinchig’iga yuzdan Ortiq o`q bilan urdi. Badaniga, boshiga bitta tegmadi”.Bunday xususiyatlar faqat Yo`lluqtegin qalamiga xos deyish to`g’ri Emas. To`nyuquq bitiktoshida ham ta’sirchan jang manzaralari tasviri yo`q Emas. Masalan: „Men dono To`nyuquq: Oltin yishni oshib keldik, Irtish Daryosini kechib keldik. Jangchilarning kelgani qahramon, deganlar. Dushman Sezmay qoldi. Tangri, Umay, muqaddas yer-suv dushmanni bosib bergan Ko`rinadi. Nega chekinamiz, dushmanni ko`b deb? Nega qo`rqamiz, o`zimizni Oz deb? Qani bosaylik, hujum qilaylik, dedim. Hujum qildik, dushmanni tormor qildik. Ikkinchi kun keldi. Urushdik. Ularning qo`shini biznikidan ortiq Edi. Tangri yorlaqagani uchun, dushman ko`p deb biz qo`rqmadik, jang qildik”.«To`nyuquq» bitiktoshi qahramoni esa ikkinchi turk xoqonligiga asos Solgan Eltarish xoqonining maslahatchisi va sarkardasi bo`lgan.To`nyuquq «Turk Bilga xoqon davlatida bu bitikni yozdirdim» deydi. Bilga xoqon Eltarish xoqonning o`g‗li edi.Bitiktoshdagi voqealar To`nyuquq tilidan hikova qilinadi: «Men —Dono To`nyuquq erurman. Tabg‗ach davlatida tarbiyalandim. Turk xalqi Tabg‗ach davlatiga bo`ysunar edi...»So`ng turkiylarning o`z erkini qo`ldan berib qo`yish-larining sababi Aytiladi: «Turk xalqi boshboshdoqlikka, o`zibo`larchilikka, beparvolikka yo`i Qo`ydi... o`zining xoni bilan birga bo`lmadi».Mustamlaka azobi, o`zga xalqlar yetkazgan zulm yozma yodgorlikda Qisqa va lo`nda, ammo nihoyatda ta‘sirchan tarzda ifodalanadi:«...Tabg‗achga taslim bo`lganligi uchun Tangri o`l degan shekilli, turk Xalqi o`ldi, yo`q bo`ldi, tugadi. Turk Sir xalqi yerida birorta ham urug‗ Qolmadi».Ana shunday musibat xalqning birlashmog‗ini, yakdillik bilan harakat Qilmog‗ini taqozo etar edi. Yodgorlikda To`nvnquq xalq yetakchisi. Dono Maslahatchisi, kuchli va botir sarkarda sifatida namoyon bo`ladi.U yetti yuz kishini birlashtirib, «shad» degan unvon oladi. Bu turk Xoqonligidagi eng oliy darajadagi unvonlardan biri edj.To`nyuquq Bo`gu Tarxon hamda Eltarish xoqonlar bilan birga mamlakat Mustaqilligi, el-yurt farovonligi, yurt osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi uchun Tinimsiz kurash olib bordi. U bu kurashlarning oldingi safida edi. Ammo Dushmanlar ham tinch o`tirmadi.. Ular kuchlarni birlashtirish payiga tushishdi.To`nyuquq bahodir va jasoratli shaxsgina emas, ayni paytda o`z
Atrofidagilarning mustahkam jipsligini ta‘minlaydigan, yagona maqsad yo`lida Xalqni birlashtirishning uddasidan chiqadigan rahnamo sifatida ham namoyon Bo`ladi. U odamlarning ko`nglidan kechayotgan o`ylarni nozik darajada his Etadi. Shu bilan birga, ularning qalblariga ta‘sir etish yo`llarini ham yaxshi Biladi. Shunga ko`ra, u Vatan va yurt taqdirini, xalqining kelajagini o`z Qardoshlariga buyuk xavotir bilan yetkazganida oz sonli qo`shini harakatga Keladi. Natijada ko`p sonli dushman tor-mor bo`ladi.To`nyuquq buyuk vatanparvar shaxs timsolidir. Uning o`z vatani, Xoqoni, qo`shini, xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan o`zini baxtiyor Sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan.Hatto dushmanning «xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi donishmand Ekan» degan bahosida ham shu ruh mavjud. To`nyuquqning xotirjamligi esa «xalqning tomog‗i to`q edi» jumlasi orqali ifodalangan.

Dushmanning turkiylar ustiga hujum uyushtirish haqidagi yovuz niyatini

Eshitgan To`nyuquq «tun uxlagim kelmadi, kunduz o`tirgim kelmadi» deb nido

Qiladi. Bu o`rinda uning o`z taqdirini xalq va yurt taqdiri bilan yahlit holda

Tasavvur qilishini yaqqol ko`ramiz.

To`nyuquq mamaviyatidagi eng asosiy nuqta shunday ifodalanadi: «Bu

Turk xalqiga qurolli dushmanni keltirmadim, yalovli otni yugurtirmadim».

To`nyuquq obidasi vatan haqidagi madhiyadir. U voqeiy yoki badiiy

Asar bo`lishiga qaramay, unda hayot haqiqati, tarixiy haqiqat o`z aksini topgan.

Turkiy qabila va elatlarning o`zaro talashib-tortishishlari ham, tashqi

Dushman bilan bo`lgan ayovsiz kurashlar ham aslida tarixiy haqiqatdir.

Eltarish, Bo`g‗u, Bilga xoqonlar ham tarixiy shaxslardir. Asarda tilga

Olingan ko`plab qabila, urug‗lar tarixda mavjud bo`lgan, ularning bir qismi

Hozir ham alohida xalqlar va millatlar tarkibida yashab kelmoqda.

Yodgorlikda murojaat, undov, chaqiriq yetakchilik qiladi. To`nyuquq

Tabiatida tushkunlik, ikkilanish mutlaqo ko`rinmaydi. Uning harakatlarida,

So`zlarida o`ziga hamda butun xalqiga buyuk ishonch balqib turadi. Xuddi shu

Holat uning g‗alabalariga asosiy omil bo`ladi.

«To`nyuquq» bitiktoshi — kompozitsion jihatdan yetuk asar. Unda

O`ziga xos boshianma, voqealar rivoji, xotima mavjud. Shu kompozitsiyaning

O`zida ham katta badiiylik bor. Bu maqsad to`laligicha amalga oshgan.

Mazkur toshbitiklar, aslida, she’r bilan yozilgan. Mutaxassislar mazkur

Bitiklar badiiyatini yuqori baholaydilar va uning mumtoz she’riyatimizning

Shakllanishi va rivojida alohida o`rni borligini ta’kidlaydilar. Yodgorlikning til

Xususiyatlari e’tiborga loyiq. Asar tilidagi ko`plab so`zlar hozirgi o`zbek tilida

Aynan qo`llaniladi. Bir qism so`zlarda ozgina tovush o`zgarishlari yuzaga

Kelgan, yana bir toifa so`zlar esa bugun iste’moldan chiqib ketgan.

Yolgorlikda o`rni-o`rni bilan’so`zlarning ko`chma ma’nolarda qo`llanishi

Seziladi. Shuningdek, majoz, matal, maqollardan foydalanish kuchli: „Tabg’ach,

O`g’uz, Xitoy – bu uchovi qamal qilsa, qamalda qolajakmiz. Unda vujudining

Ich-u tashini, mol-u jonini topshirgan kishiday bo`lamiz. Yupqa yig’in tor-mor

Qilishga oson emish, ingichka yig’in uzishga oson emish. Yupqa qalin bo`lsa,

Tor-mor qiladigan bahodir emish, ingichka yo`g’on bo`lsa, uzadigan bahodir

Emish”.


Asarda oltinga „sariq”, kumushga „oq”, tuyaga „egri” singari epitetlar

Qo`llangan. Undagi asosiy tasvir vositasi alliteratsiyadir. Alliteratsiya –

Tovushlar uyg’unligi, asosan, bir xil tovushlarning takrorlanishi natijasida

Yuzaga keladigan ohangdorlikdir. Unda unli va undosh tovushlar takrorlanishi

Mumkin.

O`ngra qitaynyig’ O`lurtachi terman,



Bani O`g’uzug’ O`lurtachi – o`q terman.O`rxun-Enasoy yodgorliklarida so`z takrori ham ko`p uchraydi:Tabg'ach qag'an yag'imiz erti,
O`n o`q qag'ani yag'imiz erti.Asardagi o`ziga xos tasvir usullaridan yana bin voqea-hodisalarga
muayyan yondashish, munosabatning ifodalanishidir. Ko`pincha, bir necha
voqea-hodisalar yoki ular bilan bog'liq detallar ketma-ket sanaladi: ―Turk
budun o`lti, alqinti, yo`q bo`ldi‖. Bu yerdagi ketma-ket sanoq voqea zamiridagi
dahshatli musibatni, kuchli fojiani juda yorqin namoyon etadi. Yoki: „Tabg'ach,
bardanayin teg. Qitayn, o`ngdalayin teg. Ban yirdantayin tegayin". (Tabg'ach,
oldindan hujum qil! Xitoy, o`ngdan hujum qil! Men chapdan hujum qilay!) Bu
- o`g'uzlar orasidan kelgan kuzatuvchi nutqidan parcha. Bu yerdagi sanoq
dushman tomonidan solinayotgan tahdid va xavf-xatarni bevosita his etish
imkonini beradi.
O`rxun-Enasoy obidalarining asosiy qismi turkiy xoqonliklar tarixining
badiiy solnomasidir. Bitikda «Kultegin» va «To`nyuquq» obidalariga xos
bo`igan an‘ana - qahramonlik va vatanparvarlik g‗oyasini ulug‗lash asosiy o`rin
tutadi. Yodgorliklarda inson shaxsi va ayniqsa, uning erki bilan bog‗liq
masalalar teran badiiy tahlil qilingan.
Bitikdagi voqealar Bilga xoqonning yoshiga bog‗liq holda davriy
izchillikda ifodalangan. Qahramon o`n yetti, o`n sakkiz, yigirma ikki, yigirma
olti, yigirma yetti, o`ttiz, o`ttiz bir, o`ttiz uch, o`ttiz to`rt, qirq yoshidagi
voqealarni eslatadi. Aslida bu voqealar butun boshli bir xalq — turkiylar
tarixidagi nihoyatda jiddiy burilishlar haqida hikoya qiladi.
Voqealar Bilga xoqonning o`n yetti yoshida tang‗ut tarafga lashkar
tortishi bilan boshlanadi. Mana g‘alaba ifodasi: «Tang‗ut xalqini yengdim,
o`g‗lini, bor narsasini, yilqisini, mol-mulkini oldim».
Bu Bilga xoqonning dastlabki g‗alabasi edi. Matn mavzusi harbiy
sohaga aloqador. Shuning uchun asosiy fikr davlat, qo`shin, harbiy salohiyat
ustida boradi.
Yodgorlikda turli-tuman joy, qabila nomlari tilga olingan. Bular matnga
haqqoniylik, rostgo`ylik ruhini singdirib turadi, so`zlovchining fikrlarini
dalillaydi. Matnda olti chub sug‗dak xalqi, tabg‗ach, basmil, idiqut, chik xalqi,
qirg‗iz, qorluq, to`qqiz o`g‗uz, turk tatabi - turgash kabi qabila va urug‘lar
nomlari; Bo`luchi, Beshbaliq, Tamg‗uduk bosh, To`g‗u baliq, Antarg‗u, Chush,
Azganti kadaz, Mag‗i Qo`rg‗on. Idar bosh, Ko`gman yish, So`nga yish, Oltin
yish singari joy nomlari; Kam, Irtish, Tug‗la (To`li) singari daryo nomlari
uchraydi.
Bular aslida tarixan mavjud nomlardir. Ana shu holat yodgorlikni tarixiy
uslubda yaratilgan asarlar sirasiga kiritish mumkinligiga dalolat beradi.
Asarda alohida badiiy tafsilotlarni qatorlashtirish, muallif nutqida sanoq
ohangi yetakchilik qiladi, Masalan, qabila nomlari (basmil, idiqut), muqaddas
tushunchalar (tangri, muqaddas yer-suv, otam xoqon ruhi), qarindoshlik
atamalari (bolasini, bekasini), kishi tanasining a‘zolari (sochini, qulog‗ini,
yonog‗ini kesdi) va boshqalar. Bilga xoqon obidasida ham parallelizmlar, qiyoslashlar asosiy o‘rin
tutadi.
«Yigirma ikki yoshimda Tabg‗ach tomon lashkar tortdim. Chacha
sangunning sakkiz tumanlik qo`shini bilan urushdim. Qo`shinini o`ldirdim».
(Qadim Yaponiyada ham So`g‗un – syogun - samuray, bahodirlik unvoni)
«Yigirma olti yoshimda chik xalqi qirg‗iz bilan dushman bo`ldi. Kam
daryosini kechib o`tib, qirg‘iz tomon lashkar tortdim. Urpanda jang qildim.
Qo`shinini tor-mor qildim. Az xalqini taslim etdim».
«Yigirma yetti yoshimda yana qirg‗iz tomonga lashkar tortdim. Nayza
botimi qorni yorib, Ko`gman (Sayan) yishga ko`tarilib, qirg‗iz xalqini uyquda
bosdim. Xoqoni bilan Sunga yishda jang qildim. Xoqonini o`ldirdim. Davlatini
o`shanda oldim...»
Uchta parcha matnda ketma-ket kelgan. Ular yigirma ikki, yigirma olti
hamda yigirma yetti yosh bilan bog‗liq.
Ulardagi voqealar tizimini guruhlash mumkin: a) qahramonning
muayyan yoshi; b) voqea sodir bo`lgan joy; d) voqeaning mohiyati; c) natija.
So`zlar takrori yodgorlikdagi asosiy tasvir vositalaridan biridir:
Men o‗n to‗qqiz yil shad bo`lib turdim, o`n to`qqiz yil xoqon bo`lib
turdim, Davlatni tutib turdim.
Shu misolimizda o`n yettita so`z ishtirok etgan bo`lsa, ulardan
oltitasigina bir martadan qo`llangan, xolos. Ammo so`zlar takrori matnda
g‗alizlik tug‗dirmagan, aksincha, muallif fikrining ta‘kidlanishiga, alohida
urg‗u bilan ko`rinishiga yordam bergan. Bularning barchasi yodgorliklarning
juda katta ma‘rifiy hamda badiiy-estetik ahamiyatga ega ekanligini ko` rsatib
turibdi.
O`rxun-Enasoy obidalari, bir tomondan, xalqimiz hayotining VI—VIII
asrlardagi murakkab tarixini hayajonli va ta'sirchan lavhalarda bizga yetkazib
qoldirgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, ular millatning birligi va butunligini
saqlash, uni o`zaro ahillikka da'vat etish vositasi bo`lgan. Mazkur obidalarning
ma'rifiy va adabiy qimmatini shular belgilaydi.
Runik yozuvdagi yodgorliklar faqat toshga bitilgan emas, ularning
qog‗ozga, turli buyumlarga yozilgan namunalari ham bor. Masalan, ―Irq bitigi‖
(«Ta‘birnoma») qog‗ozda yozilgan. Uni venger olimi A. Steyn Sharqiy
Turkistondagi Dunxua manzilidan topgan (1907- yil).
Run yozuvlari Talas vodiysidan ham topilgan. U hozirgi Avliyoota va
Taroz shahri yaqinida bo`lgan qoyalardagi yozuvlardir.
Shuningdek, kumush ko`zachalarga yozilgan runiy yozuvlar Sibir
o`lkasidan ham topilgan. Ermitaj (Sankt-Peterburg) muzeyida saqlanayotgan 2
ta ko`zacha shu haqda ma‘lumot beradi.
Minusinsk muzeyida esa teriga yozilgan runiy bitiklar mavjud.
Oyna, qayish to`qasi, qog‗ozga yozilgan boshqa runiy yozuvlar ham
ko`p.
Turfon (Sharqiy Turkiston)dan Le Kok tomonidan topilgan runiy
yozuvlar orasida eski fors tilidagi bitiklar ham mavjud.
Yüklə 27,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin