Quvvatga doir masalalar 10 kW quvvatli kran qanday massali yukni 0,1 m/s tezlik bilan ko’tara oladi? (10 t)



Yüklə 17,61 Kb.
tarix27.10.2022
ölçüsü17,61 Kb.
#66539
Quvvatga doir masalalar 10 kW quvvatli kran qanday massali yukni


Quvvatga doir masalalar
1. 10 kW quvvatli kran qanday massali yukni 0,1 m/s tezlik bilan ko’tara oladi? (10 t)
2. Jismga 600 burchak ostida 40 N kuch ta’sir qilib, unga 5 m/s tezlik bermoqda. Hosil bo’lgan quvvatni toping?
3. 60 kg massali odam zina bo’ylab 10 m balandlikka 40 s da chiqdi. Odamning quvvatini toping? (150 W)
4. Quvvati 50 kW bo’lgan kran yukni ko’tarishda 3,5 MJ foydali ish bajardi. Yuk tekis ko’tarilgan bo’lsa, ko’tarilish vaqt davom etgan? (70 s)
5. 50 kW quvvatli ko’tarish krani yukni ko’tarishda 3 MJ foydali ish bajardi. Agar yuk tekis ko’tarilgan bo’lsa, ko’tarilish vaqti necha sekund bo’lgan? (60 s)
6. Ko’tarish krani 10 m balandlikka 5 t massali yukni 25 s da tekis ko’taradi. Kranning foydali quvvati qancha (kW)? (20 kW)
7. Quvvati 1350 W ga yetgan avtomobil tekis harakatlanib, 40 sekundda 0,5 km yo’l bosgan bo’lsa uning tortish kuchi qanchaga teng (N)? (108 N)
8. Quduqdan 24 m balandlikka har minutda 1500 letr suv chiqaradigan nasosning foydali quvvatini toping (kW)? (6 kW)
9. Dvigatelining quvvati 5 kW bo’lgan ko’tarma kran yukni 6m/minut o’zgarmas tezlik bilan ko’tarmoqda. Yukning massasini toping? (5 t)
10. Teplovozning tortish kuchi 250 kN, dvigatellarining quvvati 2500 kW. Poyezd tekis harakatlanib, 12 km yo’lni qancha vaqtda (minut) bosib o’tadi? (20 minut)

Ishga doir masalalar
1. 72 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan, massasi 60 kg bo’lgan, meteoritning kinetik energiyasini hisoblab toping? (12 kJ)
2. Massasi 1,25 kg, kinetik energiyasi 10 J bo’lgan jismning impulsini toping? (5 kg*m/s)
3. Impulsi 30 kg*m/s, kinetik energiyasi 90 J bo’lgan jismning massasini aniqlang? ( 5 kg)
4. 10 kg massali jismga 2 minut vaqt davomida o’zgarmas 5 N kuch ta’sir qildi. Jismning kinetik energiyasi qanchaga teng? (18 kJ)
5. Massasi 10 kg bo’lgan snaryad stvolda 0,01 s harakatlanib, 600 m/s maksimal tezlikka erishdi. Porox gazining o’rtacha ta’sir kuchini hisoblab toping? ( 6*105 N)
6. 54 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan, massasi 40 kg bo’lgan, meteoritning kinetik energiyasini hisoblab toping? (4,5 kJ)
7. Massasi 0,3 kg, kinetik energiyasi 15 J bo’lgan jismning impulsini toping? (3 kg*m/s)
8. Impulsi 65 kg*m/s, kinetik energiyasi 32,5 J bo’lgan jismning massasini aniqlang? ( 65 kg)
9. 15 kg massali jismga 4 minut vaqt davomida o’zgarmas 5 N kuch ta’sir qildi. Jismning kinetik energiyasi qanchaga teng? (48 kJ)
10. Massasi 13 kg bo’lgan snaryad stvolda 0,013 s harakatlanib, 650 m/s maksimal tezlikka erishdi. Porox gazining o’rtacha ta’sir kuchini hisoblab toping? ( 65*104 N)

Yüklə 17,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin