Reja: Oliy asab tizimi fiziologiyasi tushunchasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə1/3
tarix04.11.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#67312
  1   2   3
Олий н.фаолияти янги


OLIY ASAB TIZIMI FIZIOLOGIYASI
reja:
Oliy asab tizimi fiziologiyasi tushunchasi
Temperament va uning ko`rinishi.
Xarakter haqida tushuneha.
Qobiliyat va iste`dod haqida tushuncha.
Inson shaxsining eng muhim xususiyatlaridan biri uning indivi-dualligidir. Individuallik deganda, shaxsiy psixologik xususiyatlarning betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, tempe­rament, psixik jarayonlar, holatlarning xususiyatlari yig`indisi, iroda, faoliyat rnotivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, qobiliyanari va shu kabilar kiradi.
Insonning ruhiy olami beto`xtov harakatlar majmuasidan iborat bo`lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o`xshash tarzda hukm suradi.
Temperament to`g`risidagi dastlabki ta`limotni yunon olimi Gippokrat (miloddan awalgi 460-356 yillarda yashagan) yaratgan bo`lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo`llanib kelinmoqda.
Temperamentga ta `rif beradigan bo `Isak, u shunday ko `rinishda bo `ladi: psixikaning individual jihatdan o `ziga xos, tabiiy shartlash-gan dinamik ko `rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi.

Temperamentning flziologik asoslari


Qadimgi yunon olimi Gippokrat ta`limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o`zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a`zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog`liq.
Gippokrat ta`biricha, inson tanasida to`rt xil suyuqlik (xilt) mayjud bo`lib, ular o`t yoki safro (yunoncha chole), qon (lotincha sanguis yoki sanguinis), qora o`t (yunoncha melas - qora, chole - o`t), bal-g`am (yunoncha - phlegma) kabilardan iboratdir. Uning mulohaza-siga:
o`tning xususiyati - quruqlik, uning vazifasi tana a`zolaridagi quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutish;
qonning xususiyati - issiqlik, uning vazifasi tanani isitib turish;
qora o`tning xususiyati - namlik, uning vazifasi tana namligini saqlab turish;

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin