Reja: Fanning maqsad va vazifalari



Yüklə 64 Kb.
səhifə1/4
tarix20.09.2023
ölçüsü64 Kb.
#145544
  1   2   3   4
met standart Fanning maqsad va vazifalari


Metrologiya bo‘yicha asosiy atama va tushunchalar. Fanning maqsad va vazifalari
Reja:
1. Fanning maqsad va vazifalari.
2. Metrologiya bo‘yicha asosiy atama va tushunchalar.

O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash;


ishonchsiz o‘lchash natijalarining oldini olish;
xolis, ishonchli va solishtiriladigan o‘lchash natijalariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish;
o‘lchash natijalarining milliy va (yoki) xalqaro etalonlargacha metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanishiga va ilmiy-texnik taraqqiyotiga ko‘maklashish.
Metrologiyaga oid faoliyat sohasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
metrologiya tekshiruvi va nazorati natijalarining xolisligi;
ilmiy asoslanganlik;
o‘lchash birliklari qo‘llanilishida xalqaro birliklar tizimining ustuvorligi;
boshqaruv tizimining yagonaligi;
ma’lumotlarning oshkoraligi va ochiqligi;
o‘lchashlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha milliy va xalqaro talablarning uyg‘unligi.

"Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan metrologik ta'minot, sohaga ISO 9000:2000 standartlari asosida sifat menejmenti tizimini joriy qilish, standartlashtirish ishlari va sertifikatlashtirish muolajalari bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda me'yoriy-texnik hujjatlar va soha standartlari bilan ishlash borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilishdir. Asosiy vazifasi esa talabalarga uzluksiz ta'lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" asoslari bo‘yicha mukammal bilim berishdir. Ushbu fan namunaviy o‘quv rejasining umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib, bakalavriatning barcha ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan.


Fanni o‘rganish natijasida talabalar metrologiya bo‘yicha asosiy qoidalarni, talablar va me'yorlarni, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha me'yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo‘llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda, ayniqsa, xalqaro standartlarning talablariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va uning raqobatbardoshliligini ta'minlashda dolzarb masalalardan biri sanaladi. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy maqsad mahsulotlar va xizmatlar sifati, havfsizligi va raqobatbardoshliligini ta'minlashdir. Standartlashtirishning afzallik jihatlari. Uni shunday ta'riflash mumkin, standartlashtirish iqtisodiyotni maksimallikka erishishiga qaratilgan. Standartlar jamiyatning turli jabhalarida bir qancha afzalliklar olib kiradi. Texnologlar uchun standartlar: talabalarga uzluksiz ta'lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" asoslari bo‘yicha mukammal bilim berishdir. Ushbu fan namunaviy o‘quv rejasining umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib, bakalavriatning barcha ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan. Fanni o‘rganish natijasida talabalar metrologiya bo‘yicha asosiy qoidalarni, talablar va me'yorlarni, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha me'yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo‘llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda, ayniqsa, xalqaro standartlarning talablariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va uning raqobatbardoshliligini ta'minlashda dolzarb masalalardan biri sanaladi. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy maqsad mahsulotlar va xizmatlar sifati, havfsizligi va raqobatbardoshliligini ta'minlashdir. Standartlashtirishning afzallik jihatlari. Uni shunday ta'riflash mumkin, standartlashtirish iqtisodiyotni maksimallikka erishishiga qaratilgan. Standartlar jamiyatning turli jabhalarida bir qancha afzalliklar olib kiradi. Texnologlar uchun standartlar: Tovarlar va xizmatlarni yanada takomillashtirish uchun ilmiy tadqiqotlar va rivojlantirishning yangi bosqichlarini shakllanishida xizmat qiladi. Standartlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Standart asosan uchta xususiyatga ega bo‘ladi: Darajaviy: kompaniyada milliy va xalqaro darajalar singari Ilmiy: oziq-ovqat, tekstil va menejment injiniringi kabi Aspekt: qadoqlash va yorliqlashtirish, sinovdan o‘tkazish va analizlash, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashtirishga o‘xshagan.
2. Metrologiya bo‘yicha asosiy atama va tushunchalar. Metrologik me'yorlar va qoidalarning xalqaro va tarmoqlararo ahamiyatini hisobga olgan holda o‘zaro tushunish va harakatlarni kelishishda metrologik atamalarning birliligi va qabul qilingan tushunchalarga aniq rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining "Metrologiya to‘g‘risida" Qonunida, O‘z O‘DT ning asos bo‘luvchi hujjatlari O‘z DSt 8.010:2002, O‘z DSt 8.010.2:2003, O‘z DSt 8.010.3:2004, O‘z DSt 8.010.4:2002 da va aloqa va axborotlashtirish sohasida foydalaniladigan “Tst 45.025.2000. Metrologik ta'minot. Atamalar.” tarmoq standartida metrologiya bo‘yicha quyidagi asosiy atama va tushunchalar keltirilgan:
Metrologiya – O‘lchashlar, ularning birliligini ta'minlash metodlari va vositalari va talab etilgan aniqlikka erishish usullari to‘g‘risidagi fan.
O‘lchashlar birliligi – O‘lchashlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalangan va o‘lchashlarning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan ma'lum bo‘lgan holat.
O‘lchash – maxsus texnik vositalar yordamida fizik kattaliklar qiymatlarini tajriba yo‘li bilan topish. O‘lchash vositasi normalashtirilgan metrologik tavsifga ega bo‘lgan o‘lchash asbobidir. O‘lchash vositasi, o‘z navbatida, o‘lchov, o‘lchash o‘zgartirgichlari, o‘lchov asboblari, o‘lchash axborot tizimi va o‘lchash qurilmalari kabi turkumlarga bo‘linadi.
O‘lchash asbobi (pribor) deb, kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o‘lchov informasiyasi signalini ishlab chiqishga xizmat qiladigan o‘lchash vositasiga aytiladi. O‘lchov deb, berilgan o‘lchamli fizik kattaliklarni qayta tiklash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi. O‘lchovlar to‘plami deb, maxsus tanlangan, faqat alohidagina emas, balki turli birikmalarda turli o‘lchamli qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchash maqsadida qo‘llaniladigan o‘lchovlar majmuiga aytiladi

Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin