Reja: Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari hamda xususiyatlari



Yüklə 21,19 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü21,19 Kb.
#193091
Reja Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tashkil etishning m-fayllar.org


Reja: Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari hamda xususiyatlari

Byudjet tashkilotlarida budjet hisobining tashkiliy-uslubiy jihatlari.


Reja:
1. Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari hamda xususiyatlari;
2. Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tartibga solishning qonunchilik asoslari;

Budjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat Budjet idan mablag’ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag’ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti. Budjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo’yicha Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar buxgalteriya hisobini O’zbekiston Respublikasining ― Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalariga hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil qiladilar. Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, zarur hollarda, o’zlarining tizimidagi Budjet tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobining umumiy qoidalarini qo’llash tartibi to’g’risida ko’rsatmalar ishlab chiqarishlari mumkin. Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilar (ichki, tashqi)ni daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni bo’yicha o’z vaqtida, to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlari bilan ta’minlab berishdan iborat. Budjet tashkilotlarida budjet hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:


- Buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlar asosida tashkil etish;
- Budjet tashkilotlarida Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lardan maqsadli foydalanishni ta’minlash;
- Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish;
- Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
- Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi natijalarini shakllantirish;
- Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir;
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish va boshqalar.
Budjet tashkilotlarida budjet hisobini alohida hususiyatlari quyidagilardan iborat:
1.Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi nazorat qilinishi;
2.Kassa va xaqiqiy xarajatlar hisobini yuritilishi;
3.Budjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi va hisobotlarni shakllantirilishi;
4.Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni me’yoriy hujjatlarga qat’iy amal qilingan xolda yuritilishi.
Davlat sektori buxgalteriya asoslarining (Xorijiy tajriba) 1.Davlat sektori muassasalarida moliyaviy axborotlarni to`plashning uchta asosiy tamoyili mavjud. Jumladan: 1) Kassa usuli; 2) Hisoblash usuli; 3) Ishonch (kelishuv) Budjet tashkilotlarida budjet hisobi memorial order shaklida olib boriladi. Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo’yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi: 1-memorial order – kassa operatsiyalari bo’yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 2-memorial order – Budjet mablag’larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 3-memorial order – Budjet dan tashqari mablag’lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo’yicha hisob-kitob varaqalari yig’indisi, 405-son shakl; 6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma,
408-son shakl; 8-memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma,
386-son shakl; 9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma,
438-son shakl; 11-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma,
398-son shakl; 12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma,
411-son shakl; 13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma,
396-son shakl; 1 Public sector accounting and finance
315-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha qaydnoma,
406-son shakl. Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni har yilgi qayta baholash, Budjet dan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va ―Storno operatsiyalari bo’yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi. Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondentsiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko’rsatiladi. Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab, ammo boshlang’ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondentsiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi. Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o’rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolanadi. Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi ―Bosh-jurnal kitobi da ro’yxatga olinadi. ―Bosh-jurnal kitobi har bir subschyot bo’yicha yuritiladi. O’zbekiston Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to’g’risida gi qonuniga hamda Budjet tashkilotlarida budjet hisobi to’g’risidagi Yo’riqnomaga (Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan) muvofiq Budjet tashkilotining bosh hisobchisi, hisobchilari, buxgalteriya xizmatining rahbarlari (keyingi o’rinlarda bosh hisobchi deb yuritiladi) mazkur tashkilot rahbari tomonidan qonunchilikka muvofiq lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Agarda tegishli qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, tashkilotlarning bosh hisobchilari o’zlarining tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritilishini va moliyaviy hisobotlarni to’g’ri tuzilishini muntazam nazorat qilib turishlari lozim. Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bo’linma hisoblanadi.
Tashkilot bosh hisobchisi bevosita mazkur tashkilot rahbariga bo’ysunadi. Buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo’yicha esa, tashkilotning rahbaridan tashqari yuqori tashkilot bosh hisobchisiga ham bo’ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida va to’liq topshirilishiga hamda yuqoridagi Yo’riqnoma, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo’ladi. Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi.
Buxgalteriyada xizmat vazifalari funktsional belgilarga qarab taqsimlanadi, ya’ni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi. 4 Tashkilot bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida belgilangan tartibda tashkilot rahbarining buyrug’iga muvofiq tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilish – topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv hujjatlarining holatini ko’rsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish– topshirish to’g’risidagi dalolatnoma tuziladi.
Zarur hollarda, ushbu komissiya tarkibiga yuqori tashkilot hamda tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda ularning vakillari ham kiritilishi mumkin. Budjet tashkiloti bosh hisobchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobini Yo’riqnomaga va boshqa normativhuquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish; buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
Budjet mablag’larini, shuningdek, Budjet dan tashqari mablag’larni xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish; tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish; tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to’lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o’z vaqtida hisoblab chiqish; smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish; pul mablag’lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish; moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o’tkazish; moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritish va ulardan to’g’ri foydalanilishini nazorat qilish; moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish; tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo’limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo’lsa); asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish; buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar 5 rejalashtirish bo’limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo’lsa); qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlash. Budjet tashkilotining bosh hisobchisi yuqoridagi vazifa va majburiyatlardan kelib chiqqan holda quyidagi huquqlarga ega: buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to’g’ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko’rishni tashkilot rahbaridan talab qilish; tarkibiy bo’linmalarda pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibga amal qilinishini tekshirib turish; mukofotlar hajmlarini pasaytirish (agarda qonunchilikda belgilangan normalardan oshib ketgan bo’lsa) to’g’risida tashkilot rahbariga takliflar kiritish; tashkilotning barcha bo’linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish; qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish.
Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi: buxgalteriya hisobi noto’g’ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani va moliyaviy hisobot buzilganda (noto’g’ri tuzilganda); pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda; pul mablag’lari bo’yicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto’g’ri amalga oshirilganda; kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo’qotishlarni buxgalteriya hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda; buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda.
Budjet tashkilotlarida budjet hisobi to’g’risidagi Yo’riqnomaga (Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan) muvofiq schyotlar rejasi joriy etiladi. Barcha schyotlar beshta qism bo’yicha tizimga keltirilgan bo’lib ular quyidagilardan iborat: I. Nomoliyaviy aktivlar; II. Moliyaviy aktivlar; III. Debitorlar va kreditorlar; IV. Moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar; V. Balansdan tashqari schyotlar. 6 Schyotlar rejasining birinchi va ikkinchi bo’limlari aktiv schyotlar hisoblanadi, uchinchi bo’lim schyotlari aktiv-passiv schyotlar, to’rtinchi bo’lim schyotlari passsiv schyotlar hisoblanadi. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya balansi bu tashkilot mablag’larini ularni turlari va tashkil topish manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruxlashdir. Budjet tashkilotlari balansi tarkibi aktiv va passiv qismlardan iborat bo’lib, aktiv tomoni nomoliyaviy aktivlar, moliyaviy aktivlar, debitorlar bo’limlaridan iborat.
Balansni passiv tomoni kreditorlar, moliyaviy natijalar bo’limlaridan iborat. Mavzu. Budjet tashkilotlarida Budjet va Budjet dan tashqari mablag„lar bo„yicha daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi. Reja: 1.Budjet tashkilotlarida xarajatlar smetalarini o‟rni axamiyati; 2. Budjet mablag‟lari bo‟yicha xarajatlar smetasini tuzish tartibi; 3. Budjet dan tashqari mablag‟lar bo‟yicha smetalarni tuzish tartibi; 4. Budjet tashkilotlarida shtatlar jadvali va ularni shakllantirish; 5. Budjet tashkilotlarida xarajatlar smetalari, shtatlar jadvalini tasdiqlash va ro‟yxatdan o‟tkazish. Xarajatlar smetasi – tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo’lib, unda tashkilotlar uchun xarajatlar moddalari bo’yicha ko’zda tutilgan Budjet dan ajratilgan mablag’lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi. Budjet tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar daromadlari va xarajatlari bo’yicha smetalari tuziladi va tasdiqlanib ijrosi ta’minlanadi.
Bunda O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika Budjet larida hamda mahalliy Budjet larda turuvchi tashkilotlarni moliyalashtirish, ular uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli ―Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida gi qaroriga muvofiq xarajatlarning quyidagi guruhlari Davlat Budjet idan mablag’ bilan ta’minlanadi: I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar); II. Ish haqiga qo’shimchalar; III. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro’yxatlarga muvofiq); IV. Boshqa xarajatlar.
Yuqorida keltirilgan xarajat guruhlari asosida Budjet tashkilotlari Budjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalarini shakllantiradi. 7 Budjet tashkilotlari tomonidan moliya yili boshida xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va ro’yxatdan o’tgunga qadar vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzadi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi – tashkilotlarning xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va ro’yxatdan o’tkazilgunga qadar amal qiluvchi hujjat bo’lib, unda Budjet tashkilotlari uchun ko’zda tutilgan, qonunchilikka o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, har oyda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi Budjet dan ajratiladigan mablag’larning uchdan bir qismidan ortiq bo’lmagan miqdorlardagi Budjet dan ajratilgan mablag’lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi.
Budjet tashkilotlarining Budjet dan tashqari mablag’lari – qonunchilikda nazarda tutilgan Budjet dan tashqari manbalar hisobidan tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadigan mablag’lardir. Budjet tashkilotlarida Budjet dan tashqari mablag’lari tashkil bo’lish manbaalari quyidagilardan iborat:
- Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari;
- Tibbiyot muaasasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari;
- Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shakli mablag’lari;
- To’lovlarning maxsus turlari bo’yicha mablag’lar;
- Boshqa Budjet dan tashqari maxsus mablag’lar.
Yuqorida keltirilgan Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha alohidaalohida daromadlar va xarajatlar smetalari tuziladi. Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha smeta
– tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo’lib, unda tashkil bo’lish manbaalari va ushbu mablag’larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo’nalishlari ko’rsatilgan holda Budjet dan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi Tashkilotlar, agarda qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, mustaqil ravishda xarajatlar smetasini, Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha smetani, shuningdek, shtatlar jadvalini tasdiqlangan tashkiliy tuzilma, shtat birliklari, namunaviy shtatlar va Budjet dan moliyalashtirish me’yorlariga muvofiq ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar. Xarajatlar smetasiga O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimiyatlar ularga berilgan tegishli huquq va vakolatlar doirasidagi qarorlari va farmoyishlarida ko’zda tutilgan xarajatlar kiritiladi. Xarajatlar smetasi va Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha smeta bir yillik muddatga – 1 yanvardan 31 dekabrni ham qo’shgan holda, mavsumiy yoki joriy yilda ishga tushiriladigan tashkilotlar bo’yicha esa, ularning mazkur moliya yilidagi faoliyat ko’rsatish muddatiga tuziladi va amal qiladi. 8 Xarajatlar smetasi O’zbekiston Respublikasi Davlat Budjet i xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo’yicha, 4 guruh xarajatlarining to’liq yoyilmasini va hisob-kitoblarni o’z ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda tuziladi. Ilova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo’lib, smetasining prognoz hisob - kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida foydalaniladi. Xarajatlar smetasi bo’yicha xarajatlarni hisoblab chiqish mablag’larga bo’lgan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko’rsatkichlarini va iqtisod qilishning qat’iy tartibini amalga oshirishni hisobga olgan holda amalga oshirilishi shart. Xarajatlarni hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qilish kerak: O’zbekiston Respublikasi qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimiyatlarning ularga berilgan huquq va vakolatlar doirasida qabul qilingan qaror va farmoyishlariga; Budjet tashkilotlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar me’yorlariga; tovar va xizmatlarni davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va tariflariga. Tashkilotlar belgilangan shaklda Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha smetani har yili tuzadilar va tasdiqlaydilar. Bunda, tashkilotlar Budjet dan tashqari mablag’lar tushumlarini va xarajatlarini rejalashtirishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
http://fayllar.org
Yüklə 21,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin