7uz-v1
Oʻzbekistonda oʻrta asrlar davri nechanchi asrlarni oʻz ichiga oladi? A) III-XV asrlar B) IV-XV asrlar C) IV-XVI asrlar D) V-XVI asrlar
“Oʻzbek” atamasining lugʻaviy ma’nosi? A) oʻtroq aholi B) koʻchmanchi aholi C) dehqonchilik D) qabila begi, hukmdor
“Qishloq hokimi” – bu … A) dehqon B) koranda C) kadivar D) xvabu
Qaysi davrga kelib O’rta Osiyoda Arab xalifaligi hukmronligi o’rnatilgan? A) VII asr o’rtalari B) VII asr oxiri C) VIII asr boshlari D) VIII asr o‘rtalari
Samarqand shahrida o’rta osiyolik buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosi va uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o’rni va roliga bag’ishlab xalqaro konferensiya o’tkazilgan sanani aniqlang. A) 1998-yil 25-oktabr B) 2000-yil 30-avgust C) 2002-yil 13-may D) 2014-yil 15-16-may
Qadim Turon diyorida zamonasinining qaysi buyuk davlatlari ravnaq topgan davrda yuksalish boshlangan edi? A) Qangʻ va Dovon B) Xorazm va Kushon C) Qangʻ va Kushon D) Xorazm va Dovon
Ilk oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda bir tomondan, yerga, ziroatkor maydonlarga boʻlgan munosabat, ularga egalik qilish shakli asta-sekin oʻzgara boshlagan. Ikkinchi tomondan esa, … A) mamlakatning iqtisodiy hayotida xomashyo yetkazib beruvchi qishloqlarning nufuzi koʻtarilgan B) oʻtroq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar oʻrtasidagi aloqalar rivojlandi C) qishloq jamoalari yerli mulkdor dehqon va unga qaram boʻlgan yersiz va erksiz kadivarlarga ajralib bordi D) ayrim dehqonchilik vohalarining katta yerlarga ega boʻlgan dehqonlari esa oʻz viloyatlarida hatto mustaqil hokim boʻlib oldilar
Ilk oʻrta asrlarda quyidagi toifalardan qaysi biri oʻzlariga tegishli yer maydonlarini sugʻorish tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa, toʻgʻon boshi atrofidan ajratib olganlar? A) dehqonlar B) sarkor (ishboshi)lar C) chokarlar D) kashovarzlar
Ilk oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda har bir katta yer egasining ixtiyorida boʻlgan 30-40 yoki 50-100 kishidan iborat maxsus askariy guruh a’zolari qanday atalgan? A) chokar B) sarkor C) kadivar D) barzikor
Qishloq jamoalari yerlarida yashab, yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega boʻlgan erkin ziroatchilar tabaqasi ilk oʻrta asrlarda qanday atalgan? A) kadivar B) barzikor C) kashovarz D) dehqon
V asr oʻrtalariga kelib Oʻrta Osiyodagi ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy qismi kimlarning qaramogʻida edi? A) sarkorlar B) qabila oqsoqollari C) qishloq jamoalari D) mulkdor dehqonlar
Ilk oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda “qishloq hokimi” deb atalgan mulkdor tabaqa – bu … A) kadivar B) barzikor C) kashovarz D) dehqon
Ilk oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda ziroatchi oddiy qoʻshchilar tabaqasi qanday atalgan? A) kadivar B) barzikor C) kashovarz D) dehqon
Oʻrta Osiyoda ilk oʻrta asrlarda qishloqning dehqonlarga qaram aholisi qanday atalgan? A) kadivar B) barzikor C) kashovarz D) dehqon
Ilk oʻrta asrlarda dehqon mulkini qoʻriqlovchi harbiy posbon qanday nom bilan atalgan? A) kadivar B) chokar C) yanichar D) kashovarz
Zaiflashib borayotgan Qangʻ davlatidan birinchi boʻlib … ajralib chiqadi. A) Toxariston B) Sugʻd C) Xorazm D) Choch
Qangʻ davlatidan ajralib chiqqan Xorazmni qaysi mahalliy sulola vakillari idora qila boshlaydi? A) siyovushiylar B) anushtaginiylar C) afrigʻiylar D) ma’muniylar
III asr oʻrtalarida Xorazm davlatining poytaxti dastlab qaysi shahar hisoblangan? A) Tuproqqal’a B) Ellikqal’a C) Kat D) Anqaqal’a
IV-X asrlarda quyidagi qaysi sulola Xorazmni boshqargan? A) siyovushlar B) ma’muniylar C) anushteginiylar D) afrig’iylar
Xorazmshoh Afrigʻ nechanchi yilda oʻz qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahriga koʻchiradi? A) 305-yil B) 353-yil C) 309-yil D) 379-yil
305-yilda oʻz qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga koʻchirgan Xorazmshoh kim edi? A) Siyovush B) Kayxusrav C) Afrigʻ D) Xusrav
Milodiy 305-yilda Xorazmshoh Afrigʻ oʻz qarorgohini qaysi shaharga koʻchirgan? A) Tuproqqal’a B) Anqaqal’a C) Urganch D) Kat
Nechanchi yildan boshlab Xorazmning afrigʻiy shohlari old tarafiga shoh surati, orqasiga esa suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etishni boshlaganlar? A) 305-yil B) 353-yil C) 309-yil D) 379-yil
305-yilda Xorazmning afrigʻiy shohlari tomonidan zarb etilgan tangalarda nima tasvirlangan? A) oldida – shoh, orqasida – malika B) oldida – shoh va malika, orqasida – arslon C) oldida – shoh, orqasida – lochin D) oldida – shoh, orqasida – suvoriy
Xorazmshoh unvoni dastlab qaysi sulola tomonidan qabul qilingan? A) siyovushlar B) afrigʻiylar C) ma’muniylar D) anushteginiylar
Nechanchi asrda Xorazm hududida iqtisodiy-siyosiy jihatdan mustaqil bir necha sugʻorma dehqonchilik vohalarini boshqargan mayda hokimliklar tarkib topgan? A) III asr B) IV asr C) V asr D) VI asr
III asrda Oʻrta Osiyodagi qaysi davlat hududida iqtisodiy-siyosiy jihatdan mustaqil bir necha sugʻorma dehqonchilik vohalarini boshqargan mayda hokimliklar tarkib topgan? A) Qangʻ B) Xorazm C) Kushon D) Sugʻd
Qoʻlida burgut qoʻndirilgan tojdor hukmdor tasviri soʻqilgan tanga Xorazmdagi qaysi yodgorlikdan topilgan? A) Anqaqal’a B) Qal’aliqir C) Tuproqqal’a D) Koʻzaliqir
Xorazmdagi qaysi yodgorlikdan qoʻlida lochin tutgan tojdor kishi tasviri soʻqilgan tanga topilgan? A) Anqaqal’a B) Qal’aliqir C) Tuproqqal’a D) Koʻzaliqir
Oʻrta asrlarning ilk bosqichida Xorazm hududida san’atning qaysi turi yuqori darajada rivoj topgan? A) xattotlik B) tasviriy san’at C) ganchkorlik D) haykaltaroshlik
7uz-v2
Ilk o’rta asrlarda Xorazm qaysi davlatlar bilan diplomatik aloqalar olib borgan? A) Vizantiya va turklar B) Eron va Vizantiya C) Eron va turklar D) turklar va Xitoy
IV asrning 70-yillaridan V asrning ikkinchi yarmigacha O’rta Osiyoda qaysi qabila hukmronlik qilgan? A) kidariylar B) xioniylar C) eftallar D) saklar
Xioniylar davlatining markazi qayerda joylashgan? A) Zarafshon vohasida B) Amudaryoning quyi oqimida C) Sirdaryoning o’rta oqimida D) Farg’ona vodiysida
Xioniylar davlati qancha vaqt hukm surgan? A) 75 yil B) 100 yil C) 120 yil D) 250 yil
V asrning 20-yillarida sharqdan Sirdaryo va Orol boʻylari orqali Xorazm va Amudaryo havzasiga qaysi koʻchmanchi chorvador aholi kirib keladi? A) xioniylar B) toxarlar C) eftallar D) oʻgʻuzlar
Toxarlar qachon Xorazm va Amudaryo havzasiga kirib kelib joylashgan? A) IV asr oʻrtalari B) IV asr 70-yillari C) V asr 20-yillari D) VI asr 60-yillari
Ilk oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoga kirib kelgan qaysi qabila kushonlarning avlodlaridan hisoblangan? A) xioniylar B) toxarlar C) eftallar D) qarluqlar
Toxarlar kushonlarning avlodlaridan boʻlib, ... ismli hukmdor ularga yoʻlboshchi edi. A) Grumbat B) Vaxshunvar C) Zenon D) Kidar
Qaysi koʻchmanchi qabila tez orada Amudaryo havzasi hamda Gʻarbiy va Janubiy Sugʻd yerlarini ishgʻol etib, Xioniylar davlatining janubiy qismida oʻz hukmronligini oʻrnatganlar? A) eftaliylar B) kidariylar C) oʻgʻuzlar D) chigillar
Kidariylar Xioniylar davlatining qaysi qismida oʻz hukmronligini oʻrnatgan? A) janubiy B) janubi-sharqiy C) janubi-gʻarbiy D) sharqiy
Kidariylar davlatining poytaxti – bu ... A) Marv B) Balx C) Kat D) Panjob
Balx shahri quyidagi davlatlardan qaysi birining poytaxti hisoblangan? A) Sosoniylar B) Xioniylar C) Eftaliylar D) Kidariylar
Sosoniylar va kidariylar davlati oʻrtasida ... yilda boʻlib oʻtgan navbatdagi toʻqnashuvda qaqshatqich zarbaga uchragan kidariylar oʻzini qayta oʻnglab ololmaydi. A) 353-yil B) 456-yil C) 484-yil D) 488-yil
Kidariylar davlati 456-yilda kimlardan qaqshatqich zarbaga uchraydi? A) eftaliylar B) xioniylar C) sosoniylar D) turklar
Sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchragan kidariylar shimoldan janubga siljigan qaysi koʻchmanchi chorvador aholi bilan toʻqnashadilar? A) xioniylar B) eftallar C) turklar D) qoraxitoylar
Kimlar bilan toʻqnashuvdan soʻng kidariylar Oʻrta Osiyoni tark etib, Shimoliy Hindistonga chekinadilar? A) sosoniylar B) eftaliylar C) xioniylar D) turklar
Eftallar bilan toʻqnashgan kidariylar Oʻrta Osiyoni tark etib qayerga chekinadilar? A) Hindixitoyga B) Kavkazga C) Shimoliy Hindistonga D) Markaziy Hindistonga
Kidariylar Shimoliy Hindiston yerlarida qancha vaqt davomida hukmronlik qiladilar? A) 75 yil B) 100 yil C) 120 yil D) 200 yil
Eftallar davlati O’rta Osiyoda qaysi davrda hukm surgan? A) III asr o’rtalari – IV asr 70-yillari B) V asrning 20-yillari – VI asrning 70-yillari C) V asr oxiri – VI asr birinchi yarmi D) V asr 30-50-yillari – VI asr boshlari
Quyidagi qaysi davlat V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida O’rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston hududlarini o’z ichiga olgan? A) Sosoniylar davlati B) Eftallar davlati C) Xioniylar davlati D) Turk xoqonligi
Quyidagi qaysi javobda eftallar hukmdorining nomi qayd etilgan? A) Grumbat B) Kidar C) Vaxshunvar D) Peroʻz
Eftallar Oʻzbekiston hududiga qachon kirib kelgan? A) IV asr oxiri B) V asr boshi C) V asr oʻrtalari D) V asr oxiri
Eftallar O’rta Osiyo hududiga ...dan kirib kelganlar. A) shimol B) janub C) sharq D) g’arb
Eftallar nechanchi yilda oʻzaro aloqa oʻrnatish maqsadida Xitoyga elchi yuborgan? A) 453-yil B) 456-yil C) 459-yil D) 484-yil
Eftallar 456-yilda oʻzaro aloqa oʻrnatish maqsadida qaysi mamlakatga elchi yuboradilar? A) Xitoy B) Vizantiya C) Eron D) Hindiston
Eftallarning tobora kuchayib borayotganidan xavfsiragan qaysi davlat ularga qarshi yurish qilgan? A) Vizantiya B) Xitoy C) Eron D) Kidariylar
Nechanchi yilda Eron shohi Pero’zning eftallarga qarshi yurishi halokatli tugaydi? A) 453-yil B) 456-yil C) 459-yil D) 484-yil
Quyidagi qaysi davlat ma’lum vaqt eftallarga siyosiy jihatdan qaramlikka tushib qolgan? A) Xitoy B) Eron C) Vizantiya D) Xorazm
Bir davlat tomonidan ikkinchi davlatga toʻlanadigan, shuningdek, shahar va qishloq bozorlarida savdogarlardan olinadigan maxsus toʻlov – bu ... A) tamgʻa B) boj C) ushr D) moli omon
Ilk o’rta asrlarda O’zbekiston hududida vujudga kelgan davlatlardan qaysi birida hukmdorlik otadan bolaga meros qolmay nomzodni aniqlab beruvchi kengash shu suloladan kimni loyiq deb topsa, o’sha taxtga o’tirgan? A) Xioniylar B) Xorazm C) Kidariylar D) Eftallar
7uz-v3
Eftallarda hukmdor qanday atalgan? A) sho B) ixshid C) xoqon D) xvabu
Qaysi davrga kelib Xorazm, So’g’diyona, Choch va Baqtriya viloyatlarida hashamatli binolari bo’lgan alohida qo’rg’onlar vujudga kelgan? A) III asr oxiri – IV asr boshlari B) IV asr o’rtalari C) IV asr oxiri – V asr boshlari D) V asr oxiri – VI asr boshlari
Eftallar davlati nimaga tayangan? A) urug’-aymoq udumlariga B) harbiy kuchga C) sodiq amaldorlarga D) aholining keng ijtimoiy toifalariga
Qaysi yillarda Eftallar davlati Turk xoqonligi va Sosoniylar davlati zarbasiga uchrab, tamomila barbod bo’lgan? A) 459-484-yy. B) 555-558-yy. C) 563-567-yy. D) 575-576-yy.
Hozirgi vaqtda ham Toshkent vohasi va Janubiy Qozogʻiston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan Zogʻariq va Boʻzsuv kanallari nechanchi asrda barpo etilgan? A) III asr B) IV asr C) V asr D) VI asr
V asrda barpo etilgan quyidagi kanallardan qaysi biri Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi hisoblanadi? A) Zogʻariq B) Boʻzsuv C) Dargʻom D) Kaykovus
Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi hisoblangan Dargʻom kanali qachon barpo etilgan? A) V asr B) VI asr C) VII asr D) VIII asr
Eftallar davlatida Ipak yoʻli savdosida sosoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan kimlar vositachilik rolini oʻynagan? A) vizantiyaliklar B) sugʻdiylar C) xorazmliklar D) xitoyliklar
Eftallar davrida quyidagi qaysi mahalliy hokimliklar tomonidan chaqa-tangalar zarb etilib, ichki muomalaga chiqarilgan? 1. Poykand; 2. Samarqand; 3. Buxoro; 4. Naxshab; 5. Choch; 6. Xorazm; 7. Vardona. A) 1, 2, 3, 4, 6, 7 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 3, 5, 7 D) 2, 3, 4, 5, 6
Eftallar mamlakatida O’rta Osiyo aholisi qaysi tillarda soʻzlashgan? A) turkiy va fors B) turkiy va sugʻd C) sugʻd va fors D) turkiy va moʻgʻul
Ilk oʻrta asrlarda qaysi til xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va Fargʻona orqali Sharqiy Turkistonga kirib, Xitoy hududlarigacha yetib borgan? A) turkiy B) fors C) sugʻd D) xorazm
Eftallar davri (V-VI asrlar)da Oʻrta Osiyoda qaysi yozuvlar tarqalgan edi? 1. Koʻkturk; 2. Oromiy; 3. Sugʻd; 4. Xorazm; 5. Eftal. A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 5.
Eftallar xati qaysi yozuv asosida paydo boʻlgan? A) kushon B) oromiy C) baqtriya D) sugʻd
Eftallar yozuvi nechta harfdan iborat boʻlgan? A) 22 ta B) 24 ta C) 25 ta D) 29 ta
Ilk oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi bilan qaysi mamlakat shishasidan ustun turgan? A) Vizantiya B) Hindiston C) Xitoy D) Eron
Ilk oʻrta asrlarda qaysi mamlakat hukmdorlari oʻz saroylarini bezashda Oʻrta Osiyodan keltirilgan rangli shishadan foydalanganlar? A) Vizantiya B) Hindiston C) Xitoy D) Eron
Ilk oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo aholisinig madaniy an’analari qaysi qoʻshni mamlakatlar tasviriy uslublari bilan bilan uygʻunlashib, ilk oʻrta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylangan? A) Eron va Vizantiya B) Xitoy va Hindiston C) Eron va Hindiston D) Xitoy va Eron
Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat – Turk xoqonligi qachon vujudga kelgan? A) VI asr boshlari B) VI asr oʻrtalari C) VI asr 60-yy. D) VI asr oxiri
Turk xoqonligining asoschisi nomi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) Istami B) Toʻnyabgʻu C) Bumin D) El-Arslon
Bumin nechanchi yilda “xoqon” deb e’lon qilingan? A) 552-yil B) 555-yil C) 558-yil D) 575-yil
Turk xoqonligining markazi qayerda joylashgan edi? A) Choch B) Sugʻd C) Oltoy D) Sharqiy Turkiston
Turk xoqonligi qoʻshinlarining Gʻarbga yurishlariga kim boshchilik qilgan? A) Sheri Kishvar B) Istami C) Bumin D) Toʻnyabgʻu
Turklarning Gʻarbga yurishlariga boshchilik qilgan Istamiga qanday unvon berilgan? A) “yabgʻu xoqon” B) “el-arson” C) “sheri kishvar” D) “yab-gʻu”
Turklar nechanchi yilda Sirdaryo va Orol dengizi boʻylarigacha choʻzilgan keng oʻlkalarni egallagan? A) 555-yil B) 558-yil C) 563-yil D) 575-576-yy.
Turk xoqonligi bosqini oqibatida eftallar davlatining shimoliy hududlari xavf ostida qolganidan foydalangan qaysi davlat Toxariston va Chagʻoniyonni eftallardan tortib oladi? A) Gupta davlati B) Kidariylar davlati C) Sosoniylar davlati D) Vizantiya imperiyasi
Turk xoqonligi bosqini oqibatida eftallar davlatinining shimoliy hududlari xavf ostida qolganidan foydalangan sosoniylar qaysi viloyatlarni eftallardan tortib oladilar? A) Toxariston va Sugʻd B) Chagʻoniyon va Toxariston C) Toxariston va Badaxshon D) Chagʻoniyon va Naxshab
Turk xoqonligining eftallar bilan toʻqnashishi muqarrar ekanligi xoqonlikni qaysi mamlakatlar bilan yaqinlashtirgan? A) Eron va Xitoy B) Eron va Hindiston C) Eron va Vizantiya D) Xitoy va Hindiston
Eftallar davlatining tamomila barbod boʻlishidan qaysi davlat manfaatdor edi? A) Kidariylar B) Vizantiya C) Sosoniylar D) Xitoy
Qaysi sosoniy hukmdor tashabbusi bilan Eron va Turk xoqonligi oʻrtasida oʻzaro harbiy ittifoq yuzaga keladi? A) Shopur II B) Peroʻz C) Kubod D) Xusrav I
531-579-yy.da Eronda kim hukmdorlik qilgan? A) Shopur II B) Kubod C) Pero’z D) Xusrav I
7uz-v4
Turklar nechanchi yilda Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar? A) 555-yil B) 558-yil C) 563-yil D) 567-yil
Qaysi shahar ilk oʻrta asrlarda Parak vodiysining markazi hisoblangan? A) Tunkat B) Choch C) Kesh D) Naxshab
Chirchiq vodiysi VI asr manbalarida qanday atalgan? A) Choch B) Eloq C) Parak D) Ustrushona
Necha kun davom etgan shiddatli jangda eftallar qoʻshini turklardan yengiladi? A) 8 kun B) 11 kun C) 14 kun D) 17 kun
Eftallar davlati hududi qaysi davlatlar tomonidan boʻlib olinadi? A) Eron, Vizantiya, Turk xoqonligi B) Eron, Turk xoqonligi C) Turk xoqonligi, Xitoy D) Eron, Vizantiya
Eftallar davlati qulagach, qaysi davlat Amudaryodan to Suriyaga qadar Ipak yoʻli ustida haqiqiy sarbon boʻlib oladi? A) Vizantiya B) Turk xoqonligi C) Eron D) Arab xalifaligi
Turk xoqonligida hukmdor hokimiyati harbiy-ma’muriy boshqaruvi nimaga tayangan? A) kuchli otliq qoʻshinga B) mahalliy hokimliklarga C) urugʻ-aymoq udumlariga D) qabilalar ittifoqlariga
Turk xoqonligida koʻchmanchi chorvador aholi qanday atalgan? A) budun (qora budun) B) oʻn oʻq el C) yabgʻu D) shod
Oʻn oʻq elning hokimi Turk xoqonligida qanday nom bilan atalgan? A) yabgʻu (jabgʻu) B) xoqon C) shod D) yabgʻu xoqon
Turk xoqonligida oʻn oʻq el sardori qancha suvoriyni safga tortgan? A) ming nafar B) 5 ming nafar C) 10 ming nafar D) 12 ming nafar
Turk xoqonligida 10 ming kishilik harbiy boʻlinmaning sarkardasi qanday atalgan? A) yabgʻu (jabgʻu) B) shod C) xoqon D) budun
Turk xoqonligi davrida dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq qanday nomlangan? A) boj B) yasoq C) tamgʻa D) xiroj
Turk xoqonligi qaysi davrga kelib ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va Gʻarbiy turk xoqonligiga boʻlinib ketadi? A) VI asr 60-yy.da B) VI asr 70-yy. C) VI asr 80-yy. D) VI asr 90-yy.
Quyidagi qaysi hudud Sharqiy turk xoqonligi tarkibiga kirmagan? A) Yettisuv B) Moʻgʻuliston C) Janubiy Sibir D) Shimoliy Xitoy
Sharqiy turk xoqonligining poytaxti qayerda joylashgan? A) Oltoy B) Oʻtukan vodiysi C) Yettisuv D) Sibir
Quyidagi qaysi hudud Gʻarbiy turk xoqonligi tarkibiga kirmagan? A) Sharqiy Turkiston B) Oʻrxun havzasi C) Yettisuv D) Sirdaryo va Amudaryo havzalari hamda ularga tutashgan hududlar
Gʻarbiy turk xoqonligi qarorgohi qayerda joylashgan? A) Oʻrxun havzasi B) Oʻtukan vodiysi C) Yettisuv D) Oltoy
Qaysi togʻ tizmasi Sharqiy va Gʻarbiy turk xoqonliklari chegarasi boʻlib xizmat qilgan? A) Oloy B) Oltoy C) Tyan-Shan D) Pomir
Qaysi davrga kelib Gʻarbiy turk xoqonligi nihoyatda kuchayadi? A) VII asr I choragi B) VII asr oʻrtalari C) VII asr oxiri D) VI asr oxiri
Qaysi davrga kelib Gʻarbiy turk xoqonligining chegaralari sharqda Oltoy, janubda esa Sind daryosi boʻylariga borib taqaladi? A) VI asr oxiri B) VII asr I choragi C) VII asr oʻrtalari D) VII asr oxiri
Gʻarbiy turk xoqonligida qaysi hukmdor davrida boshqaruv tartiblari is-loh qilingan? A) Toʻnyabgʻu B) Istami C) El-Arslon D) Sheri Kishvar
Xoqon Toʻnyabgʻu nechanchi yillarda hukmronlik qilgan? A) 563-593-yy. B) 583-611-yy. C) 611-628-yy. D) 618-630-yy.
Gʻarbiy turk xoqonligida viloyat hokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bogʻlash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ular huzuriga joʻnatilgan xoqonlikning noiblari qanday atalgan? A) tudun B) takin C) yabgʻu D) shod
Ichki va tashqi savdo-sotiq sohasida Gʻarbiy turk xoqonligining qaysi viloyatidan chiqqan savodgarlarning mavqeyi baland hisoblangan? A) Fargʻona B) Sugʻd C) Eloq D) Choch
Gʻarbiy turk xoqonligi va Xitoy oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar qaysi davrga kelib faollashgan? A) VI asr oxiri B) VII asr I yarmi C) VII asr oʻrtalari D) VII asr II yarmi
VII asr I yarmida Gʻarbiy turk xoqonligining qaysi davlat bilan iqtisodiy aloqalari, ayniqsa, faollashgan? A) Eron B) Arab xalifaligi C) Hindiston D) Xitoy
VII asr I yarmida Gʻarbiy turk xoqonligi tomonidan qaysi mamlakatga toʻqqiz marta savdo elchiligi yuborilgan? A) Vizantiya B) Eron C) Xitoy D) Hindiston
VII asr I yarmida Gʻarbiy turk xoqonligi Xitoyga necha marotaba savdo elchiligi yuborgan? A) 3 marta B) 4 marta C) 6 marta D) 9 marta
Gʻarbiy turk xoqonligining Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushonadan birlashgan juda katta savdo karvoni nechanchi yilda Xitoyga yetib bora-di? A) 618-yil B) 627-yil C) 628-yil D) 630-yil
Nechanchi asrlarda Oʻrta Osiyoda dehqonlar tomonidan yerlarni egallash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchayadi? A) III-IV asrlar B) IV-V asrlar C) V-VI asrlar D) VI-VII asrlar
7uz-v6
585-586-yy.da Buxoroda qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonga kim boshchilik qilgan? A) Abruy B) Bobek C) Qorachoʻrin D) Ashina
Buxorodagi Abruy qoʻzgʻoloni qachon sodir boʻlgan? A) 575-576-yy. B) 563-567-yy. C) 585-586-yy. D) 618-630-yy.
Abruy qoʻzgʻolonini bostirish uchun oʻgʻli boshchiligida qoʻshin joʻnatgan turk xoqoni kim edi? A) Bumin B) Istami C) Toʻnyabgʻu D) Qorachoʻrin
Turk xoqoni Qorachoʻrin Abruy qoʻzgʻolonini bostirish uchun Buxoroga joʻnatgan qoʻshinga kim boshchilik qilgan? A) Xusrav I Anushervon B) Istami C) Toʻnyabgʻu D) Sheri Kishvar
V-VII asrlarda Oʻrta Osiyoda viloyatlar va ularning yirik shaharlaridan iborat ... dan ortiq mustaqil hokimliklar tashkil topgan. A) 10 B) 15 C) 20 D) 25
V-VII asrlarda O’rta Osiyoda tashkil topgan viloyat va uning yirik shaharlaridan iborat mustaqil hokimliklarga xos bo’lmagan jihatni belgilang. A) dastlab eftallar, so’ngra Turk xoqonligiga bo’ysungan B) eftallar ham, turk xoqonlari ham ularning ichki hayotiga deyarli aralashmaganlar C) markaziy hokimiyatga bo’j to’lab turish orqali o’z mustaqilliklarini saqlab qolganlar D) ularning barchasi o’z yozuvi hamda tanga pullar tizimiga ega bo’lgan
V-VII asrlarda Oʻrta Osiyodagi mustaqil hokimliklarning eng yirigi – bu ... A) Sugʻd B) Fargʻona C) Toxariston D) Choch
Sugʻddagi oʻrta asr davlatlari birlashmasi ittifoqida Samarqand, Buxoro, Kesh vohalarning nechta yirik mulklari birlashgan edi? A) 7 ta B) 9 ta C) 11 ta D) 15 ta
So’g’diylar dehqonchilik va bog’dorchilik, ayniqsa, ...da nihoyat sohibkor edilar. A) paxtachilik B) polizchilik C) uzumchilik D) g’allakorlik
718-yilda Samarqanddan hadya tariqasida yuborilgan dubulgʻadan nusxa olib, qaysi mamlakat qurolsozlari qoʻshinni temir qalpoqlar bilan ta’min etganlar? A) Arab xalifaligi B) Hindiston C) Vizantiya D) Xitoy
Toxariston tarixiy viloyati quyidagi qaysi hududni oʻz ichiga olmagan? A) Janubiy Turkmaniston B) Janubiy Oʻzbekiston C) Tojikiston D) Shimoliy Afgʻoniston
Toxariston shimolda qaysi geografik obyekt bilan chegaralangan? A) Hisor tog’lari B) Hindikush tog’lari C) Murg’ob va Herirud vodiysi D) Pomir tog’lari
Toxariston janubda qaysi geografik obyekt bilan chegaralangan? A) Hisor tog’lari B) Hindikush tog’lari C) Murg’ob va Herirud vodiysi D) Pomir tog’lari
Toxariston g’arbda qaysi geografik obyekt bilan chegaralangan? A) Hisor tog’lari B) Hindikush tog’lari C) Murg’ob va Herirud vodiysi D) Pomir tog’lari
Toxariston shimolda qaysi geografik obyekt bilan chegaralangan? A) Hisor tog’lari B) Hindikush tog’lari C) Murg’ob va Herirud vodiysi D) Pomir tog’lari
Ilk oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyodagi mustaqil hokimliklardan qaysi biri 27 ta togʻ va togʻoldi viloyatlaridan iborat boʻlgan? A) Sugʻd B) Fargʻona C) Toxariston D) Eloq
Toxariston oʻlkasi nechta togʻ va togʻoldi viloyatlaridan iborat boʻlgan? A) 20 ta B) 24 ta C) 25 ta D) 27 ta
Toxariston poytaxti qaysi shahar hisoblangan? A) Balx B) Badaxshon C) Xoʻjand D) Marv
Oʻzbekiston hududidagi qaysi tarixiy viloyat nomi m.avv. II asrda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila – yuechjilar nomidan olingan? A) Eloq B) Toxariston C) Ustrushona D) Choch
Toxariston hukmdorlari dastlab qanday atalgan? A) “ixshid” B) “tudun” C) “dehqon” D) “malikshoh”
Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyodagi qaysi tarixiy viloyat hukmdorlari dastlab “malikshoh”, keyinchalik esa “yabg’u” deb atala boshlagan? A) So’g’d B) Farg’ona C) Toxariston D) Eloq
Toxariston aholisining qismi qanday mashg’ulot bilan shug’ullangan? A) o’troq dehqonchilik B) ko’chmanchi chorvachilik C) hunarmandchilik D) savdo-sotiq
Toxaristonda hunarmandchilikning qaysi sohalari yuksak darajada rivojlangan? 1. Qurolsozlik; 2. To’qimachilik; 3. Temirchilik; 4. Kulolchilik; 5. Shishasozlik; 6. Tunukasozlik. A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 5 C) 1, 4, 6
Oʻrta Osiyodagi ilk oʻrta asrlarda hukm surgan hokimliklardan qaysi biri Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan savdo-madaniy aloqalar oʻrnatib, oʻz chaqa-tangalari ichki savdoda muomalada yurgan? A) Choch B) Eloq C) Sugʻd D) Toxariston
Ilk oʻrta asrlarda Fargʻona hukmdorlari qanday atalgan? A) dabusshoh B) malikshoh C) ixshid D) tudun
Ilk o’rta asrlarda Farg’ona vodiysi aholisi qanday dehqonchilik ekinlari yetishtirishgan? 1. Paxta; 2. Bug’doy; 3. Sholi; 4. Javdar; 5. Tariq; 6. Arpa. A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 3 D) 2, 6
Ilk oʻrta asrlarda Fargʻonaning qaysi shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topgan? 1. Margʻilon; 2. Qoʻqon; 3. Koson; 4. Quva; 5. Axsikat; 6. Chust. A) 1, 2, 6 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 5
Ilk oʻrta asrlarda Fargʻonadan qoʻshni mamlakatlarga qanday mahsulotlar chiqarilgan? 1. Zotdor otlar; 2. Paxta chigiti; 3. Boʻyoq; 4. Rangli shisha buyumlar; 5. Dori-darmonlar; 6. Beda urugʻi. A) 1, 2, 6 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 5
Ilk oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo viloyatlaridan qaysi biri qoʻshni mamlakatlarga boʻyoq, rangli shisha buyumlar, dori-darmon chiqargan? A) Fargʻona B) Sugʻd C) Toxariston D) Choch
Farg’onalik chorvadorlar ilk o’rta asrlarda qaysi tog’lar yonbag’irlarida yilqichilik bilan shug’ullanishgan? A) Oloy va Hisor B) Qurama va Pomir C) Qoramozor va Chotqol D) Qurama va Qoramozor
7uz-v7
Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ilk oʻrta asrlarda nechta hokimlik mavjud boʻlgan? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 11 ta
Choch viloyatining markazi qaysi shahar hisoblangan? A) Tunkat B) Yabgʻukat C) Xotunkat D) Choch
Choch hukmdorlari qanday atalgan? A) dehqon B) tudun C) ixshid D) malikshoh
Eloqning markazi qaysi shahar hisoblangan? A) Parak B) Tunkat C) Xotunkat D) Yabgʻukat
Eloq viloyati hokimlari qanday nom bilan atalgan? A) tudun B) eloqxon C) dehqon D) malikshoh
Gʻarbiy turk xoqonligi qarorgohi qachon Choch viloyatiga koʻchiriladi? A) VI asr oxiri B) VII asr I choragi C) VII asr oʻrtalari D) VII asr oxiri
VII asrning I choragida Gʻarbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Oʻrta Osiyoning qaysi viloyatiga koʻchiradi? A) Choch B) Eloq C) Toxariston D) Sugʻd
Gʻarbiy turk xoqonligi davrida Oʻrta Osiyoning qaysi viloyatida hukmdor va malika uchun oʻziga xos qarorgohlar qurilgan? A) Eloq B) Sugʻd C) Choch D) Toxariston
Gʻarbiy turk xoqonligining yirik oʻtroq viloyatlaridan hisoblangan qaysi oʻlka oʻz tanga pullari tizimiga ega boʻlgan? A) Choch B) Eloq C) Fargʻona D) Sugʻd
Gʻarbiy turk xoqonligi davrida Oʻrta Osiyo viloyatlaridan qaysi birida old tomonida hukmdor tasviri, orqa tomonida ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri tamgʻa tasviri tushirilgan tangalar zarb qilingan? A) Eloq B) Sugʻd C) Fargʻona D) Choch
G’arbiy turk xoqonligida malika qanday atalgan? A) xvabu B) xvatun C) tegin D) tudun
O’rta asrlarda quyidagi qaysi davlatda malika vazirlik darajasiga ega bo’lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etgan hamda saroyda hukmdordan keyingi o’rinni egallagan? A) Vizantiya imperiyasi B) G’arbiy turk xoqonligi C) Tan imperiyasi D) Choson qirolligi
Choch va Eloq oʻlkalarida ichki va tashqi savdoning kengayib, shaharlarning gavjumlashuviga imkon bergan omil nimadan iborat edi? A) tanga pullarning zarb etilishi B) hukmdor qarorgohining oʻlka hududiga koʻchirilishi C) oʻlkaning yirik daryolar havzasida joylashganligi D) oʻlkadan karvon yoʻlining oʻtishi
Ilk oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo hokimliklaridagi boshqaruv ma’muriyatining asosiy vazifalari nimalardan iborat boʻlgan? A) fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni oʻz vaqtida yigʻib olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etish B) oʻlka mudofaasini tashkil etish, pul muomalasini tartibga solish C) sugʻorish inshootlarini nazorat qilish, aholini jamoat ishlariga safarbar qilish D) fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni oʻz vaqtida yigʻib olish
V-VII asrlarda Oʻrta Osiyoda shahar va qishloqlarning qiyofasi hamda shahar aholisining turmush tarzi-yu ijtimoiy ahvoliga jiddiy ta’sir koʻrsatgan omillar qaysi javobda toʻgʻri berilgan? A) yerga egalik qilish munosabatlarining oʻrnatilishi va mustahkamlanib borishi, koʻchmanchi chorvadorlarning betoʻxtov, shiddat bilan kirib kelishi va oʻtroqlashuvi B) yerga, ziroatkor maydonlarga boʻlgan munosabat, ularga egalik qilish shaklining asta-sekin oʻzgara boshlashi C) oʻtroq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar oʻrtasidagi aloqalarning rivojlanishi D) qishloq jamoalari yerli mulkdor dehqon va unga qaram boʻlgan yersiz va erksiz kadivarlarga ajralib borishi
Nechanchi asrlarda Oʻrta Osiyoda qishloqlarda “koʻshk”, “qasr”, “qoʻrgʻon”, “qoʻrgʻoncha” nomlari bilan shuhrat topgan istehkomli turar-joylar qad koʻtargan? A) IV-V asrlar B) V-VI asrlar C) V-VII asrlar D) VI-VII asrlar
Ilk oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo qishloqlaridagi istehkomli qasr, qoʻrgʻon va koʻshklar qanday vazifalarni oʻtagan? 1. Tashqi dushman hujumiga qarshi mudofaa inshooti; 2. Chokarlar toʻplanadigan joy; 3. Ma’muriy markaz; 4. Oziq-ovqat va qurol-yarogʻ saqlanadigan ombor; 5. Hunarmandchilik va savdo markazi. A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5
Oʻrta Osiyoda oʻrta asrlarda shaharlar nechta qismdan iborat boʻlgan? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
Quyidagi atamalardan qaysi biri Oʻrta Osiyodagi oʻrta asr shaharlarining qismini anglatmaydi? A) kuhandiz (ark) B) rabod C) ixshid D) shahriston
Oʻrta asrlarda yashagan qaysi arab mualliflari birgina Binkat (Toshkent)ning yigirma ikkita darvozasi boʻlganligi haqida ma’lumot qayd etib oʻtgan? 1. Istaxriy; 2. Ibn Arabshoh; 3. Ibn Fadlan; 4. Ibn Xavqal; 5. Ibn Battuta. A) 1, 2 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 1, 5
Oʻrta asrlarda yashagan arab mualliflari ibn Xavqal va Istaxriy Oʻrta Osiyodagi qaysi shaharning yigirma ikkita darvozasi boʻlganligini qayd etib oʻtishgan? A) Poykand B) Oʻtror C) Binkat D) Naxshab
Oʻrta asr arab tarixchilari Ibn Xavqal va Istaxriy Binkat (Toshkent) ning nechta darvozasi boʻlganligi haqida yozib qoldirishgan? A) 8 ta B) 6 ta C) 12 ta D) 22 ta
Binkat – bu ... A) Samarqand B) Shahrisabz C) Qarshi D) Toshkent
Oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda shaharning hokim qasri joylashgan qismi qanday atalgan? A) kuhandiz (ark) B) rabod C) vagʻnze D) shahriston
Shaharning tashqi mavzesi oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda qanday yuritilgan? A) shahriston B) rabod C) ark D) kuhandiz
Shahriston – bu ... A) shaharning tashqi mavzesi B) shaharning ichki qismi C) shaharning hokim qasri joylashgan qismi D) shahar hokimi qasri
VI-VII asrlarda quyidagi Oʻrta Osiyo hokimliklaridan qaysi birida aholi alohida oʻz yozuviga ega boʻlmagan? A) Choch B) Toxariston C) Sugʻd D) Xorazm
Ilk oʻrta asrlardagi sugʻd va xorazm yozuvlari qadimgi qaysi yozuv asosida yuzaga kelgan? A) finikiya B) baqtriya C) elam D) oromiy
Toxar yozuvi qaysi yozuv asosida shakllangan? A) finikiya B) baqtriya C) elam D) oromiy
Toxar yozuvi nechta harfdan tashkil topgan? A) 22 ta B) 24 ta C) 25 ta D) 30 ta
7uz-v8
Ilk o’rta asrlarda xat, hujjat va axborotlar qanday yozuv ashyolariga yozilgan? 1. Charm; 2. Yog’och; 3. Sopol; 4. Qog’oz; 5. Saroy va ibodatxona devorlari. A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5
O’rta Osiyodan topilgan ilk o’rta asrlarga oid bitiklarda qanday mazmundagi ma’lumotlar saqlanib qolgan? 1. Elchilik maktublari; 2. Xo’jalik kirim-chiqimlari; 3. Yuridik shartnomalar; 4. Astronomik hujjat; 5. Tarixiy yodnomalar; 6. Diniy aqidalar. A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
Bizning zamonamizgacha yetib kelgan sugʻd yozuvlari namunalari qaysi yodgorliklardan topib oʻrganilgan? 1. Varaxsha; 2. Mugʻ qal’asi; 3. Turfan shahri; 4. Bolaliktepa; 5. Afrosiyob. A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 5 D) 2, 3, 4
Mugʻ qal’asi qaysi shahar yaqinida joylashgan? A) Turfan B) Marv C) Panjikent D) Xoʻjand
Turfan shahri qayerda joylashgan? A) Sharqiy Turkiston B) Shimoliy Afgʻoniston C) Sharqiy Eron D) Janubiy Turkmaniston
Bizning zamonamizgacha saqlangan sugʻd yozuvlari namunalarida qanday muhim ma’lumotlar keltirilgan? 1. Siyosiy tarix; 2. Huquq va qonunlar; 3. Iqtisodiy masalalar; 4. Diniy e’tiqodlar; 5. Xalq ogʻzaki ijodi. A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 3, 4, 5
Sugʻdda oʻgʻil bolalar necha yoshga toʻlgach, yozuv va hisobga oʻrgatilgan? A) 5 yosh B) 6 yosh C) 7 yosh D) 10 yosh
Sugʻdda oʻgʻil bolalar necha yoshga kirganlarida savdo ishlarini oʻrganish uchun oʻzga mamlakatlarga joʻnatilgan? A) 14 yosh B) 18 yosh C) 20 yosh D) 24 yosh
VI-VII asrlarda Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan quyidagi yozuvlardan qaysi biri birinchisi ikkinchisiga tutashib ketadigan 38-40 harfdan iborat boʻlgan? A) xorazm yozuvi B) sugʻd yozuvi C) toxar yozuvi D) turkiy (runik) yozuv
Ilk oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda mavjud boʻlgan quyidagi yozuvlardan qaysi biri tosh va yogʻochlarga oʻyib yozishga nihoyatda qulay hisoblangan? A) xorazm yozuvi B) sugʻd yozuvi C) turkiy (runik) yozuv D) toxar yozuvi
Qadimgi koʻkturk bitiklari qaysi hududlardan topilgan? 1. Oltoy; 2. Moʻgʻuliston; 3. Sharqiy Turkiston; 4. Yettisuv; 5. Fargʻona; 6. Zarafshon. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4, 5, 6 D) 2, 3, 4, 5, 6
Ilk o’rta asrlarda yurtimizda quyidagi yozuv turlaridan qaysilari mavjud bo’lmagan? 1. Ko’kturk; 2. So’g’d; 3. Eftal; 4. Xorazm; 5. Toxar; 6. Kushon; 7. Arab. A) 1, 3, 6, 7 B) 2, 3, 4, 5 C) 3, 6, 7 D) 1, 3, 5, 6, 7
VI-VII asrlarda Oʻrta Osiyoda qaysi dinlar mavjud boʻlgan? 1. Zardushtiylik; 2. Buddaviylik; 3. Nasroniylik; 4. Moniylik; 5. Shomoniylik; 6. Yahudiylik; 7. Islom. A) 1, 3, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 5, 6, 7
VI-VII asrlarda Oʻrta Osiyoda aholining koʻpchiligi ... diniga e’tiqod qilgan. A) zardushtiylik B) moniylik C) qam (shomon) D) buddaviylik
Manbalarda ta’rif etilishicha, Toxariston aholisi qaysi dinga e’tiqod qilgan? A) zardushtiylik B) qam (shomon) C) buddaviylik D) nasroniylik
Ilk oʻrta asrlarda Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan mustaqil hokimliklardan qaysi birining aholisi budda diniga e’tiqod qilgan? A) Sugʻd B) Toxariston C) Fargʻona D) Eloq
Oʻzbekiston hududidagi qaysi tarixiy viloyat Markaziy Osiyoda budda va moniylik dinlarining tarqalishi va rivojida muhim rol oʻynagan? A) Toxariston B) Ustrushona C) Eloq D) Choch
Ilk oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo xalqlarining mafkuraviy hayotida chuqur ildiz otgan qaysi diniy ta’limotga koʻra Olamning ibtidosi ikki qarama-qarshi yaratuvchi – yorugʻlik va ezgulik hamda zulmat va yovuzlikdan iborat deb hisoblangan? A) moniylik B) buddaviylik C) zardushtiylik D) qam (shomon)
Quyidagi javoblardan qaysi birida moniylik dinining arkoni berilmagan? A) zakot B) ibodat C) roʻza D) sadaqa
Samarqand viloyatining Urgut tumani Sugʻddagina emas, balki butun Oʻrta Osiyoda qaysi diniy ta’limot markazi hisoblangan? A) zardushtiylik B) moniylik C) nasroniylik D) buddaviylik
Turk xoqonligining chorvador aholisi qadimdan qaysi dinga sigʻinib kelgan? A) zardushtiylik B) buddaviylik C) nasroniylik D) qam (shomon)
Ilk oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda mavjud boʻlgan quyidagi diniy e’tiqodlardan qaysi biri jon va ruhlarga, bobolar ruhiga sigʻinish e’tiqodini tarbiyalagan? A) zardushtiylik B) shomon (qam) C) nasroniylik D) buddaviylik
Qadimgi turklar oʻz dinini qanday nom bilan yuritganlar? A) arkon B) qam C) qobus D) Koʻk Tangri
Koinotni yoʻqlikdan bor qilgan Koʻk Tangriga e’tiqod qiluvchi yakkaxudolik dini – bu ... A) zardushtiylik B) nasroniylik C) shomon (qam) D) bud-daviylik
Quyidagi atamalardan qaysi biri dindagi eng muhim vazifani anglatib, “suyanchiq”, “ma’muriyat” ma’nolarini bildiradi? A) arkon B) farz C) ibodat D) sunnat
Chorvador koʻchmanchi aholi Koʻk Tangri sharafiga qurbonlik uchun qanday hayvon soʻygan? A) sariq tuya B) qora qashqa ot C) koʻk qoʻchqor D) qora qashqa hoʻkiz
V-VII asrlarda O’rta Osiyo shaharlarining shahriston maydoni dastlab qanchani tashkil etgan? A) 15 gektardan oshmagan B) 20 gektarga yaqin bo’lgan C) 25 gektardan oshmagan D) 50 gektarga yaqin bo’lgan
V-VII asrlarda Buxoro va Poykand shaharlarining maydoni qanchani tashkil etgan? A) 15 gektardan oshmagan B) 20 gektardan oshmagan C) 25 gektardan oshmagan D) 50 gektarga yaqin bo’lgan
Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyodagi eng yirik shahar – bu ... A) Toshkent B) Samarqand C) Buxoro D) Poykand
7uz-v9
V-VII asrlarda Samarqand shahrining umumiy maydoni qanchani tashkil etgan? A) 54 gektar B) 75 gektar C) 120 gektar D) 200 gektar
Ilk o’rta asrlarga oid shahristonlar qurilishi quyidagi qaysi shaharlardagi arxeologik tadqiqotlar orqali o’rganilgan? 1. Afrosiyob; 2. Varaxsha; 3. Bolaliktepa; 4. Panjikent; 5. Turfan; 6. Xushkat; 7. Koson. A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 4 D) 2, 4, 6, 7
VI-VII asrlarda Oʻrta Osiyoda tasviriy san’atning qaysi tarmoqlari ravnaq topgan? 1. Rassomlik; 2. Miniatura; 3. Haykaltaroshlik; 4. Freska; 5. Mozaika. A) 1, 3, 5 B) 1, 3 C) 2, 3, 4 D) 2, 5
Bolaliktepa yodgorlik xarobalari qayerda joylashgan? A) Zarafshon vodiysi B) Fargʻona vodiysi C) Xorazm vohasi D) Surxon vohasi
Quyidagi yodgorlik xarobalaridan qaysi biri Zarafshon vodiysidan topib oʻrganilmagan? A) Bolaliktepa B) Varaxsha C) Panjikent D) Afrosiyob
Ilk o’rta asrlarga oid tasviriy va haykaltaroshlik san’ati namunalari Farg’ona vodiysidagi qaysi shahar yodgorliklari orqali tadqiq etilgan? A) Axsikat B) Quva C) Chust D) Marg’ilon
O’rta Osiyodan topilgan ilk o’rta asrlarga oid devoriy rasmlarda quyidagi qaysi mavzu aks ettirilmagan? A) o’z davrining murakkab hayoti B) diniy e’tiqodlar C) tashqi mamlakatlar bilan aloqalar D) hayvonot va o’simlik olami
Quyidagi diniy e’tiqod shakllaridan qaysi biri haykaltaroshlik rivojiga, ayniqsa, kuchli ta’sir koʻrsatgan? A) moniylik B) buddaviylik C) qam (shomon) D) nasroniylik
Ilk oʻrta asrlarga oid Buddaning bahaybat haykallari Oʻrta Osiyoning qaysi hududidan topilgan? A) Xorazm B) Surxondaryo C) Fargʻona D) Sugʻd
Ajinatepadagi Budda haykalining balandligi necha metrga yetadi? A) 8 m B) 9 m C) 10 m D) 12 m
Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda tasviriy va haykaltaroshlik san’atidan tashqari yana qaysi san’at turi yuqori darajada rivojlangan? A) zargarlik B) badiiy yog’och o’ymakorligi C) xattotlik D) me’morchilik
Ilk oʻrta asr ganchkorlik san’atining eng nodir namunalari qaysi yodgorlik topilmalari orqali tadqiq etilgan? A) Afrosiyob B) Varaxsha C) Panjikent D) Ajinatepa
Ilk oʻrta asrlarda san’at sohasida Buxoro oʻzining ... bilan shuhrat topgan edi. A) naychilari B) raqqoslari C) qiziqchilari D) doirachilari
VI-VII asrlarda Oʻrta Osiyodagi qaysi shahar oʻz naychilari bilan shuhrat qozongan? A) Buxoro B) Binkat C) Choch D) Samarqand
Quyidagi shaharlardan qaysi biri ilk oʻrta asrlarda raqqos yigit va raqqosa qizlari bilan shuhrat topgan? A) Toshkent B) Samarqand C) Buxoro D) Quva
Choch raqqoslari ijro etgan mashhur doira chertmasiga imo bilan yelka uchirib tushadigan oʻynoqi “Doira raqsi” qaysi mamlakat a’yonlarini maftun etib, hayratga solgan? A) Vizantiya B) Eron C) Xitoy D) Hindiston
Ilk oʻrta asrlarda birgina Buxoro shahrida usta hunarmandlar tomonidan necha turdagi cholgʻu asboblari yasalgan? A) 10 B) 15 C) 20 D) 30
Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati qachon boshlangan? A) VI asr oxiri B) VII asr boshi C) VII asr oʻrtalari D) VII asr oxiri
“Islom” soʻzining lugʻaviy ma’nosi - ... A) suyanchiq, ma’muriyat B) boʻysunish, itoat etish C) oʻrinbosar D) xushxabar
Muhammad (s.a.v.) binni Abdulloh qaysi yillarda yashaganlar? A) 570-610-yy. B) 570-622-yy. C) 570-630-yy. D) 570-632-yy.
Muhammad (s.a.v.) qaysi shaharda dunyoga kelganlar? A) Makka B) Hijoz C) Madina D) Yaman
Islomni qabul qilib, Rasulullohga ergashganlar qanday atalgan? A) ixvonlar B) musulmonlar C) mushriklar D) tolibonlar
Islom bayrogʻi ostida Makka shahrida boshlangan targʻibot qaysi shaharga koʻchgan? A) Qohira B) Madina C) Ar-Riyod D) Jidda
Muhammad (s.a.v.) nechanchi yilda arablarni yagona davlatga birlashtirganlar? A) 610-yil B) 620-yil C) 622-yil D) 630-yil
Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, kim xalifa deb e’lon qilingan? A) Abu Bakr B) Umar C) Usmon D) Ali
“Xalifa” soʻzining lugʻaviy ma’nosi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) “qiroat” B) “boʻysunish” C) “oʻrinbosar” D) “elchi”
Abu Bakr qaysi yillarda xalifalik qilgan? A) 632-634-yy. B) 634-644-yy. C) 644-656-yy. D) 656-661-yy.
632-634-yillarda kim Arab xalifaligini boshqargan? A) Abu Bakr B) Umar C) Usmon D) Ali
Arablar O’rta Osiyoga kirib kelguncha qaysi mamlakatlarni bosib olganlar? 1. Misr; 2. Suriya; 3. Turkiya; 4. Iroq; 5. Ispaniya; 6. Eron; 7. Falastin; 8 Hindiston. A) 1, 3, 5, 7 B) 1, 2, 4, 6, 7 C) 2, 4, 6, 8 D) 1, 2, 3, 7
Arablar nechanchi yilda jangsiz Marv shahrini egallaydilar? A) 645-yil B) 651-yil C) 656-yil D) 667-yil
7uz-v10
651-yilda arablar jangsiz qaysi shaharni egallaydilar? A) Maymurgʻ B) Chagʻoniyon C) Marv D) Poykand
Arablar tomonidan egallangan Afgʻonistonning shimoliy, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha boʻlgan hududlar qanday nom bilan atalgan? A) Movoraunnahr B) Xuroson C) Ajam D) Mashriq
Quyidagi qaysi shahar arablar tomonidan egallangan Xuroson oʻlkasining ma’muriy markazi etib belgilangan? A) Marv B) Hirot C) Nishopur D) Balx
Arablar Amudaryodan shimolda joylashgan hududlarni qanday nom bilan ataganlar? A) Xuroson B) Movoraunnahr C) Chin-Mochin D) Ajam
“Movoraunnahr” soʻzining lugʻaviy ma’nosi - ... A) “ikki daryo oraligʻi” B) “daryoning narigi tomoni” C) “arab boʻlmaganlar oʻlkasi” D) “ming shahar oʻlkasi”
Arab xalifaligi qaysi yillarda hukm surgan? A) 632-1258-yy. B) 632-750-yy. C) 750-1258-yy. D) 1038-1308-yy.
Umaviylar sulolasi qaysi yillarda Arab xalifaligi taxtini idora qilgan? A) 632-1258-yy. B) 632-750-yy. C) 750-1258-yy. D) 1038-1308-yy.
Abbosiylar sulolasi qaysi yillarda Arab xalifaligi taxtini idora qilgan? A) 632-1258-yy. B) 632-750-yy. C) 750-1258-yy. D) 1038-1308-yy.
Arablar Movoraunnahrga dastlab qanday maqsadda yurish qilganlar? A) bosib olish B) islomni yoyish C) tayyorgarlik koʻrish, mahalliy hukmdorlarni sinash D) boylik orttirish
Arablarning Movoraunnahrga ilk hujumlari 654-yilda qaysi shahardan boshlangan? A) Maymurgʻ B) Chagʻoniyon C) Marv D) Termiz
Arablar Maymurgʻ shahriga nechanchi yilda hujum uyushtiradilar? A) 644-yil B) 651-yil C) 654-yil D) 667-yil
667-yilda arablar hujumiga uchragan Movoraunnahrdagi shahar qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) Maymurgʻ B) Chagʻoniyon C) Marv D) Naxshab
Manbalarda qayd etilishicha, Movarounnahrni zabt etishga tayyorgarlik ko’rish va mahalliy hukmdorlarni sinash maqsadida Xorazm arablar tomonidan necha marta talon-taroj etilgan? A) 2 marta B) 3 marta C) 4 marta D) 5 marta
673-yilning kuzida xalifa Muoviya I farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib oʻtib, Buxoroga bostirib kirganligi haqida qaysi tarixchi ma’lumot bergan? A) Nasaviy B) Narshaxiy C) Gardiziy D) Beruniy
Ubaydulloh ibn Ziyod nechanchi yilda xalifa Muoviya I farmoni bilan Amudaryodan kechib oʻtib, Buxoro hududiga bostirib kirgan? A) 651-yil B) 654-yil C) 667-yil D) 673-yil
673-yilning kuzida Ubaydulloh ibn Ziyod qaysi xalifa farmoni bilan Amudaryodan kechib oʻtib, Buxoro hududiga bostirib kirgan? A) Ali B) Muoviya I C) Umar ibn Abdulaziz D) Horun ar-Rashid
673-yilning kuzida xalifa Muoviya I farmoni bilan Amudaryodan kechib oʻtib, Buxoro hududiga bostirib kirgan arab lashkarboshisining nomi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) Ubaydulloh ibn Ziyod B) Qutayba ibn Muslim C) Said Xaroshiy D) Nasr ibn Sayyor
Xalifa Muoviya I qaysi yillarda xalifalikni boshqargan? A) 656-661-yy. B) 661-680-yy. C) 786-809-yy. D) 892-902-yy.
Poykand va Romitonni egallab, Buxoro hukmdori qoʻshinlarini yenggan, oʻz foydasiga sulh tuzib, bir lak dirham hajmida tovon undirgan arab sarkardasi – bu ... A) Qutayba ibn Muslim B) Abu Muslim C) Said Xaroshiy D) Ubaydulloh ibn Ziyod
Bir lak – qanchaga teng miqdor hisoblanadi? A) ming B) 10 ming C) 100 ming D) 40 ming
Poykand va Romiton 673-yilda arablar tomonidan egallangach, arablar tovon pulidan tashqari necha nafar asir bilan Marvga qaytadilar? A) 2 ming nafar B) 4 ming nafar C) 6 ming nafar D) 7 ming nafar
673-yilda Buxoro hududiga bostirib kirgan arablar Marvga qaytishda yoʻl-yoʻlakay qaysi shaharni egallaydilar? A) Poykand B) Romiton C) Kesh D) Termiz
Qaysi davrga kelib arablar Movoraunnahrni toʻliq bosib olishga kirishadilar? A) VII asr oʻrtalari B) VII asr oxiri C) VIII asr boshi D) VIII asr oʻrtalari
VIII asr boshlarida Movarounnahrni to’liq bosib olishga kirishgan Xuroson noibi kim edi? A) Ubaydulloh ibn Ziyod B) Qutayba ibn Muslim C) Said Xaroshiy D) Nasr ibn Sayyor
Qutayba ibn Muslim Xurosonga noib etib tayinlangach, harbiy yurishlarini qachon va qaysi viloyat atroflarini zabt etishdan boshlagan? A) 704-yil, Balx B) 705-yil, Balx C) 705-yil, Chagʻoniyon D) 705-yil, Poykand
Balx viloyati va uning atroflari Qutayba tomonidan egallangach, tez orada qaysi viloyat hokimi Qutaybaga jangsiz taslim bo’ladi? A) Chag’oniyon B) Poykand C) Buxoro D) So’g’d
Chag’oniyon hokimi jangsiz taslim bo’lgach, Qutayba qaysi shaharni qiyinchilik bilan qo’lga kiritadi? A) Buxoro B) Samarqand C) Toshkent D) Poykand
Poykandni egallagach, Qutayba qoʻshinlari qaysi shaharga yoʻl olgan? A) Buxoro B) Kesh C) Naxshab D) Termiz
Buxoro nechanchi yilda Qutayba ibn Muslim tomonidan egallangan? A) 705-yil B) 707-yil C) 709-yil D) 710-yil
O’rta Osiyodagi qaysi shahar aholisi Qutayba bilan tuzilgan sulhga ko’ra xalifalikka har yili boj to’lashga, uylarining yarmini arablarga bo’shatib berishga majbur bo’ladilar? A) Poykand B) Samarqand C) Buxoro D) Balx
7uz-v11
Qutayba Naxshab va Keshni nechanchi yilda bosib olgan? A) 709-yil B) 710-yil C) 711-yil D) 712-yil
710-yilda Qutayba qaysi shaharlarni egallagan? A) Naxshab va Kesh B) Buxoro va Poykand C) Poykand va Romiton D) Samarqand va Buxoro
Naxshab va Keshni bosib olgach, Qutayba qaysi shaharni bosib olishga tayyorgarlik koʻra boshlaydi? A) Xorazm B) Samarqand C) Choch D) Fargʻona
Ukasi boshliq xalq qoʻzgʻolonidan qoʻrqib, Qutaybadan yordam soʻragan Xorazm hukmdori kim edi? A) Tugʻshoda B) Chagʻon C) Hurzod D) Gʻurak
Xorazmshoh Chagʻon nechanchi yilda ukasi boshliq xalq qoʻzgʻolonidan qoʻrqib, Qutaybadan yordam soʻrab murojaat qilgan? A) 710-yil B) 711-yil C) 712-yil D) 713-yil
712-yilda Qutayba qoʻshinlari qaysi shaharga hujum qilgan? A) Gurganch B) Samarqand C) Kesh D) Choch
Qutayba qoʻshinlari nechanchi yilda Samarqandga hujum qiladi? A) 710-yil B) 711-yil C) 712-yil D) 714-yil
Gʻurak qaysi yillarda Sugʻdda hukmdorlik qilgan? A) 704-715-yy. B) 710-724-yy. C) 692-724-yy. D) 710-737-yy.
Qutayba boshliq arablar bosqini arafasida Sugʻdda kim podsho qilib koʻtarilgan? A) Tarxun B) Hurzod C) Gʻurak D) Chagʻon
713-yilda Qutayba qoʻshinining bir qismi qaysi viloyat tomon yoʻl oladi? A) Choch B) Fargʻona C) Eloq D) Qoshgʻar
713-yilda Qutayba qoʻshinining bir qismi Choch viloyatiga, oʻzi boshliq asosiy kuchlar esa ... tomon yoʻl oladi. A) Fargʻona B) Qoshgʻar C) Yettisuv D) Sharqiy Turkiston
Nechanchi yilda Qutayba boshliq arab qoʻshinlari Fargʻona vodiysi tomon yoʻl oladi? A) 711-yil B) 712-yil C) 713-yil D) 714-yil
Choch vohasining bosh shahri arablar tomonidan qanday atalgan? A) Madinat ash-Shosh B) Yabgʻukat C) Xotunkat D) Chochkat
Qutayba ibn Muslim qachon Fargʻona vodiysini uzil-kesil egallagan? A) 713-yil B) 714-yil C) 715-yil D) 716-yil
Qutayba qaysi xalifaga qarshi isyon oqibatida arab askarlari tomonidan oʻldirilgan? A) Muta’zid B) Sulaymon C) Marvon II D) Umar ibn Abdulaziz
Qutayba arab askarlari tomonidan qayerda oʻldirilgan? A) Choch B) Fargʻona C) Qoshgʻar D) Marv
Qaysi davrga kelib O’rta Osiyoda yirik dehqonlar qo’l ostidagi yer-mulklar yuqori arab harbiy mulkdoriga o’tishi ro’y bergan? A) VII asr B) VIII asr C) IX asr D) X asr
Ayrim dehqonlar tomonidan Buxoro amiri va buxorxudotlar ularning yerlarini tortib olganligi shikoyati Xuroson noibiga yetkazilganligi to’g’risida yozib qoldirgan tarixchi – bu ... A) Beruniy B) Bayhaqiy C) Juvayniy D) Narshaxiy
Narshaxiy qaysi yillarda yashab ijod etgan? A) 710-737-yy. B) 973-1048-yy. C) 980-1037-yy. D) 899-959-yy.
899-959-yy.da yashagan Oʻrta Osiyolik tarixchi – bu ... A) Gardiziy B) Bayhaqiy C) Narshaxiy D) ibn Fadlan
“Buxoro tarixi” asarining muallifi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) Gardiziy B) Narshaxiy C) Beruniy D) Bayhaqiy
Narshaxiy qalamiga mansub tarixiy asar nomi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) “Tavorixi guzidayi nusratnoma” B) “Tarixi Buxoro” C) “Tarixi oli Chingiz” D) “Tarixi Movoraunnahr”
“Amir” soʻzining lugʻaviy ma’nosi? A) oʻrinbosar B) amr qiluvchi, boshliq, hokim C) egallash, zabt etish D) elchi
Arab xalifaligining dastlabki xalifalari va umaviylar davrida alohida qoʻshin qoʻmondonlari ... deb atalgan. A) noib B) bek C) amir D) hokim
“Fath” soʻzining ma’nosi? A) egallash, zabt etish B) oʻrinbosar C) qiroat, oʻqish D) amr qiluvchi, boshliq
Arab xalifaligida hukmdor tomonidan katta xizmatlari uchun in’om etilgan chek yer qanday atalgan? A) iqto B) tumori C) jogir D) ushr
Arabcha “o’ndan bir” ma’nosini, idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajmi hisobida olinadigan soliq mazmunini anglatuvchi atamani belgilang. A) jizya B) xiroj C) zakor D) ushr
Arablar bilan sulh tuzishga majbur boʻlgan Oʻrta Osiyodagi qaysi viloyatlarning hukmdorlaridan katta miqdorda boj-u tovonlar undirilgan? 1. Buxoro; 2. Romiton; 3. Poykand; 4. Chagʻoniyon; 5. Sugʻd; 6. Choch. A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 4, 6 D) 2, 3, 5
Quyidagi Oʻrta Osiyo shaharlaridan qaysilarida shahriston yoki undagi xonadonlarning qoq yarmi arablar va ular bilan birga kelgan ajamlarga boʻshatib berilgan? 1. Marv; 2. Balx; 3. Chagʻoniyon; 4. Poykand; 5. Buxoro; 6. Samarqand. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 4, 5, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 4, 6
Arab xalifaligi tomonidan bosib olingan Oʻrta Osiyo yerlarida qanday soliq turlari joriy etilgan? 1. Zakot; 2. Ushr; 3. Tamgʻa; 4. Dudang; 5. Jiz’ya; 6. Ixrojot; 7. Xiroj; 8. Solgʻut. A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6, 8 C) 1, 2, 5, 7 D) 1, 2, 7, 8
7uz-v12
Qutayba Oʻrta Osiyodagi qaysi shaharning markazida joylashgan zardushtiylik ibodatxonasini Jome masjidiga aylantirgan? A) Poykand B) Naxshab C) Buxoro D) Kesh
Oʻrta Osiyoda sugʻdiy yozuvda bitilgan yodgorliklarning yoʻqotilishi qaysi arab sarkardasi faoliyati bilan bogʻliq? A) Ubaydulloh ibn Ziyod B) Qutayba ibn Muslim C) Said Xaroshiy D) Nasr ibn Sayyor
Qutayba ibn Muslim Oʻrta Osiyodagi qaysi shaharda masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun 2 dirhamdan pul hadya etishni joriy etgan? A) Samarqand B) Buxoro C) Kesh D) Naxshab
Islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon soligʻi qanday atalgan? A) jiz’ya B) xiroj C) zakot D) ushr
Arablar tomonidan joriy etilgan mol-mulkning 1/40 qismi hajmida olingan soliq turi – bu ... A) xiroj B) zakot C) ushr D) jiz’ya
Arablar joriy etgan hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer soligʻi qanday atalgan? A) zakot B) jiz’ya C) ushr D) xiroj
Quyidagi qaysi so’z arabcha “sajda qilinadigan joy” ma’nosini anglatadi? A) masjid B) xalifa C) madrasa D) xonaqoh
Oʻrta Osiyoda islom dinini qabul qilib, musulmon boʻlgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda qaysi soliqlardan ozod qilingan? A) xiroj va zakot B) xiroj va jiz’ya C) zakot va ushr D) ushr va xiroj
Arab bosqini natijasida yurtimizdagi qaysi shaharda joylashgan budda ibodatxonasi haykallari parchalab tashlangan? A) Afrosiyob B) Quva C) Buxoro D) Balx
Arablar istilosi vaqtida quyidagi qaysi tarixiy yodgorlik devoridagi odam suratlarining ko’zlari o’yilib, bo’yinlariga qilich bilan chizib yuborilgan? A) Bolaliktepa B) Varaxsha C) Afrosiyob D) Panjikent
717-719-yillarda Arab xalifaligini kim idora qilgan? A) Muoviya I B) Sulaymon C) Umar ibn Abdulaziz D) Mansur
Qaysi xalifa murakkab vaziyatni hisobga olib, boʻysundirilgan xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur boʻlgan? A) Sulaymon B) Mu’tazid C) Umar ibn Abdulaziz D) Marvon II
Yangi yerlarni bundan buyon zabt etishni toʻxtatish hamda moliyaviy islohot oʻtkazish toʻgʻrisida farmon chiqargan arab xalifasi kim edi? A) Muoviya I B) Marvon II C) Sulaymon D) Umar ibn Abdulaziz
Qaysi xalifa farmoniga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan mahalliy xalqlardan xiroj va jiz’ya soliqlarini olish bekor qilingan? A) Sulaymon B) Umar ibn Abdulaziz C) Muoviya I D) Mu’tazid
VIII asr birinchi choragida Movarounnahrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanadi. Buning sababi nima edi? A) mahally mulkdorlar va arab ma’muriyati o’rtasidagi ziddiyatlar B) xalifalik ma’muriyatining mahalliy xalqlardan xiroj va jizya soliqlarini olishni bekor qilganligi C) zodagonlarning ko’pchiligi o’zini haqiqiy musulmon deb hisoblab, soliq to’lamay qo’yganligi D) xalifalik ma’muriyati tomonidan biryo’la hammadan jizya olish haqida buyruq berilishi
“Mavjud tartibni oʻzgartirish” mazmunini anglatuvchi atama qaysi javobda koʻrsatilgan? A) islohot B) farmon C) vasiqa D) xalifa
720-yilda Oʻrta Osiyoning qaysi viloyatida arablarga qarshi qoʻzgʻolon boshlangan? A) Kesh B) Xorazm C) Sugʻd D) Fargʻona
Gʻurak va Divashtich boshchiligidagi arablarga qarshi Sugʻd qoʻzgʻoloni nechanchi yilda boshlangan? A) 717-yil B) 718-yil C) 719-yil D) 720-yil
720-yilda arablar istibdodiga qarshi Sugʻdda boshlangan qoʻzgʻolon rahbarlaridan biri boʻlgan Divashtich qaysi shahar hokimi boʻlgan? A) Poykand B) Madinat ash-Shosh C) Panjikent D) Buxoro
Sugʻd ixshidi Gʻurak va Panjikent hokimi Divashtich boshchiligida arablarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan sugʻdliklarga yordam berish uchun ... dan turk lashkarlari keladi. A) Qoshgʻar B) Fargʻona C) Ustrushona D) Yettisuv
Movoraunnahr aholisini tinchlantirish va arablar hokimiyatini mustahkamlash maqsadida islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jiz’ya soligʻini olmaslikka qaror qilgan Xuroson noibi kim edi? A) Qutayba ibn Muslim B) Said Xaroshiy C) Ashros D) Nasr ibn Sayyor
Qaysi Xuroson noibi davrida Movoraunnahrda zodagon dehqonlarning koʻpi oʻz chokarlari va kadivarlari bilan islomni qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga oʻtadilar? A) Said Xaroshiy B) Ashros C) Nasr ibn Sayyor D) Ma’mun
738-748-yy.da Xuroson noibi kim edi? A) Said Xaroshiy B) Ashros C) Nasr ibn Sayyor D) Ma’mun
Nasr ibn Sayyor qaysi yillarda Xurosonda noiblik qilgan? A) 721-730-yy. B) 730-738-yy. C) 738-748-yy. D) 801-813-yy.
Mamlakatda oʻz mavqeini mustahkamlab olish maqsadida moliya islohoti oʻtkazgan Xuroson noibi kim edi? A) Said Xaroshiy B) Nasr ibn Sayyor C) Abu Muslim D) Ma’mun
Qaysi Xuroson noibi davrida barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtirilib, yer egasining e’tiqodidan qat’iy nazar xiroj toʻlashi shart qilib qoʻyilgan? A) Ashros B) Nasr ibn Sayyor C) Abu Muslim D) Ma’mun
Xuroson noiblaridan qaysi birining hukmronligi davrida oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar oʻrtasida qon-qarindoshlik aloqalari oʻrnatiladi? A) Qutayba ibn Muslim B) Said Xaroshiy C) Ashros D) Nasr ibn Sayyor
Oʻzi namuna koʻrsatib, buxorxudotning qiziga uylangan Xuroson noibi – bu ... A) Ashros B) Nasr ibn Sayyor C) Abu Muslim D) Ma’mun
Movoraunnahrda “oq kiyimlilar” qoʻzgʻoloni qaysi yillarda boʻlib oʻtgan? A) 720-730-yy. B) 747-749-yy. C) 769-783-yy. D) 769-789-yy.
769-783-yy.da Movoraunnahrda boʻlib oʻtgan katta xalq qoʻzgʻoloni tarixda qanday nom bilan tilga olinadi? A) “qizil koʻylaklilar” B) “sariq roʻmollilar” C) “oq kiyimlilar” D) “qizil qoshlilar”
7uz-v13
“Oq kiyimlilar” qoʻzgʻolonining rahbari – bu ... A) Bobek B) Rofe’ ibn Lays C) Hoshim ibn Hakim D) Abu Muslim
“Oq kiyimlilar” harakatining rahbari Hoshim ibn Hakim xalq orasida qanday nom bilan tanilgan? A) Muqanna B) Mazdak C) Safed D) Sarxang
“Muqanna” soʻzining lugʻaviy ma’nosi? A) “oq kiyimli” B) “matolarga ohor beruvchi” C) “niqobdor” D) “kichik lashkarboshi”
Quyidagi qaysi tarixiy shaxs Xurosonda kichik lashkarboshilikdan vazirlik darajasigacha koʻtarilgan? A) Hoshim ibn Hakim B) Abu Muslim C) Rofe’ ibn Lays D) Tohir ibn Husayn
Muqanna qaysi qal’ani oʻz qarorgohiga aylantiradi? A) Mugʻ B) Som C) Narshax D) Shosh
Muqanna oʻz qarorgohiga aylantirgan Som qal’asi quyidagi qaysi shahar yaqinida joylashgan edi? A) Kesh B) Naxshab C) Termiz D) Marv
“Oq kiyimlilar” qoʻzgʻoloni, ayniqsa, Movoraunnahrning markazi Sugʻdda avj olib, yana qaysi hududlarga oʻz ta’sirini oʻtkazgan? 1. Xorazm; 2. Toxariston; 3. Shosh; 4. Fargʻona; 5. Eloq. A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 5 C) 3, 5 D) 1, 2
Nechanchi yilda xalifa Mansur “oq kiyimlilar”ga zarba berish uchun katta harbiy kuchni Movoraunnahrga safarbar qiladi? A) 771-yil B) 773-yil C) 775-yil D) 776-yil
“Oq kiyimlilar” qoʻzgʻoloniga zarba berish uchun qaysi xalifa 775-yilda katta harbiy kuchni Movoraunnahrga safarbar qiladi? A) Horun ar-Rashid B) Mansur C) Ma’mun D) Muta’zid
“Oq kiyimlilar” bilan dastlabki to’qnashuvlarda magʻlubiyatga uchragan arab qo’shinlari katta talofotlar berib qaysi shaharga chekinadilar? A) Buxoro B) Termiz C) Samarqand D) Urganch
Samarqanda chekingan arab qo’shinlari bilan “oq kiyimlilar” o’rtasidagi janglar qancha vaqt davom etgan? A) uch oy B) to’rt oy C) besh oy D) yetti oy
Quyidagi qaysi shaharlarda “oq kiyimlilar” yengilgach, mahalliy mulkdor tabaqa vakillari arablarga yordam bera boshlaydilar? A) Samarqand va Kesh B) Narshax va Samarqand C) Termiz va Marv D) Marv va Samarqand
“Oq kiyimlilar”ning arablarga qarshi kurashining oxirgi bosqichi qayerda boʻlib oʻtadi? A) Marv B) Samarqand C) Naxshab D) Kesh
Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi nechanchi yilda qamalga olinadi? A) 779-yil B) 782-yil C) 783-yil D) 784-yil
Istilochilarga taslim boʻlishni istamagan qaysi tarixiy shaxs oʻzini yonib turgan tandirga tashlab halok boʻladi? A) Muqanna B) Temur Malik C) Divashtich D) Jaloliddin Manguberdi
Muqanna qoʻzgʻoloni yengilishining asosiy sababi – bu ... A) aholining barcha tabaqalari tomonidan qoʻllab-quvvatlanmaganligi B) qoʻzgʻolonchilarning uyushqoqlik bilan harakat qilmaganligi C) xalq harakatining ommalashib ketishidan cho’chigan mahalliy mulkdorlarning birin-ketin arablar tomoniga o’tib ketganligi D) qo’zg’olonning uzoq davom etishi natijasida mehnatkashlarning holdan toyganligi
Muqanna taxminan qaysi yillarda yashagan? A) 899-955-yy. B) 873-950-yy. C) 719-783-yy. D) 768-814-yy.
Hoshim ibn Hakim qayerda tugʻilgan? A) Shavval qishlogʻi B) Koza qishlogʻi C) Xartang qishlogʻi D) Qasri Hinduvon qishlogʻi
Hoshim ibn Hakim tugʻilgan Koza qishlogʻi qaysi shahar yaqinida joylashgan edi? A) Marv B) Naxshab C) Kesh D) Termiz
Hoshim ibn Hakimning ko’p o’qigan, g’oyat ziyrak shaxs bo’lib, kimyogarlik, sehr va tilsim ilmlarini, arab va fors tillarini yaxshi bilganligi haqida quyidagi qaysi tarixchi ma’lumot bergan? A) ibn Fadlan B) Istaxriy C) Narshaxiy D) Beruniy
Muqanna qaysi falsafiy ta’limot gʻoyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da’vat etuvchi ta’limotni targʻib etgan? A) moniylik B) mazdakiylik C) konfutsiylik D) sintoiylik
“Muqanna” dramasining muallifini aniqlang. A) Sadriddin Ayniy B) Hamid Olimjon C) Odil Yoqubov D) Maqsud Shayxzoda
“Muqanna isyoni” tarixiy-adabiy ocherki kimning qalamiga mansub hisoblanadi? A) Sadriddin Ayniy B) Hamid Olimjon C) Odil Yoqubov D) Maqsud Shayxzoda
Xalifalikka qarshi Rofe’ ibn Lays boshchiligidagi qoʻzgʻolon qachon koʻtarilgan? A) 720-yil B) 769-yil C) 783-yil D) 806-yil
Arab xalifaligi hukmronligiga qarshi xalq qo’zg’olonlaridan qaysi biri Samarqand shahrida boshlanib, Shosh, Farg’ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm viloyatlariga tarqalgan? A) Abu Muslim B) “oq kiyimlilar” C) Rofe ibn Lays D) Bobek
Rofe ibn Lays qoʻzgʻoloni qaysi shahardan boshlangan? A) Samarqand B) Shosh C) Buxoro D) Naxshab
Somonxudotning nabiralari: Nuh, Ahmad va Yahyolardan iltimos qilib, Rofe’ ibn Lays qoʻzgʻolonini bostirishda yordam soʻragan Xuroson noibi kim edi? A) Ashros B) Nasr ibn Sayyor C) Abu Muslim D) Ma’mun
Qaysi davrga kelib xalifalikda toj-u taxt uchun kurash kuchaygan? A) VIII asr boshi B) VIII asr 40-yy. C) VIII asr oxiri D) IX boshi
Umaviylarga qarshi xalifalik taxti uchun kurash boshlagan Muhammad (s.a.v.) ning amakisi Abbosning evarasi – bu ... A) Abu Tolib B) Ali C) Amin D) Muhammad ibn Ali
Umaviylar sulolasiga qanday ayb qoʻyilgan edi? A) paygʻambar avlodini qirib tashlash B) xalqni nihoyatda ezish C) hokimiyatni suiste’mol qilish D) shariat ahkomlarini buzish
7uz-v14
Umaviylarga qarshi umumiy norozilik qaysi xalifa hukmronligi davrida, ayniqsa, kuchaygan? A) Muoviya I B) Sulaymon C) Umar ibn Abdulaziz D) Marvon II
Xalifa Marvon II davriga kelib umaviylarga qarshi umumiy norozilikning kuchayishiga qaysi omillar sabab boʻlgan? 1. Xiroj soligʻi miqdorining oshirib yuborilganligi; 2. Aholining muttasil majburiy hasharlarga jalb etilishi; 3. Shariat qoidalarining dindorlar tomonidan suiste’mol qilinishi; 4. Zoʻrlik bilan islomga kiritishga urinilishi. A) 1, 2 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 2, 4
Xalifa Marvon II qaysi yillarda hukmronlik qilgan? A) 721-730-yy. B) 738-748-yy. C) 744-750-yy. D) 750-754-yy.
Umaviylar sulolasidan boʻlgan soʻnggi xalifa – bu ... A) Marvon II B) Muoviya I C) Muta’zid D) Mutavakkil
Abu Muslim asli qaysi shahardan boʻlgan? A) Bagʻdod B) Damashq C) Basra D) Kufa
Abu Muslim xalifalikning qaysi o’lkasiga kelib, aholiga murojaat qiladi va paygʻambar (s.a.v.) avlodlarini quvvatlashga chaqiradi? A) Kavkaz B) Xuroson C) Movarounnahr D) Shimoliy Hindiston
Abu Muslim tomonidan olib borilgan umaviylarga qarshi tashviqotning aks-sadosi tez orada xalifalikning qaysi oʻlkalarida keng tarqaladi? 1. Hindiston shimoli; 2. Misr; 3. Xuroson; 4. Toxariston; 5. Movoraunnahr; 6. Kavkaz. A) 1, 3, 5 B) 3, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 2, 3, 5
Abu Muslim boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilarning deyarli barchasi qanday rangda libos kiyib olganlar? A) oq B) qizil C) qora D) moviy
Nechanchi yildan Abu Muslim aholini umaviylarga qarshi kurashga da’vat eta boshlaydi? A) 746-yil B) 747-yil C) 748-yil D) 749-yil
Nechanchi yilda Abu Muslim boshliq qoʻzgʻolonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yoʻl ola boshlaydilar? A) 746-yil B) 747-yil C) 748-yil D) 749-yil
Xalifalik poytaxti Damashq shahri nechanchi yilda Abu Muslim qo’zg’oloni ishtirokchilari tomonidan zabt etilgan? A) 750-yil B) 747-yil C) 748-yil D) 749-yil
Abul Abbos Saffoh qaysi yillarda xalifalik taxtini boshqargan? A) 744-750-yy. B) 750-754-yy. C) 750-759-yy. D) 750-760-yy.
Abbosiylar sulolasidan boʻlgan birinchi xalifa – bu ... A) Muoviya I B) Marvon II C) Abul Abbos Saffoh D) Muhammad ibn Ali
Abu Muslim boshchiligidagi qoʻzgʻolon qaysi yillarda boʻlib oʻtgan? A) 744-749-yy. B) 746-750-yy. C) 747-749-yy. D) 746-755-yy.
Quyidagi qaysi qoʻzgʻolon natijasida xalifalikda umaviylar hokimiyati agʻdarilib, abbosiylar sulolasi hokimiyatga kelgan? A) Muqanna B) Rofe’ ibn Lays C) Bobek D) Abu Muslim
750-yilda Movoraunnahrning qaysi shahrida abbosiylardan norozi mehnatkash aholi qoʻzgʻolon koʻtargan? A) Samarqand B) Buxoro C) Naxshab D) Kesh
Abu Muslim tomonidan yuborilgan harbiy kuch nechanchi yilda Talos vodiysida Xitoy qoʻshinlariga zarba berib, ularni mamlakat hududidan quvib chiqargan? A) 750-yil B) 751-yil C) 752-yil D) 753-yil
Abu Muslim nechanchi yilda xalifa buyrugʻiga binoan oʻldiriladi? A) 751-yil B) 752-yil C) 754-yil D) 755-yil
Qaysi voqea xalifalik sharqida, ayniqsa, Movoraunnahr va Xurosonda abbosiylarga qarshi xalq harakatlarining avj olib ketishiga bahona boʻlgan? A) Xitoy qoʻshinlarining hujumi B) Abu Muslimning poytaxtdan uzoqlashtirilishi C) Abu Muslimning oʻldirilishi D) xiroj miqdorining oshirilishi
Qaysi davrga kelib Movarounnahr Arab xalifaligining muhim viloyatlaridan biri sifatida uzil-kesil uning tarkibiga o’tdi? A) VIII asr boshlari B) VIII asr o’rtalari C) VIII asr oxirlari D) IX asr boshlari
Arab xalifaligi markaziy hokimiyati nechanchi yilda Damashqdan Bag’dodga ko’chirilgan? A) 750-yil B) 747-yil C) 748-yil D) 749-yil
Xalifa hokimiyatini boshqarishda kimga tayangan? A) vazir ul-vuzaro B) xo’jayi buzruk C) hojib ul-hujob D) shayx ur-rais
Harbiy ishlar uchun mas’ul vazir xalifalikda qanday atalgan? A) amir ul-umaro B) sohibi shurat C) amid ul-mulk D) hojibi buzruk
Arab xalifaligida turli masalalarni ko’rib chiqish bilan shug’ullanuvchi kengash qanday atalgan? A) devon ad-dar B) devon al-mashriq C) devon al-mag’rib D) devon al-xaraj
Xalifalik kengashi – devon ad-dar nechta asosiy devonga bo’lingan? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
Movarounnahrga tegishli masalalar xalifalik kengashi – devon ad-darning qaysi devonida hal qilingan? A) devon al-harb B) devon al-mashriq C) devon al-mag’rib D) devon al-xaraj
Qaysi davrga kelib Movarounnahrda siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirildi? A) VIII asr boshlari B) VIII asr o’rtalari C) VIII asr oxirlari D) IX asr boshlari
Arab xalifaligi qaysi davrga kelib ogʻir siyosiy tanglikka uchraydi? A) VIII asr oxiri – IX asr boshlari B) IX asr oxiri – X asr boshlari C) VII asr oxiri – VIII asr boshlari D) X asr oxiri – XI asr boshlari
Qadimiy turkiy qabilalardan hisoblangan qarluqlar qadimda qaysi hududda yashagan? A) Oltoyning gʻarbi B) Irtish daryosining oʻrta oqimi C) Yettisuv oʻlkasi D) Sirdaryo havzasi va Orol dengizi boʻylari
Quyidagi qadimiy turkiy qabilalardan qaysi biri qadimda Oltoyning gʻarbida, soʻngra Irtish daryosining oʻrta oqimida yashagan? A) oʻgʻuzlar B) saljuqiylar C) qarluqlar D) yagʻmolar
7uz-v15
VI-VII asrlarda qarluqlar quyidagi davlatlardan qaysi birining tarkibiga kirgan? A) Suy imperiyasi B) Tan imperiyasi C) Turk xoqonligi D) Arab xalifaligi
Qarluqlar davlati qachon tashkil topgan? A) VIII asr boshi B) VIII asr oʻrtalari C) VIII asr oxiri D) IX asr boshi
Qarluqlar davlati qayerda tashkil topgan? A) Fargʻona vodiysi B) Sharqiy Turkiston C) Yettisuv D) Xuroson
Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri quyidagi qaysi qadimgi davlatning poytaxti hisoblangan? A) Qarluqlar davlati B) Oʻgʻuzlar davlati C) Qoraxoniylar davlati D) Qoraxitoylar davlati
Qarluqlar davlatining poytaxti qaysi shahar hisoblangan? A) Bolosogʻun B) Choch C) Yangikent D) Suyob
Qarluqlar davlatida hukmdor qanday yuritilgan? A) xoqon B) amir C) yabgʻu D) xon
Qaysi davrga kelib, qarluqlarning katta qismi musulmon boʻlgan? A) IX asr oʻrtalari B) IX asr oxiri C) X asr boshi D) X asr oʻrtalari
Qaysi davrda Qarluqlar davlatining bir nechta shaharlarida jome masjidlari bino qilingan? A) IX asr oʻrtalari B) IX asr boshi C) X asr boshi D) X asr oʻrtalari
Quyidagi qaysi davlat shimol va sharqda Elsuvi daryosi vodiysi va chigil qabilasi yaylovlarigacha; gʻarbda oʻgʻuz yurti va Fargʻona vodiysi; janubda esa yagʻmolar vohasi va Sharqiy Turkiston bilan chegaradosh boʻlgan? A) Qoraxitoylar B) Qarluqlar C) Chigʻatoy ulusi D) Qoraxoniylar
Qarluqlar davlati shimol va sharqda qaysi hududlar bilan chegaradosh bo’lgan? A) Elsuvi daryosi vodiysi va chigil yaylovlari B) o’g’uzlar yurti va Farg’ona vodiysi C) yag’molar vohasi D) Sharqiy Turkiston
Qarluqlar davlati g’arbda qaysi hududlar bilan chegaradosh bo’lgan? A) Elsuvi daryosi vodiysi va chigil yaylovlari B) o’g’uzlar yurti va Farg’ona vodiysi C) yag’molar vohasi D) Sharqiy Turkiston
Qarluqlar davlati janubda qaysi hududlar bilan chegaradosh bo’lgan? A) Elsuvi daryosi vodiysi B) chigil yaylovlari C) o’g’uzlar yurti va Farg’ona vodiysi D) yag’molar vohasi va Sharqiy Turkiston
Qarluqlar davlatida poytaxtdan tashqari qaysi shaharlar va qator qishloqlar qad koʻtargan? 1. Joʻl; 2. Yangikent; 3. Navkat; 4. Karmankat; 5. Yor. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4
Quyidagi davlatlardan qaysi birida poytaxtdan tashqari Joʻl, Navkat, Karmankat va Yor kabi shaharlar va qator qishloqlar qad koʻtargan? A) Qarluqlar B) Oʻgʻuzlar C) Qoraxoniylar D) Qoraxitoylar
Qarluqlar davlati aholisi qanday mashg’ulotlar bilan shug’ullangan? 1. Qo’ychilik; 2. Dehqonchilik; 3. Savdo-sotiq; 4. Hunarmandchilik; 5. Yilqichilik. A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 5
Qarluqlar qaysi o’lkalar bilan savdo-sotiq olib borganlar? A) Sharqiy Turkiston va Dashti Qipchoq C) Dashti Qipchoq va Xitoy D) Sharqiy Turkiston va Movarounnahr D) Movarounnahr, Sharqiy Turkiston va Xorazm
Qarluqlar davlati aholisi chetga asosan qanday mahsulotlarni olib chiqqan? A) paxta va gʻalla B) teri va goʻsht C) jun va junli mahsulotlar D) chorva mollari va teri
Qarluqlar nechanchi asrda Movoraunnahrning shimoliy hududlarini egallab, Shosh va Fargʻona hamda Zarafshon vodiylariga kelib oʻrnashganlar? A) VIII asr B) IX asr C) X asr D) XI asr
Turk xoqonligi yemirilgach, kattagina qismi Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi boʻyida muqim oʻrnashib olgan turkiy qabila – bu ... A) qarluqlar B) yagʻmolar C) oʻgʻuzlar D) chigillar
Turk xoqonligi yemirilgach, oʻgʻuzlarning kattagina qismi qaysi hududda oʻrnashib olganlar? A) Oltoyning gʻarbida B) Irtish daryosining oʻrta oqimida C) Orol dengizi va Sirdaryo havzasida D) Shimoliy Kavkazda
Oʻguzlar davlatiga qachon asos solingan? A) VIII asr oxiri – IX asr boshi B) IX asr oxiri – X asr boshi C) X asr oxiri – XI asr boshi D) XI asr oxiri – XII asr boshi
Quyidagi qaysi shahar Oʻgʻuzlar davlatining poytaxti hisoblangan? A) Suyob B) Bolosogʻun C) Yangikent D) Choch
Sirdaryoning quyi oqimidagi Yangikent shahri quyidagi qaysi davlatning poytaxti hisoblangan? A) Oʻgʻuzlar B) Qarluqlar C) Qoraxoniylar D) Qoraxitoylar
Nechanchi asrdan boshlab oʻgʻuzlar islom dinini qabul qiladilar? A) VIII asr B) IX asr C) X asr D) XI asr
X asrning I choragida quyidagi qaysi davlat shimoli-sharqdan qoʻzgʻalgan qipchoqlar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchrab, boʻlinib ketadi? A) Qarluqlar B) Oʻgʻuzlar C) Qoraxoniylar D) Qoraxitoylar
Qipchoqlar zarbasidan parchalangan o’g’uzlarning birinchi qismi qayerga borib o’rnashgan? A) Shimoliy Kavkaz B) Volgabo’yi dashtlari C) Zarafshon vodiysi D) Sharqiy Turkiston va Yettisuv
Qarluqlar qaysi xalqlarning etnogenezida muhim rol oʻynagan? 1. Tojik; 2. Turkman; 3. Oʻzbek; 4. Qoraqalpoq; 5. Ozarbayjon. A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 3, 5 D) 1, 3
Oʻgʻuzlar quyidagi qaysi xalqlarning etnogenezida muhim rol oʻynagan? 1. Oʻzbek; 2. Turkman; 3. Qoraqalpoq; 4. Tojik; 5. Ozarbayjon. A) 1, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 5
Qaysi davrga kelib mahalliy zodagonlar Movarounnahr va Xurosonni nafaqat o’z tasarruflariga o’tkazib oldilar, balki xalifalik markazida ham hokimiyatni boshqarishda tobora ko’proq rol o’ynaydigan bo’lib qoldilar? A) VIII asr oxiri – IX asr boshlari B) IX asr oxiri – X asr boshlari C) VII asr oxiri – VIII asr boshlari D) X asr oxiri – XI asr boshlari
Xalifa Horun ar-Rashid qaysi yillarda hukmronlik qilgan? A) 769-783-yy. B) 769-806-yy. C) 809-811-yy. D) 786-809-yy.
Nechanchi yillarda xalifa Horun ar-Rashidning oʻgʻillari Ma’mun bilan Amin oʻrtasida toj-u taxt uchun kurash boʻlib oʻtadi? A) 806-813-yy. B) 803-809-yy. C) 809-811-yy. D) 809-813-yy.
7uz-v16
Xalifalik taxtini egallashda Ma’munga yordam bergan Xuroson va Movoraunnahr mulkdorlariga kim boshchilik qilgan? A) Tohir ibn Husayn B) Talxa C) Abul Abbos Abdulloh D) Amr ibn Lays
Xalifa Ma’mun nechanchi yilda taxtga oʻtiradi? A) 806-yil B) 807-yil C) 809-yil D) 813-yil
Tohir ibn Husayn nechanchi yilda Xuroson va Movoraunnahr noibi etib tayinlangan? A) 809-yil B) 813-yil C) 821-yil D) 822-yil
Ma’lumki, xalifa Ma’mun Somonxudotning nabiralarini ayrim shaharlar va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Quyidagi javoblardan qaysi birida hukmdorlar oʻzlariga berilgan shaharlar bilan muvofiq tartibda berilgan? 1. Nuh; 2. Ahmad; 3. Yahyo; 4. Ilyos. a) Samarqand b) Fargʻona c) Shosh va Ustrushona d) Hirot. A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a C) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d
Tohir ibn Husayn davlat ishlarini mustaqil idora etish maqsadida nechanchi yilda xalifa nomini xutbadan chiqartirib yuboradi? A) 821-yil B) 822-yil C) 824-yil D) 826-yil
Tohiriylardan kimning davrida poytaxt Marvdan Nishopur shahriga koʻchiriladi? A) Tohir ibn Husayn B) Talxa C) Abul Abbos Abdulloh D) Amr ibn Lays
Tohiriylar davlati hukmdori Abul Abbos Abdulloh davrida Xuroson poytaxti qaysi shaharga koʻchiriladi? A) Hirot B) Nishopur C) Marv D) Kobul
Tohiriylar hukmdori Abul Abbos Abdulloh qaysi yillarda hukmronlik qilgan? A) 822-842-yy. B) 820-830-yy. C) 830-844-yy. D) 844-873-yy.
Xurosondagi Tohiriylar davlati qaysi yillarda hukm surgan? A) 809-873-yy. B) 813-873-yy. C) 821-873-yy. D) 822-873-yy.
Safforiylar sulolasining asoschisi – bu ... A) Ya’qub ibn Lays B) Amr ibn Lays C) Rofe’ ibn Lays D) Nasr ibn Ahmad
Safforiylar hukmdori Ya’qub ibn Lays qaysi yillarda hukmronlik qilgan? A) 830-844-yy. B) 821-830-yy. C) 873-879-yy. D) 879-900-yy.
Amr ibn Lays Safforiylar davlatini qaysi yillarda boshqargan? A) 830-844-yy. B) 821-830-yy. C) 873-879-yy. D) 879-900-yy.
Juma namozida hukmdor nomini aytib, uning haqiga duo oʻqish, qanday atama bilan ifodalanadi? A) qiroat B) va’z C) xutba D) farmon
Quyidagi qaysi atama “haq din uchun kurashuvchi jangchi” ma’nosini anglatadi? A) gʻoziy B) xutba C) mujohid D) muslim
Xurosonda koʻtarilgan tohiriylar xonadoni hukmronligiga qarshi gʻoziylar qoʻzgʻoloniga kim boshchilik qilgan? A) Hoshim ibn Hakim B) aka-uka Amir va Ya’qub Layslar C) Rofe’ ibn Lays D) Abu Muslim
Safforiylar nechanchi yilda Xuroson poytaxti Nishopur shahrini egallaydilar? A) 830-yil B) 844-yil C) 869-yil D) 873-yil
Xurosonda tohiriylar hukmronligi tugatilgach, hokimiyat qaysi sulola qoʻliga oʻtadi? A) ma’muniylar B) gʻoziylar C) safforiylar D) somoniylar
IX asrda Movoraunnahrda Nuhdan soʻng kim hukmronlik qilgan? A) Nasr B) Ahmad C) Ismoil D) Mansur
Somoniylar hukmdori Ahmad nechanchi yilda vafot etgan? A) 865-yil B) 879-yil C) 890-yil D) 844-yil
Samarqandni markazga aylantirgan somoniy hukmdor – bu ... A) Ahmad B) Nuh C) Nasr D) Ismoil
Movoraunnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini koʻrgan somoniylar vakili qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) Nasr B) Nuh C) Ahmad D) Ismoil
Qaysi davrga kelib Movoraunnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga oʻtadi? A) IX asr oʻrtalari B) IX asr soʻnggi choragi C) X asr boshi D) X asr oʻrtalari
Birinchi boʻlib kumush dirham zarb ettirgan somoniylar hukmdori – bu ... A) Ahmad B) Nuh C) Nasr D) Ismoil
Ismoil Somoniy nechanchi yilda butun Movoraunnahrni oʻz qoʻli ostida birlashtiradi? A) 888-yil B) 889-yil C) 893-yil D) 899-yil
888-yilda butun Movoraunnahrni oʻz qoʻl ostida birlashtirgan hukmdorni aniqlang. A) Nasr B) Ahmad C) Ismoil D) Nuh
Ismoil Somoniy maqbarasi qaysi shaharda joylashgan? A) Buxoro B) Kattaqoʻrgʻon C) Hirot D) Samarqand
Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi nechanchi asrda qurilgan? A) VIII asr B) IX asr C) X asr D) XI asr
Ismoil Somoniy nechanchi yilda Taroz shahrini zabt etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi? A) 865-yil B) 879-yil C) 888-yil D) 893-yil
893-yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba bergan somoniylar hukmdori – bu ... A) Ismoil B) Ahmad C) Nasr D) Mansur
Arab xalifalaridan qaysi biri safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movoraunnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoil Somoniyga qarshi gijgijlaydi? A) Horun ar-Rashid B) Mutavakkil C) Muta’zid D) Mansur
7uz-v17
Xalifa Muta’zid qaysi yillarda hukmronlik qilgan? A) 750-754-yy. B) 769-809-yy. C) 892-902-yy. D) 879-900-yy.
Quyidagi arab xalifalaridan qaysi biri 892-902-yillarda hukmronlik qilgan? A) Horun ar-Rashid B) Abul Abbos Saffoh C) Muta’zid D) Marvon II
Nechanchi yilda Safforiylar hukmdori Amr ibn Lays va Ismoil Somoniy oʻrtasida urush boshlanadi? A) 888-yil B) 873-yil C) 902-yil D) 900-yil
Quyidagi Somoniy hukmdorlardan qaysi biri butun Movoraunnahr va Xurosonni oʻz qoʻl ostida birlashtirgan? A) Ismoil B) Ahmad C) Nasr II D) Nuh II
Somoniylar davlatining poytaxti qaysi shahar hisoblangan? A) Samarqand B) Taroz C) Buxoro D) Hirot
Somoniylar davlati qaysi yillarda hukm surgan? A) 873-900-yy. B) 873-999-yy. C) 821-873-yy. D) 865-999-yy.
Quyidagi davlatlardan qaysi biri 865-999-yillarda hukm surgan? A) Tohiriylar B) Safforiylar C) Somoniylar D) Qoraxoniylar
Somoniylar hukmronligi barham topgan yili sodir bo’lgan voqeani belgilang. A) Silvestr III papaligi davri boshlandi B) Mahmud G’aznaviy taxtga o’tirdi C) Qoraxoniylar ikkinchi marta Movarounnahrga bostirib kirdilar D) Gurganch miri Ma’mun ibn Muhammad Kat shahrini bosib oldi
Somoniylar davlati ravnaq topgan davrda quyidagi qaysi hududlarni oʻz ichiga olgan? 1. Sharqiy Turkiston; 2. Shimoliy Eron; 3. Xuroson; 4. Shimoliy Hindiston; 5. Sharqiy Eron; 6. Movoraunnahr. A) 1, 3, 5, 6 B) 2, 3, 5, 6 C) 1, 4, 6 D) 2, 3, 6
Somoniylar boshqaruvi asosan 10 ta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblangani haqida quyidagi tarixchilardan qaysi biri ma’lumot berib oʻtgan? A) Gardiziy B) Beruniy C) Bayhaqiy D) Narshaxiy
Somoniylar boshqaruv ma’muriyati asosan nechta devon orqali idora etilgan? A) 7 ta B) 9 ta C) 10 ta D) 12 ta
Somoniylar boshqaruvi asosan 10 ta devon orqali idora etilgan. Ular orasidan qaysi biri bosh boshqaruv mahkamasi hisoblangan? A) vazir B) mustavfiy C) amid ul-mulk D) sohibi shurat
914-943-yillarda Somoniylar davlatini kim boshqargan? A) Nuh II B) Nasr II C) Mansur D) Muhammad
Quyidagi qaysi hukmdorlar Nasr II Somoniy bilan deyarli bir davrda hukmronlik qilgan? 1. Kiyev knyazi Igor; 2. Uesseks qiroli Buyuk Alfred; 3. Germaniya qiroli Genrix I; 4. Koryo qiroli Van Gon. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 4
Qaysi somoniy hukmdor davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilgan? A) Ismoil B) Ahmad C) Nasr D) Nasr II
Somoniylar davrida mahkama xizmatchilar qaysi tillarni puxta egallashlari talab etilgan? A) fors, arab B) fors, turk C) sugʻd, arab D) arab, turk
Musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh – madrasa qaysi shaharda barpo etilgan? A) Marv B) Nishopur C) Buxoro D) Samarqand
Qaysi davlat hukm surgan davrda Buxoro shahrida musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh – madrasa bunyod etiladi? A) Tohiriylar B) Somoniylar C) Qoraxoniylar D) Xorazmshohlar
Buxorodagi Farjak madrasasi qachon bino qilingan? A) IX asr B) X asr C) XI asr D) XII asr
Islom olamidagi birinchi madrasa qachon va qayerda tashkil etilgan? A) X asr, Ispaniya B) IX asr, Mashhad C) X asr, Buxoro D) XI asr, Misr
Somoniylar davrida mamlakat ma’naviy hayotida ... deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. A) hojib ul-buzruk B) ustod C) xatib D) shayx
Somoniylar davrida mamlakat ma’naviy hayotida “ustod” deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu unvon qanday nom bilan yanada ulugʻlangan? A) shayx ur-rais B) shayx ul-muborak C) shayx ul-islom D) xatib
Somoniylar davrida mamlakat ma’naviy hayotida ustoddan keyingi oʻrinda kimlar turgan? A) shayx ul-islom B) imom C) xatib D) ulamo
Lug’aviy ma’nosi arabcha “o’rganmoq”, musulmonlarning o’rta va oliy o’quv yurtini anglatuvchi atamani aniqlang. A) “masjid” B) “mehrob” C) “madrasa” D) “muhaddis”
Devonxona boshlig’i somoniylar davrida qanday atalgan? A) hojib B) ulamo C) vazir D) xatib
Somoniylar davrida harbiy unvonni anglatuvchi atamani belgilang. A) hojib B) ulamo C) vazir D) xatib
Xonaqoh – bu ... A) davlat mahkamasi B) musulmonlarning o’rta va oliy o’quv yurti C) musofirxona, g’aribxona D) sarbozlar yotog’i
Qaysi somoniy hukmdor saroyning maxsus muntazam sarbozlaridan iborat yaxshi qurollangan harbiy qoʻshin tuzadi? A) Nasr B) Nasr II C) Ismoil D) Ahmad
Somoniylar davrida yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar qanday lavozimga koʻtarilgan? A) hojib B) xatib C) ustod D) hojibi buzruk
Somoniylar davlatida hojiblarning boshligʻi qanday atalgan? A) hojib ul-hujob B) amir ul-umaro C) shayx ul-islom D) sohibi shurat
7uz-v18
IX-X asrlarda Movarounnahr va Xorazm aholisining asosiy qismi qanday mashg’ulot bilan shug’ullanar edi? A) sug’orma dehqonchilik B) chorvachilik C) hunarmandchilik D) savdo-sotiq
Nima uchun somoniylar mamlakatda dehqonchilik xoʻjaligini rivojlantirishga katta e’tibor berganlar? A) dehqonchilik soligʻi – xirojdan xazinaga tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining katta qismini qoplar edi B) aholining katta qismi qishloqlarda yashar edi C) mamlakat mintaqada yagona dehqonchilik markazi edi D) mamlakat aholisining aksariyat qismi dehqonchilik bilan shugʻullanar edi.
Quyidagi davlatlardan qaysi biri hukm surgan davrga kelib Markaziy Osiyoda shaharlar oʻndan ortiq darvozali kattagina hunarmandchilik markaziga aylanadi? A) Gʻaznaviylar B) Xorazmshohlar C) Somoniylar D) Qoraxoniylar
Somoniylar davrida (IX-X asrlar) Oʻrta Osiyodagi qaysi shaharda yuqori navli qogʻoz ishlab chiqarilar edi? A) Buxoro B) Shosh C) Urganch D) Samarqand
IX-X asrlarda Shosh oʻzining ... bilan mashhur hisoblangan. A) kumush va qoʻrgʻoshin konlari B) yuqori navli qogʻozi C) koʻnchilik mahsulotlari va charm mollari D) kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi
IX-X asrlarda Movoraunnahrdagi qaysi viloyat kumush va qoʻrgʻoshin konlari va kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi? A) Shosh B) Samarqand C) Fargʻona D) Eloq
Somoniylar davrida quyidagi qaysi hududda qayiqsozlik taraqqiy topgan? A) Xorazm B) Shosh C) Eloq D) Fargʻona
“Zandanicha” mallarang boʻz matosi toʻqilgan mashhur Zandana qishlogʻi qayerda joylashgan? A) Samarqand B) Shosh C) Xorazm D) Buxoro
Mashhur “vadoriy” matosi ishlab chiqarilgan Vador qishlogʻi quyidagi qaysi shaharda joylashgan edi? A) Naxshab B) Kesh C) Buxoro D) Samarqand
Somoniy hukmdor Abdulmalik bin Nuh tangasi qaysi yillarda zarb etilgan? A) 961-962-yy. B) 962-963-yy. C) 965-966-yy. D) 967-968-yy.
Quyidagi qaysi atama o’rta asrlarda arablarning mustahkamlangan qarorgohini anglatib, dastlab g’oziylarga mo’ljallab qurilgan maxsus bino hisoblangan, keyinchalik esa faqat qo’rg’on, istehkom ma’nosida emas, balki mehmonxona (karvonsaroy) mazmunida ham qo’llana boshlagan? A) chek B) rabot C) shahriston D) ark
IX-X asrlarda shimoliy yo’l orqali Movarounnahrdan quyidagi qaysi o’lkalarga turli-tuman buyumlar olib borib sotilgan? A) Xazar va Bulg’or B) Janubiy Sibir va Mo’g’uliston C) Qoshg’ar va Mo’g’uliston D) Itil va Rus
IX-X asrlarda Sibirdan Movarounnahrga qaysi turdagi mollar keltirilgan? 1. Zargarlik buyumlari; 2. Qimmatbaho mo’ynalar; 3. Qimmatbaho toshlar; 4. Chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari; 5. Sham va cho’qqi qalpoqlar. A) 1, 3, 5 B) 2, 4 D) 1, 4, 5 D) 1, 3
VII-IX asrlarda Movoraunnahr va Xitoy oʻrtasida boʻlgan savdoda qaysi mahsulotlar asosiy oʻrinda turgan? 1. Ot; 2. Oltin; 3. Tuz; 4. Ipak mato; 5. Zigʻir moyi; 6. Choy; 7. Paxta. A) 1, 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 3, 5, 6 D) 2, 3, 4, 5, 7
Quyidagi qaysi mamlakatlarga IX-X asrlarda Movoraunnahr va Xorazmdan guruch, quruq mevalar, shirinliklar, tuzlangan baliq, paxta, shoyi matolar, movut, kimxob va gilamlar olib borib sotilgan? 1. Xitoy; 2. Turkiston; 3. Itil; 4. Xazar; 5. Bulgʻor; 6. Moʻgʻuliston. A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 5
IX-X asrlarda qaysi mamlakatlardan Movoraunnahrga qimmatbaho moʻynalar, shamlar, choʻqqi qalpoqlar keltirilgan? 1. Itil; 2. Xazar; 3. Moʻgʻuliston; 4. Sibir; 5. Bulgʻor; 6. Xitoy. A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 2, 3, 5 D) 2, 5
Somoniylar davlatida ichki bozorlarda ishlatilgan mis chaqa-tangalar qanday atalgan? A) fals B) dirham C) dinor D) paysa
Somoniylar davlatida xalqaro savdo-sotiqda ishlatilgan kumush tangalar qanday atalgan? A) fals B) dirham C) dinor D) paysa
Somoniylar davlatida kumush tangalar, hukumat boshligʻi nomidan mamlakatning qaysi shaharlaridagi zarbxonalarda soʻqilar edi? 1. Marv; 2. Naxshab; 3. Shosh; 4. Eloq; 5. Samarqand; 6. Xorazm; 7. Buxoro. A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 3, 4, 7
Somoniylar zarb ettirgan kumush dirhamlar orasida qaysi biri yuqori sifatli sof kumushdan zarb etilib, asosan, xalqaro savdo aloqalarida ishlatilgan? A) mutribiy B) muhammadiy C) gʻitrifiy D) ismoiliy
Somoniylar hukmronligi davrida yer egaligining nechta turi mavjud boʻlgan? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
Somoniylar hukmronligi davrida quyidagi yer egaligi turlaridan qaysilari mavjud boʻlmagan? 1. Mulki sultoniy; 2. Mulki inju; 3. Mulk yerlari; 4. Mulki xos; 5. Mulki xurri xolis; 6. Jamoa yerlari; 7. Vaqf yerlari. A) 1, 3, 4, 6, 7 B) 2, 5 C) 1, 2, 7 D) 1, 2, 4, 6
Somoniylar davrida hukmron sulola vakillari, mulkdor dehqon va aslzodalarning tasarrufidagi katta-katta yer maydonlaridan tortib mehnatkash qishloq aholisiga tegishli mayda xususiy yerlargacha “... yerlari” hisoblangan. A) mulki sultoniy B) mulk C) mulki xos D) jamoa
Somoniylar davlatida oliy martabali sayyidlar va ruhoniylar qoʻl ostidagi yerlar nima deb yuritilgan? A) vaqf yerlari B) mulki xos C) mulk yerlari D) mulki xurri xolis
Somoniylar davrida qaysi turdagi yerlardan foydalanganlik uchun hosilning 1/3 hajmi miqdorida xiroj solig’i olinmagan? A) mulki sultoniy B) mulk C) vaqf D) mulki xos
Somoniylar davlatida qaysi yer egaligi turidan koʻpincha hosilning 1/10 qismi hajmida ushr soligʻi olingan? A) vaqf B) mulki sultoniy C) mulki xos D) jamoa yerlari
Hukmron sulola va oliy tabaqa vakillariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga hadya qilingan yerlar qanday nom bilan yuritilgan? A) mulki xos B) mulki iqto C) mulki inju D) mulki vaqf
Nechanchi asrda Movoraunnahrda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in’om qilina boshlaydi? A) VIII asr B) IX asr C) X asr D) XI asr
Movoraunnahrda qachondan boshlab iqto yerlari in’om etila boshlagan? A) IX asr B) X asr C) XI asr D) XII asr
X asrda Movoraunnahrda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmatlari uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in’om qilina boshlaydi. Bunday mulk turi qanday atalgan? A) iqto B) muqto C) iqtodor D) mulki xos
7uz-v19
Somoniylar davlatida mavjud boʻlgan yer egaligi turlaridan qaysi biri asosan lalmikor va togʻoldi yerlaridan iborat boʻlgan? A) iqto B) mulki xos C) vaqf D) jamoa yerlari
Iqto mulklari bilan bog’liq jihat to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1. Iqto yerlari dastlab X asrdan boshlab in’om etila boshlagan; 2. Iqto tarzida ayrim viloyat yoki shaharlar va tumanlar hadya etilgan; 3. Iqto egasi “muqto” yoki “iqtodor” deb atalgan; 4. Iqto dastavval oliy tabaqa zodagonlar, sulola a’zolari, amirzodalar va yirik mansabdorlarga in’om etilgan; 5. Iqto mulklari avvalda bir umrga emas, balki ma’lum muddatga berilgan; 6. Iqto mulklari avvalda nasldan naslga o’tkazilmagan; 7. Iqtodorlar o’ziga in’om qilingan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlarning ma’lum qismini yig’ib olish huquqiga ega bo’lganlar. A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
Qaysi davrga kelib, Movoraunnahrda katta yer egalari kadivarlarni ishlatishdan koʻra oʻz yerlarini qishloq jamoalarining kam yerli a’zolariga ijaraga berishni afzal koʻradilar? A) VII-VIII asrlar B) VIII-IX asrlar C) IX-X asrlar D) X-XI asrlar
IX-X asrlarda Movoraunnahrda yerni ijaraga olib ishlovchilar qanday atalgan? A) chorakor B) barzikor C) kashovarz D) kadivar
X asr birinchi yarmida Somoniylar davlatida iqtisodiy tanglik sodir bo’lishiga olib kelgan omil quyidagi qaysi javobda berilmagan? A) hukmdorlarning harbiy yurishlari B) Xitoyda ro’y bergan sulolaviy inqiroz natijasida savdo hajmining kamayishi C) hukmron sulolaning ichki nizolari D) mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlari
Somoniylar davlatida ogʻir iqtisodiy va siyosiy tanglikdan chiqish uchun nechanchi yilda aholidan ikki marta soliq undirib olinadi? A) 942-yil B) 954-yil C) 962-yil D) 963-yil
Somoniylar davlatida ogʻir iqtisodiy va siyosiy tanglikdan chiqish uchun nechanchi yilda aholidan ikki marta soliq undirib olingan davrda Xitoyda qaysi sulola hukmronlik qilgan? A) Suy B) Tan C) U-Day D) Sun
Somoniylar davlatida quyidagi hukmdorlardan qaysilar hukmronlik qilgan davrda siyosiy vaziyat nihoyat keskin tus olgan? A) Nuh II va Mansur B) Nuh va Nuh II C) Nasr va Nasr II D) Muhammad va Nasr II
943-954-yillarda quyidagi hukmdorlardan qaysi biri Somoniylar davlatini boshqargan? A) Mansur B) Nasr II C) Nuh D) Nuh II
Somoniy Nuh II hukmronlik qilgan yillarni aniqlang. A) 943-954-yy. B) 962-963-yy. C) 976-997-yy. D) 997-999-yy.
Somoniy hukmdor Nuh II hukmronligi bilan deyarli bir vaqtda taxtni boshqargan boshqa bir davlat hukmdorining nomi quyidagi qaysi javobda ko’rsatilgan? A) Vladimir B) Otton III C) Sobuqtegin D) Ma’mun ibn Muhammad
Nuh ibn Nasr Somoniyning amakisi Ibrohim nechanchi yilda isyon koʻtarib, saroy sarbozlari va Chagʻoniyonning yirik yer egasi Abu Ali Chagʻoniy yordamida Buxoro taxtini egallaydi? A) 973-yil B) 947-yil C) 954-yil D) 963-yil
947-yilda qoʻzgʻolon koʻtargan Nuh ibn Nasr Somoniyning amakisi Ibrohim kimning yordamida Buxoro taxtini egallab oladi? A) Abu Ali Chagʻoniy B) Alptegin C) Sobuqtegin D) Simjuriy
Nuh ibn Nasr Somoniy nechanchi yili Abu Ali Chagʻoniyni Chagʻoniyonga hokim qilib tayinlashga majbur boʻladi? A) 947-yil B) 952-yil C) 944-yil D) 962-yil
952-yilda Nuh ibn Nasr Somoniy kimni Chagʻoniyonga hokim qilib tayinlashga majbur boʻladi? A) Simjuriy B) Abu Ali Chagʻoniy C) Alptegin D) Sobuqtegin
961-yilda Movoraunnahrning qaysi shahrida harbiy askarlar qoʻzgʻolon koʻtargan? A) Buxoro B) Samarqand C) Shosh D) Urganch
Somoniylar hukmronligiga qarshi Buxoro harbiy askarlarining qoʻzgʻoloni nechanchi yilda boʻlib oʻtgan? A) 947-yil B) 952-yil C) 961-yil D) 962-yil
Somoniylar hukmronligiga qarshi Buxoro harbiy askarlarining qoʻzgʻolonidan bir yil o’tgach ... A) Muqaddas Rim imperiyasi tashkil topdi B) Xitoyda Sun sulolasi hukmronligi boshlandi C) Svyatoslav hukmronligi boshlandi D) Abu Bakr ar-Roziy tavallud topdi
962-963-yillarda Gʻazna viloyatini Somoniylar noibi va lashkar amiri sifatida kim boshqargan? A) Sobuqtegin B) Mahmud C) Alptegin D) Ma’sud
Alptegin nechanchi yillarda Gʻazna viloyatini Somoniylar noibi va lashkar amiri sifatida boshqargan? A) 943-954-yy. B) 961-962-yy. C) 962-963-yy. D) 976-997-yy.
... – Gʻazna va Qobul viloyatlarini mustaqil idora etishga intilib, Gʻaznaviylar davlatiga asos solgan. A) Sobuqtegin B) Alptegin C) Ibrohim D) Mahmud
Gʻaznaviylar davlatiga kim asos solgan? A) Alptegin B) Sobuqtegin C) Ibrohim D) Mahmud
Gʻaznaviy hukmdorlardan kimning davrida gʻaznaviylarning siyosiy nufuzi somoniylar tomonidan e’tirof etilgan? A) Alptegin B) Sobuqtegin C) Mahmud D) Ma’sud
Sobuqtegin qaysi yillarda hukmronlik qilgan? A) 976-997-yy. B) 977-997-yy. C) 943-954-yy. D) 962-977-yy.
977-997-yillarda Gʻaznaviylar davlati taxtini kim idora etgan? A) Sobuqtegin B) Mahmud C) Alptegin D) Ma’sud
Mahmud Gʻaznaviy qaysi yillarda hukmronlik qilgan? A) 962-963-yy. B) 976-977-yy. C) 977-997-yy. D) 997-1030-yy.
997-1030-yy.da Gʻaznaviylar davlatida kim hukmdorlik qilgan? A) Alptegin B) Sobuqtegin C) Mahmud D) Ma’sud
Qaysi hukmdor davrida Gʻaznaviylar davlati hududi kengayib, Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan? A) Alptegin B) Sobuqtegin C) Mahmud D) Ma’sud
Somoniylar davlati barham topgach, Xuroson hududini, soʻng Xorazm davlatini oʻz saltanatiga qoʻshib olgan gʻaznaviylar hukmdori – bu ... A) Alptegin B) Sobuqtegin C) Mahmud D) Ma’sud
Mahmud Gʻaznaviy nechanchi yilda Xorazm davlatini nechanchi yilda oʻz saltanatiga qoʻshib oladi? A) 1004-yil B) 1011-yil C) 1017-yil D) 1021-yil
7uz-v20
Mahmud Gʻaznaviy 1017-yilda quyidagi qaysi hududni oʻz davlati tarkibiga qoʻshib olgan? A) Shimoliy Hindiston B) Xorazm C) Xuroson D) Fargʻona
Qaysi Gʻaznaviy hukmdor davrida mamlakat viloyatlari birin-ketin qoʻldan chiqarilib, tanazzulga yuz tutgan? A) Alptegin B) Sobuqtegin C) Mahmud D) Ma’sud
Ma’sud Gʻaznaviy qaysi yillarda hukmronlik qilgan? A) 1030-1040-yy. B) 1017-1030-yy. C) 997-1030-yy. D) 1017-1041-yy.
Gʻaznaviylar davlati nechanchi yilda butunlay tugatilgan? A) 1041-yil B) 1071-yil C) 1140-yil D) 1186-yil
G’aznaviylar davlatining tanazzulga yuz tutishi qaysi xorazmshoh hukmronligi yillariga to’g’ri keladi? A) Otsiz B) Elarslon C) Takash D) Alouddin Muhammad
Quyidagi qaysi davlat davlat tuzumi va boshqaruv tizimlari azaldan rivojlanib kelayotgan turkiy davlatchilik asosida qurilgan boʻlsa-da, oʻziga xos mahkamachilik xususiyatiga ega edi? A) Gʻaznaviylar B) Somoniylar C) Qoraxoniylar D) Xorazmshohlar
Gʻaznaviylar davlati vazirlik tizimida quyidagi qaysi devonlar faoliyat koʻrsatgan? 1. Harbiy; 2. Elchilik va rasmiy tadbirlar; 3. Moliya; 4. Maorif; 5. Xabar-pochta; 6. Diniy. A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 4, 5, 6
Gʻaznaviylar saltanatida viloyat hukmdori qanday atalgan? A) voliy B) noib C) hokim D) rais
Shahar hokimi Gʻaznaviylar davlatida qanday atalgan? A) voliy B) noib C) dorugʻa D) rais
Quyidagi qaysi davlatda viloyat hukmdori voliy, shahar hokimi rais deb yuritilgan? A) Saljuqiylar B) Xorazmshohlar C) Gʻaznaviylar D) Somoniylar
Gʻaznaviylar saltanatida viloyatlarda boshqaruv ishlari kim tomonidan amalga oshirilgan? A) voliy B) amid C) rais D) kutvol
Gʻaznaviylar davlati shaharlarida boshqaruv ishlari qaysi amaldor tomonidan amalga oshirilgan? A) voliy B) amid C) rais D) kutvol
Quyidagi davlatlardan qaysi birida viloyatlarda boshqaruv ishlari amid, shaharlarda esa kutvol tomonidan amalga oshirilgan? A) Gʻaznaviylar B) Qoraxoniylar C) Somoniylar D) Saljuqiylar
Quyidagi turkiy davlatlardan qaysi birida qoʻshinda harbiy kemalar (daryo va dengiz floti) ham mavjud boʻlgan? A) Somoniylar B) Gʻaznaviylar C) Qoraxoniylar D) Qoraxitoylar
Gʻaznaviylar davlatida ilm-fan va madaniyat, xususan, ... rivojlangan. A) adabiyot B) tarix C) astronomiya D) matematika
Mahmud Gʻaznaviy turkiy ona til bilan bir qatorda yana qaysi tillarni mukammal bilgan? 1. Arab; 2. Fors; 3. Hind; 4. Pahlaviy; 5. Yunon; 6. Xitoy. A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 5, 6
Oʻrta asrlarda quyidagi qaysi davlat poytaxt saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va san’atkorlar ijod qilgan? A) Xorazmshohlar B) Saljuqiylar C) Somoniylar D) Gʻaznaviylar
Sulton Ma’sud Gʻaznaviyga bagʻishlab yozilgan “Qonuni Ma’sudiy” asarining muallifi kim? A) Beruniy B) Nosir Xusrav C) Gardiziy D) Bayhaqiy
“Tarixi Ma’sudiy” asari qaysi tarixchi alloma qalamiga mansub hisoblanadi? A) Beruniy B) Bayhaqiy C) Gardiziy D) Nosir Xusrav
Abul Qosim Firdavsiy mashhur “Shohnoma” dostonini qaysi hukmdorga taqdim etgan? A) Sobuqtegin B) Ismoil Somoniy C) Mahmud Gʻaznaviy D) Ma’sud Gʻaznaviy
Gʻaznaviylar davlatining qaysi shaharlarida koʻplab madrasalar, masjid, xonaqoh va saroylar bino qilinib, kutubxonalar faoliyat koʻrsatgan? 1. Hirot; 2. Gʻazna; 3. Lohur; 4. Marv; 5. Balx; 6. Urganch; 7. Nishopur. A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 3, 5, 7 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 6
Qaysi davrga kelib qarluqlar yagʻmo, chigil, oʻgʻuz va boshqa qabilalar bilan yagona ittifoqqa birlashdilar? A) VIII asr oʻrtalari B) VIII asr oxiri C) X asr boshi D) X asr oʻrtalari
Quyidagi qaysi javobda bir davrda yuz bergan voqealar berilgan? A) chex knyazi Vatslav halok bo’ldi – London shahri normannlar tomonidan yoqib yuborildi B) Otton I Lex daryosi bo’yida vengerlarni mag’lub etdi – qarluqlar yagʻmo, chigil, oʻgʻuz va boshqa qabilalar bilan yagona ittifoqqa birlashdilar C) uchinchi salib yurishlari bo’lib o’tdi – Vladimir Monamax hukmronligi tugadi D) Marko Polo Yaqin Sharqqa sayohat qildi – Jarqo’rg’on minorasi bunyod etildi
Qarluq, yagʻmo, chigil va oʻgʻuz qabilalari ittifoqi asosida tashkil topgan davlat dastavval qanday nomlangan? A) Xoqoniya B) Qarluq-Qoraxoniylar C) Qoraxoniylar D) Oʻgʻuzlar
“Xoqoniya oʻlkasi” deb yuritilgan davlat qachon tashkil topgan? A) VIII asr oʻrtalari B) B) VIII asr oxiri C) IX asr oxiri D) X asr oʻrtalari
Xoqoniya davlati hukmdorlari oʻzlarini qanday ataganlar? A) yabgʻuxon B) xoqon C) arslonxon D) qoraxon
Xoqoniya davlati qaysi davrda rivoj topib, kuchayadi? A) IX-X asrlar B) X-XI asrlar C) XI-XII asrlar D) XII-XIII asrlar
Quyidagi qaysi davlat XI-XII asrlarda rivoj topib kuchaygach, Qarluq-Qoraxoniylar nomini olgan? A) Xoqoniya B) Gʻarbiy turk xoqonligi C) Qarluqlar D) Oʻgʻuzlar
Quyidagi qaysi yirik davlat qator qabilalar ittifoqi asosida tashkil topgani bois hukmdorlari “arslonxon”, “bugʻroxon”, “tavgʻachxon” unvonlari bilan yuritilgan? A) Saljuqiylar B) Turk xoqonligi C) Qoraxoniylar D) Qoraxitoylar
Buyuklik yoki ulugʻlik qadimda turkiy xalqlarda qaysi soʻz bilan sifatlangan? A) qora B) arslon C) koʻk D) xon
7uz-v21
Quyidagi qaysi davlat X asr o’rtalarida Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning janubiy yonbag’rida tashkil topgan? A) Qoraxitoylar davlati B) Qoraxoniylar davlati C) Saljuqiylar davlati D) G’aznaviylar davlati
Quyidagi qaysi davlatning tashkil topishida qarluq, chigil, yag’mo qabilalari muhim rol o’ynagan? A) Qoraxitoylar davlati B) Qoraxoniylar davlati C) Saljuqiylar davlati D) G’aznaviylar davlati
Qoraxoniylar davlatining asoschisi – bu ... A) Horun Bug’roxon B) Abdulkarim Sotuq Bug’roxon C) Nasr Eloqxon D) Ibrohim Bo’ritegin
Abdulkarim Sotuq Bug’roxon yashagan yillarni belgilang. A) 899-959-yy. B) 859-955-yy. C) 873-950-yy. D) 865-925-yy.
Nechanchi yilda Horun Bugʻroxon boshliq qoraxoniylar Movoraunnahrga tomon hujum boshlaydilar? A) 992-yil B) 977-yil C) 997-yil D) 999-yil
992-yilda qoraxoniylar qaysi hukmdor boshchiligida Movoraunnahrga tomon hujum boshlaydilar? A) Sobuqtegin B) Ibrohim Boʻritegin C) Horun Bugʻroxon D) Nasr Eloqxon
Qoraxoniylarga qarshi kurash uchun Gʻaznadagi noibi Sobuqteginni yordamga chaqirgan Somoniylar hukmdori kim edi? A) Nuh ibn Mansur B) Nuh II C) Ismoil Somoniy D) Muhammad ibn Ismoil
Qoraxoniylarga qarshi kurashi uchun Somoniylar hukmdori Nuh ibn Mansur kimni yordamga chaqiradi? A) Alptegin B) Abu Ali Chagʻoniy C) Sobuqtegin D) Horun Bugʻroxon
992-yilda Sobuqtegin necha ming kishilik qoʻshin bilan Somoniylar hukmdori Nuh ibn Mansurga qoraxoniylarga qarshi kurashda yordam berish uchun Buxoroga yetib boradi? A) 10 ming B) 20 ming C) 30 ming D) 40 ming
Horun Bugʻroxon boshliq qoraxoniylar qoʻshinini tor-mor etishda bergan koʻmagi uchun Nuh ibn Mansur Sobuqteginni qaysi oʻlka noibi etib tayinlaydi? A) Toxariston B) Xuroson C) Movoraunnahr D) Xorazm
Qoraxoniylar nechanchi yilda Movoraunnahr tomon ikkinchi marta hujum boshlaydilar? A) 992-yil B) 995-yil C) 996-yil D) 997-yil
X asr oxirida Sirdaryo havzasi qaysi davlat qo’l ostiga o’tgan? A) Somoniylar B) Qoraxoniylar C) Qoraxitoylar D) G’aznaviylar
999-yilda Buxoroning ... boshchiligidagi qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi bilan Somoniylar hukmronligi batamom barham topadi. A) Nasr Eloqxon B) Horun Bugʻroxon C) Ibrohim Boʻritakin D) Mahmud Eloqxon
Buxoro nechanchi yilda Nasr Eloqxon boshchiligidagi qoraxoniylar tomonidan zabt etilgan? A) 992-yil B) 995-yil C) 996-yil D) 999-yil
1006 va 1008-yillarda qoraxoniylar quyidagi qaysi hudud ustiga ikki marta qoʻshin tortadilar? A) Kavkaz B) Xuroson C) Buxoro D) Qoshgʻar
Qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni oʻz davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan Gʻaznaviylar hukmdori kim edi? A) Alptegin B) Sobuqtegin C) Mahmud D) Ma’sud
Ibrohim Boʻritegin nechanchi yilda Amudaryo boʻyi viloyatlari – Xuttalon, Vaxsh va Chagʻoniyonni Gʻaznaviylardan tortib oladi? A) 1006-yil B) 1008-yil C) 1030-yil D) 1038-yil
1038-yilda Amudaryo boʻyi viloyatlari – Xuttalon, Vaxsh va Chagʻoniyonni Gʻaznaviylardan tortib olgan qoraxoniylar vakili kim edi? A) Nasr Eloqxon B) Horun Bugʻroxon C) Ibrohim Boʻritegin D) Mahmud Eloqxon
Ibrohim Boʻritegin 1038-yilda quyidagi qaysi viloyatlarni Gʻaznaviylardan tortib oladi? 1. Vaxsh; 2. Marv; 3. Xuttalon; 4. Kobul; 5. Chagʻoniyon; 6. Murgʻob. A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 4, 6 D) 2, 3, 5
Movarounnahr va Farg’onani o’ziga bo’ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlagan qoraxoniylar hukmdori kim edi? A) Nasr Eloqxon B) Horun Bugʻroxon C) Ibrohim Boʻritegin D) Mahmud Eloqxon
Sharqiy Qoraxoniylar davlatining poytaxti – bu ... A) Bolosogʻun B) Yettisuv C) Suyob D) Yangikent
Movoraunnahrdagi Qoraxoniylar davlatining poytaxti qaysi shahar hisoblangan? A) Buxoro B) Shosh C) Samarqand D) Kesh
Qoraxoniylar hukmdori Ibrohim Bo’ritegin qanday o’ziga qanday unvon olgan? A) tavgʻachxon B) arslonxon C) qoraxon D) bugʻroxon
Qoraxoniylar davlatida viloyatlarni kim boshqargan? A) eloqxon (tegin) B) yabgʻuxon C) arslonxon D) tudun
Qoraxoniylar Movoraunnahrda oʻz hukmronligini mustahkamlab olishda qaysi toifa vakillari bilan yaqin va doʻstona munosabatlar oʻrnatadilar? A) dehqonlar B) musulmon ruhoniylari C) savdogarlar D) hunarmandlar
Movoraunnahrda quyidagi davlatlardan qaysi biri hukm surgan davrda imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlarga e’tibor kuchayib, ularning obroʻyi har qachongidan ham balandga koʻtariladi? A) Somoniylar B) Qoraxoniylar C) Qoraxitoylar D) Xorazmshohlar
O’rta Osiyoda quyidagi qaysi davlat hukm surgan davrda mahalliy mulkdor dehqonlar yer-suv mulklaridan hamda mamlakatda tutgan siyosiy mavqelaridan ajralib, jamiyat hayotida o’zining ilgarigi o’rni va ahamiyatini butunlay yo’qotganlar? A) Somoniylar B) Qoraxoniylar C) Qoraxitoylar D) Xorazmshohlar
Qaysi davrga kelib “dehqon” degan tushuncha oʻzining “qishloq hokimi”ni anglatuvchi asl ma’nosini yoʻqotdi? A) VIII-IX asrlar B) IX-X asrlar C) X-XI asrlar D) XI-XII asrlar
Nechanchi asrdan boshlab Movoraunnahrda yerdan foydalanishda iqto tartiboti juda keng yoyiladi? A) IX asr B) X asr C) XI asr D) XII asr
Qoraxoniylar tomonidan hukmron sulola namoyondalaridan tashqari oliy darajali harbiylar, davlat ma’murlari va mahalliy zodagonlarga katta-katta yer maydonlari ... tarzida hadya qilingan. A) suyurg’ol B) jogir C) tanho D) iqto
7uz-v22
Qaysi davrda Movoraunnahr va Xurosonda iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylangan? A) IX-X asrlar B) X-XI asrlar C) XI-XII asrlar D) XII-XIII asrlar
XI-XII asrlarda Movarounnahrda musulmon ruhoniylarga bo’lgan e’tiborning kuchayishi va mamlakatda ularning siyosiy ta’sri tobora ortib borishi bilan ... yerlari ancha ko’paydi. A) mulki xurri xolis B) iqto C) vaqf D) mulki xos
XI-XII asrlarda Movoraunnahrdagi qaysi shaharlar ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan va chaqa-tangalar vositasida olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi? 1. Samarqand; 2. Buxoro; 3. Termiz; 4. Qarshi; 5. Oʻzgan; 6. Kesh; 7. Toshkent. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 5, 7 C) 1, 3, 5, 7 D) 2, 3, 4, 6, 7
Quyidagi qaysi me’moriy inshootlar XI-XII asrlarda barpo etilmagan? 1. Raboti Malik; 2. Qutb Minor; 3. Masjidi Kalon; 4. Minorai Kalon; 5. Konstantinipoldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi; 6. Vobkent minorasi; 7. Jarqo’rg’on minorasi; 8. Oqsaroy; 9. Mag’oki Attori masjidi; 10. To’rabekxonim maqbarasi. A) 2, 5, 8, 10 B) 1, 3, 5, 7, 9 C) 2, 4, 6, 8, 10 D) 1, 3, 4, 6, 7, 9
XI-XII asrlarda Movarounnahr shaharlarida hunarmandchilikning qanday turlari taraqqiy etgan? 1. Kulolchilik; 2. Ko’nchilik; 3. Shishasozlik; 4. Qog’ozgarlik; 5. Miskarlik; 6. Degrezlik; 7. Chilangarlik; 8. Duradgorlik. A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6, 8 C) 1, 2, 3, 4 D) 5, 6, 7, 8
Siyosiy jihatdan tobora zaiflashib borayotgan Qoraxoniylar davlati oʻzining avvalgi mavqeyini yoʻqotib, ... tazyiqiga uchradi va unga qaram boʻlib qoldi. A) saljuqiylar B) xorazmshohlar C) gʻaznaviylar D) qoraxitoylar
Qaysi davrga kelib Qoraxoniylar davlati koʻchmachi qoraxitoylar hujumiga duchor boʻladi? A) XI asr 90-yy. B) XII asr 20-yy. C) XII asr 30-yy. D) XII asr 80-yy.
XII asr 30-yy. oxiriga kelganda Qoraxoniylar davlati quyidagi qaysi koʻchmanchi qabila hujumiga uchraydi? A) yagʻmo B) chigil C) oʻgʻuz D) qoraxitoy
Quyidagi qabilalardan qaysi biri moʻgʻullarga mansub hisoblangan? A) yagʻmo B) qoraxitoy C) oʻgʻuz D) chigil
Qoraxitoylar hukmdori Goʻrxon qaysi shaharni Qoraxitoylar davlatining poytaxtiga aylantirgan? A) Suyob B) Yangikent C) Samarqand D) Bolosogʻun
Nechanchi yilda qoraxitoylar qoraxoniylarning eloqxoni Mahmudga Xoʻjand shahri yaqinida qaqshatqich zarba beradilar? A) 1128-yil B) 1131-yil C) 1137-yil D) 1138-yil
1137-yilda qoraxitoylar qaysi shahar yaqinida qoraxoniylarning eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba beradilar? A) Samarqand B) Xoʻjand C) Shosh D) Buxoro
Xoʻjand shahri yaqinidagi qoraxoniylar eloqxoni Mahmud bilan boʻlgan toʻqnashuvdan soʻng oradan necha yil oʻtgach, qoraxitoylar yana Movoraunnahrga yurish qiladilar? A) 2 yil B) 3 yil C) 4 yil D) 5 yil
Qoraxitoylar va qoraxoniylar qoʻshini oʻrtasidagi soʻnggi jang nechanchi yilda boʻlib oʻtgan? A) 1130-yil B) 1138-yil C) 1141-yil D) 1144-yil
Gurganch miri Ma’mun ibn Muhammad nechanchi yilda Kat shahrini ishgʻol qilib, Xorazmning ikkala qismini birlashtiradi? A) 992-yil B) 995-yil C) 996-yil D) 999-yil
995-yilda Gurganch miri Ma’mun ibn Muhammad qaysi shaharni ishgʻol qilgan? A) Xiva B) Qiyot C) Kat D) Tuproqqal’a
X asr oxirida Xorazmda qaysi sulola hukmronligi boshlangan? A) afrigʻiylar B) ma’muniylar C) anushtaginiylar D) oltintoshlar
Xorazmda afrigʻiylar sulolasi hukmronligi qachon barham topdi? A) IX asr oxiri B) X asr boshi C) X asr oʻrtalari D) X asr oxiri
Ma’muniylar hukmronligi davrida qaysi shahar Xorazmshohlar davlatining poytaxtiga aylantirilgan? A) Xiva B) Tuproqqal’a C) Ko’hna Urganch D) Kat
Quyidagi qaysi sulola hukmdorlari qisqa vaqt ichida Xorazm davlatini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlantirishga muvaffaq bo’lganlar? A) afrigʻiylar B) ma’muniylar C) anushtaginiylar D) oltintoshlar
Xorazmda qaysi sulola davridan boshlab mamlakat viloyat, shahar va qishloq (qal’a) larga ajratilib boshqarilgan? A) afrigʻiylar B) ma’muniylar C) anushtaginiylar D) oltintoshlar
Xorazmshohlar poytaxti Gurganchdagi markaziy boshqarma tarkibida qanday mahkamalar faoliyat koʻrsatgan? 1. Ziroat; 2. Savdo-tijorat; 3. Moliya; 4. Soliq; 5. Harbiy ishlar; 6. Pochta-aloqa; 7. Diniy marosimlar. A) 1, 3, 5, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5
Xorazmshohlar davlatidagi eng yuqori lavozim – bu ... A) shayx ul-makorim B) xoʻjayi buzruk C) xojibi buzruk D) ustod
Xorazmshohlar davlatida devonxona ishlariga kim mas’ul boʻlgan? A) amir ul-umaro B) xoʻjayi buzruk C) xojibi buzruk D) mudarris
Ma’muniylar davrida harbiy yurishlar davrida hukmdor nomidan Xorazmni kim boshqargan? A) hojib ul-hujob B) xo’jayi buzruk C) sohibi shurat D) amid ul-mulk
1017-yilda Xorazm kim tomonidan bosib olingan? A) Malikshoh B) Anushtagin C) Mahmud Gʻaznaviy D) Sulton Sanjar
Xorazm 1040-yilda qaysi davlatga qaram boʻlib qoladi? A) Gʻaznaviylar B) Qoraxoniylar C) Qoraxitoylar D) Saljuqiylar
Anushtaginni Xorazmga noib etib tayinlagan Saljuqiylar hukmdori kim edi? A) Toʻgʻrulbek B) Malikshoh C) Alp Arslon D) Sulton Sanjar
Saljuqiylar hukmdori Malikshoh kimni Xorazmga noib etib tayinlaydi? A) Anushtagin B) Sultonshoh C) Qutbiddin Muhammad D) Elarslon
Saljuqiylar noibi Qutbiddin Muhammad Xorazmni nechanchi yillarda boshqargan? A) 1097-1117-yy. B) 1079-1127-yy. C) 1097-1127-yy. D) 1127-1156-yy.
7uz-v23
Anushtaginiy hukmdorlardan kim “xorazmshoh” unvonini qayta tiklagan? A) Alouddin Otsiz B) Elarslon C) Sultonshoh Mahmud D) Qutbiddin Muhammad
Xorazmning Saljuqiylar hukmronligidan ozod boʻlishi qaysi anushtaginiy hukmdor nomi bilan bogʻliq? A) Qutbiddin Muhammad B) Otsiz C) Elarslon D) Takash
1127-1156-yy.da Xorazmda kim hukmronlik qilgan? A) Anushtagin B) Qutbiddin Muhammad C) Otsiz D) Takash
Quyidagi Xorazmshohlardan qaysi biri dastavval turkman va qipchoqlarni boʻysundiradi? A) Otsiz B) Qutbiddin Muhammad C) Elarslon D) Takash
Xorazmshoh Qutbiddin Muhammadning oʻgʻli Otsiz nechanchi yillarda hukmronlik qilgan? A) 1017-1040-yy. B) 1097-1127-yy. C) 1127-1156-yy. D) 1156-1172-yy.
Xorazmshohlardan qaysi biri Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bogʻliq boʻlgan Sirdaryo etaklari va Mangʻishloq yarimorolini egallaydi? A) Qutbiddin Muhammad B) Otsiz C) Elarslon D) Sultonshoh Mahmud
Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning oʻrta oqimiga qadar boʻlgan yerlarda Xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etgan hukmdor – bu ... A) Malikshoh B) Anushtagin C) Qutbiddin Muhammad D) Otsiz
1156-1172-yy.da Xorazmshohlar davlatini qaysi hukmdor boshqargan? A) Otsiz B) Elarslon C) Sultonshoh Mahmud D) Takash
Sultonshoh Mahmudning Xorazmshohlar davlatidagi qisqa hukmronligi nechanchi yilga toʻgʻri keladi? A) 1156-yil B) 1172-yil C) 1200-yil D) 1220-yil
Xorazmshoh Takash qaysi yillarda hukmronlik qilgan? A) 1127-1156-yy. B) 1156-1172-yy. C) 1172-1179-yy. D) 1172-1200-yy.
Nechanchi yilda koʻchmanchi oʻgʻuzlar saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjarga qarshi isyon koʻtaradi? A) 1152-yil B) 1153-yil C) 1156-yil D) 1163-yil
Saljuqiylar davlatining keskin zarbaga uchrab, zaiflashib qolishiga nima sabab boʻlgan? A) Xorazmshohlar bosqini B) Gʻaznaviylar isyoni C) koʻchmanchi oʻgʻuzlar isyoni D) moʻgʻullar zarbasi
Quyidagi qaysi davlat XII asr oʻrtalariga kelganda koʻchmanchi oʻgʻuzlar isyoni natijasida keskin zarbaga uchrab, parchalanib ketadi? A) Xorazmshohlar B) Qoraxoniylar C) Saljuqiylar D) Gʻaznaviylar
Dastavval Saljuqiylar davlatidan ajralib ketgan hududlarni belgilang. 1. Kichik Osiyo; 2. Fors; 3. Kermon; 4. Ozarbayjon; 5. Xuroson. A) 1, 2 B) 1, 3 C) 2, 3, 5 D) 2, 4, 5
Kichik Osiyo va Kermondan soʻng qaysi oʻlkalar Saljuqiylar davlatidan mustaqil boʻlib oladilar? 1. Shimoliy Hindiston; 2. Xuroson; 3. Fors; 4. Movoraunnahr; 5. Ozarbayjon. A) 1, 5 B) 1, 2, 3 C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 5
Xorazm hududi qaysi hukmdor davrida, ayniqsa, juda kengayadi? A) Otsiz B) Elarslon C) Takash D) Alouddin Muhammad
Xorazmshoh Takash nechanchi yillarda Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi? A) 1172-1187-yy. B) 1187-1193-yy. C) 1187-1200-yy. D) 1193-1200-yy.
7uz-v20
1187-1193-yy.da Xorazmshoh Takash tomonidan zabt etilgan shaharlar nomi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? 1. Bagʻdod; 2. Termiz; 3. Ray; 4. Gʻazna; 5. Marv; 6. Hamadon; 7. Nishopur. A) 1, 2, 5, 7 B) 2, 3, 5 C) 3, 5, 7 D) 1, 4, 6
Sulton Takash nechanchi yilda Saljuqiylar sultoni Toʻgʻrulga qaqshatqich zarba berib, Eronni Xorazmga boʻysundiradi? A) 1172-yil B) 1187-yil C) 1193-yil D) 1194-yil
Saljuqiylar sultoni Toʻgʻrulga qaqshatqich zarba berib, Eronni Xorazmga boʻysundirgan Xorazmshoh nomi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) Otsiz B) Elarslon C) Takash D) Alouddin Muhammad
Xorazmshoh Alouddin Muhammad qaysi yillarda hukmronlik qilgan? A) 1127-1156-yy. B) 1156-1172-yy. C) 1172-1200-yy. D) 1200-1220-yy.
Nechanchi yildan boshlab Movoraunnahrni qoraxitoylardan ozod etishga kirishilgan? A) 1200-yil B) 1204-yil C) 1206-yil D) 1202-yil
Qaysi Xorazmshoh hukmronligi davrida Movoraunnahrni qoraxitoylardan ozod etishga kirishildi? A) Otsiz B) Elarslon C) Takash D) Alouddin Muhammad
Xorazmshoh Alouddin Muhammad nechanchi yilda Talos vodiysida qoraxitoylar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratadi? A) 1206-yil B) 1207-yil C) 1210-yil D) 1218-yil
Talos vodiysida qoraxitoylarni magʻlubiyatga uchratgan Xorazmshoh – bu ... A) Otsiz B) Sultonshoh Mahmud C) Takash D) Alouddin Muhammad
Qaysi hukmdor davrida Yettisuvgacha boʻlgan yerlar Xorazmshohlar davlati tasarrufiga oʻtadi? A) Alouddin Muhammad B) Takash C) Malikshoh D) Otsiz
Qaysi davrga kelib Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan? A) XII asr oʻrtalari B) XII asr oxiri C) XIII asr boshlari D) XIII asr oʻrtalari
Quyidagi qaysi hukmdor “Iskandari Soniy” deb ulugʻlangan? A) Sulton Sanjar B) Alouddin Muhammad C) Sulton Jaloliddin D) Chingizxon
Sulton Xorazmshoh Alouddin Muhammad saroyida nechta hukmdor va ularning vakillari doimo itoatda boʻlgan? A) 18 ta B) 22 ta C) 25 ta D) 27 ta
1210-yilda qaysi shahar aholisi Xorazmshohga qarshi qoʻzgʻolon koʻtaradi? A) Samarqand B) Oʻtror C) Urganj D) Bagʻdod
Nechanchi yilda samarqandliklar Xorazmshohga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan? A) 1206-yil B) 1207-yil C) 1210-yil D) 1212-yil
IX asrda quyidagi qaysi shaharda “Bayt ul-hikma” tashkil etilgan? A) Urganch B) Damashq C) Bagʻdod D) Samarqand
Nechanchi asrda xalifalik poytaxti Bagʻdod shahrida “Bayt ul-hikma” tashkil etilgan? A) VIII asr B) IX asr C) X asr D) XI asr
Xalifalikning qaysi shaharlarida astronomik kuzatishlar olib boriladagan rasadxonalar mavjud edi? A) Bagʻdod va Damashq B) Qohira va Qurdoba C) Damashq va Xalab D) Urganch va Samarqand
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy qachon yashagan? A) 783-850-yy. B) 797-865-yy. C) 810-870-yy. D) 870-944-yy.
Al-Xorazmiy qaysi xalifa zamonida “Bayt ul-hikma”da mudir lavozimida faoliyat koʻrsatadi? A) Xorun ar-Rashid B) Amin C) Ma’mun D) Mutavakkil
Xalifa Ma’mun zamonida “Bayt ul-hikma”da mudir lavozimida faoliyat yuritgan buyuk vatandoshimiz nomi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) al-Fargʻoniy B) al-Xorazmiy C) az-Zamaxshariy D) al-Marvaziy
Al-Xorazmiy haqidagi notoʻgʻri fikr keltirilgan javobni toping. A) Xorun ar-Rashid zamonida “Bayt ul-hikma”da mudir lavozimida faoliyat koʻrsatgan B) zamonasining ulkan matematigi, astronomi va geografi sifatida fan rivojiga katta hissa qoʻshgan C) 20 dan ortiq asar yozgan D) asarlaridan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan
Al-Xorazmiy nechta asar yozib qoldirgan? A) 20 dan ortiq B) 160 dan ortiq C) 450 dan ortiq D) 50 dan ortiq
Quyidagi qaysi javobda al-Xorazmiyning geografiyaga oid asari nomi toʻgʻri koʻrsatilgan? A) “Al-jabr val muqobala” B) “Hind hisobi haqida” C) “Kitob surat ul-arz” D) “Usturlob bilan ishlash haqida kitob”
Tarixga oid “Kitob at-tarix” va “Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola” asarlari muallifi kim? A) al-Fargʻoniy B) al-Xorazmiy C) az-Zamaxshariy D) al-Marvaziy
Quyidagi qaysi asar asrlar davomida avlodlar qoʻlida yer oʻlchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va oʻlchov ishlarida dasturulamal boʻlib xizmat qilgan? A) “Al-jabr val muqobala” B) “Hind hisobi haqida” C) “Kitob surat ul-arz” D) “Usturlob bilan ishlash ha-qida kitob”
Xorazmiyning “Al-jabr” risolasi nechanchi asrda lotin tiliga tarjima qilingan? A) X asr B) XI asr C) XII asr D) XIII asr
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargʻoniy qachon yashagan? A) 783-850-yy. B) 797-865-yy. C) 810-870-yy. D) 870-944-yy.
Al-Fargʻoniy qaysi shaharda tugʻilgan? A) Margʻilon B) Rishton C) Quva D) Qoʻqon
Buyuk vatandoshlarimizdan qaysi biri Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va oʻrnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qilgan? A) al-Fargʻoniy B) al-Xorazmiy C) az-Zamaxshariy D) al-Marvaziy
832-833-yy.da Suriyaning Sinjor dashtida va Ar-Raqqa oraligʻida yer meridiani bir darajasini oʻlchashda qatnashgan movoraunnahrlik olim – bu ... A) al-Fargʻoniy B) al-Xorazmiy C) az-Zamaxshariy D) al-Marvaziy
Nechanchi yilda al-Fargʻoniy rahbarligida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi gidrometr – daryo oqimi sathini belgilaydigan “Miqyos an-Nil” va uning darajoti qayta tiklangan? A) 832-yil B) 834-yil C) 850-yil D) 861-yil
Bizning davrimizgacha Ahmad al-Fargʻoniyning nechta asari yetib kelgan? A) 8 ta B) 10 ta C) 20 ta D) 50 ta
XII asrdayoq lotin va ibroniy tillariga tarjima qilinib, nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Yevropadagi astronomiya ilmi rivojini boshlab bergan “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” asari muallifi kim? A) al-Fargʻoniy B) al-Xorazmiy C) az-Zamaxshariy D) al-Marvaziy
Nechanchi asrda Oydagi kraterlardan biriga Fargʻoniy nomi berilgan? A) XII asr B) XIV asr C) XVI asr D) XVIII asr
XVI asrda Oy sathidagi kraterlardan biriga qaysi ulugʻ vatandoshimiz nomi berilgan? A) al-Fargʻoniy B) al-Xorazmiy C) az-Zamaxshariy D) al-Marvaziy
Ahmad al-Fargʻoniy tavalludining 1200 yilligi nechanchi yilda keng nishonlangan? A) 1994-yil B) 1996-yil C) 1997-yil D) 1998-yil
7uz-v21
Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy qaysi yillarda yashab ijod etgan? A) 797-865-yy. B) 810-870-yy. C) 824-894-yy. D) 870-944-yy.
Abu Iso Muhammad at-Termiziy qachon yashagan? A) 797-865-yy. B) 810-870-yy. C) 824-894-yy. D) 870-944-yy.
Imom al-Buxoriy islom ta’limotiga oid qancha asar yozgan? A) 20 dan ortiq B) 50 dan ortiq C) 160 dan ortiq D) 450 dan ortiq
Buxoriyning “Al-Jome’ As-Sahiyh” asariga nechta hadis kiritilgan? A) 60 mingta B) 70 mingta C) 7275 ta D) 600 mingta
Buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi qachon nishonlandi? A) 1994-yil B) 1995-yil C) 1996-yil D) 1998-yil
1998-yil oktabrda quyidagi mutafakkirlardan kimlarning yubileylari keng nishonlangan? 1. Imom at-Termiziy; 2. Imom al-Buxoriy; 3. Imom al-Moturudiy; 4. Ahmad al-Fargʻoniy; 5. Mirzo Ulugʻbek; 6. Alisher Navoiy. A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 4 D) 3, 4, 5, 6
Imom al-Buxoriy yodgorligi qayerda joylashgan? A) Samarqand B) Buxoro C) Urganch D) Navoiy
“Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi” qayerda barpo etilgan? A) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida B) Samarqand yaqinidagi Xartang qishlogʻida C) Urganch yaqinidagi Qiyot qishlogʻida D) Navoiy yaqinidagi Chelak qishlogʻida
4 jildlik “Al-Jome’ as-Sahiyh” kitobi nechanchi yilda oʻzbek tilida nashr etilib, kitobxonlarga taqdim etilgan? A) 1997-yil B) 1998-yil C) 2000-yil D) 2002-yil
Quyidagi qaysi atama arabcha “rivoyat”, “naql” soʻzlaridan olingan? A) xamsa B) hadis C) masal D) aruz
Islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba – bu ... A) hadis B) tafsir C) tasavvuf D) tavhid
Quyidagi allomalardan qaysi biri kalom ilmi ravnaqiga ulkan hissa qoʻshgan? A) Burhoniddin Margʻinoniy B) Mahmud Zamaxshariy C) Imom Moturudiy D) Imom at-Termiziy
Abu Mansur al-Moturudiy qachon yashagan? A) 797-865-yy. B) 810-870-yy. C) 824-894-yy. D) 870-944-yy.
Islomiy odob qoidalari, ma’naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga moʻljallangan “Kitob at-Tavhid”, “Ta’vilot ahl as-Sunna” asarlari kimning qalamiga mansub? A) Imom al-Buxoriy B) Imom at-Termiziy C) Burhoniddin Margʻinoniy D) Abu Mansur al-Moturudiy
Abu Mansur Moturudiy tugʻilib, ijod etgan Moturud qishlogʻi qaysi shahar yaqinida joylashgan? A) Buxoro B) Oʻtror C) Samarqand D) Urganch
2000-yil noyabrda yurtimizda quyidagi allomalardan qaysi birining 1130 yilligi keng nishonlandi? A) Imom al-Buxoriy B) Imom at-Termiziy C) Burhoniddin Margʻinoniy D) Abu Mansur al-Moturudiy
Prezident I.Karimov oʻzining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “Islom olamida “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor boʻlishi bu nodir shaxsning ulkan aql-zakovati va matonatidan dalolat beradi” degan fikrlarni qaysi alloma haqida aytgan? A) Imom al-Buxoriy B) Imom at-Termiziy C) Burhoniddin Margʻinoniy D) Abu Mansur al-Moturudiy
Urganchdagi “Dor ul-hikma va maorif” – “Ma’mun akademiyasi” nechanchi yilda shakllangan? A) 1001-yilda B) 995-yilda C) 997-yilda D) 1004-yilda
Ma’mun akademiyasining asosini tashkil etgan olimlardan qaysi biri X asr – 1034-yillarda yashab ijod etgan? A) Abulxayr ibn Hammor B) Abu Nasr ibn Iroq C) Abu Sahl Masihiy D) Abu Rayhon Beruniy
Alloma Abulxayr ibn Hammor qachon yashab ijod etgan? A) 991-1048-yy. B) 970-1011-yy. C) 973-1048-yy. D) 980-1037-yy.
Abu Sahl Masihiy yashagan yillar qaysi javobda toʻgʻri berilgan? A) 991-1048-yy. B) 970-1011-yy. C) 973-1048-yy. D) 980-1037-yy.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmoni qachon e’lon qilingan? A) 1997-yil oktabr B) 1998-yil 20-oktabr C) 1997-yil 11-noyabr D) 1999-yil 11-aprel
Qachon yurtimizda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi keng nishonlandi? A) 1997-yil B) 2006-yil C) 2001-yil D) 2004-yil
Abu Nasr Farobiy qachon tugʻilgan? A) 783-yil B) 797-yil C) 873-yil D) 973-yil
Farobiy avval ona shahrida, soʻngra ... shaharlarida bilim olgan. 1. Urganch; 2. Bagʻdod; 3. Samarqand; 4. Xalab; 5. Buxoro. A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5 C) 2, 3, 4 D) 2, 3, 5
Abu Nasr Farobiy umrining oxirlarini qaysi shaharlarda oʻtkazgan? A) Bagʻdod va Damashq B) Damashq va Xalab C) Samarqand va Gʻazna D) Urganch va Gʻazna
Farobiy umri davomida qancha asar yozgan? A) 20 dan ortiq B) 50 dan ortiq C) 160 dan ortiq D) 450 dan ortiq
“Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Tirik mavjudot a’zolari haqida” asarlari qaysi alloma qalamiga mansub hisoblanadi? A) Farobiy B) ibn Sino C) Beruniy D) Zamaxshariy
Quyidagi qaysi alloma Sharqda Aristoteldan keyingi yirik mutafakkir – “Muallim as-soniy” nomi bilan shuhrat topgan? A) Farobiy B) ibn Sino C) Beruniy D) Zamaxshariy
Quyidagi allomalardan qaysi biri 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan? A) Farobiy B) ibn Sino C) Beruniy D) Zamaxshariy
Ibn Sino maktabni bitirgach, kimdan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini oʻrganadi? A) Beruniy B) Abu Abdulloh C) Abu Sahl Masihiy D) Abu Bakr ar-Roziy
Ibn Sino necha yoshidan boshlab turli fanlar boʻyicha Sharq va Gʻarb olimlarining asarlarini mustaqil oʻrgangan? A) 14 yosh B) 15 yosh C) 16 yosh D) 18 yosh
Oʻrta asr Sharqining buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziyning yashagan yillari qaysi javobda berilgan? A) 873-950-yy. B) 797-865-yy. C) 865-925-yy. D) 911-1001-yy.
Ibn Sino necha yoshida e’tiborli hakim va olim boʻlib yetishadi? ) 14 yosh B) 15 yosh C) 16 yosh D) 17 yosh
Ibn Sino qayerda vafot etgan? A) Balx B) Nishopur C) Gʻazna D) Hamadon
Ibn Sino qancha asar yozib qoldirgan? A) 450 dan ortiq B) 160 dan ortiq C) 50 dan ortiq D) 20 dan ortiq
7uz-v22
Abu Ali ibn Sino tibbiyotga doir qancha asar yaratgan? A) 53 ta B) 20 ta C) 43 ta D) 60 ta
Abu Ali ibn Sino qalamiga mansub “Al-Qonun fit-tib” asari necha jilddan iborat? A) 3 jild B) 4 jild C) 5 jild D) 7 jild
Ibn Sinoning “Al-Qonun” asari qachon lotinchaga tarjima qilingan? A) XI asr B) XII asr C) XIII asr D) XV asr
“Tib qonunlari” asari qaysi davrgacha Yevropa tabobatida asosiy qoʻllanma sifatida foydalanilgan? A) XVI asrgacha B) XVII asrgacha C) XVIII asrgacha D) XIX asrgacha
Abu Rayhon Beruniy qayerda tugʻilgan? A) Kat shahri B) Urganch C) Gʻazna D) Xiva shahri
Beruniy qancha asar yozgan? A) 20 dan ortiq B) 50 dan ortiq C) 160 dan ortiq D) 450 dan ortiq
Beruniy qaysi shaharda vafot etgan? A) Gʻazna B) Kat C) Urganch D) Termiz
Oʻzining astronomiyaga oid asarlarida Kopernikdan qariyb besh asr muqaddam Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni oʻrta asrlarda birinchi boʻlib ilgari surgan alloma – bu ... A) Fargʻoniy B) Xorazmiy C) Beruniy D) Farobiy
1029 ta yulduzning koordinatlari kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini tuzgan vatandoshimiz nomi qaysi javobda keltirilgan? A) Beruniy B) Ali Qushchi C) Mirzo Ulugʻbek D) Fargʻoniy
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti qaysi alloma nomi bilan yuritiladi? A) Xorazmiy B) Fargʻoniy C) ibn Sino D) Beruniy
Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy qachon tugʻilgan? A) 1037-yil B) 1048-yil C) 1075-yil D) 1123-yil
Quyidagi oʻrta osiyolik allomalardan qaysi biri mintaqa geografiyasiga oid ma’lumotlarni toʻplagan? A) Beruniy B) Farobiy C) Zamaxshariy D) ibn Sino
Mahmud Zamaxshariy qancha asar yaratgan? A) 20 dan ortiq B) 50 dan ortiq C) 160 dan ortiq D) 450 dan ortiq
Arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bagʻishlangan “Al-Mufassal” asarining muallifi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) Zamaxshariy B) Moturudiy C) Margʻinoniy D) Farobiy
Qur’oni Karim tafsiriga oid “Al-Kashshof” asari qaysi alloma qalamiga mansub hisoblanadi? A) Moturudiy B) Buxoriy C) Termiziy D) Zamaxshariy
Quyidagi allomalardan qaysi biri “Arablar va gʻayriarablar ustozi”, “Xorazm faxri” kabi nomlar bilan ulugʻlangan? A) Beruniy B) Xorazmiy C) Najmiddin Kubro D) Zamaxshariy
Mashhur fiqhshunos alloma Burhoniddin Margʻinoniy qachon va qayerda tugʻilgan? A) 1120-yil, Quva B) 1123-yil, Rishton C) 1123-yil, Margʻilon D) 1121-yil, Oʻtror
Toʻrt jildlik islom huquqshunosligiga oid “Hidoya” asari muallifi kim? A) Margʻinoniy B) Moturudiy C) Zamaxshariy D) Buxoriy
... – islom huquqshunosligi boʻyicha mukammal asar boʻlib, bir necha asrlar davomida musulmon mamlakatlaridagi huquqshunoslar uchun ham nazariy, ham amaliy qoʻllanma vazifasini oʻtab kelgan. A) “Al-Mufassal” B) “Ta’vilot ahl as-Sunna” C) “Hidoya” D) “Al-Jome’ as-Sahiyh”
Al-Margʻinoniy tavalludining 910 yillik yubileyi qachon nishonlangan? A) 1998-yil B) 2000-yil C) 2004-yil D) 2006-yil
XI asr turkiy yozma adabiyotning eng nodir namunalaridan “Qutadgʻu bilig” asari muallifi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) Yusuf Xos Hojib B) Mahmud Qoshgʻariy C) Ahmad Yugnakiy D) Ahmad Yassaviy
Ahmad Yugnakiy qalamiga mansub asarni belgilang. A) “Hikmat” B) “Qutadgʻu bilig” C) “Devoni lugʻotit turk” D) “Hibat ul-haqoyiq”
Ismoil Somoniy maqbarasi, Namozgoh masjidi, Minorai Kalon kabi obidalar qaysi shaharda joylashgan? A) Samarqand B) Buxoro C) Urganch D) Qarshi
Nurota tizmalaridagi Pastogʻ darasida barpo etilgan Xonbandi suv ombori nechanchi asrga oid? A) IX asr B) X asr C) XI asr D) XII asr
X asrda barpo etilgan Xonbandi suv omboriga qancha miqdorda suv toʻplangan? A) 0,5 mln m3 B) 0,7 mln m3 C) 1 mln m3 D) 1,5 mln m3
Mashhur fransuz fizigi Blez Paskal nechanchi asrda yashagan? A) XV asr B) XVI asr C) XVII asr D) XVIII asr
Qachondan boshlab Movoraunnahrda binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqalgan? A) IX asr B) X asr C) XI asr D) XII asr
Buxoroning Darvozayi Mansur mahallasidagi maxsus “Faqihlar madrasasi” qachon tashkil etilgan? A) X asr B) XI asr C) XII asr D) XIII asr
XII asrda Movoraunnahrning qaysi shahrida “Faqihlar madrasasi” qurilgan? A) Samarqand B) Urganch C) Termiz D) Buxoro
IX-XIII asrlarda Movoraunnahrda islom dini ta’limotining ravnaqi va targʻibotining kengayishida qaysi shahar markaz vazifasini oʻtagan? A) Samarqand B) Urganch C) Poykand D) Buxoro
Buxoro shahri nechanchi asrdan boshlab “Qubbat ul-islom” – “Islom dinining gumbazi” nomi bilan shuhrat qozongan? A) IX asr B) X asr C) XI asr D) XII asr
Tasavvuf ta’limoti dastlab qachon va qayerda yuzaga kelgan? A) VIII asr, Arabiston B) VII asr, Eron C) VIII asr, Iroq D) VII asr, Misr
Yassaviya tasavvufiy tariqati qachon vujudga kelgan? A) XI asr B) XII asr C) XIII asr D) XIV asr
Naqshbandiya tariqati qachon va qayerda vujudga kelgan? A) XII asr, Turkiston B) XII asr, Xorazm C) XIV asr, Buxoro D) VIII asr, Iroq
Kubraviya tariqatining vatani – bu ... A) Turkiston B) Xorazm C) Marv D) Buxoro
Yassaviya tariqatining asoslari qaysi asarda bayon qilingan? A) “Hikmat” B) “Devoni lugʻotit turk” C) “Qutadgʻu bilig” D) “Hibat ul-haqoyiq”
7uz-v23
Quyidagi tasavvuf tariqatlaridan qaysi birining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish gʻoyasi ilgari suriladi? A) naqshbandiya B) kubraviya C) yassaviya D) hanafiya
Qaysi tasavvuf tariqatida insonning har qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun turishi ta’kidlanadi? A) yassaviya B) naqshbandiya C) kubraviya D) hanafiya
Najmiddin Kubro qaysi yillarda yashagan? A) 1441-1501-yy. B) 1155-1227-yy. C) 1199-1231-yy. D) 1145-1221-yy.
Qaysi tasavvuf tariqatida xalqqa va Vatanga boʻlgan muhabbat nihoyatda kuchli boʻlib, har qanday ogʻir damlarda ham omma bilan birga boʻlish, Vatanni mudofaa qilish va uning mustaqilligi uchun kurashga da’vat etiladi? A) yassaviya B) naqshbandiya C) kubraviya D) hanafiya
Quyidagi tasavvuf ta’limoti namoyandalaridan qayi biri 1318-yilda Buxoro yaqinidagi Qasri Hinduvon qishlogʻida tugʻilgan? A) Xoja Ahror Valiy B) Ahmad Yassaviy C) Najmiddin Kubro D) Bahouddin Naqshband
Tasavvuf ta’limoti namoyondalaridan qaysi biri “Hayotnoma” va “Dalil ul-oshiqin” nomli asarlar yaratish orqali oʻz tariqatiga asos solgan? A) Bahouddin Naqshband B) Ahmad Yassaviy C) Najmiddin Kubro D) Xoja Ahror Valiy
Tasavvuf tariqatlaridan qaysi biri insonlarni halol va pok boʻlishga, oʻz mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr-ehson berishga, sofdil va kamtar boʻlishga chaqiradi? A) kubraviya B) yassaviya C) naqshbandiya D) hanafiya
“Dil ba yor-u dast ba kor” (“Koʻngil Allohda boʻlsin-u, qoʻl mehnat bilan band boʻlsin”) degan hikmat qaysi tasavvuf tariqatida uchraydi? A) kubraviya B) naqshbandiya C) yassaviya D) hanafiya
Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Xoja Ahror Valiy kabi buyuk allomalar qaysi tasavvuf tariqati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshganlar? A) naqshbandiya B) kubraviya C) yassaviya D) hanafiya
Oʻzbeklar alohida etnik birlik (elat) sifatida qaysi hududlarda shakllangan? 1. Xuroson; 2. Xorazm; 3. Yettisuv; 4. Movoraunnahr; 5. Sharqiy Turkistonning gʻarbiy qismi; 6. Dashti Qipchoq. A) 1, 4, 6 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4, 5 D) 2, 4, 6
Kelib chiqishi bir-biriga yaqin boʻlgan turli qabila va elatlarning asrlar davomida qoʻshilib borishi – bu ... A) etnogenez B) etnik jarayon C) etnomadaniyat D) etnik birlik
M.avv. III asrda Sirdaryoning oʻrta oqimida tashkil topgan Qangʻ davlati davrida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib shakllangan oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat arxeologik asarlarda ... nomi bilan ataladi. A) Andronovo madaniyati B) Chaqmoqli madaniyati C) Qovunchi madaniyati D) Kaltaminor madaniyati
Quyidagi davlatlardan qaysi biri hukm surgan davrda Oʻrta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholi tashqi qiyofalarida hozirgi oʻzbek va voha tojiklariga xos antropologik qiyofa toʻliq shakllangan? A) Kushon B) Dovon C) Qangʻ D) Baqtriya
Quyidagi javoblardan qaysi birida IV-V asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlarga kirib kelgan xalqlar nomi berilmagan? A) kushonlar B) xioniylar C) kidariylar D) eftallar
Qachondan boshlab oʻlkamiz “Turkiston” nomi bilan atala boshlagan? A) VI asr B) VII asr C) VIII asr D) IX asr
Qachondan boshlab arab va ajam xalqlari Oʻrta Osiyoga kirib kela boshlagan? A) VII asr B) VIII asr C) IX asr D) X asr
Nechanchi asrda Movoraunnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi? A) VII asr B) VIII asr C) IX asr D) X asr
Qaysi davrga kelib sugʻdiylar va boshqa mahalliy etnoslarda turkiylashish jarayoni jadallashgan? A) VI asr B) VII asr C) VIII asr D) IX asr
Oʻrta Osiyoda qaysi davlat hukm surgan davrda yuz bergan etnik jarayon oʻzbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich boʻldi? A) Saljuqiylar B) Gʻaznaviylar C) Qoraxoniylar D) Qoraxitoylar
Oʻzbek xalqiga xos etnik omillar va oʻzbeklarning umum elat tili qaror topishi qaysi davlat hukm surgan davrga borib taqaladi? A) Xorazmshohlar B) Turk xoqonligi C) Qoraxoniylar D) Somoniylar
Oʻzbek xalqi nechanchi asrlarda shakllangan? A) IX-X asrlar B) IX-XI asrlar C) X-XI asrlar D) IX-XII asrlar
IX-XII asrlarda shakllangan oʻzbek xalqi qaysi tillarda soʻzlashgan? A) turk va fors B) fors va arab C) arab va turk D) turkiy va sugʻdiy
Chingizxon qaysi yillarda yashagan? A) 1145-1221-yy. B) 1199-1231-yy. C) 1155-1227-yy. D) 1155-1224-yy.
Chingizxonning asl ismi qaysi javobda toʻgʻri berilgan? A) Mengliburni B) Temuchin C) Totorxon D) Moʻgʻulxon
Nechanchi yilda Temuchin Bahodir Onon daryosi boʻyida chaqirilgan moʻgʻul urugʻ va qabila boshliqlarining qurultoyida “ulugʻ xon” deb e’lon qilinadi? A) 1201-yil B) 1205-yil C) 1206-yil D) 1210-yil
Chingizxon tomonidan 10 ming nafar turk azamatlaridan tuzilgan xos soqchilar qismi qanday atalgan? A) kezik (keshik) B) musallam C) sipohi D) izofa
Naymanlar qachon Chingizxon tomonidan boʻysundirilgan? A) 1205-yil B) 1206-yil C) 1207-yil D) 1211-yil
Chingizxon tomonidan olib borilgan istilochilik yurishlarini eslang. Dastlab qaysi xalq boʻysundirilgan? A) uygʻurlar B) tatarlar C) qirgʻizlar D) naymanlar
Enasoy havzasi, Yettisuv viloyatining shimoliy qismi Chingizxon tomo-nidan qachon bosib olingan? A) 1206-1207-yy. B) 1207-1208-yy. C) 1210-1211-yy. D) 1214-1215-yy.
1211-1215-yy.da Chingizxon quyidagi qaysi mamlakatga bir necha marta yurish qiladi? A) Kiyev Rusi B) Koreya C) Xitoy D) Yaponiya
Chingizxon Shimoliy Xitoyning markazi Szindi shahrini ishgʻol etib, Szin sulolasini taxtdan qulatgan. Szindi hozirgi qaysi shaharning qadimiy nomi sanaladi? A) Shanxay B) Pekin C) Chjenbao D) Guanchjou
Chingizxon 1218-1219-yy.da qaysi hududlarni deyarli talofotsiz qoʻlga kiritadi? A) Shimoliy Xitoy B) Sharqiy Turkiston va Yettisuv C) Dashti Qipchoq va Janubiy Sibir D) janubiy Sibir va Shimoliy Xitoy
Xorazmshoh nechanchi yilda Bahouddin Roziy boshchiligidagi elchilarini Chingizxon huzuriga yuboradi? A) 1215-yil B) 1216-yil C) 1217-yil D) 1218-yil
Xorazmshoh Alouddin Muhammad Mahmud Yalovoch boshliq Chingizxon elchilarini qaysi shaharda qabul qiladi? A) Buxoro B) Samarqand C) Oʻtror D) Urganch
Chingizxon qachon Mahmud Yalovoch boshliq oʻz elchilarini Xorazmshoh Sulton Muhammad huzuriga yuboradi? A) 1215-yil B) 1216-yil C) 1217-yil D) 1218-yil
Chingizxon tomonidan 1218-yilda Urganchga yuborilgan 500 tuya va 450 musulmon savdogardan iborat savdo karvoni qaysi shaharda ushlab qolinadi va talanadi? A) Buxoro B) Shosh C) Oʻtror D) Samarqand
7uz-v24
Chingizxon tomonidan 1218-yilda Urganchga yuborilgan savdo karvonini talashga va savdogarlarni qirib tashlashga buyruq bergan Oʻtror shahri hokimi kim edi? A) Gʻoyirxon B) ibn Kafroj Bugʻro C) Mahmud Yalavoch D) Temur Malik
Xorazm ma’murlaridan hisoblangan Oʻtror noibining xiyonatkorona xatti-harakatlaridan nihoyatda gʻazablangan Chingizxon Xorazmshoh huzuriga kimni elchi qilib yuboradi? A) Bahouddin Roziy B) Mahmud Yalavoch C) ibn Kafroj Bugʻro D) Suketu Choʻrbiy
Sulton Alouddin Muhammad Xorazmshoh qoʻshinining oliy sarkardalari qaysi qabila vakillari hisoblangan? A) turkman B) oʻgʻuz C) nayman D) qipchoq
Quyidagi hukmdorlardan qaysi biri oʻz hukmronligining soʻnggida 6 nafar bilimdon vakildan iborat “Davlat Kengashi”ni ta’sis etadi? A) Chingizxon B) Jaloliddin Manguberdi C) Sulton Muhammad Xorazmshoh D) Oʻqtoy
Quyidagi qaysi alloma Sharqda “Shayx ur-rais” nomi bilan shuhrat topgan? A) Farobiy B) Zamaxshariy C) Beruniy D) ibn Sino
Musulmonlarni halollikka, poklikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka chorlovchi, har kimni oʻzining halol mehnati bilan yashashga, boshqalarning kuchidan foydalanmaslikka da’vat etuvchi ta’limot qanday atama bilan yuritiladi? A) abolitsionizm B) tariqat C) tasavvuf D) din
Tasavvuf qoidalariga amal qilib yashash, ya’ni komil inson darajasiga erishishni koʻrsatuvchi yoʻl – bu ... A) tariqat B) haqiqat C) ma’rifat D) shariat
Chingizxon qachon Xorazmshohga qarshi yurish boshlagan? A) 1218-yil kuzida B) 1219-yil bahorida C) 1219-yil yozida D) 1219-yil kuzida
Chingizxon qaysi shahar yaqinida Movoraunnahrni qisqa muddatda zabt etish uchun qoʻshinlarini qismlarga boʻladi? A) Sigʻnoq B) Xoʻjand C) Turkiston D) Oʻtror
Chingizxon Movoraunnahrni qisqa muddatda zabt etish uchun butun harbiy kuchlarini nechta qismga boʻlgan? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
Chingizxon oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoyga qaysi shaharni qamal qilishni topshiradi? A) Xoʻjand B) Oʻtror C) Barchinligʻkent D) Jand
Chingizxon toʻngʻich oʻgʻli Joʻji boshliq qoʻshinga qaysi shaharlarni bosib olishni buyuradi? 1. Oʻtror; 2. Yangikent; 3. Sigʻnoq; 4. Xoʻjand; 5. Banokat; 6. Oʻzgan; 7. Jand. A) 1, 2, 4, 5 B) 3, 6, 7 C) 2, 3, 6, 7 D) 1, 3, 4, 7
Chingizxon Banokat va Xoʻjand shaharlarini bosib olish uchun joʻnatilgan besh ming kishilik qoʻshinga kimlarni qoʻmondon etib tayinlaydi? A) Joʻji va Oʻqtoy B) Chigʻatoy va Oʻqtoy C) Aloqnoʻyon va Suketu Choʻrbiy D) Eduqutbek va Mahmud Yalavoch
Chingizxon Movoraunnahrni qisqa muddatda zabt etish uchun qoʻshinlarini 4 qismga boʻladi. Chingizxon oʻz asosiy kuchlari bilan qaysi shaharni zabt etish uchun yoʻl oladi? A) Urganch B) Samarqand C) Buxoro D) Termiz
Chingizxon bosqini arafasida Oʻtror hokimi Gʻoyirxon boshchiligida shaharda necha nafar suvoriy bor edi? A) 10 ming B) 20 ming C) 50 ming D) 80 ming
Oʻtror qamali arafasida shahar mudofaasi uchun kelib qoʻshilgan 10 ming kishilik qoʻshin qoʻmondoni kim edi? A) Qoracha Xojib B) Badriddin Amid C) Safiy Aqra’ Xojib D) Xumortakin
Sulton Muhammad Xorazmshoh tomonidan Oʻtror qal’asi mudofaasi uchun 50 minglik “lashkari berun” deb atalgan harbiy kuch yuborilgani haqida qaysi tarixchi ma’lumot beradi? A) Sharafiddin Ali Yazdiy B) Juvayniy C) Nasaviy D) ibn Battuta
Chingizxon oʻgʻillari tomonidan Oʻtror shahri qancha vaqt mobaynida qamal qilinadi? A) 3 oy B) 4 oy C) 5 oy D) 6 oy
Oʻtror shahri hokimi Gʻoyirxon moʻgʻullar tomonidan asir olingach, qaysi shaharda qatl etiladi? A) Xoʻjand B) Samarqand C) Buxoro D) Urganch
Oʻz oqsoqollari bilan Chingizxon oldiga shafqat soʻrab chiqqan Buxoro qozisi kim edi? A) Badriddin Amid B) Bahouddin Roziy C) Safiy Aqra’ Xojib D) Badriddin Qozixon
Movoraunnahrdagi shaharlardan qaysi birining qozisi oʻz oqsoqollari bilan Chingizxon oldiga shafqat soʻrab chiqadi? A) Oʻtror B) Urganch C) Buxoro D) Samarqand
Moʻgʻullar Buxoroni qachon egallaydilar? A) 1220-yil 16-fevral B) 1220-yil mart C) 1220-yil aprel D) 1221-yil 25-noyabr
Movoraunnahrdagi qaysi shahar Chingizxon amri bilan yoqib yuboriladi? A) Buxoro B) Samarqand C) Oʻtror D) Urganch
Samarqand shahri qamalning nechanchi kuni Chingizxon boshliq moʻgʻullarga taslim boʻladi? A) 3-kuni B) 5-kuni C) 10-kuni D) 20-kuni
Moʻgʻullar Movoraunnahrdagi qaysi shaharning bosh suv inshooti – Qoʻrgʻoshin novini buzib tashlab, shaharni suvsiz qoldiradilar? A) Buxoro B) Urganch C) Samarqand D) Xoʻjand
Ma’lumki, qadimda Samarqand shahrining bir nechta darvozasi boʻlgan. Chingizxon boshliq moʻgʻul bosqinchilari shaharning qaysi nomdagi darvozasidan bostirib kirib, barcha istehkomlarni vayron qilganlar? A) Ohanin B) Feruza C) Korizgoh D) Namozgoh
Sulton Alouddin Muhammad Xorazmshoh 30 ming kishilik moʻgʻul qoʻshinining ta’qibidan zoʻrgʻa qutulib, ... ga qochadi. A) Ashura oroli B) Eron C) Kavkaz D) Iroq
Oʻlimi oldidan Sulton Muhammad Xorazmshoh kimni taxt vorisi etib tayinlaydi? A) Jaloliddin B) Oqshoh C) Oʻzloqshoh D) Xumortakin
Sigʻnoq shahri aholisi necha kun mobaynida shaharni Joʻji boshliq moʻgʻullardan qahramonona himoya qiladi? A) 3 kun B) 5 kun C) 7 kun D) 10 kun
Moʻgʻullar istilosi davrida Movoraunnahrdagi qaysi shahar aholisi oxirgi kishisigacha qirib tashlanadi? A) Oʻzgan B) Banokat C) Jand D) Sigʻnoq
Jand shahri qachon moʻgʻullar tomonidan ishgʻol etiladi? A) 1220-yil fevral B) 1220-yil mart C) 1220-yil aprel D) 1221-yil noyabr
Banokat shahrining yana bir nomi – bu ... A) Toshkent B) Chirchiq C) Shohruhiya D) Oʻtror
Banokat shahri necha kunlik mudofaadan soʻng moʻgʻullarga taslim boʻladi? A) 3 kun B) 4 kun C) 5 kun D) 7 kun
Quyidagi qaysi shahar Sirdaryo ikkiga ayrilgan yerda joylashgan edi? A) Banokat B) Jand C) Yangikent D) Xoʻjand
Temur Malik qaysi shahar hokimi hisoblangan? A) Barchinligʻkent B) Xoʻjand C) Yangikent D) Jand
Joʻjiga qarshi muvaffaqiyatli janglar olib borib, hatto undan Sayhun daryosining quyi oqimidagi Yangikent shahrini qaytarib olgan sarkarda nomi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) Jaloliddin B) Temur Malik C) Qutlugʻxon D) Xumortakin
7uz-v25
Temur Malik moʻgʻullardan qaysi shaharni qaytarib olgan? A) Jand B) Barchinligʻkent C) Yangikent D) Naxshab
Chingizxon 1220-yilning yozida Movoraunnahrning qaysi shahrini egallaydi? A) Urganch B) Samarqand C) Termiz D) Naxshab
Chingizxon Termizga qachon askar tortadi? A) 1219-yil kuzida B) 1220-yil yozida C) 1220-yil kuzida D) 1221-yil qishida
Termiz shahri qamalning nechanchi kuni moʻgʻullarga taslim boʻladi? A) 4-kuni B) 5-kuni C) 7-kuni D) 11-kuni
Urganchda J.Manguberdiga qarshi tayyorlangan fitnaga kim boshchilik qiladi? A) Turkon Xotun B) Qutlugʻxon C) Xumortakin D) Temur Malik
Jaloliddin Xorazmshoh Urganchni tark etgach poyaxt taqdiri kimning qoʻlida qoladi? A) Oʻzloqshoh B) Turkon Xotun C) Qutlugʻxon D) Xumortakin
1221-yilning qishida 50 ming kishilik moʻgʻul askarlari hujum boshlab, ... ni qamal qiladi. A) Urganch B) Buxoro C) Xoʻjand D) Oʻtror
Moʻgʻullar istilosiga qarshi Urganch shahri mudofaasi uchun olib borilgan janglarda shogirdlari bilan ishtirok etgan 76 yoshli Ahmad ibn Umar Xivaqiy qaysi nom bilan tarixda nom qoldirgan? A) Farididdin Attor B) Najmiddin Kubro C) Muzaffar Malik D) Temur Malik
“Yo Vatan, yo sharofatli oʻlim!” – ushbu soʻzlar muallifini toping. A) A.Temur B) J.Manguberdi C) Mahmud Torobiy D) N.Kubro
Moʻgʻullar Urganch shahrini qancha vaqt mobaynida qamal qiladilar? A) 3 oy B) 5 oy C) 7 oy D) 9 oy
Movoraunnahrning asosiy shaharlari egallangach, moʻgʻul jangchilarining bosqinchilik yurishlari qaysi shaharlarga yoʻnaltiriladi? 1. Balx; 2. Nishopur; 3. Hirot; 4. Marv; 5. Gʻazna; 6. Niso; 7. Qandahor. A) 1, 3, 4, 5 B) 2, 3, 4, 5 C) 3, 5, 6, 7 D) 3, 6, 7
Jaloliddin Manguberdi Urganchni tark etgach, qayerga yoʻl oladi? A) Gʻazna B) Marv C) Kavkaz D) Xoʻjand
Sulton Jaloliddin qaysi shaharlar yonida moʻgʻullarga zarbalar beradi? A) Niso, Obivard B) Niso, Qandahor C) Gʻazna, Bomiyon D) Balx, Hirot
Jaloliddin Manguberdining moʻgʻullar ustidan qozongan dastlabki yirik gʻalabasi qayerda sodir boʻlgan? A) Niso shahri yaqinida B) Valiyon qal’asi yaqinida C) Parvon dashtida D) Sind daryosi boʻyida
Chingizxon tomonidan Jaloliddin Manguberdiga qarshi yuborilgan 45 ming kishilik qoʻshinga kim boshchilik qilgan? A) Aloqnoʻyon B) Mahmud Yalavoch C) Shiki Xutuxu D) Suketu Choʻrbiy
Qaysi jangda Sulton Jaloliddin moʻgʻullarning Shiki Xutuxu noʻyon boshliq 45 ming kishilik qoʻshini ustidan gʻalaba qozonadi? A) Qandahor yaqinidagi jangda B) Valiyon qal’asidagi jangda C) Parvon dashtidagi jangda D) Sind daryosi boʻyidagi jangda
Qaysi jangda qozonilgan gʻalabadan soʻng Sulton Jaloliddinning lashkarboshilari oʻrtasida kelishmovchilik kelib chiqadi? A) Niso shahri yaqinidagi jang B) Parvon dashtidagi jang C) Valiyon qal’asidagi jang D) Sind daryosi boʻyidagi jang
Sind daryosi boʻyidagi Chingizxon va Sulton Jaloliddin lashkarlari oʻrtasidagi jang qachon boʻlib oʻtadi? A) 1220-yil fevral B) 1220-yil mart C) 1220-yil aprel D) 1221-yil 25-noyabr
Quyidagi tarixiy janglardan qaysi biri 1221-yil 25-noyabrda boʻlib oʻtgan? A) Niso shahri yaqinidagi jang B) Parvon dashtidagi jang C) Valiyon qal’asidagi jang D) Sind daryosi boʻyidagi jang
Jaloliddin bilan birga uning qancha askari Sind daryosining narigi sohiliga oʻtib ketadi? A) 2 ming B) 1,5 ming C) 4 ming D) 10 ming
Sind daryosi boʻyidagi jangdan soʻng Sulton Jaloliddin yana necha yil davomida moʻgʻullarga qarshi kurashni davom ettiradi? A) 9 yil B) 10 yil C) 11 yil D) 14 yil
Sulton Jaloliddin Xorazmshoh nechanchi yilda halok boʻladi? A) 1224-yil B) 1227-yil C) 1230-yil D) 1231-yil
Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mamlakatimizda qachon nishonlandi? A) 1998-yil B) 1999-yil C) 2000-yil D) 2001-yil
“Jaloliddin Manguberdi” ordeni qachon ta’sis etilgan? A) 1998-yil 25-oktabr B) 2000-yil 30-avgust C) 2003-yil 31-avgust D) 2006-yil 15-noyabr
Sultonband toʻgʻoni quyidagi qaysi viloyat sugʻorish tarmoqlarining bosh toʻgʻoni hisoblangan? A) Samarqand B) Banokat C) Buxoro D) Marv
Moʻgʻullar istilosi oqibatida quyidagi qaysi shahar suvga bostirilib, batamom vayron etilgan? A) Samarqand B) Buxoro C) Urganch D) Marv
Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirmagan oʻlka nomini belgilang. A) Sharqiy Turkiston B) Yettisuv C) Movoraunnahr D) Dashti Qipchoq
Chingizxon nechanchi yilda vafot etgan? A) 1224-yil B) 1227-yil C) 1231-yil D) 1237-yil
Chingizxon vafotidan keyin kim moʻgʻullar davlatining ulugʻ xoqoni etib saylandi? A) Oʻqtoy B) Joʻji C) Botu D) Xuloku
Moʻgʻullar davlatida uluslarning hukmdorlari qanday atalgan? A) xoqon B) qoon C) xon D) bosqoq
Moʻgʻullar davlati ulugʻ xoqonining qarorgohi qaysi shaharda joylashgan edi? A) Elsuvi B) Qoraqurum C) Saroy Botu D) Xonbaliq
Qaysi yillarda Rus davlati bosib olinib, Oltin Oʻrda davlati tashkil topa-di? A) 1224-1231-yy. B) 1231-1237-yy. C) 1236-1240-yy. D) 1240-1256-yy.
Eron hududi qachon moʻgʻullar tomonidan batamom bosib olingan? A) 1236-yil B) 1256-yil C) 1258-yil D) 1279-yil
Eronda tashkil topgan moʻgʻul davlati qanday nom bilan tarixga kirgan? A) Xulokular davlati B) Oltin Oʻrda C) Oq Oʻrda D) Yuan imperiyasi
Abbosiylar hukmronligiga barham bergan moʻgʻul hukmdori kim edi? A) Xubilay B) Xuloku C) Botu D) Munke
Xuloku nechanchi yilda abbosiylar sulolasi hukmronligiga barham beradi? A) 1236-yil B) 1256-yil C) 1258-yil D) 1279-yil
7uz-v26
Chigʻatoy ulusi qachon tashkil topgan? A) XIII asrning 20-yy. B) XIII asr 30-yy. C) XIII asr 40-yy. D) XIII asr 50-yy.
Chigʻatoyxonning ulusni boshqaradigan oʻrdasi qaysi daryo boʻyida joylashgan edi? A) Ili (Elsuvi) B) Enasoy C) Yettisuv D) Norin
Movoraunnahrni moʻgʻullar nomidan idora etish ishlari kimga topshirilgan edi? A) Mahmud Yalavoch B) Ma’sudbek C) Tarmashirin D) Kebekxon
Mahmud Yalavoch qaysi shahardan turib Movoraunnahrni idora qila boshlaydi? A) Banokat B) Samarqand C) Xoʻjand D) Termiz
Chigʻatoy ulusida harbiy hokimiyat, aholini roʻyxatdan oʻtkazish, soliq yigʻish ... deb ataluvchi moʻgʻul amaldorlari qoʻlida boʻlardi. A) dorugʻachi va tavgʻach B) bosqoq va tavochi C) noib va amir D) bosqoq va dorugʻa
Moʻgʻullarda mahalliy hokimlar qanday atalgan? A) tavgʻach B) dorugʻachi C) bosqoq D) amir
Chigʻatoy ulusida ziroatchilardan olinadigan yer soligʻi qanday atalgan? A) qopchur B) kalon C) shulen D) targʻu
Chorvadorlardan olinadigan soliq Chigʻatoy ulusida qanday nom bilan yuritilgan? A) shulen B) targʻu C) kalon D) qopchur
Chigʻatoy ulusida davlat xazinasi uchun undirilgan oziq-ovqat soligʻi qanday yuritilgan? A) shulen B) qopchur C) targʻu D) kalon
Chigʻatoy ulusida har podadan 2 yashar qoʻy, har ming otdan bitta biya hisobida olingan soliq turi qanday atalgan? A) shulen B) qopchur C) kalon D) targʻu
Hunarmandlar va savdogarlardan undirilgan soliq turi Chigʻatoy ulusida qanday yuritilgan? A) targʻu B) qopchur C) shulen D) kalon
Chigʻatoy ulusida targʻu soligʻi ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan molning qancha ulushi miqdorida olingan? A) 1/10 B) 1/20 C) 1/30 D) 1/40
Chigʻatoy ulusida soliqlarning mahalliy hokimlar tomonidan markaziy hokimiyatga avvaldan toʻlab yuborib, soʻngra aholidan ortigʻi bilan yigʻib olish tartibi qanday atalgan? A) barot B) yom C) qarshi D) yorliq
Qopchur chorva mollari sonining necha foizi miqdorida olingan? A) 1% B) 1,5% C) 2% D) 2,5%
Kalon soligʻi hosilning qancha qismi hajmida olingan? A) 1/3 B) 1/5 C) 1/10 D) 1/30
Mahmud Torobiy qoʻzgʻoloni qachon koʻtarilgan? A) 1227-yil B) 1228-yil C) 1236-yil D) 1238-yil
Mahmud Torobiy qoʻzgʻoloni Movoraunnahrning qaysi shahrida yuz bergan? A) Buxoro B) Samarqand C) Xorazm D) Xoʻjand
Mahmud Torobiyning asl kasbi nima boʻlgan? A) tunukasoz B) gʻalvir yasovchi C) ipakchi D) matolarga gul bosuvchi
Mahmud Torobiy oʻz tarafdorlari bilan Buxoroga kirib olgach, u yerdagi qaysi binoni oʻziga qarorgoh qilib oladi? A) Jome masjidi B) Robiya saroyi C) Faqihlar madrasasi D) hokim qarorgohi
Mahmud Torobiy Buxoroni egallagach, kimni sadr deb e’lon qiladi? A) Muhammad B) Ali C) Shamsiddin Mahbubiy D) Mahmud Yalavoch
Chigʻatoyxon qachon M.Yalavochni Movoraunnahr noibligidan chetlatishga majbur boʻladi? A) 1236-yil B) 1238-yil C) 1256-yil D) 1258-yil
Mahmud Yalovoch ulugʻ xoqon Oʻqtoy tomonidan qaysi shaharga hokim etib tayinlanadi? A) Pekin B) Qoraqurum C) Dehli D) Bagʻdod
Chigʻatoyxon M.Yalavochning oʻrniga kimni Movoraunnahr noibi etib tayinlaydi? A) Kebekxon B) Tarmashirin C) Ma’sudbek D) Tugʻluq Temur
Qaysi davrga kelib Chigʻatoy ulusining moʻgʻul amaldorlari doirasida oʻtroqlikka koʻchish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchayadi? A) XIII asr 20-yy. B) XIII asr oʻrtalari C) XIII asr oxiri D) XIV asr boshlari
Soliq va hashar ishlarini tartibga solish toʻgʻrisida maxsus farmon – yorliq chiqargan Moʻgʻulistonning ulugʻ xoqoni kim edi? A) Oʻqtoy B) Munke C) Berka D) Xubilay
Moʻgʻullar davlatida choparlar, yoʻlovchilar ot almashtiradigan yoʻl bekatlari qanday atalgan? A) yorliq B) yom C) barot D) kalon
Movoraunnahr noibi Mas’udbek tomonidan qachon pul islohoti amalga oshirilgan? A) 1238-yil B) 1256-yil C) 1271-yil D) 1272-yil
Mas’udbek Movoraunnahrning nechta shahar va viloyatlarida bir xil vazn va yuqori qiymatli sof kumush tangalar zarb ettiradi? A) 9 ta B) 11 ta C) 14 ta D) 16 ta
Qaysi davrga kelib Chigʻatoy ulusi moʻgʻullarining oʻtroqlikka oʻtish jarayoni kuchayadi? A) XIII asr oʻrtalari B) XIII asr oxiri C) XIV asr boshlari D) XIV asr oʻrtalari
Kebekxon Chigʻatoy ulusini qaysi yillarda boshqargan? A) 1318-1338-yy. B) 1318-1326-yy. C) 1238-1271-yy. D) 1271-1318-yy.
Chigʻatoy ulusi xonlaridan qaysi biri Movoraunnahrdek madaniy oʻlka bilan mustahkam aloqa oʻrnatishga va oʻtroq hayot kechirishga intilgan? A) Kebekxon B) Tarmashirin C) Tugʻluq Temur D) Qazagʻon
Movoraunnahrda hokimiyatni bevosita oʻz qoʻliga olib, Qashqadaryo vohasida qadimgi Nasaf shahri yonida oʻziga saroy qurdirgan Chigʻatoy ulusi xoni kim edi? A) Kebekxon B) Tarmashirin C) Tugʻluq Temur D) Il-yosxoʻja
Qaysi Chigʻatoy ulusi xoni moʻgʻul hukmdorlari orasida birinchi boʻlib oʻz qarorgohini Movoraunnahrga koʻchiradi? A) Ilyosxoʻja B) Tugʻluq Temur C) Tarmashirin D) Kebekxon
Chigʻatoy ulusi xonlaridan qaysi biri davlatni idora etish tuzilishini va uning iqtisodiy hayotini tartibga solish maqsadida ma’muriy va pul islohoti oʻtkazadi? A) Chigʻatoyxon B) Kebekxon C) Tugʻluq Temur D) Ilyosxoʻja
“Kepaki” deb nom olgan tangalar Movoraunnahrning qaysi shaharlarida zarb etilgan? A) Samarqand, Qarshi B) Qarshi, Buxoro C) Samarqand, Buxoro D) Xoʻjand, Qarshi
XIV asrga kelib, Movoraunnahrda moʻgʻullar tomonidan vayron etilgan qaysi shaharlar qayta tiklangan? A) Urganch, Marv B) Samarqand, Buxoro C) Buxoro, Urganch D) Marv, Buxoro
7uz-v27
Moʻgʻullar hukmronligi davrida Oʻrta Osiyoda yerga boʻlgan egalikning necha xil shakli mavjud edi? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
Moʻgʻullar davlatida davlat yerlari qanday atalgan? A) mulki devon B) mulki inju C) mulk D) mulki xos
Chigʻatoy ulusida hukmdor va noiblarga qarashli yerlar qanday atalgan? A) mulki devon B) mulki inju C) mulk D) mulki xos
Moʻgʻullar davlatida xususiy yerlar ... deb atalgan. A) mulki xos B) muli sultoniy C) mulk D) mulki inju
Moʻgʻullar davlatida mulkdorlarning kattagina qismi harbiy va ma’murlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun hadya qilingan yerlar boʻlib, ular ... deb atalgan. A) mulki inju B) mulk C) suyurgʻol D) mulki xurri xolis
Chigʻatoy ulusida yer egaligi turlaridan qaysi biri barcha soliq va toʻlovlardan ozod etilgan? A) vaqf B) mulki inju C) mulk D) suyurgʻol
Yettisuvda yashagan moʻgʻullar Movoraunnahrga koʻchib kelgan moʻgʻullarni qanday ataganlar? A) jete B) yom C) qoraunas D) barot
Movoraunnahrda yashagan moʻgʻullar Yettisuvda yashayotgan moʻgʻullarni qanday atashgan? A) jete B) yom C) qoraunas D) kezik
Chigʻatoy ulusi qachon ikki qismga boʻlinib ketdi? A) XIII asr 80-yy. B) XIV asr 20-yy. C) XIV asr 40-yy. D) XIV asr 60-yy.
XIV asrning 40-yillaridan boshlab Chigʻatoy ulusining Sharqiy Turkiston va Yettisuv qismi qanday atala boshlagan? A) Dashti Qipchoq B) Moʻgʻuliston C) Oq Oʻrda D) Jete ulusi
Chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur qachon Moʻgʻuliston xoni deb e’lon qilingan? A) 1238-yil B) 1258-yil C) 1271-yil D) 1348-yil
Movoraunnahrda moʻgʻullar hukmronligi davriga oid Sayfiddin Boharziy va Bayonqulixon maqbaralari qaysi shaharda barpo etilgan? A) Samarqand B) Koʻhna Urganch C) Buxoro D) Qarshi
Moʻgʻullar hukmronligi davrida Movoraunnahrning qaysi shahrida ba-landligi 62 metrli ulugʻvor minora qad koʻtargan? A) Samarqand B) Buxoro C) Qarshi D) Koʻhna Urganch
Najmiddin Kubro va Toʻrabekxonim maqbaralari qaysi shaharda joylashgan? A) Urganch B) Xiva C) Koʻhna Urganch D) Buxoro
XIII asr oʻrtalarida Movoraunnahrning qaysi shahrida “Ma’sudiya” va “Xoniya” nomlari bilan shuhrat topgan madrasalar bino qilingan? A) Buxoro B) Koʻhna Urganch C) Samarqand D) Qarshi
Movoraunnahrda moʻgʻullar hukmronligi davrida rivoj topgan turkiy tildagi adabiyot qanday nom olgan? A) turkiy-dariy adabiyot B) chigʻatoy adabiyoti C) chigʻatoy gurungi D) tasavvuf adabiyoti
A.Temur tugʻilgan Xoʻja Ilgʻor qishlogʻi hozirda qayerga toʻgʻri keladi? A) Sariosiyo tumani B) Qamashi tumani C) Yakkabogʻ tumani D) Shahrisabz shahri
7uz-v28
Amir Temurning onasining ismi – bu ... A) Turkon xotun B) Takina xotun C) Gavharshodbegim D) Saroymulkxonim
Amir Temurning otasi Amir Taragʻay qaysi urugʻning oqsoqollaridan hisoblangan? A) barlos B) jaloyir C) kenagas D) doʻrmon
Amir Taragʻayning ajdodlari Movoraunnahrning qaysi viloyatlarida oʻz mulklariga ega boʻlganlar? A) Marv va Nasaf B) Kesh va Nasaf C) Buxoro va Samarqand D) Nasaf va Samarqand
A.Temur necha yoshligida otasi uni oʻqishga beradi? A) 4 B) 6 C) 7 D) 9
Dastlab Amir Temurning piri kim boʻlgan? A) Kamol Xoʻjandiy B) Shayx Shamsiddin Kulol C) Sayyid Baraka D) Shamsiddin Mahbubiy
Nechanchi yilda A.Temur Amir Joku Barlosning qizi Turmush ogʻoga uylanadi? A) 1352-yil B) 1355-yil C) 1358-yil D) 1370-yil
A.Temur qachon Qazogʻonning nabirasi, Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon ogʻoni nikohiga oladi? A) 1352-yil B) 1353-yil C) 1355-yil D) 1356-yil
Moʻgʻuliston xoni Tugʻluq Temur nechanchi yillarda Movoraunnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi? A) 1352-1353-yy. B) 1355-1356-yy. C) 1360-61-yy. D) 1361-1362-yy.
A.Temur Tugʻluq Temur yorligʻi bilan qaysi viloyat dorugʻasi etib tayinlanadi? A) Kesh B) Nasaf C) Balx D) Samarqand
Quyidagi qaysi atama moʻgʻulcha “nazoratchi”, “shahar boshligʻi” degan ma’noni beradi? A) bosqoq B) tavgʻach C) dorugʻa D) yom
Moʻgʻullar davlatida mahalliy hokimlar huzuridagi ulugʻ xoqon noibi, vakili – bu ... A) bosqoq B) dorugʻa C) tavgʻach D) dudong
Moʻgʻullar davlatida dorugʻa zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan? 1. Aholini roʻyxatga olish; 2. Mahalliy xalqdan qoʻshin toʻplash; 3. Pochta aloqalarini yoʻlga qoʻyish; 4. Soliqlar yigʻish; 5. Toʻplangan soliq-toʻlovlarni ulugʻ xoqon saroyiga yetkazish. A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 4, 5 D) 4, 5
Tugʻluq Temur kimni Movoraunnahr hukmdori etib tayinlab, Moʻgʻulistonga qaytib ketadi? A) A.Temur B) A.Husayn C) Ilyosxoʻja D) M.Samarqandiy
A.Temur va A.Husayn birgalikda nechanchi yilda Qunduz shahri yaqinida moʻgʻullar ustidan gʻalaba qozonadilar? A) 1362-yil B) 1363-yil C) 1364-yil D) 1365-yil
A.Temur va A.Husayn nechanchi yilda moʻgʻullarni Movoraunnahrdan quvib chiqaradilar? A) 1363-yil B) 1364-yil C) 1365-yil D) 1370-yil
“Loy jangi” qachon boʻlib oʻtgan? A) 1365-yil 22-may B) 1221-yil 25-noyabr C) 1220-yil 16-fevral D) 1370-yil 11-aprel
Toshkent va Chinoz oʻrtasidagi Chirchiq daryosi boʻyida Ilyosxoʻja hamda Amir Temur va Amir Husaynning birlashgan qoʻshini oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang tarixga qanday nom bilan kirgan? A) Muz ustidagi jang B) Loy jangi C) Uzun pichoqlar tuni D) Koʻprikdagi jang
Loy jangida gʻalaba qozongach, Ilyosxoʻja qaysi shaharlarni hech qanday qarshiliksiz egallaydi? A) Toshkent, Xoʻjand B) Xoʻjand, Oʻratepa C) Xoʻjand, Jizzax D) Samarqand, Jizzax
Samarqandda “Sarbadorlar qoʻzgʻoloni” nechanchi yilda boʻlib oʻtgan? A) 1363-yil B) 1364-yil C) 1365-yil D) 1370-yil
Movoraunnahrda sarbadorlar harakati qachon vujudga keldi? A) XIV asr 20-yy. B) XIV asr 40-yy. C) XIV asr 60-yy. D) XIV asr 80-yy.
Samarqand sarbadorlari rahbarlari nomi qaysi javobda keltirilmagan? A) A.Temur B) M.Samarqandiy C) Abu Bakr Kalaviy D) Xurdaki Buxoriy
Samarqand sarbadorlaridan qaysi birining kasbi mudarrislik boʻlgan? A) Mavlonzoda Samarqandiy B) Abu Bakr Kalaviy C) Xurdaki Buxoriy D) ular orasida mudarris boʻlmagan
Samarqand sarbadorlari rahbarlaridan Xurdaki Buxoriyning kasbi nima boʻlgan? A) mahalla oqsoqoli B) ipfurush C) mergan D) mudarris
Samarqand sarbadorlari rahbarlaridan qaysi biri shahar mahallalaridan birining oqsoqoli hisoblangan? A) Mavlonzoda Samarqandiy B) Abu Bakr Kalaviy C) Xurdaki Buxoriy D) ular orasida mahalla oqsoqoli boʻlmagan
Nima uchun Ilyosxoʻja avval Samarqandni, soʻngra esa butun Movoraunnahrni tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi? A) otlar orasida oʻlat tarqalib, otlar oʻla boshlaydi B) sarbadorlar moʻgʻullarga qaqshatqich zarba beradilar C) Temurbek va Amir Husayn birlashib Ilyosxoʻjaga zarba beradilar D) a va b javoblar toʻgʻri
Quyidagi tarixchilardan qaysi biri oʻz kitobida “Yo Olloh! Kambagʻalni badavlat kishiga aylantirding!” deb yozadi? A) Juzjoniy B) Juvayniy C) Ra-shiduddin Fazlulloh D) Sharafiddin Ali Yazdiy
Sarbadorlar rahbarlaridan Abu Bakr Kalaviy va Xurdaki Buxoriylar kimning buyrugʻiga koʻra dorga tortiladilar? A) Ilyosxoʻja B) Amir Husayn C) Tugʻluq Temur D) A.Temur
A.Temur sarbadorlar harakati rahbarlaridan kimning hayotini Amir Husayndan soʻrab oladi va oʻlimdan qutqarib qoladi? A) Abu Bakr Kalaviy B) Xurdaki Buxoriy C) M.Samarqandiy D) A.Temur bunday yoʻl tutmagan
1366-1370-yy. davomida A.Temur va ... oʻrtasida bir necha bor oʻzaro toʻqnashuvlar roʻy berdi. A) Ilyosxoʻja B) Hoji Barlos C) Amir Zinda Chashm D) Amir Husayn
1370-yil bahorda A.Temur butun qoʻshinlari bilan kimga qarshi yurishga otlanadi? A) Ilyosxoʻja B) Tugʻluq Temur C) Amir Husayn D) Toʻxtamish
Termiz yaqinidagi Biyo qishlogʻida taniqli ulamolardan kim Amir Temurga Oliy hokimiyat ramzi tabl bilan yalovbayroq tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan bashorat qiladi? A) Shayx Shamsuddin Kulol B) Ofoqxoʻja eshon C) Sayyid Baraka D) Bahouddin Naqshband
Balx shahri qachon Amir Temurga taslim boʻladi? A) 1365-yil 22-may B) 1370-yil, 10-aprel C) 1370-yil, 11-aprel D) 1395-yil 15-aprel
Amir Temur qachon Movoraunnahrning amiri deb e’lon qilinadi? A) 1363-yil B) 1361-yil C) 1362-yil D) 1370-yil
Amir Temur 1370-yil iyul oyida qaysi shaharda qurultoy chaqiradi? A) Kesh B) Qarshi C) Samarqand D) Balx
1370-yil iyul oyida Samarqandda A.Temur tomonidan chaqirilgan qurultoyda qatnashishdan bosh tortgan Shibirgʻon hokimi kim edi? A) Amir Husayn B) Amir Hizr Yasovuriy C) Amir Hoji Barlos D) Amir Zinda Chashm
Shibirgʻon viloyati Temurbek tomonidan qachon boʻysundirilgan? A) 1370-yil B) 1371-yil C) 1376-yil D) 1388-yil
7uz-v29
A.Temur Sharqiy Turkistondagi Moʻgʻuliston xonlariga zarba berib, qaysi hududlarni tasarrufiga oladi? 1. Xoʻtan; 2. Fargʻona; 3. Oʻtror; 4. Yassi; 5. Sayram; 6. Dashti Qipchoq. A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 6 C) 2, 3, 4, 5 D) 3, 4, 5
1381-yilda Amir Temur tomonidan egallangan hududlar koʻrsatilmagan javobni belgilang. A) Hirot B) Seiston C) Mozandaron D) Ozarbayjon
Xurosonning qaysi shaharlari Amir Temurga jangsiz boʻysunib, uning tasarrufiga oʻtadi? A) Hirot, Seiston, Mozandaron B) Saraxs, Jom, Qavsiya, Sabzavor C) Jom, Qavsiya, Kobul, Saraxs D) Mozandaron, Hirot, Kobul
Nechanchi yilda A.Temur tomonidan butun Movoraunnahr va Xuroson birlashtirilgan? A) 1370-yil B) 1371-yil C) 1381-yil D) 1388-yil
A.Temur saltanati bilan Oltin Oʻrda xonligi oraligʻida XIV asr 70-yy.da qanday davlat qaror topgan edi? A) Xorazm B) Oq Oʻrda C) Ozarbayjon D) Juzjoniya
Moʻgʻullar davrida Oltin Oʻrda tarkibiga kirgan Shimoliy Xorazm poytaxti qaysi shahar hisoblangan? A) Urganch B) Kat C) Xiva D) Tuproqqal’a
Chigʻatoy ulusi tarkibidagi Janubiy Xorazm poytaxti ... shahri hisoblangan. A) Urganch B) Kat C) Xiva D) Tuproqqal’a
Amir Temur 1372-yildan boshlab Xorazmga necha marta harbiy yurish qilgan? A) 3 marta B) 4 marta C) 5 marta D) 7 marta
Xorazm Amir Temur tomonidan qachon uzil-kesil boʻysundiriladi? A) 1372-yil B) 1378-yil C) 1381-yil D) 1388-yil
A.Temur 1372-1388-yy. oraligʻida qaysi hududga besh marta harbiy yurish uyushtiradi? A) Dashti Qipchoq B) Sharqiy Turkiston C) Xorazm D) Oltin Oʻrda
A.Temur qachon Movoraunnahr, Xuroson va Xorazmni toʻliq yagona markazlashgan davlatga birlashtirgan? A) 1370-yil B) 1372-yil C) 1381-yil D) 1388-yil
Toʻxtamishxon kimning harbiy-siyosiy koʻmagida Oltin Oʻrda taxtini egallaydi? A) Ilyosxoʻja B) Temurbek C) Tugʻluq Temur D) Chin Soʻfi
A.Temur Toʻxtamishga qarshi necha marta qoʻshin tortishga majbur boʻladi? A) 2 marta B) 3 marta C) 4 marta D) 5 marta
Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi boʻyidagi A.Temur va Toʻxtamish qoʻshinlari oʻrtasidagi soʻnggi shiddatli jang qachon boʻlib oʻtgan? A) 1372-yil B) 1370-yil 10 aprel C) 1381-yil D) 1395-yil 15-aprel
Terek daryosi boʻyidagi jang qancha vaqt davom etgan? A) 3 kun B) 1 hafta C) 10 kun D) 14 kun
Qaysi jangda A.Temur qoʻshini dushmanga qarshi otdan tushib, uni kamondan oʻqqa tutish usulini qoʻllaydi? A) Qunduzcha jangi B) Loy jangi C) Terek daryosidagi jang D) Anqara jangi
Rossiya tarixchilari Grekov va Yakubovskiylarning ta’kidlashicha, A.Temurning ... ustidan qozongan gʻalabasi faqat Oʻrta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi? A) Chingiz oʻgʻlon B) Toʻxtamish C) Boyazid D) Amir Husayn
A.Temur oʻz saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida qaysi mamlakatlar ustiga yurish qiladi? 1. Eron; 2. Hindiston; 3. Ozarbayjon; 4. Iroq; 5. Suriya; 6. Arabiston. A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 5, 6 D) 1, 2
A.Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq, Suriya ustiga necha marta askar tortadi? A) 2 marta B) 3 marta C) 4 marta D) 5 marta
A.Temurning uch yillik yurishlari qaysi yillarda boʻlib oʻtgan? A) 1381-1383-yy. B) 1383-1385-yy. C) 1385-1388-yy. D) 1386-1388-yy.
A.Temur Van koʻli atrofidagi yerlar (Armaniston)ni qaysi urushlari davomida egallagan? A) 3 yillik B) 5 yillik C) 7 yillik D) Boyazidga qarshi urush
A.Temurning 5 yillik urushlari qaysi yillarda boʻlib oʻtgan? A) 1386-1388-yy. B) 1385-1389-yy. C) 1390-1395-yy. D) 1392-1396-yy.
Muzaffariylar, jaloyiriylar sulolalarining ayirmachilik harakatlari A.Temurni qaysi mamlakatga qaytadan yurish qilishiga sabab boʻladi? A) Turkiya B) Eron C) Hindiston D) Kavkaz
A.Temur 1398-1399-yy.da qaysi mamlakatga yurish qiladi? A) Eron B) Hindiston C) Turkiya D) Arabiston
A.Temurning 7 yillik urushlari qaysi yillarda boʻlib oʻtgan? A) 1392-1395-yy. B) 1386-1388-yy. C) 1392-1396-yy. D) 1399-1404-yy.
A.Temur 7 yillik urushlari davomida quyidagi oʻlkalardan qaysi biriga yurish qilmagan? A) Eron B) Hindiston C) Old Osiyo D) Kichik Osiyo
A.Temur Usmonli turklar saltanati bilan oʻzaro ziddiyatlarni diplomatik yoʻl bilan hal qilish maqsadida ikki tomon oʻrtasida necha marta xat almashish tashabbuskori boʻladi? A) 2 marta B) 3 marta C) 4 marta D) 5 marta
Qoraqoʻyunlilar, muzaffariylar va jaloyiriylarning Temurbekka qarshi harakatlarini qoʻllab-quvvatlagan hukmdor kim edi? A) Sulton Boyazid B) Amir Husayn C) Toʻxtamish D) Ilyosxoʻja
Anqara jangi qachon boʻlib oʻtgan? A) 1395-yil 15-aprel B) 1365-yil 22-may C) 1402-yil 20-iyul D) 1402-yil 11-aprel
Anqara jangida har ikki tomondan jami qancha askar ishtirok etgan? A) 200 ming B) 160 ming C) 360 ming D) 400 ming
Anqara jangida Sulton Boyazid bilan birga uning qaysi oʻgʻli asirga tushadi? A) Avliyo Chalabiy B) Muso Chalabiy C) Iso Chalabiy D) Sulaymon Chalabiy
Amir Temur Oʻrtayer dengizi sharqiy sohilida joylashgan qaysi shaharni zabt etish orqali salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga zarba beradi? A) Bursa B) Izmir C) Edirne D) Manisa
Boyazid ustida qozonilgan gʻalaba bilan A.Temurni tabriklab, unga oʻz muboraknomalarini yuborgan Fransiya qiroli – bu ... A) Karl VI B) Genrix IV C) Genrix III D) Ioann VII
Fransiya qiroli Karl VI Valua qaysi yillarda hukmronlik qilgan? A) 1380-1402-yy. B) 1380-1420-yy. C) 1380-1422-yy. D) 1399-1413-yy.
Amir Temur bilan diplomatik aloqa oʻrnatgan Angliya qiroli kim edi? A) Karl VI B) Genrix IV C) Genrix III D) Ioann VII
Ingliz qiroli Genrix IV qaysi yillarda hukmdorlik qilgan? A) 1380-1422-yy. B) 1399-1413-yy. C) 1390-1407-yy. D) 1389-1402-yy.
7uz-v30
A.Temur bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan Genrix III qaysi davlat hukmdori edi? A) Vizantiya B) Kastiliya va Leon C) Angliya D) Fransiya
Kastiliya va Leon qiroli Genrix III Trastamara qaysi yillarda hukmronlik qilgan? A) 1380-1422-yy. B) 1399-1413-yy. C) 1390-1407-yy. D) 1389-1402-yy.
A.Temur qachon Xitoy yurishi sari safarga chiqadi? A) 1402-yil 20-iyul B) 1404-yil 25-noyabr C) 1404-yil 27-noyabr D) 1405-yil 18-fevral
A.Temur Xitoyga qarshi qancha qoʻshin bilan yoʻlga chiqqan edi? A) 160 ming B) 200 ming C) 260 ming D) 300 ming
A.Temur qachon vafot etgan? A) 1405-yil 18-fevral B) 1405-yil 9-fevral C) 1405-yil 14-fevral D) 1405-yil 9-aprel
A.Temur necha yil davomida mamlakatni boshqargan? A) 33 yil B) 35 yil C) 45 yil D) 47 yil
A.Temur tomonidan qaysi shaharlar qayta qurilgan? A) Bagʻdod, Darband, Baylakon B) Saroy Botu, Saroy Berka C) Samarqand, Kesh D) Qohira, Damashq, Bagʻdod
A.Temur qaysi oʻlkalardagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan Gʻarbni bogʻlovchi qadimiy karvon yoʻllarini tiklagan? A) Eron, Ozarbayjon B) Suriya, Iroq C) Eron, Iroq, Ozarbayjon D) Kavkaz, Eron, Hindiston
UNESCO tashkilotining tashabbusi bilan nechanchi yilda A.Temurning tavallud kuni keng miqyosda nishonlandi? A) 1991-yil B) 1995-yil C) 1996-yil D) 2006-yil
Nechanchi yil Oʻzbekistonda “Amir Temur yili” deb e’lon qilingan? A) 1991-yil B) 1993-yil C) 1995-yil D) 1996-yil
A.Temur saltanati boshqaruvi qaysi idoralardan iborat edi? A) dargoh, vazirlik B) qurultoy, amirlik C) kengash, vazirlik D) dargoh, kengash
Temur davlatida ijroiya hokimiyatini kim boshqargan? A) vaziri buzruk B) devonbegi C) qushbegi D) amir
Temur davlati devonida nechta vazir faoliyat yuritgan? A) 6 ta B) 5 ta C) 9 ta D) 12 ta
Temur saltanati devonida harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziridan tashqari sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan shugʻullanuvchi yana nechta vazir faoliyat yuritgan? A) 2 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 7 ta
Amir Temur Fors viloyati boshqaruvini kimga topshirgan? A) Mironshoh B) Pirmuhammad ibn Umarshayx C) Umarshayx D) Shohruh
A.Temur vasiyatiga koʻra quyidagi qaysi viloyat va oʻlkalar Shohruh Mirzoga beriladi? 1. Ozarbayjon; 2. Xuroson; 3. Fors; 4. Mozandaron; 5. Gʻarbiy Eron; 6. Ray; 7. Seiston. A) 1, 3, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5 C) 2, 4, 6, 7 D) 1, 3, 5, 7
Taqsimotga koʻra Sulton Mahmud Gʻaznaviy mulki Kobul va Qandahordan to Shimoliy Hindistongacha A.Temur vorislaridan kimga beriladi? A) Pirmuhammad Jahongir B) Ibrohim Sulton C) Mirzo Umar ibn Umarshayx D) Ulugʻbek Mirzo
Toshkent, Sayram, Oʻtror va Ashparadan to Xitoy chegarasigacha Temur vorislaridan kimga nasib etgan edi? A) Shohruh Mirzo B) Ulugʻbek Mirzo C) Ibrohim Sulton D) Mirzo Ulugʻbek
Fargʻona hududi Temur vasiyatiga koʻra kimning mulki hisoblangan? A) Mironshoh Mirzo B) Xalil Sulton C) Ibrohim Sulton D) Ulugʻbek Mirzo
Temur saltanatida hukmdor huzurida ovqat tortish ishlarini bajaruvchi shaxs qanday atalgan? A) bakovulboshi B) dasturxonchi C) xonsolar D) choshnagir
Temuriylar davrida lashkarga maosh va oziq-ovqat taqsimlash qaysi amaldor zimmasiga yuklatilgan? A) xonsolar B) tavochi C) bakovul D) bosh hojib
Temur lashkaridagi oʻn minglik boʻlinma qanday atalgan? A) keshik B) tuman C) xazora D) kanbul
A.Temur armiyasidagi minglik harbiy boʻlinma qanday atalgan? A) ayl B) qoʻshun C) xazora D) tuman
Yuz kishilik harbiy boʻlinma Temur qoʻshinida qanday atalgan? A) izofa B) qoʻl C) ayl D) qoʻshun
Temur lashkaridagi oʻn kishilik harbiy qismlar qanday atalgan? A) ayl B) qoʻshun C) kanbul D) xabargiri
Askariy qismlarni viloyatlardan toʻplash bilan qaysi mansabdagi amaldorlar shugʻullangan? A) tavochi B) dorugʻa C) bakovul D) jarchi
Harbiy yurishlar paytida Temur qoʻshinida xabarchilar boʻlinmasi ortidan qaysi harbiy boʻlinma harakatlangan? A) kanbul B) yasovul C) izofa D) manglay
Temur qoʻshinining avangard qismi qanday atalgan? A) qoʻl B) kanbul C) manglay D) izofa
Amir Temur lashkarida mavjud boʻlgan zaxira boʻlinma qanday atalgan? A) juvongʻor B) burongʻor C) izofa D) kanbul
A.Temur qoʻshini asosiy jangovar qismining oʻng qanoti qanday nomlangan? A) juvongʻor B) burongʻor C) izofa D) kanbul
Amir Temur qoʻshini asosiy jangovar qismining chap qanoti qanday nomlangan? A) juvongʻor B) burongʻor C) izofa D) kanbul
Temur lashkarlari yon tomonida harakatlanuvchi qoʻriqchi askariy boʻlinmalar qanday atalgan? A) juvongʻor B) qoʻl C) kanbul D) izofa
A.Temur qoʻshini necha qism (qoʻl)dan iborat edi? A) 3 B) 5 C) 6 D) 7
Qoʻshinni yetti qoʻlga boʻlib joylashtirish tartibini birinchi boʻlib Amir Temur joriy qilgani haqida qaysi tarixchi ma’lumot beradi? A) Nizomulmulk B) Sharafiddin Ali Yazdiy C) Mirxond D) Nizomiddin Shomiy
“... davlat ishlarining toʻqqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat bilan, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim” jumlasi kim tomonidan aytilgan? A) A.Temur B) J.Manguberdi C) Chingizxon D) M.Ulugʻbek
Amir Temur qaysi mamlakatdan yuzlarcha mohir gʻisht teruvchilarni Movoraunnahrga olib keladi? A) Misr B) Eron C) Hindiston D) Iroq
7uz-v31
Amir Temur dunyoning turli shaharlarida turli imoratlar qurdirgan. Qaysi javobda shaharlar ularda qurdirilgan imoratlar bilan muvofiq tarzda beril-gan? 1. Tabriz; 2. Sheroz; 3. Bagʻdod; 4. Turkiston. a) maqbara b) masjid c) saroy d) madrasa A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b B) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a D) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b
A.Temur qaysi shaharda otasi va oʻgʻli Jahongir qabri ustiga maqbara qurdirib, katta jome masjidi bunyod ettirgan? A) Shahrisabz B) Samarqand C) Turkiston D) Qarshi
Dunyoga dongʻi ketgan mashhur Oqsaroy A.Temur tomonidan qaysi sha-harda barpo etilgan? A) Turkiston B) Shahrisabz C) Samarqand D) Termiz
Temurbek tomonidan bino qilingan imoratlardan qaysi biriga “Agar biz-ning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq!” degan xitobnoma bitilgan? A) Ahmad Yassaviy maqbarasi B) Oqsaroy C) Goʻri Amir D) Bibixonim masjidi
Qaysi javobda XIV asrdagi Samarqand shahri darvozalaridan birining no-mi berilmagan? A) Chorsu B) Ohanin C) Soʻzangaron D) Kamolon
Samarqand shahrida A.Temur tomonidan qurilgan Koʻksaroy qasri necha qavatdan iborat? A) 3 qavat B) 4 qavat C) 5 qavat D) 7 qavat
Ispaniya elchisi Klavixo nechanchi yilda Samarqandga kelgan? A) 1402-yil B) 1403-yil C) 1404-yil D) 1405-yil
Tuzilishiga koʻra A.Temur bogʻlari necha turga boʻlinadi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
Bogʻi Dilkusho Samarqand shahrining qaysi tomonida joylashgan? A) sharq B) janub C) gʻarb D) shimoli-sharq
A.Temur bogʻlaridan qaysi birining ichki hovlisida tugʻlar bilan bezatil-gan olti fil haykallari safga terilgan? A) Bogʻi Shamol B) Bogʻi Dilkusho C) Bogʻi maydon D) Bogʻi Bihisht
A.Temur Ispaniya elchisi Klavixoni qaysi bogʻda qabul qilgan? A) Bogʻi Baland B) Davlatobod C) Bogʻi Dilkusho D) Bogʻi Nav
Nima uchun A.Temur Genuya va Venetsiyaga sovgʻa-salomlar hamda maktublar bilan elchilar yuboradi? A) Boyazid bilan jangda betaraf qolishga koʻndirish uchun B) Oʻrtayer dengizidagi savdoda ishtirok etish uchun C) Boyazid bilan toʻqnashuvda harbiy kemalar bilan yordam berish iltimosi bi-lan D) A.Temur Genuya va Venetsiyaga elchilar yubormagan
Oʻzaro yordam masalasida A.Temur bilan yozishmalar olib borgan Konstantinopol noibi kim edi? A) Genrix III de Trastamara B) Ioann VII Paleolog C) Karl VI D) Genrix IV
Oʻrta asrlarda genuyaliklar qaysi mamlakat fuqarolari hisoblanishgan? A) Angliya B) Fransiya C) Ispaniya D) Daniya
Amir Temur elchilari Parijga qachon yetib borgan? A) 1402-yil avgust B) 1402-yil 15-may C) 1402-yil 20-iyul D) 1403-yil may
Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida qaysi temuriy shahzoda faol qatnashgan? A) Mironshoh B) Umarshayx C) Jahongir Mirzo D) Pirmuhammad
Qaysi temuriy shahzoda yevropa mamlakatlari bilan o;zaro aloqalarni jonlantirish maqsadida nasroniy ruhoniylarga xayrixohlik bildirib, savdo-garlarning daxlsizligini ta’minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshir-gan? A) Umarshayx B) Jahongir C) Shohruh D) Mironshoh
Gʻarbda “katolik dinining homiysi” sifatida shuhrat qozongan temuriy shahzoda – bu ... A) Umarshayx B) Pirmuhammad C) Abu Said D) Miron-shoh
A.Temur kimni Ispaniyaga oʻz vakili sifatida joʻnatgan? A) Muham-madqozi B) Badriddin Qozixon C) Abdurazzoq Samarqandiy D) Ardasher
Samarqanddan joʻnab ketgan Klavixo boshliq Ispaniya elchilari qachon Ispaniyaga yetib boradilar? A) 1405-yil mart B) 1405-yil oktabr C) 1406-yil mart D) 1406-yil avgust
Klavixoning Samarqandga safar taassurotlari qaysi nomlar ostida chop etilgan? 1. “Buyuk Temur tarixi”; 2. “Temur qarorgohi”; 3. “Samarqandga sayohat kundaligi”. A) 3 B) 1, 2, 3 C) 2, 3 D) 1, 2
A.Temur qaysi shaharda vafot etadi? A) Xoʻjand B) Turkiston C) Oʻtror D) Xoʻtan
A.Temur vafoti oldidan kimni taxt vorisi etib tayinlagan? A) Miron-shoh B) Jahongir C) Pirmuhammad D) Shohruh
Temurning valiahdi Pirmuhammad qaysi oʻlkalar hukmdori edi? A) Fors, Iroqi Ajam, B) Kobul, Qandahor, Hindiston C) Ozarbayjon, Armanis-ton D) Xuroson, Hirot, Mozandaron
1405-yil 18-mart kuni Samarqandni egallab, oʻzini Movoraunnahr hukmdori deb e’lon qilgan temuriy shahzoda – bu ... A) Ibrohim Sulton B) Xalil Sulton C) Sulton Husayn D) Umarshayx Mirzo
Xalil Sultonga qarshi birinchi boʻlib bosh koʻtargan Amir Xudoydod bi-lan Shayx Nuriddin qaysi viloyatlar hokimi edilar? A) Sayram va Xoʻjand B) Fargʻona va Turkiston C) Turkiston va Sayram D) Fargʻona va Xoʻjand
T.Temur vafoti munosabati bilan Movoraunnahrda temuriylar oʻrta-sida boshlangan oʻzaro sulolaviy kurashlar natijasida Sirdaryodan shimoldagi vi-loyatlar kimning tasarrufida qoladi? A) Amir Xudoydod Husayniy B) Amir Berdibek C) Amir Idiku D) Shayx Nuriddin
Temur vafot etgach boshlangan kurashlar oqibatida Amir Xudoydod Hu-sayniy qaysi viloyatlarni egallab oladi? A) Turkiston, Sabron B) Oʻtror, Sayram C) Oʻratepa, Fargʻona D) Turkiston, Fargʻona
Temur vafotidan koʻp oʻtmay Xorazm kim tomonidan bosib olinadi? A) Amir Idiku B) Amir Xudoydod Husayniy C) Amir Berdibek D) Pir Ali Toz
1407-yil 22-fevralda vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qoʻlida halok boʻlgan temuriy shahzoda – bu ... A) Abu Bakr Mirzo B) Pirmuhammad C) Umarshayx Mirzo D) Sulton Husayn Mirzo
1408-yil 22-aprelda qoraqoʻyunli turkmanlarning qabila boshligʻi Qora Yusuf bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan temuriyzoda – bu ... A) Umar-shayx B) Pirmuhammad C) Mironshoh D) Sulton Husayn Mirzo
Mironshoh Mirzoning halok boʻlishi bilan qaysi oʻlkalar temuriylar qoʻ-lidan ketadi? A) Iroq, Ozarbayjon B) Armaniston, Gurjiston C) Suriya, Iroq D) Ozarbayjon, Gʻarbiy Eron
Amir Xudoydod nechanchi yilda Oʻratepa va Shohruhiya shaharlarini osongina qoʻlga kiritib, Samarqand tomonga askar tortadi? A) 1407-yil B) 1408-yil C) 1409-yil D) 1410-yil
Temur vafot etgach, qaysi temuriyzoda Movoraunnahrdagi beboshliklar-ga chek qoʻyib, Movoraunnahr va Xurosonda tinchlik oʻrnatadi? A) Xalil Sulton B) Mironshoh C) Shohruh D) Ulugʻbek
Shohruh tomonidan Movoraunnahr va Turkistonga hokim etib tayinlan-ganda Mirzo Ulugʻbek necha yoshda boʻlgan? A) 12 yosh B) 13 yosh C) 14 yosh D) 15 yosh
M.Ulugʻbek nechanchi yilda otasi Shohruh tomonidan Movoraunnahr va Turkiston hokimi etib tayinlanadi? A) 1408-yil B) 1409-yil C) 1410-yil D) 1412-yil
7uz-v32
Shohruh nechanchi yilda 15 yoshli M.Ulugʻbekni Movoraunnahr va Tur-kiston hokimi etib tayinlaydi? A) 1409-yil B) 1410-yil C) 1414-yil D) 1413-yil
M.Ulugʻbek qaysi yillarda yashagan? A) 1393-1447-yy. B) 1394-1449-yy. C) 1393-1449-yy. D) 1394-1447-yy.
Dastavval M.Ulugʻbek hokimiyati chegaralari qaysi viloyatlar bilan che-garalangan edi? 1. Buxoro; 2. Balx; 3. Nasaf; 4. Fargʻona; 5. Samarqand. A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 5
1409-yilda Movoraunnahrda Shohruh tomonidan siyosiy barqarorlik tik-langach, Fargʻonadan to Oʻzgangacha boʻlgan hududlar kimga berilgan edi? A) Muhammad Jahongir B) Amirak Ahmad C) Shayx Nuriddin D) Chingiz Oʻgʻlon
Shohruh tomonidan Muhammad Jahongir ixtiyoriga berilgan hudud qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) Fargʻona B) Oʻzgan C) Turkiston D) Hisori Shodmon
XV asr boshlarida na Ulugʻbekni, na Shohruh hokimiyatini tan olmagan Turkiston hokimi kim edi? A) Amirak Ahmad B) Shayx Nuriddin C) Chin-giz Oʻgʻlon D) Muhammad Jahongir
Turkiston hokimi Shayx Nuriddin nechanchi yilda Muhammad Jahongir, Yangi va Sayram viloyatlarining hokimi Amir Abdulxoliq hamda oq oʻrda-lik xonzodalardan Chingiz Oʻgʻlonlar bilan ittifoq tuzib, temuriylarga qarshi isyon koʻtaradi? A) 1409-yil B) 1410-yil C) 1413-yil D) 1414-yil
1410-yil 20-apreldagi Turkiston hokimi Shayx Nuriddin boshliq isyon-chilar va M.Ulugʻbek qoʻshinlari oʻrtasidagi jang qayerda boʻlib oʻtgan? A) Konigil mavzayida B) Gʻijduvon yaqinida C) Chirikrabot mavzeyida D) Qizilravot mavzeyida
1410-yilda Shayx Nuriddindan magʻlubiyatga uchragan Mirzo Ulugʻbek qayerga chekinadi? A) Buxoro B) Samarqand C) Kalif D) Hirot
Nechanchi yildan boshlab Movoraunnahr va Turkistonni boshqarish 18 yashar Ulugʻbek qoʻliga oʻtadi? A) 1409-yil B) 1410-yil C) 1412-yil D) 1413-yil
Mirzo Ulugʻbek 1414-yilda egallagan hududlar qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan? A) Fargʻona, Xoʻjand B) Toshkent, Turkiston C) Fargʻona, Qoshgʻar D) Fargʻona, Oʻzgan
Nechanchi yilda Shohruh tomonidan Xorazm Oltin Oʻrda tasarrufidan qaytarib olinadi? A) 1410-yil B) 1412-yil C) 1413-yil D) 1414-yil
Ulugʻbek nechanchi yilda Moʻgʻulistonga qarshi yurish boshlaydi? A) 1414-yil B) 1415-yil C) 1420-yil D) 1425-yil
Shohruh Mirzo nechanchi yilda vafot etadi? A) 1425-yil B) 1445-yil C) 1447-yil D) 1449-yil
Shohruh vafot etgach, Xuroson taxtini kim egallaydi? A) Ulugʻbek B) Boysungʻur C) Alouddavla D) Abdullatif
Nechanchi yilda Ulugʻbek va Abdullatifning 90 ming kishilik birlashgan qoʻshini Hirotga yurish qiladi? A) 1446-yil B) 1447-yil C) 1448-yil D) 1449-yil
Ulugʻbek tomonidan Hirotda hokim qilib qoldirilgan Abdullatif qancha muddat hokimlik qilgan? A) 15 kun B) 1 oy C) 3 oy D) 6 oy
Abdullatif Hirot shahrini Abulqosim Bobur qoʻshiniga jangsiz topshirib qochgach, Ulugʻbek tomonidan qaysi shaharga hokim etib tayinlanadi? A) Kobul B) Balx C) Toshkent D) Termiz
Ulugʻbek 1448-yilda Xurosonga yurishi chogʻida Samarqandga vaqtin-cha kimni hokim etib qoldiradi? A) Abdulaziz B) Ali C) Abdullatif D) Mi-ronshoh Qavchin
Abdullatif va Ulugʻbek qoʻshinlari oʻrtasidagi hal qiluvchi jang qachon va qayerda boʻlib oʻtadi? A) 1448-yil, Qizilravot mavzeyi B) 1449-yil, Tar-nob yaqinida C) 1449-yil, Damashq qishlogʻi yaqinida D) 1449-yil, Gʻuzor
Shahar darvozalarini berkitib, Ulugʻbekni ichkariga kirishga qoʻymagan Samarqand hokimi kim edi? A) Mironshoh Qavchin B) Abulqosim Bobur C) Shamsiddin Muhammad Miskin D) Abdulaziz
Ulugʻbekning oʻldirilishiga qattiq qarshilik qilgan Samarqand shahri qozisi kim edi? A) Muhammad Qavchin B) Shamsiddin Muhammad Miskin C) Shayx Abulmakorim D) Badriddin Qozixon
Mirzo Ulugʻbek nechanchi yilda fojiali tarzda halok boʻladi? A) 1447-yil B) 1448-yil C) 1449-yil D) 1450-yil
Ulugʻbek Movoraunnahrni necha yil idora qilgan? A) 30 yil B) 35 yil C) 40 yil D) 42 yil
Temuriylardan kim mamlakat fuqarolari tomonidan “padarkush” deb la’natlangan? A) Abdullatif B) Ulugʻbek C) Abdulaziz D) Abu Said
Abdullatif saroy fitnasida oʻldirilgach, uning boshi qaysi imorat peshto-qiga osib qoʻyilgan? A) Ulugʻbek rasadxonasi B) Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasi C) Buxorodagi Ulugʻbek madrasasi D) Gʻijduvondagi Ulugʻbek madrasasi
Abdullatif qatl etilgach, Movoraunnahrda qoʻsh hokimiyatchilik vujud-ga keladi. Quyidagi qaysi javobda hukmdorlar nomi taxtga koʻtarilgan shah-ri bilan muvofiq tarzda berilgan? A) Samarqandda Abdulaziz, Buxoroda Abu Said B) Buxoroda Mirzo Abdullo, Samarqandda Abu Said C) Samar-qandda Mirzo Abdullo, Buxoroda Abu Said D) Samarqandda Abu Said, Bu-xoroda Abulqosim Bobur
Nechanchi yilda Abu Said Dashti Qipchoq hukmdori Abulxayrxon yor-damida Mirzo Abdulloni yengib, Samarqandni egallaydi va butun Movora-unnahrga hokim boʻlib oladi? A) 1449-yil B) 1450-yil C) 1451-yil D) 1457-yil
Movoraunnahrda hokimiyat Abu Said qoʻliga oʻtgan paytda Xurosonda kim hukmronlik qilgan? A) H.Boyqaro B) A.Bobur C) Badiuzzamon D) A.Navoiy
1451-yilda Samarqandda hokimiyat tepasiga kelgan Sulton Abu Said A.Temur vorislaridan kimning avlodi edi? A) Jahongir B) Mironshoh C) Umarshayx D) Shohruh
Shohruh vafotidan soʻng Xuroson necha qismga boʻlinib ketadi? A) 3 qism B) 4 qism C) 8 qism D) 11 qism
Xuroson hukmdori A.Bobur qachon vafot etgan? A) 1441-yil B) 1451-yil C) 1457-yil D) 1469-yil
Abu Said nechanchi yilda Hirot taxtini egallab, temuriylar saltanatining har ikki qismini birlashtirishga muvaffaq boʻladi? A) 1449-yil B) 1451-yil C) 1457-yil D) 1469-yil
A.Bobur vafotidan soʻng Xorazmni kim egallab oladi? A) Chin Soʻfi B) Chingiz Oʻgʻlon C) Abu Said D) Sulton H.Boyqaro
Sulton H.Boyqaro Temur vorislaridan qaysi birining avlodi hisoblan-gan? A) Jahongir B) Umarshayx C) Mironshoh D) Shohruh
Sulton Abu Said nechanchi yilda turkmanlarga qarshi jangda halok boʻ-ladi? A) 1457-yil B) 1461-yil C) 1465-yil D) 1469-yil
7uz-v33
Sulton Husayn Boyqaro qachon Hirotni egallagan? A) 1451-yil B) 1457-yil C) 1463-yil D) 1469-yil
Sulton Abu Said vafotidan soʻng Samarqand taxtiga kim oʻtiradi? A) Abulxayrxon B) Sulton Ahmad C) Sulton Mahmud D) Bobur Mirzo
Abu Saidning oʻgʻli Sulton Ahmad Movoraunnahrda qaysi yillarda hukm-ronlik qilgan? A) 1469-1507-yy. B) 1469-1494-yy. C) 1469-1480-yy. D) 1469-1495-yy.
1494-1495-yy.da temuriylardan kim Movoraunnahrni boshqargan? A) Bobur Mirzo B) Sulton Ahmad C) Sulton Mahmud D) Sulton Ali
Sulton Ali Mirzo Samarqand taxtini qaysi yillarda boshqargan? A) 1469-1494-yy. B) 1494-1495-yy. C) 1495-1498-yy. D) 1498-1500-yy.
Hirot hukmdori Abulqosim Bobur 1454-yilda Movoraunnahrga bostirib kirib, Samarqandni qamalga olganda kim oʻrtaga tushib raqiblarni yarashti-radi? A) Abulxayrxon B) Sulton H.Boyqaro C) Xoja U. Ahror D) A.Jomiy
Qariyb 40 yil hukm surgan temuriylarning soʻnggi yirik hukmdori kim edi? A) Umarshayx Mirzo B) Ulugʻbek C) Shohruh D) Husayn Boyqaro
A.Navoiy va H.Boyqaro bolalik chogʻlarida Xuroson hukm-dorlaridan kimning xizmatida boʻlganlar? A) Shohruh Mirzo B) Abdullatif Mirzo C) Abulqosim Bobur Mirzo D) Alouddavla
A.Bobur vafotidan soʻng A.Navoiy va H.Boyqaro necha yil boshqa-boshqa shaharlarda yashaganlar? A) 10 yil B) 12 yil C) 14 yil D) 20 yil
Oʻziga nisbatan Sulton Abu Saidda adovat kayfiyatini sezib qolgan A.Navoiy qaysi shaharga borib, ma’lum vaqt u yerda yashashga majbur boʻ-ladi? A) Yazd B) Mashhad C) Buxoro D) Samarqand
A.Navoiy Samarqandda kimdan saboq oladi? A) Xoja Ubaydulloh Ahror B) Fazlulloh Abullays Samarqandiy C) D.Samarqandiy D) A.Jomiy
H.Boyqaro Hirot taxtini egallagach, A.Navoiyni dastlab qaysi lavozimga tayinlagan edi? A) bosh vazir B) vazir C) amir ul-umaro D) muhrdor
XV asrda qayta tiklangan qaysi qadimgi kanal orqali kam suvli Qashqa-daryo vohasiga qoʻshimcha suv chiqarilgan? A) Dargʻom B) Angor C) Obi-rahmat D) Xoja Kaab
Temuriylardan qaysi hukmdor davrida Buxoro vohasi janubi-sharqiy chegarasiga yondashgan Somonjuq dashtiga suv chiqarilib, yangi yerlar oʻzlashtirilgan? A) Ulugʻbek B) Abu Said C) Sulton Ahmad D) Sulton Mah-mud
Murgʻob vohasi bosh toʻgʻoni – Sultonband qaysi temuriy hukmdor to-monidan tiklangan? A) Shohruh B) Ulugʻbek C) Abu Said D) H.Boyqaro
Qaysi temuriy hukmdor hukmronligi yillarida Marviruddan yangi kanal chiqarilib, kattagina yer maydoni sugʻorilib obod etilgan? A) Shohruh B) Ulugʻbek C) Abu Said D) Husayn Boyqaro
XV asrda kimning tashabbusi bilan Tus viloyati yuqori qismida Turuq-band suv ombori qurdirilgan? A) Ulugʻbek B) A.Bobur C) A.Navoiy D) H.Boyqaro
XV asrda Movoraunnahr va Xurosonda yer egaligining necha xil shakli boʻlgan? A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
Temuriylar davlatida davlat yerlari qanday atalgan? A) mulki devoniy B) amlok C) mulki sultoniy D) podshohi
Langarxona – bu ... A) shaharga kirish darvozasi darvozaxonasi B) qu-rol-yarogʻ ombori C) musofirxona D) hukmdor saroyiga kirishdagi meh-monxona
Temuriylar davlatida yer egaligi tizimidagi qaysi yerlardan hosilning 1/10 qismi miqdorida ushr soligʻi olingan? A) mulki devoniy B) mulk C) mulki vaqf D) jamoa yerlari
Toq – nima? A) musofirxona B) usti gumbazli bozor C) saroy darvoza-xonasi D) hunarmandchilik rastasi
Temuriylar davlatida qaysi shaharlarda zargarlik rivojlangan? A) Ur-ganch, Xiva B) Hirot, Mashhad C) Buxoro, Samarqand D) Samarqand, Hi-rot
Temuriylar davriga oid qaysi memoriy obida hovlisiga Qur’onni qoʻyish uchun ulkan tosh lavh oʻrnatilgan? A) Goʻri Amir maqbarasi B) Ulugʻbek madrasasi C) Bibixonim masjidi D) Oqsaroy
XV asrda Movoraunnahrda gʻisht terib, imorat qaddini bino qiluvchilar ... deb atalgan. A) ustoz B) usta C) banno D) ustazoda
XV asrda Movoraunnahrning qaysi shahrida shishasozlar mahallasi boʻl-gan? A) Shahrisabz B) Buxoro C) Urganch D) Samarqand
XV asrda Oʻrta Osiyodagi qaysi shahar oʻz qogʻozi bilan mashhur sanal-gan? A) Buxoro B) Qarshi C) Shahrisabz D) Samarqand
Qaysi temuriy hukmdorlar Xitoy bilan muntazam elchilar almashib tu-rishgan? 1. Husayn Boyqaro; 2. Abu Said; 3. Shohruh; 4. Abulqosim Bobur; 5. Ulugʻbek. A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 3, 5 D) 2, 4
Nechanchi yilda Ardasher boshliq Shohruh elchilari Xitoyda boʻladilar? A) 1413-yil B) 1414-yil C) 1418-yil D) 1429-yil
1419-yilda qaysi davlatdan Samarqand va Hirotga elchilar kelib, Ulugʻ-bek va Shohruh nomiga oʻzaro doʻstlik munosabatlarini rivojlantirish xusu-sidagi takliflar yozilgan maktub va katta sovgʻa-salomlarni topshiradilar? A) Kiyev Rusi B) Xitoy C) Hindiston D) Eron
Nechanchi yilda Shohruh va Ulugʻbek oʻz elchilari bilan birga 530 nafar savdogardan iborat savdo karvonini Xitoyga joʻnatadilar? A) 1418-yil B) 1419-yil C) 1420-yil D) 1425-yil
1421-yilda qaysi mamlakatdan Buxoro va Samarqandga elchilar kelgan? A) Tibet B) Xitoy C) Hindiston D) Eron
1441-1442-yy.da Shohruh Hindistonga Vijayanagar saroyiga qaysi ta-rixchi olim boshchiligida elchilar yuboradi? A) Sharafiddin Ali Yazdiy B) Mirxond C) Xondamir D) A. Samarqandiy
Kermon, Xurmuzd va Fors qoʻltigʻi orqali Hindistonga qilgan sayohatini yozib qoldirgan temuriylar davri tarixchisi – bu ... A) Xondamir B) Shara-fiddin Ali Yazdiy C) Mirxond D) A. Samarqandiy
Mirzo Ulugʻbek nechanchi yilda fulusiy pullar islohotini amalga oshir-gan? A) 1425-yil B) 1427-yil C) 1428-yil D) 1430-yil
Qaysi temuriy hukmdor tomonidan zarb etilgan tangalar xalq orasida “fulusi adliya”, ya’ni “adolatli chaqa” nomi bilan shuhrat topgan? A) Shoh-ruh B) Ulugʻbek C) A. Bobur D) H. Boyqaro
7uz-v34
Temuriy hukmdorlardan qaysi biri tashqi savdodan davlat xazinasiga tu-shadigan daromadni koʻpaytirish maqsadida tamgʻa soligʻini birmuncha oshirgan? A) Shohruh B) Ulugʻbek C) A.Bobur D) Abu Said
Ulugʻbek farmoni bilan 1417-yilda qaysi shaharda madrasa qurilgan? A) Samarqand B) Urganch C) Buxoro D) Gʻijduvon
Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasi qachon qurilgan? A) 1417-yil B) 1420-yil C) 1430-yil D) 1433-yil
1433-yilda qaysi shaharda Ulugʻbek madrasasi qad koʻtargan? A) Gʻijdu-von B) Shahrisabz C) Samarqand D) Buxoro
Temuriylar davriga oid qaysi imorat peshtoqiga “Bilim olish har bir mu-sulmon ayol va erkakning burchidir” degan mazmundagi xitobnoma bitil-gan? A) Oqsaroy B) Ahmad Yassaviy maqbarasi C) Samarqanddagi Ulugʻ-bek madrasasi D) Buxorodagi Ulugʻbek madrasasi
Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasi nechta hujradan iborat boʻlgan? A) 40 B) 50 C) 70 D) 100
Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasida oʻsha davrning iqtidorli olimlari-dan kim yetakchi mudarris hisoblangan? A) Gʻiyosiddin Jamshid al-Koshiy B) Shamsiddin Muhammad Miskin C) Shamsiddin Muhammad Havofiy D) Qozizoda Rumiy
Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasida ilmi hay’at (astronomiya)dan kim dars bergan? A) Qozizoda Rumiy B) Gʻiyosiddin Jamshid al-Koshiy C) Ali Qushchi D) Shamsiddin Muhammad Havofiy
Ulugʻbek rasadxonasi qaysi yillarda qurilgan? A) 1420-1424-yy. B) 1425-1430-yy. C) 1424-1429-yy. D) 1429-1433-yy.
Ulugʻbek rasadxonasining balandligi qancha boʻlgan? A) 27 m B) 31 m C) 40 m D) 62 m
Ulugʻbek rasadxonasining asosiy oʻlchov asbobi – ulkan sekstant qaysi olim boshchiligida oʻrnatilgan? A) Gʻiyosiddin Jamshid al-Koshiy B) Ali Qushchi C) Qozizoda Rumiy D) Shamsiddin Muhammad Havofiy
Ulugʻbek rasadxonasi qoshidagi kutubxonada qancha kitob saqlangan? A) 5 ming jild B) 10 ming jild C) 15 ming jild D) 20 ming jild
Ulugʻbek rasadxonasi joylashgan mavze mahalliy aholi oʻrtasida qanday nom bilan shuhrat topgan? A) Chinnixona B) Bogʻi Maydon C) Naqshi Ja-hon D) Dor ul-ilm
Ulugʻbek akademiyasi a’zolaridan qaysi biri “Aflotuni zamon” deb nom olgan edi? A) Ali Qushchi B) Qozizoda Rumiy C) Gʻiyosiddin Jamshid al-Koshiy D) Shamsiddin Muhammad Havofiy
Quyidagi olimlardan qaysi biri “oʻz davrining Ptolemeyi” deb nom ol-gan? A) M.Ulugʻbek B) Gʻ.J.al-Koshiy C) A.Qushchi D) al-Fargʻoniy
Osmon jismlari tadqiqoti uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu muassasa joylashgan bino – bu ... A) akademiya B) rasadxona C) sanad D) sekstant
Ulugʻbek rasadxonasida olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli nechta qoʻzgʻalmas yulduzlarning oʻrni va holati aniqlanib, ularning astro-nomik jadvali tuziladi? A) 873 ta B) 1029 ta C) 1018 ta D) 1081 ta
“Ziji jadidi Koʻragoniy” asarining muallifi kim? A) Xorazmiy B) Far-gʻoniy C) Beruniy D) Ulugʻbek
“Tarixi arba’ ulus” (“Toʻrt ulus tarixi”) tarixiy asarining muallifini aniq-lang. A) Xondamir B) Mirxond C) A.Navoiy D) M.Ulugʻbek
Ulugʻbek musiqa ilmiga bagʻishlangan nechta risola yozgan? A) 3 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 9 ta
“Ulugʻbek Samarqandda boʻlib akademiya yaratdi, Yer sharini oʻlchash-ni buyurdi va astronomiyaga oid jadvallarni tuzishda ishtirok etdi” deb yoz-gan mashhur fransuz faylasufi, yozuvchi va tarixchi olimi kim edi? A) I.Kant B) O.Kont C) D.Didro D) Volter
Mashhur xattot Mirali Tabriziy qaysi yillarda yashagan? A) 1330-1404-yy. B) 1336-1405-yy. C) 1432-1520-yy. D) 1366-1465-yy.
Nasta’liq deb nomlangan yangi uslubdagi husnixatni kashf qilgan mash-hur xattot nomini aniqlang. A) M.Muzahhib B) M.Tabriziy C) M.Naqqosh D) S.Mashhadiy
Husayn Boyqaroning “Bogʻi Jahonoro” bogʻidagi saroy devorlaridagi bitiklar, Husayn Boyqaro qabrtoshidagi lavha qaysi xattot tomonidan oʻyib yozilgan? A) M.Tabriziy B) M.Muzahhib C) S.Mashha-diy D) M.Naqqosh
Temuriylar davrida yashagan husnixat ustalaridan qaysi biri xattotlik san’ati turlari haqida maxsus asar ham yozgan? A) M.Tabriziy B) M.Mu-zahhib C) S.Mashhadiy D) M.Naqqosh
“Qiblat ul-quttob” (“Kotiblar qiblasi”) va “Sulton al-xattotin” (“Xattot-lar sultoni”) nomlari kimga berilgan? A) K.Behzod B) M.Tabriziy C) A.Na-voiy D) S.Mashhadiy
Nechanchi yilda Hirotdagi Mirzo Boysungʻur kutubxonasida Firdavsiy-ning mashhur “Shohnoma” dostoni koʻchirtirilib, turli mazmun va manzara-li rangdor miniaturalar bilan bezatiladi? A) 1425-yil B) 1427-yil C) 1429-yil D) 1440-yil
A.Navoiyning hassaga tayangan, qomati birmuncha bukchaygan, qa-rashlarida ham horgʻinlik alomatlari, ham ulugʻvorlik va olijanoblik koʻzga yaqqol tashlanib turgan siymosi qaysi rassom tomonidan yaratilgan? A) K.Behzod B) M.Muzahhib C) A.Xotifiy D) M.Naqqosh
Musavvirlikda “Hirot maktabi” deb nomlangan yangi ijodiy uslub asos-chisi kim edi? A) K.Behzod B) M.Muzahhib C) A.Xotifiy D) M. Naqqosh
XIV-XV asrlarda yashab ijod qilgan mutafakkir va shoirlardan kimlar mohir musiqachilar qatorida musiqa san’ati bilan shugʻullanib, uning rivoji-ga ma’lum darajada hissa qoʻshganlar? 1. Navoiy; 2. Ulugʻbek; 3. Lutfiy; 4. Jomiy; 5. Binoiy. A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 2 D) 1, 2, 4, 5
Navoiy tomonidan yaratilgan kuy nomi qaysi javobda berilgan? A) “Is-fahoniy” B) “Usuli otligʻ” C) “Tabriziy” D) “Usuli ravon”
XV asrda yashab ijod etgan shoirlardan kimlar musiqa nazariyasiga doir asarlar yaratganlar? A) Navoiy, Jomiy B) Lutfiy, Navoiy C) Jomiy, Binoiy D) Jomiy, Lutfiy
“Yusuf va Zulayho” dostoni temuriylar davrida ijod qilgan qaysi shoir tomonidan qayta ishlangan edi? A) Atoiy B) Durbek C) Lutfiy D) Amiriy
Shoir Mavlono Lutfiy qaysi yillarda yashagan? A) 1330-1404-yy. B) 1336-1405-yy. C) 1432-1520-yy. D) 1366-1465-yy.
Navoiy nechta yirik badiiy asar yozgan? A) 20 dan ortiq B) 30 dan ortiq C) 40 dan ortiq D) 50 dan ortiq
Kimning fikricha, tarix fani shohlar, hukmdorlar tarjimayi holini emas, balki mamlakat tarixini oʻrganishi kerak? A) Jomiy B) Lutfiy C) Navoiy D) Ulugʻbek