Reja: O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni nazоrat qilish va bahоlashning vazifasi, funktsiyalari. Bahоlashga qo’yiladigan pedagоgik talablar, turlari va shakllari
O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni nazоrat qilish va bahоlashning vazifasi, funktsiyalari.
Bahоlashga qo’yiladigan pedagоgik talablar, turlari va shakllari.
O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni bahоlashning reyting tizimi va uni amalga оshirishni, reyting tizimi to’g’risidagi Nizоm va buyruqlar.
Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari (talabaning vazifalari) Talaba mavzuni o’zlashtirgandan so’ng:
- o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni nazоrat qilish va bahоlashning vazifasi, funktsiyalari to’g’risida tushunchaga ega bo’ladi;
- bahоlashga qo’yiladigan pedagоgik talablar, turlari va shakllarini ta`riflay оladi;
-o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni bahоlashning reyting tizimi va uni amalga оshirishni, reyting tizimi to’g’risidagi Nizоm va buyruqlar to’g’risida tushunchaga ega bo’ladi.
Tayanch so’z va ibоralar O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni nazоrat qilish, bahоlash, bahоlashning vazifasi va funktsiyalari, bahоlashga qo’yiladigan pedagоgik talablar, turlari va shakllari, o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni bahоlashning reyting tizimi, reyting tizimini amalga оshirish, reyting tizimi to’g’risidagi Nizоm va buyruqlar.
Ta'lim oluvchilar tomomdan o'quv materiallari o'zlashtirilganligi-ni, ko'mkma va malakalar hosil bo'lganligmi tekshirish va baholash ta'lim jarayonining zarur tarkibiy qisrni hisoblanadi. Bu faqat o'qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o'quv jarayonining turli bosqichlarida ta'lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir. Baholash ta'lim jarayonining ma'lum bosqichida o'quv maqsadlariga enshilganlik darajasini oldindan beleilangan mezoniar asosida o'lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
Baxоlash-ta`lim jarayonining ma`lum bоskichida, o’quv maqsadlariga erishilganlik darajasini оldindan belgilab qo’yilgan me`zоnlar asоsida belgilash, o’lchash va taxlil qilish jarayonidir.
Bilimlarni tekshirish va baholashning ta'limiy ahamiyati shundaki, bunda o'quv materialining o'zlashtirilganligi haqida ta'lim beruvchi ham, ta'lim oluvchi ham muayyan ma'lumotga ega bo'ladi. Baholash jTatgasida. ta'iim beruvchi uchun ta'lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmasligi, gaysi material vaxshi o'zlashtirilganu, qaysi biri hali yetarli darajada o'zlashtirilmaganligi yoki umuman o'zlashtirilmaganligi ma'lum bo'ladi. Bu ta'lim oluvchining bilish faoliyatim kelgusida tashkil etish va boshqarish uchun asos bo'lib hisoblanadi. Ta'lim beruvchi o'z ishining afzalliklariga va kamchiliklariga tanqidiy baho beradi. O'z ish metodlariga tuzatishlar kiritadi.
Shunmgdek, baholash natijalari ta'lim beruvchining o'quv dasturiga materiallarni ta'lim beruvchilarning bilish imkoniyatlari nuqtayi nazaridan qayta ko'rib chiqishi va baholashi uchun ham juda muhimdir.
Baholash natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin. qaysi birlari esa oson o'zlashtinlishi aniq-ravshan bo'ladi, Bu ta'lim oluvchining ijodiy tarzda darsga tayyorgarlik ko'rishi va o'quv mashg'ulotini o'tkazish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, ta'lim oluvchiga ham ta'lim jarayonida qaysi o'quv materialini yaxshi. qaysinisini qomqarli va nimani yomon o'zlashtirgam ma'lum bo'ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta'lim oluvchi o'z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to'g'ri baholashga qodir emas. Ba'zan unga go'yo u o'quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, amaliyotda esa materialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi rna'lum bo'lib qoladi, Baholash natijasida. ta'lim oluvchilarning o'rganilayotgan materiallarni bilish, tushunish, esda saqlab qolish, anglab olish, amalda qo'llay olish, tahlil qilish va o'z bilimlanga tanqidiy baho berish darajalari amqlanadi. Ta'lim oluvchi o'z bilimlarining ijobiy tavsifi, kasb-hunar kollejida va uydagi ishining uslubini takomillashtirish, bilimlari, malaka va ko'nikmalaridagi ijobiy tomonlarni rivojlantirish, kamchiliklarni tuzatish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Bilimlarni, ko'nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda ta'lim oluvchilarning o'qishga, o'z yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni yengish istagi tug'iladi. Baholash hamisha ta'lim oluvchining shaxs sifatida o'ziga nisbatan muayyan bir munosabatmi hosil qiladi. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchining o'ziga nisbatan munosabatini, tuyg'ulanm, uning xarakteridagi iroda, hamkorlik, o'zaro bir-biriga yordam berish kabi sifatlarim shakllantirishga qaratishi lozim bo'ladi.
Ba'zan baholash jarayonida ta'lim oluvchi qo'shimcha bilim, ko'nikma va malakalarga ham enshadi. Ta'lim jarayonida o'zlashtirmagan tushunchalarning mohiyatiga tushunib etadi. Shu bois, baholashni ta'lim olish jarayonining mezoni deb ham aytish mumkin.
Ta'lim oluvchi o'rtoqlarining, ota-onalarining unga, uning kollejdagi yutuqlariga va muvaffaqiyatsizliklariga munosabatiga hech qachon befarq qolmaydi. Uning bilimlanga berilgan baholar ushbu munosabatni belgilaydi. Mana shuning uchun ham maqtov, ma'qullash, tanbeh yaxshi yoki yomon baho qo'yish ta'lim oluvchi shaxsining fazilatlarini, uning tengdoshlari jamoasidagi va katta yoshdagilar orЈsidagi mavqeyini shakllantiradi. Bu, ayniqsa, o'smirlar orasida katta ahamiyatga ega.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga ega. Baholash natijalarini umumlashtirib, ta'lim muassasasi jamoasining ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyatiga, talabalarning umumiy o'zlashtirish darajasiga baho beriladi va tegishli xulosalar chiqariladi. p^ivlat ta'lim standartlarida davlat tomonidan qo'yilgan talablar nechog'lik bajaraliyotganligi aniqlanadi.
Natijalarni baholash orqali bir paytning o'zida butun ta'lim tizimi va uning komponentlari tekshinlib kp'rilishj kerak. Bu bilan ta'lim tiziimida kutilayotgan natijaga erishilayotganlik darajasi tekshirilib, o'lchanadi. Bilimlarni muntazam baholab bonsh ta'lim rejasi, unmg katta – kichik bo' limlari asosida amalga oshiriladi. Ta'lim tizimi natijala muayyan standart me'yori orqali ifodalanadi.
Baholash natijasida nafaqat ta'lim oluvchming, balki ta'lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o'quv jarayonidagi kamchiliklar ham aniqlanadi. Ta'lim vositalari, rejalar, ta'lim jarayomni tashkil etish sifatiga ham baho beriladi.
Ta'lim dasturini qism bo'laktari bo'yicha muntazam baholab borish oxir-oqibat aniq va adolatli baholanish shakllanishiga olib keladi. Kichik bo'limlar bo'yicha baholash, jamlash va umumlashtirish yakuniy baholashning aniq bo'lishiga yordam beradi. Ta'lim oluvchini muntazam ravishda o'z natijalari to'g'risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishi va istaklarini ro'yobga chiqarishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi,
Ta'lim berish davomidagi nazorat natijalarini o'lchab borish bilim, ko'nikma va malakalarni baholash talabaning o'zligini anglashi uchun bir imkomyatdir.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati naflida quyidagi xulosalarni aytish mumkin: