NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSTETI
O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI YO’NALISHI
O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
Fan: Hozirgi o’zbek adabiy tili
KURS ISHI
Mavzu: Maqsud Shayxzoda navoiyshunos olim.
Bajardi: 303-guruh talabasi
Xalimova Mahliyo
Ilmiy rahbar: _______________________
Toshkent-2023
Mundarija:
Kirish ………………………………………………………………..3
I bob. Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi …………………...6
1.1 Maqsud shayxzoda hayoti va ijodining o’zbek milliy adabiyotidagi tutgan o’rni …………………………………………………………..6
1.2 Maqsud Shayxzoda ijodining ruhi va sehri ……………………..13
II bob. Alisher Navoiyning adabiy merosi Maqsud Shayxzoda talqinida …………………………………………………………….16
2.1 Shoirning lirik merosiga munosabat …………………………….16
2.2 Navoiyning epik merosiga munosabat …………………………..29
Xulosa ……………………………………………………………….40
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………….43
Kirish
Mavzuning o`rganilishi va dolzarbligi. Yurtimiz uzra mustaqillik shabadasi esayotganiga ham mana yigirma besh yil bo'lyapti. Istiqlolga erishgan xalqimizning o'z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari, tarixini bilishga, o'zligini anglashgа qiziqish ortmoqda, vatanimizni butun jahon tan olmoqda.
Barchamizga ma`lumki, bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Jahonga Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ismoil al-Buxoriy, Xoja Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Mir Alisher Navoiy, Mirzo Bobur kabi buyuk siymolarni bergan millatning madaniyati, urf-odati, umuman, ma`naviyati boshqa xalqlarnikidan butunlay farq qiladi. Bunday donishmandlar qoldirgan moddiy va ma`naviy meros nafaqat o'z xalqimiz, balki butun jahon xalqlari tomonidan ham tan olingan. Shunday ekan, Sharq xalqlarining, jumladan o'zbek xalqining huquqiy-axloqiy, tarbiyaviy madaniyatining poydevori nihoyatda pishiq, ildizlari mustahkam ekanligiga shubha yo'qdir.
Har bir xalq adabiyotini eng yuqori cho'qqilarga ko'taradigan daho san`atkorlar bo'ladi. Bu daho zotlar ro'yobga chiqargan bemisl ishlar, ular yaratgan o'lmas asarlar hamon o'zlari mansub bo'lgan xalqning zakovatini dunyoga tanitib, butun insoniyatning ongini yoritib, qalbi va tafakkuriga kuch-quvvat, qudrat bag'ishlab kelmoqda.
Ularning merosini tadqiq qilish, o'rganishdek sharafli va ayni choqda mashaqqatli ishga har kim ham bel bog'lay olmaydi. Buning uchun ham kishida o'ziga xos bilim, zakovat, did va farosat, fikrni to'g'ri anglay bilish salohiyati bo'lmog'i lozim. Zero, mana shunday daqiqbin va nozikfahm tadqiqotchigina o'z ishi bilan daho zotlar va xalq orasida yaqinlik paydo qila oladi. Nuktadan olimlarning sa`y-harakati tufayli ham ulug' zotlarning asarlari umriga yangicha umr qo'shiladi.
Ma`lumki, Alisher Navoiyga qiziqish, unga munosabat bildirish u hayot bo'lgan yillardayoq boshlangan edi. Ulkan allomaning buyukligini badiiy ifodalovchi qasida va marsiyalar ijod qilindi. Alisher Navoiyga izdoshlik qilish, undan o'rganish, ustoz sifatida tan olish, asarlariga nazira va muxammaslar bog'lash, lug'atlar yaratish, uning shohbayt va ktoblarini boshqa tillarga o'girish singari turli xil yo'nalishlarda davom etdi. Bir so'z bilan aytganda, ulug' shoir hayot chog'idayoq navoiyshunoslikning debochasi qo'yilgan edi.
Alisher Navoiy adabiy merosini o'rganish va keng miqyosda tadqiq etish ilmdagi uzluksiz davom etadigan bir jarayondir. Alisher Navoiy tom ma`nosi bilan serqirra iste`dod sohibidir. Ulug' mutafakkir shoir ijodiyotini turli tomondan o'rgangan, xususan, Y.E.Bertels, H.Zarif, P.Shamsiyev, H.Sulaymon, M.Shayxzoda, Oybek, A.Hayitmetov, V.Zohidov, A.Abdug'ofurov, N.Mallayev, Sh.Sharipov, A.Rustamov, Y.Is’hoqov, S.G'aniyeva, N.Komilov, R.Vohidov, I.Haqqul kabi olimlarning tadqiqotlari tahsinga sazovordir. Biroq, bular orasida Maqsud Shayxzoda alohida ajralib turadi. Biz Maqsud Shayxzodani ulkan shoir, barkamol dramaturg, ustoz muallim, yetuk olim va publisist, mohir tarjimon sifatida yaxshi bilamiz. Shuni alohida ta`kidlab o'tish joizki, Maqsud Shayxzoda ijodining asosiy qismini adabiyotshunoslik, xususan, navoiyshunoslik tadqiqiga bag'ishlagan.
Dostları ilə paylaş: |