DIQQAT
REJA:
1. Diqqat haqida tushuncha va diqqatning nerv - fiziologik asoslari
2. Diqqat turlari va ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat
3. Diqqatning xususiyatlari
Odamga xar bir daqiqada atrof-muxitdan juda kup narsa va xodisalar ta’sir etib turadi. Lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va xodisalaryaing hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari anik yakkol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning kay darajada karatishiga bog’likdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va xodisalar anik; va tula aks ettiriladi.
Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan maxsus refleks yotadi. Bunday refleksii akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan «bu nima ran refleksi» deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga to’satdan birorta yangi narsaning ta’siri yoki xaddan tashqari kuchli ta’sirot orqali hosil bo’ladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi xisoblanadi, chunki bu refleks bosh miya yarim sharlarining pusti da kuchli qo’zg’alish jarayonidan iborat bo’ladi. Boshqacha kilib aytganda xar bir daqiqada organizmga turli narsalarning ta’siridan hosil bo’lgan ko’zg’alishlarga nisbatan orientirovka yoki tekshirish refleksi ayni chogda nisbatan kuchli (ya’ni optimal) ko’zg’alish manbaini yuzaga keltiradi. Bosh miya yarim sharlarining po’stida paydo bo’ladigan kuchli ko’zg’alish manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam ko’zg’alish bo’ladi.
Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashkdri hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi.
Odamning ko’z o’ngida paydo bo’ladigan juda yorkin rangli narsalar, o’zining tashki ko’rinishi jixatidan odatdagi narsalardan keskin farq kiluvchi predmetlar, to’satdan paydo bo’lgan qattik, tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar bo’lishi mumkin. Masalan, xikoya o’qish mashg’uloti paytida to’satdan uchib o’tgan reaktiv samolyotning kattik; va baxaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor o’ziga jalb kiladi.
Ixtiyoriy diqqatdeb, oldindan belgilangan qatiy bir maksad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum bir narsa va xodisalarga qaratnshimizga aytiladi.
Odamning ko’pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya’ni uqish, o’yin va mexnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo’lib, u zo’r berishlikni, ya’ni irodaviy kuch sarf kilishlikni talab etadi.
Diqqat xususiyatlari Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan asosiylari - diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning ko’lami, diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligiga kura odamlarning diqqatlari o’zining kuchi va barqarorligi jixatidan bir-biridan farq kiladi. Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror bo’lsa, boshqa bir odamlarning diqqati kuchsiz va beqaror bo’ladi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o’z diqqatini biror narsa yoki xodisaga uzoq muddat davomida muttasil karatib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson xayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki diqqatni ma’lum muddat biror narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda karatib odam ishlay ham olmaydi, o’qiy ham olmaydi va xatto uxlay ham olmaydi.
Diqqatni jamlash