Reja: O'rta guruhda applikatsiya qilishga o'rgatish



Yüklə 353,99 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.10.2022
ölçüsü353,99 Kb.
#66144
Qog\'ozdan Applikatsiyalar yasas



Bezak applikatsiya yasashni oʻrgatish 
REJA: 
1.O'rta guruhda applikatsiya qilishga o'rgatish. 
2.Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o'rgatish. 


KIRISH 
Ta’limiy maqsad:bolalarga applikatsiya haqida tushuncha berish. Naqshli applikatsiya tayyorlash 
texnikasini 
yanada 
boyitish. 
Tarbiyaviy maqsad: Qog’oz bilan ishlash malakalarini o’stirish, shaxs malakalarini shakllantirish.Estetik 
didini vatanparvarlik tuyg’ularini, nutq madaniyatini o’stirish, kasbga qiziqtirish, mehnatsevarlikka 
o’rgatish. Diqqatni, e’tiborni, psixologik tuyg’ularni ruxiy jarayonlarni shakllantirish.mashgʻulot 
turi: Amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni shakillantirish va takomillashtirish.mashgʻulotning 
metodi: Ko’rgazmali 
materiallar 
bilan 
ishlash, 
amaliy 
topshiriqlar 
bajarish. 
mashgʻulot jihozi: Tayyorlangan naqshli applikatsiyalar, plakatlar, naqshlar namunali, shablonlar, 
krassvord, test savollari.Atama va tushuncha: Applikatsiyalar, qog’oz haqida tushuncha.mashgʻulotning 
borishi.Salomlashish.bolalarni mashgʻulotga tayorgarligini ko’zdan kechirish.bolalarni guruhga 
bo’lish.Maqollar aytish:O’tilgan mavzuni mustahkamlash: bolalarni uyga vazifalari tekshirish, savol-javob 
orqali mustahkamlana- di.Yangi mavzu bayoni: Applikatsiya (applikatio) –lotincha so’zdan olingan bo’lib 
ustidan qo’yish, 
ustini yopishtirish
, qirqib yopishtirish degan ma’noni anglatadi.Boshlang’ich sinf badiiy 
mehnat mashgʻulotlarida qog’oz va kartonlaridan, gazlama va ip bo’lakchalaridan, charmdan, tabiiy 
materiallar (somon, urug’, barg)dan, tashlandiq materiallardan applikatsiya tayyorlash mumkin.Hamma 
turdagi applikatsiyalarni bajarish usuli bir xil, ya’ni yopishtiriladigan detalning teskari tomonidan shablon 
yoki trofaret orqali tasvir chizib qir qiladi va asosga karton yoki faneraga yopihtiriladi.Qog’oz va kartondan 
tayyorlanadigan applikatsiyalar uchun rangli qog’oz, baxmal qog’ozlarni ishlatadi.Applikatsiya tayyorlash 
uchun tarbiyachi, chiroyli rangdagi qog’ozlarni tanlaydi, chunki bolalar ranglarning garmonik moslashuvini 
o’zlashtirishi lozim. 
Buning uchun tasviriy san’at mashgʻulotlarida kamalak ranglarini iliq va sovuq (xromatik va axromatik) 
ranglar, ularning applikatsiyalarda to’g’ri tanlanishi haqida tushuncha berib boriladi.Natijada bolalar 
tasviriy san’at sohasida olingan bilim, ko’nikma va malakalarini badiiy buyumlar yasash mashgʻulotlariga 
qulay bo’lishini o’rganadilar.bolalar musavvirlik va mehnat faoliyatlarining o’zaro uzviy bo’gliqligi amalgam 
oshadi.Applikatsiya yasash mashgʻulotlari bolalarining estetik va badiiy didini osirishda o’zbek xalq milliy 
naqshlari hususiyati,qo’llanishi haqidagi tasavvurlarni xosil qiladi va kengaytiradi, qog’ozni to’g’ri, egri 
yoysimon va siniq chiziqlar bo’yicha qirqish malakalarini rivojlantirib boradi.Applikatsiya tasvirlash 
texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga 
mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.“Applikatsiya” tushunchasi xususiyatlari va faktura materiallariga 
ko’ra xilma-xil bajarilish texnikasinng o’hshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni yaratish usullari o’z 
ichiga oladi.Har bir material applikatsiyasi bajarish texnikasiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi xususiyatlarga ega, 
masalan; qog’oz, limon ddaraxtlari po’stloqlari fonga turli yelimlar bilan yopishtiriladi.Applikatsiya ----
badiiy asarlarni yaratishning eng sodda va oson usulidir, bunda tasvirning realistik asosi saqlanadi. Bu 
applikatsiyadanfaqat bezash maqsadlaridagina ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar uchun qo’llanmalar, 
o’yinchoqlar, bayroqlar, suvirenlar, devoriy gazetalar, stendlar, ko’rgazmalr 
va kastyularni tayyorlash 
emas
, balki kartina, pano, naqshlarni va shu kabilarni yaratishda ham keng qo’llash imkonini 
beradi.Dekorativ applikatsiya – u naqsh, gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlar (barg, shox, 
qo’ziqorin, qush, mashina , odam, uy va shu kabilar)dan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar 
uyg’unligi aks ettiruvchi syujetdan iborat bo’lishi mumkin.Applikatsiya 2500 yil muqaddam ko’chmanchi 
xalqlarda paydo bo’lgan. Applikatsiya bilan kiyimbosh,turar joylar bezatilgan.Bu ishda ular teri-mo’yna, 
namatdan foydalanishgan.Applikatsiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan.Masalan, yoqutlar 
applikatsiya ishida po’stloqdan foydalanishgan, bo’yalgan po’stloqdan qilingan Applikatsiyalar bilan ular 
o’tovlarini bezashgan. 
Xanti-mansi, evenk va boshqa shimol xalqlari applikatsiyada teri, sukno, mo’yna ishlatishgan.Komi, qozoq, 
qalmiq, osetin, buryat, va boshqa xalqlar applikatsiyadan milliy kiyim, uy-ro’zg’or preotmetlarini bezashda 
foydalanishgan.Gazlamadan applikatsiya materiali sifatida ancha keyinroq foydalanila boshlandi. Gazlama 


parchalarini fan xizmatini o’tovchi materialga tikib naqsh yaratilgan.Gazlamadan yasalgan applikatsiya 
bilan kiyim-bosh, uy-ro’zg’or predmetlari bezatilgan.Faqat 15-asrga kelib rivojlangan qog’ozdan 
applikatsiya qilishni applikatsiya- ning “yosh” turi deyish mumkin. Qog’ozdan naqsh qirqish bilan 
o’tmishning mashhur sa’notkorlari ham shug’ullangan.Rassom F.P.Tolstoyni 19-asrning birinchi yarmidagi 
siluet yaratuvchilarning eng mohir ustasi deyish mumkin. Uning 50ta siluet ishi ermitajda 
saqlanmoqda.19-asrda siluet san’ati G.Narbut, E.Kruglikov va ko’pgina boshqa rassomlarning ijodida ham 
o’z aksini topdi.Applikatsiya san’ati bilan faqat professional san’atkorlargina shug’illanib qolmay, balki xalq 
orasidan chiqqan mohir ustala ham bu ish bilan shug’ullangan edilar.Ukraina va Belorussiyada qog’ozdan 
naqshli parda – firanklar qirqishgan.Rassom E.E.Lebedeva ham o’z talantini qog’ozdan applikatsiyalar 
qirqishga bag’ishlagan.Polshada bezak sifatida qirqilgan naqshlar yangi oqlangan devor va shiplarga 
yopishtirilgan, bu ijod xalqda- vitsinanki deb ataladi.Hozirgi kunda Applikatsiya xalq sa’natida juda keng 
tarqalgandir.Applikatsiyaning eng yosh turi flaristikadir. 1960-yilda dunyoda birinchi rassom floristlarning 
jamiyati tashkil etildi.Applikatsiya bilan shug’ullanish o’quchilarni garmonik rivojlantirishda katta 
ahamiyatga ega.Applikatsiya ijodni rivojlantirishga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik, 
diqqat va tasavvurni aktivlashtiradi, irodani tarbiyalaydi.Qo’l mehnati, formani his qilish chamalash va 
rangni sezishni o’stiradi.Rangli qog’oz yoki boshqa materialdan kompozitsiyalar ustidagi ish badiiy didni 
avj oldiradi.Boshlang’ich sinflarda Applikatsiya mashg’ulotlarining tarbiyaviy ahamiyatijuda kattadir.Badiiy 
didni o’stiradigan mashgʻulotlar orqali bolalarda psixologik xususiyatlar: xotira, diqqat, tafakkur, tasavvur, 
bilish tuyg’ulari 
shakillanadi
, estetik qobilyat shakillanadiva tarkib topadi. Applikatsiya yasash 
mashgʻulotlari bolalarning estetik badiiy didini oshirishda, o’zbek xalq milliy naqshlari husisiyati, 
qo’llanilishi haqidagi tasavvurlarni xosil qiladi va kengaytiradi, qog’ozni tog’ri, egri yoysimon va siniq 
chiziqlar bo’yicha qirqish malakalarini rivojlantirib boradi.Applikatsiyalar ko’rinishi jihatidan bir necha 
turga bo’linadi:Harfli applikatsiyalar;Naqshli Applikatsiyalar;Bir buyumli Applikatsiyalar.Mavzuli 
Applikatsiyalar;Harfli Applikatsiyalar ko’rgazmali qurollar, devoriy gazetalar tayyorlashda qo’lanilinadi. 
Bunda rangli qog’oz – kartonning teskari tomonidan harfning teskari aksi chizib qirqiladi va belgilangan 
joyga ma’lum bir tartibga rioya qilgan holda bu harflar yelimlanadi..Naqshli Applikatsiya hosil qilishda 
geometric shakillardan, hamda simmetrik qirqilgan naqshlardan foydalaniladi.Naqshli Applikatsiya 
tayorlashga asosga eskiz chizib olinadi va qirqilgan shakillar navbatma –navbat yopishtirib chikiladi.Bu 
turdagi Applikatsiyalarni tayyorlashda tarixiy yodgorliklar – Samarqand, Xiva, Buxoro, yodgorliklarning 
rasmidan, milliy buyumlar (so’zana, gilam, atlas gazlamasi, jiyak) namunalaridagi naqshlaridan foydalanish 
mumkin.bolalarning ijodkorlik qobilyaini rivojlantirish maqsadida bir xil shakilli va har-xil shakilli 
shablonlardan mustaqil naqsh tuzishni o’rgatib boorish ham mumkin.Buyumli Applikatsiyadafaqatgina bir 
predmet tasvirlanadi. Masalan, olma, sabzi, barg, gul, birorta, jonivorni, shaklini rangli qog’ozdan qirqib 
yopishtirish mumkin.Predmetli Applikatsiyalar ko’pincha 1-sinfda o’rgatiladi. Bunda bir xil yoki ikki xil 
rangli qog’oz tanlanadi.Mavzuli Applikatsiya – Applikatsiyaning eng murakkab turi bo’lib u o’zida ma’lum 
bir mazmun vva ma’noni aks ettiradi.Mavzuli Applikatsiyada badiiy, Asar, ertak, hikoya qahramonini, 
tabiat manzarasini, 
yil fasllarini
, tantanali va bayram kunlarini aks ettirish mumkin. Mavzuli 
Applikatsiyauchun bir necha rangdagi qog’ozdan foydalaniladi. Bu turdagi Applikatsiyalar bolalardan faqat 
mehnat malakalarini talab qilibgina qolmay, balki ulardan musavvirlik tayyorgariligini ham talab 
qiladi.Ta’lim jarayonidagi uzviy aloqani amalga oshirish maqsadida o’qish ona tili, sinfdan tashqari o’qish 
mashgʻulotlarida o’qilgan asar qahramonlarini, tabiatshunoslikda o’rganilgan yil fasillari ,tabiat 
manzaralarini tasvirlab applikatsiyalar tayyorlash mumkin. 
Applikatsiya tasvirlarini belgilash uchun tarbiyachi tayyorlangan shablon trafaretlardan foydalanish ham 
mumkin.bolalarga 1-sinfdan qog’ozni qirqishni o’rgatishda sanoq materiallari (to’rtbuchak,, uchburchak, 
aylana, archa, quyon, kabilar)ni yasashni tavsiya qilinadi.Tematik applikatsiya uchun tanlagan temaga 
asosan qog’oz yoki kartondan fon tanlanadi. Masalan, yangi yil, qish fasllarini aks ettirish uchun ko’k yoki 
zangori rangni;Bahor, yoz, kuz, manzaralariga sariq rangni; tun, yulduzni tasvirlash uchun qora rangni 
tanlash mumkin. Tematik Applikatsiyada tanlangan temaga asosan qog’oz yoki kartondan foydalanib ish 


yuritiladi. Tematik Applikatsiyada harfli, naqshli Applikatsiyalar ham ishtrok etishi mumkin. Harflar 
tantanali kun, bayram nomini tasvirlasa, naqshlar qo’shimcha bezak berish uchun foydalaniladi.Tematik 
Applikatsiyadagi detallarham tanlangan mavzuga mos bo’lishi lozim. Masalan 1-sentabr otkritkasidagi 
detallar ham tanlangan mavzuga mos bo’lishi lozim, sariq, qizg’ish-sariq rangli barglarni, yangi yil 
tabriknomasiga archa, qorbobo, qorqiz, qor uchqunlarini, 8-mart tabriknomasida lola, binafsha, sariqgul, 
va shunga o’xshash gullar tasvirini qirqib yopishtiriladi. Applikatsiya iloji boricha mayday detallarni ham 
qog’ozdan qirqib yopishtiriladi(ko’z, burun, lab, tugmacha).Bajarish usuliga qarab Applikatsiyalar ikki 
usulda bo’ladi: 
Tekis 
Applikatsiya

Bo’rtma Applikatsiya; 
Tekis Applikatsiyada qog’oz, karton belgilangan joyga tekislab yopishtiriladi. Bo’rtma Applikatsiyada esa 
qog’ozdan qirqilgan shaklning ma’lum qismigina yopishtiriladi. Yopishmay qolgan qismi esa sathdan 
ko’tarilib turadi.Natijada bo’rtma tasvir hosil bo’ladi. Gul, barg, archa, kapalak shakllarining o’rtasini yoki 


yarim pallasini yelimlabsovg’bop buyumlarni bezatishimiz mumkin.Oqitishning to’rt yili davomida bolalar 
Applikatsiyaning hamma turlari bilan tanishishlari lozim. 
Badiiy mehnat mashgʻuloti tufayli bolalarni ijodiy ishlash ko’nikmasini shakillantirish kelgusi avlodni 
izlanib-ijod qilishlarini ta’minlab beradi.bolalar tomonidan bajaraladigan, moddiy ne’matlar yaratishga 
qaratilgan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib ularning mehnat qurollari, vositalari va 
jarayonlari haqidagi bilimlarini hamda ma’lum bir sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun 
zarur amaliy ko’nikma va malakalarni egallashlariga, ongli ravishda yondashishga hamda jamiyat va shaxs 
farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarni 
rivojlantirishga qaratilgan. Boshlang’ich sinflarda applikatsiya mashg’ulotlarining asosiy vazifasi mehnatga 
axloqiy va psixologik tayyorlash, bolalarni applikatsiya haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, 
applikatsiyaning turlari haqida tasavvurga ega qildirish, bolalarni mehnat ta’limi orqali hayotga tayyor 
kadrlar yetishib chiqishi uchun zamin yaratib beradi.Mehnat talimining ahamiyati maktabdagi mehnat 
tarbiyasi va ta’limning maqsadi mehnatga muhabbat va mehnat ahliga hurma tuyg’usini 
sindirish.O’quchilarni hozirgi zamon sanoat va qishloq–xo’jalik ishlab chiqarish imkoniyati.Qurilish 
transporti, xizmat ko’rstish sohalari asoslari iblan tanishish.O’qish va ijtimoiy foydali ish jarayonida mehnat 
ko’nikmalari va mahoratlarini hosil qilish.Ongli ravishda kasb tanlash.Mehnat ta’limining vazifalari-turli 
ishlab chiqarish sohalari mazmuniga applikatsiya mashg’ulotlariga taaluqli dastlabki boshlang’ich 
ma’lumotlarni o’rgatish, o’lchash-tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbaalaridan foydalana olish, 
mehnat applikatsiya amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarini belgilangan talablar bilan 
taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o’rgatish.bolalar bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat 
kishiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoat bo’lib mehnat qilish ruhida tarbiyalashdan 
iborat.Boshlang’ich sinflarda badiiy mehnat 
mashgʻulotida applikatsiya mashg
;ulotlari orqali xalq 
xunarmandchiligi, xalqning milliy ruhini aks ettiradigan ijod namunalaridan foydalanib milliy qadiryatlar, 
tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosi haqida bilim ko’nikma va malakalarini shakillantirishda 
ijobiy natijalar beradi. 


Applikatsiya mashg’ulotlar orqali bolalarda ijod qilish qobilyati, estetik did, ma’naviy dunyoqarash, 
qiziqish, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo’la oladigan sifatlar rivojlanib, skakillanib 
boradi.Boshlang’ich sinflarda applikatsiya mashg’ulotlarining vazifasi shundan iboratki bola to’g’ri rang 
tanlay ola bilish, rangli qog’ozlardan to’g’ri o’z o’rnida foydalanish, bezak berish ya’ni dizayn, ijod qila olish 
qobilyatini o’stirish, applikatsiyaning turlari haqidagi bilimlarni boyitish kabi vazifalarni o’z ichiga 
oladi.Yangi mavzuni mustahkamlash.bolalarga savol-javob orqali mavzu mustahkamlanadi;bolalarga 
maqolni davom ettiris o’yini o’tkaziladi.Mehnatdan kelsa boylik,Mehnat mehnatning tagi.Tirishding 
tog’dan oshding,Yorug’lik sari Yer haydasang yuz hayda,YuzApplikatsiya deganda nimani 
tushunasiz?Applikatsiya turlarini ta’riflab bering.Bo’rtma applikatsiyadan tekis applikatsiyaning farqi? 
Tasviriy faoliyat metodikasida rasm solish, loydan buyum yasash metodikasi bilan bir qatorda applikatsiya 
ham asosiy ishlardan biri sifatida maktabgacha ta'lim muassasasi dasturiga kiritilgan. Applikatsiya 
mashg'uloti bolalarning har tomonlama o'sishida katta ahamiyatga ega. U bolalardagi xayolni, fantaziyani 
uyg'otadi, ijodinit tug'diradi, kuzatuvchanligini faollashtiradi, diqqat va tasavvurini, irodasini tarbiyalaydi. 
Qo'l malakasini rivojlantiradi, shaklni sezishni, mo'ljallay olish, rang sezish hissini rivojlantiradi.Olimlar 
fikricha, insonlar eng kuchli rang sezishda 1300 xil rangni ajrata oladilar. Rang sezishni o'stirish orqali 
bolalarda estetik tarbiya qobiliyati tarbiyalanadi. Qirqish texnologiyasini egallagan holda qog'ozdan 
predmetli, mazmunli, dekorativ applikatsiya, quritilgan o'simlikdan, somondan applikatsiya kabi ishlarni 
bajaradilar.Applikatsiya haqida ma'lumot.«Applikatsiya» so'zi lotincha so'zdan olingan bolib, 
«joylashtirish» degan ma'noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turi. Applikatsiyada 
ishlatiladigan ashyo o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Qog'oz, somon, quritilgan o'simlik o'ramga 
joylashtirilib, turli xil yelim bilan yelimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq kabilarga esa tiqiladi. Applikatsiya 
bir xil rangli yoki ko'p rangli bo'ladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko'p ranglisi esa go'zallik baxsh 
etadi. Unda ham, bunda ham badiiylik bo'ladi. Applikatsiyada chamalash va buyumning hajmiy tasviri 
xarakterli bo'ladi. Applikatsiya o'ziga xosligi katta doirachalardan iborat.Rang applikatsiyani ifodalash 
darajasini oshiruvchi vositadir. Shuning uchun applikatsiya ishida ranglarning uyg'unlashuviga mos 
tushishi xayoliy va dekorativ kompozitsiyaning ifodaliligi garmoniyasini izlab topishdir. Applikatsiya 
bolalarda qog'ozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi. Bola tayyorlagan applikatsiya ishi 
estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individual belgisini ko'ra 
olishga o'rgatadi, ularning o'zaro bog'liqligi, butun, qismlar, rita, simmetiik chamalash rivojlanadi, 
predmetning shaklini, rangini bosqichma-bosqich ko'rsatish malakasini ko'rsata oladi.Applikatsiya badiiy 
ishlarni oddiy va mos vosita orqali, real asosni saqlagan holda amalga oshiruvchi faoliyatdir. Masalan, 
mustaqil asar pannolar, surat, plakat. Ilstrativ tasvir, elementar matematikaga o'rgatuvchi ko'rgazma 
qurol, tabiat, nutq o'stirish metodikasi uchun ijodiy o'yin, o'yinchoq, 8-mart bayram sovg'asi, qurolli 
kuchlar va boshqa bayramlarda bezatish uchun devoriy gazeta, ko'rgazma kabi. Maktabgacha ta'lim 
muassasasini bezatish ishlarida ham bolalar applikatsiya ishlarining o'rni katta.Applikatsiya ishini 
bajarishda ishlatiladigan kerakli asbob uskunalar. Asboblar ishlatilishiga mos bo'lishi bilan birga, estetik 
talabga javob berishi kerak. Ayrim kerakli ashyoni «pape-mame» usulida qaychi qo'yish uchun qalamdon 


yasash, mo'yqalam qo'ygichni esa qalin kartondan yasash mumkin. Applikatsiya uchun kerakli ashyo 
murakkab emas; qaychi, yelim uchun mo'yqalam, oddiy qalam, 
qiyqim uchun quticha
, lattacha, gazeta 
qog'ozi.Qaychi - uchi to'g'ri, katta-kichik bo'lib, katta qaychi - 14-20 sm, to'g'ri, uchi uchli va aylanaviy katta 
tasvirlarni qirqish uchun ishlatiladi.Kichik qaychi -8-10 sm, mayda detallarni qirqish uchun qaychi o'tkir 
bo'lishi kerak. Stakanga qaychi uchi pastga qaratilgan holda qo'yilishi, boshqa odamga uzatganda ham 
uchini ushlagan holda uzatish kerak, qaychi ko'ndalang turganda qo'lni silkitish, o'qtalish mumkin emas. 
Unda ko'rsatish sifatida foydalanish mumkin emas.Yelim uchun mo'yqalam. Masalan, 2-3 ta mo'yqalamga 
ega bo'lish kerak. Mo'yqalam applikatsiya mazmunining katta-kichikligiga bog'liq. Katta hajmdagi 
applikatsiyaga uchi enli mo'yqalam, mayda detallarga esa, kichik mo'yqalamdan foydalanish maqsadga 
muvofiq. Ish tugagandan so'ng, mo'yqalamni yaxshilab yuvib, artib, quritib, mo'yining tuzilishini saqlash 
uchun 
mo'yini 
yuqoriga 
qilib 
qo'yish 
kerak. 
Mo'yqalam qo'ygich - yelim ishlatishda yelimning ortiqchasi surkalib ketmasligi, stolni iflos qilmasligi 
uchun ishlatiladi.Qalam, masalan, tasvir konturini chizish uchun oddiy, M va TM (yumshoq, yarim 
yumshoq) qalam ishlatiladi. Ular yaxshi ochilgan bo'lishi lozim. Kontur chizishda ruchka va kimyoviy 
qalamni ishlatish, mumkin emas.Yelim uchun plastmassa idishlar, sopol taqsimchalar tanlanadi. Ishlatib 
bo'lingandan so'ng tezda yuvib qo'yish kerak.Applikatsiya mavzuli yoki qirqilgan dekorativ shakllarni asosiy 
fonda, turli predmetlar yordamida badiiy bezash uchun ishlatiladigan xalq amaliy san'atining birturi. 
Applikatsiyaning o'ziga xos jihatlari mavjud. Applikatsiya mashg'ulotlari bolaning tasviriy malakalarini 
shakllantirishga va ijodiy qobiliyatlarini o'stirishga yordam beradi. Applikatsiya o'z ichiga xayolni, tasvirni, 
go'zallikni ko'ra olish qobiliyatlarini oladi. Applikatsiya mashg'ulotlaridan olgan malakalarini bolalar 
boshqa faoliyatda ham qo'llashlari mumkin. Applikatsiya mashg'ulotlarini to'laqonli o'tkazish uchun 
material va jihozlarni oldindan tayyorlab qo'yish muhimdir.Applikatsiyani o'rgatish, material bilan 
tanishish, turli shakllarni qirqa olish malakalarini egallash, ularni ma'lum tartibda joylashtirish, obraz va 
sujetga mos ravishda yopishtirishni talab qiladi. Applikatsiyani o'rgatish bolalarning qabul qilish jarayonini 
o'stirishga asoslanadi. Shakl, hajm, rang, predmetning o'zaro munosabatlari haqidagi taassurotlarni 
boyitish, bolalarni mashg'ulot vaqtida fikrlash va (taassurot) tasavvurni ishlatishga yordam beradi. Ammo 
har bir yosh guruhlarda applikatsiya mashg'ulotlarida qo'llaniladigan ta'limiy usullar o'ziga xos xususiyatga 
egadir.Maktabgacha ta'lim muassasasida o'tkaziladigan applikatsiya mashg'ulotlari bolalarda sezish 
qobiliyatlarining rivojlanishiga ta'sir etib, ularni estetik jihatdan tarbiyalashga va ijodiy faolligini 
shakllantirishga, shuningdek, mehnat ko'nikmalarini shakllantirishga va ularda xarakterning irodaviy 
xususiyatlarini vujudga kelishiga yordam beradi. Applikatsiya mashg'uloti jarayonida bola rang va uning 
jilosi (ottenkasi) bilan tanishadi, mashq qiladi, shakl va predmetning tuzilishini bilishga o'rganadi. Ritm va 
simmetriya haqidagi tushunchalari kengayib borib, qog'oz varag'ida mo'ljallay olishga o'rganadi. 
«Rangni sezish - estetik sezishning, umuman eng ommabop shakli bo'lib hisoblanadi». Buning uchun uni 
rivojlantirish natijasida biz bolalarning estetik tarbiyasiga ta'sir ko'rsatamiz. Ular shu asosda shaklning 
go'zalligini, ritm va simmetriyani bilishga, sezishga o'rganadilar. Bolalar ritm va simmetriyaning qoidasini 
bilib olishlari natijasida ular shaklning tartibli joylashishidan xursand bo'ladilar va aksincha, tartib-
qoidaning buzilishi bolani asabiylashtirib yuboradi. 
Bolalar bu holatni xunuk
, tartibsiz, buzuq sifatida 
tasavvur etadilar. Applikatsiya mashg'ulotlarida bolalar ko'pincha geometrik shakllar bilan munosabatda 
bo'ladilar natijada ular tevarak-atrofdagi predmetlarda geometrik shakllarning abstrakt ko'rinishini ko'ra 
olishga o'rganadilar. Murakkab tuzilgan shakllarning tuzilishini yaxshiroq tushunishiga, ularni to'g'ri tahlil 
va sintez qilishga o'rganadilar. Bolalar geometrik shakllar bilan tanishishlari jarayonida hali o'zlariga tanish 
bo'lmagan figuralarning no mini to'g'ri aniqlashga o'rganadilar. Masalan, bolalar shaklning burchaklarini 
sanab, uning 3 ta yoki 4 taligini bilib oladilar va natijada uchburchak va to'rtburchak, keyinchalik ularning 
o'zlari mustaqil ko'pburchak kabi shakllarning nomini bilib oladilar. Applikatsiya mashg'ulotlarida 
bolalarning kattalik va fazoni mo'ljallash bo'yicha olgan tasavvurlari va qog'oz betini to'g'ri mo'ljallay olish 
kabi o'quvlari rivojlanadi. Bolalar shaklni yopishtirishda yelimsiz aloqa qilishlari natijasida, shaklni mantiqiy 
va ritmik holida joylashtirishga o'rganishlari asosida o'rtasida, o'ngda, chapda, yuqorida, pastda, orqada, 
qarama-qarshi tomonda, atrofida kabi so'zlar bilan tanishib oladilar. Bolalarni qog'oz betiga nuqta qo'yib, 


mo'ljal olishga o'rgatish - ularning maktabda muvaffqiyatli o'qishlarining asosiy shartlaridan biridir.Bolalar 
applikatsiya mashg'ulotlarida juda ko'p qimmatli mehnat malakalari va ko'nikmalarini egallaydilar. Ular 
ozoda, batartib yopishtirishga, o'z ish joylarini toza saqlashga va murakkab asbob hisoblangan qaychi bilan 
ishlashga o'rganadilar. Bularning barchasi bolalarning maktabdagi qo'l mehnati mashgʻulotiga tayyorlaydi. 
Bolalar yengil va mayda qog'oz shakllari bilan ishlashlari natijasida, o'z harakatlarining tezligini to'xtatib 
turishga o'rganadilar. Mashg'ulot jarayonida ular oz bo'lsa-da, qiyinchilikni yengadilar, bu esa bolalar 
xarakterida irodalilik xususiyatini, chidam, sabr kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. 
Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o'rgatish. Maktabgacha ta'lim muassasasida applikatsiya 
mashg'ulotlari birinchi kichik guruh, ikkinchi kichik guruhdan boshlab olib boriladi. Bu guruhda barcha 
mashg'ulotlarda bolalarga kattalar tomonidan tayyor qilib berilgan shakllarni qog'ozga to'g'ri, turli xil 
joylashtirib terib chiqish va yopishtirish o'rgatiladi. Bu guruhda asosiy vazifa - bolalarga yelimlash usullarini 
o'rgatish hisoblanadi. Kattalar uchun oddiy hisoblangan bu malaka, qator harakatlarni ketma-ket 
bajarishdan iborat bo'ladi, ya'ni mo'yqalamni to'g'ri ushlab, unga ozgina yelim olish, shaklning teskarisi 
bilan qo'yib, yelimni butun shaklga tekis qilib surtib chiqish, chap qo'lining barmog'i bilan shaklni tutib 
turish, so'ng mo'yqalamga ehtiyotkorlik bilan qo'yib, shaklni sekin rang tomonini o'girib, qog'oz varag'ining 
kerak joyiga qo'yish va salfetka yordamida sekin bosish, chekkalaridan chiqib ketgan ortiqcha yelimni 
sekingina artib olish. Bu yoshdagi bolalarga ana shu harakatlarni egallab olish, albatta oson emas. Eng 
sodda shakl-kvadrat va doira uning uchun shu shakllardan ishni boshlash lozim. Yil davomida bolalar shu 
shakllarning nomini to'g'ri aytishni egallab olishlari lozim. Lekin butun yil davomida o'tkaziladigan 
applikatsiya mashg'ulotlarida faqat shu shakllar bilan kifoyalanib qolish bo'lmaydi. Bu guruhda bolalarda 
dastlab bir, keyin 2-3 qismdan tuzilgan predmetlarni (qo'ziqorin, bayroqcha, qorbobo, uy) yopishtirishga 
o'rganadilar. Shuningdek, yil oxiriga borib, bolalar olti-yetti xil rangning qizil, ko'k, sariq, yashil, jigarrangni 
to'g'ri aytib berishlari lozim. Bu guruh bolalariga qaychi berilmaydi, chunki bolalarning qo'l harakati yetarli 
taraqqiy etmagan va hali qurish nazorati yetarli bo'lmaganligi sababli bolalar qo'lidagi qaychi xavf 
tug'dirishi mumkin.Ikkinchi kichik guruhda bolalarni aplikatsiya qilishga o'rgatishida ish uchun beriladigan 
materiallar va mashg'ulotni tashkil etish ahamiyatga egadir. Materialning rangi bolalarning diqqatini 
tortib, ularni chalg'itadi. Shuning uchun dastlabki mashg'ulotlarda 
material alohida paketlarda

tushuntirilib bo'lgandan so'ng tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bo'lganidan so'ng 
material 
tarqatilib
, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda kesmaga terib chiqadilar. Tarbiyachi dastlab 
elementlarning qo'yib chiqilganini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga yelim ishlatish uchun beriladi. 
Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatishni namuna bilan birgalikda olib borish kerak. 
namunani ko'rsatish jarayonida tarbiyachi shaklning rangini aniq atash va barmog'i bilan uni ko'rsatib, shu 
shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko'rsatib beradi. Tarbiyachi tomonidan ishni bajarilishini ko'rsatib 
berilishi, bolalarda turli malaka va uquvning vujudga kelishida muhimdir. Shuningdek, tarbiyachi ish 
tartibini ham boshidan ko'rsatib boradi. Qanday shaklni oldi, qanday ushlab turib, yelim surtdi va 
boshqalar. Tarbiyachi o'zining har bir harakatini so'z bilan birgalikda olib boradi.Maktabgacha kichik 
tarbiya yoshidagi bolalar esa tayyor shakllarni va ularning rangini bir-biriga moslab, tanlab yopishtiradilar. 
Juda yaxshi estetik effekt bilan qilingan ishlar, ayniqsa, dekorativ bezaklar guruh xonasini bezatish 
mumkin. Shunday qilib, olib borilgan tekshirish ishlari shuni ko'rsatadiki, yaxshi uyushtirilgan appilikatsiya 
mashg'ulotlari, boshqa mashg'ulotlarga, ya'ni dekorativ, predmetli va mazmunli mashg'ulotlarga ijobiy 
ta'sir etadi. Bolalarda sensor madaniyat oshadi, qo'l bilan tahlil qilish qobiliyati o'sadi va badiiy didlari 
shakllanadi. 
Bola hayotining 5-yiliga kelib, ham psixologik, ham jismoniy tomondan o'sadi. Bu esa bolaning applikatsiya 
bo'yicha bajaradigan ishining sifat jihatidan o'zgarishiga olib keladi. Bolalar tuzilish jihatdan ancha 
murakkab bo'lgan predmetlarni tasvirlashga o'rganadilar.O'rta guruh bolalari kichik guruhga nisbatan 
malaka va ko'nikmalarni ancha egallagan bo'ladilar. Bu guruh bolalari 2-3 qismli emas, balki 4-5 qismdan 
iborat predmetlarni tuzishga o'rganadilar. Dastlab bu guruhga qaychi bilan ishlash kiritiladi. Bolalar 
qaychini to'g'ri ushlashga, uning richagini yopishga va ochish to'g'ri qirqim olishga o'rganadilar. Buning 
uchun oldin eskiz, keyin esa enli yoki keng qog'oz tasmalar qirqishga o'rganadilar. Bu guruhda bolalar 


yelimlash malakasini egallashni davom ettiradilar. Bola hayotining 5-yilida doira, kvadratdan 
tashqari, 
uchburchak
, oval, uzun to'g'ri to'rtburchakni biladi. Trapetsiya shaklini esa, kichik guruhda 
bo'lgani kabi, obrazli tasvirida davom etadi. Masalan, tom, qayiqcha, kichik guruhga yana qo'shimcha havo 
rang, pushti, kulrangni sezishga va to'g'ri aytishga o'rganadilar. Ular qog'oz varag'ida tez va osonlik bilan 
mo'ljal qilishga o'rganadilar. Ular orqada, ketma-ket, teng masofada va boshqa fazoviy tushunchalarni 
egallaydilar. Bolalar to'g'ri kesmalar qirqishdan tashqari, aylanaviy 
shakllar qirqishga o'rganadilar. Ular kvadrat va to'g'ri to'rtburchakning burchaklarini dumaloqlashga 
o'rganadilar. Ana shu qirqib olingan aylanaviy shakllardan qo'ziqorin, minorcha, qorbobo kabi 
predmetlarni hosil qilishga o'rganadilar.Yopishtiriladigan detallar soni ham ko'payadi, masalan, uychaning 
tasvirida faqat devorni emas, balki eshik va derazalarni ham tasvirlaydilar. Shakl va rang bilan ishlash ham 
rivojlanadi: to'rtburchak, kvadrat, doira, uchburchak, pushti rang, kulrang, havo rang va boshqalar. Bu 
guruhda qog'oz varag'ida to'g'ri mo'ljallashni o'rganadilar va orasida, chekkada, bir xil masofada va boshqa 
shu kabi tushunchalar bilan tanishib boradilar. O'rta guruhda tarbiyachi o'zining asosiy diqqatini 
bolalarning qaychi bilan ishlashiga qaratadi. Yil davomida tarbiyachi bolalarni qirqishning turli usullari 
bilan tanishtiradi. Tarbiyachi qaychini va qog'ozni to'g'ri ushlashga o'rgatib boradi. Yopishtirish malakasi 
esa mustahkamlanib boradi. Bu guruhda asosiy vazifa bolalarning qirqish texnikasini egallab olishiga 
qaratilgandir. Bu guruhda tarbiyachi bolalarni predmetli-dekorativ, mazmunli applikatsiyaga o'rgatib 
boradir. Sodda predmetlardan murakkab predmetlarning tasviriga o'rgatiladi.Tarbiyachi bolalarni qaychi 
bilan ishlashga, uni to'g'ri ushlashga o'rgatib boradi. Bolalar albatta qaychi bilan ishlashni darhol o'zlashtira 
olmaydi. Shuning uchun tarbiyachi qaychi bilan ishlashga o'rgatishda dastlab enli, ensiz kesmalar qirqishga 
o'rgatib, mashqlantiradi, har bir applikatsiya mashg'ulotlarining mavzu va mazmuni turlicha bo'lishi lozim. 
Masalan, dastlabki mashg'ulotlarda tarbiyachi bolalarga «do'kon» uchun chipta, cheklar qirqishni taklif 
etadi. Yoki, masalan, qirqilgan kesmalardan uycha, daraxt, panjara, narvon kabi predmetlarning oddiy 
ko'rinishini tasvir etishi mumkin. Bu esa bolalarni mashg'ulotga qiziqishini oshiradi va mashg'ulotning bir 
xil tarzda bo'lishining oldini oladi. Bir-ikkita mashg'ulotni o'tkazgach, keyingi mashg'ulotlarni bolalarning 
ijodiy faolligini o'stirish uchun tavsiya etish mumkin. Masalan, bolalar o'zlari qirqib olgan rangli 
kesmachalardan turli xil predmedlarning ko'rinishini tasvirlaydilar. Masalan, yulduzlar, bayroqchalar, 
gullar. Keyingi applikatsiya mashg'ulotlarida bolalar to'rtburchak, kvadratning diagonali bo'yicha, 
trapetsiya va uchburchak hosil qilishga o'rgatiladi. Sharf, sochiqni kvadrat va uchburchaklar bilan 
bezaydilar, shuningdek, kvadrat bilan gilamni, dastro'molchani, doira bilan taxsimchani bezaydilar. Tayyor 
siluetlar ham berish mumkin. Bolalar oval va doira shaklni hosil qilib qirqishga ancha qiynaladilar. Ular 
doiraviy shakldagi predmetlardan: tursa yiqilmas qo'g'irchoq, meva-sabzavotlar, piramida va boshqalarni 
qirqib yopishtiradilar. O'quv yili davomida bolalarga mazmunli applikatsiya ishlarini ham taklif etishi 
mumkin. Masalan, bo'g'irsoq yo'ldan dumalab ketyapti, o'tloqdagi jo'jalar, qo'ziqorinlar va hokazo.Bu 
guruhda bolalarni jamoa bo'lib ishlashga o'rgatamiz. Masalan, katta gilam yoki sabzavot mevalardan 
tashkil topgan vitrinani yoki havoda, osmonda samolyotlarni tasvirlashlari mumkin. Bundan tashqari, 
bolalar o'z xohishlari bo'yicha xilma-xil applikatsiya ishlarini bajaradilar. Masalan, Onam uchun sovg'a, 
tayyor siluetni naqshlar bilan bezatish mumkin: fartuk, qo'lqop, shapkani qirqib yopishtirish yoki bezatish 
mumkin. Tarbiyachi bu guruhda ham xilma-xil metod va usullardan foydalanadi. Muhim bo'lgan 
metodlardan biri -informatsion-retseptiv hisoblanadi. Bu metod tasviri lozim bo'lgan predmetni har 
tomonlama ko'rib chiqish va tahlilni o'z ichiga oladi. Tarbiyachi bu guruhda ko'proq bolalarning o'zlariga 
tasvirlanayotgan predmet haqida gapirib berish, uning sifati, belgisini aniq aytib berishga, tasviriy yo'llarini 
mustaqil bilishga o'rgatib boradi. Bolalar predmetning tasvirini tuzish orqali, o'sha predmet shaklini 
qirqishga, uning tuzilishining to'g'ri tasviriga, qismlarning kattaligini to'g'ri berishga o'rganib boradilar. Bu 
guruhda qirqish birinchi marta kiritiladi. Shuning uchun eng muhimi, diqqat-e'tibor qaychini ushlashga, 
qirqish usullarini ko'rsatishga bog'liq bo'ladi. Dastlabki mashg'ulotlarda tarbiyachi qaychi bilan qanday 
ishlash kerakligini ko'rsatib beradi (qanday 
ochib yopishni
, qayerdan ushlashni ko'rsatib beradi). Qog'oz 
qirqishni bolalarga namoyish qilish orqali qaychining qanday qilib harakat qilishini ko'rsatadi. Bolalarga 
kvadratlardan doiraviy shakllar qirqishni, ularning faqat burchaklarini qirqish kerakligini ko'rsatish kerak 


va qog'ozni qo'lda biroz harakat qildirish kerakligini namoyish qilib beradi. Bu usulda bolalarga oq qog'oz, 
so'ng rangli qog'oz berish tavsiya etiladi. Tarbiyachi tanish bo'lgan qirqish usullarini birorta bolani chaqirib, 
bolalar uchun namoyish qilib berishni taklif etish mumkin. Har bir harakatni tarbiyachi so'z bilan 
tushuntirib borishi kerak. Agarda murakkab applikatsiyani tuzish kerak bo'lsa, tarbiyachi flanigrafdan o'sha 
narsani illyustrativ rasmlarni ko'rib chiqishni taklif etish mumkin. Masalan, qo'ziqorin, uning oyoqchasi va 
shapkachasi bor, oyoqchasi pastda, shapkasi yuqorida joylashgan. So'ng tarbiyachi bolalarga savollar 
beradi, obrazli so'zlardan foydalanadi, qo'l bilan shakl ko'rinishini tasvirlovchi harakatlarni bajarishlari 
mumkin. Shuningdek, tarbiyachi namuna ko'rsatishda foydalanadi. Namuna, shuningdek, predmetning 
o'zi ham topilmagan taqdirda foydalanish mumkin. Mashg'ulotda eng muhim metodlardan biri 
yopishtirishni ko'rsatish va tushuntirish hisoblanadi. Yopishtirish jarayonini hamnia bolalarga ko'rinadigan 
qilib, namoyish qilish lozim. Buning uchun doska yoki molbertdan foydalanish mumkin. Shuningdek, 
yopishtirish jarayonida ketma-ketlikni bolalar yaxshilab o'zlashtirib olishsa, uni bolalarning o'zlariga taklif 
etish mumkin yoki ko'rsatish o'rniga, faqatgina og'zaki tushuntirish bilan kifoyalanib qolish mumkin. Bu 
yoshdagi bolalar bilan ishlashda o'yin usulidan keng foydalanish mumkin va lozim. Chunki bu usul bolalarni 
mashg'ulotga nisbatan qiziqishni uyg'otib, ularni faollashtiradi. Bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda 
individual ishlash, muhim rol o'ynaydi.Tarbiyachi bir bolaga yopishtirishni ko'rsatsa, ikkinchisiga nimani 
davom ettirish kerakligini tushuntirib beradi. Bolalar ishini ko'rib chiqish ham muhim metod va usullardan 
biri bo'lib hisoblanadi. Tarbiyachi bolalar ishini ko'rib chiqish va tahlil qilish faqatgina barcha bolalarning 
ishini maqtash lozim. Keyingi mashg'ulotlarda tarbiyachi bolalar ishini tahlil qilishda ishning ozoda 
bajarilganligi, rangning to'g'ri tanlanganligi va qog'ozda to'g'ri joylashtirilganligini hisobga olib, tahlil qiladi 
va bolalarni ham shunga o'rgatib boradi. Masalan, bolalar tursa yiqilmas qo'g'irchog'ini ichida chiroyli, 
singanlari va xafalari ham borligini aytishga o'rganadilar. Bunga tarbiyachi bolalarni yilning II yarmidan 
boshlab o'rgatib boradi.O'rta guruhda bolalar tayyor shakllardan applikatsiya tuzish bilan birga o'zlari ham 
mustaqil qirqib yopishtiradilar. Naturani tahlil qilishda bolalarning diqqati faqatgina rang va shaklga 
tortilmay, balki qismlarning o'lchami va soniga ham tortiladi. Masalan, tursa yig'ilmas qo'g'irchoq 
sharchalardan katta, o'rtacha va ikki shardan iboratligini aniqlaydilar. Murakkab topshiriqlarni bajarish 
jarayonida ularga material alohida beriladi. Masalan, uyni yopishtirish. Uning devor, torn va oynaga mos 
bo'lgan razmerdagi rangli qog'ozlar beriladi. Bu guruhda naturani ko'rib chiqish namuna bilan birga olib 
borilishi shart emas. Namuna tahlilining o'zi yetarli bo'ladi. Namuna qurib chiqishda tarbiyachi bolalarning 
diqqatini uni yaxshilab qurib chiqishga tortib, quyidagi savollarni beradi: predmet qanday shakllardan 
tuzilgan? Bu qanday shakl? Rangi qanday? va boshqalar.Tarbiyachi predmetning qismlarini yoki naqsh 
elementlarini yopishtirish tartibini ko'rsatib beradi. Bu guruhda tarbiyachi faqatgina ma'lum qismini 
ko'rsatib berishdan ham foydalanadi. Masalan, uyni yopishtirishda uning tomini qirqishni ko'rsatib beradi 
xolos, qolganini bolalarning o'zlari bajaradilar. Bu guruhda alohida ahamiyat qaychi bilan ishlashga 
beriladi. Tarbiyachi bolalarga qaychi bilan ishlash texnikasini ko'rsatib, tushuntiradi. Qo'lrri qaychining 
richagini qanday harakatlantirishini o'rgatadi. Qaychi bilan dastlabki mashqlarni, yaxshisi 8-10 bola bilan 
o'tkazgan ma'qul, chunki ularni kuzatish va o'z vaqtida yordam ko'rsatish imkoniyati ko'proq 
bo'ladi.Mashg'ulotning oxirida tarbiyachi bolalar bilan birgalikda bajarilgan applikatsiyani ko'rib chiqadi: 
predmetga o'xshaydimi, shakllar toza yopishtirilganmi? Tarbiyachi bolalarning tahliliga yakun yasab, 
yaxshi 
ishlarga 
bolalarning 
diqqatini 
jalb 
etadi. 
Katta guruhlarda ko'pincha mashg'ulotning ma'lum bir qismini ikki va undan ortiq bolalar bilan birga 
ishlaydiganjamoa ishi sifatida tashkil etish lozim. Bolalar birgalikda oldinda turgan vazifani muhokama 
qiladilar, ish tartibini rejalashtiradilar, bir-birlariga yordam ko'rsatadilar. Applikatsiya mashg'uloti shartsiz 
ravishda bolalarda ijodiy qobiliyatlarning o'sishga ta'sir ko'rsatadi.Bola hayotining 6-yilida kuzatishlar, 
o'yin sensor tarbiyaning ta'siri ostida bolalarda predmetning rangi, shakli, kattaligi va boshqa sifatlari 
to'g'risida bilim va tasavvurlari shakllana boradi. Bu yoshga kelib bolalarda tasviriy uquvi va texnik usullari 
mavjud bo'ladi, qo'l muskullari rivojlangan bo'lib, qaychi bilan qiladigan harakatlari ancha aniq va ishonchli 
bo'ladi, bu esa o'z-o'zidan applikatsiyaga o'rgatishning ancha murakkab vazifalarini hal etishni taqozo 
etadi. Applikatsiya mashg'ulotlari jarayonida predmet to'g'risida xilma-xil ma'lumotlar berib boriladi. 
Bolalar 
xilma-xil shakllarni atashga
, kvadrat, to'rtburchakni bir-biridan farq qilishga, ularning asosiy 


belgilarini to'g'ri atashga o'rgatib boriladi. Shuningdek, bolalarga oval, doira, uchburchakni to'g'ri 
ajratishni farq qilishni o'rgatadi. Shunday qilib, bolalar faqat shakllar bilan emas, balki ranglar bilan 
tanishib boradilar. Masalan, och, to'q, yorqin ranglar va boshqalar. Bular orqali bolalar rangni sezishga, 
uni tanlay bilishga o'rganib boradilar. Applikatsiya jarayonida figuralarni bir-biri bilan taqqoslashga 
o'rganadilar, baland-past, keng-tor, ya'ni qalin-ingichka kabi tushunchalarni egallab, tushunib boradilar. 
Shuningdek, qog'oz varag'ini mo'ljallay bilish bilan bog'liq bo'lgan tushunchalar, tepada, pastda, o'rtasida 
kabi ketma-ket tushunchalarni egallashga harakat qiladilar. Bu ish bolalarni qaychi bilan qirqish usullariga 
o'rgatib borish bilan davom ettiriladi. Bu bilan o'rgatib borish davom ettiriladi, bolalar o'rta guruhda 
egallagan qirqish usullarini takrorlab, mustahkamlaydilar va yangi qirqish usullarini egallaydilar. Bular 
quyidagilar: qog'ozniikki buklab, birxil shakllar qirqish usuli, simmetrik shakllarini ham bir necha marta 
buklab (garmoshka qilib taxlab) qixqishga o'rganadilar. Masalan, gullar, barglar va hokazo. Bu guruhda 
tarbiyachi bolalarning diqqatini doimo ishning sifatiga qaratib boradi. Chunki qirqish va yopishtirishning 
sifati butun bir ishning yoki applikatsiyaning sifatiga ta'sir etadi. O'quv yilining boshida bolalar bilan 
doiraviy shakllarni qirqish ustida ishlanadi, chunki bolalar bu usulni o'rta guruhda yetarli darajada 
egallamagan bo'ladilar. Bolalar predmetlarni qismlarga bo'lib, qirqib yopishtirishni o'rgangach, ularning 
qirqishning ratsional usuli, ya'ni garmoshka usulida qog'ozni buklab qirqishni o'rganadilar. Ammo yilning 
boshida dumaloq shakldagi predmetlarni qirqishni mustahkamlashga tarbiyachi quyidagi mavzularda 
ishlar berishi mumkin. Masalan, kuzgi barglar, sabzavot, mevalar, qo'ziqorinlar va hokazo. O'quv yili 
davomida bolalar predmetli applikatsiya ishlarini bajaradilar. Masalan, samolyot, raketa, mashina, 
trolleybus va hokazo. Qog'ozni garmoshka usulida buklab, qirqishga turli xil predmetlarni taklif qilish 
mumkin. Masalan, bargli shoxcha, gullar, archa o'yinchoqlari. Shuningdek, dekorativ applikatsiya bo'yicha 
ham shar, sochiq, kvadrat, gilam, doira, tarelka va shuningdek, tayyorsiluetlarni, zontik, choynak, fartuk 
kabilarni bezatishni taklif etish mumkin. Bolalarni simmetrik figuralarni qirqishga o'rgatishda tarbiyachi 
simmetrik tuzilishga ega bo'lgan predmetlarni taklif etadi. Masalan, guidon, nok, kapalak, masxaraboz va 
hokazo. 
Bolalar predmetli dekorativ 
applikatsiyadan tashqari
, mazmunli applikatsiyani ham bajaradilar. Masalan, 
quyonning bo'g'irsoq bilan uchrashuvi, qor bosgan uycha, qiz bayroq ushlab turibdi va hokazo. Katta 
guruhda bolalar o'z ixtiyorlari bilan ham applikatsiya ishlarini bajaradilar. Bolalar olgan bilim, malakalari 
asosida o'zlari mustaqil applikatsiya ishlarini bajaradilar. Applikatsiya mashg'ulotlarida bolalar jamoa 
ishlarni bajaradilar. Gullar va afsonaviy qushlar tasvirlangan gilam, sevimli o'yinchoqlari va boshqalar. 
Katta guruhda ham applikatsiya mashg'ulotida tasvirlash kerak bo'lgan predmetlarni tahlil qilishga katta 
o'rin ajratiladi va unda bolalarni savollar bilan faollashtirilsa, katta guruhlarda esa bolalarning 
mustaqilligini qo'proq ta'minlaydi. Tahlil jarayonida bolalar predmetning shakliga, rangiga, turli xil 
xususiyatlariga e'tibor berishi lozim. Xalq amaliy san'ati asarlarini ko'rib, tahlil qilishga, bolalarga ranglar 
garmoniyasining go'zalligini sezishga, ko'pincha kompozitsiyaning mazmundorligini ochishga o'rgatiladi. 
Bu guruhda namunadan, ayrim hollarda, ya'ni ishning yakunini namoyish qilishda foydalanish mumkin. 
Har bir qirqish usullarini ko'rsatib berish maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Tarbiyachi ko'proq bolalarning 
o'zlarini faollashtirib, bolalarning o'zlarini mustaqil ravishda qirqish yo'llari, yopishtirish tartibini qidirib 
topishga undaydi. Agarda yangi qirqish yo'llari kiritiladigan bo'lsa, tarbiyachining o'zi qirqish yo'llarini 
ko'rsatib beradi. Masalan, qat-qat usulida qirqish, ayniqsa, simmetrik figuralarni qirqishda bolalar ancha 
qiynaladilar. Shuningdek, tarbiyachi ayrim predmetning qog'ozdagi tasviridan foydalanish mumkin (qo'l 
harakatlari bilan yurgizib chiqishi mumkin). Dastlab tarbiyachining «predmetning yarmi» deb tushuntirishi 
asosida bolalar usulni tushunib yetadilar. Bu guruhda bolalar qog'ozni qo'l bilan yirtib, mayda 
bo'lakchalardan foydalanib, tasvirini hosil qilishga o'rganadilar. Tarbiyachi bolalarni mustaqil, ijodiy 
ishlashga o'rgatib, mazmundor applikatsiya yaratishga, tayyorlov guruhga o'tgach ularning applikatsiya 
bo'limi ancha murakkablashadi. Ular qirqimning yangi, ya'ni bir necha marta buklangan qog'ozdan qirqish 
va siluet qirqish usullarini egallay boshlaydilar. Bu bilan bu guruh bolalarini turli xil shakllarda dekorativ 
naqsh chizishga va bir necha qismdan tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda mazmunli applikatsiya 
tuzishga, predmetlarni joylashtirishga o'rganadilar. Shu bilan birga, rang spektrining barcha ranglaridan 


foydalanishga o'rgatiladi.Siluet qirqish - eng murakkab usullardan biridir. Siluet qirqish jarayonida bola 
doimo predmetning obrazini xotirasida tutib turishga va uning konstruktsiyasi va proportsiyasini kuzatib 
turishga, qo'l harakatini hosil qilinayotgan shaklning yo'nalishiga moslashtirishga to'g'ri keladi. Shuning 
uchun bolalarni siluet qirqishga o'rgatishni sodda shakllardan, masalan, baliqlar, sabzavot, 
mevalardanboshlash lozim.Katta guruhda bolalarni applikatsiya qilishga o'rgatishda quyidagi vazifalar 
turadi: bolalarni to'g'ri harakat bo'ylab qirqish, dumaloq shakllarni va ikkiga buklangan qog'ozni qirqishga 
o'igatiladi. Bir nechta qismdan tuzilgan predmetlarni hosil qilishga, geometrik va simmetrik shakllardan 
chiroyli dekorativ naqsh tuzishga o'rganadilar. Demak, bu guruhda asosiy vazifa qirqishning xilma-xil 
usullarini egallashdan iborat ekan. Oldin bu guruhda ham o'rta 
guruhdagi kabi mavzularda
, faqat detallar 
soni ko'paytirilib, qorbobo, boshida qalpog'i yoki qo'lida xaltasi bilan, samolyot esa qanotlarida yulduzi 
bilan va qorboboning yuz qismidagi mayda detallarni: burun, ko'z va boshqalar yasalardi. Bu guruhda 
bolalar ba'zi shakllarni ikkiga buklangan qog'ozdan, shoxlarni barglari bilan yasashgan. Bu usullarning 
ishlatilishi vaqtni ancha tejaydi va chiroyli mazmun yoki kompozitsiya tayyorlash mumkin. Qog'ozni ikkiga 
buklab qirqish, bir-biriga simmetrik shakllarni qirqishni osonlashtiradi. Bu usuldan foydalanib, bolalar vaza, 
barglar, sabzavot va mevalar shaklini qirqadilar. Katta guruhda bolalar shakllarni qog'ozning uchini qo'li 
bilan tekislab, barmoqlarda qirqishga o'rganadilar. Katta guruh bolalarining ishlaydigan ish mazmuni shu 
bolalarda qirqishning ko'nikma va malakasini rivojlantirishdir. Dekorativ applikatsiya ishlarida esa bu 
guruhda faqatgina tayyor geometrik shakllar berilmay, balki xilma-xil o'simlik shakllaridan barg gullar va 
boshqalarning elementlari kiritiladi.Tayyorlov guruhga o'tgach, ularning applikatsiya bo'limi ancha 
murakkablashadi, ular qirqishning yangi usullarini egallay boshlaydilar. Bu usullarga bir necha marta 
buklangan qog'ozdan qirqish va siluet qirqish kiradi. Shu bilan birga, bu guruh bolalari turli xil shakllarda 
dekorativ naqsh tuzishga va bir necha qismdan tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda mazmunli 
applikatsiya tuzish va predmetlarni joylashtirishga o'rganadilar. Shu bilan birga, spektorlarning barcha 
ranglaridan foydalanishga o'rganadilar.Yuqorida siluet qirqish eng murakkab usullaridan biri ekanligi 
aytildi. Siluet qirqish jarayonida bola doimo predmetning obrazini xotirasida tutib turishga va uning 
konstruktsiyasi va proportsiyasini kuzatib turishga, qo'l harakati hosil qilayotgan shaklning yo'nalishiga 
moslashishga to'g'ri keladi. Shuning uchun bolalarni siluet qirqishga o'rgatishni sodda shakllaridan 
(baliqlar, sabzavot va mevalar) dan boshlash lozim.Katta guruh bolalarini applikatsiya qilishga o'rgatishda 
qirqimning turli usullarini egallash muhim ahamiyatga egadir. Bolalarning tasavvuriga asoslangan holda 
tarbiyachi bolalar bilan naturani, uning qismlari, tuzilishini tahlil qilib, alohida qismlarga ajratib ko'rsatadi. 
Namunada, agar bolalar predmetni birinchi marta tasvirlayotgan bo'lishsa, foydalanish mumkin. Uni tahlil 
qilishni bolalarning o'ziga topshirish mumkin bo'ladi. Agar bolalar o'zlariga tanish predmetni bir necha 
detallari bilan tasvirlayotgan bo'lishsa, namuna o'rnini natura bilan almashtirish mumkin bo'ladi. Masalan, 
oddiy uyni emas, afsonaviy uyni yoki bayramga bezatilgan uyni katta va tayyorlov guruhlarida bir necha 
namunalardan foydalanib, ko'rsatish tavsiya etiladi. Chunki bu narsa bolalarning ijodiy faolligini 
tarbiyalaydi. Bu guruhda bolalar qog'ozni ingichka buklab, simmetrik shakllar qirqishga o'rganadilar. Bu 
albatta, qiyin usul, shuning uchun I.A.Gusakova bolalarni bu usul bilan dastlab tanishtirishda qog'ozni 
buklab chizilgan kontur berishni tavsiya etadi. Bolalar bu usulni egallab olgach, ularni qunt bilan chamalab 
qirqishga o'rgatiladi. Katta guruhda jamoabo'libapplikatsiyalarbajariladi. Masalan, «Akvariumdagi 
baliqlar», «O'tloqdagi gullar», «Ko'chadagi uy va mashinalap> kabi. Har bir bola ishning qaysidir qismini 
bajaradi. Keyin har bir qism umumiy fonga birlashtiriladi. Tarbiyachi ishni bolalarning xohishiga qarab 
taqsimlaydi. Ba'zi jamoa ishlarini bajarishda bolalar 4- 5 ta bo'lib, guruhchalarga birlashishadi. 
Tayyorlov 
guruhida 
applikatsiya 
qilishga 
o'rgatish. 
Tayyorlov guruh bolalari bilan dasturda mazmunli applikatsiyalarni berish ko'zda tutiladi. Ular ko'cha, 
akvarium kabi mavzularda, shuningdek, «Bo'g'irsoq» kabi ertaklarga illustratsiyalar bajarishlari mumkin. 
Tayyor shakllarni yopishtirish tayyorlov guruhida ham davom ettiriladi. Simmetrik shakllardan naqshlar 
tuzishda ularga turli o'lcham va rangdagi tayyor shakllar beriladi va bu guruhda ham katta guruhdagi kabi 
qog'ozni qo'l bilan yirtish usulidan foydalanish davom etadi.Tayyorlov guruh bolalari bilan dasturda 
mazmunli applikatsiyalarni bajarish ko'zda tutilgan. Ular «Ko'cha», «Akvarium» kabi mavzularda, 


shuningdek, «Bo'g'irsoq» kabi ertaklarga illustratsiyalar bajarishlari mumkin. Tayyor shakllarni yopishtirish 
tayyorlov guruhida ham davom ettiriladi. Simmetrik shakllardan naqshlar tuzishda turli o'lcham va 
rangdagi tayyor shakllar beriladi. Va bu guruhda ham katta guruhdagi kabi qog'ozni qo'l bilan yirtish 
usulidan foydalanishi davom ettiriladi. Ikkinchi kichik guruhda bolalarni appilikatsiya qilishga o'rgatishga 
ish uchun beriladigan materiallar va mashg'ulotni tashkil etish muhim ahamiyatga egadir. Materialning 
rangi bolalarning diqqatini o'ziga tortib, ularni chalg'itadi. Shuning uchun dastlab mashg'ulotlarda material 
alohida paketlarda, tushuntirilib bo'lgandan so'ng tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bo'lgandan 
so'ng material tarqatilib, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda qog'oz varag'iga terib chiqadilar. 
Tarbiyachi dastlab elementlarning yig'ilganligini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga yelim (kley) 
ishlatish uchun ruxsat beriladi. Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatish namuna bilan 
birgalikda olib borilishi kerak. Namunani ko'rayotgan jarayonda tarbiyachi shaklning rangini aniq atashi va 
barmog'i bilan uni ko'rsatib, shu shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko'rsatib berishi lozim. Tarbiyachi 
tomonidan ishning bajarilishini ko'rsatib berilishi bolalarda turli malaka va uquvning vujudga kelishida 
muhimdir. Shuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko'rsatib beradi. Qanday shaklni oldi, qanday 
qilib quyib, yelim surtdi va boshqalar. Tarbiyachi o'zining har bir harakatini so'z bilan birgalikda olib 
boradi.Tayyorlov guruhida ishning dastur materialiga siluet qirqish usuli kiritiladi. Shuning uchun o'rgatish 
usullarining xarakteri bir muncha o'zgaradi. Naturani tahlil qilishda tarbiyachi barmoq harakati orqali 
ularning diqqatini predmetning konturiga tortadi. Bunda harakatni qirqish qaysi qismdan boshlanadigan 
bo'lsa, o'sha qismdan boshlash lozim. Bu guruhda bolalar endi predmet konturiga, qandaydir detal 
qirqishga
Xulosa 
Shuning uchun bu ishda ikki bosqichdan foydalaniladi. Oldin tayyorlangan qog'ozdan umumiy kontur 
qirqiladi. So'ngra uning detallari, masalan, oyog'i yoki suzgichlari qirqiladi. Ba'zi vaqtlarda siluet qirqish 
oldindan chizilgan kontur asosida qirqiladi. Bu narsa ko'proq murakkab o'simlik elementlaridan dekorativ 
shakllar tuzishda qo'llaniladi. Bu guruhda qog'ozni ikkiga buklab, qirqishning murakkabroq usuli bilan 
tanishtiriladi. Masalan, archa, odam, hayvon shakllari. Yana bu guruhda qirqishning murakkab usuli - 
qog'ozni bir necha marta buklash orqali qirqishga o'rgatish usuli o'rgatiladi. Bu usul salfetka, qor parchalari 
hosil qilishda qo'llaniladi. Tarbiyachi bolalarga qog'ozni qanday buklash kerakligini, qirqish yo'llarini 
ko'rsatib beradi. Bu usuldan bolalar keyin dekorativ applikatsiya mashg'ulotlarida foydalanadilar. Bu 
guruhda hali mazmunli applikatsiya qilish davom ettiriladi. Bunda bolalarni shakllarni to'g'ri joylashtirib, 
yopishtirishga o'rgatadilar. Oldin umumiy fon, keyin uzoqdan joylashgan, o'rtada va oldinda joylashgan 
predmetlar yopishtiriladi. Tayyorlov guruhida applikatsiya jamoa ishi sifatida berilishi mumkin. Masalan, 
«Egri va to'g'ri» ertagida bolalar to'rttadan bo'lib, har bir guruh shu ertakdan ma'lum bir ko'rinishni 
bajarishlari mumkin. Bolalar shu ko'rinish elementlarini qirqib, joylashtirib qurganlaridan so'ng uni qanday 
ketma-ketlikda yopishtirish kerakligini aniqlaydilar. Biri yelim surtadi, ikkinchisi uni joylashtiradi, uchinchisi 
latta bilan mahkam yopishtiradi. Bu ish bolalarni o'rtoqlik, jamoatchilik ruhida tarbiyalashda katta 
ahamiyatga egadir.Maktabgacha ta'lim muassasasining hamma guruhlarida ixtiyoriy applikatsiya 
mashg'ulotlari o'tkaziladi. Lekin o'rta guruh bolalariga o'ylagan mazmunlari asosida tayyor shakllar 
beriladi. Katta guruhlarda bolalar o'zlari o'ylagan mazmunlari asosida qirqadilar. 6-7 yoshdagi bolalar 
oldindan qiladigan ishlari mazmunining eskizini oddiy qalam bilan chizib olishlari, keyin esa shu eskizning 
detallarini applikatsiya qilishlari mumkin. 
Foydalanilgan adabiyot 
Hasanboyeva O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. 
T.: «Ilm ziyo». 2006. 


Hasanboyeva O.U. va boshqalar. Oilada barkamol avlod tarbiyasi. 
T.: «Fan va texnologiya», 2010. 
Hasanboyeva O.U va boshqalar. Oila pedagogikasi. G«G«mashgʻulotlik 
T:- «Aloqachi» 2007. 
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. V.I.Loginova, P.G.Samorukovalar tahriri ostida. T: O'qituvchi, 1991. 
Uchinchi ming yillikning bolasi. Ma'rifat-madadkor. T. 2002. 
Bolalar bog'chasida estetik tarbiya (N.A.Vetlugina tahriri ostida). T., O'qituvchi, 1981. 
Loginova V.I., Samarukova T.G. tahriri ostida. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. 2 qismli. 1- qism. T: 
O'qituvchi, 1991. 

Yüklə 353,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin