“quyosh bilan suhbat” Xurshid Qayumov she’ri Avaz Mansurov musiqasi



Yüklə 1,69 Mb.
tarix12.05.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#57671
QUYOSH BILAN SUHBAT

“QUYOSH BILAN SUHBAT” Xurshid Qayumov she’ri Avaz Mansurov musiqasi


XURSHID QAYUMOV

Xurshid Qayumov (taxallusi; asl nomi Sharafiddinov Shamsiddin) 1892 yil 20-iyunda Toshkentda tug’ilgan. Shoir va dramaturg. Oʻzbekiston milliy musiqali drama teatri asoschilaridan biri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1941). Toshkentdagi madrasalarning birida, soʻng rustuzem maktabida (1908—10) oʻqigan. Otasi vafotidan keyin 1910-yilda oʻqishni tashlab, Andijonga borgan va 1918-yilga kadar prikazchik boʻlib ishlagan. Xurshid Qayumov Andijondalik paytida Qrim, Tatariston va Ozarbayjonda nashr etilgan gaz. va jurnallar bilan tanishgan. 1918-yilning yoz oylarida Toshkentga qaytib, oʻqituvchilar tayyorlash 4 oylik kursida oʻqigan, soʻngra "Behbudiy" va "Namuna" maktablarida oʻqituvchilik qilgan (191820). 1920-yildan boshlab Eski shahar xalq maorif boʻlimida xodim va Mannon Uygʻur rahbarligidagi teatr truppasida suflyor, "Mushtum" jurnal tahririyatida texnik muharrir (1924— 26), Andijon viloyat teatri (1929— 33) va Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida (1933—48) adabiy emakdosh, Til va adabiyot instituti qoshidagi Adabiyot muzeyida ilmiy xodim (194960).

Xurshid Qayumovning dastlabki sheʼrlari 1914-yilda "Turkiston viloyatining gazeti", "Sadoi Turkiston" gazetalari, "Tarjimon", "Oyna" jurnallari va "Tuhfai Xislat" bayozida (1914) "Xoib" taxallusi bilan eʼlon qilingan. Oʻz sheʼrlarini jamlab, "Devoni Shohidiy" nomi bilan devon ham tuzgan (1912). Shoir keyinchalik "Mushtum" jurnalda bosilgan hajviy sheʼrlarida "Oʻjar", "Tajang", "Chayon" kabi taxalluslardan foydalangan.

1960-yil 13-sentabrda vafot etgan.


AVAZ MANSUROV Avaz Mansurov 1957-yil 2-noyabrda Qo‘qon shalirida tug‘ildi. Avazning bolalik yillari teatr sahnasida hamda mashhur xonanda va sozandalarning musiqa va she’riyat davralarida o‘tdi. Dastlab musiqa maktabida, so‘ngra Qo‘qondagi musiqa bilim yurtining «Musiqa nazariyasi» bo‘limida a’lo baholar bilan o‘qidi. 1982-yilda M. Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat kon- servatoriyasining «kompozitsiya va cholg‘lashtirish» kafed- rasini Boris Zeydman sinfida, 1986-yili asisstenturani professor Feliks YAnov-YAnovskiy rahbarligida bitirdi. Kompozitor A. Mansurov ish faoliyatini 1973-yilda Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri- ning orkestrida sozandalikdan boshladi. 1981 —1983-yillarda o‘qish bilan bir qatorda Respublika o‘quvchilar saroyi qoshidagi bolalar musiqa maktabida ishladi. 1982-yili konservatoriyada o‘qishni bitirgach, kompozitsiya va cholg‘ulashtirish kafedrasida pedagog lavozimida asisstenturada qoldirildi. Mazkur kafedrada katta o‘qituvchi, dotsent, «SHarq fakulteti» dekani, «Kompozitsiya va cholg‘ulashtirish kafedra»si mudiri va 2000-yildan boshlab konservatoriya o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida ishlamoqda

ASAR TAHLILI Tempi: Quvnoq O’lchovi: 4/4 Tanalligi: F-dur (fa-major) Ovoz diapazoni: birinchi oktava do-dan ikkinchi oktava re-gacha. Asar quvnoq va sho’x ruhda bo’lib bolalar uchun juda mos. Asarda qaytarish belgilari,ligalar va pauzalar qatnashgan. Asar 5-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin