“Qishloq xo‘jaligi va transportda innovatsion texnika va texnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman
AXBOROT XATI O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-maydagi “2023-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 118-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, transport va qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan samarali foydalanish va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, targ‘ib qilish va yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish maqsadida 2023-yilning 4-5 oktabr kunlari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Qishloq xo‘jaligi va transportda innovatsion texnika va texnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman offline va online shaklda o‘tkaziladi.
Anjumanga respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlari, tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar, shuningdek, soha mutaxassislari taklif etiladi.
Ilmiy-amaliy anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilish nazarda tutilgan: 1-sho‘ba. Energetika va transport vositalari;
2-sho‘ba. Transportda innovatsion texnika va texnologiyalar;
3-sho‘ba. Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalar;
4-sho‘ba. Yerusti transport tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish darajasini oshirish;
5-sho‘ba. Oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash va o‘qitishning pedagogik texnologiyalari sohasidagi innovatsiyalar.
Taqdim etilayotgan maqola va tezislarga qo‘yiladigan talablar: 1. Maqola va tezis materiallari o‘zbek(lotin alifbosida), qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi;
2.Yuborilgan maqola, tezislar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va tahrirdan o‘tmagan, talablar bo‘yicha bajarilmagan maqolalar nashr etilmaydi;
3. Maqola va tezisdagi ma’lumotlar, dalillar va statistik ma’lumotlarning to‘g‘riligiga mualliflar mas’uldirlar;
4.Maqola va tezisda adabiyot manbalari aniq ko‘rsatilishi, qisqartma so‘zlarga izoh berilishi lozim.
5.Maqola va tezislar Microsoft Word muharririda, Times New Roman shriftida, 12 o‘lchamida, 1,15 intervalda(chapdan 3,0 sm, yuqori va pastdan 2,0 sm, o’ng tomondan 1,5 sm) bo‘lishi va 5 bet hajmdan oshmasligi lozim;
6. Maqola va tezisning birinchi qatorida maqolaning nomi(bosh harflar bilan yoziladi), ikkinchi qatorda muallifning familiyasi, ismi va sharifi, uchinchi qatorida muallifning ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va elektron manzili ko‘rsatiladi.
7. Keyingi satrda annotatsiya va kalit so‘zlar bo‘lishi lozim.
8. Ilmiy maqola va tezislar tuzilishi jihatidan quyidagi tartibda yozilgan bo‘lishi lozim: Kirish, masalaning qо‘yilishi va tadqiqot usuli, tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar.
Maqola va tezislarni 2023-yilning 30-sentabr sanasiga qadar elektron shaklda yuborishingiz so‘raladi.
Belgilangan talablarga javob bermaydigan va ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmagan materiallar to‘plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Anjuman materiallari to‘plami mualliflarning elektron manziliga yuboriladi.
Tashkiliy qo‘mita
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI Qashqadaryo viloyat Transport boshqarmasi, Qashqadaryo “Avtotexxizmat” MChJ, Qashqadaryo viloyat Qishloq xo‘jalik boshqarmasi TRANSPORT VOSITALARI MUHANDISLIGI KAFEDRASI
TASHKILIY QO‘MITA MANZILI: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 225-uy, QarMII bosh binosi 1-bino 1-qavat, 114-xona