Bezak applikatsiya yasashni oʻrgatish
REJA:
1.O'rta guruhda applikatsiya qilishga o'rgatish.
2.Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o'rgatish.
KIRISH
Ta’limiy maqsad:bolalarga applikatsiya haqida tushuncha berish. Naqshli applikatsiya tayyorlash
texnikasini
yanada
boyitish.
Tarbiyaviy maqsad: Qog’oz bilan ishlash malakalarini o’stirish, shaxs malakalarini shakllantirish.Estetik
didini vatanparvarlik tuyg’ularini, nutq madaniyatini o’stirish, kasbga qiziqtirish, mehnatsevarlikka
o’rgatish. Diqqatni, e’tiborni, psixologik tuyg’ularni ruxiy jarayonlarni shakllantirish.mashgʻulot
turi: Amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni shakillantirish va takomillashtirish.mashgʻulotning
metodi: Ko’rgazmali
materiallar
bilan
ishlash,
amaliy
topshiriqlar
bajarish.
mashgʻulot jihozi: Tayyorlangan naqshli applikatsiyalar, plakatlar, naqshlar namunali, shablonlar,
krassvord, test savollari.Atama va tushuncha: Applikatsiyalar, qog’oz haqida tushuncha.mashgʻulotning
borishi.Salomlashish.bolalarni mashgʻulotga tayorgarligini ko’zdan kechirish.bolalarni guruhga
bo’lish.Maqollar aytish:O’tilgan mavzuni mustahkamlash: bolalarni uyga vazifalari tekshirish, savol-javob
orqali mustahkamlana- di.Yangi mavzu bayoni: Applikatsiya (applikatio) –lotincha so’zdan olingan bo’lib
ustidan qo’yish,
ustini yopishtirish
, qirqib yopishtirish degan ma’noni anglatadi.Boshlang’ich sinf badiiy
mehnat mashgʻulotlarida qog’oz va kartonlaridan, gazlama va ip bo’lakchalaridan, charmdan, tabiiy
materiallar (somon, urug’, barg)dan, tashlandiq materiallardan applikatsiya tayyorlash mumkin.Hamma
turdagi applikatsiyalarni bajarish usuli bir xil, ya’ni yopishtiriladigan detalning teskari tomonidan shablon
yoki trofaret orqali tasvir chizib qir qiladi va asosga karton yoki faneraga yopihtiriladi.Qog’oz va kartondan
tayyorlanadigan applikatsiyalar uchun rangli qog’oz, baxmal qog’ozlarni ishlatadi.Applikatsiya tayyorlash
uchun tarbiyachi, chiroyli rangdagi qog’ozlarni tanlaydi, chunki bolalar ranglarning garmonik moslashuvini
o’zlashtirishi lozim.
Buning uchun tasviriy san’at mashgʻulotlarida kamalak ranglarini iliq va sovuq (xromatik va axromatik)
ranglar, ularning applikatsiyalarda to’g’ri tanlanishi haqida tushuncha berib boriladi.Natijada bolalar
tasviriy san’at sohasida olingan bilim, ko’nikma va malakalarini badiiy buyumlar yasash mashgʻulotlariga
qulay bo’lishini o’rganadilar.bolalar musavvirlik va mehnat faoliyatlarining o’zaro uzviy bo’gliqligi amalgam
oshadi.Applikatsiya yasash mashgʻulotlari bolalarining estetik va badiiy didini osirishda o’zbek xalq milliy
naqshlari hususiyati,qo’llanishi haqidagi tasavvurlarni xosil qiladi va kengaytiradi, qog’ozni to’g’ri, egri
yoysimon va siniq chiziqlar bo’yicha qirqish malakalarini rivojlantirib boradi.Applikatsiya tasvirlash
texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga
mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.“Applikatsiya” tushunchasi xususiyatlari va faktura materiallariga
ko’ra xilma-xil bajarilish texnikasinng o’hshashligi bilan birlashgan badiiy asarlarni yaratish usullari o’z
ichiga oladi.Har bir material applikatsiyasi bajarish texnikasiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi xususiyatlarga ega,
masalan; qog’oz, limon ddaraxtlari po’stloqlari fonga turli yelimlar bilan yopishtiriladi.Applikatsiya ----
badiiy asarlarni yaratishning eng sodda va oson usulidir, bunda tasvirning realistik asosi saqlanadi. Bu
applikatsiyadanfaqat bezash maqsadlaridagina ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar uchun qo’llanmalar,
o’yinchoqlar, bayroqlar, suvirenlar, devoriy gazetalar, stendlar, ko’rgazmalr
va kastyularni tayyorlash
emas
, balki kartina, pano, naqshlarni va shu kabilarni yaratishda ham keng qo’llash imkonini
beradi.Dekorativ applikatsiya – u naqsh, gullardan tashkil topib, alohida-alohida tasvirlar (barg, shox,
qo’ziqorin, qush, mashina , odam, uy va shu kabilar)dan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar
uyg’unligi aks ettiruvchi syujetdan iborat bo’lishi mumkin.Applikatsiya 2500 yil muqaddam ko’chmanchi
xalqlarda paydo bo’lgan. Applikatsiya bilan kiyimbosh,turar joylar bezatilgan.Bu ishda ular teri-mo’yna,
namatdan foydalanishgan.Applikatsiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan.Masalan, yoqutlar
applikatsiya ishida po’stloqdan foydalanishgan, bo’yalgan po’stloqdan qilingan Applikatsiyalar bilan ular
o’tovlarini bezashgan.
Xanti-mansi, evenk va boshqa shimol xalqlari applikatsiyada teri, sukno, mo’yna ishlatishgan.Komi, qozoq,
qalmiq, osetin, buryat, va boshqa xalqlar applikatsiyadan milliy kiyim, uy-ro’zg’or preotmetlarini bezashda
foydalanishgan.Gazlamadan applikatsiya materiali sifatida ancha keyinroq foydalanila boshlandi. Gazlama
parchalarini fan xizmatini o’tovchi materialga tikib naqsh yaratilgan.Gazlamadan yasalgan applikatsiya
bilan kiyim-bosh, uy-ro’zg’or predmetlari bezatilgan.Faqat 15-asrga kelib rivojlangan qog’ozdan
applikatsiya qilishni applikatsiya- ning “yosh” turi deyish mumkin. Qog’ozdan naqsh qirqish bilan
o’tmishning mashhur sa’notkorlari ham shug’ullangan.Rassom F.P.Tolstoyni 19-asrning birinchi yarmidagi
siluet yaratuvchilarning eng mohir ustasi deyish mumkin. Uning 50ta siluet ishi ermitajda
saqlanmoqda.19-asrda siluet san’ati G.Narbut, E.Kruglikov va ko’pgina boshqa rassomlarning ijodida ham
o’z aksini topdi.Applikatsiya san’ati bilan faqat professional san’atkorlargina shug’illanib qolmay, balki xalq
orasidan chiqqan mohir ustala ham bu ish bilan shug’ullangan edilar.Ukraina va Belorussiyada qog’ozdan
naqshli parda – firanklar qirqishgan.Rassom E.E.Lebedeva ham o’z talantini qog’ozdan applikatsiyalar
qirqishga bag’ishlagan.Polshada bezak sifatida qirqilgan naqshlar yangi oqlangan devor va shiplarga
yopishtirilgan, bu ijod xalqda- vitsinanki deb ataladi.Hozirgi kunda Applikatsiya xalq sa’natida juda keng
tarqalgandir.Applikatsiyaning eng yosh turi flaristikadir. 1960-yilda dunyoda birinchi rassom floristlarning
jamiyati tashkil etildi.Applikatsiya bilan shug’ullanish o’quchilarni garmonik rivojlantirishda katta
ahamiyatga ega.Applikatsiya ijodni rivojlantirishga yordam beradi, fantaziyani boyitadi, kuzatuvchanlik,
diqqat va tasavvurni aktivlashtiradi, irodani tarbiyalaydi.Qo’l mehnati, formani his qilish chamalash va
rangni sezishni o’stiradi.Rangli qog’oz yoki boshqa materialdan kompozitsiyalar ustidagi ish badiiy didni
avj oldiradi.Boshlang’ich sinflarda Applikatsiya mashg’ulotlarining tarbiyaviy ahamiyatijuda kattadir.Badiiy
didni o’stiradigan mashgʻulotlar orqali bolalarda psixologik xususiyatlar: xotira, diqqat, tafakkur, tasavvur,
bilish tuyg’ulari
shakillanadi
, estetik qobilyat shakillanadiva tarkib topadi. Applikatsiya yasash
mashgʻulotlari bolalarning estetik badiiy didini oshirishda, o’zbek xalq milliy naqshlari husisiyati,
qo’llanilishi haqidagi tasavvurlarni xosil qiladi va kengaytiradi, qog’ozni tog’ri, egri yoysimon va siniq
chiziqlar bo’yicha qirqish malakalarini rivojlantirib boradi.Applikatsiyalar ko’rinishi jihatidan bir necha
turga bo’linadi:Harfli applikatsiyalar;Naqshli Applikatsiyalar;Bir buyumli Applikatsiyalar.Mavzuli
Applikatsiyalar;Harfli Applikatsiyalar ko’rgazmali qurollar, devoriy gazetalar tayyorlashda qo’lanilinadi.
Bunda rangli qog’oz – kartonning teskari tomonidan harfning teskari aksi chizib qirqiladi va belgilangan
joyga ma’lum bir tartibga rioya qilgan holda bu harflar yelimlanadi..Naqshli Applikatsiya hosil qilishda
geometric shakillardan, hamda simmetrik qirqilgan naqshlardan foydalaniladi.Naqshli Applikatsiya
tayorlashga asosga eskiz chizib olinadi va qirqilgan shakillar navbatma –navbat yopishtirib chikiladi.Bu
turdagi Applikatsiyalarni tayyorlashda tarixiy yodgorliklar – Samarqand, Xiva, Buxoro, yodgorliklarning
rasmidan, milliy buyumlar (so’zana, gilam, atlas gazlamasi, jiyak) namunalaridagi naqshlaridan foydalanish
mumkin.bolalarning ijodkorlik qobilyaini rivojlantirish maqsadida bir xil shakilli va har-xil shakilli
shablonlardan mustaqil naqsh tuzishni o’rgatib boorish ham mumkin.Buyumli Applikatsiyadafaqatgina bir
predmet tasvirlanadi. Masalan, olma, sabzi, barg, gul, birorta, jonivorni, shaklini rangli qog’ozdan qirqib
yopishtirish mumkin.Predmetli Applikatsiyalar ko’pincha 1-sinfda o’rgatiladi. Bunda bir xil yoki ikki xil
rangli qog’oz tanlanadi.Mavzuli Applikatsiya – Applikatsiyaning eng murakkab turi bo’lib u o’zida ma’lum
bir mazmun vva ma’noni aks ettiradi.Mavzuli Applikatsiyada badiiy, Asar, ertak, hikoya qahramonini,
tabiat manzarasini,
yil fasllarini
, tantanali va bayram kunlarini aks ettirish mumkin. Mavzuli
Applikatsiyauchun bir necha rangdagi qog’ozdan foydalaniladi. Bu turdagi Applikatsiyalar bolalardan faqat
mehnat malakalarini talab qilibgina qolmay, balki ulardan musavvirlik tayyorgariligini ham talab
qiladi.Ta’lim jarayonidagi uzviy aloqani amalga oshirish maqsadida o’qish ona tili, sinfdan tashqari o’qish
mashgʻulotlarida o’qilgan asar qahramonlarini, tabiatshunoslikda o’rganilgan yil fasillari ,tabiat
manzaralarini tasvirlab applikatsiyalar tayyorlash mumkin.
Applikatsiya tasvirlarini belgilash uchun tarbiyachi tayyorlangan shablon trafaretlardan foydalanish ham
mumkin.bolalarga 1-sinfdan qog’ozni qirqishni o’rgatishda sanoq materiallari (to’rtbuchak,, uchburchak,
aylana, archa, quyon, kabilar)ni yasashni tavsiya qilinadi.Tematik applikatsiya uchun tanlagan temaga
asosan qog’oz yoki kartondan fon tanlanadi. Masalan, yangi yil, qish fasllarini aks ettirish uchun ko’k yoki
zangori rangni;Bahor, yoz, kuz, manzaralariga sariq rangni; tun, yulduzni tasvirlash uchun qora rangni
tanlash mumkin. Tematik Applikatsiyada tanlangan temaga asosan qog’oz yoki kartondan foydalanib ish
yuritiladi. Tematik Applikatsiyada harfli, naqshli Applikatsiyalar ham ishtrok etishi mumkin. Harflar
tantanali kun, bayram nomini tasvirlasa, naqshlar qo’shimcha bezak berish uchun foydalaniladi.Tematik
Applikatsiyadagi detallarham tanlangan mavzuga mos bo’lishi lozim. Masalan 1-sentabr otkritkasidagi
detallar ham tanlangan mavzuga mos bo’lishi lozim, sariq, qizg’ish-sariq rangli barglarni, yangi yil
tabriknomasiga archa, qorbobo, qorqiz, qor uchqunlarini, 8-mart tabriknomasida lola, binafsha, sariqgul,
va shunga o’xshash gullar tasvirini qirqib yopishtiriladi. Applikatsiya iloji boricha mayday detallarni ham
qog’ozdan qirqib yopishtiriladi(ko’z, burun, lab, tugmacha).Bajarish usuliga qarab Applikatsiyalar ikki
usulda bo’ladi:
Tekis
Applikatsiya
;
Bo’rtma Applikatsiya;
Tekis Applikatsiyada qog’oz, karton belgilangan joyga tekislab yopishtiriladi. Bo’rtma Applikatsiyada esa
qog’ozdan qirqilgan shaklning ma’lum qismigina yopishtiriladi. Yopishmay qolgan qismi esa sathdan
ko’tarilib turadi.Natijada bo’rtma tasvir hosil bo’ladi. Gul, barg, archa, kapalak shakllarining o’rtasini yoki
yarim pallasini yelimlabsovg’bop buyumlarni bezatishimiz mumkin.Oqitishning to’rt yili davomida bolalar
Applikatsiyaning hamma turlari bilan tanishishlari lozim.
Badiiy mehnat mashgʻuloti tufayli bolalarni ijodiy ishlash ko’nikmasini shakillantirish kelgusi avlodni
izlanib-ijod qilishlarini ta’minlab beradi.bolalar tomonidan bajaraladigan, moddiy ne’matlar yaratishga
qaratilgan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib ularning mehnat qurollari, vositalari va
jarayonlari haqidagi bilimlarini hamda ma’lum bir sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun
zarur amaliy ko’nikma va malakalarni egallashlariga, ongli ravishda yondashishga hamda jamiyat va shaxs
farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarni
rivojlantirishga qaratilgan. Boshlang’ich sinflarda applikatsiya mashg’ulotlarining asosiy vazifasi mehnatga
axloqiy va psixologik tayyorlash, bolalarni applikatsiya haqidagi bilimlar bilan qurollantirish,
applikatsiyaning turlari haqida tasavvurga ega qildirish, bolalarni mehnat ta’limi orqali hayotga tayyor
kadrlar yetishib chiqishi uchun zamin yaratib beradi.Mehnat talimining ahamiyati maktabdagi mehnat
tarbiyasi va ta’limning maqsadi mehnatga muhabbat va mehnat ahliga hurma tuyg’usini
sindirish.O’quchilarni hozirgi zamon sanoat va qishloq–xo’jalik ishlab chiqarish imkoniyati.Qurilish
transporti, xizmat ko’rstish sohalari asoslari iblan tanishish.O’qish va ijtimoiy foydali ish jarayonida mehnat
ko’nikmalari va mahoratlarini hosil qilish.Ongli ravishda kasb tanlash.Mehnat ta’limining vazifalari-turli
ishlab chiqarish sohalari mazmuniga applikatsiya mashg’ulotlariga taaluqli dastlabki boshlang’ich
ma’lumotlarni o’rgatish, o’lchash-tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbaalaridan foydalana olish,
mehnat applikatsiya amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarini belgilangan talablar bilan
taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o’rgatish.bolalar bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat
kishiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoat bo’lib mehnat qilish ruhida tarbiyalashdan
iborat.Boshlang’ich sinflarda badiiy mehnat
mashgʻulotida applikatsiya mashg
;ulotlari orqali xalq
xunarmandchiligi, xalqning milliy ruhini aks ettiradigan ijod namunalaridan foydalanib milliy qadiryatlar,
tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosi haqida bilim ko’nikma va malakalarini shakillantirishda
ijobiy natijalar beradi.
Applikatsiya mashg’ulotlar orqali bolalarda ijod qilish qobilyati, estetik did, ma’naviy dunyoqarash,
qiziqish, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo’la oladigan sifatlar rivojlanib, skakillanib
boradi.Boshlang’ich sinflarda applikatsiya mashg’ulotlarining vazifasi shundan iboratki bola to’g’ri rang
tanlay ola bilish, rangli qog’ozlardan to’g’ri o’z o’rnida foydalanish, bezak berish ya’ni dizayn, ijod qila olish
qobilyatini o’stirish, applikatsiyaning turlari haqidagi bilimlarni boyitish kabi vazifalarni o’z ichiga
oladi.Yangi mavzuni mustahkamlash.bolalarga savol-javob orqali mavzu mustahkamlanadi;bolalarga
maqolni davom ettiris o’yini o’tkaziladi.Mehnatdan kelsa boylik,Mehnat mehnatning tagi.Tirishding
tog’dan oshding,Yorug’lik sari Yer haydasang yuz hayda,YuzApplikatsiya deganda nimani
tushunasiz?Applikatsiya turlarini ta’riflab bering.Bo’rtma applikatsiyadan tekis applikatsiyaning farqi?
Tasviriy faoliyat metodikasida rasm solish, loydan buyum yasash metodikasi bilan bir qatorda applikatsiya
ham asosiy ishlardan biri sifatida maktabgacha ta'lim muassasasi dasturiga kiritilgan. Applikatsiya
mashg'uloti bolalarning har tomonlama o'sishida katta ahamiyatga ega. U bolalardagi xayolni, fantaziyani
uyg'otadi, ijodinit tug'diradi, kuzatuvchanligini faollashtiradi, diqqat va tasavvurini, irodasini tarbiyalaydi.
Qo'l malakasini rivojlantiradi, shaklni sezishni, mo'ljallay olish, rang sezish hissini rivojlantiradi.Olimlar
fikricha, insonlar eng kuchli rang sezishda 1300 xil rangni ajrata oladilar. Rang sezishni o'stirish orqali
bolalarda estetik tarbiya qobiliyati tarbiyalanadi. Qirqish texnologiyasini egallagan holda qog'ozdan
predmetli, mazmunli, dekorativ applikatsiya, quritilgan o'simlikdan, somondan applikatsiya kabi ishlarni
bajaradilar.Applikatsiya haqida ma'lumot.«Applikatsiya» so'zi lotincha so'zdan olingan bolib,
«joylashtirish» degan ma'noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turi. Applikatsiyada
ishlatiladigan ashyo o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Qog'oz, somon, quritilgan o'simlik o'ramga
joylashtirilib, turli xil yelim bilan yelimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq kabilarga esa tiqiladi. Applikatsiya
bir xil rangli yoki ko'p rangli bo'ladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko'p ranglisi esa go'zallik baxsh
etadi. Unda ham, bunda ham badiiylik bo'ladi. Applikatsiyada chamalash va buyumning hajmiy tasviri
xarakterli bo'ladi. Applikatsiya o'ziga xosligi katta doirachalardan iborat.Rang applikatsiyani ifodalash
darajasini oshiruvchi vositadir. Shuning uchun applikatsiya ishida ranglarning uyg'unlashuviga mos
tushishi xayoliy va dekorativ kompozitsiyaning ifodaliligi garmoniyasini izlab topishdir. Applikatsiya
bolalarda qog'ozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi. Bola tayyorlagan applikatsiya ishi
estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individual belgisini ko'ra
olishga o'rgatadi, ularning o'zaro bog'liqligi, butun, qismlar, rita, simmetiik chamalash rivojlanadi,
predmetning shaklini, rangini bosqichma-bosqich ko'rsatish malakasini ko'rsata oladi.Applikatsiya badiiy
ishlarni oddiy va mos vosita orqali, real asosni saqlagan holda amalga oshiruvchi faoliyatdir. Masalan,
mustaqil asar pannolar, surat, plakat. Ilstrativ tasvir, elementar matematikaga o'rgatuvchi ko'rgazma
qurol, tabiat, nutq o'stirish metodikasi uchun ijodiy o'yin, o'yinchoq, 8-mart bayram sovg'asi, qurolli
kuchlar va boshqa bayramlarda bezatish uchun devoriy gazeta, ko'rgazma kabi. Maktabgacha ta'lim
muassasasini bezatish ishlarida ham bolalar applikatsiya ishlarining o'rni katta.Applikatsiya ishini
bajarishda ishlatiladigan kerakli asbob uskunalar. Asboblar ishlatilishiga mos bo'lishi bilan birga, estetik
talabga javob berishi kerak. Ayrim kerakli ashyoni «pape-mame» usulida qaychi qo'yish uchun qalamdon
yasash, mo'yqalam qo'ygichni esa qalin kartondan yasash mumkin. Applikatsiya uchun kerakli ashyo
murakkab emas; qaychi, yelim uchun mo'yqalam, oddiy qalam,
qiyqim uchun quticha
, lattacha, gazeta
qog'ozi.Qaychi - uchi to'g'ri, katta-kichik bo'lib, katta qaychi - 14-20 sm, to'g'ri, uchi uchli va aylanaviy katta
tasvirlarni qirqish uchun ishlatiladi.Kichik qaychi -8-10 sm, mayda detallarni qirqish uchun qaychi o'tkir
bo'lishi kerak. Stakanga qaychi uchi pastga qaratilgan holda qo'yilishi, boshqa odamga uzatganda ham
uchini ushlagan holda uzatish kerak, qaychi ko'ndalang turganda qo'lni silkitish, o'qtalish mumkin emas.
Unda ko'rsatish sifatida foydalanish mumkin emas.Yelim uchun mo'yqalam. Masalan, 2-3 ta mo'yqalamga
ega bo'lish kerak. Mo'yqalam applikatsiya mazmunining katta-kichikligiga bog'liq. Katta hajmdagi
applikatsiyaga uchi enli mo'yqalam, mayda detallarga esa, kichik mo'yqalamdan foydalanish maqsadga
muvofiq. Ish tugagandan so'ng, mo'yqalamni yaxshilab yuvib, artib, quritib, mo'yining tuzilishini saqlash
uchun
mo'yini
yuqoriga
qilib
qo'yish
kerak.
Mo'yqalam qo'ygich - yelim ishlatishda yelimning ortiqchasi surkalib ketmasligi, stolni iflos qilmasligi
uchun ishlatiladi.Qalam, masalan, tasvir konturini chizish uchun oddiy, M va TM (yumshoq, yarim
yumshoq) qalam ishlatiladi. Ular yaxshi ochilgan bo'lishi lozim. Kontur chizishda ruchka va kimyoviy
qalamni ishlatish, mumkin emas.Yelim uchun plastmassa idishlar, sopol taqsimchalar tanlanadi. Ishlatib
bo'lingandan so'ng tezda yuvib qo'yish kerak.Applikatsiya mavzuli yoki qirqilgan dekorativ shakllarni asosiy
fonda, turli predmetlar yordamida badiiy bezash uchun ishlatiladigan xalq amaliy san'atining birturi.
Applikatsiyaning o'ziga xos jihatlari mavjud. Applikatsiya mashg'ulotlari bolaning tasviriy malakalarini
shakllantirishga va ijodiy qobiliyatlarini o'stirishga yordam beradi. Applikatsiya o'z ichiga xayolni, tasvirni,
go'zallikni ko'ra olish qobiliyatlarini oladi. Applikatsiya mashg'ulotlaridan olgan malakalarini bolalar
boshqa faoliyatda ham qo'llashlari mumkin. Applikatsiya mashg'ulotlarini to'laqonli o'tkazish uchun
material va jihozlarni oldindan tayyorlab qo'yish muhimdir.Applikatsiyani o'rgatish, material bilan
tanishish, turli shakllarni qirqa olish malakalarini egallash, ularni ma'lum tartibda joylashtirish, obraz va
sujetga mos ravishda yopishtirishni talab qiladi. Applikatsiyani o'rgatish bolalarning qabul qilish jarayonini
o'stirishga asoslanadi. Shakl, hajm, rang, predmetning o'zaro munosabatlari haqidagi taassurotlarni
boyitish, bolalarni mashg'ulot vaqtida fikrlash va (taassurot) tasavvurni ishlatishga yordam beradi. Ammo
har bir yosh guruhlarda applikatsiya mashg'ulotlarida qo'llaniladigan ta'limiy usullar o'ziga xos xususiyatga
egadir.Maktabgacha ta'lim muassasasida o'tkaziladigan applikatsiya mashg'ulotlari bolalarda sezish
qobiliyatlarining rivojlanishiga ta'sir etib, ularni estetik jihatdan tarbiyalashga va ijodiy faolligini
shakllantirishga, shuningdek, mehnat ko'nikmalarini shakllantirishga va ularda xarakterning irodaviy
xususiyatlarini vujudga kelishiga yordam beradi. Applikatsiya mashg'uloti jarayonida bola rang va uning
jilosi (ottenkasi) bilan tanishadi, mashq qiladi, shakl va predmetning tuzilishini bilishga o'rganadi. Ritm va
simmetriya haqidagi tushunchalari kengayib borib, qog'oz varag'ida mo'ljallay olishga o'rganadi.
«Rangni sezish - estetik sezishning, umuman eng ommabop shakli bo'lib hisoblanadi». Buning uchun uni
rivojlantirish natijasida biz bolalarning estetik tarbiyasiga ta'sir ko'rsatamiz. Ular shu asosda shaklning
go'zalligini, ritm va simmetriyani bilishga, sezishga o'rganadilar. Bolalar ritm va simmetriyaning qoidasini
bilib olishlari natijasida ular shaklning tartibli joylashishidan xursand bo'ladilar va aksincha, tartib-
qoidaning buzilishi bolani asabiylashtirib yuboradi.
Bolalar bu holatni xunuk
, tartibsiz, buzuq sifatida
tasavvur etadilar. Applikatsiya mashg'ulotlarida bolalar ko'pincha geometrik shakllar bilan munosabatda
bo'ladilar natijada ular tevarak-atrofdagi predmetlarda geometrik shakllarning abstrakt ko'rinishini ko'ra
olishga o'rganadilar. Murakkab tuzilgan shakllarning tuzilishini yaxshiroq tushunishiga, ularni to'g'ri tahlil
va sintez qilishga o'rganadilar. Bolalar geometrik shakllar bilan tanishishlari jarayonida hali o'zlariga tanish
bo'lmagan figuralarning no mini to'g'ri aniqlashga o'rganadilar. Masalan, bolalar shaklning burchaklarini
sanab, uning 3 ta yoki 4 taligini bilib oladilar va natijada uchburchak va to'rtburchak, keyinchalik ularning
o'zlari mustaqil ko'pburchak kabi shakllarning nomini bilib oladilar. Applikatsiya mashg'ulotlarida
bolalarning kattalik va fazoni mo'ljallash bo'yicha olgan tasavvurlari va qog'oz betini to'g'ri mo'ljallay olish
kabi o'quvlari rivojlanadi. Bolalar shaklni yopishtirishda yelimsiz aloqa qilishlari natijasida, shaklni mantiqiy
va ritmik holida joylashtirishga o'rganishlari asosida o'rtasida, o'ngda, chapda, yuqorida, pastda, orqada,
qarama-qarshi tomonda, atrofida kabi so'zlar bilan tanishib oladilar. Bolalarni qog'oz betiga nuqta qo'yib,
mo'ljal olishga o'rgatish - ularning maktabda muvaffqiyatli o'qishlarining asosiy shartlaridan biridir.Bolalar
applikatsiya mashg'ulotlarida juda ko'p qimmatli mehnat malakalari va ko'nikmalarini egallaydilar. Ular
ozoda, batartib yopishtirishga, o'z ish joylarini toza saqlashga va murakkab asbob hisoblangan qaychi bilan
ishlashga o'rganadilar. Bularning barchasi bolalarning maktabdagi qo'l mehnati mashgʻulotiga tayyorlaydi.
Bolalar yengil va mayda qog'oz shakllari bilan ishlashlari natijasida, o'z harakatlarining tezligini to'xtatib
turishga o'rganadilar. Mashg'ulot jarayonida ular oz bo'lsa-da, qiyinchilikni yengadilar, bu esa bolalar
xarakterida irodalilik xususiyatini, chidam, sabr kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o'rgatish. Maktabgacha ta'lim muassasasida applikatsiya
mashg'ulotlari birinchi kichik guruh, ikkinchi kichik guruhdan boshlab olib boriladi. Bu guruhda barcha
mashg'ulotlarda bolalarga kattalar tomonidan tayyor qilib berilgan shakllarni qog'ozga to'g'ri, turli xil
joylashtirib terib chiqish va yopishtirish o'rgatiladi. Bu guruhda asosiy vazifa - bolalarga yelimlash usullarini
o'rgatish hisoblanadi. Kattalar uchun oddiy hisoblangan bu malaka, qator harakatlarni ketma-ket
bajarishdan iborat bo'ladi, ya'ni mo'yqalamni to'g'ri ushlab, unga ozgina yelim olish, shaklning teskarisi
bilan qo'yib, yelimni butun shaklga tekis qilib surtib chiqish, chap qo'lining barmog'i bilan shaklni tutib
turish, so'ng mo'yqalamga ehtiyotkorlik bilan qo'yib, shaklni sekin rang tomonini o'girib, qog'oz varag'ining
kerak joyiga qo'yish va salfetka yordamida sekin bosish, chekkalaridan chiqib ketgan ortiqcha yelimni
sekingina artib olish. Bu yoshdagi bolalarga ana shu harakatlarni egallab olish, albatta oson emas. Eng
sodda shakl-kvadrat va doira uning uchun shu shakllardan ishni boshlash lozim. Yil davomida bolalar shu
shakllarning nomini to'g'ri aytishni egallab olishlari lozim. Lekin butun yil davomida o'tkaziladigan
applikatsiya mashg'ulotlarida faqat shu shakllar bilan kifoyalanib qolish bo'lmaydi. Bu guruhda bolalarda
dastlab bir, keyin 2-3 qismdan tuzilgan predmetlarni (qo'ziqorin, bayroqcha, qorbobo, uy) yopishtirishga
o'rganadilar. Shuningdek, yil oxiriga borib, bolalar olti-yetti xil rangning qizil, ko'k, sariq, yashil, jigarrangni
to'g'ri aytib berishlari lozim. Bu guruh bolalariga qaychi berilmaydi, chunki bolalarning qo'l harakati yetarli
taraqqiy etmagan va hali qurish nazorati yetarli bo'lmaganligi sababli bolalar qo'lidagi qaychi xavf
tug'dirishi mumkin.Ikkinchi kichik guruhda bolalarni aplikatsiya qilishga o'rgatishida ish uchun beriladigan
materiallar va mashg'ulotni tashkil etish ahamiyatga egadir. Materialning rangi bolalarning diqqatini
tortib, ularni chalg'itadi. Shuning uchun dastlabki mashg'ulotlarda
material alohida paketlarda
,
tushuntirilib bo'lgandan so'ng tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bo'lganidan so'ng
material
tarqatilib
, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda kesmaga terib chiqadilar. Tarbiyachi dastlab
elementlarning qo'yib chiqilganini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga yelim ishlatish uchun beriladi.
Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatishni namuna bilan birgalikda olib borish kerak.
namunani ko'rsatish jarayonida tarbiyachi shaklning rangini aniq atash va barmog'i bilan uni ko'rsatib, shu
shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko'rsatib beradi. Tarbiyachi tomonidan ishni bajarilishini ko'rsatib
berilishi, bolalarda turli malaka va uquvning vujudga kelishida muhimdir. Shuningdek, tarbiyachi ish
tartibini ham boshidan ko'rsatib boradi. Qanday shaklni oldi, qanday ushlab turib, yelim surtdi va
boshqalar. Tarbiyachi o'zining har bir harakatini so'z bilan birgalikda olib boradi.Maktabgacha kichik
tarbiya yoshidagi bolalar esa tayyor shakllarni va ularning rangini bir-biriga moslab, tanlab yopishtiradilar.
Juda yaxshi estetik effekt bilan qilingan ishlar, ayniqsa, dekorativ bezaklar guruh xonasini bezatish
mumkin. Shunday qilib, olib borilgan tekshirish ishlari shuni ko'rsatadiki, yaxshi uyushtirilgan appilikatsiya
mashg'ulotlari, boshqa mashg'ulotlarga, ya'ni dekorativ, predmetli va mazmunli mashg'ulotlarga ijobiy
ta'sir etadi. Bolalarda sensor madaniyat oshadi, qo'l bilan tahlil qilish qobiliyati o'sadi va badiiy didlari
shakllanadi.
Bola hayotining 5-yiliga kelib, ham psixologik, ham jismoniy tomondan o'sadi. Bu esa bolaning applikatsiya
bo'yicha bajaradigan ishining sifat jihatidan o'zgarishiga olib keladi. Bolalar tuzilish jihatdan ancha
murakkab bo'lgan predmetlarni tasvirlashga o'rganadilar.O'rta guruh bolalari kichik guruhga nisbatan
malaka va ko'nikmalarni ancha egallagan bo'ladilar. Bu guruh bolalari 2-3 qismli emas, balki 4-5 qismdan
iborat predmetlarni tuzishga o'rganadilar. Dastlab bu guruhga qaychi bilan ishlash kiritiladi. Bolalar
qaychini to'g'ri ushlashga, uning richagini yopishga va ochish to'g'ri qirqim olishga o'rganadilar. Buning
uchun oldin eskiz, keyin esa enli yoki keng qog'oz tasmalar qirqishga o'rganadilar. Bu guruhda bolalar
yelimlash malakasini egallashni davom ettiradilar. Bola hayotining 5-yilida doira, kvadratdan
tashqari,
uchburchak
, oval, uzun to'g'ri to'rtburchakni biladi. Trapetsiya shaklini esa, kichik guruhda
bo'lgani kabi, obrazli tasvirida davom etadi. Masalan, tom, qayiqcha, kichik guruhga yana qo'shimcha havo
rang, pushti, kulrangni sezishga va to'g'ri aytishga o'rganadilar. Ular qog'oz varag'ida tez va osonlik bilan
mo'ljal qilishga o'rganadilar. Ular orqada, ketma-ket, teng masofada va boshqa fazoviy tushunchalarni
egallaydilar. Bolalar to'g'ri kesmalar qirqishdan tashqari, aylanaviy
shakllar qirqishga o'rganadilar. Ular kvadrat va to'g'ri to'rtburchakning burchaklarini dumaloqlashga
o'rganadilar. Ana shu qirqib olingan aylanaviy shakllardan qo'ziqorin, minorcha, qorbobo kabi
predmetlarni hosil qilishga o'rganadilar.Yopishtiriladigan detallar soni ham ko'payadi, masalan, uychaning
tasvirida faqat devorni emas, balki eshik va derazalarni ham tasvirlaydilar. Shakl va rang bilan ishlash ham
rivojlanadi: to'rtburchak, kvadrat, doira, uchburchak, pushti rang, kulrang, havo rang va boshqalar. Bu
guruhda qog'oz varag'ida to'g'ri mo'ljallashni o'rganadilar va orasida, chekkada, bir xil masofada va boshqa
shu kabi tushunchalar bilan tanishib boradilar. O'rta guruhda tarbiyachi o'zining asosiy diqqatini
bolalarning qaychi bilan ishlashiga qaratadi. Yil davomida tarbiyachi bolalarni qirqishning turli usullari
bilan tanishtiradi. Tarbiyachi qaychini va qog'ozni to'g'ri ushlashga o'rgatib boradi. Yopishtirish malakasi
esa mustahkamlanib boradi. Bu guruhda asosiy vazifa bolalarning qirqish texnikasini egallab olishiga
qaratilgandir. Bu guruhda tarbiyachi bolalarni predmetli-dekorativ, mazmunli applikatsiyaga o'rgatib
boradir. Sodda predmetlardan murakkab predmetlarning tasviriga o'rgatiladi.Tarbiyachi bolalarni qaychi
bilan ishlashga, uni to'g'ri ushlashga o'rgatib boradi. Bolalar albatta qaychi bilan ishlashni darhol o'zlashtira
olmaydi. Shuning uchun tarbiyachi qaychi bilan ishlashga o'rgatishda dastlab enli, ensiz kesmalar qirqishga
o'rgatib, mashqlantiradi, har bir applikatsiya mashg'ulotlarining mavzu va mazmuni turlicha bo'lishi lozim.
Masalan, dastlabki mashg'ulotlarda tarbiyachi bolalarga «do'kon» uchun chipta, cheklar qirqishni taklif
etadi. Yoki, masalan, qirqilgan kesmalardan uycha, daraxt, panjara, narvon kabi predmetlarning oddiy
ko'rinishini tasvir etishi mumkin. Bu esa bolalarni mashg'ulotga qiziqishini oshiradi va mashg'ulotning bir
xil tarzda bo'lishining oldini oladi. Bir-ikkita mashg'ulotni o'tkazgach, keyingi mashg'ulotlarni bolalarning
ijodiy faolligini o'stirish uchun tavsiya etish mumkin. Masalan, bolalar o'zlari qirqib olgan rangli
kesmachalardan turli xil predmedlarning ko'rinishini tasvirlaydilar. Masalan, yulduzlar, bayroqchalar,
gullar. Keyingi applikatsiya mashg'ulotlarida bolalar to'rtburchak, kvadratning diagonali bo'yicha,
trapetsiya va uchburchak hosil qilishga o'rgatiladi. Sharf, sochiqni kvadrat va uchburchaklar bilan
bezaydilar, shuningdek, kvadrat bilan gilamni, dastro'molchani, doira bilan taxsimchani bezaydilar. Tayyor
siluetlar ham berish mumkin. Bolalar oval va doira shaklni hosil qilib qirqishga ancha qiynaladilar. Ular
doiraviy shakldagi predmetlardan: tursa yiqilmas qo'g'irchoq, meva-sabzavotlar, piramida va boshqalarni
qirqib yopishtiradilar. O'quv yili davomida bolalarga mazmunli applikatsiya ishlarini ham taklif etishi
mumkin. Masalan, bo'g'irsoq yo'ldan dumalab ketyapti, o'tloqdagi jo'jalar, qo'ziqorinlar va hokazo.Bu
guruhda bolalarni jamoa bo'lib ishlashga o'rgatamiz. Masalan, katta gilam yoki sabzavot mevalardan
tashkil topgan vitrinani yoki havoda, osmonda samolyotlarni tasvirlashlari mumkin. Bundan tashqari,
bolalar o'z xohishlari bo'yicha xilma-xil applikatsiya ishlarini bajaradilar. Masalan, Onam uchun sovg'a,
tayyor siluetni naqshlar bilan bezatish mumkin: fartuk, qo'lqop, shapkani qirqib yopishtirish yoki bezatish
mumkin. Tarbiyachi bu guruhda ham xilma-xil metod va usullardan foydalanadi. Muhim bo'lgan
metodlardan biri -informatsion-retseptiv hisoblanadi. Bu metod tasviri lozim bo'lgan predmetni har
tomonlama ko'rib chiqish va tahlilni o'z ichiga oladi. Tarbiyachi bu guruhda ko'proq bolalarning o'zlariga
tasvirlanayotgan predmet haqida gapirib berish, uning sifati, belgisini aniq aytib berishga, tasviriy yo'llarini
mustaqil bilishga o'rgatib boradi. Bolalar predmetning tasvirini tuzish orqali, o'sha predmet shaklini
qirqishga, uning tuzilishining to'g'ri tasviriga, qismlarning kattaligini to'g'ri berishga o'rganib boradilar. Bu
guruhda qirqish birinchi marta kiritiladi. Shuning uchun eng muhimi, diqqat-e'tibor qaychini ushlashga,
qirqish usullarini ko'rsatishga bog'liq bo'ladi. Dastlabki mashg'ulotlarda tarbiyachi qaychi bilan qanday
ishlash kerakligini ko'rsatib beradi (qanday
ochib yopishni
, qayerdan ushlashni ko'rsatib beradi). Qog'oz
qirqishni bolalarga namoyish qilish orqali qaychining qanday qilib harakat qilishini ko'rsatadi. Bolalarga
kvadratlardan doiraviy shakllar qirqishni, ularning faqat burchaklarini qirqish kerakligini ko'rsatish kerak
va qog'ozni qo'lda biroz harakat qildirish kerakligini namoyish qilib beradi. Bu usulda bolalarga oq qog'oz,
so'ng rangli qog'oz berish tavsiya etiladi. Tarbiyachi tanish bo'lgan qirqish usullarini birorta bolani chaqirib,
bolalar uchun namoyish qilib berishni taklif etish mumkin. Har bir harakatni tarbiyachi so'z bilan
tushuntirib borishi kerak. Agarda murakkab applikatsiyani tuzish kerak bo'lsa, tarbiyachi flanigrafdan o'sha
narsani illyustrativ rasmlarni ko'rib chiqishni taklif etish mumkin. Masalan, qo'ziqorin, uning oyoqchasi va
shapkachasi bor, oyoqchasi pastda, shapkasi yuqorida joylashgan. So'ng tarbiyachi bolalarga savollar
beradi, obrazli so'zlardan foydalanadi, qo'l bilan shakl ko'rinishini tasvirlovchi harakatlarni bajarishlari
mumkin. Shuningdek, tarbiyachi namuna ko'rsatishda foydalanadi. Namuna, shuningdek, predmetning
o'zi ham topilmagan taqdirda foydalanish mumkin. Mashg'ulotda eng muhim metodlardan biri
yopishtirishni ko'rsatish va tushuntirish hisoblanadi. Yopishtirish jarayonini hamnia bolalarga ko'rinadigan
qilib, namoyish qilish lozim. Buning uchun doska yoki molbertdan foydalanish mumkin. Shuningdek,
yopishtirish jarayonida ketma-ketlikni bolalar yaxshilab o'zlashtirib olishsa, uni bolalarning o'zlariga taklif
etish mumkin yoki ko'rsatish o'rniga, faqatgina og'zaki tushuntirish bilan kifoyalanib qolish mumkin. Bu
yoshdagi bolalar bilan ishlashda o'yin usulidan keng foydalanish mumkin va lozim. Chunki bu usul bolalarni
mashg'ulotga nisbatan qiziqishni uyg'otib, ularni faollashtiradi. Bu yoshdagi bolalar bilan ishlashda
individual ishlash, muhim rol o'ynaydi.Tarbiyachi bir bolaga yopishtirishni ko'rsatsa, ikkinchisiga nimani
davom ettirish kerakligini tushuntirib beradi. Bolalar ishini ko'rib chiqish ham muhim metod va usullardan
biri bo'lib hisoblanadi. Tarbiyachi bolalar ishini ko'rib chiqish va tahlil qilish faqatgina barcha bolalarning
ishini maqtash lozim. Keyingi mashg'ulotlarda tarbiyachi bolalar ishini tahlil qilishda ishning ozoda
bajarilganligi, rangning to'g'ri tanlanganligi va qog'ozda to'g'ri joylashtirilganligini hisobga olib, tahlil qiladi
va bolalarni ham shunga o'rgatib boradi. Masalan, bolalar tursa yiqilmas qo'g'irchog'ini ichida chiroyli,
singanlari va xafalari ham borligini aytishga o'rganadilar. Bunga tarbiyachi bolalarni yilning II yarmidan
boshlab o'rgatib boradi.O'rta guruhda bolalar tayyor shakllardan applikatsiya tuzish bilan birga o'zlari ham
mustaqil qirqib yopishtiradilar. Naturani tahlil qilishda bolalarning diqqati faqatgina rang va shaklga
tortilmay, balki qismlarning o'lchami va soniga ham tortiladi. Masalan, tursa yig'ilmas qo'g'irchoq
sharchalardan katta, o'rtacha va ikki shardan iboratligini aniqlaydilar. Murakkab topshiriqlarni bajarish
jarayonida ularga material alohida beriladi. Masalan, uyni yopishtirish. Uning devor, torn va oynaga mos
bo'lgan razmerdagi rangli qog'ozlar beriladi. Bu guruhda naturani ko'rib chiqish namuna bilan birga olib
borilishi shart emas. Namuna tahlilining o'zi yetarli bo'ladi. Namuna qurib chiqishda tarbiyachi bolalarning
diqqatini uni yaxshilab qurib chiqishga tortib, quyidagi savollarni beradi: predmet qanday shakllardan
tuzilgan? Bu qanday shakl? Rangi qanday? va boshqalar.Tarbiyachi predmetning qismlarini yoki naqsh
elementlarini yopishtirish tartibini ko'rsatib beradi. Bu guruhda tarbiyachi faqatgina ma'lum qismini
ko'rsatib berishdan ham foydalanadi. Masalan, uyni yopishtirishda uning tomini qirqishni ko'rsatib beradi
xolos, qolganini bolalarning o'zlari bajaradilar. Bu guruhda alohida ahamiyat qaychi bilan ishlashga
beriladi. Tarbiyachi bolalarga qaychi bilan ishlash texnikasini ko'rsatib, tushuntiradi. Qo'lrri qaychining
richagini qanday harakatlantirishini o'rgatadi. Qaychi bilan dastlabki mashqlarni, yaxshisi 8-10 bola bilan
o'tkazgan ma'qul, chunki ularni kuzatish va o'z vaqtida yordam ko'rsatish imkoniyati ko'proq
bo'ladi.Mashg'ulotning oxirida tarbiyachi bolalar bilan birgalikda bajarilgan applikatsiyani ko'rib chiqadi:
predmetga o'xshaydimi, shakllar toza yopishtirilganmi? Tarbiyachi bolalarning tahliliga yakun yasab,
yaxshi
ishlarga
bolalarning
diqqatini
jalb
etadi.
Katta guruhlarda ko'pincha mashg'ulotning ma'lum bir qismini ikki va undan ortiq bolalar bilan birga
ishlaydiganjamoa ishi sifatida tashkil etish lozim. Bolalar birgalikda oldinda turgan vazifani muhokama
qiladilar, ish tartibini rejalashtiradilar, bir-birlariga yordam ko'rsatadilar. Applikatsiya mashg'uloti shartsiz
ravishda bolalarda ijodiy qobiliyatlarning o'sishga ta'sir ko'rsatadi.Bola hayotining 6-yilida kuzatishlar,
o'yin sensor tarbiyaning ta'siri ostida bolalarda predmetning rangi, shakli, kattaligi va boshqa sifatlari
to'g'risida bilim va tasavvurlari shakllana boradi. Bu yoshga kelib bolalarda tasviriy uquvi va texnik usullari
mavjud bo'ladi, qo'l muskullari rivojlangan bo'lib, qaychi bilan qiladigan harakatlari ancha aniq va ishonchli
bo'ladi, bu esa o'z-o'zidan applikatsiyaga o'rgatishning ancha murakkab vazifalarini hal etishni taqozo
etadi. Applikatsiya mashg'ulotlari jarayonida predmet to'g'risida xilma-xil ma'lumotlar berib boriladi.
Bolalar
xilma-xil shakllarni atashga
, kvadrat, to'rtburchakni bir-biridan farq qilishga, ularning asosiy
belgilarini to'g'ri atashga o'rgatib boriladi. Shuningdek, bolalarga oval, doira, uchburchakni to'g'ri
ajratishni farq qilishni o'rgatadi. Shunday qilib, bolalar faqat shakllar bilan emas, balki ranglar bilan
tanishib boradilar. Masalan, och, to'q, yorqin ranglar va boshqalar. Bular orqali bolalar rangni sezishga,
uni tanlay bilishga o'rganib boradilar. Applikatsiya jarayonida figuralarni bir-biri bilan taqqoslashga
o'rganadilar, baland-past, keng-tor, ya'ni qalin-ingichka kabi tushunchalarni egallab, tushunib boradilar.
Shuningdek, qog'oz varag'ini mo'ljallay bilish bilan bog'liq bo'lgan tushunchalar, tepada, pastda, o'rtasida
kabi ketma-ket tushunchalarni egallashga harakat qiladilar. Bu ish bolalarni qaychi bilan qirqish usullariga
o'rgatib borish bilan davom ettiriladi. Bu bilan o'rgatib borish davom ettiriladi, bolalar o'rta guruhda
egallagan qirqish usullarini takrorlab, mustahkamlaydilar va yangi qirqish usullarini egallaydilar. Bular
quyidagilar: qog'ozniikki buklab, birxil shakllar qirqish usuli, simmetrik shakllarini ham bir necha marta
buklab (garmoshka qilib taxlab) qixqishga o'rganadilar. Masalan, gullar, barglar va hokazo. Bu guruhda
tarbiyachi bolalarning diqqatini doimo ishning sifatiga qaratib boradi. Chunki qirqish va yopishtirishning
sifati butun bir ishning yoki applikatsiyaning sifatiga ta'sir etadi. O'quv yilining boshida bolalar bilan
doiraviy shakllarni qirqish ustida ishlanadi, chunki bolalar bu usulni o'rta guruhda yetarli darajada
egallamagan bo'ladilar. Bolalar predmetlarni qismlarga bo'lib, qirqib yopishtirishni o'rgangach, ularning
qirqishning ratsional usuli, ya'ni garmoshka usulida qog'ozni buklab qirqishni o'rganadilar. Ammo yilning
boshida dumaloq shakldagi predmetlarni qirqishni mustahkamlashga tarbiyachi quyidagi mavzularda
ishlar berishi mumkin. Masalan, kuzgi barglar, sabzavot, mevalar, qo'ziqorinlar va hokazo. O'quv yili
davomida bolalar predmetli applikatsiya ishlarini bajaradilar. Masalan, samolyot, raketa, mashina,
trolleybus va hokazo. Qog'ozni garmoshka usulida buklab, qirqishga turli xil predmetlarni taklif qilish
mumkin. Masalan, bargli shoxcha, gullar, archa o'yinchoqlari. Shuningdek, dekorativ applikatsiya bo'yicha
ham shar, sochiq, kvadrat, gilam, doira, tarelka va shuningdek, tayyorsiluetlarni, zontik, choynak, fartuk
kabilarni bezatishni taklif etish mumkin. Bolalarni simmetrik figuralarni qirqishga o'rgatishda tarbiyachi
simmetrik tuzilishga ega bo'lgan predmetlarni taklif etadi. Masalan, guidon, nok, kapalak, masxaraboz va
hokazo.
Bolalar predmetli dekorativ
applikatsiyadan tashqari
, mazmunli applikatsiyani ham bajaradilar. Masalan,
quyonning bo'g'irsoq bilan uchrashuvi, qor bosgan uycha, qiz bayroq ushlab turibdi va hokazo. Katta
guruhda bolalar o'z ixtiyorlari bilan ham applikatsiya ishlarini bajaradilar. Bolalar olgan bilim, malakalari
asosida o'zlari mustaqil applikatsiya ishlarini bajaradilar. Applikatsiya mashg'ulotlarida bolalar jamoa
ishlarni bajaradilar. Gullar va afsonaviy qushlar tasvirlangan gilam, sevimli o'yinchoqlari va boshqalar.
Katta guruhda ham applikatsiya mashg'ulotida tasvirlash kerak bo'lgan predmetlarni tahlil qilishga katta
o'rin ajratiladi va unda bolalarni savollar bilan faollashtirilsa, katta guruhlarda esa bolalarning
mustaqilligini qo'proq ta'minlaydi. Tahlil jarayonida bolalar predmetning shakliga, rangiga, turli xil
xususiyatlariga e'tibor berishi lozim. Xalq amaliy san'ati asarlarini ko'rib, tahlil qilishga, bolalarga ranglar
garmoniyasining go'zalligini sezishga, ko'pincha kompozitsiyaning mazmundorligini ochishga o'rgatiladi.
Bu guruhda namunadan, ayrim hollarda, ya'ni ishning yakunini namoyish qilishda foydalanish mumkin.
Har bir qirqish usullarini ko'rsatib berish maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Tarbiyachi ko'proq bolalarning
o'zlarini faollashtirib, bolalarning o'zlarini mustaqil ravishda qirqish yo'llari, yopishtirish tartibini qidirib
topishga undaydi. Agarda yangi qirqish yo'llari kiritiladigan bo'lsa, tarbiyachining o'zi qirqish yo'llarini
ko'rsatib beradi. Masalan, qat-qat usulida qirqish, ayniqsa, simmetrik figuralarni qirqishda bolalar ancha
qiynaladilar. Shuningdek, tarbiyachi ayrim predmetning qog'ozdagi tasviridan foydalanish mumkin (qo'l
harakatlari bilan yurgizib chiqishi mumkin). Dastlab tarbiyachining «predmetning yarmi» deb tushuntirishi
asosida bolalar usulni tushunib yetadilar. Bu guruhda bolalar qog'ozni qo'l bilan yirtib, mayda
bo'lakchalardan foydalanib, tasvirini hosil qilishga o'rganadilar. Tarbiyachi bolalarni mustaqil, ijodiy
ishlashga o'rgatib, mazmundor applikatsiya yaratishga, tayyorlov guruhga o'tgach ularning applikatsiya
bo'limi ancha murakkablashadi. Ular qirqimning yangi, ya'ni bir necha marta buklangan qog'ozdan qirqish
va siluet qirqish usullarini egallay boshlaydilar. Bu bilan bu guruh bolalarini turli xil shakllarda dekorativ
naqsh chizishga va bir necha qismdan tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda mazmunli applikatsiya
tuzishga, predmetlarni joylashtirishga o'rganadilar. Shu bilan birga, rang spektrining barcha ranglaridan
foydalanishga o'rgatiladi.Siluet qirqish - eng murakkab usullardan biridir. Siluet qirqish jarayonida bola
doimo predmetning obrazini xotirasida tutib turishga va uning konstruktsiyasi va proportsiyasini kuzatib
turishga, qo'l harakatini hosil qilinayotgan shaklning yo'nalishiga moslashtirishga to'g'ri keladi. Shuning
uchun bolalarni siluet qirqishga o'rgatishni sodda shakllardan, masalan, baliqlar, sabzavot,
mevalardanboshlash lozim.Katta guruhda bolalarni applikatsiya qilishga o'rgatishda quyidagi vazifalar
turadi: bolalarni to'g'ri harakat bo'ylab qirqish, dumaloq shakllarni va ikkiga buklangan qog'ozni qirqishga
o'igatiladi. Bir nechta qismdan tuzilgan predmetlarni hosil qilishga, geometrik va simmetrik shakllardan
chiroyli dekorativ naqsh tuzishga o'rganadilar. Demak, bu guruhda asosiy vazifa qirqishning xilma-xil
usullarini egallashdan iborat ekan. Oldin bu guruhda ham o'rta
guruhdagi kabi mavzularda
, faqat detallar
soni ko'paytirilib, qorbobo, boshida qalpog'i yoki qo'lida xaltasi bilan, samolyot esa qanotlarida yulduzi
bilan va qorboboning yuz qismidagi mayda detallarni: burun, ko'z va boshqalar yasalardi. Bu guruhda
bolalar ba'zi shakllarni ikkiga buklangan qog'ozdan, shoxlarni barglari bilan yasashgan. Bu usullarning
ishlatilishi vaqtni ancha tejaydi va chiroyli mazmun yoki kompozitsiya tayyorlash mumkin. Qog'ozni ikkiga
buklab qirqish, bir-biriga simmetrik shakllarni qirqishni osonlashtiradi. Bu usuldan foydalanib, bolalar vaza,
barglar, sabzavot va mevalar shaklini qirqadilar. Katta guruhda bolalar shakllarni qog'ozning uchini qo'li
bilan tekislab, barmoqlarda qirqishga o'rganadilar. Katta guruh bolalarining ishlaydigan ish mazmuni shu
bolalarda qirqishning ko'nikma va malakasini rivojlantirishdir. Dekorativ applikatsiya ishlarida esa bu
guruhda faqatgina tayyor geometrik shakllar berilmay, balki xilma-xil o'simlik shakllaridan barg gullar va
boshqalarning elementlari kiritiladi.Tayyorlov guruhga o'tgach, ularning applikatsiya bo'limi ancha
murakkablashadi, ular qirqishning yangi usullarini egallay boshlaydilar. Bu usullarga bir necha marta
buklangan qog'ozdan qirqish va siluet qirqish kiradi. Shu bilan birga, bu guruh bolalari turli xil shakllarda
dekorativ naqsh tuzishga va bir necha qismdan tuzilgan predmetlarni tuzishga hamda mazmunli
applikatsiya tuzish va predmetlarni joylashtirishga o'rganadilar. Shu bilan birga, spektorlarning barcha
ranglaridan foydalanishga o'rganadilar.Yuqorida siluet qirqish eng murakkab usullaridan biri ekanligi
aytildi. Siluet qirqish jarayonida bola doimo predmetning obrazini xotirasida tutib turishga va uning
konstruktsiyasi va proportsiyasini kuzatib turishga, qo'l harakati hosil qilayotgan shaklning yo'nalishiga
moslashishga to'g'ri keladi. Shuning uchun bolalarni siluet qirqishga o'rgatishni sodda shakllaridan
(baliqlar, sabzavot va mevalar) dan boshlash lozim.Katta guruh bolalarini applikatsiya qilishga o'rgatishda
qirqimning turli usullarini egallash muhim ahamiyatga egadir. Bolalarning tasavvuriga asoslangan holda
tarbiyachi bolalar bilan naturani, uning qismlari, tuzilishini tahlil qilib, alohida qismlarga ajratib ko'rsatadi.
Namunada, agar bolalar predmetni birinchi marta tasvirlayotgan bo'lishsa, foydalanish mumkin. Uni tahlil
qilishni bolalarning o'ziga topshirish mumkin bo'ladi. Agar bolalar o'zlariga tanish predmetni bir necha
detallari bilan tasvirlayotgan bo'lishsa, namuna o'rnini natura bilan almashtirish mumkin bo'ladi. Masalan,
oddiy uyni emas, afsonaviy uyni yoki bayramga bezatilgan uyni katta va tayyorlov guruhlarida bir necha
namunalardan foydalanib, ko'rsatish tavsiya etiladi. Chunki bu narsa bolalarning ijodiy faolligini
tarbiyalaydi. Bu guruhda bolalar qog'ozni ingichka buklab, simmetrik shakllar qirqishga o'rganadilar. Bu
albatta, qiyin usul, shuning uchun I.A.Gusakova bolalarni bu usul bilan dastlab tanishtirishda qog'ozni
buklab chizilgan kontur berishni tavsiya etadi. Bolalar bu usulni egallab olgach, ularni qunt bilan chamalab
qirqishga o'rgatiladi. Katta guruhda jamoabo'libapplikatsiyalarbajariladi. Masalan, «Akvariumdagi
baliqlar», «O'tloqdagi gullar», «Ko'chadagi uy va mashinalap> kabi. Har bir bola ishning qaysidir qismini
bajaradi. Keyin har bir qism umumiy fonga birlashtiriladi. Tarbiyachi ishni bolalarning xohishiga qarab
taqsimlaydi. Ba'zi jamoa ishlarini bajarishda bolalar 4- 5 ta bo'lib, guruhchalarga birlashishadi.
Tayyorlov
guruhida
applikatsiya
qilishga
o'rgatish.
Tayyorlov guruh bolalari bilan dasturda mazmunli applikatsiyalarni berish ko'zda tutiladi. Ular ko'cha,
akvarium kabi mavzularda, shuningdek, «Bo'g'irsoq» kabi ertaklarga illustratsiyalar bajarishlari mumkin.
Tayyor shakllarni yopishtirish tayyorlov guruhida ham davom ettiriladi. Simmetrik shakllardan naqshlar
tuzishda ularga turli o'lcham va rangdagi tayyor shakllar beriladi va bu guruhda ham katta guruhdagi kabi
qog'ozni qo'l bilan yirtish usulidan foydalanish davom etadi.Tayyorlov guruh bolalari bilan dasturda
mazmunli applikatsiyalarni bajarish ko'zda tutilgan. Ular «Ko'cha», «Akvarium» kabi mavzularda,
shuningdek, «Bo'g'irsoq» kabi ertaklarga illustratsiyalar bajarishlari mumkin. Tayyor shakllarni yopishtirish
tayyorlov guruhida ham davom ettiriladi. Simmetrik shakllardan naqshlar tuzishda turli o'lcham va
rangdagi tayyor shakllar beriladi. Va bu guruhda ham katta guruhdagi kabi qog'ozni qo'l bilan yirtish
usulidan foydalanishi davom ettiriladi. Ikkinchi kichik guruhda bolalarni appilikatsiya qilishga o'rgatishga
ish uchun beriladigan materiallar va mashg'ulotni tashkil etish muhim ahamiyatga egadir. Materialning
rangi bolalarning diqqatini o'ziga tortib, ularni chalg'itadi. Shuning uchun dastlab mashg'ulotlarda material
alohida paketlarda, tushuntirilib bo'lgandan so'ng tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bo'lgandan
so'ng material tarqatilib, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda qog'oz varag'iga terib chiqadilar.
Tarbiyachi dastlab elementlarning yig'ilganligini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga yelim (kley)
ishlatish uchun ruxsat beriladi. Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatish namuna bilan
birgalikda olib borilishi kerak. Namunani ko'rayotgan jarayonda tarbiyachi shaklning rangini aniq atashi va
barmog'i bilan uni ko'rsatib, shu shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko'rsatib berishi lozim. Tarbiyachi
tomonidan ishning bajarilishini ko'rsatib berilishi bolalarda turli malaka va uquvning vujudga kelishida
muhimdir. Shuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko'rsatib beradi. Qanday shaklni oldi, qanday
qilib quyib, yelim surtdi va boshqalar. Tarbiyachi o'zining har bir harakatini so'z bilan birgalikda olib
boradi.Tayyorlov guruhida ishning dastur materialiga siluet qirqish usuli kiritiladi. Shuning uchun o'rgatish
usullarining xarakteri bir muncha o'zgaradi. Naturani tahlil qilishda tarbiyachi barmoq harakati orqali
ularning diqqatini predmetning konturiga tortadi. Bunda harakatni qirqish qaysi qismdan boshlanadigan
bo'lsa, o'sha qismdan boshlash lozim. Bu guruhda bolalar endi predmet konturiga, qandaydir detal
qirqishga
Xulosa
Shuning uchun bu ishda ikki bosqichdan foydalaniladi. Oldin tayyorlangan qog'ozdan umumiy kontur
qirqiladi. So'ngra uning detallari, masalan, oyog'i yoki suzgichlari qirqiladi. Ba'zi vaqtlarda siluet qirqish
oldindan chizilgan kontur asosida qirqiladi. Bu narsa ko'proq murakkab o'simlik elementlaridan dekorativ
shakllar tuzishda qo'llaniladi. Bu guruhda qog'ozni ikkiga buklab, qirqishning murakkabroq usuli bilan
tanishtiriladi. Masalan, archa, odam, hayvon shakllari. Yana bu guruhda qirqishning murakkab usuli -
qog'ozni bir necha marta buklash orqali qirqishga o'rgatish usuli o'rgatiladi. Bu usul salfetka, qor parchalari
hosil qilishda qo'llaniladi. Tarbiyachi bolalarga qog'ozni qanday buklash kerakligini, qirqish yo'llarini
ko'rsatib beradi. Bu usuldan bolalar keyin dekorativ applikatsiya mashg'ulotlarida foydalanadilar. Bu
guruhda hali mazmunli applikatsiya qilish davom ettiriladi. Bunda bolalarni shakllarni to'g'ri joylashtirib,
yopishtirishga o'rgatadilar. Oldin umumiy fon, keyin uzoqdan joylashgan, o'rtada va oldinda joylashgan
predmetlar yopishtiriladi. Tayyorlov guruhida applikatsiya jamoa ishi sifatida berilishi mumkin. Masalan,
«Egri va to'g'ri» ertagida bolalar to'rttadan bo'lib, har bir guruh shu ertakdan ma'lum bir ko'rinishni
bajarishlari mumkin. Bolalar shu ko'rinish elementlarini qirqib, joylashtirib qurganlaridan so'ng uni qanday
ketma-ketlikda yopishtirish kerakligini aniqlaydilar. Biri yelim surtadi, ikkinchisi uni joylashtiradi, uchinchisi
latta bilan mahkam yopishtiradi. Bu ish bolalarni o'rtoqlik, jamoatchilik ruhida tarbiyalashda katta
ahamiyatga egadir.Maktabgacha ta'lim muassasasining hamma guruhlarida ixtiyoriy applikatsiya
mashg'ulotlari o'tkaziladi. Lekin o'rta guruh bolalariga o'ylagan mazmunlari asosida tayyor shakllar
beriladi. Katta guruhlarda bolalar o'zlari o'ylagan mazmunlari asosida qirqadilar. 6-7 yoshdagi bolalar
oldindan qiladigan ishlari mazmunining eskizini oddiy qalam bilan chizib olishlari, keyin esa shu eskizning
detallarini applikatsiya qilishlari mumkin.
Foydalanilgan adabiyot
Hasanboyeva O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi.
T.: «Ilm ziyo». 2006.
Hasanboyeva O.U. va boshqalar. Oilada barkamol avlod tarbiyasi.
T.: «Fan va texnologiya», 2010.
Hasanboyeva O.U va boshqalar. Oila pedagogikasi. G«G«mashgʻulotlik
T:- «Aloqachi» 2007.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. V.I.Loginova, P.G.Samorukovalar tahriri ostida. T: O'qituvchi, 1991.
Uchinchi ming yillikning bolasi. Ma'rifat-madadkor. T. 2002.
Bolalar bog'chasida estetik tarbiya (N.A.Vetlugina tahriri ostida). T., O'qituvchi, 1981.
Loginova V.I., Samarukova T.G. tahriri ostida. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. 2 qismli. 1- qism. T:
O'qituvchi, 1991.
Dostları ilə paylaş: |