Suv bug’i va uning tasniflari Bajardi: To’rabekov Murodjon
Qabul qildi: Paxratdinov Asamatdin
Reja: 1. Asosiy xususiyatlari 2. Suv bug'ining hosil bo'lishi 3. Suv bug'laridan foydalanish 4. Ahamiyati Suv bugʻi suvning gazsimon holati. Suvning suyuq holatdan gazeimon holatga oʻtishi natijasida hosil boʻladi. Suv bugʻini: bugʻning muallaq holatdagi suv tomchilari bilan aralashmasidan iborat hoʻl toʻyingan bug; namlik aralashmalaridan tozalangan quruq toʻyingan bugʻ; muayyan bosimdagi toʻyinish temperaturasidan yuqori temperaturaga ega boʻlgan oʻta qizdirilgan bugʻlarga ajratish mumkin. Bir xil bosimdagi toʻyingan bugʻ va oʻta qizdirilgan bugʻlar temperaturalarining farqi oʻta toʻyinganlik darajasi deb ataladi. Toʻyingan va oʻta qizdirilgan Suv bugʻidan, xususan, bugʻ mashinalarida, bugʻ turbinalarida ish jismi, isitish tizimlarida issiklik tashuvchi sifatida foydalaniladi. Kumir, neft, gaz kabi organik yoqilgʻilarning yonishida ajraladigan issiklik, ogʻir elementlar yadrolarining boʻlinishida ajraladigan energiya hamda elektr tokining oʻtishi natijasida vujudga keluvchi issikliklardan foydalanib bugʻ generatorlarida Sb. hosil qilinadi. Zamonaviy katta bugʻ qozonlarining f.i.k. 95 foizgacha yetadi.
Odatda, katta masshtabli energetik inshootlarda quyidagi parametrlarga ega boʻlgan Sb. ishlatiladi. Toʻyingan Suv bugʻining fizik xossalari faqat uning temperaturasiga bogʻliq. Toʻyinmagan Suv bugʻining fizik xossalari esa uning temperaturasi va qanday bosim ostida turganligiga bogʻliq. Ideal gaz va bosim nolga intilgan sharoitda Sb. uchun z birga teng. Tra oʻzgarmas boʻlgan sharoitda bosimning 300 atm gacha ortib borishida z ning kamayishi kuzatiladi. Bu kamayish toʻyinish sharoitiga yaqinlashganda juda kuchayib ketadi
Suv bugʻining yopishqokligi, bosim oʻzgarmas boʻlgan sharoitdagi issiklik sigʻimi va issiklik oʻtkazuvchanligi, bosimning kichik qiymatlarida temperatura koʻtarilishi bilan ortib boradi. Ammo temperaturaning katta qiymatlarida bu bogʻlanishlar murakkab harakterga ega boʻladi. Bu maʼlumotlar asosida bosim va temperaturaning juda keng diapazonlarida Suv bugʻining termodinamik xossalari yoritilgan jadvallar tuzilgan.