Reja: Iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi ustuvor reytinglar va ularda O’zbekistonning o’rni Iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi 14ta ustuvor reytinglarning ahamiyatlilik
Iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi 14ta ustuvor reytinglar va ularda O’zbekistonning o’rnini yaxshilashn usullari va yo’llari
Kirish Ijtimoiy soha faoliyatining tarixiga murojaat qilsak, dastlabki davrlarda uning insoniyat taraqqiyotida egallagan ulushi nihoyatda kamligining guvohi bo’lamiz. Hozirda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining o’sishi, aholi ijtimoiy va madaniy ehtiyojining rivojlanishi ijtimoiy mеhnat taqsimotida ijtimoiy sohaning yirik tarmoqqa aylanishiga sabab bo’ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu mamlakatlarda ishga yaroqli umumiy aholining o’rtacha 70% dan ko’prog’i shu sohalarda faoliyat ko’rsatmoqda.Ijtimoiy sohaning paydo bo’lishi va kеlajakda rivojlanishi uning ijtimoiy mеhnat taqsimotidagi o’rnining mustahkamlanib borishida va mamlakat iqtisodiy o’sishida sеzilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu sohalarning maxsuslashishi, yiriklashishi, yangi tarmoqlarning tashkil topishi iqtisodiyotni boyitgan holda ishlab chiqarish darajasining o’sishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston nufuzli xalqaro reytinglar va indekslarda o‘z pozitsiyalarini jiddiy ravishda oshirish, shuningdek bugungi kunda qayd etilmaydiganlarida o‘zini ko‘rsatish niyatida. Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, QHTBT portalida e'lon qilingan loyiha shundan guvohlik bermoqda.
Hujjatni ishlab chiquvchilar mamlakatimiz o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilash niyatida bo‘lgan xalqaro reytinglar va indekslarni tasnifladilar. Ularni shartli ravishda uchta: iqtisodiy, sud-huquq va ijtimoiy-siyosiy blokka ajratdilar.
Norma nashrida e'lon qilingan maqolada ularning har biriga batafsil to‘xtalib o‘tilgan.Avvalo bizni u yoki bu reyting (indeks) nimani ifodalashi, uni tuzish uslubiyati (ya'ni qanday mezonlar baholanishi), O‘zbekistonning joriy pozitsiyasi va uni yaxshilash bo‘yicha xatti-harakatlar rejasi qiziqtiradi.