Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti 301-guruh talabasi Shermamatova Niginaning “Umumiy psixologiya” fanidan “Qobiliyatlar va genitika“mavzusida
Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti 301-guruh talabasi Shermamatova Niginaning “Umumiy psixologiya” fanidan “Shaxs nazariyalari“mavzusida
Shaxs tushunchasi tarixi va uni psixologik tushunish
Shaxs tushunchasi “yuz” ,”soxta qiyofa” so’zlaridan kelib chiqadi.
Qadimgi yunonistonda “Shaxs” tushunchasiga mos keluvchi atama bo’lmagan.Arastuning “Jon haqida “ ta’limot asari hozirgi zamon psixologiyasiga yo’l ochib berdi.
Shaxs –bu turmush tarzi ,uning shakli, hayotning alohida holati , evolyutsiyaning noyob topilmasi .Shaxs –bu “tabiatning yirik mushohadasi “.
Ruhshunoslar individning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini shaxsning asosiy belgilari deb hisoblaydilar. B.G.Ananev”Shaxs”ga “Jamiyatning insonga uning ma’lum tarixiy rivojlanishi davrida ko’rsatadigan ko’plab iqtisodiy, siyosiy,huquqiy, axloqiy va boshqa ta’sirlari ob’yekti” sifatida ta’rif beradi.
Shaxs tuzilishi
Shaxsning asosini uning tuzilishi tashkil etadi. Bu esa shaxsning yaxlit hosila sifatida har taraflama nisbiy barqaror aloqa va o’zaro ta’sirga ega bo’lishidan iborat.
Psixologlar shaxs tuzilishida turli tarkibiy qismlarni ajratadilar. S.L.Rubinshteyn temperament, xarakter,layoqatlarda; bilimlar,malakalar, va ko’nikmalarda ; yo’nalganlikda namoyon bo;ladigan individual-tipologik xususiyatlarni ko’rsatib o’tadi.
Mashhur psixolog K.K.Aflotunov yo’nalganlik tarkibini ,ijtimoiy tajriba tarkibini , psixologik tarkibni va biologik asoslangan tarkibni ajratib ko’rsatadi.
Shaxs tuzilishining tarkibiy qismi sifatida yo’nalganlik alohida ajratilib ko’rsatiladi.
Yo’nalganlik deb, shaxs faoliyatini yo’naltiruvchi va xususiy vaziyatlardan nisbatan mustaqil bo’lgan barqaror motivlar yig’indisiga aytiladi.
Shaxs mayli- avval tajribada shakllangan , ob’ektni aynan ma’lum shaklda idrok etish ,tushunish yoki u bilan harakat qilishga tayyorgarlik, moyillik.
Aflotunov shaxs tuzilishini quyidagilarga ajratgan.
1. yo’nalganlik
2. tajriba
3.aks ettirish turli shakllarning individual xususiyatlari
4. biopsixik xossalar o’zida temperament xususiyatlari , shaxsning jins va yosh xususiyatlari , patalogik, organik o’zgarishlarni birlashtiradi.
Shaxsni aniqlash qirralari shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday atamalar bilan belgilangan ediki, ular yordamida ham normal , ham patalogik shaxsg ta”rif berish mumkin edi.
Tadqiqotlarning birinchi davri qadimgi allomalarning ishlari bilan boshlangan bo’lib, XIX asrning boshlarigacha davom etdi. Falsafiy-adabiyot davrida shaxs psixologiyasining asosiy muammolari insonning ahloqiy va ijtimoiy tabiati haqidagi masalalardan iborat bo’ladi.
Shaxs haqidagi birnchi ta’riflar yetarli darajada kengroq edi. Ular o’z ichiga insonda mavjud narsalarni va shaxsan o’ziniki bo’lgan: uning biologiyasi, psixologiyasi, mol-mulki, hulq-atvori , madaniyati va hokazolarni jamlagan edi.
XX asrning o’rtalariga kelibgina , shaxs, ungacha inson holatlari va bilish jarayonlarini tadqiq etish bilan shug’ullanayotgan psixologlar tomonidan o’rganila boshlandi.
XX asrda psixologiyada tajriba tadqiqotlari jadal olib borilgani uchun , ularga farazlarni aniq tekshirish va asoslangan faktlarga ega bo’lish maqsadida ma’lumotlarni matematik-statistika usulida hisoblash qo’llanildi. Shu asosda psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib shaxsni tadqiq etishning ishonchli va valid test metodlari ishlab chiqish birinchi navatdagi vazifa bo’lib qoldi.