Mahalliy sug’urta bozorlari ularning o’ziga xos xususiyatlari va-fayllar.org
Mavzu: Mahalliy sug’urta bozorlari ularning o’ziga xos xususiyatlari va infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari
Reja:
1. Sug’urta bozori tushunchasi va uning ishtirokchilari.
2. Sug’urta bozorining turlari va ularga umumiy tavsifnoma.
3. Sug’urta bozori infratuzilmasining sug’urta bozori rivojlanishidagi ahamiyati.
4 .Sug’urta faoliyatini litsenziyalash tartibi.
5. Sug‘urta bozori va uning tarkibiy tuzilishi
Ma’lumki, har qanday bozorda sotuvchi va xaridor bo’ladi hamda ular o’rtasida tegishli tovarlar (xizmatlar) ayirboshlanadi. Xuddi shunday, sug’urta bozorida ham sotuvchi (sug’urtalovchi) va xaridor (potentsial sug’urtalanuvchi) ishtirok etadi. Bu erda potentsial sug’urtalanuvchi tushunchasini qanday izohlash mumkin, degan o’rinli savol tug’ilishi mumkin. Gap shundaki, basharti, potentsial sug’urtalanuvchini to’g’ridan to’g’ri sug’urtananuvchi, deb atasak katta xatoga yo’l qo’ygan bo’lamiz. Negaki, amaldagi qonunlarga muvofiq, sug’urta kompaniyalari bilan bevosita shartnoma tuzgan, fuqarolik salohiyatiga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga sug’urtalanuvchilar deyiladi. Aksincha, sug’urta “mahsulotini” sotib olishga ehtiyoji bor, ammo hali sug’urtalovchilar bilan tegishli sug’urta munosabatlariga kirishmagan shaxslar potentsial sug’urtalanuvchilar deb ataladi. Endi, sug’urtalovchilar haqida gapiradigan bo’lsak, sug’urtalovchi - bu mamlakat xududida sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan hamda sug’urtalash o’zi uchun asosiy faoliyat turi hisoblangan yuridik shaxslardir. Ko’rinib turibdiki, sug’urta kompaniyasi tegishli faoliyat yuritishi uchun vakolatli davlat organining litsenziyasiga ega bo’lishi va sug’urtaga bog’liq bo’lmagan operatsiyalar bilan shug’ullanmasligi zarur.

Sug’urtalovchilar bozorga o’zlarini ishlab chiqargan o’ziga xos mahsuloti - sug’urta xizmatini taklif etadilar. Ushbu xizmatlar yuzlab, minglab sug’urta kompaniyalari tomonidan sotilishi mumkin. O’z-o’zidan, bu holat sug’urta bozorida potentsial mijozlarni jalb etish uchun sug’urta kompaniyalari o’rtasida raqobatning kuchayishiga olib keladi va “mahsulot”ning sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Eng asosiysi, potentsial sug’urtalanuvchi har tomonlama o’zining talabini qondiradigan “mahsulot”ga ega bo’ladi. Bayon etilganlar quruq gap emas, balki bugungi kunda iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar bozorida ruy berayotgan oddiy haqiqatdir. Yuqorida zikr etilgan fikrlarni quyidagi chizmada yaqqol ko’rish mumkin.
Sug’urta bozorining mohiyatini chuqurroq anglab olish uchun kundalik xayotimizdan oddiy bir misol keltirsak maqsadga muvofiqdir.
Sug’urta kompaniyasi o’z mahsulotini bozorda sotar ekan, zimmasiga katta mas’uliyat olganligini unutmasligi kerak. Chunki, sug’urtalovchi ozgina sug’urta mukofoti evaziga yirik mikdordagi riskni qabul qilib oladi va sug’urta hodisasi ruy berganda zimmasidagi sug’urta qoplamasini to’lashi shart. Shu o’rinda, biz sug’urta kompaniyasiga murojaat qilishni istagan yoki muayyan sug’urta xizmatiga ehtiyoj sezgan shaxslarga sug’urta shartnomasini tuzishdan oldin sug’urta kompaniyasining moliyaviy axvoli, balansi bilan albatta tanishib chiqishlarini maslahat qilamiz.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshqa tovarlar va xizmatlar kabi, sug’urta xizmatining ham bahosi talab va taklif asosida paydo bo’ladi hamda bu baho o’zining pastki va yuqori chegaralariga ega. Sug’urta tushumlarining miqdori sug’urta to’lovlari va sug’urta tashkilotlari xarajatlari miqdoriga teng bo’lishi sugurta baxosining pastki chegarasini bildiradi. Bunday sharoitda sug’urta kompaniyasi asosiy faoliyatdan foyda ololmaydi. Ko’p hollarda sug’urta bozoridagi keskin raqobat, sug’urta tashkilotlarining potentsial mijozlarni jalb etish maqsadida tarif stavkalarini kamaytirishga majbur etadi. Chet mamlakatlarda, sug’urtalovchilar sug’urta faoliyatidan zarar ko’rganda, bu zarar investitsiyadan keladigan daromad hisobidan qoplanadi.
Sug’urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug’urta xizmatining ma’lum bir turiga etarli darajada talab mavjud bo’lganda, sug’urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o’tishi bilan bozorda sug’urta xizmati ko’rsatish turlarining ko’payishi bilan, o’z-o’zidan tarif stavkalari kamayadi.
Sug’urta bozori hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy va milliy sug’urta bozorlariga bo’linadi. Milliy sug’urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug’urta muassasalarini va ularni faoliyatini o’z tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug’urta bozori Amerika Qo’shma shtatlaridir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig’iladigan sug’urta tushumlarining 43 foizdan ortig’i AQSh hissasiga to’g’ri keladi. Bu erda hayotni sug’urta qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatuvchi 3800 ta kompaniya faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug’urta bozorida ham oldingi o’rinlardadir. Masalan, “Prudenshial of Amerika” kompaniyasi mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992 yil boshida mavjud aktivlari, to’plagan sug’urta mukofotlari bo’yicha uchinchi o’rinni egalladi.

Mintaqaviy sug’urta bozori deganda savdo, iqtisodiy va boshqa jihatlardan o’zaro yaqin munosabatda bo’lgan bir nechta mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Evropa Ittifoqining sug’urta bozori yirik mintaqaviy bozordir.
Xalqaro sug’urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug’urta faoliyatini olib boruvchi alohida mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Jumladan, hozirgi vaqtda Yaponiya sug’urta bozorining xalqaro darajada muxim o’rni bor va keyingi o’n yillikda Yaponiya sug’urtachilari dunyo bozorida etakchilik qilib kelishmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, 1992 yili jahondagi eng yirik 20 ta hayotni sug’urta qiluvchi kompaniyalar ichida 9 tasi yoki 45 foizi Yaponiyaga tegishlidir. Bu kompaniyalarning moliyaviy salohiyati 869 mlrd. doll. miqdorida baholangan.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarilmoqda. Bu jarayonda sug’urta faoliyati ham rivojlanib, ravnaq topmoqda. Sug’urta instituti bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida uning rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, sug’urta faoliyatida risklar transferi ham o’z navbatida, bozor infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog’liqdir.

Shu o’rinda, «infratuzilma» tushunchasi iqtisodiy ilmiy lug’atlarda turlicha: masalan, «asosiy ishlab chiqarish sohalari va aholiga xizmat ko’rsatuvchi iqtisodiy tarmoqlar yig’indisi» yoki «ma’lum tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqaruvchi va noishlab chiqaruvchi tarmoqlar majmuasi» kabi ma’nolarda qo’llanilishini qayd etish mumkin. Xususan, sug’urta bozori infratuzilmasining mazmun-mohiyatini ochib berishda, iqtisodiyot sub’ektining samarali faoliyat yuritishi uchun kafolatli shart-sharoit yaratuvchi faoliyat turlari majmuasi nazarda tutiladi.
Sug’urta mahsuloti sotilishining o’ziga xos jihatlari mavjud va bu jarayon:
sug’urta riski haqida axborot to’plash va uni aniqlashtirish;
sug’urta shartnomasini imzolash va uning amal qilishini ta’minlash kabi bosqichlarni o’z ichiga oladi
Sug’urta faoliyatida risklar transferining mazkur bosqichlari o’ziga xos bilimni talab etadi. Ayni vaqtda ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra, ma’lum qisqa davr oralig’ida talab etilayotgan mutaxassis kompaniyaning shtatlar birligiga kiritilishi iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanishi ham mumkin. Shuning uchun kompaniya o’z faoliyatida, odatda boshqa soha mutaxassislari xizmatidan foydalanadi. Demak, ta’kidlash mumkinki, sug’urta bozori infratuzilmasi uning professional ishtirokchilari va boshqa soha mutaxassislari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sifatida sug’urta faoliyatida risklar transferining samaradorligini ta’minlovchi omil sanaladi.
Sug’urta bozori infratuzilmasining sub’ektlari
Sug’urta tashkilotlarining faoliyati boshqa turdagi xujalik sub’ektlari faoliyatidan keskin farq qiladi. Chunki, ular ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashda va sug’urta hodisalari ro’y berganda etkazilgan zararni qoplash uchun xizmat qiladilar. Bu holat, sug’urtachilar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi va shuning uchun, ular davlat tomonidan nazorat ostiga olinmog’i zarurdir.

Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish shakllari. Sugurta faoliyatini davlat tomonidan nazoratga olishni shartli ravishda uchga bulish mumkin
Xorijiy mamlakatlar tajribasining ko’rsatishicha, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning barchasida sug’urta bozori davlatning vakolatli idoralari tomonidan tartibga solib boriladi.
Sug’urta faoliyatini nazorat qilish shakllari
Суғурта фаолиятини назорат қилиш шакллари
Махсус ваколатли давлат органи
Солиқ органлари
Vazirlar Mahkamasining “Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash to’g’risida Nizom tasdiqlandi. Unga ko’ra, sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan yuridik shaxslar sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlari bo’lishlari mumkin. Sug’urtalovchi va sug’urta brokerining sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning amal qilish muddati, qoidaga ko’ra, cheklanmaydi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlanadi.

Sug’urta tashkilotlari litsenziya olishlari uchun quyidagi talab va shartlarga javob berishlari zarur:
-O’zbekiston Respublikasining sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
-sug’urta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiq maxfiyligini ta’minlash;
-litsenziyalovchi organ talabiga ko’ra sug’urta faoliyatini amalga oshirishga doir qonun hujjatlarida belgilangan axborotlarni taqdim etish;
-litsenziya talabgori rahbari oliy ma’lumotga hamda sug’urta sohasida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo’lishi kerak;
-litsenziya talabgori (litsenziat) rahbari boshqa sug’urta tashkilotlarida rahbar lavozimini egallashga haqli emas.
a) sug’urtalovchilar uchun:
ustav fondining qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining mavjud bo’lishi;
b) sug’urta brokerlari uchun:
sug’urta brokerining sug’urta faoliyatini amalga oshirishda shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlash;
sug’urta shartnomasining litsenziat mijozi uchun qulay shartlarda tuzilishi va bajarilishi;