Surxondaryoda ijtimoiy iqtisodiy va madaniy xayot



Yüklə 112,96 Kb.
səhifə1/4
tarix12.05.2023
ölçüsü112,96 Kb.
#112278
  1   2   3   4
SURXONDARYODA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY XAYOT


SURXONDARYODA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY XAYOT
(1946-1990 yillar)
REJA:

  1. Urushdan keyingi yillarda viloyat sanoati

  2. Viloyat qishloq ho‘jaligidagi ahvol

  3. Maorif, madaniyat va adabiy harakatchilik


Tayanch so‘zlar
Mustabid tuzim sharoitida viloyat sanoati. Qishloq xo‘jaligi: yangi yerlarni o‘zlashtirish, yutuqlar va muammolar. Ijtimoiy muammolar, ularning sabablari. Madaniy hayot, yutuqlar va muammolar. Voha adabiy harakatchiligi.
Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘ng O‘zbekistonda tinch davr talabiga binoan xalq xo‘jaligini tiklash ishlari boshlandi. Butun iqtisodiyotni, shu jumladan, sanoatni qisqa vaqt ichida davr ehtiyojlarini qoniqtiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tkazish uchun avvalo bir qator yetakchi tarmoqlarning bir tomonlamaligini bartaraf etish zarur edi. O‘zbekiston mexnatkashlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq sanoat tarmoqparini rivojlantirishdan iborat edi. Urush bevosita respublika hududida bo‘lib o‘tmagan bo‘lsada, lekin juda katga zarar keltirdi, ayniqsa, paxtachilikka katta ziyon yetdi. Urush yillarida, xususan, 19421943 yillarda respublika jamoa xo‘jaliklarida paxta maydoni 212 ming gektar yerga yoki 24 foizga, davlat xo‘jaliklarida 15,1 ming gektar yerga yoki 33 foizga qisqarib ketdi. Buning asosiy sababi paxta ekin maydonlari o‘rnida don ekinlari, qand lavlagi, kanop ekish bir necha barobar ortganligi edi.
Xuddi shu manzarani Surxondaryo viloyati misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Agar 1941 yilda viloyat bo‘yicha 104 ming gektar yerga don ekilgan bo‘lsa, 1943 yilda bu raqam 165 ming gektar yerni tashkil etdi. Viloyatda 1941 yilda 70000 tonna paxta hosili olinib, gektariga 17,1 sentnerni tashkil etgan bo‘lsa, 1945 yilda 43 ming tonna paxta yetishtirilib, gektariga boryo‘g‘i 10 sentnerni tashkil etdi, xolos. Paxta hosilining kamayishi paxta xom ashyosi hisobiga ishlaydigan paxta tozalash, yog‘moy, to‘qimachilik korxonalari ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Respublika qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i bo‘lgan paxtachilikni qayta tiklash va yanada kjsaltirish O‘zbekiston mehnatkashlarining eng muhim vazifasi bo‘lib qoldi. Paxta ekiladigan maydonlarni to‘la ravishda qayta tiklash, paxta hosildorligini keskin ravishda ko‘tarish, seleksiya va urug‘chilikni yaxshilash zarur edi.
Shu maqsadda 1945 yil 14 iyunda sobiq VKP (b) Markaziy Komiteti va SSSR Xalq Komissarlari Soveti «O‘zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risida», 1946 yil 2 fevralda esa «19461953 yillar davrida O‘zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada yuksaltirish rejasi va tadbirlari tug‘risida» maxsus qarorlar qabul qiddi. Paxtachilikka alohida e’tibor berilishi uni qayta ishlovchi sanoat tarmokdari rivojida keng imkoniyatlar ochdi. 1946 yil oktabr oyida viloyat partiya komiteti plenumida 19461950 yillarda Surxondaryo viloyati xalq xo‘jaligini tiklash va rivojlantirishning besh yillik rejasi qabul qilindi. Besh yillik rejada paxtachilik sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor berildi, ya’ni 1950 yilda viloyatda paxta yetishtirishni 34,7 ming tonnaga, urushdan oldingi davrga nisbatan 54,2 foizga o‘stirish ko‘zda tutildi. Shu sababli viloyatda paxta zavodlari va yog‘ zavodi ishini qayta qurish, ularni zamonaviy texnikalar bilan jihozlash rejalashtirildi.
Urushdan keyingi yillarda paxta sanoatining eng muhim komponentlaridan biri sanalgan paxta tozalash zavodlarining texnik quvvatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Paxtachilikka e’tiborning kuchaytirilishi tufayli Surxondaryo paxta tozalash trestiga qarashli 3paxta tozalash zavodiga quyqdagi miqdorda kapital mablag‘ sarflandi:
Mana shu ajratilgan mablag‘lar xisobiga yangi paxta tozalash zavoddari qurish ishlari ham boshlandi. Xususan, 1947 yildan boshlab Sho‘rchi paxta tozalash zavodi qurilishi boshlandi, bu korxona qurilishiga 5 mln so‘m miqsorida kapital mablag‘ ajratildi. Ammo viloyat iqtisodiyoti uchun katta foyda beruvchi bu korxona qurilishiga yaxshi e’tibor berilmadi, ajratilgan mablag‘lar yetarli darajada o‘zlashtirilmadi, buning natijasida katta miqsordagi mablag‘ behuda sarflandi. Buning sababi viloyatdagi ko‘plab paxta tozalash zavodlarining xom ashyo yetkazib beruvchi tumanlardan uzoqsa joylashganligi edi. Masalan, Termiz paxta tozalash zavodi Termiz va Sho‘rchi tumanlarida yetishtirylgan paxtani qayta ishlaydi. Korxonaning Jarqo‘rg‘on paxta tozalash punkti 65 km, Surxon 80 km, qumqo‘rg‘on 110 km uzokdikda joylashgan. Paxtani keltirish asosan temir yo‘l transporti orqali amalga oshirildi, buning uchun 5718 temir yo‘l vagoni jalb qilindi. Sho‘rchi paxta tozalash zavodi qurilishi esa 1961 yilga kelib nihoyasiga yetdi. Bu davrgacha qanchadanqancha mablag‘ behuda sarflangani yuqorida keltirilgan misolimizdan ayon.
Urushdan keyingi yillarda viloyatning shimoliy tumanlarida paxta yetishtirishning ko‘payib borishi yangi paxta tozalash zavodi qurilishini taqozo qildi. Shu sababli 50yillarda Uzunda paxta tozalash zavodi qurilishi rejalashtirildi. 1950 yilda bu korxonada 197 ming so‘mlik qurilishmontaj ishlari bajarilishi kerak edi, ammo bu mablag‘ning 4 foizigina o‘zlashtirildi, xolos. Xuddi shu davrda Sho‘rchi va Jarqo‘rg‘on paxta tayyorlash punktlari qurilishi ham jadal usulda olib borildi. 50yillarning ikkinchi yarmida viloyatning shimoliy tumanlarida paxta yetishtirish yildanyilga oshib borishi sababli bu tumanlarning paxtasini qayta ishlayotgan Denov va Xayrobod paxta tozalash zavodlarining quvvati yetishmayotganligi ochiq sezila boshlandi. Shu sababli viloyatdagi beshinchi Uzun paxta tozalash zavodini qurib foydalanishga topshirish birinchi darajali vazifa sifatida qaraldi, 1957 yilda bu zavod foydalanishga topshirildi. 1960 yilda viloyatning shimoliy tumanlarida 148,3 ming tonna paxta yetishtirildi. Denov, Xayrobod, Uzun paxta tozalash zavodlari yetishtirilgan paxtaning 134,7 ming tonnasini qayta ishladi.
Umuman, aytish mumkinki, 19461960 yillarda Surxondaryoda yangi paxta tozalash zavodlari bunyod etildi. Lekin 1960 yilga kelib viloyatda 5 ta paxta tozalash zavodi faoliyat yuritib, ular tomonidan 135,6 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarilgan bo‘lsada, viloyat iqtisodiyotini, aholining turmush darajasini yaxshilashga unchalik ham ko‘p ijobiy ta’sir ko‘rsata olmadi, chunki yetishtirilgan paxta tolasi, lint, momiq tayyor mahsulot holatiga keltirilishi uchun Rossiyaning markaziy shaharlaridagi to‘qimachilik fabrikalariga, shuningdek, Germaniya, Bolgariya, Chexoslovakiya, Fransiya kabi davlatlarga yuborilgan. Yangi paxta tozalash zavodlarining ishga tushishi, albatta, viloyat iqgisodiyoti rivojida o‘ziga xos ijobiy rol o‘ynagan, bu shubhasiz.
Yuqorvda ta’kidlaganimizdek, ajratilgan mablag‘lar faqat yangi paxta zavodlari qurshshshiga emas, balki mavjud paxta tozalash zavodlarini rekonstruksiya qilishga ham qaratilgan. Viloyatning eng keksa sanoat korxonasi sanalgan Termiz paxta tozalash zavodi 1946 yidda yana yangi jihozlar bilan qurollana boshladi. Korxonani yangi texnika bilan jihozlash davom ettirilib, 1948 yidda bahosi 13345,20 so‘mlik ventilator, 19535 so‘mlik hovuz, 18665 so‘mlik «Lenines» nomli lentali transportyor ishga tushirildi. Zavodda amalga oshirilgan ishlar, albatta, o‘z natijasini berdi va 1949 yidda zavod jamoasi rejadagi 8820 tonna tola o‘rniga 9675,7 tonna tola ishlab chiqarib, rejani 103,7 foizga uddaladi, rejadan tashqari 855,7 tonna tola ishlab chiqardi. 19461950 yillar ichida Denov, Sherobod, Hazarbog‘ paxta tozalash zavodlari ham qayta ta’mirlanib, yangi zamonaviy jihozlar bilan qurollantiriddi. Denov paxta tozalash zavodiga 590 ot kuchiga teng bo‘lgan «Bolduin» markali dizel, generator, elektromotorlar, eski «TEM» markali linterlar o‘rniga yangi «XLM» markali linterlar, besh barabanli tozalagich va chigitni uzatuvchi transportyorlar o‘rnatildi. Urushdan keyingi yillarda Sherobod paxta tozalash zavodining quvvatini oshirish viloyat xo‘jalik rahbarlarining diqqat markazida bo‘ldi. Korxonani zamonaviy texnika va texnologiya bilan jihozlash ishlariga birgina 1949 yilda 18 ming so‘m mablag‘ ajratildi. Mana shu mablag‘lar hisobiga korxonada chigitni uzatish mexanizatsiyalashtirildi, gidravlik press, besh barabanli tozalashch o‘rnatildi. Lekin shuni ham ta’kidlash kerakki, rejada ko‘zda tutilgan barcha ishlar turli sabablarga ko‘ra amalga oshmadi. Masalan, Termiz paxta tozalash zavodida «Meteor75» markali dvigatel, 2 dona «XLM» markali momiq ajratgich, 1000 tonna paxta hosili sig‘adigan ombor, presslar uchun elektromotorlar, Denov paxta tozalash zavodida laboratoriya, estakado, tosh ushlovchi, tok beruvchi dvigatellar, Sherobod paxta tozalash zavodida energiya beruvchi dvigatel, momiq tozalagich uskunalari o‘rnatilmadi. Albatga, bu ishlarning bajarilmaganligi korxonalarning normal sur’atda ishlashiga salbiy ta’sir qo‘rsatdi. Shu yillar davomida Denov paxta tozalash zavodining elektr tokiga bo‘lgan talabi, Sherobod paxta tozalash zavodining esa mexanizatsiyalash talabi qondirilmadi.
Ma’lum bir kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishiga qaramasdan, 19461950 yillarda Surxondaryo paxta tozalash trestida ba’zi bir ishlar amalga oshirildiki, buni biz inkor eta olmaymiz. Birinchi navbatda paxta tozalash zavodlarining texnik jihozlanish darajasi yaxshilanib bordi: Paxta tozalash korxonalarining zamonaviy texnika va texnologiya bilan jihozlanishi ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini yaratdi: bo‘lib, har ming kishi hisobiga tug‘ilish 43,1% dan 41,5% ga tushib qoldi. Viloyatda ishga qobiliyatli yoshlar yil hisobiga 18 ming kishiga ko‘payib bordi. Aholining 58 ming kishisi ishlab chiqarishdan ajralgan holda turli sohalarda ta’lim oldi. 1989 yilda viloyatda 127 ming kishi mehnatga qobiliyatli holda ish yo‘qligidan ishlamadi. Sobiq SSSR hukmronligi yillarida viloyat sanoati asosan bir tomonlama rivojlandi. Viloyatda sanoat korxonalarini qurish nihoyatda sust amalga oshirildi. qurilgan sanoat korxonalari ham asosan xom ashyoga dastlabki ishlov berishga ixtisoslashgan edi. qolaversa mustabid tuzumning noto‘g‘ri iqtisodiy siyosati oqibatida butun respublikada paxta yakkahokimligining o‘rnatilishi viloyat xalq xo‘jaligini ham chetlab o‘tmadi. Natijada Surxondaryo viloyati ham agrar tizimga ixtisoslashtiriddi. Aholini qo‘shimcha ishchi o‘rinlari bilan ta’minlash, sanoat korxonalari barpo etish borasida bildirilgan taklif va mulohazalar e’tiborsiz qoldirildi. Shunga qaramasdan vohaning fidoyi insonlari viloyat sanoat korxonalari sonini ko‘paytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasida tinimsiz harakat qilib, viloyat sanoati yuksalishiga o‘zlarining munosib ulushlarini qo‘shdilar.
Urushdan keyingi dastlabki yillarda viloyatda qishloq xo‘jaligini har tomonlama taraqqiy ettirish, mavjud muammolarni tezroq tugatish, moddiytexnikaviy ahvolni yaxshilash kabi vazifalar turgan edi. Ishchi kuchining yetishmasligi, malakali mutaxassislar ko‘pchiligining urushda halok bo‘lganligi, davlat tomonidan yetarli darajada yordamning yo‘kligi natijasida jamoa xo‘jaliklarini iqtisodiy jihatdan rivojlantirish imkoniyati ancha chegaralangan edi. Achinarlisi shundaki, og‘ir ahvolga qaramay, Markazdan berilayotgan ketmaket ko‘rsatmalar, imkoniyatni hisobga olmay rejalashtirish, qo‘shimcha mahsulotlarni yetkazib berish to‘g‘risidagi buyruqlar xalqning turmush darajasini qiyinlashtirib qo‘ydi. Shunday sharoitda ham viloyat mehnatkashlari o‘z zimmasidagi reja va topshiriklarni bajarishga ishonch bilan kirishdilar. Uzun tumanidagi mavjud 32 ta xo‘jalikdan 28 tasi rejani oshig‘i bilan bajarib, shundan 11 tasi har gektardan 1520 sentnerdan hosil oldi. O‘rinboy Yo‘ldoshev yetakchiligidagi «Yangi kuch» jamoa xo‘jaligi a’zolari har gektar yerdan 21 sentnerdan, shu jamoa xo‘jaligidagi Yoqubjon Hojimatov boshliq zveno a’zolari 35 sentnerdan hosil oldi. Tumandagi Samad qurbonov yetakchilik qilayotgan Voroshilov jamoa xo‘jaligi a’zolari 1945 yil dehqonchiligidan 475,000 so‘m, chorvachilikdan 1 mln. 500 so‘m daromad oldi. Jamoa dehqonlarining yillik mehnatiga 664 ming so‘m pul, 650 sentner g‘alla va 481 sentner go‘sht taqsim qilindi. Shu tariqa o‘rtacha har bir mehnat kuniga 5 so‘mdan pul, 200 grammdan g‘alla va 36 gramdan go‘sht to‘g‘ri keldi.
Urushdan keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish nihoyatda og‘ir kechdi, chunki texnika ta’minotining tangligi, mavjud texnikaning urushga safarbar etilganligi, ishchi kuchining yetishmasligi, qishloq xo‘jaligini biladigan malakali mutaxassislarning yo‘qligi bunga sabab bo‘ldi. Dehqonchilik uchun urug‘likning kamligi, jamoa xo‘jaliklarining iqtisodiy jihatdan zaifligi qishloq xo‘jaligini tezda o‘nglab olishga imkon bermadi. O‘z navbatida dehqonlar barcha qiyinchiliklarni bartaraf etishga kirishib, 1946 yili 3700 gektar yerga chigit ekib, 63800 tonna paxta, shundan 2763 tonnasi ingichka tolali paxta yetishtirib, hosildorlikni 14,8 sentnerga ko‘tardilar.
Paxta yetishtirishning urushdan avvalgi darajasini jadal tiklash va uni yanada ko‘paytirish vazifasiga katta e’tibor berildi hamda paxtachilikka viloyat qishloq xo‘jaligining hal qiluvchi tarmog‘i deb qaraldi. Sho‘rchi tumanida 1945 yili qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishni reja asosida olib borish, mehnatga haq to‘lashni to‘g‘ri tashkil etish, hosildorlikni oshirish, yangi navlar yaratish sohasida sezilarli tadbirlar amalga oshirildi. Jamoa xo‘jaliklariga jamoat yordamini kuchaytirish tufayli 49 ta xo‘jalikdan 33 tasi paxta tayyorlash rejasini oshirib bajardi. Tuman paxtakorlari 6330 gektar paxta maydonining har gektaridan 11,1 o‘rniga 12,95 sentnerdan hosil olib, paxta tayyorlash yillik rejasini muddatidan ilgari 122,4 foiz qilib bajardi. Tilovov yetakchiligidagi «1 May» jamoa xo‘jaligi, Elmurodov yetakchiligidagi «Leninobod» jamoa xo‘jaligi va «Yosh g‘ayrat» jamoa xo‘jaligidan Jo‘raev yetakchiligidagi zveno a’zolari har gektardan 109 sentnerdan, Zubborov boshliq brigada 45 gektar yerning har gektaridan 31 sentnerdan hosil olib, katta mehnat zafariga erishdilar.
O‘zbekistonda paxta yakkahokimligining kuchayishi ko‘plab salbiy oqibatlarga ham olib keldi. Ammo o‘sha yillarda respublikada «odil» hokimlarning kuchg‘ayrati bilan xalq ongiga paxtachilikni jadal rivojlantirish O‘zbekiston mehnatkashlarining moddiy farovonligini oshirishning ob’ektiv asosi ekanligi, bu o‘zbek xalqining sobiq Sovet Ittifoqidagi barcha xalqlar bilan «mustahkam aloqa» va «buzilmas do‘stligi» ifodasi ekanligi singdirildi. qishloq xo‘jaligining texnika taraqqiyoti yo‘lidan borishini ta’minlashda respublikadagi qishloq xo‘jalik mashinasozliga korxonalari va ilmiy salohiyat katga rol o‘ynashi lozim edi. Urushdan keyingi yillarda viloyat qishloq xo‘jaligi zo‘r berib, ziddiyatli tarzda rivojlanib bordi. qishloq xo‘jalik mahsulotlarining eng muhim turlarini yetishtirish darajasi keskin ravishda pasayib ketdi, paxtachshshkka jiddiy ziyon yetkaziddi, chorva to‘yog‘i kamaydi, uning mahsuldorligi pasayib ketdi.
Mashinatraktor parklarining texnikaviy holati nihoyatda tashvishlantirarli holda edi. Bu parklar 8 10 yillar mobaynida yangilanmagan, obdon ishdan chiqqan, eskirib qolgan mashinalardan iborat bo‘lib, traktorlarning 33%i kapital ta’mirlashni, 11%i qayta tiklashni talab qilardi. Zarur texnikaning yo‘qpigi dala ishlarining sifatiga noqulay ta’sir o‘tkazar edi va oqibatda mehnat chiqimlari ko‘paydi, mehnatni tashkil qilishning qadimiy qoloq shakllari avj olib ketdi. Chunonchi, urushdan keyingi yillarda ham viloyatning ko‘pgina g‘allakor xo‘jaliklarida ekin o‘roq bilan o‘rilib olinar edi, o‘rilgan g‘alla chorva mollarining to‘yog‘i bilan, bir qancha tumanlarda esa toshlar yordami bilan yanchilardi. Urushdan keyingi hayotning murakkab shartsharoitlari Ittifoq rahbariyati oldiga ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishi va yo‘lyo‘rig‘ini yangilash, boshqaruv tizimini zamon talabiga muvofiq takomillashtirish zaruriyatini ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Zamonning o‘zi katta o‘zgarishlar yasashni talab qilardi, zotan xalq xo‘jaligini tinch davr ehtiyojlariga moslab qayta qurishning manbalarigina emas, balki o‘sha yillardagi jamiyatning ma’naviy holati ayni shundan iborat edi. O‘sha davrni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan kishilarning eslashicha, odamlar istiqbolga katta umid bilan qarardilar, tub o‘zgarishlarni kutardilar. Afsuski, bu orzuumidlar amalga oshmadi. Shundan keyingi voqealar ko‘rsatganidek, liberallashtirish o‘rniga, ko‘p o‘tmay mustabid tartibqoidalari yanada mustahkamlanib bordi. Urush jamiyatda jiddiy yo‘qotishlarga olib keldi, tinch bunyodkorlik ishlarida o‘z iste’dodi va qobiliyatlarini namoyon qilishga ulgura olmay, jangoxdarda halok bo‘lgan millionmillion yoshlarning o‘rnini hech narsa bilan to‘ldirib bo‘lmadi. Buyruqbozlikma’muriyatchilik tizimi xodimlarni tanlashning nomenklatura tamoyili hukmron bo‘lgan bir sharoitda esa, bu hol manfaatlari mansabparastlikka, shuhratga, shaxsiy qulaylik va farog‘atga erishishga qaratilgan shaxslarning xizmat zinalaridan ko‘pincha yuqori ko‘tarilishiga olib keldi. Bu davrda Stalin va Beriya nazorat qilgan zulmkor vosita mustabid tartibini mustahkamlashda aloxdsa o‘rin egallar edi. Odil fikrlovchi xodimlarni ta’qiblash, ular ustidan chaqimchilik qilish va ularni nazorat ostiga olish bilan shug‘ullanuvchi tizim puxta ishlardi. qishloq xo‘jaligini tiklash va yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari uchun turli kasbdagi malakali kadrlarni tayyorlash va agrar korxonalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlashdan iborat keng qo‘lamdagi dasturni amalga oshirish zarur edi.
Viloyat rahbariyati qishloqsa ommaviy kasbdagi mexanizator va texnik kadrlarni, qishloq xo‘jalik mehnati uchun malakali xodimlarni ko‘paytirishga asosiy e’tiborini qaratdi. Bu vazifaning muximligiga sabab shu ediki, urush natijasida kolxozchilar va agrar ishchilarning kadrlar tarkibi ancha yangilangan edi. Kadrlar tarkibi asosan mexnat stajiga, zarur kasbiy bilimlarga ega bo‘lmagan xotinqizlar, o‘smirlar bilan to‘ldirildi. Chunonchi, 1947 yilda o‘tkazilgan tadqiqotga muvofiq viloyat davlat xo‘jaliklarida xodimlarning 50% ga yaqini 3 yildan kamroq stajga ega edi. Tinch qurilishga o‘tish paytiga kelib mexanizatorlar soni biroz ko‘paydi, lekin ularning soni mutlaqo yetarli emas edi. Holbuki, urushdan keyingi davrda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining barcha jarayonlarini yaxlit mexanizatsiyalash yuzasidan ilgari surilgan yo‘l dehqonchilikda va chorvachilikda texnika taraqqiyotining asosiy sohalari sifatida ish ko‘ruvchi juda qo‘plab yangi mexanizator va texnik kadrlarni o‘qitishda yetakchi ahamiyat o‘ynadi. Biroq shuni ham uqgirib o‘tish kerakki, urushdan keyingi dastlabki yillarda mexanizatorlarni kasbga o‘rgatish amaliyotida jiddiy qiyinchiliklar mavjud edi. Jumladan, malakali mexanizatorlarni va ishchilarni tayyorlash uchun zarur moddiy baza yo‘q edi, mexanizatorlar tayyorlovchi ko‘pchilik maktablar eski binolarda joylashtirilgan edi. Turli ashyolar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, zarur o‘quv asbobuskunalari, maxsus adabiyotlar yetishmasdi. Aslida barcha o‘quv yurtlarida o‘qituvchilar tarkibi to‘ddirilmagan edi, shtatda turgan xodimlarning kasbiy darajasi esa ko‘pincha past bo‘lardi. Masalan, Hazarbog‘ (Denov), Kommunizm (Sherobod), Surxon (Jarqo‘rg‘on) maktablari pedagoglarining 60% maxsus ma’lumotga va pedagogik malakaga ega emas edi. Viloyat rahbariyati esa stalincha rahbariyat manfaatlarini ta’minlashga intilib, o‘zbek xalqining ehtiyoj va talablarini mutlaqo e’tiborga olmadi. Buning natijasida paxta milliy boylikdan ko‘ra ko‘proq minglab dehqonlar uchun katta kulfatga aylandi. 19461948 yillarda viloyat dexdonlari davlatdan 80 ta zanjirli NATI, 157 ta universal traktorlari va boshqa texnika jihozlari sotib oldi. Viloyatning Sherobod tumanida qishloq xo‘jalik mashinalari yetkazib berish oshib borib, «NATM75», «XATZ», «STZ» reaktorlari yetkazib berish 25 foizga, traktorlar 35 foizga va kombaynlar 15 foizga o‘sdi. Urushdan keyingi yillarda xo‘jaliklarni yiriklashtirish amalga oshirildi. Jarqo‘rg‘on tumanidagi Oxunboboev, Telman, Paxtaobod nomli mayda xo‘jaliklar 19481950 yillarda Norali Boymurodov xo‘jaligiga birlashtirildi. Natijada qudratli, iqtisodiy jihatdan baquvvat xo‘jalik vujudga keldi. Uning ixtiyorida 26328 gektar yer bor edi.
To‘rtinchi besh yillik mobaynida irrigatsiya qurilishi avj oldirilganligi natijasida Surxondaryo viloyatida sug‘oriladigan yerlarning kattakatta massivlari o‘zlashtirildi. O‘zbekiston Kompartiyasining X qurultoyi qishloq xo‘jaligiga rahbarlikni yaxshilash, paxta maydonlarini kengaytirish va uning hosildorligini gektar boshiga 25 sentnerga yetkazish vazifasini o‘rtaga qo‘ydi. Shu munosabat bilan irrigatsiya qurilishi va irrigatsiyamelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ishlari jadallashtirildi. 19461948 yillarda viloyatda irrigatsiyamelioratsiya ishlariga katta e’tibor berilib, DenovYurchi botqoqligida melioratsiya ishlarining olib borilishi, Dushanbeqoratog‘, Hazarbog‘ va Zang kanallarini qayta ta’mirlash 40 ming gektarga yaqin yerlarning suv ta’minotini yaxshilash va 7 ming gektarga yaqin yangi yerlarni o‘zlashtirish imkonini berdi. Natijada 1948 yilning o‘zida paxtadan 185 mln. so‘m daromad olindi. To‘rtinchi besh yillik davri kolxoz tizimini mustahkamlashga urinishlar bilan tarixda o‘rin oldi.
Bunday urinishlar mamlakat qishloq xo‘jaligini yuksaltirish vazifalariga muvofiq tarzda xo‘jaliklarning ishlab chiqarish imkoniyatini faollashtirish zaruriyatini taqozo etgan edi. Xo‘jaliklarni boshqarish tizimini birmuncha takomillashtirish va uning a’zolari mehnatini tashkil etishni yanada yaxshilash, qishloq xo‘jalik arteli ustaviga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirish, haddan tashqari kengayib ketgan ma’muriy apparatni qisqartirish, kolxoz ishlab chiqarishini rejalashtirishni yaxshilashga intilish kolxoz tuzumini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarning asosiy mazmuni bo‘ldi. Stalincha zulmkorlik tartibi hukm surgan, kolxoz tizimi tabiatining o‘zi chuqur o‘zgarib, izdan chiqqan, dehqonlar esa yerdan va pasportdan mahrum bo‘lishiga qaramasdan, SurxondaryoDa qishloq xo‘jaligi o‘sib bordi.
xo‘jalikni boshqarishning buyurokratik va valyuntaristik tartiblari shaxsiy tashabbusni bo‘g‘ib qo‘ydi. Oqibatda viloyat qishloq xo‘jaligi sohasida ham qator nuqson va kamchiliklar yuzaga keldi.
Jahonni o‘z girdobiga tortgan urush g‘alaba bilan tugallandi, hayot astasekinlik bilan izga tusha boshladi. Surxon vohasida urush davrida izdan chiqqan xalq xo‘jaligi qatorida maorif va madaniyat ham qayta izga tusha boshladi. Urush viloyat aholisi uchun nihoyatda katta sinov bo‘ldi, xususan, maorif va madaniyat dargoxdarining xodimlari urush davrining og‘ir va mashaqqatli sinovlariga mardonavor bardosh berdi. Kdrg‘inbarot urush jangoxlarida vohadan ketgan ko‘plab o‘qituvchilar shahid bo‘ldilar, bu esa maktablarda o‘qituvchilar sonining kamayishiga olib keldi. Ammo shunga qaramasdan tiklash davrining barcha qiyinchiliklarini bo‘yniga olgan xalq har bir sinovga mardonavor tarzda javob berdi. Urushdan keyingi yillarda yangi maktab binolarini qurishga hamda mavjud o‘quv binolarini kengaytirishga va ta’mirlashga imkon bo‘lmadi, qolaversa, maktablarda darsliklar va boshqa o‘quv qurollari yetishmas edi. Shunga qaramasdan, o‘z kasbiga fidoyi bo‘lgan o‘qituvchilar yoshlarga bilim berishda namuna ko‘rsatib tinmay mehnat qildilar. Ana shunday o‘qituvchilardan sariosiyolik Narzulla Norov, Termiz shaxridan V. A. Shevarnadze, Boysun tumanidan Bayna Chingizboeva, Sherobod tumanidan Suvon Eshboev kabi o‘nlab o‘qituvchilarning nomlari viloyat maorifi solnomalaridan abadiy joy oldi. Urush yillaridagi samarali mehnatlari uchun mohir pedagog Saodat Nazarova 1946 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi» unvoniga sazovor bo‘ldi.
Viloyatda 1946o‘47 o‘quv yilida 280 ta maktab faoliyat ko‘rsatdi, shuningdek, urush davrida otaonasiz qolgan 2000 nafar bola mavjud 15 ta bolalar uyida tarbiyalana boshladi. Bu davrda viloyat maktablarining malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlanish darajasi nihoyatda og‘ir ahvolda edi. Agar 1947o‘48 o‘quv yilida viloyat maktablarida 1890 nafar o‘qituvchi ishlagan bo‘lsa, ulardan qariyb 1000 nafari hatto o‘rta ma’lumotga ham ega emas edi. Bu davrda viloyat maktablariga mutaxassislar tayyorlab berishda Termiz pedagogika bilim yurti alohida o‘rin tutdi. 1949o‘50 o‘quv yilidan boshlab yetti yillik majburiy ta’lim joriy etiddi, bu esa ayni vaqtda maktablar sonini ko‘paytirish, mavjud maktablarning moddiytexnik ta’minotini yaxshilashni talab qilardi. Ushbu o‘quv yilida viloyatda 5 ta boshlang‘ich maktab yetgi yillik maktabga aylantirildi va qishloq joylaridagi boshlang‘ich maktablar imkon qadar kengaytirildi. Agar 1947 yidda viloyatda 270 ta boshlang‘ich va to‘liqsiz o‘rta, 10 ta o‘rta maktab bo‘lgan bo‘lsa, 1949o‘50 o‘quv yiliga kelib viloyatdagi maktablar soni 285 taga yetdi, shundan 11 tasi o‘rta, 136 tasi yetti yillik va 138 tasi esa boshlang‘ich maktablar edi. O‘sha davrda qishloqlardagi maktab yoshidagi aholini maktabga jalb qilishda ham jiddiy kamchiliklar mavjud edi. Ko‘plab yoshlar boshlang‘ich bilim bilan cheklanib qolayotgan edi, ayniqsa qiz bolalarni o‘qishga tortish past darajada edi. Agar 1949-50 o‘quv yilida viloyatdagi mavjud 11 ta o‘rta maktabni 150 nafar o‘quvchi bitirib chiqqan bo‘lsa, shulardan 13 nafarigina qizlar edi. Bu holat vohadagi maktab yoshidagi qizlarni o‘rta umumiy ta’limga tortishni keskin kupaytirish lozimligini bildirardi.
1950-51 o‘quv yilida qo‘shimcha 16 ta boshlang‘ich maktab ochildi, mavjud 43 ta boshlang‘ich maktab esa yetti yillik maktablarga aylantirildi. Shuningdek, 32 ta maktabda qo‘shimcha yangi o‘quv binolari qurildi. Bu maktablar asosan otaliq tashkilotlari hamda jamoa va boshqa xo‘jaliklarning kuchi bilan qurilgan bo‘lib, ularning moddiytexnik ta’minoti o‘ta past darajada edi. Ko‘pgina maktablar moslashmagan binolarda joylashgan edi, qolaversa, maktablarda isitish tizimlari, zarur asbobuskunalar va mebellar yetishmasdi. Bu holat nafaqat viloyatda, balki butun mamlakatda ko‘zga tashlanar edi. Buni keltirib chiqaruvchi sabab shu ediki, mustabid tuzum hukmronligi davrida xalq ta’limi tizimi «qoldiq prinsipi»ga asosan mablag‘ bilan ta’minlanardi. Maorif va madaniyatga qilinadigan sarfxarajatlar umumiy budjet mablag‘larining 23 foizidan oshmas edi. Maktab o‘quvchilarini darsliklar va o‘quv qurollari bilan ta’minlash darajasi ham o‘ta nochor holatda edi. Bunday salbiy hollar o‘quvchi yoshlarning maktablarni bitirmasdan tashlab ketish holatlariga olib kelardi.
Maktab ta’limi bilimlarni mukammal egallab olgan, jamoat hayotiga faol qo‘shilib keta oladigan, turli o‘quv muassasalariga kirib o‘qiy oladigan, savodxon yoshlarni yetishtirib chiqarishni ko‘paytirishga imkon bera oladigan jiddiy islohotlarga muhtoj edi. qishloq joylarda yoshlarning to‘liq o‘rta ma’lumot olishi uchun yetarli shartsharoitlar mavjud emas edi, bu esa qishloqda*bilimdon yoshlarning o‘qish va bilim olishga bo‘lgan qiziqishini ma’lum darajada so‘ndirardi. qishloq joylarda yashovchi yoshlarning to‘liq o‘rta ma’lumot olishiga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti 1950 yil 22 sentabrda «Yoshlarga o‘rta ma’lumot olishlari uchun zarur bo‘lgan choratadbirlarni kuchaytirish» yuzasidan qaror qabul qildi. Ushbu qarorga binoan uzoq joylarda yashovchi yoshlarning to‘liq o‘rta ma’lumot olishlari uchun shahar va posyolkalardagi ayrim maktablar qoshida internatlar tashkil etildi. Ana shunday masgablar Sho‘rchi tumanidagi 1o‘rta maktabda, Denov shahridagi 2o‘rta maktabda, Boysun tumanidagi 1o‘rta maktabda ish boshladi. Shuningdek, ishchi yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qitishni tashkil qilish borasida ma’lum ishlar amalga oshirildi, masalan, viloyatda 4500 nafar ishchi yoshlar kechki maktablarda ta’lim ola boshladi.
50-yillarning o‘rtalaridan boshlab viloyatda maktablar va ularda ta’lim oluvchi o‘quvchilar soni ortib bordi. Agar 1950o‘51 o‘quv yilida viloyat bo‘yicha 15 ta o‘rta maktab faoliyat yuritgan bo‘lsa, 1954-55 o‘quv yiliga kelib o‘rta maktablar soni 34 taga yetdi, 1959-60 o‘quv yilida esa bu ko‘rsatkich 85 taga yetdi. Bu davrda viloyatdagi maktablarni malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlash darajasi deyarli qoniqarli holatda emas edi. Barcha maktablarda 3144 nafar o‘qituvchi ishlagan bo‘lsa, shundan 322 o‘qituvchi oliy ma’lumotli mutaxassis edi, xolos. Shuningdek, 544 nafar o‘qituvchi umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lib, kasbiy pedagogik mahoratga ega emas edi. Bu holat viloyatda o‘qituvchilar tayyorlash masalasi dolzarb muammoga aylanganligidan darak berar edi. 1953 yilga kelib Surxon vohasida ham viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti tashkil topdi va joylardagi maktab o‘qituvchilariga uslubiy yordam ko‘rsatishda, ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini ommalashtirish hamda viloyatdagi maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashda katta ishlarni amalga oshira boshladi. Viloyat maktablarining o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1955 yidda Termizda ikki yillik o‘qituvchilar instituti bazasida Termiz Davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Ushbu ilm dargohi qisqa vaqg ichida viloyat maktablariga 353 nafar o‘qituvchi yetishtirib berdi. Ammo Surxondaryo va qashqadaryo viloyatlarining 1961 yidda birlashtirilishi natijasida, xalq xo‘jaliganing barcha tarmoklarida bo‘lganidek, boshqaruv ishlarida ham jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keldi. Shu sababli ham Termiz Davlat pedagogika instituti qarshi Davlat pedagogika institutiga qo‘shib yuboriddi. 1964 yilda ushbu ikki viloyat qayta bo‘linganidan so‘ng, 1965 yilda Termiz Davlat pedagogika instituti yana qayta tashkil etildi va institutga 1968 yili atokli adib Oybek nomi berildi.
Dastlabki davrda instituda 3 nafar fan nomzodi, 24 ta o‘qituvchi 250 nafar talabaga ta’lim berdi. Yillar o‘tishi bilan institut viloyatdagi yirik ilmiy va madaniy markazga aylanib bordi. Uning tashkil etilishi va rivojlanishiga, o‘quvuslubiy ishlarning takomillashib borishiga, yetuk malakali kadrlar tayyorlanishiga ko‘plab qobiliyatli va ishchan rahbarlar, olimlar salmoqli hissa qo‘shdilar. Jumladan, rektorlardan: geografiya fanlari nomzodi O‘lmas Abduqayumov (19541956), filologiya fanlari nomzodi M. Samatov (19561960), filologiya fanlari nomzodi Sobir Soliev (19651967), tarix fanlari nomzodi Vladimir qodirov (19671968), filologiya fanlari nomzodi X. Xoliyorov (19681970), biologiya fanlari nomzodi Abduraxmon qulmamatov (19711974), pedagogika fanlari doktori Oltiboy Haitov (19741983), akademik N. To‘raev (19832000), professor S. Tursunov (20002001), fizikamatematika fanlari doktori Ch. Saidov (20012002), professor X. Allaqulov (2002)lar institutning har jihatdan kengayishida, yangi o‘quv binolarining qurilishida, ilmiypedagogik kadrlarning tayyorlanishida, modsiytexnik bazaning mustahkamlanishida samarali mehnat qilishdi.
Viloyat xalq maorifi tarmoklari 19591965 yillarda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi va xalq maorifining moddiytexnik ta’minoti birmuncha mustahkamlandi, ayni chokda maktablar malakali mutaxassislar bilan to‘ddirildi. 1965 yilga kelib sakkiz yillik vag o‘rta politexnika ta’limi maktablari 397 taga yetdi, ularda 130764 o‘quvchi ta’lim ola boshladi, ularga 4117 nafar o‘qituvchi ta’limtarbiya bergan bo‘lsa, shulardan 1473 nafari oliy ma’lumotli edi. Bu davrda o‘quvchilarning turli kasbhunarlarni egallab olishlari borasida ham muxim ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan 1959 yil martida «Maktabning hayot bilan aloqasini mustahkamlash va respublikada xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» qabul qilingan qonun o‘qitishni yanada rivojlantirish, ta’limni hayotga, ishlab chiqarishga yaqinlashtirish, yosh mutaxassislar yetishtirib chiqarish sifatini oshirish maqsadlarida butun o‘quvtarbiyaviy ishni takomillashtirishni ko‘zda tutardi. Ana shu maqsadda viloyatdagi maktablar ishini qayta qurish va ta’limni ijtimoiyfoydali mehnat hamda ishlab chiqarish bilan bog‘lash sohasida anchagina ishlar amalga oshirildi. O‘quvchilarni kasbhunarga tayyorlashni kengaytirish borasida talay ishlar qilindi. O‘n bir yillikka aylantirilgan 60 ta o‘rta maktabda ishlab chiqarish ta’limi joriy etilib, ularning 49 tasi qishloq joylarida, 11 tasi esa shahar joylarida tashkil etildi. 1961o‘62 o‘quv yilida boshlang‘ich maktablarning bir qismi va barcha yetgi yillik maktablar sakkiz yillik maktablarga aylantirildi. Umumiy majburiy ta’limga o‘tish yaxshi samaralar berdi, buni o‘quvchilarning turli sabablar bilan di tarixi» (Termiz, 1996), dotsent A. qulmamatovning «Umurtqasizlar zoologiyasi» (Toshkent, 1987), dotsent T. Annaevning «Rannesrednevekovme poseleniya Severnogo Toxaristana» (Toshkent, 1988), professor U. Umarovning «Xalq maorifi iqtisodiyoti» (Toshkent, 1981) va boshqa qator olimlarning darslik hamda qo‘llanmalari chop etilib, fan ravnaqiga katta ulush qo‘shiddi. Surxondaryoda iqtisodiy, madaniy hayotni targ‘ib etishda «Surxon tongi» gazetasining o‘rni alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Gazeta 1935 yilda tashkil topib, dastlab «qizil chegara», 1956 yil 21 maydan «Lenin bayroga», 1991 yiddan «Surxon tongi» nomi bilan nashr etildi.
Surxon vohasi adabiy harakatchiligi sarchashmalari ulug‘ adiblar Daqiqiy shohnomanavisligi, Munjik hajvnavisligi, Adib Sobir Termiziy g‘azalnavisligi bilan yo‘g‘rilgan. qalblari faxru g‘ururga limmolim, ijodi ko‘ngillar sururiga to‘la bu alloma shoirlar Termiz va Chag‘oniyon adabiy muhitida nash’u namo topgan edilar. Ko‘hna Termiz va Chag‘oniyon o‘z rizqini Chag‘onrud (Surxon) va Turkondaryo (Sheroboddaryo) hamda Okus (Og‘uzAmudaryo)dan olgani kabi vohaning she’riyat an’analari tub ma’noda baxshichiliqdan ibtido topgani yanada maroqlidir. Darhaqiqat, baxshichilik Surxon she’riyatining ilk manshasi sifatida o‘ziga xos jihatlarni namoyon etadi. Do‘mbira jarangi, baxshi ohangi, qaxramonlar tasviri, el taqdiri birbiriga qorishib, omuxtalashib ketadi. Sherobod baxshichilik va dostonchilik maktabi sarhadlari juda keng bo‘lib, uning o‘z tarixi, o‘z taqsiri, o‘z tadriji, o‘z yo‘nalishi bor, uning hududiga Janubiy Tojikiston, qashqa vohasi, Turkmanistonning ayrim tumanlari va Shimoliy Afg‘oniston daxddor.
Sherobod dostonchilik va baxshichilik maktabining dongdor namoyandalari va qator asoschilari mavjud hamda ular vujudga keltirgan o‘ziga xos ajoyib an’analar hanuz davom etib kelmoqsa. Sherobod baxshichilik maktabining yirik vakillaridan biri Shernazar baxshi Berdinazar (ayrim manbalarda Beknazar, tavallud va vafoti sanalari 18551915) o‘g‘li (1866 1920) dir. U Sherobod tumaniga tobin Ozon qishlog‘ida tug‘ilgan, aytishlaricha, 78 yoshlaridan do‘mbira chertib, doston ayta boshlagan ekan. Uning ustozi qosim yuzboshi bo‘lib, u 20 yasharligida Buxoro amirligi hamda Xorazm xonligining ko‘zga ko‘ringan baxshilari bilan aytishib, ularni qoyil qoldirgan. Sherobod baxshilarining ushbu silsilasi va sulolasi aslida Bobo shoirdan ibtido topadi, tub sherobodlik bo‘lgan bu shoir XIX asrning boshlarida o‘tgan. qosim yuzboshi ana shu Vobo shoirning shogirdi bo‘lgan, o‘z navbatida qosim yuzboshi Xolmurod qosim o‘g‘li, Alim yuzboshi va Shernazar Berdinazar o‘g‘li singari baxshilarni tarbiyalab voyaga yetkazishda xizmati ulug‘dir. Sherna baxshi ham ustozi qosim yuzboshi izidan borib, ayni balog‘atga yetgan 17 yoshida Sherobod bekligining nomdor baxshisi Niyozali jebachi bilan aytishadi va bu aytishuvda g‘olib chiqadi. Sherna baxshi g‘uzor, Boysun, Sherobod, Denov, Hisor va boshqa bekliklarning baxshilari bilan bellashadi, bellashuv g‘olibi sifatida baxshilar sardoriga aylanadi.
Sherna baxshi nomi bilan bog‘liq ellikdan ziyod dostonlar mavjudligini bilamiz va undan 20 dan ortiq doston yozib olingan. U o‘zidan keyingi avlodga mansub ko‘plab baxshilarning ustozi hisoblanadi, chunonchi, Mardonaqul baxshi Avliyoqul o‘g‘li, Mamarayim baxshi Safar o‘g‘li, Bo‘riboy baxshi Ahmad o‘g‘li uning shogirdlaridir. Shuningdek, ozonlik Normurod baxshi Sherna o‘g‘li, gilamboplik Ahmad baxshi, Nurali baxshi Boymat o‘g‘li, oqqo‘rg‘onlik Yusuf baxshi O‘tagan o‘g‘li, g‘o‘rinlik Jo‘ra Eshmirza o‘g‘li kabi ilg‘or baxshilar ham Sherna baxshining sevimli shogirdlari qatoriga kiradi.
Sherobod dostonchilik maktabining vakillaridan yana biri mashhur baxshi Shoto‘ra yuzboshi Boyqul o‘g‘li (18871947)dir. Shoto‘ra yuzboshi Sherobod tumani, Kallamozor qishlog‘ida tavallud topadi, otasi Boyqul shoirdan baxshichilik sirlarini o‘rganadi. Boyqul baxshi bir necha marta Buxoro amiri Muzaffarxon huzurida doston aytib baxshichilik vasiqasiga sohib bo‘ladi. Shoto‘ra baxshi ota izidan borib elu ulusga taniladi, xalqning to‘yu shodiyonalarida xizmat qiladi, o‘z dostonlari bilan kishilarni xushnud aylaydi. Shoto‘ra baxshi «Alpomish» va «Go‘ro‘g‘li» turkumiga oid qirqqa yaqin dostonlarni yuksak mahorat bilan kuylagan. Bundan tashqari «Yodgor», «Shodmonbek», «Savdogar» nomli boshqa qator dostonlar ham uning ijod bisotidan hisoblanadi.
O‘zining betakror ovozi, o‘ziga xos sozi bilan Sherobod baxshichilik maktabida unutilmas iz qoldirgan va yangi o‘zanini yarata olgan baxshilardan sanalmish Mardonaqul baxshi Avliyoqul o‘g‘li (18891975, Sherobod, Ozon qishlog‘i) ikki yoshida onadan yetim qoladi va tog‘asi Sherna baxshi qo‘lida tarbiya topib, voyaga yetadi. Mardonaqul baxshi Sherna baxshiga ham jiyan, ham farzand, ham kuyov, ham shogird bo‘lib, u Sherna baxshidan dostonchilik sirlaridan, baxshichilik sehrlaridan ta’lim oladi. Mardonaqul baxshi dostonchilikda o‘z usulini ixtiro qila olgan yetuk san’atkorlar safida turadi. Undan yozib olingan «Alpomish» dostoni namunasi shu mavzudagi boshqa dostonlar ichida yetakchi o‘rindadir. Mardonaqul baxshining dostonchilikdagi an’analarini denovlik baxshilardan Toshmurod To‘ra o‘g‘li (tavshshudi 1897), Eshmurod Sherdon o‘g‘li (tavalludi 1904), angorlik Rahim baxshi (tavalludi 1899), qiyom baxshi Chori o‘g‘li (tavalludi 1907), boysunlik Ulash baxshi g‘ozi o‘g‘li (18921969), sherobodlik Ali Said Hayitnazar o‘g‘li (19021953), tojikistonlik Bo‘ri baxshi Ahmad o‘g‘li (tavalludi 1914) va boshqalar yuksak mahorat bilan davom ettirdilar. Aslida Shoto‘ra yuzboshi, Mardonaqul baxshi, Mamarayim baxshi, Umir baxshi, Bo‘ri baxshi ijodi bilan alpomishgo‘ylikning yangi bosqichi boshlandi. «Alpomish» dostoni mavzuining chinakam qirralarini namoyish etish hozirda Surxon vohasi baxshilari tomonidan o‘sha qadim va ustuvor an’ana asosida davom ettirilmoqda. Darhaqiqat, Chorsha baxshi, qora baxshi, Boborayim baxshi, Chori baxshi, Xushboq baxshi, Shoberdi baxshi, Jumanazar baxshi, Abdunazar baxshi, Shodmon baxshi, Zulxumor baxshilar tilida «Alpomish» dostoni jaranglab ikkinchi umrini boshladi. Bular orasida Chorsha baxshi, Xushboq baxshi, Boborayim baxshi, Shoberdi baxshi va Jumanazar baxshi singarilar o‘ziga xoslik jihatidan ayricha tabiatli ijodkorlar sirasiga taalluklilik kasb etadi.

Yüklə 112,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin