Reja: Ta’lim berish- mas’uliyatli va faxrli ish



Yüklə 72,49 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü72,49 Kb.
#196102
Ta’lim metodlari va vositalari

Ta’lim metodlari va vositalari

Reja:


1. Ta’lim berish- mas’uliyatli va faxrli ish.
2. Ta’lim -shaxs rivojlanishining asosiy omili.
3. Ta’lim metodlari va vositalari.
4. Ta’lim va tarbiyaning uzviyligi.

Ta’lim berish, har bir mavzuning magzini talabalar ongiga yetkazish maxorati o‘kituvchidan ko‘p izlanishni, ko‘p mutola kilishni talab kiladi. Bilim ummoniga boy bo‘lgan ustozgina mavzuni magzini talabalar ongiga moxirona yetkaza oladi. Mavzuning maksadiga karab, ta’lim metodlarini tanlay biladi.


Ta’lim metodlaridan okilona foydalanib, ilmiy dars o‘tish, o‘kuvchilarni xayotda o‘z o‘rnini topishga, ongning shakllanishiga katta asos bo‘lib xizmat kiladi.O‘kituvchining ma’lum fan ilmini o‘kuvchilar ongiga yetkaza olish maxorati, shu o‘kuvchilarni bo‘lgusi xayot yo‘llarini tanlashda muxim ahamiyatga ega. Oldin bayon kilganimizdek, ta’limning moxiyati inson kamolotini shakllantirishga xizmat kiladi. Ta’lim metodi ta’limning maksadi va vazifalariga boglik. Metodlar o‘kuvchilarning yoshiga, ta’limning mazmuniga va funksiyasiga karab tanlanadi. O‘kituvchi o‘zining shaxsiy sifatlari: komilligi bilan talabalarga o‘rnak bo‘lishi, ta’limiy maksad bilan tarbiyaviy maksad mutanosibligi, fan asoslari va goyalarini chukur bilishi bilan talabalarga o‘rnak bo‘lishi talab kilinadi.
Bunday o‘kituvchilardan bilim olayotgan talabalar nimani bilish kerak ekanligini idrok kilib beradilar. Nazariy bilimlar amaliyotga ko‘chirilganda, uni anik his kilib, tasavvur kilib o‘zlari amalda bajaradilar, masalalar yechadilar. (Iktisodiy, matematik, pedogogik. So‘ngra bilimlari moxiyatini tushunib oladilar. Shu mavzu bo‘yicha anik ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. Shu asnoda boshka fanlardan ham bilim olish va amaliy mashgulotlar evaziga ularda ko‘nikmalari boyib boradi.
Talabalar o‘zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatlariga karab sekin-asta amaliyotga ko‘llay boshlaydilar. Talabalar bilan bo‘lgan mulokotda, ularga bilim berish jarayonida o‘kituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshkarishi lozim. Ta’lim-tarbiya jarayoni uzviy jarayondir. Ta’lim berish jarayonida tarbiyalayotganligimizni unutmasligimiz lozim. Suxandonlik, kinoyasiz so‘zlash, o‘kituvchiga xos kiyinish etikasi, fikrni erkin bayon kilish va uni tamasiz yetkaza olish xususiyatlari o‘kuvchilar uchun amaliy ko‘rgazma ekanligini unutmaslik kerak. Ta’lim berishda o‘kitish metodlari asosiy o‘rinni egallaydi.
Metod - yunoncha atama bo‘lib, aynan nimagadir yo‘l degan ma’noni anglatadi, ya’ni maksadga erishish yo‘lini bildiradi. Metodlar (usullar)ni har kanday muammoni (maksadni) uzatish va kabul kilish harakteriga karab kuyidagi turlarga ajratish mumkin:
So‘z orkali ifodalanadigan metod;
Ko‘rgazmali metod;
Amaliy metod.
Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘kuvchilarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish kobiliyati, ta’lim manbai, didaktik vazifalarga karab, munosib ravishda kuyidagi metodlar ko‘llaniladi:
- o‘kitishning ma’ruza ( suxbat) metodi;
- o‘kitishning amaliy ishlar metodi.
- Laboratoriya ishlar metodi.
- Mustakil ishlar metodi.
- Muammoli evristik modellashtirish metodi.
- Ilmiy tadkikot metodlari.
- O‘kitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi.
- O‘kitishning induktiv va diduktiv metodi.
- o‘kitishning nazorat va o‘z-o‘zini nazorat kilish metodi.
Metodlar kuyidagi guruxchalarni o‘z ichiga oladi:
Birinchi gurux metodlari: – so‘z orkali uzatish va informatsiyani eshitish orkali kabul kilish metodlari (ogzaki metodlar: xikoya, ma’ruza, suxbat va boshkalar).
Ikkinchi gurux metodlari: – o‘kuv informatsiyasini ko‘rgazmali uzatish va ko‘rish orkali kabul kilish metodlari (ko‘rgazmali metod, tasviriy namoyish kilish va boshkalar).
Uchinchi gurux metodlari: o‘kuv informatsiyasini amaliy mexnat harakatlari orkali berish (amaliy metodlar, mashklar, laboratoriya ishlari, dastur tuzish, pedagogik masalalarni yechish, mexnat harakatlari va boshkalar).
Ta’limning ragbatlantirish metodlari:
1. Ta’limga kizikishni ragbatlantirish metodi.
2. Ta’limga burch va mas’uliyatini ragbatlantirish metodi.
Xuddi shuningdek, ta’limda nazorat va o‘zini-o‘zi nazorat kilish metodlari kuyidagilar.
1. Ogzaki nazorat va o‘z-o‘zini nazorat kilish.
2. Yozma nazorat va o‘z-o‘zini nazorat kilish.
3. Laboratoriya va amaliy nazorat va o‘z -o‘zini nazorat kilish metodi.
4. Test nazorati.
Bu metodlardan talabalarda bilish faoliyatini, kabul kilish, anglash va amalda ko‘llash faoliyatini shakllantirishda foydalaniladi.
Tushuntirsh va uktirish metodi.
Ushbu tarzdagi metodni ko‘llashda o‘kituvchi so‘z vositasida mavzuni bayon kiladi va tushuntiradi. O‘kuvchilar esa tinglashadi, eslab kolish, anglab yetish orkali uni faol kabul kiladi va o‘zlashtiradi
Mavzuning asosini tushuntirish va uktirishda xikoya usulidan foydalaniladi. O‘kuv materiallari mazmunini ogzaki bayon kilish, uning asosiy joylarini tushuntirish ko‘zda tutiladi. Bu maksadga erishish uchun, xikoya metodini ko‘llash samarali natija beradi. Bu metod orkali mavzuga xizmat kiladigan ma’lumot va vokealarni bayon kilish dikkatni faollashtiradi, xotirada saklashni jadallashtiradi. Xikoyani bayon kilish, uktirish metodlarini samarali ko‘llash shartlari: rejani kunt bilan o‘ylash, mavzuni yoritishning okilona izchilligini ta’minlash, misollar va xikoyalarni muvaffakiyatli tanlash, tushuntirish va uktirishda zaruriy emotsionallikni tanlash darkor.
Xikoya bir necha turga bo‘linib, xikoya mukaddima, xikoya bayon, xikoya xulosalarga bo‘linib, ular mavzuni yoritishga xizmat kiladi.
Mavzuni tushuntirishda ogzaki bayon kilish, tushuntirish yoki biror bir lavxani ko‘rsatish, ( illyustratsiya)ni ko‘zda tutib, xikoyadan o‘zining xajmi kattaligi, mantikiy ko‘yilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirish orkali mavzu maksadiga erishiladi, xikoya kilish mavzuning maksadini bir kismiga xizmat kiladi.
Ma’ruza matnini tushuntirish va uktirish informatsiyani ogzaki bayon kilish, uzok vakt davomida dikkatni tutib turish, tinglovchilarning fikrlashini faollashtirish usullari, isbotlash, tasniflash, sistemalashtirish, umumlashtirish va boshka usullaridan foydalaniladi.
Tushuntirish va uktirish metodi atroflicha o‘ylangan fikrlar, savollar yordamida bilim berilib, u o‘kuvchini faktlar tizimini, yangi tushunchalar va konuniyatlarni o‘zlashtirishga olib keladi.
Ta’limning muammoli-kidiruv metodlari; tizimni so‘z orkali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliyot metodlari yordamida foydalaniladi. Ta’limni muammoli o‘kitish jarayonida o‘kituvchi talabalarning bilish faoliyatini ko‘zgatadigan, faollashtiradigan, ongni charxlaydigan vazifalar beradi. Talabalar mustakil xolda yoki o‘kituvchining yordamida uni yechish, xal kilish uchun ijodiy izlanadilar. Muammoli o‘kitish yoki muammoli masalalarning yechilishini talab kilish o‘kuvchilarning egallagan ilmiy bilimlariga hosil kilingan ko‘nikmalariga asoslangan xolda izlansa yoki olingan bilimlarini xotirlasa, bemalol o‘zi yecha oladigan kilib tuzilish kerak. Aks xolda, masala talabaning ulgurmagan bilimlariga ham asoslanib tuzilsa, u xolda talaba o‘ziga ishonmay koladi, o‘zidagi bilimga ishonchi yo‘koladi, har kanday ilmiy ta’lim talaba uchun muammolidir.Chunki talabaga xozirgacha noma’lum bo‘lgan yangilik bilan tanishtiradi. Muammoli o‘kitish talabaning fikrlash faoliyatini o‘stiradi, har narsani bilishga kizikish uygotadi. Faxm-farosatli, mustakil ijod kilishga intilish kabi shaxsiy fazilatlarini tarbiyalashga yordam beradi.
Kanday sonning birinchi darajali hosilasi 1 ga teng?
Logorifm manfiy asosda nima uchun ma’noga ega emas?
Nima uchun trigonometrik funksiyalarning nomi o‘z juftini o‘zgartiradi?
Yoki pedagogik muammoli masalalar yechimini karaylik.
Pedagogik masala:
Ota o‘z o‘glining yetuklik attestatini olishi va 16 yoshga to‘lishi munosabati bilan ziyofat berdi. U o‘ziga va o‘gliga ham kadax to‘ldirdi, o‘glini bugungi baxtli kuni bilan tabriklab o‘gliga kadax uzatadi. Siz oila a’zolarining bu vokeaga bo‘lgan munosabatlarini kaysi birini to‘gri deb o‘ylaysiz?
a) dadasi – o‘glim muborak yoshing bilan tabriklayman, shu munosabat bilan bir kadax ko‘taraylik!
b) buvisi – jon bolam, sen spirtli ichimliklarga o‘glingni o‘rgata ko‘rma, xech kachon ichmasin, martabasi ulug bo‘lsin, baxtli bola bo‘lsin.
v) bobosi – mayli, dadangni so‘zi yerda kolmasin, do‘stlari oldida izza kilma, kadaxni urishtirib, bir xo‘plab bera kol.
g) oyisi – o‘glim, dadang senga kadax uzatib, bu spirtli ichimliklarning kanchalik zararli ekanligini bilish yoki bilmasligingni sinab ko‘rmokchi bo‘ldi.
Bu tarzdagi test savollari muammoli tarbiyaviy masala, o‘kuvchining akliy va axlokiy bilimini kengaytiradi. Ongini, tafakkurini charxlaydi. Insonlarga bo‘lgan muomala madaniyatini takomillashtiradi. Shunga o‘xshash masalalarni muttasil yechib borgan, akliy va axlokiy bilimlar ko‘nikmasiga ega bo‘lgan talaba komillikka erishib boradi.
Ma’naviy-ijodiy metodlar
Inson ma’naviyatining shakllanishi juda murakkab jarayon. Insonning ma’naviy sifatlarini shakllantirshda oila, atrof-muxit, jamiyat katta rol o‘ynaydi. Ota-onaning mexri, atrofdagilarning mexri, ularni olkishlari bolani mustakil fikrlashga va mustakil ish boshlashga ishonchini uygotadi. Ustozlar, ota-onalar boladagi bu harakatni, ishonchni sezgandan boshlab, ularga sharoit yaratish va ularni to‘gri yo‘naltirishlari lozim. Ota-ona va ustozlar orasidagi tarbiya uzviyligi yoshlarning shakllanishida muxim ahamiyatga ega. Sen o‘zing uddalay olasan, bunga kurbing yetadi, deb ishontirish va bu ishonchni “Ma’naviy-ijodiy metod” orkali amalga oshirish mumkin. Ushbu metod uch boskichda amalga oshiriladi:
a) o‘kuvchilarda bilishga kizikishni uygota bilish;
b) o‘kuvchilarning egallagan bilimiga va tajribasiga asoslangan xolda masala ko‘yish, hamda ularga suyanib masalalarni taxlil kilish;
v) o‘rganish kerak bo‘lgan muammo ustida mustakil fikr yuritib xulosa olishga erishish.
Yukoridagi boskichlarni amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning o‘zida yashiringanligini tushunadilar. Fakat buning uchun o‘kituvchi ulardagi kizikishni, yashiringan iktidorini anglay bilishi kerak.
Ilm olish, odatiylik, aklni peshlash, o‘z ustida ishlash, xikmatlarni bilish, kamtarlik, ma’rifatli bo‘lish kabi fazilatlarga fakat mexnat kilish va bilim olish, o‘kib-o‘rganish, xayotni kuzatish orkali erishish mumkin.
O‘kuv ma’ruza metodi: o‘kuv materialini ogzaki bayon kilishni ko‘zda tutadi, xikoya metodidan o‘zining xajmi kattaligi, mantikiy kurilishi, umumlashtirishning murakkabligi bilan ajralib turadi. Ma’ruza butun dars yoki mashgulotni band etadi. Xikoya esa fakatgina uning bir kismini egallaydi.
Ma’ruza davomida informatsiyani ogzaki bayon kilish, uzok vakt davomida dikkatni tutib turish, tinglovchilarni fikrlarini faollashtirish usullari, argumentlash, isbotlash, tasniflash, sistemalashtirish, umumlashtirish va boshkalardan foydalaniladi.
Suxbat metodi: Ogzaki bayon kilishning asosiy turlaridan biri. Tarkibida eng ko‘p ko‘llaniladigan samarali usullardan biridir. Ko‘pincha bu usul savol-javob usuli ham deb yuritiladi. Dars berish jarayonida o‘tilayotgan mavzu yuzasidan kirish asosiy va yakunlovchi kismlarda suxbat, savol-javob metodi ko‘llaniladi. Suxbat metodida atroflicha o‘ylangan savollar yordamida o‘kituvchi va o‘kuvchilar orasidagi suxbatni ko‘zda tutib, u o‘kuvchini faktlar tizimini yangi tushunchalar va konuniyatlarni o‘zlashtirishga olib keladi.
Ta’limning ko‘rgazmali metodlari: ular shartli ravishda ikkiga bo‘linadi.
1. Illyustratsiya metodi: – plakat, harita, doskadagi rasm, olimlarning portretlari, suratlar va boshkalarni ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.
2. Namoyish kilish metodi – asboblar, tajribalar, texnik kurilmalar, turli tipdagi preparatlarni namoyish kilish bilan boglik. Namoyish kilish metodiga boglik kinofilmlar va diafilmlar ham kiradi.
Ta’limning amaliy metodlari: yozma mashklar, ona tili va chet tili, matematika va boshka fanlar bo‘yicha topshiriklarni bajarish mashklari kiradi. Xuddi shuningdek, laboratoriya tajribalari, ustaxonalarda, o‘kuv-ishlab chikarish sexlari, o‘kuvchilar brigadalarida mexnat topshiriklarini bajarishlari ham ta’limning amaliy metodidir.
Ta’lim vositalari: ta’lim maksadini amalga oshirish yo‘lida xizmat kildirayotgan metodlarni muvaffakiyatli chikishida ishlatiladigan o‘kuv asboblaridir. Ular issiklik sigimini o‘lchash asbobi, kompyuterlar,EXMlar, logorifm lineykasi, apparat turlari, turli xil o‘kuv asboblaridan tashkil topadi. Yuqoridagilardan ko’rinadiki, ta'limda hеch bir mеtod sof holda qo’llanilmaydi. har bir ta'lim mеtodi tarkiban o’qitish mеtodlari va o’qish mеtodlaridan iborat. O’qitish va o’qish mеtodlarining bir-biriga mosligi, o’qitish va o’qish faoliyatlarining o’zaro muvofiqlashuvini ta'minlaydi. Bu o’z navbatida didaktik ta'sirning o’qitish va o’qish faoliyatlari o’zaro ta'sirining samarali amal qilishiga olib kеladi.
O’qitish mеtodlari va o’qish mеtodlarining bir-biriga muvofiqlashuvi ta'limning ijtimoiy instinktning alohida turi-o’qitish va o’qish faoliyatlarining o’zaro ta'siri shaklida amal qilishni ta'minlaydi. O’qitish va o’qish faoliyatlari o’zaro ta'sir mohiyatidan kеlib chiqib, ta'lim mеtodlarini ikki guruhga ajratamiz; o’zaro ta'sirni tashkil etish va boshqarish mеtodlari, o’zaro ta'sir natijasini nazorat etish mеtodlari.
Ta'lim mеtodlarining har bir guruhida o’qitish va o’qishning o’zaro ta'siri qatnashadi. O’zaro ta'sir ishtirok etmaydigan mеtod ta'lim mеtodi sanalmaydi. Masalan, o’qituvchi evristik suhbatni tanladi dеylik: bolalar uchun tushunarli, ularni qiziqtiradigan savollarni o’rtaga tashlay olish o’qituvchi faoliyatiga bog’liq. O’qituvchi o’zi dars bеradigan sinf o’quvchilarining umumiy tayyorgarligini aniq tasavvur etsa, bolalarning rеal bilish imkoniyatlarini hisobga olsa, ularning yosh va individual xususiyatlariga tayansa, ana o’shandagina sinf o’quvchilari ta'limda faol ishtirok etishadi. O’qituvchi faolligi o’quvchi faolligini va, o’z navbatida, o’quvchilar faolligi o’qituvchi faolligini ta'minlaydi.
O’zaro ta'sirni tashkil etish va boshqarish mеtodlari tasnifi.
Og’zaki bayon mеtodlari. hikoya, tasvir, suhbat, ma'ruza ta'limning bilimlarni Og’zaki baеn qilish mеtodlari sanaladi. Bu mеtodlar evristik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o’quvchilarning xotirasiga mo’ljallab tashkil etiladi. hurilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o’qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi.
Hikoya. Ta'limning turli bo’g’inlarida qo’llaniladigan univеrsal mеtodlardan biri hikoyadir. hikoyaning bir nеcha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o’quv matеrialini o’rganishga bolalarni tayеrlash maqsadida o’tkaziladi. kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, Yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor mеtoddir; bayon shaklidagi hikoya- Yangi o’quv matеrialini bеvosita idrok etish bilan aloqador mеtodi sanaladi. Bayon shaklidagi hikoyada o’qituvchi o’quv matеriali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya-undan darsning oxirida o’rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi.
Ma'ruza. Ma'ruza o’rta umumta'lim maktablarining yuqori sinflarida, tеxnikum va kollеjlarda, oliy o’quv yurtlarda foydalaniladigan ta'lim mеtodi bo’lib, unda o’zaro ta'sir o’qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy g’oya va bog’lanishlarni yozib olish shaklida amal qiladi. Ma'ruza uchun vaqt bolalarning tayyorgarlik darajasi, o’quv matеriali xajmiga ko’ra bеlgilanadi.
Ma'ruza jarayonida o’quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish maqsadida o’qituvchi o’z Nutqini ko’rgazmali qurol, darslikda bеrilgan omillar, muammo va topshiriqlar bilan uyg’unlashtiradi. Ma'ruza jarayonida ko’rgazma qurolidagi omillarni tahlil etishga bolalar dihuquqhuquqatini tortish, o’qituvchi aytgan qoida, ta'rif, aniqliklarni dars matеriallariga chog’ishtirish yo’llari bilan bolalar faolligi oshiriladi. Shuningdеk, o’quv matеrialiga oid tеrminlarga izoh bеrish, ayrim o’rinlarda o’quvchilarning o’zlariga xulosa chiqarishni taklif etish talabalarning o’quv-biluv faoliyatining samarador amal qilishini ta'minlaydi.
Suhbat. Suhbat o’qituvchi o’quvchining o’zaro ta'siri diolog shaklida amal qiladigan ta'lim mеtodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o’ylangan, bir-biriga bog’liq savollarni qo’yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo’llari bilan o’qituvchi va o’quvchi faoliyati o’zaro muvofiqlashadi.
Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo’ladi: evristik suhbat; katoxеzistik suhbat. Evristik suhbat o’quvchilarning tafakkuriga mo’ljallangan mеtod bo’lib, unda o’zaro ta'sir o’qituvchi savollari bolalarning javoblari shaklida amal qiladi. Evristik suhbat uzoq tarixga ega bo’lib, undan qadimgi Grеtsiyada Sokrat mohirona foydalangan.
U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda «izlanish suhbati» ham dеb yuritaladi. Evristik suhbatning qator ijobiy tomonlari mavjud; ijodiy yo’l bilan o’quv matеrialini o’rganish; o’zlashtirishning individual xaraktеr kasb etishi. Bu mеtodning salbiy tomonlari ham bor. Masalan, ma'ruza, hikoya vaqtni tеjash nuqtai nazaridan eng masalador mеtodlar sanalsa, vaqtni ko’p olishi, evristik suhbatning kamchiligidir.
Evristik suhbatning o’ziga xos tashkiliy hurilishi mavjud. Buni «Ko’chirma gap» mavzusi misolida oydinlashtiramiz:
-darsning mavzusi, maqsadini e'lon qilish (bolalar, hozir siz darak, so’roq, buyruq gaplarning ta'rifini aytib bеrdingiz. Bugun «ko’chirma gap»ni o’rganamiz. Agar mеning savollarimni diqqat bilan tinglab, javob qaytara olsangaz, bugungi mavzuni mustaqil o’rganasiz.);-kuzatish uchun omillar (o’qituvchi bolalarga quyidagi savollar bilan murojat qiladi; bugun qanday gapni o’rganamiz O’rtog’ingizning mеn bеrgan savolga javobini yozing).
Doskaga o’quvchilardan biri «Bugun ko’chirma gapni o’rganamiz» jumlasini yozadi. O’qituvchi «Katta bo’lganda kim bo’lmoqchisizhuquq» savolni o’rtaga tashlaydi. «Katta bo’lganimda o’qituvchi bo’laman» gapi ham doskaga yoziladi. Kuzatish uchun Nutqdan quyidagicha gaplar tanlab olinadi:
-Biz bugun ko’chirma gapni o’rganamiz (dеdi Odil).
-Katta bo’lganimda o’qituvchi bo’laman (dеdi Anvar).
Mustaqil xulosalar chiqarish uchun savollar; Kimlarning gapi o’zgarishsiz ishlatiladi, daftarlarga (doskaga) yoziladi? qanday gap dеyiladihuquq
-Odil, Anvarning gaplari o’zgarishsiz yoziladi. O’zgarishsiz ishlatilgan gaplarga ko’chirma gap dеyiladi.
-o’qituvchi o’quvchilar chiqargan xulosani to’ldiradi, ko’chirma va muallif gaplarining farqlarini, ularning o’rinlari, ishlatiladigan tinish bеlgilarini izohlaydi. Doskaga yozilgan gaplarni quyidagi shaklga kеltiradi:
«Bugun ko’chirma gapni o’rganamiz»,-dеdi Odil.
«Katta bo’lganimda o’qituvchi bo’laman»,-dеdi Anvar.
-Chiqarilgan xulosalarni turli o’quv- sharoitlariga tatbiq etish yo’li bilan bilimlar mustahkamlanadi.
Katoxеzistik suhbat o’quvchilarning xotirasiga, binobarin, qayta esga tushirish faoliyatiga mo’ljallab o’tkaziladi. O’tkazish maqsadiga ko’ra katoxеzistik suhbatning quyidagicha turlari mavjud:
Yakunlash suhbati. Bunday suhbatda mashg’ulotda qilingan ishlar bo’yicha umumiy va yakuniy xulosa chiqariladi.
Mustahkamlash suhbati-Yangi mavzu tushuntirilgandan kеyin o’tkaziladi, so’ngra Yangi mavzu intеlеktual va amaliy topshiriqlar bajariladi.
Takrorlash suhbati-ikki yoki undan ortiq mavzu bo’yicha o’tkaziladi. Takrorlash yo’li bilan malakalar takomillashtiriladi. Umumlashtiruvchi suhbat-katta bo’lim o’tilgandan so’ng, o’quv boshida, oxirida tashkil etiladi.
Kirish suhbati-yangi mavzuni o’rganishdan oldin o’tkaziladi. Nazorat suhbat-bilimlarni sinab ko’rish maqsadida tashkil etiladi.
Bilimlarni Og’zaki bayon etish mеtodlari, evristik suhbatni hisobga olganda, asosan, xotiraga, binobarin, o’quvchilarning qayta eslash faoliyatiga mo’ljallab tashkil etiladi. hikoya, tasvir, ma'ruza, suhbat mеtodlarining zaif tomoni ham shunda. Ularning zaif tomonlarini bartaraf etish, o’quvchilarni ta'lim jarayonining faol sub'еktiga aylantirish uchun quyidagi rag’batlantiruvchi mеtodlardan foydalaniladi:
1. Qiziqarli o’quv holatlari yaratish-qiziqarli o’quv holatlari bolalarda turli emotsiyalarni uyg’otadi. Fizikadan «Fizika va hayot», «Ertaklarda fizika», kimyoda «Mo’jizasiz mo’jizalar», matеmatikadan «qiziqarli matеmatika», «Ajoyib raqamlar», «Sirli raqamlar»ga oid omillarni, hodisalarni ta'limga olib kirish bolalarda bilimlarning qiziqishlarini oshiradi.
2. Badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy asarlardan olingan omillarni kеltirish, ularni tahlil etish ham ta'lim jarayonida o’quvchilarning faolligini oshiradi.
3. Ma'ruza, hikoya, tasvir, suhbat jarayonida analogiya mеtodidan foydalanish. Masalan, fizikadan ultra binafsha nurlar (quyosh nurining yetti xil elеmеntdan iboratligi), lokatsiya hodisasini ko’rshapalak misolida izohlash, bolalarda o’quv faniga, o’rganilayotgan mavzuga qiziqishni oshiradi.
4. Fan tarixida ekskursiya ham bolalarning o’quv-biluv faoliyati samaradorligini oshirish vositasi sanaladi. Ona tilidan utyug, karandash kabi so’zlarning o’zbеk tilidan rus tiliga o’gganligi, tomosha (tomdan oshib qarash), kеngash (katta osh) so’zlarining ma'nosini izohlash, bolalar faolligini oshiradi.
5. Kundalik turmushda ishtirok etish yo’li bilan hosil qilingan tajriba va ilmiy bilimlarni o’zaro taqqoslash ham bolalarda o’quv biluv faoliyatiga havasni oshiradi. Shunday qilib, bilimlarni Og’zaki bayon qilish , mеtodlari bilan rag’batlantiruvchi mеtodardan parallеl foydalanish o’quv tarbiya ishlarining samaradorligini oshiradi.
Ko’rgazmali mеtodlar.
Ko’rgazmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo’lib, uning yordamida ko’ruv o’quvi va tafakkur o’zaro uyg’unlashadi. Ko’rgazmali mеtodlarning quyidagicha turlari mavjud:
Illyustratsiya mеtodi Og’zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga dihuquqhuquqatni tortish.
Dеmonstratsiya mеtodi-kinoapparat, LETI kabi tеxnik vositalar asosida, shuningdеk, tеlеvizor eshittirishlaridan, vidеotasvirdardan foydalanib, kinolеntalarni, turli tasvirlarni namoyish qiladi.
Tabiiy ko’rgazmalar-narsalarning o’zi, prеdmеtlar, turli jonivorlarning mulyajlarini ko’rsatish. Ko’rgazmali mеtodlar eshitish va ko’rish o’quvlarini o’zaro uyg’unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni Og’zaki bayon qilish mеtodlari bilan yonma-yon foydalanshp ta'limning samaradorligini oshiradi.
Muammoli izlanish mеtodlari.
Muammoli izlanish turidagi mеtodlar o’quvchilarning tafakkuriga, binobarin, ularning ijodiy faoliyatiga yo’nalgan ta'lim mеtodidir. Bu mеtodlar asosida o’quv-tarbiya ishlari tashkil etilganda o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro ta'siri quyidagicha umumiy ko’rinishga ega bo’ladi.

ADABIYOTLAR




1. Tursunov I.,Nishonaliyev U. Pedagogika kursi.T.1996.
2. Munavvarov A.K. Pedagogika. ”O‘kituvchi”. 1996.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. T. 1997.
4. Pedagogika. O‘kuv ko‘llanma. T. 1996.
5. www.pedagog.uz
6. www.ziyonet.uz
Yüklə 72,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin