Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti

Yüklə 30,77 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü30,77 Kb.
#191977
U.K

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA NSTITUTI

MENEJMENT VA KASB TA’LIM FAKULTETI

“SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” KAFEDRASI

PUL,KREDIT VA BANKLAR fanidan

MUSTAQIL ISH

Mavzu: O'zbekiston Respublikasi bank
tizimi va uning tarkibi
Bajardi: Menejment yo’nalishi 3-kurs 21-16 guruh talabasi Norboboyeva Mohichehra
Tekshirdi:Qodirov Ulug’bek
Reyting ball: ___

Toshkent-2023

mavzu: O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi

REJA:
1.Kirish
2.Asosiy qism:
2.1. Bank tushinchasi
2.2 .Bank turlari
2.3.O’zbekistondagi bank tizimi
3.Xulosa
4.Foydalanilgaan adabiyotlar
5.Ilovalar

Bank tizimi bozor iqtisodiyotining muhim va ajralmas qismi-dir. Tovar pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi bank-lar oldida yangidan-yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyatlar ochib beradi.

SHuning uchun ham, respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablari-ga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug‘ildi. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon tala-biga mos keluvchi, rivojlangan milliy kre­dit tizimiga ega bo‘lish, xo‘jaliklar va aholining bo‘sh turgan mablag‘larini jalb qilish va uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni taminlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta’minlovchi zaru-riy makroiqtisodiy sharoitlarni hamda bank tizimi barqarorli-gini ta’minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit, va investitsiya faoliyatini yanada rivojlantirishga erishish va banklar o‘rtasida raqobat bo‘lishini ta’minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan samarali taminlanganligiga erishish kabi choralarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Bank tizimini qayta tashkil qilishni amalga oshirish quyidagi tamoyillarga acoclangan holda olib borilishi mumkin:
– xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish;
– Bank tizimidagi islohotlar umumiqtisodiy islohotlarning o‘tkazilishi bilan mos kelishi;
–bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo‘li bilan jahon bank tizimiga yaqinlashtirish;
– pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyoj-lari va iqtisodiyotning xususiyatini hisobga olish;
– banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun qo‘yish va boshqalar.
Bizning zaminimizda mavjud bo‘lgan banklarning rivojlani-shini ikki yirik davrga bo‘lib qarash mumkin. Birinchi davr bu –O‘z-bekiston mustaqillikka erishgungacha bo‘lgan davrdagi bank tizimi va ikkinchi davr O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Biz ta’kidlaganimizdek, O‘zbekistonda bank tizimi ikki pog‘ona-li bo‘lib, banklar tizimining birinchi pog‘onasi – bu O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, ikkinchi pog‘onasi – tijorat bank-lari, ularning sho‘‘balari, chet el banklari sho‘balari hisoblanadi.
Respublikamizda ikki pog‘onali bank tizimini jahon tajribasida qabul qilingan tamoyillarga muvofiq shakllantirish ko‘zda tutilgan. Ixtisoslashish va kredit-investitsiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlash Respublikamizdagi bank muassasalarining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Ularning faoliyati asosan ustuvor tarmoqlar qishloq xo‘jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, uy-joy qurilishi, avtomobilsozlik savdo va boshqa sohalarni rivojlantirishga qaratilgan. Hozirgi banklar aksiyador-tijorat banklari sifatida tashkil qilinib, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslashgan va ular ixtisos-lashgan banklar bo‘lsa-da, boshqa tarmoqlardagi mijozlarga ham kre-dit va hisob-kitoblar bo‘yicha xizmat ko‘rsatishlari mumkin. Banklar faoliyatining universallashuvi ular o‘rtasida raqobatning yuzaga kelishiga, bu esa ularning bozor iqtisodiyotiga barqaror kirib borishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respub­likasi Markaziy banki qator muhim vazifalarpi hal etadi. Ularning asosiylari quyidagilardir:

– monetar siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakl-lantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish;
– O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta’minlash;
– banklar faoliyatini tartibga solish va banklar faoliyati usti-dan nazorat qilish;
– O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxirasini saqlash va ularni boshqarish;
– Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish.
Markaziy bankka ayrim bank korxona va tashkilotlarning kapitalida qatnashishi, ularga moliyaviy yordam ko‘rsatishi, tijorat turi-dagi faoliyatlarni olib borishi man qilinadi. Markaziy bankni boshqarishning yuqori tashkiloti boshqaruv bo‘lib, u monetar siyosat-ni hamda o‘z zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni amalga oshirishda boshqa davlat tashkilotlarining bevosita va bilvosita arala-shuvidan holi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi.
1. Iqtisodiyotni pul-kredit dastaklari yordamida boshqarish.
2. Hisob-kitob va pul o‘tkazish operatsiyalarini bajarishni yo‘lga qo‘yish.
3. Tijorat banklari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish.
4. Boshqa kredit muassasalarining kassa zaxiralarini saqlash.
5. Rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash.
6. Hukumat uchun hisob-kitob va kredit operatsiyalarini bajarish.
7. Tijorat banklariga kredit berish.
8. Pul emissiyasi.
Markaziy bank o‘z sarf xarajatlarini daromadlari hisobidan qoplovchi iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir. Markaziy bankning mol-mulki uning pul va boshqa moddiy boyliklardan ibo-rat bo‘lib, ularning qiymati Markaziy bank balansida aks ettiri-ladi.

ijorat banklarining iqtisodiy mavqei faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Tijorat banklari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi.

1. Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish.
2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash;
3. muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish.
4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish.
5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish.
6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatish.
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib, mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarni yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘i egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond xalq xo‘jaligi tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi.
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini, davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan mijozlarga vaqtincha foydalanishga beradi. Bank krediti hisobidan xalq xo‘ja-ligining muhim tarmoqlari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.
Muomalaga kredit pullarni chiqarish funksiyasi tijorat banklarini boshqa moliya institutlaridan ajratib turadi. Tijorat banklari depozit-kredit emissiya qilganida, ssudalar berganida, pul massasi oshadi va ssuda bankka qaytarilganda, muomaladagi pul massasi kamayadi.

Xulosa

O'zbekiston Respublikasi bank tizimi moliyaviy tizimning muhim qismidir va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishda muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyot

https://fayllar.org/13-mavzu-ozbekiston-respublikasi-bank-tizimi-va-uning-tarkibi.html?page=3
Yüklə 30,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin