Режа : Kapital bozori Ssuda bozori



Yüklə 52 Kb.
səhifə1/3
tarix21.05.2023
ölçüsü52 Kb.
#118849
  1   2   3
инвестиция миш


МАВЗУ: Investitsiyalash manbalarini shakllantirishda kapital va ssuda bozorlarining roli.


РЕЖА :

  1. Kapital bozori

  2. Ssuda bozori

  3. Investitsiyalash manbalarini shakllantirishda kapital va ssuda bozorlarining roli.

  4. Xulosa



Kapital bozori,
fond bozori – bo`sh turgan pul mablag`larini to`plash, ularni ssuda kapitaliga aylantirish, so`ngra uni ishlab chiqarish jarayonlari ishtirokchilari (banklar, korxonalar, firmalar, shuningdek, mamlakat aholisi) o`rtasida taqsimlash munosabatlari; qimmatli qog`ozlar, korxonalarning aksiyalari hamda davlat obligatsiyalari bilan oldi sotdi operatsiyalari olib boriladi. Pul kapitalining qayta taqsimlanishida ishtirok etadigan banklar, fond birjalari va boshqa moliya-kredit muassasalari majmuini o`z ichiga oladi. Kapital bozori pul bozori bilan birga iqtisodiyotning tarmoqlari va hukumat uchun tashqi kapital manbai hisoblanadi, ssuda kapitaliga talab va taklifni shakllantiradi.
Kapital bozori kompaniyalar va davlatning qisqa muddatli qimmatli qog`ozlari bilan ham shug`ullanadi. Kapital bozori qimmatli qog`ozlarni sotuvchilar va sotib
oluvchilar, ixtisoslashgan fond brokerlari, savdo va tijorat banklari, markaziy bank, pensiya fondi, sug`urta kompaniyalari, investitsiya kompaniyalari, sanoat korxonalari, xorijiy investorlar, korxonalar, tashkilotlar ishtirok etadilar. Manbalar va kiritilgan sohalariga qarab xalqaro va milliy kapital bozorlari bor. Kapital bozori ikki asosiy vazifani bajaradi:

    1. birlamchi bozor yoki yangi emissiya bozori. Bunda investitsiya va boshqa maqsadlar uchun zarur bo`ladigan kapital yangi aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog`ozlarni chiqarish hisobiga shakllantiriladi;

ikkilamchi bozor. Bunda mavjud qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalar olib boriladi. Ikkilamchi bozor qimmatli qog`ozlarni sotuvchilardan haridorlar qo`liga o`tishni yengillashtiradi. Kapital bozori mamlakat moliya tizimida muhim o`rin egallab, aholining jamg`arilgan mablag`larini investitsiyalarga va investitsiyalarni qimmatli qog`ozlar portfeliga aylantirish mexanizmi bo`lib xizmat qiladi. O`zbekistonda 200 dan ortiq brokerlik idoralariga ega bo`lgan "Toshkent" fond birjasi 1994 yildan qimmatli qog`ozlar savdosi bilan shug`ullanadi

Yüklə 52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin