Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi




O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‗RTA 
MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
 GEOGRAFIYA VA EKOLOGIYA FAKULTETI 
GEOGRAFIYA TABIIY RECURSLAR KAFEDRASI 
O‗RTA OSIYO TABIIY GEOGRAFIYASI 
 FANIDAN 
MA‘RUZLAR MATNI 
Tuzuvchi: 
prof.L.A.Alibekov 
Samarqand- 2018 



 
1 - MA‘RUZA: O`RTA OSIY TABIIY GEOGRAFIK SHAROITINING 
O`ZIGA XOS NOYOB XUSUSIYATLARI VA O`RGANILISH TARIXI 
 
Reja: 
1. 
O‘rta Osiyo tabiatiga umumiy geografik tavsif.
2. 
Geografik o‗rni va chegaralari. 
3. 
Tabiati va tabiiy boyliklarini geografik o‗rganish tarixi 
Tayanch iboralar: geografik o‗rni, chegaralari, tabiiy sharoiti, orografik 
tuzilishi, relefi, tekislik qismi tekislik qismi. O‗rta Osiyo haqida antik 
malumotlar, xitoy sayyohlari, arab sayyohlari, IX-XI asrlar, XIV-XVI asrlar, 
rus sayyohlari, mustaqillik yillari. 
 
O‘rta Osiyo tabiatiga umumiy geografik tavsif
O‗rta Osiyo hududiy jihatdan Yevroosiyo materigining o‗rtasida 
joylashgan. O‗lkaning geografik o‗rni, subtropik iqlimli O‗rta yer dengizi 
mamlakatlari kengligiga to‗g‗ri keladi. Bu iliq mo‗‘tadil va subtropik tabiatli 
mamlakatlardir. O‗rta Osiyo yirik materikning o‗rtasida, dengiz va okeanlardan 
uzoqda, gidrografik berk havzada joylashganligi, shimol va g‗arb tomoni 
ochiqligi, sharq va janubdan juda baland tog‗ massivlari va tog‗ tizmalari bilan 
o‗ralganligi uchun juda qurg‗oqchil va o‗ziga xos takrorlanmas tabiiy geografik 
sharoitga ega bo‗lib, u boshqa tabiiy o‗lkalardan tubdan farq qiladi. 
B.A.Alisovning (1956) iqlim klassifikatsiyasi bo‗yicha, O‗rta Osiyo subtropik 
mintaqasining shimoliy chegarasida joylashgan. O‗rta Osiyo iqlimining o‗ziga 
xos xususiyatlari (ayniqsa janubiy qismining), L.N.Babushkinning (1961) 
fikricha, bu regionni subtropik iqlimning kontinental variantiga ajratishga 
imkon beradi. Lekin, O‗rta Osiyo hududi ichki berk o‗lka bo‗lganligidan, uning 
iqlimi tipik kontinental iqlimli o‗lkalar qatoriga kiradi. Uning asosiy qismi 
mo‗‘tadil, janubiy qismi subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Ular 
o‗rtasidagi chegara shartli ravishda 41-42
0
sh.k. o‗tkaziladi. Mo‗‘tadil mintaqa 
hududi qurg‗oqchiligi, qishning ancha sovuqligi, subtropik qismi esa, yozning 
quruqligi, issiqligi, qishning esa nisbatan iliqligi bilan ajralib turadi.
O‗rta Osiyoning tabiiy chegarasini aniqlash juda murakkab masala bo‗lib 
uning sharqiy va janubiy chegaralari tog‗ tizmalarining suv ayirg‗ichlaridan 
o‗tkaziladi. Chunki, tog‗ tizmalarining suv ayirg‗ichlari ko‗p hollarda tabiiy-
geografik chegara bo‗lib xizmat qiladi. Lekin, shimoliy va shimoli-g‗arbiy 
chegaralarini o‗tkazishda, nafaqat geograf olimlar orasida, balki geologlar, 
iqlimshunoslar, botaniklar, tuproqshunoslar va boshqa mutaxassislar o‗rtasida 
ham mutlaqo har xil yondoshuvlar mavjud. 



O‗rta Osiyo o‗lkasining g‗arbiy chegarasi Kaspiy dengizining 
janubi-sharqiy chekkasidagi (Astrobod qo‗ltig‗i, 54
0
shq.u), Kurd (mahalla) 
qishlog‗idan boshlanib, dengizning sharqiy qirg‗og‗i bo‗ylab Bo‗zachi yarim 
orolining shimoliy qirg‗og‗i, Bo‗zachi qo‗ltig‗i va O‗lik qo‗ltiqdan shimoli-
sharqga qadar cho‗zilgan sho‗rxokli cho‗kmalardan o‗tib, Donguztovdan 
(mutlaq balandligi 215 m), Orol dengizining (qurimasidan oldingi) eng 
shimoliy qirg‗oq chekkasi bilan taxminan 48
0
sh.k. orqali (L.N.Korjenevskiy 
(1960) taklif etgan chegara bo‗ylab), ya‘ni Qozog‗iston past tog‗larining 
janubiy qismi orqali o‗tkaziladi. Sharqiy chegara Savr, Sharqiy Jung‗oriya, 
Jung‗oriya, Boroxoro, Iren-Xabirga, Qarat, Xoliqtog‗ tizmalari suv ayirg‗ichi 
orqali o‗tib, Xontangri tog‗ tuguniga to‗g‗ri keladi. Undan so‗ng Ko‗kshag‗al, 
Otoboshi tizmalari suvayirg‗ichi orqali o‗tib Farg‗ona tizmasiga tutashadi, 
so‗ngra Oloy tog‗ining sharqiy qismi va Sariko‗l tizmasi bo‗ylab o‗tib,
Hindiqush tog‗lariga tutashadi. Avvallari O‗rta Osiyoning janubiy chegarasi
Afg‗oniston «koridori» deb ataluvchi tor (kengligi 10-70 km) yo‗lakning 
shimolidan o‗tkazilar edi. Mazkur yo‗lakni 1947 yilda inglizlar Hindiston va 
Pokiston mamlakatlarini mustamlakachilikdan ozod qilgandan keyin ataylab 
ajratib qoldirgan edi. Endi esa, o‗lkaning Janubiy chegarasi Hindiqush, 
Safedko‗x (Poropamiz), Nishopur tog‗ tizmalari suv ayirg‗ichi bo‗ylab o‗tib, 
Elbrus tog‗i orqali borib, Gorgan yaqinida Kaspiy dengizi qirg‗og‗i bilan 
tutashadi.
Shunday qilib, O‗rta Osiyo hududi ikkita geografik mintaqada (mo‗‘tadil 
va subtropik) joylashib katta miqdorda quyosh energiyasidan issiqlik olib 
doimo serquyosh kunlarning ko‗pligi bilan ajralib turadi. O‗lka ichki berk 
havzada joylashgan shuning uchun bu yerdan bironta daryo okean va ochiq 
dengizga borib quyilmaydi. Shimoli-G‗arb va Shimol tomondan ochiq bo‗lib, u 
yerlarda bepoyon qumli tekisliklar yotadi va bu yerlardan Shimoliy Muz 
okeanidan keladigan sovuq va quruq, Atlantika okeanidan keladigan nam havo 
massalari Janubgacha to‗siqqa uchramasdan bemalol kirib kelsa, Janub va 
Sharqdan Hind va Tinch okeani ta‘siridan baland – doimiy muz va qorlar bilan 
qoplangan to‗siqlar – tog‗ massivlari va tizmalari bilan o‗ralgan. Uzoq geologik 
rivojlanish davrida shakllangan, yer usti tuzilishi nihoyatda xilma-xil, ya‘ni 
baland osmon o‗par tog‗ cho‗qqilari (7690 m) bilan birga, dengiz sathidan 
ancha pastga tushib ketgan sho‗rxokli cho‗kmalar (-132) borligi va o‗ziga xos 
orografik tuzilishga ega bo‗lib, ko‗proq kenglik bo‗ylab cho‗zilgan tog‗ 
tizmalari va ular bilan parallel yo‗nalgan botiqlar, daryo vodiylari va boshqalar 
bu o‗lkaning tabiiy geografik sharoitining turlicha bo‗lishiga va noyob tabiiy 
sharoit xususiyatlarining shakllanishiga sabab bo‗lgan. 
O‗rta Osiyo o‗lkasining hududi qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri 
hisoblanadi. Bu o‗lkada juda ko‗p buyuk mutafakkir insonlar - olimlar, 
yozuvchilar, shoirlar va davlat sarkardalari yetishib chiqqan. Tabiiy-geografik 
sharoitining takrorlanmas o‗ziga xos xususiyatlari, ana shunday dunyoga 



mashhur buyuk kishilarning voyaga yetishiga hamda olamshumul sivilizatsiya 
o‗chog‗ining shakllanishiga imkon beradi va sharoit yaratadi. 
Arxeolog olimlarning ma‘lumotiga ko‗ra, O‗rta Osiyo hududida, xususan 
Surxondaryo, Quyi-Amudaryo, Zarafshon, Farg‗ona va Toshkent vohalarida 
miloddan oldin 3-2 ming yillarda aholi sug‗orma dehqonchilik va 
hunarmandchilik bilan shug‗ullangan. Ular, metall eritib har xil mehnat va ov 
qurollari, oyna tayyorlash, kulolchilik bilan shug‗ullanganlar. Shuningdek, ipak 
shoyisidan mato to‗qib har xil kiyimlar tikkanlar. O‗rta Osiyo hududining 
geografik joylashuvi qulay bo‗lganligi tufayli undan Sharq bilan G‗arbni 
bog‗lovchi savdo yo‗li, xususan mashhur «Buyuk ipak yo‗li» o‗tgan. Bu esa, bu 
yerdagi davlatlarning iqtisodiyotini va madaniyatini yanada rivojlantirishga 
sabab bo‗lgan. O‗rta Osiyo hududining qulay tabiiy-geografik sharoiti insoniyat 
taraqqiyotining ilk o‗choqlaridan biri bo‗lib qolishga imkon berdi. Butun dunyo 
arxeologlari hozirgi vaqtda bu regionni qadimgi ibtidoiy odamlar yashagan 
manzilgohlarga boy o‗lkalardan biri deb hisoblaydilar. Arxeolog olimlarning 
olib borgan tekshirishlari shuni ko‗rsatdiki, paleolit, mezolit va neolit davrlariga 
mansub qadimiy odamlar yashagan joylar O‗rta Osiyoning juda ko‗p 
hududlaridan topilmoqda. 
Arxeolog U.Islomov 1985 yilda Farg‗ona vodiysining Haydorkon qishlog‗i 
atrofida shell davriga (eramizdan avvalgi 700 ming – 40 ming yillar) mansub 
Sel-Ung‗ur g‗or makonini topdi. Bu topilma O‗rta Osiyo hududida qadimgi 
tosh asri odami shakllangan markazlardan biri degan fikrni tasdiqlashga imkon 
berdi. G‗ordan qor ayig‗i, qor qoplami, karkidon, g‗or sirtloni, ohu, eshak, tog‗ 
takasi va boshqa hayvonlarning suyagi topilgan. Bu topilmalar, paleolit odamlar 
hayoti uchun ancha qulay sharoit bo‗lganligidan darak beradi. Ayniqsa, 1938-
1939 yillari akademik A.P.Okladnikov topgan mashhur T ye sh i k t o sh 
(Surxondaryo viloyati) g‗ori insoniyat tarixining O‗zbekiston hududidagi ana 
shu davri haqida ma‘lumot beradi. Neandertal odamining bunday manzilgohlari 
Zarafshon tizmasining shimoliy yon bag‗rida, Samarqanddan 40 km janubda 
joylashgan Omonqo‘ton g‗orida, Toshkentdan 75 kilometr masofadagi 
Xo‗jakentdan ham topilgan. Umuman, O‗rta Osiyoda bu davrga mansub jami 
yuzdan ortiq yodgorliklar topilgan. 
L.Mechnikov o‗zining XX asrning boshlarida (1920 yilda) chop etgan 
kitobida insoniyat sivilizatsiyasining tarkib topishida va taraqqiyotida buyuk 
daryolarning: Tigr va Yefrat daryosining Mesapotomiyada, Nil daryosining – 
Misrda (Yegiptda), Yaksart (Sirdaryo) va Oksus (Amudaryo) daryolarining 
Turon tekisligida rolini alohida ta‘kidlab o‗tadi. Akademik N.I.Vavilov 
fikricha, o‗simliklarni parvarish qilish usullari eng avval tog‗larda paydo 
bo‗lgan, so‗ngra esa yirik darayolarning vodiylariga o‗tgan va bu yerda 
dastlabki dehqonchilik sivilizatsiyalari vujudga kelgan. O‗rta Osiyo tabiati
ayniqsa iqlim sharoitining qulayligi tufayli, akademik N.I.Vavilov fikricha, 
dunyo bo‗yicha madaniy o‗simliklar kelib chiqqan yettita asosiy markazlardan 



biri bo‗lib hisoblanadi. Bu - non o‗simliklari bo‗lgan bug‗doy, arpa va 
javdarning ko‗pchiligi kelib chiqqan jahon manbaidir.
Arxeolog olimlarning fikricha, O‗rta Osiyo hududidagi ko‗pgina daryo 
vodiylari, ayniqsa, Zarafshon, Farg‗ona vodiylari va Amudaryoning qo‗yi va 
boshqa joylarida millodan oldingi 3-4 ming yilliklarda aholi sug‗orma 
dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug‗ullangan. Metall eritib har-xil 
mehnat va ov qo‗rollari, har-xil buyumlar, xususan zeb-ziynat buyumlari, oyna 
tayyorlaganlar, kulolchilik bilan shug‗ullanganlar. 
O‗rta Osiyoning tabiiy-geografik sharoiti qulay bo‗lganligi uchun bu 
yerdan G‗arb bilan Sharqni bog‗lovchi savdo yo‗li - «Buyuk ipak yo‗li» o‗tgan. 
«Buyuk ipak yo‗li» O‗rta Osiyo xalqlarining taqdirida va madaniyatining 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. U yo‗llar tizimi bo‗lib, qadim zamonda 
va ilk o‗rta asrda – XVI asrdagi buyuk geografik kashfiyotlar arafasida Xitoy, 
Hindiston, O‗rta va Yaqin Sharqning asosiy madaniy markazlarini tutashtirgan 
edi (1-chizma). 
1-chizma. «Buyuk ipak yo‗li» (Hidoyatov bo‗yicha, 1992 y.) 
«Ipak yo‗li» faqatgina iqtisod, turmush va madaniyatni rivojlantirib turgan 
savdo yo‗li emas edi. Bu yo‗l bo‗ylab g‗oyalar, ishlab chiqarish malakalari, 
madaniy boyliklar ayirboshlanardi. Kishilik jamiyatining taraqqiyot vositasi 
bo‗lgan muloqot va ayirboshlashga tabiiy ehtiyoj shu yo‗l misolida o‗z aksini 
topadi. O‗rta Osiyo undan juda katta foyda ko‗rdi. U eng katta qit‘ani turli 
tomonlaridan kesib o‗tgan g‗oyat katta, ulkan transport tizimlarining markazi 
bo‗lib, bu yerga barcha chekka o‗lkalardan ma‘naviy va moddiy ne‘matlar olib 



kelinardi. Movarounahrning bosh shahri Samarqand Osiyo chorrahasi bo‗lib 
qolgan edi. Bu yerda g‗oyalar, madaniy va ma‘naviy boyliklar to‗planar, 
olimlar, musiqachilar, san‘atkorlar, rassomlar, me‘morlar muqim yashab 
qolardilar. Shunday qilib, O‗rta Osiyoning qulay tabiiy-geografik sharoiti 
iqtisod va madaniyat taraqqiyoti uchun qulay bo‗lgan, tabiat va atrof-muhit bu 
yerda yashagan xalqlarga muruvvat qilgan. Shu bilan birga O‗rta Osiyoning 
qulay geografik o‗rni jahon tarixida ko‗p xalqlar va sivilizatsiyalar uchrashgan 
eng gavjum chorrahalardan biri bo‗lishiga imkon berardi.
O‗rta Osiyo tabiiy sharoitining o‗ziga xos noyob xususiyatlari va geografik 
jarayonlari ko‗p jihatdan uning geografik o‗rni, ayniqsa subtropik mintaqaning 
shimoliy chekka qismlarini qamrab olgan Yevroosiyo materigining ichki sahro 
zonasida joylashganligi bilan belgilanadi. O‗rta Osiyo mintaqasi dunyo 
okeanidan minglab kilometr uzoqlikda, Atlantika siklonining doimiy harakat 
qiluvchi yo‗lidan janubda joylashgan. Ma‘lumki, Atlantika okeanining sikloni 
juda ko‗p miqdorda atmosfera yog‗in-sochinlari keltiradi. G‗arbiy havo 
massalarining oqimlari bu yerga kam ta‘sir ko‗rsatadi. Bu hol O‗rta Osiyo 
tabiiy-geografik sharoitining xilma-xilligi va o‗ziga xosligi bilan ajralib 
turishiga sababchi bo‗ladi. O‗lkada baland osmono‗par tog‗lar chuqur botiq 
bilan bevosita yaqin joylashgan, katta tog‗ muzliklari esa eng issiq jazirama 
sahrolar bilan yaqin qo‗shni turadi. O‗rta Osiyo tog‗lari o‗rtacha kenglikdagi 
eng baland tog‗lar hisoblanib, uning eng balandi Tirigmir cho‗qqisi 7690 m 
gacha yetadi. Yer sharining mo‗‘tadil kengliklarida, O‗rta Osiyodagidek eng 
katta tog‗ muzliklari uchramaydi. O‗lkaning eng katta tog‗ muzliklari 
(Fedchenko, Inilchek va boshq.) Tojikiston va Qirg‗iston hududidagi tog‗larda 
joylashgandir. 
Yevroosiyo materigining quruqlikdagi eng past nuqtasi ham O‗rta Osiyoga 
mansub bo‗lib uning g‗arbiy qismida, okean sathidan pastda joylashgan eng 
chuqur quruq cho‗kmalari: Qoraqiya-132 m (Qozog‗iston), Akchakaya-81 m 
(Turkmaniston) va boshqalar joylashgandir. O‗rta Osiyoning tekislik qismi yer 
usti suvlariga juda kambag‗al, ammo xuddi shu yerda katta ko‗l - Orol dengizi 
mavjud. Bepoyon cho‗l (Qizilqum va Qoraqum)larni yirik daryolar Amudaryo 
va Sirdaryo kesib o‗tadi va o‗z suvini Orol dengiziga quyishadi.
O‗rta Osiyo iqlimi keskin o‗zgaruvchan bo‗lib yoz oylarining ayrim kunlari 
Termiz, Sherobod va Repetek meteorologik stansiyalarida havoning harorati 
50
0
dan yuqori ko‗tarilganligi qayd qilingan. Qish kunlari esa, havo harorati – 
30
0
dan ham pastga tushib ketishi mumkin. O‗rta Osiyoning tekislik qismi – eng 
qurg‗oqchil rayonlar bo‗lib, o‗rtacha yillik yog‗in miqdori bu yerda 70-200 mm 
ni tashkil etadi. Tog‗li hududda esa atmosfera yog‗in-sochinlarining tarqalishi 
joyning orografik xususiyatiga bog‗liq holda juda xilma-xildir. Tog‗ 
massivlarining ichki qismlarida, tog‗ oralig‗idagi kotlovinalarda baland platolar 
juda quruq, masalan, Sharqiy Pomirda 4000 m balandlikda yillik yog‗in 
miqdori 40 mm dan oshmaydi. Farg‗ona kotlovinasining g‗arbiy qismida yillik 



yog‗in miqdori 70 mm bo‗lsa, sharqiy qismida 600-800 mm, xuddi shuningdek, 
Issiqko‗l kotlovinasining g‗arbiy sohilida yillik o‗rtacha yog‗in miqdori 120 
mm bo‗lsa undan 160-180 km uzoqlikda joylashgan sharqiy qismida esa 800 
mm ni tashkil etadi.
Tojikiston tog‗larida joylashgan Obigarm qo‗rg‗onida 1400 mm dan ko‗p 
yog‗in tushadi. Qirg‗iston tizmasining shimoliy yonbag‗ridagi Adigen daryosi 
vodiysida 1958 yil 3000 mm yog‗in tushgan, bu esa, eng «nam» shahar 
hisoblangan Botumiga (2500 mm) nisbatan ham ancha ko‗pdir. O‗rta Osiyoning 
tekislik qismi issiqlik manbalarining yuqoriligi bo‗yicha boshqa o‗lkalarga 
nisbatan juda oldinda turadi. Bu yerda iliq kunlar soni 240-250 kunni tashkil 
etadi. Turkmaniston va Tojikistonning janubiy rayonlarida, havoning barqaror 
10

dan yuqori haroratining summasi 5600
0
ga yetadi, shu sababli O‗rta 
Osiyoning janubiy qismida ingichka tolali paxta yetishtirish imkoni yaratiladi. 
Yoz oylarida havoning quruq bo‗lishi, yuqori darajali issiqlik nihoyatda shirin-
sharbat mevalarni yetishtirishga, ya‘ni qovun-tarvuz, ayniqsa, uzumning yuqori 
darajada shakar moddasiga boy bo‗lishiga imkon beradi. 
O‗rta Osiyoning tog‗ yon bag‗rlarida tik landshaft zonalari: cho‗l va chala-
cho‗ldan tortib, tundra va nival (doimiy muz va muzlik) zonalarigacha uchratish 
mumkin. Shunday qilib, O‗rta Osiyo hududida yer sharining materiklarida 
uchraydigan barcha landshaft tiplarini – jazirama cho‗ldan doimiy 
muzliklargacha uchratish mumkin. Haqiqiy tipik quruq subtropiklar 
Surxondaryo va Atrek daryolarining vodiylarida mavjud. O‗rta Osiyoda faqat 
doimiy yashil seryog‗inli tropik landshaftlar uchramaydi xolos. Bu o‗lkada 
D.I.Mendeleev «Davriy sistemasi»dagi barcha elementlarning foydali qazilma 
konlari uchraydi. Hozirga qadar bu yerda faqat olmos koni topilmagan. Demak, 
O‗rta Osiyo tabiati noyob o‗ziga xos takrorlanmas xususiyatlarga ega. Shuning 
uchun ham bu o‗lkani mashhur tabiatshunos olim I.V.Mushketov «Yer 
sharining ochiq muzeyi» deb bejiz aytmagan. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin