Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzishning hususiyati, maqsadi va ahamiyati



Yüklə 60,28 Kb.
səhifə6/7
tarix20.04.2023
ölçüsü60,28 Kb.
#101110
1   2   3   4   5   6   7
Byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini

III XULOSA
Biz O‘zbekiston Respublikasi byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvalini tuzish va uning ijrosi hisobini tashkil etishning muhim tarkibiy qismi hisoblangan byudjet nazoratining nazariy va huquqiy asoslariga, uning zarurligi va mohiyati, turlari va usullariga tayangan holda ushbu mavzuni yoritishga harakat qildik. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng bozor talabalariga javob bera oladigan milliy byudjet tizimi shakllana boshladi. Avvalambor, byudjet tizimining huquqiy asosi bo‘lgan Konstitutsiya qabul qilindi, byudjet siyosatining institutsional asoslari bo‘lgan davlat hokimiyati idoralarining huquqiy maqomi, moliya-byudjet siyosati sohasidagi vakolatlari va vazifalari belgilab berildi. Konstitutsiyada mustahkamlangan mahalliy hokimiyatlarining mustaqilligi, moliya sohasida qat’iy o‘zgartirishlarni va davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimini bosqichma-bosqich joriy etish yo‘nalishlarini tadqiq etishni talab qildi.
Iqtisodiyot taraqqiyotining hozirgi sharoitidan kelib chiqqan holda shtatlar jadvali, xarajatlar smetasi va byudjet nazoratini takomillashtirishning muhim xususiyatli tomonlarini quyidagicha ifodalash mumkin:

    • Birinchidan, ijtimoiy soha xarajatlarini o‘z vaqtida va kerakli miqdorda moliyalashtirish uchun byudjet tashkilotlarida shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini puxta ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir;

    • Ikkinchidan, aholining birinchi navbatdagi ehtiyojlarini qondirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy sohalarni zarur darajada rivojlantirishni yanada jonlantirish lozim;

    • Uchinchidan, ishbilarmonlar xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantirish uchun yanada qulay shart-sharoit yaratib berish zarurdir;

    • Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi joriy etilishi bilan moliyaviy nazoratning dastlabki va joriy shakllarini yuritish bo‘yicha, byudjet tashkilotining bosh buxgalterlari bilan seminarlar tashqil qilish zarur;

    • Byudjet mablag‘larini oluvchilarning mahsulot etkazib beruvchilar (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchilar) bilan tuzilayotgan shartnomalari xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida tuzilishi, ta’minlanishi, shuningdek, to‘lovlarning faqat g‘aznachilik tomonidan ro‘yxatga olingan shartnomalar bo‘yicha xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar qoldig‘idan kelib chiqib to‘lanishi byudjet mablag‘ini oluvchilar kreditorlik qarzlarini minimallashtirishga xizmat qiladi deb o‘ylaymiz;

    • Yuqoridagilardan kelib chiqib, byudjet tashkilotlarida shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tuzishda bo‘sh o‘rinlarning bo‘lmaslagiga va iqtisod qilingan, tejalgan, ishlatilmay qolgan mablag‘larni mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan tuzuvchilarga ma’suliyatini oshirish maqsadga muvofiqdir.

Yuqori tashkilot moliya organiga xarajatlar guruhlari bo’yicha xarajatlar yig’ma smetasini, xarajatlarning to’liq yoyilmasini va xarajatlar smetasiga hisob-kitoblarni ilova qilgan holda, shunungdek qaramog’idagi barcha tashkilotlar bo’yicha esa ro’yhatdan o’tkazish uchun hamma talablarga va m\belgilangan muddattta malga oshirilishi kerak.
Tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini ro’yhatdan o’tkazish paytida molya organalari o’z vakolatlri doirasida ortiqcha shtatlarni yo’qotishlari lozim. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyingina ro’yhatdan o’tkazishni amalga oshirish kerak.
Tashkilotlardagi xarajatlar smetasini tuzishda kompyuter texnikasi mavjud bo’lishi va har bitta jurnallar avtomatlashtirilgan tarzda yuritilishi va programmalshtirilgan bo’lishi kerak.


Yüklə 60,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin