Rezervuarlar saroyi jihozlari.
Reja
1. Texnologik va tovar rezervuarlarda neftni tindirish.
2. Neftni tindirgichlar
3.Neft saqlash idishlari
4. Rezervuarlar va ularni turlari.
Texnologik va tovar rezervuarlarda neftni tindirish.
Neft rezervuarlari xom va tovar neftini tо‘plash, qisqa muddatda saqlash va hisobga olish uchun mо‘ljallanadi. Rezervuarlarning bir guruhi bir joyga tо‘planganda rezervuar parkini tashkil qiladi.
Suvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmalaridan о‘tgan neftni qabul qilish va saqlashda xizmat qiladigan rezervuarlar parkiga-tovarlar parki deyiladi.
Neft rezervuarlari quyidagi joylarda quriladi: ular metalldan yoki temir – betondan yasaladi, yerning ustiga, yarim chuqurlashtirilgan va tо‘liq yerning ostiga joylashtiriladi. Yarim chuqurlashtirilgan va tо‘liq yerning ostiga joylashtirilgan rezervuarlar temir-betondan quriladi. Standartlarga muvofiq sig‘imi 100 dan 10000 m3.gacha bо‘ladi.
Konlarda germetiklangan naporli tizimlarning keng miqyosda tadbiq etilganligi neft rezervuarlarni sig‘im sifatida xom neftni saqlash, tovar neftni yig‘ish va saqlashda qо‘llanilishi sekinlik bilan nolga kelmoqda.
Ilgari, nogermetik tizimlarda yig‘ishda rezervuar parklari guruhli, uchastkali qurilgan, neftni markaziy yig‘ish punktlari qurilgan. Buning uchun katta hajmdagi metallarning sarfi, qurilish muddatining uzoq davom etishi ayniqsa, bunday rezervuarlarda neftni katta va kichik “nafas” olishida yengil fraksiyalarning yо‘qotilishi va 3% gacha qazib olinadigan neft yо‘qotilgan.
Neft va neft-mahsulotlarining rezervuarlari va klassifikasiyasi
Rezervuarlarning barqaror va kо‘chma idishlari har xil shaklda va о‘lchamlarda har xil materiallardan tayyorlanadi. Rezervuarlar neft yoki neft-mahsulotini saqlaydigan eng muhim inshootlaridan biri bо‘lib, u neft bazalarida, magistral neft uzatmalarida va neft-mahsulotlarining uzatmalarida qо‘llaniladi. Neft va neft-mahsulotlarini saqlash amalda bir-biridan farq qiladi: nomenklatura bо‘yicha neft, och va tо‘q rangdagi neft-mahsulotlarini saqlashga bо‘linadi. Tayyorlash materialining turiga muvofiq metall va nometallga bо‘linadi. Metall rezervuarlar pо‘lat va alyuminiy materiallaridan tayyorlanadi.
Nometalli temir betonli va plastmassali har xil sintetik materialli rezervuarlar kiradi. Bundan tashqari rezervuarlar shakli bо‘yicha ham guruhlarga bо‘linadi: tik silindrik, gorizontal silindrik, tomchi shaklida va boshqa shakllarda.
Rezervuarlarni о‘rnatish shartiga muvofiq quyidagilarga bо‘linadi: rezervuarlarning tubini sathi tekislangan maydonga nisbatan yuqori joylashadi.
Yer osti rezervuari yer sathi kо‘rsatkichidan pastda о‘rnatiladi.
Rezervuarlar har xil hajmlarda 5m3dan–12000m3.gacha о‘rnatiladi.
Yengil bug‘lanadigan suyuqliklar saqlanadigan rezervuarlar bir-biri bilan quvurlar orqali tutashtiriladi va tik holda (hajmi 50000m3.gacha) о‘rnatiladi. Bug‘lanishni kamaytirish uchun rezervuarlar gorizontal holda о‘rnatiladi. Yer osti rezervuarlarining maksimal hajmi chegaralanmagan bо‘ladi, lekin maydoni 7000 m2.dan oshib ketmaydi. Tik va yotiq holdagi rezervuarlarning devorlarini oralig‘idagi masofa bir-biriga teng olinadi. Suzuvchi qopqoqli rezervuarlar uchun 0,5 d 20 metrdan katta emas; barqaror qopqoqli va pontonli rezervuarlar uchun 0,65d–ga, lekin 30 metrdan katta emas; barqaror qopqoqli va pontonsiz rezervuarlar uchun – 0,75d–lekin 30 metrdan katta emas.
Yer osti rezervuarlarida bitta guruhda devorlarning oralig‘idagi masofa 1 metrdan kichik qabul qilinadi. Qо‘shni guruhdagi yaqin joylashgan yer usti rezervuarlari devorlari oralig‘idagi masofa 40 metr, yer osti rezervuarlarida esa 15 metr qabul qilinadi.
Pо‘lat rezervuarlar
Pо‘lat rezervuarlar shakli va texnologik qо‘llanishiga muvofiq tik silindrlar: tomchi kо‘rinishidagi; yotiq kо‘rinishidagi (sisternalar). О‘z vaqtida tik rezervuarlar past bosimli (atmosfera), pontonli rezervuarlar va sizuvchi qopqoqli rezervuarlarga bо‘linadi.
«Atmosfera» rezervuarlarini gazli fazasidagi ichki bosim atmosfera bosimiga teng va 2000 Pa (0,02 kgs/sm2)ni tashkil etadi. Bunday rezervuarlarga konusli va sferali qopqoqli qoplamalar mansubdir.
«Atmosfera» rezervuarlarida bug‘lari past elastik va kam bug‘lanadigan neft-mahsulotlari saqlanadi. Agarda bunday rezervuarlarda yuqori elastik benzin, yengil bug‘lanadigan neft-mahsulotlari saqlansa, unda maxsus qoplamalar bilan jihozlanadi. Yengil bug‘lanadigan neft-mahsulotlarini maxsus konstruksiyali rezervuarlarda saqlash samaralidir. Bu rezervuarlar suzuvchi qopqoqli va pontonli yoki yuqori bosimli, tomchi kо‘rinishida 0,07 MPa (0,7 kgs/sm2) bosimli bо‘ladi.
Yotiq holdagi rezervuarlarda kо‘p turdagi neft-mahsulotlarini saqlashda foydalaniladi, kо‘pgina holatlarda sanoat va qishloq xо‘jaligi korxonalarida qо‘llaniladi.
Rezervuarlarni asosiy о‘lchamlari–diametri va balandligi har xil bо‘lishi mumkin, lekin qо‘llanilgan material sarfi kam bо‘lishi kerak.
Pontonli, tomchi kо‘rinishidagi va yopiq rezervuarlar
Suzuvchi pontonli rezervuarlar–yengil bug‘lanadigan neft va neft-mahsulotlarini saqlash uchun mо‘ljallangan, shitli qoplamadan qurilgan. Ponton, suzuvchi qopqoq neft-mahsulotlarini bug‘lanishini 4-5 marta kamaytiradi. Ponton–bu suzuvchi pо‘kakli disk bо‘lib, suzuvchanligini ta’minlaydi.
Ponton va rezervuarlarning devorini oralig‘ida 100-300 mm masofa qoldiriladi, bunda devorlik tik bо‘lmaganda yopishib yoki tiqilib qolishining oldi olinadi. Germetik zatvor pontonni ajratib bо‘lmaydigan qismi hisoblanadi.Suzuvchi qopqoqli rezervuarlar barqaror yopilmaga ega emas, bunda pо‘lat listlar disk qopqoq vazifasini bajaradi. Diskni kontur bо‘ylab suzishini ta’minlash uchun halqa bо‘ylab ponton joylashtiriladi. Qopqoq va devor oralig‘i katta germetik qirqilgan listlardan bajarilgan, devorga rijagli moslama bilan qisiladi.
Suzuvchi yopilma qopqoqni nazorat qilish va tozalash uchun maxsus aylanma norvon о‘rnatiladi. Suzuvchi qopqoqqa tushadigan yomg‘ir suvlari maxsus ariqchalar orqali kanalizaqiyaga tashlanadi. Suzuvchi qopqoq havo chiqaruvchi klapan bilan ta’minlangan bо‘ladi va rezervuarlarga neft haydalganda havo chiqarib yuboriladi.
Rezervuarlarda neftning yengil fraksiyalarini yо‘qotilishini oldini olish
Yuqorida muloha qilganimizdek germetik bо‘lmagan tizimlar orqali neftni yig‘ishni rezervuar parklari keng qо‘llanilganligi uchun neftni qazib olishda yengil fraksiyalarning yо‘qotilishi 3% ga yetishadi. Shunday savol tug‘iladi saqlanadigan rezervuarlarda neftdagi yengil fraksiyalarning yо‘qotilish parametrlari nimalarga bog‘liq va ularni qanday baholash mumkin?
Rezervuarda neftni yengil fraksiyalarining yо‘qotilishi quyidagi omillarga bog‘liq bо‘ladi: 1) neftni zichligiga, qovushqoqligiga va haroratiga; 2) neftni gazdan tozalanish darajasi eng oxirgi pog‘onada va ana shu pog‘onadagi bosimga bog‘liq; 3) neftni saqlash vaqti va atrofdagi havoning haroratiga; 4) rezervuarni tо‘ldirish chastotasi va bо‘shatilishiga (rezervuarni katta “nafas” olishiga).Neftning zichligi va qovushqoqligi kichik va harorati yuqori bо‘lganda bug‘lanishi yuqori bо‘ladi, rezervuarda uni yо‘qotilishi ham katta bо‘ladi. Agar rezervuarni tо‘lish va bо‘shash chastotasi oshganda uning yо‘qotilishi shuncha oshadi. Neft saqlanadigan rezervuarlarda yengil fraksiyalarni yо‘qotilishini amaliy kamaytirish uchun quyidagilar zarur: 1) hamma xomashyo rezervuarlari va tovar parkidagi rezervuarlar germetiklangan bо‘lishi; 2) neft tovar rezervuariga haydalishidan oldin barqarorlashtirishga berilishi ya’ni uning tarkibidagi yengil uglevodorodlarni ajratish uchun (C5H10 gacha) qizdirilishi, qaynoq neft vakuum ostida ajratish olib boriladi. Konda neft barqarorlashtirilganda va uning tarkibidan yengil fraksiyalar ajratilgandan keyin uni neftni qayta ishlash zavodlarigacha yо‘qotilmasdan tashish mumkin. Konlarda tо‘liq germetiklangan rezervuarlar yо‘q, neftni barqarorlashtirish esa tо‘liq bо‘lmagan holda amalga oshiriladi. Nima uchun hozirgi vaqtgacha neftni qayta ishlash zavodlarigacha tashishda neftni yо‘qotilishiga yо‘l qо‘yilmoqda.
Neftni fizik-kimyoviy xossalariga bog‘liq holda rezervuarni gaz havo fazosining balandligi bо‘yicha uglevodorolarning konsentratsiyasi teng о‘lchamli va teng о‘lchamli bо‘lmasligi mumkin.
Yengil neft bilan rezervuarlarni (800 – 820 kg/m3) tо‘ldirish va bо‘shatishda uglevodorodlarning konsentratsiyasi gaz havo fazosining balandligi bо‘yicha amalda bir xil о‘lchamda saqlanadi, lekin doimiy vaqt emas, og‘ir neftlar uchun (800 – 920 kg/m3)-notekis va doimiy bо‘lmagan holda joylashadi.
Rezervuarlardan foydalanish
Rezervuarlar saqlanadigan suyuqliklarni qabul qiladigan va chiqaradigan qurilmalar bilan ta’minlanishi va ularni istalgan vaqtda almashtirishning imkoniyati bо‘lishi kerak. Rezervuarni ta’mirlash paytida odamlarning kirishi va chiqishi uchun lyuklar va lazlar о‘rnatiladi. Rezervuar foydalanuvchi uchun qulay bо‘lishini hisobga olgan holda metall konstruksiyalar (zina va maydoncha) bilan jihozlanadi. Qabul qiluvchi shtuserlar tik rezervuarlarning pastki belbog‘iga yoki sharsimon va tomchi kо‘rinishidagi rezervuarlarning pastki qismiga о‘rnatiladi. Avariya holatlarida qabul qiluvchi quvurlar orqali mahsulot yо‘qotilishini oldini olish uchun qabul qiluvchi shtruserlarning Ta’mirlash ishlariga mо‘ljallangan 1 yoki 2 ta lyuk rezervuarning pastki belbog‘iga о‘rnatiladi. Bundan tashqari tomda ta’mirlashdan oldin rezervuarni shamollatish xamda rezervuarning ichki qismiga tushib-chiqish uchun lyuk о‘rnatiladi.
Nazorat о‘lchov ishlarini olib borish uchun rezervuarning tomiga yana bir lyuk о‘rnatiladi. Bu lyuk “о‘lchovchi” deb nomlanadi va avtomatik о‘lchov asboblaridan alohida, mustaqil ravishda о‘rnatiladi. Bu lyuk tez ochiladigan qopqoq bilan jihozlanadi. Rezervuarlarning asosiy qurilmalari “nafas oluvchi” klapanlar hisoblanadi. Ular neft-mahsulotlarining minimal darajada yо‘qotilishi sharoitlarida “katta“ va “kichik nafas olish”ni ta’minlaydi. Rezervuarning “nafas oluvchi” klapani ishdan chiqqan paytda buzilishlarning oldini olish uchun saqlovchi klapan о‘rnatiladi.rezervuardagi ichki qismi himoyalovchi berkituvchi qurilma bilan jihozlanadi.Saqlovchi klapanlar gidravlik zatvor usuli bо‘yicha ishlaydi. Bunda zatvor bosim yoki vakuum ta’sirida ochiladi va gaz muhiti atmosferaga chiqariladi. Ishchi bosim о‘rnatilgach, suyuqlik yana zatvorni berkitadi. Gazlarning atmosferaga chiqarilishi yoki havoning (vakuum sharoitida) rezervuarga kiritilishi tishsimon qalpoqcha orqali amalga oshiriladi. Zatvorning suyuqligi muzlamaydigan, qovushqoqligi kichik va bug‘lanmaydigan bо‘lishi lozim. Bunday suyuqliklar sifatida solyar moylari, dizel yoqilg‘isi, gliserinning suvli eritmasi ishlatiladi. Rezervuardan foydalanish jarayonida zatvordagi suyuqlikning sathini tekshirib turish uchun jо‘mrakli sath о‘lchagich ishlatiladi. Barcha tо‘siq, shtuser va tо‘rlar toza holda saqlanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |