R e j a: Fazo va fazoda mo`ljal olish haqida tushuncha. Fazoni idrok qilishva fazoda mo`ljal olishda so`zining roli. Bolalarning tevarak atrofdagi fazoda mo`ljal olishini o`zlashtirishi. Ko`rib idrok qilish va o`lchash asosida masofani
R E J A: 1. Fazo va fazoda mo`ljal olish haqida tushuncha. 2. Fazoni idrok qilishva fazoda mo`ljal olishda so`zining roli. 3. Bolalarning tevarak atrofdagi fazoda mo`ljal olishini o`zlashtirishi. 4. Ko`rib idrok qilish va o`lchash asosida masofani aniqlash. Tayanch so`zlar: Tevarak atrof - chamalash, orientirovka qilish, o`zi turgan nuqta, yon atrofdagi ob`ektni, o`ng, chap, oldi, orqa, yuqori, past, yonma - yon, yaqinida, yonida.
Tevarak atrof haqida tushuncha. Tevarak atrofii kuzatish, orientirovka qilish. Tevarak atrof tushunchasi - keng ma`nodagi, murakkab, serqirra tushunchadir. Biz, tevarak atrof ma`nosida, bizni o`rab turuvchi ob`ektiv olam xarakteristikasini anglaymiz. Biz tevarak atrof haqidagi bilim va malakalarni egallash uchun, shuningdek uning shakli, belgilari haqida, ularning tuzilishi, balandligi, uzunligi, kengligi haqida, predmetlarning joylashuvi, ularning orasidagi masofani aniqlashdagi va belgilay olishni o`rganish uchun, tevarak atrof haqidagi tushunchalarini yanada mustahkamlash uchun- turli tevarak atrof kategoriyalariga murojaat qilamiz.
Bunda biz avval predmetlarning belgilariga qarab(ya`ni shakli va o`lchoviga, harxil o`lchovligiga) vа tevarak atrofdagi belgilarga qarab(ya`ni tevarak atrofni yaxlitligicha tushintirish, predmetlarning bir biridan farqi yoki o`xshashligi (tabiatda) va h.k. farqlay olishga o`rganishimiz va o`rgatishimiz kerak.
Tevarak atrofni chamalash, orientirovka qilish tushunchasi, masalasi murakkab masaladir.
Tevarak atrofni orientirovka qilishda turgan yoki belgilangan joy taxminga olinadi:
MASALAN:
a) kishi tevarak - atrofni yaxshilab kuzatib "O`zi turgan nuqta" haqida ma`lumot bera olish; yon atrofidagi ob`ektni tushuntira bilishi kerak:
6) o`zi qo`yib ketgan predmet yoki insonni qayta tevarak atrofni chamalash orqali topib kelishi yokи aniq ma`lumot bera olishi kerak;
v) inson tevarak atrofni ob`ektlicha tushintirayotganda, chalkashtirmay, predmetlarning bir xil yoki harxilligini tushintira olishi, shuningdek qaysi predmet qaysinisining ortida, oldida, orasida, uzoq, yaqinligi, xullas orasidagi masofa haqida to`la ma`lumot bepa olishi kerak.
Tevarak atrof haqidagi, uni aniq orientirovka qila olish haqidagi belgilarga harbir inson ega bo`lishи kerak. Bu bilimlar esa ularga yoshlikdan beriladi.
Orientrovkani yaxshi bilgan harqanday yo`lovchi adashmaydi, adashganni yo`lga solib yuboradi. Kattalar misolida ko`rsak:
Men turgan kenglikda dala bo`lib, 20 qadam oldinda, 15 qadam o`ng tarafimda terak daraxti bor. Terakning uzunligi taxminan 20-25 m, yo`g`onligi taxminan 35 sm. Pastki shoxlarida barglari yo`q. Tepak shoxlari serbarg, terak ustida qora qarg`alar uchib yuribdi. Yoki biror bir uy, ko`cha, xonada ma`lumot berish.
Inson aktiv harakatini davom ettirishi uchun koordinatsiyani va uni orientirovka qilishni yaxshi biliши kerak.
Ko`pchilik bu usuldan faqa tbir joydan ikkinchi bir joyga adashmasdan borib kelishi uchunginа foydalanadi.
Orientirovkani aniq belgilay olish, joylarni yaxshi o`zlashtirish uchun, shu odamning eslab qolish qobiliyati, xotirasi, diqqat - e`tibori, o`ylash, esga tushirish, ko`z oldiga keltira olish kabi qobiliyatlari ancha mustahkam bo`lishi kerak. Aks holda, bu qobiliyatlari zaif odamlar orientirovkani yaxshi belgilay olmaydilar.
Tevarak atrofni chamalash harbir odamning o`ziga qulayligini tanlab olishiga bog`liq. "O`zining" yokи boshqa birovni, o`ng qo`l, chap qo`l, tushunchalari bilan, yoki predmetlarning shakliga qarab, joylashuviga qarab ham orientirovka qilish mumkin.
Masalan: ba`zilar uy yoki magazinning nomini, nomerini, adresini bilmaydilar-ku lekin qaysi transport bilan, qanday qilib borishni shunday aniq qilib tushuntaridilar-ki, hatto "ko`z yumib" borib topish mumkin.