Reja: A. Qahhor nasr ustasi



Yüklə 43,69 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü43,69 Kb.
#176884
2 amaliy mashg\'ulot


Mavzu: A.Qahhor - nasr ustasi. M.Shayxzoda dramalarida tarixiy hiqiqat va badiiy to‘qima. Mirtemir she’riyati.
Reja:

  1. A.Qahhor - nasr ustasi.

  2. A.Qahhor - nasr ustasi. M.Shayxzoda dramalarida tarixiy hiqiqat va badiiy to‘qima

  3. Mirtemir she’riyati.


Abdulla Qahhor— Oʻzbekiston xalq yozuvchisi 1907 yilda Qoqonda temirchi oilasida tug‘ilgan. Bolaligi Qo‘qon va uning atrofidagi qishloqlarda o‘tdi. Oqqo‘rg‘on qishlog‘idagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil ko‘rdi. Oilasi Qo‘qonga ko‘chib kelgach „Istiqlol“ nomli sho‘ro maktabiga o‘qishga kiradi, undan internat, „Kommuna“, „Namuna“ maktablarida, so‘ng bilim yurtida tahsil ko‘radi. Bilim yurtining „Adib“ qo‘lyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi „Qizil O‘zbekiston“ gazetasi tahririyatining „Ishchibatrak maktublari“ varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gazetada ishlash jarayonida O‘rta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). Abdulla Qahhor yana Qo‘qonga borib, dastlab o‘qituvchilarni qayta tayyorlash kursida muallimlik qiladi; ko‘p o‘tmay „Yangi Farg‘ona“ viloyat gazetasiga kotib va „Chig‘iriq“ hajviy bo‘limiga mudir etib tayinlanadi (1929). Abdulla Qahhorning „Oy kuyganda“ ilk hajviy sheʼri „Mushtum“ jurnalida Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). So‘ng uning bir qancha hajviy sheʼr va hikoyalari „Mushtum“, „Yangi yo‘l“ jurnallari va „Qizil O‘zbekiston“ gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi taxalluslar ostida eʼlon qilindi. Abdulla Qahhor 30-yillarda yana Toshkentga qaytadi va O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga o‘qishga kiradi (1930), ayni paytda „Sovet adabiyoti“ jurnalida mas’ul kotib vazifasini bajaradi. O‘zdavnashrda muharrir va tarjimon (1935–1953). 1954–1956-yillarda O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi boshqaruvining raisi. Abdulla Qahhor umrining oxirlarida davolanish uchun Moskvaga boradi va o‘sha yerda vafot etadi. Toshkentdagi Chig‘atoy qabristoniga dafn etiladi.
Abdulla Qahhor ijodi sheʼriyat bilan boshlangan boʻlsada, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlar tashkil etadi. „Boshsiz odam“ (1929) hikoyasi chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxirigacha hikoya, ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi. Abdulla Qahhorning dastlabki ijodidagi „Qishloq hukm ostida“ qissasi (1932) sho‘ro mafkurasi asosida yozilgan. Uning „Boshsiz odam“ hikoyasi bilan boshlangan hikoyanavislik faoliyatida esa tarixiy o‘tmish aks ettirilgan. „Ko‘shchinor chiroqlari“ (1951) romanida (dastlabki varianti „Qo‘shchinor“, 1946) jamoalashtirish davrining voqealari badiiy tasvirlangan.
Abdulla Qahhorning 30-yillar ijodida uning birinchi romani — „Sarob“ muhim o‘rinni egallaydi. Yozuvchining ushbu romani bosh qahramon Saidiyning faoliyatini ko‘rsatishga qaratilgan, yana unda 20-yillarning 2-yarmidagi o‘zbek xalqi hayotining maishiy, etnografik, iqtisodiy va maʼnaviy manzaralari yaqqol aks etib turadi. „Sarob“ keng mavzuli roman bo‘lgani uchun yozuvchi o‘zining badiiy niyatini yalang‘och holda ko‘rsatmay, uni shu davr hayotining boshqa manzaralari ko‘rinishida reallashtirishga uringan. Voqealar tasvirida yozuvchi hayot haqiqatini saqlab qolgan.
Abdulla Qahhor oʻrinli soʻz qoʻllash mahoratini puxta egallagan adibdir. Ijodida voqelikni realistik talqin etish ustuvorlik qiladi. Adib serqirra ijodkor sifatida adabiyotning deyarli barcha tur va janrlarida qalam tebratgan. „Olam yasharadi“ nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1932-yilda bosilgan. Abdulla Qahhor ijodiy hayoti davomida 40 dan ziyod asar eʼlon qilgan. Bu kitoblar orasida 30 ga yaqin hikoyalar ham boʻlib, ular oʻzbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir. Abdulla Qahhorning nasriy asarlari orasida „Qoʻshchinor chiroqlari“ romani hamda „Sinchalak“ (1958), „Oʻtmishdan ertaklar“ (1965) va „Muhabbat“ (1968) qissalari muhim oʻrin tutadi. Undan tashqari „Boshsiz odam“, „Anor“, „Bemor“, „Oʻgʻri“, „Dahshat“, „Millatchilar“, „Sanʼatkor“, „Adabiyot muallimi“, „Oʻjar“, „Asror bobo“ kabi oʻnlab hikoyalar yozgan. „Shohi soʻzana“ (1949), „Ogʻriqtishlar“ (1954), „Tobutdan tovush“ (1962), „Ayajonlarim“ (1966) nomli komediyalar muallifi. Feletonlar, adabiy-tanqidiy maqolalar ham yozgan.
Abdulla Qahhorning isteʼdodi uchun komediya janri ham yaqin edi. Buni sezgan yozuvchi 50-yillar arafasida dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, shu davrning muhim mavzularidan biri — qoʻriq yerlarni oʻzlashtirish mavzuida „Shohi soʻzana“ („Yangi yer“, 1949–1953) komediyasini yaratdi. Shuni aytish lozimki, bu komediyada qoʻriq yerlarning — Mirzachoʻlning oʻzlashtirilishidan koʻra baʼzi kishilar ongidagi shoʻrning bartaraf etilishi mavzui birinchi oʻringa olib chiqilgan. Urushdan keyingi oʻzbek adabiyotidagi asosiy konflikt — yangilik bilan eskilik oʻrtasidagi ziddiyat bu komediyada oʻzining teran badiiy tasvirini topgan. Bu asarda Abdulla Qahhor ustalik bilan kulgili holatlar yaratgan va hajviy bo‘yoqlardan mohirona foydalangan holda konfliktni oʻziga xos ravishda hal qilgan. Ushbu komediya xorijiy mamlakatlar sahnasida ham oʻynalib, oʻzbek teatr sanʼatining kamol topib borayotganini namoyish etdi. Bundan ilhomlangan yozuvchi „Ogʻriq tishlar“ (1954), „Tobutdan tovush“ (1962) hamda „Ayajonlarim“ (1967) komediyalarini yaratdi. Bu asarlarda, xususan „Tobutdan tovush“da oʻsha davr uchun xos boʻlgan illatlar hajv oʻti ostiga olindi. Ayniqsa soʻnggi asarda Abdulla Qahhor oʻziga xos nozig tuygʻu bilan jamiyatdan poraxoʻrlikdek dahshatli illatni tag-tomiri bilan yoʻqotish istagida uning ayrim koʻrinishlarini sahnaga olib chiqdi, u „Soʻnggi nusxalar“ nomi bilan ham sahna yuzini ko‘rdi.
Abdulla Qahhor yozuvchi sifatida oʻzbek tilini nozig his etuvchi va uning boy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanuvchi qalamkash edi. U oʻzining nasriy asarlarida ham, komediyalarida ham tildan foydalanish va ona tilining cheksiz imkoniyatlarini namoyish etishning ajoyib namunalarini berdi va oʻz ijodi bilan oʻzbek adabiy tilining kamol topishiga ulkan hissa qoʻshdi. Abdulla Qahhor hayotining soʻnggi kunlarida shoʻro jamiyatida shaxsga sigʻinishning avj olishi orqasida yuz bergan fojialarni tasvirlovchi „Zilzila“ qissasi ustida ish olib bordi. Lekin uni tugata olmadi. Abdulla Qahhor tarjimon sifatida ham mashhur. U Pushkin, Lev Tolstoy, Gogol, Chexov asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ayni paytda Abdulla Qahhor asarlari rus, ukrain, belorus, qozoq, qirgʻiz, tojik, qoraqalpoq kabi tillarga tarjima qilingan. Uning ayrim hikoyalari esa ingliz, nemis, fransuz, chex, polyak, bolgar, rumin, arab, hind, [[vetnam tili vetnam]] tillarida chop etilgan.
Abdulla Qahhor Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1966) laureati.„Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan (2000). Uning nomi Toshkent va Qoʻqondagi bir necha koʻcha, maktab va jamoa xo‘jaliklariga, shuningdek madaniyat uylari va respublika Satira teatriga berilgan. Toshkentda Abdulla Qahhor uy-muzeyi ochilgan (1987).
Abdulla Qahhor. Asarlar (5 tomlik). -T. : Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot, 1987–1989.
Abdulla Qahhor „Zilzila“,— „Sharq yulduzi“, 1996, 11–12-son.

Maqsud Maqsumbek oʻgʻli Shayxzoda (Maqsud Shayxzoda) 1908 yilda Ozarbayjon Respublikasi, Ganja viloyati, Oqtosh sh.tug’ilgan.Shoir, dramaturg , adabiyotshunos, tarjimon, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Bokudagi doril-mualliminni tugatgan (1925). Dastlab Darbanddagi l-bosqich ozarbayjon maktabida, Boʻynoqdagi taʼlim va tarbiya texnikumida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1927 yilda aksilinqilobiy tashkilot aʼzosi sifatida hibsga olinib, 1928 y. fevralda Toshkentga surgun qilingan. Sh. Oʻrta Osiyo untining Sharq ftida qisqa muddat oʻqigani (1928)dan keyin "Sharq haqiqati" (1929—32), ‘‘Qizil Oʻzbekiston’’, ‘‘Yosh leninchi’’ gaz.lari (1932), "Guliston" jur. (1933—34) tahririyatlarida xizmat qilgan. 1933 y. Bokudagi ped. intining barcha kurslari uchun imtihon topshirib, Fan qoʻmitasi qoshidagi aspiranturaga oʻqishga kirgan (1934). Ayni paytda Til va adabiyot intida ilmiy xodim boʻlib ishlagan (1935—38). 1938 yildan umrining oxiriga qadar dastlab kechki, soʻngra kunduzgi ped. Intlarida oʻzbek adabiyoti tarixidan maʼruza oʻqigan.


Dastlabki sheʼriy toʻplami — "Loyiq soqchi" (1932). Shundan keyin shahrining "Oʻn sheʼr" (1932), "Undoshlarim" (1933), "Uchinchi kitob" (1934), "Jumhuriyat" (1935), "Oʻn ikki", "Yangi devon" (1937), "Saylov qoʻshiklari" (1938), "Kurash nechun?" (1942), "Jang va qoʻshiq", "Koʻngil deydiki..." (1943), "Oʻn besh yilning daftari" (1947), "Yurt sheʼrlari" (1948), "Zamon torlari", "Olqishlarim" (1949), "Yillar va yoʻllar" (1961), "Sheʼrlar" (1964) va boshqa sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. shahrining dastlabki ijodida va qisman 50y.lardagi ayrim sheʼrlarida ozarbayjon sheʼriyatiga xos ohanglar, minbar sheʼriyat belgilari ustuvorlik qilgan. Ammo Sh. oʻzbek mumtoz va zamonaviy sheʼriyatining tili va uslubini egallagani sayin uning sheʼrlarida oʻzbekona musiqiy ravonlik kuchaya bordi. Sh. voqelikka faol munosabatda boʻlishga intilib, xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan muhim voqealarni tasvirlashga, mehnat va kurash qahramonlari obrazini yaratishga alohida eʼtibor berdi. U shu maqsadda doston janriga qoʻl urib, "Oʻrtoq mulk" (1933), "Chirogʻ", "Oʻrtoq", "Meros", "Tuproq va haq" (1936), "Ovchi qissasi", "Iskandar Zulqarnayn" (1940), "Oʻn birlar", "Jenya", "Oqsoqol" (1943), "Axmadjonning hikmatlari", "Uchinchi oʻgʻil" (1944), "Nurmat otaning tushi" (1947) singari liroepik asarlar yozdi. Shoirning 30—40y.lardagi sheʼriyatiga ham, keyingi ijodiga ham xos muhim fazilatlardan biri syujetlilikdir. Sh. lirik syujet yaratishga moyil shoir sifatida xalq afsonalari va tarixiy oʻtmish sahifalariga, shuningdek, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, oʻz sheʼrlariga balladaga xos poetik belgilar va turli poetik tafsillarni olib kirgan, soʻzning sheʼriy qurilmadagi mavqeini oshirish choralarini koʻrgan. Shu bilan birga Sh. krfiyaning yangi badiiy imkoniyatlarini kashf etib, oʻzbek sheʼriyatiga yangi vazn va shakl koʻrinishlarini olib kirgan. Shoir ijodiga xos bu tamoyil uning , ayniqsa, "Toshkentnoma" (1958) lirik dostonida yorqin ifodasini topgan.
Shayxzoda Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan "Jaloliddin Manguberdi" (1944) tragediyasida oʻz yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mugul istilochilariga karshi kurashgan soʻnggi Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. «Jaloliddin Manguberdi» dramasida Shayxzoda Vatan erki, mustaqilligi uchun fidoyilarcha kurash olib borgan mana shu jasur sarkarda qiyofasini badiiy gavdalantirdi. Jaloliddin Manguberdi Amir Temurga ham ibrat bo’lgan buyuk siymodir.
Ma’lumki, sho’ro davrida, o’tmio’dagi xon, sulton, hukmdorlarimiz nechog’liq buyuk va vatanparvar bo’lishidan qat’iy nazar, yoppasiga qoralab kelindi. Chunki sho’rolarga buyuklarimizdagi xuddi ana shu vatanparvarlik qudrati ma’qul kelmas, ota-bobolarimizdagi ana shu buyuk xislat yangi avlodlarga o’tishiniistamas edilar.
Sh qatag’on qilgan bunday ulug’ siymolar nomi mustaqillik davriga kelib tiklandi. O’zbekiston hukumati xalqning bu jasur farzandi nomini abadiylashtirish maqsadida «Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida» (1998) maxsus qaror qabul qildi, O’zbekiston Prezidentining farmoni bilan (2000) «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etildi.
Vatanparvarlik hissiyoti jo’sh urib yozilgan Maqsud Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» dramasi 1945-yilda Hamza nomidagi O’zbek davlat drama teatri tomonidan muvaffaqiyat bilan sahnalashtirilgniga qaramay, ko’p o’tmay, sahnadan olib tashlandi. Muallifga esa o’tmishni, xonlarni, beklarni, feodalizmni oqlash va yoqlash tamg’asi yopishtirildi. Bu «aybnoma» nohaq qamalishiga ta’sir ko’rsatdi.
Dramaning ayrim parchalarigina yozilgan kezlari nashr etildi. Muallif hayotlik chog’ida, biror marta to’lig’icha chop etilgani yo’q. To’lig’icha ilk bor o’zbek tilida dramaturg vafotidan yigirma bir yil o’tgach (1988) bosmadan chiqdi.
«Jaloliddin Manguberdi» dramasida ona-Vatan uchun, uning ozodligi uchun bosqinchilarga qarshi kurash olib borgan jasur sarkarda, buyuk hukmdor siymosi o’zining, ayniqsa, tabiiy, jonli tasvirlanishi bilan ajralib turadi. Tasvirdagi qahramon tabiiyligini ta’minlovchi muhim hayotiy omillar bor, albatta.
Xalqni, lshkarni dushmanga qarshi birlashtirish va yurt himoyasini uyushtirish yo’lidagi Jaloliddin ko’rsatgan jonbozliklarini saroydagi Badriddin singari munofiq kimsalar va ular ta’sirida dastlab otasi Xorazmshoh ham to’g’ri tushunmaydi. SHunda Jaloliddin «Menga koshonadan chodir yaxshiroq» deb chiqadi va yurt himoyasi uchun qo’shin berishlarini talab qiladi. Amir Badriddin valiahdning bu mardona so’zlari ostidagi maqsad vatanparvarlik emas, taxtni egallash deb tushunib, shoh hayot bo’lishiga qaramay, «u taxtga ega bo’lmoqchi» deb ig’vo boshlaydi.
Jaloliddin – qahramon shaxs. U jasur sarkarda, elni, yurtni g’animga qarshi birlashtirayotgan, tashabbusi bilan lashkarni ulug’ g’alabalarga ilhomlantirayotgan va bu yo’lda ibrat ko’rsatayotgan valiahd bo’lishiga qaramay, ayni vaqtda, oddiy inson sifatida gavdalanadi. Masalan, Jaloliddin bilan singlisi Sultonbegim o’rtasidagi oddiy insonlarga xos bo’lgan aka-singillik mehr-oqibatlari shu qadar samimiy va go’zal tasvirlanadiki, kishining havasi keladi.
Vatan va xalq taqdirining eng qaltis pallalarida ularni bosqinchilardan himoya qilish uchun otlangan Jaloliddinning bu yo’ldagi shijoatini, jur’atini, jasoratini ko’rsatar ekan, dramaturg o’z qahramonining valiahd va hukmdor sifatidagi xususiyatlaridan ko’ra oddiy inson sifatidagi iztiroblarini, har qanday insonga begona bo’lmagan ayrim mas’uliyatli holatlardagi ikkilanishlarni badiiy tasvirlashga alohida e’tibor beradi. Bu esa qahramon xarakterining ishonarli, jonli va hayotiy chiqishini ta’minlaydi.
Dushman qo’liga tushib azoblangandan ko’ra, o’limni afzal bilib, hatto dunyodagi eng aziz zot – onasi va farzandlari daryoga cho’ktirilishini ma’qul ko’rgan Jaloliddin Manguberdi va mard Temur Malikning tarixiy haqiqat ruhi bilan yo’g’rilgan siymolari dramaturg Maqsud Shayxzoda qalami ostida ko’z o’ngimizda tirik insondek gavdalanadilar.
Dramaturg Chingizxon obrazini mahorat bilan yaratadi. Shunisi muhimki, u bu obrazni qora bo’yoqlarga chaplab tashlamaydi. Tarixiy haqiqatga rioya qilgan holda, bu shaxsning Jaloliddin va Temur Malik qahramonligi jasoratiga tan berganligini ifodalashni unutmagani holda, uning tabiatidagi bosqinchilik, yovuzlikni, pokiza insoniy tuyg’ularni oyoq osti qilish singari xususiyatlarni to’laqonli badiiy gavdalantiradi:
Adolat yo insof? Nima degan u?
Tupurdim bularga, ming katta tfu!
Ch bu fikri uning dunyoqarashini juda aniq ochib bera olganidek, mana bu mulohazalari uning ruhiy dunyosiga bir ochqich bo’la oladi:
Muhabbat! Bu so’zni kimlar to’qigan?
Go’l shoir yozgan-u, tentak o’qigan.
Yuqoridagi qahramonlar, asosan, tarixiy qahramonlardir. Asarda ular bilan yonma-yon dramada muallif badiiy taxayyulining mahsuli bo’lgan Elbors pahlavon, Yaroqbek, Navkar, No’’yon, Tabib chol singari to’qima qahramonlar ham ishtirok etadilar. Ko’rinib turibdiki, Jaloliddin Manguberdi dramasining asosini, mevalarini etakchi qahramonlarini tarixiy shaxslar tashkil etadi. Lekin to’qima personajlarning zimmasidagi yuk ham oz emas. Elbors pahlavon va Chol qiyofalarida, asosan, xalq, xalq vakillari qiyofasi, kuchi mujassamdir. Elbors pahlavon, aslida cho’pon. U qaltis vaziyatlarda Jaloliddinning yonida bo’ladi. Unga ko’makka keladi. Sarkardani zaharlashga intilgan tabib og’usidan saqlab qoladi. Bosqinchilar bilan ayovsiz janglarda qahramonlik namunalarini ko’rsatadi.
Maqsud Shayxzoda bu obrazlarga muhim ma’no yuklar ekan, yurtimizdagi XIII asr tarixiy hodisalarini gavdalantirishdan tashqari, Vatan bosqinchilariga oyoq osti bo’lishida, xalq boshiga azob-uqubatlar yog’ilishida, mustaqillikning qo’ldan ketishida mana shunday xiyonatlarning o’rni oz emas, degan achchiq, lekin muhim degan ma’nolarga ham ishora qilmoqchi bo’ladi. Shunday ekan, ushbu drama Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik singari asosiy qahramonlari bilangina emas, Badriddin, Yaroqbek, Sulton Muhammad Alovuddin singari personajlari bilan ham bizni ogohlikka chaqiradi, Mustaqilligimizni ko’z qorachig’idek e’zozlashga da’vat etadi, xalqni, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
«Jaloliddin Manguberdi» dramasi badiiy jihatdan teran asardir. Asa monolog va dialoglari pishiq ishlangani, har bir qahramon xarakterining ham til boyligini, ham ruhiy dunyosidagi o’ziga xoslikni ifodalay oladigan yo’sinda ekani bilan ajralib turadi. Qahramonlararo konfliktlarda sun’iylik yo’q, ular voqealarning tabiiy oqimi va xarakterlar kurashidagi maqsadning hayotiyligi va haqqoniyligidan kelib chiqadi.
Bu asarga qadar dramaturgiyamizda «Abulfayzxon» singari tragediyalar mavjud edi. Shunga qaramay, mazkur asar o’zining tug’ilishi va shakli jihatidan Sofokl davridagi qadimgi Yunon mumtoz tragediyalaridagi fazilatlarni o’zida namoyon etuvchi dastlabki o’zbek dramalaridan biridir, deyish mumkin. Birinchi pardadagi xos vazifasini ijro etuvchi umumiy yallalar, sipohlar yallasi, soqchilar qo’shig’i, sahnaga, shuningdek, alohida-d
ovoz personajlarining olib kirilishi, ikkinchi pardada jarchilar va masxarabozlardan foydalanish, xalq obrazini ifodalovchi personajga murojaat etilishi va boshqalar shunday deyishga asos beradi. Qadimgi mumtoz yunon tragediyalaridagi bu xususiyatlar, mohiyat e’tibori bilan qaraganda, o’zbek dramaturgiyasida ilk bor qo’llanishidir.
Bunday xususiyatlar dramaturgiyamiz jahon dramaturgiyasidagi rang-barang, murakkab shakl va tuzilishlarni o’tgan asrning o’rtalaridayoq o’zlashtirish salohiyatiga ega bo’lgan san’atkorlarimiz bo’lganini ko’rsatadi.
Dramatik asarni she’riy shaklda yozish muallifdan katta poetik mahoratni talab etadi. Maqsud Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» she’riy dramasi ana shunday katta san’atkorlik bilan yozilgan poetik asardir.
"Mirzo Ulugʻbek" (1961) tragediyasida Sh. bosh qahramon obrazini Amir Temur va temuriylar davrida oʻzbek xalqi hayotida roʻy bergan Uygʻonishning yorqin timsoli sifatida aks ettirgan. Shekspirona uslubda yozilgan bu asarda Sh. Ulugʻbek hayotining sunggi 2 yilini tasvirlash orqali uning jahon fani tarixidan munosib Urin egallagan mashhur olim, adolatparvar va haqiqatparvar davlat arbobi va ayni paytda saltanatning mutaassib kuchlari oldida ojiz bir inson boʻlganini ham haqqoniy koʻrsatgan. Shekspirona koʻlam va harorat bilan yozilgan "Mirzo Ulugʻbek" tragediyasining maydonga kelishi oʻzbek dramaturgiyasi va teatri tarixida katta voqea boʻldi. Sh. ssenariysi asosida rejissyor L. Fayziyev tomonidan yaratilgan "Ulugʻbek yulduzi" (1964) filmi esa keng xalq ommasiga ulugʻ oʻzbek olimi va uning fojiali takdiri bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda kalam tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy utmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi badiiy hayot bagʻishladi. U umrining sunggi yillarida Beruniy toʻgʻrisida sunggi sahna asarini yozdi.
Shayxzoda, badiiy ijodning barcha tur va janrlarida asarlar yozibgina krlmay, adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali ijod qilgan. 1941 yildayoq "Genial shoir" monografiyasini eʼlon qilgan Sh. umrining sunggi kunlariga qadar Navoiy hayoti va ijodi bilan muttasil shugʻullanib keldi. U Navoiyning 500 yilligi munosabati bilan yozgan "Navoiyning lirik qahramoni haqida" (1948) maqolasidan keyin "Navoiy lirikasining baʼzi bir poetik usullari haqida" (1959), "Ustodning sanʼatxonasida" (3 qismli maqola, 1965—66), "Gʻazal mulkining sultoni" (1966), "Tazkirachilik tarixidan" (1968) singari yirik ilmiy tadqiqotlar yaratib, navoiyshunoslik fanini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi. Sh. adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali qalam tebratib, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining Fozil shoir singari namoyandalari, "Alpomish", "Shirin bilan Shakar" kabi asarlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Sh. Rustaveli, A.S. Pushkin, N.A. Nekrasov, A.N. Ostrovskiy, T.G. Shevchenko, A.P. Chexov singari namoyandalariga bagʻishlangan asarlar yezdi. Pedagog olim va shoir sifatida esa talaygina shoir, adabiyotshunos va tankidchilar avlodining yetishib chiqishiga munosib hissa qoʻshdi.
Shayxzoda adabiy bilim doirasining kengayishi, ijodining mumtoz jahon yozuvchilari badiiy tajribasi bilan boyishida tarjima muxim rol oʻynadi. U Sh. Rustavelining "Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon" (hamkorlikda) eposi, U. Shekspirning sonetlari, A.S. Pushkinning sheʼrlari, "Mis chavandoz" dostoni, "Motsart va Salyeri" tragediyasi, M.Yu. Lermontovning sheʼrlari va "Kavkaz asiri" dostonini, shuningdek, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga katta mahorat bilan tarjima qildi.
Shayxzoda 1952 yilda ENKVD xodimlari tomonidan hibsga olinib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va 1954 yilda ozod etilgan.

Mirtemir (1910 - 1978) o’zbek she'riyati taraqqiyotida o’ziga xos o’rin tutgan shoir Mirtemir Tursunov 1910 yilning 10 mayida Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlog’ida tug’ildi. O’n bir yoshida qishlog’idan Toshkentga keldi va Almaiy nomidagi maktabda tahsil ko’rdi. 1925 yilda o’zbek erlar bilim yurtiga kirib, uni 1929 yilda tugatdi. 1929 yilda Samarqanddagi pedakademiyaga o’qishga kirdi. 30-yillar boshida Mirtemir sud qilinib, qamoq muddatini mashhur Belomorkanal qurilishida o’tadi. Shoir ozod etilgach, turli o’quv muassasalarida o’qituvchi, teatrlarda emakdosh, radio va nashriyot tahririyatlarida muharrir bo’lib ishladi. 1978 yil 23 yanvar kuni vafot etdi.


Mirtemir she'riyatga butun hayotini baxshida etgan samimiy ijodkor edi. Shuning uchun ham rost so’z, chin tuyg’u qatag’on qilingan zamonda ham ko’ngli buyurganini she'rga solishning uddasidan chiqdi. U milliy she'riyatini dala-dashtning tarovati, chorvador va dehqon o’zbekning serjilo tili bilan boyitdi. Shoirning she'riyati so’zlarning musiqiyligi, ifodaning jimjimasiga emas, balki tuyg’uning samimiyatiyu tasvirning tabiiyligiga asoslandi. Shu bois Mirtemirning she'rlari bugungi kunda ham ohorini yo’qotmagan. Quyidagi misralar fikrimizni
O’zbek munaqqidlari Mirtemirni «o’zbek she’riyatining bobodehqoni» deb atashardi.Darhaqiqat,shoir mumtoz adabiyot an’analaridan ibrat olib,xalq og’zaki ijodidan unumli foydalanib,o’zbek adabiyotini boyitdi.
Mirtemir Tursunov 1910 yili hozirgi Chimkent viloyatiga qarashli Iqon qishlog’ida tug’ilgan. U dastlab shu qishloqdagi eski maktabda,keyinchalik esa 1921 yildan Toshkentdagi «Alpomish» nomidagi maktabda o’qidi.
Mirtemirning ijodi maktabda o’qib yurgan kezlaridan boshlandi.Birinchi she’ri «Tanburim tovushi»1926 yilda«Er yuzi» jurnalining 15-sonida bosilgan.
Mirtemir 1929 yili Yangi shahardagi O’zbek erlar bilim yurtini bitirib, Samarqand Davlat dorilfununida o’qiydi.
Ko’p o’tmay Mirtemir shoir sifatida taniladi.1928 yili uning birinchi she’rlar to’plami «Shu’lalar qo’ynida» nomi bilan nashr etiladi.To’plamga kirgan she’rlar haqida munaqqidlar o’sha kezdayoq iliq fikrlar bildirishgan.
Keyinchalik uning «Zafar»(1929), «Qaynashlar»(1932), «Tong» (1932), «Ochlar o’lkasida»(1936), «Poytaxt» (1936), «O’ch»(1943), «Tanlangan she’rlar» (1947), «Tanlangan asarlar» (1958), «She’rlar»(1961,1964) «Yangi she’rlar»(1967), «Qush tili» (1970), «Tingla hayot» (1974) «Kipriklarim» (1976), «Izlayman» (1976) «Yodgorlik»(1978) kabi to’plamlari o’quvchilar hukmiga havola etildi.
Mirtemir ijodiy kamoloti «O’ylar», «Qizg’aldoq», «Bog’imning chechaklari», «Lolazordan o’tganda», «Balki», «Quyoshning zabti» kabi she’rlarida yanada ravshanroq ko’rinadi. Shoir lirikasida tabiat tasvirining ham o’ziga xos o’rni bor. «Yashil yaproqlar» she’rida mohirona qo’llanilgan tasviriy detallar o’quvchi qalbiga o’ziga xos iliq hislar olib kirishga ko’maklashgan:
Mirtemir izlanishlari o’zbek kitobxonini qator asarlarni o’z tilida o’qishiga imkoniyat yaratib berdi.U M.Gor’kiyning «Bo’ron qushi haqida qo’shiq» asarini,A.S.Pushkinningertaklarini,M.Yu.Lermontovning she’rlarini, N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi?» poemasini,Sh.Rustavelining «Yo’l- bars terisini yopingan pahlavon» (M.Shayxzoda bilan birgalikda) dostonini,qirg’izlarning buyuk «Manas» eposining birinchi kitobini (1964 yilda),Uyg’un bilan hamkorlikda nashr etilgan qoraqalpoqlarning «Qirq qiz»ini o’zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi.
Bundan tashqari,Ejen Pot’e,Abay,Berdaq,Nozim Hikmat, Genrix Geyne, A.Tvardovskiy, Pablo Neruda kabi shoirlarning asarlari tarjimasi ham Mirtemirning say-harakatlari natijasida o’zbek tiliga o’girildi.
Xalq og’zaki ijodini chuqur o’rgangan shoir «Dilkusho», «Suv qizi», «Oysanamning to’yida» kabi dostonlar yaratdi.
Mirtemir bir necha marta Qoraqalpog’istonga boradi, qardosh xalqlarning madaniyatini,adabiyotini,turmush tarzini o’rganadi.Ana shu taassurotlar natijasida 1957 yili «Qoraqalpoq daftari» turkumi she’rlari maydonga keladi.
Bu turkumga kirgan «Suluv yoz», «Tonglar ham go’zal», «Daryo jimir-jimir», «Bulut» kabi she’rlarini o’qir ekansiz shoirning tabiat go’zalligini,hayotni butun borlig’i bilan sevishi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Lirik qissa o’zbek adabiyotida ilk bor yangi bir janr sifatida Mirtemir tomonidan yaratilgan.Uning «Qoraqalpoq daftari» she’riy turkumidan «Surat» dostoni ham o’rin olgan bo’lib,lirik qissaning o’zbek she’riyatidagi dastlabki ko’rinishidir.
«Surat» lirik qissasida Mirtemir inson ruhiyatini butun murakkabligi bilan tasvirlab bera olgan.Qissa bir syujet chizig’i asosida qurilgan emas,balki bir nechta alohida-alohida lirik lavhalardan tashkil topgan.
«Surat» qissasi yozilgan vaqtda she’riyatda insonlarning ruhiy iztiroblarini,yurak dardlarini kuylash tushkunlik kayfiyatiga berilish deb hisoblanar,kuylashga jur’at etgan shoir ham pessimist shoir sifatida qoralanar edi.Ana shunday davrda ham Mirtemir haqiqatni yozishda o’zida kuch va jur’at topdi.
Mirtemirning so’nggi asari «Yodgorlik» deb ataladi.Kitobga shoirning turli xil mavzudagi she’rlari kiritilgan bo’lib,shoir iste’dodining butun qirralari aniq va ravshan ko’rinib turadi.
Mirtemirning “Shu'lalar qo’ynida” (1928), “Zafar” (1929), “Qaynashlar” (1930), “Kommuna” (1931), “Tong” (1932), “Kipriklarim”, “Yodgorlik” (1978) va boshqa she'riy to’plamlarida intim va ijtimoiy lirikaning sara namunalari o’rin olgan. Shoir qalamiga mansub “Dilkusho”, “Suv qizi”, “Oysanamning to’yida”, “Surat”
“Onaginam”, “Shudring”, “Barqut”, “Yali-yali”, “Ratti”, “Armon”, “Chirildoq”,
“Sutdek oydin”, “Men kelgum”, “Hayda”, “Ona yurtim”, “Ona tilim”, “Ko’klamda” singari yuzlab she'rlarida inson ruhiyatining nozik va so’z bilan ifodalash qiyin manzaralari mahorat bilan chizilgan. Ularda olam va odamga xos jihatlar intim jihatlar ingichka aks ettirilgan.(1957) dostonlari va “Qoraqalroq daftari” she'riy turkumi Mirtemir tasvir imkoniyatlari nechog’lik keng ekanini korsatadi Mirtemir she’rlari o‘zbek she’riyatini har jihatdan boyitgan mazmun an teran va badiiy yuksak namunalardir. Ularda tabiat va inson hayotining хilma-хil ko‘rinishlari, taassurot va kechinmalari g‘oyat topqirlik va noziklik bilan aks ettiriladi. Shu ma’noda muхlislar mirtemirni lirik shoir deb biladilar va qadrlaydi
Uning tabiat hodisalarini kuzatish orqali teran falsafiy хulosalar, go‘zal qiyoslar, betakror obrazlar yaratish mahorati ХХ asrning 50–60-yillarida yozgan «bulut» va «Shudring» nomli she’rlarida yaqqol seziladi.
Bulut – bu yomg‘ir darakchisi. osmonda bulut paydo bo‘lishi bilan barchaning хayolidan yomg‘ir yog‘adi, degan fikr o‘tadi. Shunga yarasha taraddud va ehtiyot choralari ko‘riladi. albatta, bemavrid yomg‘ir yog‘sa, kayfiyat buziladi, ko‘ngil g‘ash tortadi. bu, odatda, qop-qora bulut butun osmonni qoplab, kunni tundek qorong‘ilikka chulg‘agan damlarda bo‘ladi. ammo shoirning qo‘liga qalam tutqizgan bu tabiat hodisasi yorug‘lik, to‘kinlik belgisi. pag‘a-pag‘a oq bulut, odatda, bahor faslida yog‘adigan yomg‘irlarni buvalarimiz «obirahmat» deydilar. buning ma’nosi shuki, ko‘klam yomg‘iri tabiatni yashnatib, dov-daraхtga, o‘t-o‘langa kuchqudrat, quvvat ato etadi. Ekilgan ekinlarning barq urib yashnashi, daraхtlarning mo‘l-ko‘l meva berishi uchun qiyg‘os gullashiga sabab bo‘ladi. bu o‘z navbatida хonadonlarga rizq-u nasiba, to‘kinlik kirishidan belgi. Shuning uchun ham shoir bu bulutni sutga, barqutga o‘хshatadi. Uning sharofatidan paydo bo‘lajak qutbaraka, tog‘-tog‘ uyilajak oppoq paхtani orzulab, bulutga murojaat etadi. momaqaldiroq guldurab, goh to‘lib-toshib sel bo‘lib kelsada, yomg‘ir yog‘sin, yog‘may o‘tmasin, deydi.
Ko‘k yuzida dam qaldiroq, dam sukut,
Yog‘may o‘tma, pag‘a bulut – oq bulut!
Yog‘ib o‘tsang – tizza bo‘yi o‘t bo‘lur,
O‘t bo‘lur, ham sut bo‘lur, ham qut bo‘lur.
E’tibor bering, qanday quyma satrlar! Shoir «o‘t», «sut», «qut» so‘zlarini marjondek bir qatorga tizib, ham kuchli ma’no, ham yoqimli ohangdoshlikni ta’min etadi. o‘quvchi qalbiga tabiatni sevishdan zavq ola bilishdek go‘zal tuyg‘ularni joylaydi.
Mirtemirning «Shudring» she’ridan ham kitobхon хuddi shunday zavq tuyadi. e’tiborli tomoni shundaki, sarlavhadan boshqa she’rning biror misrasida shudring so‘zini uchratmaymiz. Shoir faqat tasvir, o‘хshatish, qiyoslash, jonlangan tasavvurlar orqali tabiatn ing shudring deb nomlangan yana bir bag‘oyat nozik va go‘zal hodisasini aks ettiradi. bu she’r ham bolalik хotiralari bilan hayotiy kuzatishlarning uyg‘unligi asosiga qurilgan. Lirik qahramon – yosh, balki siz qatori yigitcha, chor atrofda bahoriy iliqlik kezgan nahor pallasi – erta tongda qishlog‘idagi jar ustiga qurilgan osma ko‘priklardan o‘tib, o‘t-o‘lanlari toptalmagan qirlarga oshiqadi. Undagi ko‘katlar bargida, nihollar kurtagida, g‘o‘za yaproqlarida dur-marvarid misol yaltirab, jilvalanib turgan shud ringni kuzatadi. Uning jilvalaridan lol bo‘lib, yana boshqa o‘хsha tish lar topadi. Хususan, kelinlar taqinchog‘iga, uzuk ko‘zla riga, ko‘zmun choqqa, qizlarning suzilib turgan ko‘zlariga qiyoslaydi. Va nihoyat, juda o‘ziga хos ramzlarga ishora qilib, shunday beqiyos obraz yaratadi:
Yo‘q, bu giryon ko‘zlarning yarqiroq zamzamasi,
Kechasi onam tag‘in yig‘labdi-da chamasi…
Shoir fikrni rivojlantirib, shudringni ko‘z yoshlarga o‘хshatadi. ko‘z yoshlari dona-dona bo‘lib to‘kilganda, yaltirab ketadi. odatda, kimnidir intiqlik bilan kutayotgan odamning ko‘zlari to‘rt bo‘ladi. kuta-kuta toqati toq bo‘lgach, yo sog‘inch, yo o‘kinishidan ma’yus tortib, dona-dona yosh to‘kadi. Shudring ana shu ko‘z yoshiga o‘хshaydi. Shoir nazarida bunday intizorlikdan ko‘z yosh to‘kuvchi kimsa bu – ona. onaning munis-mushfiq mehribonligini nazarda tutib tabiatni ham ona deymiz.
Shudring ana shu ma’noda ona, ya’ni tabiatning ko‘z yoshi degan nihoyatda nozik bir o‘хshatish topadi shoir. bu juda o‘ziga хos, o‘ta nafis kuzatish. Go‘yoki tabiat ko‘z yoshlarini to‘kib, barcha dov-daraхt, sabzalarning chang-u gardlarini yuvadi, g‘uborlaridan forig‘ etadi.
Odatda, хayolot dunyosi keng, butun olamga o‘z nigohi bilan qaray oladigan va so‘z vositasida uni aks ettira biladigan mahoratli shoirlarni so‘z musavvirlari deymiz. mirtemir ana shunday san’atkor shoir, haqiqiy so‘z ustasi edi. Uning ijodiy merosida bunday she’rlar juda ko‘p. «to‘rg‘ay» nomli mashhur she’r ham fikrimizning yaqqol isbotidir
Shoir sayroqi to‘rg‘ay misolida o‘z hayoti va ijodining butun mazmunini belgilagan bir haqiqatni ramziy ifodalagandek tuyuladi. Ya’ni tongni sevish – bu yorug‘likni sevish, unga intilish demak. Tong hayot nishonasi, ezgu orzularning amalga oshmog‘i uchun umid bag‘ishlovchi paytdir. To‘rg‘ay, ba’zi kishilar nazdida, go‘yoki tong saharlab barchan ing halovatini buzib, betinim sayraydigan yengiltak javroqi qush. lekin u keng dalalarning moviy osmonida charх urib, o‘ynab sayrar ekan, sholikor-u chorvadorni, bog‘bon-u paхtakorni – barcha mehnat ahlini uyg‘otadi, mehnatga, yaratuvchilikka chorlaydi. G‘aflatda qolmaslikka, yorug‘ daqiqalarni boy bermay, bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lishga undaydi. Shuning uchun ham uni – tongni ardoqlaguvchi, hayotni maqtaguvchi bir qushni ezgulik darakchisi deb biladi shoir. bu shunchaki qushni maqtash, uning bir хislatini namoyish etish emas. balki to‘rg‘ay misolida shoirning o‘ziga va o‘z hamkasblariga: «haqiqiy shoir o‘z хalqining ovozi bo‘lishi, uni ezgu ishlarga chorlashi, yorug‘ tuyg‘ularni kuylashi kerak», degan murojaatidek tuyuladi. mirtemir butun umri davomida ana shu aqidaga amal qilib yashadi. Хalqimizning to‘y-tantanalarini, eng yaхshi insoniy хislatlarini kuyladi, kishilarimizni ezgu ishlarga ilhomlantirdi, mardlikni, jasoratni, samimiylikni ulug‘ladi.
Shoir lirik merosida tabiat manzaralari va bolalik хotiralari bilan bog‘l iq she’rlar salmoqli o‘rin egallaydi. Uning o‘zi «baliq ovi» she’rida yozganidek:
Bizning qishloq tog‘ bag‘rida,
Tog‘ bag‘rida – bog‘ bag‘rida.
Etagida chopqillar soy,
Yozda tiniq, kuzda tiniq.
Demak, shoir turkiston shahrining iqon qishlog‘idagi Qoratog‘ etaklarida tug‘ilib o‘sgani, ya’ni tabiatning barcha go‘zalliklaridan bahramand bo‘lganini yodga olarkan, she’rlarida ana shu mavzularning yetakchilik sababini tushuntirgandek bo‘ladi. bu satrlarni o‘qiganda, ko‘z o‘ngingizda aniq bir manzara namoyon bo‘ladi. Tog‘ bag‘ridagi qishloq, atrof daraхtzor, mevali bog‘. Uning etagida sharqirab soy oqmoqda. Soy tabiatning ikki faslida tiniq oqadi – yozda va kuzda. Qishda suv kamayadi yo butkul to‘хtaydi. bahorda esa, ayniqsa, erta bahorda soy to‘lib, loyqalanib oqadi. Хo‘sh, muhtaram she’rхon, buning sababini nimada deb o‘ylaysiz? Хuddi kimdir soy boshiga to‘g‘on qurgan-u, uni vaqtivaqti bilan o‘z хohishiga qarab ochadigandek fikr paydo bo‘ladi. aslida tabiatning o‘zi eng oliy mo‘jizadir. har bir hodisada bir sabab va bog‘liqlik bor. Qish sovuq kelib, tog‘-u toshni qor bosganda, hamma yoq muzlab, soy ham to‘хtaydi. bahor kelib, kunlar iliqlasha borgani sari qorlar erib, soy to‘lib oqa boshlaydi. Tog‘ cho‘qqilaridan tushib kelayotgan suv yo‘lidagi butun хor-u хaslarni, qum-u tuproqlarni ham qo‘shib bo‘tana bo‘lib, loyqalanib ketadi. bu holat bahor so‘ngiga qadar davom etib, o‘zan tozalanib bo‘lgach, yoz va kuzda suv tiniqib qoladi. Shoir she’rida aynan shunga ishora qilib, «ko‘klam chog‘i soy butun loy» deya real manzara chizadi va ayni chog‘da shu bo‘tana suvlardan oziqlanib, soy qirg‘oqlari jambil-u yalpiz kabi turli ko‘katlar bilan qoplani- shini tasvirlaydi. So‘ng shoir bolalik хotiralariga o‘tib, o‘zining baliq ovlaganini hikoya qiladi. ko‘klam butun borliqni uyg‘otganidek, to‘lib oqayotgan soyning har yerida bekinib yotgan baliqlarni ham uyg‘otadi go‘yo. Shoirning lirik qahramoni, ya’ni bolalik paytidagi o‘zi, suv bo‘yida baliqlarning suzib, o‘ynoqlashini tomosha qilib o‘tirarkan, biror kattaroq baliqni ushlash ilinjida suvga non ushoqlarini tashlaydi. buni ko‘rib toshlar orasida bekinib yotgan baliqlar suzib keladi. bolaning mo‘ljali ulkan baliqni tutib, buvisiga olib borsa-yu, undan maqtov eshitsa. biroq qo‘liga sira baliq ilinmaydi. Sirg‘alib chiqib ketadi-yu, tutqich bermay qochadi. Shunda bola to‘r tashlab, bitta emas, barchasini ushlab olishni mo‘ljallaydi. Siz ham, aziz o‘quvchi, baliq oviga borgan yoki ko‘l-u daryo bo‘ylarida qarmoq tashlab, jimgina tikilib, хayol surib o‘tirgan odamlarni kuzatgan bo‘lsangiz kerak. Qarmoqqa baliq ilinishi bilan na kiyim-boshi ho‘l bo‘lishini va na qoqilib yiqilishi mumkinligini o‘ylamay o‘ljasiga intilgan ishqibozlarning хatti-harakatlaridan zavqlangan bo‘lsangiz kerak. Shoir ham o‘z boshidan kechirgan shunday manzarani tasvirlar ekan, she’rdan ibratli хulosalar chiqarishga asos beradigan bir fikrni anglatmoqchi bo‘ladi. ya’ni bundan keyin «to‘r tashlasam ham, zo‘r tashlayman» misrasi bilan o‘zini katta orzular va katta ishlarga chog‘lanayotganini bildirib o‘tadi.
Har bir badiiy asar, jumladan, ko‘rib o‘tganimiz mazkur she’r ham ma’lum bir maqsad va g‘oya tashiydi. Shoir tabiat ko‘rinish lari bilan bolalik хotiralarini uyg‘unlikda tasvir etar ekan, o‘quvchiga yorug‘ kayfiyat bag‘ishlash bilan birga uni ulug‘vor niyatlarga ham chorlaydi. Go‘zallikni his etish orqali ma’naviy yuksalishga da’vat etadi.
«Qishlog‘im» she’rida shoir endi kamolotga yetgan, hayotning ulg‘aygan pallasida хotiralarga berilgan bir inson sifatida gavd alanadi.
Esimda go‘zallik – unutilmas choq,
O‘sha kunlarimdan qalbimda bor хat…
Lirik qahramon oradan bir necha o‘n yillar o‘tib, qishlog‘ini ziyorat qilishga kelganida avvalgiday mehmondo‘stlik va bag‘rikenglikning guvohi bo‘ladi. Va beiхtiyor «yoramazon aytar» pallalarini qo‘msaydi. bu tuyg‘uni go‘yo o‘quvchi qalbiga ham singdirmoqchi bo‘lib, qishloq hayotining jozibasini anglat uvchi turli tafsilotlarni keltiradi.
O‘zbek qishloqlari hamisha to‘kinlik va saхovat ramzi bo‘lgan. Qishloqqa borgan odam hech qachon e’tiborsiz qolmaydi. mehmonni otaday ulug‘lash, unga bor mehrini berib, ehtirom ko‘rsatish qishloqlarimizda azal-azaldan qolgan udum. har bir хonadon egasi uyiga kirgan mehmonni tansiq taomlar bilan siylashga harakat qiladi, borini dasturxonga to‘kadi. avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, odatda, qishloq uylari qulfl anmaydi. doimo eshik ochiq. Uzoqmi, yaqinmi biror qarindosh, do‘st-yor, tanish-bilishlar kelsa, albatta, dasturхon yoziladi. Qishloqda mehmonni siylaganda qanaqa taomlar tortilsa, she’rda bari sanaladi. Zog‘ora-yu so‘k oshi, yovg‘on-u go‘ja, yupqa-yu tolqon, qovurdog‘-u kulchatoy. Juda bo‘lmaganda, qatiq, qurut, jiyda, danag-u qovunqoqi qo‘yadi. mabodo bular ham bo‘lmay qolsa, sariyog‘day yoqadigan yaхshi so‘z bilan qishloq ahli ko‘nglingizni oladi. mana shularni aytar ekan, shoir bolalik davrining betashvish, beg‘ubor, o‘yinqaroq pallal arini yodga oladi:
Qishlog‘im, tag‘in ham suluvsan bugun,
Tag‘in ham suyuksan, mening ardoqlim.
Nechog‘liq to‘kissan, nechog‘liq to‘kin,
Dunyo turguncha tur, qo‘li qadoqlim.
Yuqoridagidek quy ma, mag‘z i to‘q satr lar, bir o‘qishdayoq хotirada o‘rnashib qoladigan qofiy alar, hamohang tovushlar shoir mirtemirn ing naqadar katta iste’dod egasi bo‘lganidan dalolat beradi.
Yüklə 43,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin