Referat bajardi: Tekshirdi: toshkent-2023



Yüklə 31,76 Kb.
səhifə1/3
tarix18.07.2023
ölçüsü31,76 Kb.
#136855
növüReferat
  1   2   3
referat


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI

O‘QUV-KUZATUV AMALIYOTI BO‘YICHA


REFERAT
Bajardi:
Tekshirdi:
TOSHKENT-2023

ATB “Universal bank” Toshkent shahar filialida amaliyot o‘tash davomida bank haqida umumiy ma‘lumotlarni oldim, ya’ni: «Universal bank» aksiyadorlik-tijorat bankiga 2001-yilda asos solingan.
“Universal bank” bank operatsiyalarining asosiy turlarini, shu jumladan xususiy va korporativ mijozlarga xizmat ko’rsatish, investitsiya banklari, xalqaro pul o’tkazmalari, shuningdek, konsalting va axborot xizmatlarini taqdim etadi.
ATB “Universal bank” korporativ va chakana segmentlarda faol ishlaydi. Rivojlangan bank texnologiyalaridan foydalanish, moslashuvchan tariflar, mijozlar biznesining o'ziga xos xususiyatlariga individual yondashish bankning moliyaviy ko'rsatkichlarining jadal o'sishi va bankni yanada muvaffaqiyatli bo'lishiga imkon beradi.
Bank bugungi kunda rivojlanishning yangi bosqichiga ega bo'lib, bu xizmat turlarini kengaytirish, bozorning talablariga muvofiq yangi zamonaviy bank mahsulotlarini ishlab chiqish va mijozlarga xizmat ko'rsatishni yaxshilashni o'z ichiga oladi.
ATB “Universal bank”ning Farg'ona viloyatida, Namangan viloyatida, Toshkent shahrida va Zangiota tumanida, jami 7 ta filiali mavjud.
ATB “Universal bank” faoliyatida tayanch tamoyil – mijozlarga xizmat ko‘rsatishda maksimal qulaylik va moslashuvchanlik.
ATB “Universal bank” bank guruhining joriy stratеgik ustuvor yo‘nalishlari qatorida foydani oshirish maqsadida aktivlar va passivlarni samarali boshqarish, qarzdor sifatiga yo‘nalgan holda krеdit portfеlini muntazam o‘stirib borish, vositachilik foydasini oshirish, qarz kapitali bozoriga mablag‘larni ko‘proq jalb etish, hisob-kitob biznеsi va masofadan xizmat ko‘rsatish kanallarini yanada rivojlantirishni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
ATB “Universal bank” - O‘zbеkiston banklari uyushmasi va Invеstitsiya institutlari milliy uyushmasi a’zosi.
"Fitch Ratings" xalqaro reyting kompaniyasining 2021-yil oxiridagi hisobotiga ko'ra, emitentning uzoq muddatli defolt reytingi "Barqaror" bashorati bilan "B-" darajasi tasdiqlangan.
Ohirgi uch yilda hisoblangan va toʼlangan dividendlar, shu jumladan qarzdorlik miqdori toʼgʼrisidagi maʼlumotlar, aksiyadorlar tomonidan dividendlarni olish uchun bogʼlanish maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar
АTB Universalbank tomonidan ohirgi uch yilda hisoblangan va toʼlangan dividendlar.
Aksiyadorlar umumiy yig 'ilishining 2019-yildagi qaroriga ko' ra 2019-yilda aksiyadorlarga to 'langan dividendlar summasi 2 700 000 000 so' mni tashkil etdi.
2019, 2020 va 2021 yillarda aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qarori bilan sof foyda taqsimlanmagan foyda tarkibiga o'tkazilgan, dividendlarni to'lash to'g'risida qaror qabul qilinmagan.
Aksiyadorlar umumiy yig 'ilishining 2022-yildagi qaroriga ko' ra 2022-yilda aksiyadorlarga to'langan dividendlar summasi 10 904 271 840,00 so' mni tashkil etdi.
Reyting
Fitch Ratings-Moskva-2021-yil 25-noyabr. Fitch Ratings agentligi tomonidan O‘zbekiston “Universal bank” aksiyadorlik tijorat banki uzoq muddatli emitent defolt reytingi “B-” darajasida, “Barqaror” prognozi bilan tasdiqlandi.
"Ahbor-Reyting" agentligi tomonidan o'tkazilgan monitoring natijalari asosida "qA2" darajasida "Yuqori-Standart" xizmatlar sifati reytingi tasdiqlandi.

Yüklə 31,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin