Reja: Kirish Elektron jadvalning imkoniyatlari va vazifalari



Yüklə 22,96 Kb.
səhifə1/2
tarix10.12.2022
ölçüsü22,96 Kb.
#73553
  1   2
Eshmurotov Abdukarim Raqamli axborot texnologiyalri


ELEKTRON JADVALNING IMKONIYATLARI VA VAZIFALARI.
Reja:
Kirish
1.Elektron jadvalning imkoniyatlari va vazifalari.
2. EXCEL electron jadvalining asosiy elementlari.
3. MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish 1.Elektron jadvalning imkoniyatlari va vazifalari.
Xulosa

Kirish
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez o’zgartirib turuvchi masalalarni tezkorravishda ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlashda kabi keng ko’lamli masalalarni echishda qo’llaniladigan o’ta quvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Vikicalk (Vikiblencalculatork – ko’rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Artk firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko’p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlangan. 1981 yil IBM PC kompyuteri paydo bo’lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Vikicalk va Kupercalk dasturlarining yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi, shu bilan birga Microsoft – Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo’ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining erkin yulduziga aylandi. Hisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarning paydo bo’lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo’ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi.
Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez o’zgartirib turuvchi masalalarni tezkorravishda ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlashda kabi keng ko’lamli masalalarni echishda qo’llaniladigan o’ta quvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Vikicalk (Vikiblencalculatork – ko’rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Artk firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko’p jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlangan. 1981 yil IBM PC kompyuteri paydo bo’lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Vikicalk va Kupercalk dasturlarining yangi ko’rinishlari paydo bo’ldi, shu bilan birga Microsoft – Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo bo’ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining erkin yulduziga aylandi. Hisoblashlar natijalarini ko’rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarning paydo bo’lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami bo’ldi. 1983 yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o’z sinfida eng quvvatli dastur hisoblanadi. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingizni natijasini bezash, ko’rgazmaliroq ko’rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda Win Word dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanish mumkin. Excelning ommaviy imkoniyatlarini o’zlashtirish qiyin emas ammo, dasturning murakkabligi va imkoniyatlarning juda kengligi sababli, ular bilan tanishish uzoq vaqt davom etishi mumkin, binobarin aynan ish jarayonida uning yangi – yangi imkoniyatlarini ko’chirish mumkin.
Ishchi varag’i. Ishchi varag’i bilan ishlashning asosiy usullari va tavsifi.
1.Ishchi varag’i – axborotlarni saqlash va qayta ishlab chiqish uchun mo’ljallangan bo’lib, ustun va satrlarga biriktirilgan katakchalar majmuidir. Har bir katakcha o’z nomiga ega ishchi varag’i ustun va satrlar kesishishi orqali topiladigan nomlari bilan beriladi.
1. Excelning ixtiyoriy ob’ekti bilan ishlash quyidagicha bajariladi:
Avval katakcha ajralib olinadi, keyin bu katakcha bilan ishlash uchunuskunalar panrlida tugma yordamida yoki Ctrl+S tugmalarni birgaikda bosish yo’li bilan ishchi kitobini saqlash mumkin.
Agar kitob saqlanmagan bo’lsa, "Saqlash” dialog menyusi chiqadi. Unda fayl nomi maydoniga ishchi stolingiz nomini kiriting yoki dasturda tavsiya etilganini qoldiring. OK tugmasini bosing. Agar "Kitob” oldin saqlangan bo’lsa, muloqot oynasi chiqmaydi. Boshqa nom bilan saqlash uchun Ctrl+K ni bosish, fayl nomini yozish va OK bosish kerak.
Ishchi kitobini yopish – «Fayl» menyusidan «Yopish» buyrug’i. Agar bir necha ishchi kitob ochilgan bo’lsa, u holda fayl menyusida «Hammasini yopish» buyrug’i chiqariladi.
Ishchi kitob varaqlardan iboratdir.
Ishchi kitob 1 dan 255 gacha bo’lgan miqdordagi varaqlardan tashkil topgan. Yangi ishchi kitobi ochilganda, varaq 1, varaq 2,…., deb nomlanuvchi 16 ta varaq bo’ladi. Ishchi kitobi tarkibida varaqlarning quyidagi asosiy ko’rinishlari bo’lishi mumkin:
A) ish varag’i; B) diogramma varag’i; C) VISUAL BASIC tipidagi modul varag’i;
D) Muloqotlar varag’i.
Varaqlar nomlari ishchi kitobi oynasining pastki qismidagi darchada chiqadi. Varaqdan varaqqa ko’chirish – «Sichqoncha» kursorini kerakli varaq nomiga keltirib, chap tugmasini bosish bilan bajariladi. Faol varaqning yarligida varaq nomi yarim qalin shrift bilan ajratiladi.
Ishchi varaqlar bilan ishlash uslublari:
A) 1-varaqni joylash «Joylash» menyusida ishchi varaq buyrug’i 
Shift+F1 tugmalari.
B) Varaqni o’chirish – 1 – varaq yoki varaqlarni tanlash, o’chiriladigan varaq ustida SHIFT+, agar qo’shni bo’lmagan varaqlar bo’lsa, o’chiriladigan varaqlar ustida Ctrl+ ni bosish kifoya.
"To’g’rilash” menyusidagi varaqni o’chiris buyrug’i.
C) Varaqlarni qayta nomilash.
"Format” menyusida "Varaq” buyrug’ini tanlash, so’ng qayta nomlash, varaq nomi maydoniga yangi nomni yozish, darcha ikki marta "Sichqoncha” tugmasi bilan bosiladi va yangi nom yozib, ENTER ni bosish kerak.
EXCEL Ish joyini tasvirlash. Ishchi kitobi tushunchasi. Ishchi kitobi bilan ishlashning asosiy usulari.
Ish joyining asosiy elementlari.
«Sarlavha paneli» - hujjat nomidan iborat bo’lib, tepadan birinchi panel. «Sarlavha panelida» hujjatning tizimli menyusi tugmasi va uni boshqarish tugmalari mavjud.
Menyular satri – ikkinchi yo’lak menyular ro’yxatidan iborat bo’lib, ularning har biri shaxsiy menyusiga ega.
Menyuni tanlash – «Sichqoncha» kursorini menyular satridagi menyu nomiga jiylab, chap tugmasi bosiladi.
Har bir menyu vazifalari tavsifi:
«Fayl» menyusi – hujjatlarni horil qilish, ochish, saqlash va chop etish
"Udalit yacheyki” – komandasi kerakli yacheykani o’chirish uchun ishlatiladi.
"Ob’edenit yacheyki” – belgilangan yacheykalarni birlashtirish uchun ishlatiladi.
"Videlit stroku” - stolbets, tablitsu, komandalari mos ravishda qatorni belgilash, ustunni belgilash, jadvalni belgilash amallarni bajaradi.
Avtoformat – jadval kataklarini avtomatik ravishda formatlash uchun ishlatiladi.
"Virovnyat visotu strok”, "shirinu stolbsov” komandalari mos ravishda kataklarni balandlik va kenglik bo’yicha tenglashtiradi.
"Preobrazovat v tabltsu” – jadvalni ko’rinishini tanlaydi.
"Sortirovka” – kerakli ustun bo’yicha tartiblash imkonini beradi.
"Formula” – tablitsa ustida matematik amallar bajarishb imkonini beradi.
"Razbit tabltsu” – tablitsani ajratadi.
"Otobrajat setku” – jadvalda setka hosil qilish imkonini beradi.
Exceldan chiqish.
«Tahrir» menyusi – diapazondan vos kechish, o’chirish, nusxa olish, izlash, almashtirish buyruqlari;
«Ko’chirish» menyusi – hujjatlarni namoyish etish, uskunalar paneli va hujjat tasvirining masshtabini sozlash;
«O’rnatish» menyusi – hujjatga katakchalar, varaqlar grafik tasvirlar, va diagrammalar joylash;
«Format» menyusi – ajratilgan ob’ektning tashqi ko’rinishini o’zgartirish;
«Servis» menyusi – Excel vositasi parametrlarini o’zgartirish, hujjat berilganlarining bog’lanishi tahlili;
«Ma’lumotlar» menyusi – varaqdagi axborotni qayta ishlab chiqish buyruqlari;
«Oyna» menyusi – ochiq hujjatlar oynalarining tartiblash va oynani hujjaga ko’chirish;
«?» menyusi - Excel dasturi bilan ishlash haqidagi ma’lumotlarni olish;
Standart 25.08.978 uskunalar paneli – Excelning ko’pchilik eng muhim uskunalarini o’z ichiga oladi. Ixtiyoriy uskunalarni yuklash uskuna belgisida «Sichqoncha»ning chap tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi;
Formatlash uskunalar paneli – bunda o’lchamni belgilovchi shrift stilini o’zgartiruvchi, shrift turini tanlash imkonini beruvchi uskunalar tugmalaridan tashkil topgan. 

1. Elektron jadvallar qo’llaniladigan sohalar juda ko’p Masalan, moliya, buxgalteriyaga oid ish xaqini hisoblash, har xil iqtisodiy texnik hisoblar, kundalik xo’jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish hisoblash va hokazolar.


2. Elektron jadvalning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo’lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.
3. Birinchi elektron jadval dastur visi Calc nomi bilan 1980 yillari boshida ishlab chiqilgan.
4. Excel dasturining dastlabki versiyasi 1994 yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
5. EXCEL dasturini ishga tushirish xuddi Word dasturini ishga tushirish kabi uch xil usul bilan amalga oshiriladi. Buning uchun quyidagi usullardan birini amalga oshirish mumkin
1-usul: Ekrandagi EXCEL dasturi tugmachasini ustiga strelkani qo’yib chap tugmani ikki marta bosib, dasturni faollashtiramiz
2-usul: Kompyuterda avval yaratilgan biror elektron jadvalni ustiga ko’rsatgichni qo’yib “Enter” tugmachasini bossak yoki sichqon chap tugmasini ikki bor bossak EXCEL dasturi faollashib, ushbu jadvalni ochib beradi
EXCEL dasturi faollashtirish uchun bundan boshqa usullar ham mavjud, bu kompyuterga o’rhatilgan WINDOWS versiyasiga bog’liq.
EXCEL dasturi interfeysi quyidagicha
6. Excel dasturi ishga tushirilganda u shartli «Книга1» nomi bilan yangi hujjat hosil qilishni taklif etadi, tafsiya etilgan kitobda 3ta varaq (Лист1, Лист2, Лист3) bo’lib, zaruratga qarab yana varaqlar qo’shish mumkin bo’ladi.
7. Ехсеl dasturi yordamida tayyorlangan fayl kengaytmasi xls bo’ladi. Har bir xls faylda 1dan 255 tagacha varaq joylashishi mumkin.
8. Excel jadvali Excel 97 versiyasida 16384 ta 2000 yil versiyasida 65536 ta satr va 256 ta ustundan iborat. Satrlar 1 dan 65536 tagacha butun sonlar bilan nomlahgan. Ustunlar esa Lotin alifbosi harflari bilan belgilanadi.
 ЕXCEL elеktron jadvalining asosiy elеmеntlari
MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma'lumotlar jadval ko‘rinishida namoyon bo‘lib, bunda jadval yachеykalarining (xonalarining) ma'lum qismiga boshlang‘ich va birlamchi ma'lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har hil arifmеtik amallar va boshlang‘ich ma'lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo‘lgan axborotlardir.
Elеktron jadval yachеykalariga uch hil ma'lumotlarni kiritish mumkin:
— matnli;
— sonli ifodalar;
— formulalar.
Matnli ma'lumotlar sarlavha, bеlgi, izoxlarni o‘z ichiga oladi.
Sonli ifodalar bеvosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo‘yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.
Formulalar har doim «=» bеlgisini quyish bilan boshlanadi. Formula yachеykaga kiritilgandan kеyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yachеykada hosil bo‘ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki bеlgilardan biri o‘zgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma'lumotlar bo‘yicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib bеradi.
EXCELning asosiy ishlov bеrish ob'еkti hujjatlar (dokumеntlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari (dokumеnt­lari) ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kеngaytmasiga ega bo‘lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» dеb ataladi. Ular bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elеktron jadvallarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» dеb ataladi. Ular bir ishchi varaq o‘z nomiga ega bo‘ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elеmеntlaridan biri ishchi varaq, ya'ni elеktron jadval hisoblanadi.
Elеktron jadvalning asosiy elеmеntlari esa yachеyka va diapazonlardir.
Yachеyka — bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kеsishmasi oralig‘ida joylashgan elеmеntdir. Yachеyka kеsishmalarida hosil bo‘lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi.
Masalan, A — ustun, 4 — qator kеsishmasida joylashgan yachеyka — A4 dеb nom oladi. Yachеykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir nеcha yachеykalardan tashkil topgan guruh diapazon dеb ataladi. Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan yachеykalarning chap yuqori va o‘ng quyi yachеykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4
Ishchi jadvallarni ko‘rib chiqishda yoki yachеykalarni bichimlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lеkin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muhimdir.

Yüklə 22,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin