Reja: Kirish I. Bob Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarga tarbiya berishning nazariy asoslari



Yüklə 45,38 Kb.
səhifə1/2
tarix20.10.2023
ölçüsü45,38 Kb.
#157862
  1   2
Reja Kirish I. Bob Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarga tarbi-fayllar.org


Reja: Kirish I. Bob Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarga tarbiya berishning nazariy asoslari

Mavzu:Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tashkil etiladigan tarbiya turlari va ularning bola kamolotiga ta`siri


Reja:
Kirish
I.Bob Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarga tarbiya berishning nazariy asoslari
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berishda ta’lim vositalardan foydalanish
1.2. Tarbiya turlari, maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berish
II.Bob Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiya berish jarayonlarini tashkil etish
2.1. Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni turli faoliyat jarayonlarida tarbiya turlariga o‘rgatish
2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan bayram ertaliklari orqali bolalarda estetik (nafosat) va aqliy tarbiyani rivojlantirish
2.3. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga huquqiy tarbiya va iqtisodiy tarbiya berishni takomillashtirish .
III.Xulosa.
Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va mazmun-mohiyati pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida ta’kidlab o'tganimizdek, keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi. Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg‘unlashadi. Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.
Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir.
Tarbiyaning maqsadi—har bir shaxsni shakllantirish.
Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e ’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiyaning umumiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
• tarbiyalanuvchilarning maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
• jam iyat rivoji uchun zarur boTgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi "inson kapitali”ni tayyorlash;
• madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash;
• ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jam iyat a’zolarining barakatini tartibga solish.
Tarbiya jarayoni - tarbiyaviy ishlar, tadbirlarning doimiy harakatdagi zanjiridan iborat. Tarbiyaviy tadbirlar - turli xil moddiy va m a’naviy ehtiyojlarga javob beruvchi, tarbiyaviy maqsadlarnipg yagona majmuasiga bo‘ysundirilgan, bir-biri bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi, o‘zida bir butun ta’limni ko'zda tutgan tarbiyaviy ta’sir majmuidir. Ta’lim jarayoni alohida mashg‘ulotlardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar tarbiya jarayonining bir bo‘lagidir.
Tarbiyaviy ish - bu tarbiyaning tizimliligi, toialigi, uzviyligi va uzluksizligidir. Tarbiyaviy ish tarbiyalanuvchi-larning muayyan faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi shakldir. Tarbiyaviy ishning asosiy xususiyati - zaruriylik, foydalilik va tatbiq etish imkoniyatidan iborat.Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda yorqin

namoyon bo'ladi:


• maqsadga yo'naltirilganlik. Tarbiya jarayoni - bu natijasi jamiyat uchun foydali shaxsni shakllantirishga qaratilgan maxsus tashkil etiluvchi.
boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati. Boshqacha aytganda, mazkur jarayon qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan tarbiyachi va tarbilanuvchilarning o'zaro hamkorligidir;
• ko'p qirrali jarayon. Tarbiya jarayoni ko‘plab obyektiv va subyektiv omillarga bogiiq. Subyektiv omillar bolaning ichki ehtiyojlari bilan bogTiq bo'lsa, obyektiv omillar tarbiyaviy vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradigan bola yashaydigan muhit sharoitlari bilan tavsiflanadi;
• uzoq muddat davom etishi. Pedagogikada tarkib topgan qonuniyatga ko‘ra tarbiya jarayoni inson tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadi;
• uzluksizligi. Tarbiya-tarbiyachi va tarbiyalanuvchilaming izchil, tizimli o ‘zaro harakati jarayoni. Q o‘yilgan maqsadga erishish uchun tarbiyaviy ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilishi lozim;
• yaxlitligi. Ya’ni tarbiya jarayoni maqsad, vazifa, mazmuni, shakl, uslub va vositalarining birligi. Bolani tarbiyalash jarayoni yaxlit tavsifga ega bo‘lganligi bois tarbiyaviy ta’sirning ham to‘laqonli boiishiga erishish lozim;
• variativligi. Tarbiya jarayoni xilma-xil ko‘rinishda amalga oshirilib, mazkur holatda tarbiyalanuvchilaming individual rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar, tarbiyaviy jarayonga munosabati, ijtimoiy tajribalari alohida ahamiyat kasb etadi;
• natijalarning oldindan aniqlanmasligi. Tarbiya jarayonining murakkabligi shundaki, mazkur jarayon o'z mahsulini yillar davomida ko‘rsatadi.Kutilgan natijaga erishish ham tarbiyachining kasbiy mahoratiga, ham
tarbiyalanuvchining shaxsiy faolligiga bevosita bog’liqdir;
• ikki tomonlamalilik. Tarbiya jarayonining borishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi: tarbiyachi - tarbiyalanuvchi (to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri aloqa) va tarbiyalanuvchi - tarbiyachi (qayta aloqa).
Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror aloqalardir.
Tarbiya jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlari mavjud:
• ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog'liqligi. Obyektiv omillar tarbiyani tashkil etish shart-sharoitlari (moddiy-texnik,
ijtimoiy, madaniy, sanitar-gigienik) orqali yuzaga chiqsa, subyektiv
omillarga tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar, ularning о ‘zaro birgalikdagi harakati, murakkab aloqalar, psixologik muhit va boshqalarni kiritish mumkin;
• tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va о 'zaro bog 'liqligi.
Tarbiya jarayoni bolalarning yosh davri rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilishi; qo‘yilgan maqsad va vazifalar bolalarning yosh xususiyatlariga to'liq mos kelishi lozim;
• faoliyat va munosabatni e ’tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbayi.- Tarbiyalanuvchilarning faoliyatga jalb etish orqali ularda mavjud jarayonga nisbatan munosabatni aniq baholay olish mumkin. 0 ‘z navbatida munosabat bildira olish tarbiyalanuvchining faoliyatga tayyorligini ko'rsatadi;
• tarbiyalanuvchilaming o'zaro tarbiyaviy ta ’siri, o'zaro munosabatlari hamda fa o l faoliyati o'rtasidagi bog'lanish. Tarbiyalanuvchilar bir-birlariga o ‘zaro ta’sir etishlari va mazkur imkoniyatdan oqilona foydalana olish tarbiya jarayonining ta’sirini kuchaytiradi. Ularning o‘zaro munosabatlarining barqarorligi, shuningdek, birgalikdagi faoliyati ularda jamoaviylik, o‘zaro ishonch, mehribonlik, bir-birlari uchun qayg'ura olish, hamdardlik, bag‘rikenglik kabi fazilatlarning qaror topishiga ko‘maklashadi;
• tarbiya va o'zini-o'zi tarbiyalashning intensivligi. O ‘z-o‘zini tarbiyalash - bu shaxsning o‘zini, shaxsiy sifatlarini takomillashtirishidir,
zamon talabiga javob beradigan darajada ongli intilishidir. 0 ‘z-o‘zini tarbiyalash yaxshi tarbiya natijasida yuzaga kelib, shaxsning o ‘z-o‘zini kamolga yetkazishiga olib keladi. O ‘z-o'zini tarbiyalash bevosita tarbiyalanuvchilar hayot mazmuni, ulaming qiziqishlari, u yoki bu yosh davridagi xarakterga bog'liqdir. 0 ‘z-o‘zini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tarbiyalanuvchiga o ‘z imkoniyatlarini to ‘g‘ri baholay olish, o ‘zidagi ijobiy va salbiy jihatlarni aniqlay olish imkonini beradi;
• tarbiyalanuvchining “ichki olami''ga ta'sir etishning intensivligi (G.I. O'ukina). “Tarbiyalanuvchining ichki olami” deganda motiv, ehtiyoj, emotsiya, intellekt kabilarning birligi tushuniladi. Tajriba, bolaning ehtiyojlari orqali sinaladigan tashqi muhit ta’siri uning yutug‘i sifatida yuzaga keladi. Aynan tarbiyaviy jarayonda tashqi ta’sir bolaning ichki muvaffaqiyatini kuchaytiradi;
• tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlam ing rivojlanish darajasi va pedagogik ta ’sim i hisobga olish (G.I. 0 ‘ukina). Amaliy ot ko‘rsatadiki, hamma vaqt ham bolaning aqliy rivojlanishi uning verbal nutqi va harakatga doir sensomotor ko‘rsatkichlariga mos kelavermaydi. Nazariy bilimlarga oson va erkin tayanuvchi bolalar uchun ba’zan
elementar amaliy harakatlar, sohada mehnat faoliyatiga doir operatsiyalami, jismoniy mashqlami bajarish qiyin va murakkablik qiladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlaming rivojlanish
dinamikasi bilan pedagogik ta’sirning uyg‘unligiga erishish lozim.
Tarbiya tamoyillari - bu tarbiyaviy ishning yo‘nalishiga, mazmuniga, uslublari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga qo‘yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir. Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi:
Maqsadga qaratilganligi va g'oyaviy yo'nalganligi. Tarbiya jarayonida maqsadning aniq belgilanishi kutiladigan natijaga erishishni kafolatlaydi. Shuningdek, tarbiya jarayoni jamiyatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, milliy g‘oya va mafkura asosiga qurilishi lozim.
Respublikamizda tarbiya jarayonining asosiy maqsadi sifatida yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish belgilab olingan. Yuksak m a’naviyatli inson bilimli, ma’lum kasb-hunar sohibi, o‘z Vatanining sodiq fuqarosidir. O 'z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g’ururlana oladigan inson. 0 ‘z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go‘zalliklaridan bahramand boTadigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarshi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir.
Tarbiyaning insonparvarlashuvi. “Insonparvarlik” tushunchasi mohiyatini, uning turlari va ilmiy pedagogika bilan munosabatlarini qanday talqin qilish kerak? “Falsafa: qomusiy lug‘at”da insonparvarlik “Odamlarga mehr-muhabbat bilan qarash, ularni hurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilarda yuksak m a'naviy fazilatlami rivojlantirishga g‘amxoirlik qilish g‘oyalari bilan sug‘orilgan dunyoqarash” sifatida qaraladi. “Pedagogik ensiklopedik lug‘at”da esa, insonparvarlik shaxs sifatida inson, uning erkin rivojlanishi va o‘z qobiliyatlarini namoyon eta olishini qadriyat sifatida qabul qilish ekanligi uqtiriladi. Keng ma’noda insonparvarlik - insonni shaxs sifatida qadriyat deb belgilaydigan, uning erkinlik, baxtga boigan huquqi, o‘zining qobiliyatlarini namoyon etishi va rivojlantirishi, ijtimoiy institutlarning baholash mezonlarida inson ravnaqini hisobga oladigan qarashlaming tarixiy o‘zgaruvchan tizimi, insoniylik - odamlar orasida kutiladigan me’yoriy munosabat. Insonparvarlik asosida yana insonning cheksiz imkoniyatlari va uning komillikka doir intilishlari, o ‘z qobiliyatlari, qarasb-larini erkin namoyon etishga doir shaxs huquqini e’tirof etib turadigan, inson ravnaqini
ijtimoiy munosabatlar darajasini baholash mezoni sifatida tasdiqlaydigan dunyoqarash tamoyili tarzida ham qaraladi. Hozirgi vaqtda mazkur tamoyil pedagogikaning asosiy tamoyillaridan biri sifatida shakllantirildi.Tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish eng umumiy ma'noda, tarbiya jarayoni ishtirokchilarining munosabatlarini avtoritar pedagogik muloqot uslubidan demokratik muloqot uslubiga almashtirish asosiga tashkil etilishi bilan tavsiflanadi. Bunda asosiysi - tarbiyalanuvchi shaxsiga hurmat va ta’lim mazmunida ijtimoiy tajriba tarzida olingan
insoniyat madaniyati bilan tanishtirish yo'Iida uning m a’naviy imkoniyatini hisobga olish. Tarbiya jarayonining mohiyati ijtimoiy tajribani maqsadga yo‘naltirilgan tarzda shaxsiy tajribaga almashtirish yoki shaxsiy va ijtimoiy tajribaning qo‘shilishida namoyon bo‘ladi. Tarbiyani
insonparvarlashtirish uning yetakchi tendensiyasi sifatida tarbiyani insonga qaratish, uning individualligining namoyon bo‘lishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratishni ifodalaydi. U insonni yuqori ehtiyoj lari: o‘zo ‘zini namoyon etish, o ‘z-o‘zini realizatsiyalash, m a’naviy, ijtimoiy va
kasbiy shakllanishida maksimal darajada qoniqishga yo'naltirilgan o‘z noyobligini yo‘qotish, hayot, tabiat dunyosi va madaniyatdan begonalashib ketish xavfidan himoyalanishga chaqiradi.
Tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog'liqligi. M aktabgacha ta’lim muassasasi bola uchun boshlang‘ich va asosiy tarbiya maskani hisoblanib, aynan tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog'liqligi tarbiya tizimida katta o‘rin tutadi. U tarbiyachidan ikkita asosiy yo‘nalishda faoliyatni amalga
oshirishni talab etadi: 1) tarbiyalanuvchilami kishilarning mehnat faoliyati bilan keng tanishtirish; 2) tarbiyalanuvchilami real hayotiy munosabatlarga, ijtimoiy foydali faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish.
Tarbiyaning mehnat bilan bogTiqligini oqilona amalga oshirish tarbiyachidan tarbiyalanuvchilarning quyidagi ko'nikm a va malakalarga ega bo‘lishlariga erishishni talab etadi:
1) tarbiyalanuvchilarning mehnatning jam iyat va uning har bir a’zosi uchun ahamiyatini tushunib yetishlari;
2) moddiy va m a’naviy boyliklarni yaratuvchilar mehnatini hurmat qilish;
3) tarbiyalanuvchilarning o‘z ustida ishlashlari, muntazam ravishda mehnat qilishga odatlanish;
4) tarbiyalanuvchilarning kasb-hunarga oid tushunchalarni o ‘zlashtirib borishlari va ular haqida maTumotga ega boTishlari;
5) moddiy va m a’naviy boyliklarga m as’uliyatli munosabatda bo‘lish.
Tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog'liqligi tamoyili mazkur tamoyilning alohida tomonlarini ochib beruvchi quyidagi qoidalar asosida ish yuritishni talab etadi:
1. Tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy va mehnat tarbiyasida mavhumlik va yuzakilikdan voz kechib, ularni aniq va mahsuldor faoliyatga jalb etish.
Mashg‘ulotlar jarayonida izchillik va ketma-ketlikka rioya etish zarur.
2. Tarbiyachi oila bilan o‘z faoliyatini muvofiqlashtirgan holda. har bir
tarbiyalanuvchiga ulaming jamiyatga qo'shadigan munosib hissasi uyda va maktabgacha ta’lim muassasasida kattalarga yordam berish ekanligini tushuntirish.
3. Bolalar odatda doimiy ravishda faoliyatning biror turi bilan shug‘ ullanishga intiladi, ularning tabiati uchun sustlik, bekor o'tirish kabilar xos emas. Agar tarbiyachi mazkur jihatni hisobga olmasa, bolalarning ijtimoiylashuviga o‘zining salbiy ta ’sirini ko‘rsatadi.
4. Mazkur tamoyilni amalga oshirish tarbiyaviy ishlar jarayonida o ‘lkashuposlik materiallaridan keng foydalanishni talab etadi.
5. Tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda hayotiy masalalarni muhokama qilish. ularni o'z xulosalarini aytishga o‘rgatish ularda insonparvarlik va fuqarolik hissini uyg‘otishga xizmat qiladi.
6. Tarbiyaning hayot bilan bogTiqligi tamoyilini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlari bilan bog‘liqlikda tarbiya mazmuni va uslubikasini qayta ko‘rib chiqish va yangilab borish lozim.
7. Tarbiyaviy jarayon shunday tashkil etilishi lozimki, tarbiyalanuvchilar to‘la qoniqish hosil qilishlari uchun ularning mehnati kishilar va jamiyatga zarur ekanligini his eta olishlari zarur.

Yüklə 45,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin