Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzishning hususiyati, maqsadi va ahamiyati.
Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasini va shtatlar jadvalini tuzish ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibi huquqiy asoslari
Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali ijrosining xisobi.
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLA RO‘YXATI
KIRISH O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modelida moliyaviy-iqtisodiy inqirozning kelib chiqishi va salbiy oqibatlari ta’siriga qarshi tamoyillarning mujassam ekanligi. Islohotlarning izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. Davlatning bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi. Mamlakatimizda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi hamda real sektor korxona va tarmoqlarining barqarorligini ta’minlash uchun yetarli zaxiralar yaratilganligini, jumladan, O‘zbekistonda 2022-yilning o‘tgan davrida o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilindi. 2022-yilning yanvar - mart oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi o‘tgan yillarning mos davri bilan solishtirganda o‘zining eng yuqori natijasini qayd etdi - 3,4 million so‘m.1 Nominal hisoblangan ish haqi - ish beruvchining ma’lum bir vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar bajarilgani yoki xizmat ko‘rsatilganligi) uchun hisoblangan amaldagi qonunlarga muvofiq soliq va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga olgan naqd pul shaklida jismoniy shaxslarga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad. Dastlabki 3 oydagi eng past ko‘rsatkich yanvar oyida kuzatilgan - 3,2 mln so‘m. Yanvar - mart oylaridagi eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi bank, sug‘urta, lizing va kredit vositachilik faoliyatida qayd etilgan - 8,4 mln so‘m. Axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 6,5 mln so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, tashish va saqlash sohasida - 4,5 mln so‘m, sanoat sohasida - 4,4 mln so‘m. Eng past o‘rtacha ish haqi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida qayd etilgan - 2,3 mln so‘m. Bank, sug‘urta, lizing va kredit vositachilik faoliyatida eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida (10,7 mln so‘m), eng pasti Samarqand viloyatida (5,5 mln so‘m) kuzatilgan. Sanoat sohasida eng yuqori o‘rtacha ish haqi Navoiy viloyatida (7 mln so‘m), eng pasti Jizzax viloyatida - (2,7 mln so‘m). Ta’lim sohasida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida (3,7 mln so‘m), eng pasti Qashqadaryo viloyatida (2,2 mln so‘m)ni tashkil etgan. Namangan, Andijon, Toshkent viloyatlarida (2,5 mln so‘m) ish haqi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan. Boshqa hududlarda o‘rtacha oylik ish haqi nisbatan past. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida (2,9 mln so‘m), eng pasti - Qashqadaryo viloyati (1,9 mln so‘m). Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan past holat olti viloyatda kuzatilgan.
O‘zbekiston iqtisodiyotidagi byudjet jarayonni nazariy jihatdan tadqiq qilish hamda byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalining buxgalteriya hisobi xususiyatlarini bozor munosabatlari talablari va mezonlari darajasida tashkil qilish va takomillashtirish, uslubiy jihatdan asoslab berish, byudjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalining hozirgi davr shart-sharoitlariga mos keladigan qoidalarini ishlab chiqish zaruratini talab etmoqda.
Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalining buxgalteriya hisobi xususiyatlarini tashkil etish va uni takomillashtirishni nazariy asoslash hamda aniq tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Ushbu yo‘nalish maqsadlari uchun quyidagicha vazifalar belgilanadi:
tasdiqlangan byudjet parametrlari xarajatlar smetalari va shtatlar jadvali doirasida birinchi va ikkinchi guruhlarga kiritilgan to‘lovlarni birinchi navbatda belgilangan vaqtda to‘liq moliyalashtirishni aniqlash;
uchinchi guruh bo‘yicha kapital qo‘yilmalar xarajatlarini investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarning manzilli ro‘yxatlari bo‘yicha o‘rnatilagn moliyalashtirish rejalari doirasida amalga oshirish;
xarajatlarning to‘rtinchi guruhiga kiritilgan ustuvor to‘lovlar, oziq -ovqat va dori-darmonlar sotib olish xarajatlarini birinchi va ikkinchi guruh to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgandan keyingina belgilab berish;
huquqiy shaxs maqomi berilgan byudjet tashkilotlarining faoliyatlarini mustaqil ravishda amalga oshirishlari uchun buxgalteriya hisobi xususiyatlarini hisobga olish tartibini aniqlash.
1. Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzishning hususiyati, maqsadi va ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning byudjetdan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasini va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek shtatlar jadvalini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 yil 29 oktyabrdagi 92-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 19 noyabrda 2157 son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan2.
Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: