Samarqand Veterinariya Meditsinasi Instituti Iqtisodiyot va Agro texnologiyalari



Yüklə 23,65 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü23,65 Kb.
#39371
1-amaliy


O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus Ta`lim Vazirligi

Samarqand Veterinariya Meditsinasi Instituti

Iqtisodiyot va Agro texnologiyalari Fakulteti

101- guruh “Iqtisodiyot (qishloqxo`jaligida)”

Iqtisodiyotda AKT vaTizimlar fanidan

AMALIY MASHG`ULOT

1-Mavzu: Windows OTda fayllar va papkalar ustida amallar bajarish

Bajardi:Ulmasov A.

Tekshirdi:Haydarov O.

Samarqand 2021

Fayl - ("file"-inglizcha, "ma`lumot") biror nomga ega bo'lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan bir turdagi ma`lumotlar majmuidir. Bu ma`lumotlar matn, chizma, dastur va h.k. bo'lishi mumkin. Turli operatsion sistemalar fayl nomlariga turlicha talablar qo'yadi. Masalan, MS-DOS (IBM, "Iskra" kompyuterlarida), Mikrodos ("Korvet") kabi operatsion sistemalarda fayl nomi 8ta belgidan oshmasligi va lotin xarflari, raqam va ba`zi maxsus belgilarda ifodalanishi mumkin; Pravets-8 kompyuterlarida keng qo'llaniladigan DOS-3.3 operatsion sistemasida esa fayl nomi 37tagacha belgiga ega bo'lib, unda lotin harflari bilan bir qatorda kirill harflari ham ishlatilishi mumkin. Fayl nomining kengaytmasini yozish majburiy emas, lekin u faylda saqlanayotgan ma`lumot turini bildirgani sababli, undan foydalanishda qulaylik tug'diradi. Ko'pgina dasturlar fayl nomi kengaytmasini o'zlari qo'shib yozadilar. Bu kengaytmadan mazkur fayl qaysi dastur tomonidan tashkil etilganini bilib olish mumkin. Masalan: com, exe - kompyuter "tili"ga o'girilgan dasturlar yoki buyruqlar ketma - ketligini o'z ichiga olgan fayllar kengaytmasi; bat - buyruqlar majmuini o'z ichiga olgan fayllar; bas - Beysik dasturlash tilida yaratilgan dastur; pas - Paskal dasturlash tilida hosil qilingan dastur; chi - ChiWriter matn muharririda hosil qilingan matn. bat kengaytmali fayllar, ya`ni buyruq fayllari matn ko'rinishida bo'lib, u operatsion sistema buyruqlaridan tuziladi. Bunday fayllar ketma-ket bajarilishi lozim bo'lgan bir nechta buyruq yoki fayllarni har safar qaytadan yozmaslik uchun tashkil qilinadi. Buyruq fayllari matn mu-harrirlari yordamida hosil qilinishi mumkin.

Fayl va Papkalar ustida amallar bajarish

Kompyuterda fayl va papkalar bilan ishlash jarayonida bir necha asosiy amallar bajariladi: fayllarni hosil qilish, ochish, nusxalash, qayta nomlash, yopish, uzatish va o‘chirish.

1. Papka hosil qilish uchun ish stolida sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosilib, hosil bo‘lgan oynachada (kontekst menyuda) → Создать → Папку buyrug‘i tanlanadi.

2. Fayl yoki papkani ochish uchun kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada → Открыть buyrug‘i tanlanadi.

3. Fayl yoki papkani uzatish uchun uni kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Отправить buyrug‘i tanlanadi.

4. Fayl yoki papkani o‘chirish uchun papka yoki faylni kursor bilan belgilab, sich-qonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Удалить buyrug‘i tanlanadi.



5. Fayl yoki Papkani qayta nomlash uchun uni kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Переименовать buyrug‘i tanlanadi.

6. Fayl yoki Papkani nusxalash uchun uni kursor bilan belgilab, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va hosil bo‘lgan oynachada Копировать buyrug‘i tanlanadi.
Yüklə 23,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin