Reja: Suratlar bilan ishlash metodikasi



Yüklə 77 Kb.
səhifə1/2
tarix26.10.2022
ölçüsü77 Kb.
#66315
  1   2
Genetika


Biologiyani o'qitishda ko'rgazmalilik prinsipining roli

Reja:


  1. Suratlar bilan ishlash metodikasi.

  2. Tabiatni kuzatishlar tizimi

Ko'rgazmali metodlarni umumpedagogik tamoyil, ko'rgazmalilik bilan adashtirmaslik kerak. Bu tushunchalar har xil bo'lib, bir-biriga sira o'xshamaydi. Ko'rgazmali vositalar deyarli hamma Biologiya darslarida qo'Ilaniladi. Ko'rgazmalilik o'quv-chilarning nutqi va tafakkuridagi nuqsonlarni tuzatish (korrek-siyalashda katta ahamiyatga ega. To'g'ri qo'yilgan savol, keyinroq esa tizimlangan savollar majmuasi namoyish qilinayotgan obyekt va tajribalarga e'tiborni jalb qiladi. Bu savollar o'quvchilarni maqsadga yo'naltirgan holda, izchillik bilan kuzatish, taqqoslash, xulosa chiqarish va umumlashtirishga da'vat qiladi.


Biologiya darslarida qo'llaniladigan ko'rgazma natural (tirik tabiiy obyektlar va tasviriy jadvallar, sistemalar, mulyajlar, kino, diafilm, diapozitiv) bo'lishi mumkin.
Ko'rgazmalilikning tasviriy vositalari, jadval va rasmlar o'quvchilarga o'rganilayotgan obyektlaming tuzilishi, shakli, rangi, ularning tabiiy o'rab olgan muhiti, hayot tarzi kabilar to'g'risida tasavvurlar beradi.
Boshlang'ich sinflarda jismlar, narsalar, hodisalarga oid tasav-vurlarni vujudga keltirish uchun natural va tasviriy ko'r-gazmalilikdan keng foydalanilsa, yuqori sinflarda tasviriy va simvolik (timsol) ko'rgazmalardan foydalaniladi, chunki bola rivoj-lanishining dastlabki bosqichlarida mavhum materialni faqat aniq ko'rsatmali material orqali o'zlashtirishga qobiliyatli bo'ladi. O'quv kino va diafilmlarni ko'rsatish ham ta'limning ko'rgazmalilik usuliga kiradi. Bolalar filmni ko'rish orqali filmda ko'tarilgan savollarga javob topishlari lozim. Sayohat ham ko'rgazmali usullarni tashkil qiladi. Sayohat o'qituvchi tomonidan puxta o'ylanib, yaxshi tayyorlansa va uyushtirilsa samarali natija beradi. Sayohatdan olingan taassurotlami kuzatish natijalarini umumlashtirish juda muhim.
Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi. Biologiyani o'qitish uchun, ayniqsa, tabiiy jismlar kerak, chunki ular o'quvchilarda tabiiy jismlarni bevosita ko'rish asosida tasavvur va tushunchalar hosil qilishga imkon beradi (har bir o'quvchi tabiiy material bilan mustaqil ishlay olishi uchun uni yetarli miqdorda — o'quvchiJar soniga qarab to'plash kerak).
Qabul qilish uchun ten sezgisi, hid bilish, maza sezishni talab qilmaydigan yirik jismlarni o'qituvchi uzoqdan turib namoyish etadi. Yirik o'simliklar, masalan, makkajo'xori, pomidor, poliz ekinlari (o'simlik barg, ildiz, mevalari bilan) yoki hayvonlar, parrandalar (mushuk, qush va boshqalar) shunday ko'rsatilishi mumkin.
Narsani o'quvchilarning barchasi yaxshi ko'rishlari uchun u sinf doskasiga o'qituvchi stoli balandligida o'rnatiladi. Tirik hayvonlarni namoyish qilish o'quvchilarga faqat ularning tashqi ko'rinishi haqidagina emas, balki harakati, qiliqlari, ovozi va hokazolar haqida ham tasavvur hosil qilish imkonini beradi, bu tasavvurlar ancha to'liq va ravshan bo'ladi. Kuzatishlarga yaxshiroq rahbarlik qilish uchun o'qituvchi o'quvchilar oldiga kuzatilayotgan jismning katta- kichikligi, shakli, rangi, jonli bo'lsa, yuz asosiy qismlari, harakatlanish usuli haqida, shuningdek, boshqa narsalarga o'xshashligi va ulardan farqiga oid yo'naltiruvchi savollar qo'yadi.
Suratlar bilan ishlash metodikasi. Biologiyani o'qitishda o'qituvchi o'quvchilarga ular hali ko'rmagan ko'pgina obyekt va hodisalar to'g'riisda ma'lumotlar beradi. Biroq eng jozibali va qiziqarli hikoya ham, agar u yaxshi surat ko'rsatilmasa, yetarli, to'liq va yorqin tasavvurlar bera olmaydi. Faqat suratlarni diqqat bilan ko'rib chiqish orqali tabiiy holdagi jism bilan tanishishdagiga yaqin keladigan taassurotlami hosil qilish mumkin.
Biologiya darslarida ko'pincha devoriy suratlar ishlatila-ular bo'yicha sinf o'quvchilarining barchasi ishtirokida ish boriladi. Yirik suratlar bo'lmasa, kichikroq suratlardan foydalanish mumkin, ularni har bir o'quvchiga ko'rsatish kerak.
O'quvchilar qisqa muddatli kuzatishlarni o'qituvchining topshirig'i bilan ekskursiyalarda o'tkazadilar (tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarni ta'riflash muayyan sharoitlarda o'simliklarni yig'ish). Tabiatda olib boriladigan uzoq muddatli fenologik kuzatishlar va maktab yer maydonidagi kuzatishlar keng qo'llaniladi.
Kuzatish tabiatni o'rganishning ko'rgazmali metodidir. Biologiyani kuzatish deganda atrof borliqning jism va hodisalarini rejali ravishda, maqsadga yo'nalgan holda, ongli tashkillangan qabul qilish tushuniladi. Kuzatishlar ikki belgi: muayyan maqsadning bo'Iishi va diqqatni kuzatish obyektini bilgan holda to'plash bilan xarakterlanadi.
O'qitishning boshlang'ich bosqichlarida o'qituvchi o'quv-chilarning kuzatishlarini tashkil qila turib, ularni oldin safarbar qilishi yoki kuzatish mo'ljallangan jismni ongli qabul qilib olish uchun kerakli ma'lumotlarni aytishi, kuzatiladigan obyektning muhim xususiyatlarini ajratishi, kuzatishning izchilligini ko'rsatishi zarur. Kuzatishsiz o'quvchilartabiatjismlari va hodisalari, ularning xususiyat hamda sifatlari, ular o'rtasida mavjud bog'lanishlar haqida to'g'ri tasavvurlar ololmaydilar. O'quvchilarda tegishli tasavvurlarning hosil bo'Iishi qabul qilishning boyligi va to'liqligiga bog'liqdir. Kuzatishda o'quvchilar faqat kuzatilayotgan obyektlarning tomoshabini bo'lib qolmas-dan, balki ularning xarakterli xususiyatlarini bilib olishga intila-dilar. Masalan, chinor va zarangning barglari rangini o'zgarishi-ni kuzatib, o'quvchilar shu daraxtfar nihollarining barglarini bir-biri bilan taqqoslaydilar va ularning farqlanadigan hamda umumiy belgilarini aniqlaydilar: yashik yoki maydonchaga o'simlik urug'larini ekib, o'simtaning urug' qobig'ini qanday yorib chiqayotganligini, birinchi barglar qanday vujudga kelayotganini va o'simlikning rivojini kuzatadilar.
Jism va hodisalarni kuzatish, ularni taqqoslash, o'xshashlik va farqlarini aniqlash tafakkur, diqqat hamda irodaning rivojlanishiga yordam beradi. Kuzatish jarayonida, amaliy xarakterdagi bilimlar, masalan, o'simliklar dunyosining xarakteriga qarab, joyda oriyentirlash; hayvon va o'simliklarning xulq-atvori, tabiatdagi o'zgarishlarga qarab, ob-havoning o'zgarishini oldindan aytib berish; mehnat darslarida Biologiya materialidan foydalana olish (tabiiy materiallar — mevalar, urug'lar, barglar, po'stloq bilan ishlash) uquvlarini hosil qiladilar. 1—3- sinflardagi kuzatishlardan o'quv shaklining xilma-xii shakllarida: 1) sinfdagi dars va amaliy mashg'ulotlarda; 2) ekskur¬siyalarda; 3) tirik tabiat burchagi va maktaboldi yer maydonidagi mustaqil mashg'ulotlarda; 4) uy vazifalarini bajarishda foydalanish kerak.
Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo'yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli bo'Iishi mumkin. Qisqa muddatli kuzatishlar biror narsani qabul qilib olish uchun o'tkaziladi. Hayvonlar (kirpi, toshbaqa, shoxilon, kapalak, ninachining harakatlanishini kuzatish qisqa muddatli kuzatishga misol bo'Iishi mumkin. Uzoq muddatli kuzatishlar vaqt oraliqlari bilan bo'lingan, lekin yagona uzluksiz jarayonni hosil qilgan qator hodisalarni qamrab oladi. Bunga o'simlikning o'sishini, daraxtlardagi barglar rangining o'zgarishini, qushlarning uchib ketishini va hokazolarni kuzatish misol bo'Iishi mumkin. Ular bir qator qisqa vaqtli kuzatishlardan tashkil topadi. Uzoq vaqtli kuzatishlar hodisalar o'rtasidagi bog'lanishlarni, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlashga yordam beradi. Bular kurtakdan bargning rivojlanishini, tut ipak qurtining rivojlanishini kuzatishlar bo'Iishi mumkin. Kuzatishlar oqibatida o'quvchilar taraqqiyot davrlarining izchilligini va ular o'rtasidagi aloqalarni belgilaydilar. Kuzatishlar jamoa (butun sinf bilan bir vaqtda) yoki yakka (har bir o'quvchi mustaqil) holda bo'Iishi mumkin.
Kuzatish uchun oson (uddalasa bo'ladigan) obyektlarni tanlash zarur. Kuzatishlar o'lkashunoslik xarakterida bo'lsin. Juda murakkab va tushunarli bo'lmagan hodisa va narsalarni tanlash kerak emas. Bu o'quvchilar qiziqishini sovitishi va kuzatishni chalkashtirib yuborishi mumkin. Tanlangan shakllardan qat'i nazar 1—4- sinf o'quvchilari uchun o'lkashunoslik kuzatishlari albatta izchil bo'Iishi kerak. Bundan tashqari, o'lkashunoslik kuzatishlar kompleksi albatta tizimlashgan Biologiya bilimlarini tushunib olishga, idrok qilish faolligini, tabiatga qiziqish va muhabbatni rivojlantirishga, tabiat (atrof) obyektlari to'g'risidagi bilimlarni kengaytirishga yo'naltirilmog'i lozim 2- sinflarda tabiatni kuzatish uchun atrof olam bilan tanishtirishga oid darslardan foydalaniladi. 3—4- sinflarda kuzatishlar sistemasi «Jonajon o'lka tabiati» mavzusi bilan bog'liq holda mavsumiylik tamoyili asosida tuziladi.
Tabiatni kuzatishlar tizimiga ushbu tushunchalarni, ya'ni jonli va jonsiz tabiat, mevali va manzarali daraxtlar, erta gullovchi o'simliklar, texnika ekinlari, suv o'simliklari, sabzavot va poliz ekinlari, g'alla ekinlari, hasharotlar, baliqlar, suvda va quruqda yashovchilar, qushlarni kiritish mumkin.
Kuzatishlarning natijalari yil fasllari bo'yicha «Kundalik kuzatish daftari» va sinfning tabiat hamda mehnat kalendarida qayd etib boriladi. Alohida e'tibor Quyosh balandligining, kun va tun uzunligining yil fasllari bo'yicha o'zgarishini kuzatishlarga qaratiladi. Bu kuzatishlar o'quvchilarga tabiat va odamiar mehnat faoliyatidagi mavsumiy o'zgarishlar sabablarini aniqlash imkoniyatini beradi.
«Kundalik kuzatishlar daftari»dagi maxsus maqolalar bolalarni kuzatishlar o'tkazishga yordam beradi. «Yozda siz tabiatda nimalarni kuzatdingiz?», «Kuzatishga o'rganing», «Kuzda tabiatni kuzatish natijalari», «Tabiat va odamiar mehnatidagi bahorgi va yozgi o'zgarishlar haqida nimalarni bilib oldingiz?» kabi maqolalar shular jumlasidandir. Tabiat va mehnat kalendariga kuzatish ma'lumotlarini har kuni yozib borish kuzatishlarga turg'un qiziqishni singdiruvchi maqsadga muvofiq uslublardan hisoblanadi. Shu maqsadda o'quvchilardan biri doskaga taklif qilinadi, u ob-havoni batafsil ta'riflaydi, kun davomida tabiat va odamiar mehnatida qanaqa qiziqarli holatlar bo'lganligi haqida gapirib beradi. Uning javobini o'rtoqlari to'ldirib aniqlaydi. Javob o'qituvchi tomonidan albatta baholanadi, kuzatish kalendariga yoziladi.
Tabiat va mehnat kalendariga yozilgan ma'lumotlarni faqat Biologiya darslaridagina emas, balki matematika (zarur hisoblashlar qilish, masalalar tuzish, diagramma chizish), ona tili (insho tayyorlash, biror davrda tabiatni ko'rsatish uchun she'rlar va nasriy asardan parchalar tanlash), mehnat ta'limining qishloq xo'jalik mehnati bo'limi (biror davrdagi ob-havo o'quv-tajriba maydonidagi o'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga qanday ta'sir ko'rsatganligini tahlil qilish) darslarida ham umumlashtirish mumkin.
Bolalarni jism va hodisalarni ko'ra olish, eshitish va qabul qilib olishga o'rgatish boshlang'ich sinf o'qituvchisining eng muhim vazifalaridan biridir. Bolalar ko'pincha ikkita tanish daraxtga (masalan, chinor va zarangga) qaraydilaru, ularni bir-biridan ajrata olmaydilar. Bolalar suratni ko'rib, undagi eng muhim tomonlarni ko'ra oladilar, deb bo'lmaydi. O'qituvchi ular oldiga aniq obyektlarni topish, ularni ta'riflash, savollarga javob berishga old muayyan vazifalar qo'yishi kerak.
Kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun bolalarni jism va hodisa-larni taqqoslashga o'rgatish muhimdir. Kuzatish uchun biror narsani ko'rsata turib, o'qituvchi ularni nimaga o'xshashligini so'rashi kerak. O'xshashlikni aniqlab, o'quvchilar e'tiborini narsalar o'rtasidagi farqlarga qaratish kerak. Bunda kuzatishga iloji boricha ko'proq sezgi a'zoiarini jalb etish muhim. Bolalar ko'ribgina qolmasdan, kerak bo'lganda ushlab, hidlab ham ko'rsin. Kuzatuvchanlik tabiatga, ishlab chiqarishga, muzeyga, fermaga, zooparkka ekskursiyalar o'tkazish vaqtida ham rivojlanadi. Bu ekskursiyalar shunday ko'rishgina emas, balki sinchiklab qarash, shunday eshitishgina emas, balki diqqat bilan quloq solish qobiliyatini tarbiyalaydi. Biologiyani o'qitilishini to'g'ri yo'lga qo'yilishi boshlang'ich sinfdayoq bolalarni tabiat jismlari va hodisalarini kuzatishga o'rgatadi.
Shunday qilib, Biologiyani o'qitishda ko'rgazmali uslubdan foydalanish bolalarda aniq faktik bilimlarning to'planib borishiga yordam beradi. Kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun darslarga o'yin turlarini kiritish foydalidir.
Biologiya kursida fenologik kuzatuvlar alohida o'rin egallaydi. O'qituvchining o'zi tegishli malaka va ko'nikmalarga ega bo'lsagina bolalarni fenologik kuzatuvlarni to'g'ri o'tkazishga o'rgata oladi. Tabiatning rivojlanishida har yili mavsumiy davriytikni kuzatamiz. Bu yil fasllari va jonli hamda jonsiz tabiatning har biriga xos bo'lgan hodisalardir. Jonli tabiatning mavsumiy rivojlanishi qonuniyatlarini muhit sharoitiga bog'lab o'rganadigan fan fenologiya deb ataladi. Umumiy va xususiy fenologiya farq qilinadi. Umumiy fenologiya mavsumiy davriylikning juda ham xilma-xil va murakkab bo'lgan tabiatni o'z ichiga oluvchi yagona jarayon sifatida o'rganadi. Jonli tabiatning mavsumiy rivojlanishi har bir biogeosenoz ekologik qonuniyatlarning kompleks ko'rsatkichi hisoblanadi. Bu ko'rsatkich har bir tabiat hududi iqlimini o'rganishda olimlarga yordam beradi. Xususiy fenologiya mavsumiy hodisalarning butun kompleksini emas, balki o'simliklar yoki hayvonlarning rivojlanish fazalarini o'rganadi (fitofenologiya yoki zoofenologiya).
Har qanday organizm mazkur joyda necha ming yillar davomida yuzaga kelgan (o'z atrofidagi) muhit bilan birgalikda bir butunni tashkil etganidan, kishilar o'simliklar bilan hayvonlarni parvarishlash yuzasidan olib boradigan ijodiy ishlarida mavsumiy o'simliklar, texnika ekinlari, suv o'simliklari, sabzavot va poliz ekinlari, g'alla ekinlari, hasharotlar, baliqlar, suvda va quruqda yashovchilar, qushlarni kiritish mumkin.
Kuzatishlarning natijalari yil fasllari bo'yicha «Kundalik kuzatish daftari» va sinfning tabiat hamda mehnat kalendarida qayd etib boriladi. Alohida e'tibor Quyosh balandligining, kun va tun uzunligining yil fasllari bo'yicha o'zgarishini kuzatishlarga qaratiladi. Bu kuzatishlar o'quvchilarga tabiat va odamlar mehnat faoliyatidagi mavsumiy o'zgarishlar sabablarini aniqlash imkoniyatini beradi.
«Kundalik kuzatishlar daftari»dagi maxsus maqolalar bolalarni kuzatishlar o'tkazishga yordam beradi. «Yozda siz tabiatda nimalarni kuzatdingiz?», «Kuzatishga o'rganing», «Kuzda tabiatni kuzatish natijalari», «Tabiat va odamlar mehnatidagi bahorgi va yozgi o'zgarishlar haqida nimalarni bilib oldingiz?» kabi maqolalar shular jumlasidandir. Tabiat va mehnat kalendariga kuzatish ma'lumotlarini har kuni yozib borish kuzatishlarga turg'un qiziqishni singdiruvchi maqsadga muvofiq uslublardan hisoblanadi. Shu maqsadda o'quvchilardan biri doskaga taklif qilinadi, u ob-havoni batafsil ta'riflaydi, kun davomida tabiat va odamlar mehnatida qanaqa qiziqarli holatlar bo'lganligi haqida gapirib beradi. Uning javobini o'rtoqlari to'ldirib aniqlaydi. Javob o'qituvchi tomonidan albatta baholanadi, kuzatish kalendariga yoziladi. Tabiat va mehnat kalendariga yozilgan ma'lumotlarni faqat Biologiya darslaridagina emas, balki matematika (zarur hisoblashlar qilish, masalalar tuzish, diagramma chizish), ona till (insho tayyorlash, biror davrda tabiatni ko'rsatish uchun she'rlarva nasriy asardan parchalar tanlash), mehnat ta'limining qishloq xo'jalik mehnati bo'limi (biror davrdagi ob-havo o'quv-tajriba maydonidagi o'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga qanday ta'sir ko'rsatganligini tahlil qilish) darslarida ham umumlashtirish mumkin.
Bolalarni jism va hodisalarni ko'ra olish, eshitish va qabul qilib olishga o'rgatish boshlang'ich sinf o'qituvchisining eng muhim vazifalaridan biridir. Boialar ko'pincha ikkita tanish daraxtga (masalan, chinor va zarangga) qaraydilaru, ularni bir-biridan ajrata olmaydilar. Boialar suratni ko'rib, undagi eng muhim tomonlarni ko'ra oladilar, deb bo'lmaydi. O'qituvchi ular oldiga aniq obyektlarni topish, ularni ta'riflash, savollarga javob berishga old muayyan vazifalar qo'yishi kerak.Kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun bolalarni jism va hodisa¬larni taqqoslashga o'rgatish muhimdir. Kuzatish uchun biror narsani ko'rsata turib, o'qituvchi ularni nimaga o'xshashligini so'rashi kerak. O'xshashlikni aniqlab, o'quvchilar e'tiborini narsalar o'rtasidagi farqlarga qaratish kerak. Bunda kuzatishga iloji boricha ko'proq sezgi a'zolarini jalb etish muhim. Boialar ko'ribgina qolmasdan, kerak bo'lganda ushlab, hidlab harn ko'rsin.
Kuzatuvchanlik tabiatga, ishlab chiqarishga, muzeyga, fermaga, zooparkka ekskursiyalar o'tkazish vaqtida ham rivojlanadi. Bu ekskursiyalar shunday ko'rishgina emas, balki sinchiklab qarash, shunday eshitishgina emas, balki diqqat bilan quloq solish qobiliyatini tarbiyalaydi. Biologiyani o'qitilishini to'g'ri yo'lga qo'yilishi boshlang'ich sinfdayoq bolalarni tabiat jismlari va hodisalarini kuzatishga o'rgatadi.
Shunday qilib, Biologiyani o'qitishda ko'rgazmali uslubdan foydalanish bolalarda aniq faktik bilimlarning to'planib borishiga yordam beradi. Kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun darslarga o'yin turlarini kiritish foydalidir.
Biologiya kursida fenologik kuzatuvlar alohida o'rin egallaydi. O'qituvchining o'zi tegishli malaka va ko'nikmalarga ega bo'lsagina bolalarni fenologik kuzatuvlarni to'g'ri o'tkazishga o'rgata oladi. Tabiatning rivojlanishida har yili mavsumiy davriylikni kuzatamiz. Bu yil fasllari va jonli hamda jonsiz tabiatning har biriga xos bo'lgan hodisalardir. Jonli tabiatning mavsumiy rivojlanishi qonuniyatlarini muhit sharoitiga bog'lab o'rganadigan fan fenologiya deb ataladi.
Umumiy va xususiy fenologiya farq qilinadi. Umumiy fenologiya mavsumiy davriylikning juda ham xilma-xil va murakkab bo'lgan tabiatni o'z ichiga oluvchi yagona jarayon sifatida o'rganadi. Jonli tabiatning mavsumiy rivojlanishi har bir biogeosenoz ekologik qonuniyatlarning kompleks ko'rsatkichi hisoblanadi. Bu ko'rsatkich har bir tabiat hududi iqlimini o'rganishda olimlarga yordam beradi, Xususiy fenologiya mavsumiy hodisalarning butun kompleksim emas, balki o'simliklar yoki hayvonlarning rivojlanish fazalarini o'rganadi (fitofenologiya yoki zoofenologiya).
Har qanday organizm mazkur joyda necha ming yillar davomida yuzaga kelgan (o'z atrofidagi) muhit bilan birgalikda bir butunni tashkil etganidan, kishilar o'simliklar bilan hayvonlarni parvarishlash yuzasidan olib boradigan ijodiy ishlarida mavsumiy hodisalarni kompleks tarzda o'rganmasdan iloji yo'q. Bunga tirik tabiat qonunlarini bilishga imkon beradigan umumiy fenologik kuzatuvlar yordamida erishish mumkin, xolos. Umumiy fenologik kuzatuvlar haqiqiy tadqiqot ishining boshlanishi hisoblanadi va bar qanday tadqiqot singari o'qituvchiga atrof tabiatda u ilgari payqarnagan narsalarni ko'rishga imkon beradi. O'qituvchi mohirlik bilan boshchilik qiladigan bo'lsa, fenologik kuzatuvlar o'quvchilarga ham tarbiyaviy jihatdan ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Maktabda umumiy fenologik kuzatuvlardan tabiat-shunoslikka doir sinf mashg'ulotlarini joyning tabiati va xo'jaligi bilan bog'lab olib boriladigan metod sifatida foydalanish mumkin va lozim.
O'qituvchi ko'p yillik fenologik kuzatuvlarga asoslanib, jonajon o'lkaning ekologik xarakteristikasi uchun asos bo'lib qoladigan o'rtacha ko'rsatkichlarni chiqarib olishi kerak.
Yerning shakli, sutkalik va yillik harakatlari bilan hali tanish bo'lmagan uchinchi sinf o'quvchilariga tabiatdagi ko'pgina mavsumiy o'zgarishlarni ilmiy tarzda tushuntirib berish uchun Yer yuzasi ustida Quyosh holatining sutka davomida va turli mavsumda qanday o'zgarishini va shunga bog'liq holda turli holatini kuzatish muhim ahamiyatga ega. Mana shu kuzatuvlarni tashkil etish va o'tkazish ustida to'xtalib o'tamiz.
O'qituvchi birinchi mashg'ulotdayoq o'quvchilar tabiat-shunoslik darslarida nimalarni o'rganishlari bilan tanishtiradi va ularga qaysi vaqtda tong otishini (qachon yop-yorug' bo'lib ketishini) va qaysi vaqtda qorong'u tushishini (qachon hammayoq qop-qorong'i bo'lishini) hafta davomida «Kundalik kuzatish daftari»ga yozib borishni taklif etadi. Dastlabki 1- va 2- kunlari bu borada bolalarga ota-onalari yordam berib turganlari ma'qul, chunki bolalarning ko'pchiligi soatga qarab vaqtni aniqlash malakasini hali egallab olmagan bo'ladi (uchinchi sinf o'quvchilari vaqt birliklari bilan o'quv yilining birinchi choragida tanishadilar), Bolalar «Kundalik kuzatish daftari»ga yozib kelgan yozuvlarning to'g'riligini o'qituvchi har kuni matematika darsida tekshirib chiqadi. Hafta oxirida matematika darsida bolalarga «Kundalik kuzatish daftari»ni tayyorlab qo'yish va yonma-yon o'tirgan o'quvchilarga yozib kelingan yozuvlarning to'g'riligini bir-biringizdan tekshirib ko'ring, bu yozuvlar nimani bildirishini bir-biringizga tushuntirib bering, deb taklif etiladi. Bolalar bu ishni qiziqish bilan bajarishadi, agar yozuvlarda ba'zi tafovutlar bo'lsa, olingan natijalarni muhokama qilishadi fbunday tafovutlar bo'lishi muqarrar, chunki bolalar kunning boshlanishi bilan oxirini ko'rsatadigan aniq mezonni hali bilishmaydi). Tong bilan oqshom boshlangan vaqtni hammadan ko'ra aniq belgilab kelgan ba'zi o'quvchilar o'z yozuvlarini darsda o'qib berishadi, boshqa o'quvchilar esa yozuvlarida farq bo'lsa, ularni tuzatishadi. So'ngra o'qituvchi yonma-yon o'tirgan ikki o'quvchiga kun bilan tunning uzunligini hisoblab chiqishni taklif etadi. Bir sutka 24 soat ekanini bolalar endi bilishadi. Zarur hisoblarni bolalarning o'zlari bajarishlari muhim. O'qituvchi olingan natijalarni aniqlashtirib beradi va kun bilan tunning uzunligi ko'rsatkichlari bundan keyin o'zgarmasdan qolaveradimi yo'qmi, degan savolga javob berishni o'quvchilarga taklif etadi. Yilning turli fasllarida bu ko'rsatkichlar o'zgarib turishini bolalar endi bilishadi. Shu sababdan bu gapni tasdiqlab berish uchun kuzatuvlarni davom ettirish kerak bo'ladi.
O'quvchilarga kun bilan tun uzunligining o'zgarib borishi ustidagi kuzatuvlarni oyiga bir marta, taxminan oyning 20—22-sanasida olib borish (sentabrda bunday ishni oy oxirida ham o'tkazish mumkin) va natijasini «Kundalik kuzatish daftari»ga yozib qo'yish vazifasi topshiriladi. Kuzgi va bahorgi tengkunlik, quyoshning qishki va yozgi vaqtlarda chiqishining qachon boshlanishini bolalarning o'zlari kuzatish jarayonida aniqlab oladigan bo'lishlari juda muhimdir.
Kun bilan tun uzunligini o'zgarib borishi ustidagi kuzatuvlar bilan bir qatorda Quyoshning Yer yuzasiga nisbatan holati, haroratning o'zgarishi ham kuzatib boriladi. O'quvchilar jonsiz tabiatning mana shu hodisalari o'rtasidagi bog'lanishni va o'simliklar bilan hayvonlar hayotida ro'y beradigan o'zga-rishlarning shu hodisalarga bog'liqligini tezda payqab oladilar. Jonli va jonsiz tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarni kuzatib borish natijasida o'quv yili oxiriga kelib, o'quvchilarda jonajon o'lka tabiatining bir butunhgi haqida yaxlit tushuncha hosil bo'lishi kerak. Kuzatuvlar maqsadini bolalar o'quv yilining boshidayoq anglab oladigan bo'lsa, ish qiziqarli mashg'ulot tusini oladi. Mazkur ishni o'quvchilar diqqat bilan, juda aniq bajaradigan, hatto unga ijod elementlarim kiritib boradigan bo'lishlariga erishmoq zarur.
Tarqatib chiqiladigan tabiiy materialni o'rganish jarayonida bolalarda kuzatuvchanlik va diqqat-e'tibor rivojlanib boradi. O'qituvchi avval kuzatuvlarning batafsil rejasini berishi, o'rganilayotgan obyektning muhim belgilari bilan xossalarini qaytariqa aniqlash kerakligini darslarning birida ko'rsatishi kerak, xolos. Masalan, xiyobonga (maktab yer maydoni, bog'i, tabiatga) ekskursiyaga chiqilganda bolalar o'z o'lkaiarida eng ko'p tarqalgan ba'zi daraxtlar, butalar va o'tlar bilan tanishib, bargli va mevali shox-novdalar namunasini, yaxlit holdagi o't o'simliklarni yig'ib keladilar. Keying! darsda esa o'rganilayotgan shu o'simliklarning belgilari aniqlanadi. O'qituvchi yonma-yon o'tirgan ikkita o'quvchiga bir-biriga taqqoslash yo'li bilan daraxtlarning barglari va mevalarining tuzilishidagi o'xshashlik va farqni, yana ikkita o'quvchiga butalarning barglari bilan mevalari tuzilishidagi o'xshashlik va farqni topishni (agar bular bo'lsa), uchinchi juft o'quvchiga o'tsimon o'simliklarning qismlari bilan tanishib, solishtirib ko'rishni va o'xshashlik hamda farqini aniqlashni taklif etadi. O'quvchilar ishni bajarar ekanlar, obyektlarni diqqat bilan ko'rib chiqadilar, o'z kuzatuvlari haqida avval bir-birlariga so'zlab beradilar, keyin bar bir guruhdan bitta o'quvchi o'z kuza-tuvlarining natijasi to'g'risida butun sinfga gapirib beradi. Shu tariqa ularda o'rganilayotgan daraxtlar, butalar va o'tlar haqida, ularning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida yaxlit tushuncha hosil bo'ladi, ular ko'rib chiqqan narsalarini yaxshiroq eslab qoladilar.
Dars oxirida o'qituvchi kuzatuvlar davomida aniqlangan ko'pdan-ko'p faktlarni umumlashtirishga va o'simlikiarning yashash muhiti bilan o'zaro bog'liqligi to'g'risida xulosa chiqarishga yordam beradi. Keyinchalik o'qituvchi bolalarga biror topshiriq berar ekan, bajarilgan ish uchun bir-biriga baho qo'yishni taklif etishi mumkin. Demak, o'quvchilarning har biri o'quv yili davomida goh o'quvchi, goh o'qituvchi rolini bajarib, o'qituvchiga yordamchi bo'lib borishi mumkin. Pirovard natijada, o'qituvchi bilan o'quvchilar o'rtasida o'zaro ishonch munosabatlari tarkib topa boradi, ya'ni hamkorlik pedagogikasiga ilk qadamlar qo'yiladi.
Kuzatuvchanlik va diqqat-e'tiborni rivojlantirish uchun, masalan, hayvonlarning xulq-atvorini kuzatish foydalidir. Chunonchi, tabiatga ekskursiyaga chiqilganda bolalar chumchuq, jiblajibon, qarg'a va maynalarning yer yuzida qay tariqa harakatlanishini kuzatishib, o'qituvchidan ularning yurishlarini imkoni boricha o'xshatib namoyish qilib ber, degan topshiriqni olishadi. Yoki boshqa bir kuzatuv olib borish: musicha, chittak, chumchuq, qarg'a, mayna, zag'izg'onlar qanday ovoz chiqarishini tinglash va kuzatuvlardan keyin shu tovushlarga taqlid qilib, tovush chiqarish o'quvchilardan so'raladi. O'quvchilarning ba'zilari qushlarning ovozi va harakatlariga taqlid qiladilar, boshqalari o'z o'rtoqlarining qanday qushlarga taqlid qilayotganini aniqlab borishadi. Bu mashg'ulot quvnoqlik bilan, qiziqarli o'tadi, natijada bolalar yovvoyi qushlarning hayoti to'g'risidagi tasavvurlarga ega bo'lishadi, ularda bu qushlarga nisbatan qiziqish va ular hayotini yana kuzatib borish, ularni asrash, qishda boqish istagi paydo bo'ladi. Xuddi boshqa har qanday ishda bo'lgani kabi, bu ishda ham kuzatuvlar natijalariga qarab «Kundalik kuzatish daftari»ga tegishli yozuvlar yoziladi va rasm chiziladi.



Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin