Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


Barcha tog‗ tizmalari (Farg‗ona tizmasidan tashqari) kenglik bo‗ylab  cho‗zilgan; 2



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

1.Barcha tog‗ tizmalari (Farg‗ona tizmasidan tashqari) kenglik bo‗ylab 
cho‗zilgan; 2. Ko‗pgina tog‗ tizmalari yelpig‗ichsimon (virgatsiya) shakl hosil 
qiladi; 3.G‗arbga tomon cho‗zilgan barcha tog‗ tizmalarining (absolyut) mutlaq 
balandligi shu yo‗nalishda pasayib borib, orografik jihatdan aniq ifodalanib 
turuvchi tog‗ massivlarini hosil qiladi; 4.Barcha tog‗ tizmalari assimmetrik 
katta yonbag‗rga ega; 5.Ko‗pgina tog‗ orasidagi cho‗kmalar va daryo vodiylari 
kenglik bo‗ylab cho‗zilgan; 6.Pomir tog‗ massivi ikkita katta orografik qismga 
bo‗linadi: G‗arbiy va Sharqiy; 7.Tyanshan orografik jihatdan to‗rtta qismga 
bo‗linadi; ularning har biriga tog‗ va cho‗kmalarning ma‘lum holati va 
munosabati xosdir. 
Tyanshan tog‗ massivida quyidagi orografik elementlar ajratiladi: Shimoliy 
Tyanshan: kenglik bo‗ylab cho‗zilgan Teres Olotovi, Kungey Olotovi, Qirg‗iz 
tizmasi. Ichki Tyanshan: Shimoliy Tyanshandan janubda joylashgan. G‗arbiy 
Tyanshan: g‗arbda Sirdaryo, janubda Farg‗ona botig‗i bilan chegaralanib
asosan Chotqol, Ugom, Pskom va Qorajontov tizmalaridan iborat. 
Janubiy Tyanshan: Oloy tog‗ tizmasining tizmalari (Turkiston, 
Zarafshon, Hisor)dan tuzilgan. Ammo Janubiy Tyanshanga bu hududlarni 
kiritish ko‗pgina munozaralarga ega. 
Pomir («Dunyo tomi») uchta orografik qismga bo‗linadi: 1.Pomir-Oloy 
(Oloy orti va Petr birinchi (Perviy), va Tojik cho‗kmasi (dipressiyasi); 2. 
Badaxshon tog‗lari; 3. Sharqiy Pomir. 
Kopettog‗ tog‗lari - O‗rta Osiyo hududidagi eng chekka tog‗ tizimi bo‗lib, 
uchta orografik qismdan iborat: 1.Markaziy Kopettog‗; 2.G‗arbiy Kopettog‗; 3. 
Janubi-Sharqiy Kopettog‗. 
Turon tekisligining umumiy qiyaligi shimol va shimoliy-g‗arbiy tomonga 
yo‗nalgan bo‗lib, quyidagi orografik elementlardan iborat: 1. Past tog‗lar 
(Muruntov, Quljuqtov, Bukantov); 2.Cho‗kmalar (Mingbuloq, Qoraxotin, 
Oyoqog‗itma va boshqalar); 3.Qadimgi o‗zanlar; 4. Ustyurt platosi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin