3-Ma`ruza: Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari Reja: Havo gigiyenasi, uning kimyoviy va fizikaviy xolati.
Namlik, havo harakati, atmosfera bosimi.
1. Havo gigiyenasi, uning kimyoviy va fizikaviy xolati Havo – eng muhim omil bo`lib, u inson organizmining o`z hayotiy funktsiyalarini uzoq vaqt saqlab qololmaydi. Havo nafas olish uchun juda zarur bo`lib, u issiqlik almashinuvida qatnashadi. Shu bilan birga atmosfera organizmga bir qadar ta’sir etishi mumkin bo`lgan elektrik kuchlar va har – xil radiatsiyalar harakatining maydoni bo`lib xizmat qiladi. Inson kerakli paytda tashqi muxitning organizmga zararli ta’sirini yo`qotuvchi yoki pasaytiruvchi maxsus sog’lomlashtirish choralarini qo`llash orqali xar-xil atmosfera sharoitlarida yashashga va ishlashga qodirdir. Bunga atmosfera sharoitlarining sanitariya xolatini yaxshilash va organizmning zararli omillarga qarshiligini oshirish, masalan, salqinlatish bilan erishiladi. Qator xollarda xavoning o`zidan shifobaxsh, chiniqtiruvchi omil sifatida foydalaniladi. Havoning organizmga bevosita ta’siridan tashqari kiyimlar, qurilish materiallari, tuproq va boshqalarning gigienik xossalarini o`zgartirib, bilvosita ta’sir etishi mumkin. Havoning gigienik xarakteristikasi quyidagi o`rsatkichlar yig’indisidan iborat: a) havoning fizikaviy xossalari - temperaturasi, namligi, xarakati, atmosfera
bosimi, quyosh radiatsiyasi, elektrik xolati, ionlantiruvchi radiatsiya;
b) kimyoviy tarkibi - xavoning doimiy tarkibi va yot gazlar;
v) mexanik aralashmalar - chang, tutun, qurum aralashmasi;
g) mikroflora (mikroorganizmlar) – bacterial ifloslanish borligi.
Quyosh erdagi issiqlikning manbai bo`lib xizmat qiladi. Uning isitishi avvalo, erga etib kelib issiqliq energiyasiga aylanuvchi yorug’lik nurlari xisobiga bo`ladi. Atmosfera deyarli faqat issiq nurlangan tuproqdan isiydi. Shuning uchun yer bilan tutashib turgan pastki havo qatlamining temperaturasi yuqori qatlamlar temperaturasidan issiqroq bo`ladi. Yerdan uzoqlashishi bilan u taxminan har yuz metrda 0,5 gradusga pasayadi.
Havo temperaturasining issiqlik almashinuviga ta’siri uning muxim gigienik ahamiyati hisoblanadi.
Yuqori temperatura tanadan issiqlik ajralishini chegaralasa, past temperature uni kuchaytiradi. Markaziy nerv sistemasi orqali nazorat qilinib turuvchi termoregulyator mexanizmlarning etukligi tufayli odam har – xil temperature sharoitlariga ko`nikishi va optimal temperaturalardan sal oshgan isiqlikka ham vaqtga chidashi mumkin.
Sport amaliyotida ortiqcha isib ketish holati issiq ob – havoda, ochiq havodagi va nomuvofiq qurilgan sport zallaridagi mashg’ulotlarda sodir bo`lishi mumkin. Bunday xolatda profilaktik chora-tadbirlar qo`llash lozim.
Fiziologik jixatdan organizm tashqi muxitning yuqori temperaturasiga modda almashinishini pasaytirish yo`li bilan, shuningdek tarkibida yog’ ko`paygan ter ajralishini kuchaytirish orqali ham moslashadi, bu esa terning teri yuzasida ancha teng taqsimlanishiga va bug’lanishiga sabab bo`ladi.
Odam organizmida issiqlik muskullar qisqargan paytda hujayra va to`qimalarda ro`y beradigan oksidlanish reaktsiyalari natijasida ham hosil bo`ladi.