Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


O‗rta Osiyoning foydali qazilmalari



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

O‗rta Osiyoning foydali qazilmalari 
O‗rta Osiyo hududi xilma-xil turdagi qazilma boyliklarga boy bo‗lib, bu 
yerda olmosdan tashqari hamma tabiiy boyliklarning konlari topilgan. Avvalo 
shuni aytish kerakki, o‗tgan asrning 50-yillarida O‗rta Osiyoning foydali 
qazilmalari aniqlanib bo‗lindi, degan uzil-kesil xulosaga kelingan edi. Ammo, 
50-yillarning boshlaridan boshlab, geologlarning juda katta muvafaqqiyatlarga 
erishganining guvohi bo‗ldik. Foydali qazilmalarning butunlay yangi turlari va 
ular tarqalishining yangi rayonlari topildi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, bu 
muvafaqqiyatlarning eng muhim shartlaridan biri, hozirgi zamon geologik 
nazariy bilimlari va texnikalari bilan qurollangan, xalq orasidan chiqqan yirik 
mahalliy olimlardir. Bular akademik H.M.Abdullayev, I.Hamraboyev, 
O.Akramxo‗jayev, X.A.Akbarov, K.I.Satpayev, Uteshev va boshqalardir. 
O‗rta Osiyodagi eng qadimgi neft topilgan rayonlardan biri Farg‗ona 
vodiysi bo‗lib, bu yerda neft uchun burg‗ulash ishlari 1880 yillarda boshlangan 
edi. Burg‗ulash ishlaridan eng muvafaqiyatlilaridan biri Chimyon qishlog‗ida 
qazilgan quduq bo‗lib, bu yerda 1900 yilda «Chimyon» jamiyati tashkil etildi. 
Ikkinchi jahon urushi vaqtida Farg‗ona vodiysining Polvontosh (1942), Janubiy 
– Olamushuk (1943 y), urushdan so‗ng Maylisoy (1948 y) va boshqa 
hududlardan neft qazib olina boshlandi. 
Surxon – Sherobod vodiysida neft paleogen ohaktoshlarining qatlamlaridan 
- Xovdog, Uchqizil, Ko‗kayti va boshqa konlardan olinmoqda. 1930-yillarda 
yirik geolog olim, akademik O.S.Vyalov, Buxoro-Xiva neft va gaz saqlovchi 
tuzilmasini (diperessiya) topgan edi. Buxorodan 140 km shimoli-sharqda yirik 
Gazli, 1958 yilda Jarqoq konlari ochildi. 1957 yilda Turkmanistonda Nebit-
Tog‗dan janubda yirik neft va gaz konlari topildi. Keyingi yillarda 
Turkmanistonning markazida va g‗arbiy rayonlarida katta zahiraga ega bo‗lgan 
neft va gaz konlari ochildi. Gaz konlari Ustyurt plotasidagi Shohpata, Kuyanish 
(yura davri cho‗kindi tog‗ jinslari qatlamlari orasida) ochilgan. 
O‗rta Osiyo o‗lkasi neft va gaz konlaridan tashqari qo‗ng‗ir ko‗mir va 
toshko‗mir zahiralariga boy. Ko‗mir konlarining zahirasi bo‗yicha birinchi 
o‗rinda Qirg‗iziston turadi. Bu yerda ko‗mir (sanoat uchun) ishlab chiqarish 
Qizil-qiyada 1896 yildan, toshko‗mir qazib olish esa, 1916 yillardan 


28 
boshlangan edi. Yirik ko‗mir konlari O‗zbekiston hududida ham mavjud bo‗lib, 
unga misol qilib Ohangaron, Sharg‗un, Boysun, Ko‗hitang 
konlarini ko‗rsatish 
mumkin. Ohangaron qo‗ng‗ir ko‗miri ochiq usulda qazib olinib, bu konning zahirasi 
O‗zbekistonda topilgan barcha ko‗mir zahirasining 96,5% ini tashkil etadi. 
Respublikadagi eng katta konlaridan biri Surxondaryo vodiysining tog‗li rayonida 
600-800 m balandlikda yura davri yotqiziqlari orasida joylashgan Sharg‗un ko‗mir 
konidir. Ko‗mir yuqori sifatli kokslashgan bo‗lib, o‗rtacha qalinligi 4,5 metrdan 12 
metrgacha yetadi. 
O‗rta Osiyo hududida 
temir rudasining sanoat ahamiyatiga ega bo‗lgan uncha ko‗p 
bo‗lmagan konlari topilgan. Amaliy ahamiyatga ega bo‗lgan temir konlaridan Janubiy 
Qozog‗istonning Aboshol va Xo‗jand shahridan shimoli-sharqda joylashgan konlarni ko‗rsatish 
mumkin. Keyingi vaqtda Jizzax 
shahrining shimoli-g‗arbida Uchquloch temir koni topildi. 
Rangli metall konlaridan O‗rta Osiyoda qadimdan foydalanib kelingan. 
Tyanshanning janubi-g‗arbiy tarmoqlaridan biri Qoramazor tog‗ida rangli 
metallardan foydalangan izlar bundan dalolat beradi. Rangli metallardan misning 
ko‗plab konlari Qurama tog‗ining yon-bag‗irlarida joylashgan. Bu konlardan qazib 
olingan xom-ashyo hisobiga Olmaliq tog‗-metallurgiya kombinati ishlab turubdi. Mis 
konlarining yangi rayonlari Qizilqum va Janubiy O‗zbekistonda aniqlandi. 
Qo‗rg‗oshin va rux O‗rta Osiyoning juda ko‗p rayonlarida topilgan. Eng yirik 
konlar Haydarkon, Chauvay, Qadamjoy, Molguzor, Magiyon va boshqalardir. Ana 
shu konlar orasida eng yirik Qadamjoy, Haydarkon (Farg‗ona vodiysi), Magiyon tog‗ 
- metalurgiya kombinati ishlab turibdi. Langar, Ingichka, Qo‗ytosh konlari o‗zining 
volfram konlari bilan mashhurdir. Oltin konlari O‗rta Osiyoda keng tarqalgan. 
O‗zbek geologlari tomonidan Qizilqumda (Muruntovda) topilgan oltin koni 
dunyodagi eng yirik konlardan biri hisoblanadi. Bu oltin koni boshqa oltin konlaridan 
farq qilib, u sochilma emas. U tub tog‗ jinslarida hosil bo‗lgan. Sochilma oltin konlari 
O‗rta Osiyoda juda ko‗p uchraydi, masalan, Nurota tog‗larida topilgan Marjonbuloq, 
Zarband va boshqa konlar ham tub tog‗ jinslarida saqlanib sanoatda hozirgi kunda 
o‗zlashtirilmoqda. O‗rta Osiyoda metall, rudali va rudasiz foydali qazilmalar ko‗p 
tarqalgan. Bular orasida eng ko‗p uchraydigani kaliy tuzlari foydali qazilmalaridir. 
Eng yirik kaliy konlaridan biri Hisor tizmasining janubi-g‗arbiy tarmoqlarida 
joylashgan Gaurdak konidir. Bu yerda kaliyli tuzlar uch qavatli bo‗lib, undagi har bir 
qavatning qalinligi 400-420 metrgacha yetadi. 
1965 yildan boshlab eng yirik konlardan biri hisoblangan Amudaryo o‗ng 
qirg‗og‗ida joylashgan Gaurdak koni o‗zlashtirilmoqda. Yaqin vaqtga qadar O‗rta 
Osiyo, shu jumladan, O‗zbekiston fosforit o‗g‗itini ishlab chiqarish uchun xom-
ashyoga ega emas edi. Keyingi vaqtlarda Qizilqumda olib borilgan qidiruv ishlari 
oligiatsen yotqiziqlari qavatlari orasida 0,5-2 metr qalinlikdagi fosforit konlari 
topildi. Shuningdek, Qizilqumdagi Quljuqtog‗ tizmasidagi Toshqazganda grafit 
konlari ochildi. Sulton Uvays tog‗ida, Janubiy Farg‗ona va Hisor tizmasida asbest 
konlari topilgan.
O‗rta Osiyo hududi qurulish materiallari konlariga ham boy. Bu yerda 100 dan ortiq marmar 
konlari bor. Eng yirik marmar koni bu g‗arbiy Nurota tizmasidagi G‗ozg‗on marmar konidir. 
Shuningdek, O‗rta Osiyo shifobaxsh va mineral suvlarga, buloqlarga boydir. Bu yerda juda ko‗p 
mineral va issiq buloq suvlari topilgan. Bunga misol qilib Farg‗onadagi Chimyon, Polvontosh, 


29 
Chortoq va Zarafshon vodiysidagi Nagornaya, Buxoro viloyatidagi
Sitorai Moxixosa va boshqalarni 
aytish mumkin. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin