Sariosiyo tumanidagi 53-sonli umumta`lim maktabida tashkil topgan Informatika to`garagi mashg`ulotidan fotolavhalar



Yüklə 34,5 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü34,5 Kb.
#169231
  1   2   3

Sariosiyo tumanidagi 53-sonli umumta`lim maktabida tashkil topgan Informatika to`garagi mashg`ulotidan fotolavhalar.
BESH TASHABBUS BESH IMKONIYAT. Sariosiyo tumanidagi 53-sonli umumtalim maktabida oquvchi yoshlar bilan otkazilgan besh muhim tashabbusning 3 -yonalishi informatika va AKT yonalishi "Internetdan samarali foydalanish"mavzusida otilgan mashgulotdan fotolavhalar.
Aralash sonlar” mavzusida tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGANVILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Namangan shahar 38-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi Toshbayeva Munavvaraning 5-sinflar uchun matematika fanidan“Aralash sonlarmavzusida tayyorlagan bir soatlik
DARS ISHLANMASI
2020 yil
Texnologik xarita

Мavzu

Aralash sonlar

Maqsad, vazifalar

Mаqsаd: O’quvchilarni darsda aralash sonlar, sonning butun qismi, sonning kasr qismi tushunchalari bilan tanishtirish
Vazifalar: O’quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otiladi, ular mavzu asosida kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Mavzuga oid tarqatilgan topshiriqlarni yakka va guruh holatida o‘rganib, o‘zlashtirishga erishadilar. Suhbat-muhokama orqali o‘quvchilarning yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirganligi nazorat qilinadi, ularning bilimi baholanadi.

O‘quv jarayonining mazmuni

Aralash sonlar mavzusi bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarda Noto`gri kasrni aralash son ko`rinishida ifodalay olish va aralash sonni noto`gri kasr ko`rinishida ifodalash,mavzuga oid misol,masalalarni ishlay olish, matematikadan olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash kabi kompetensiyalarni shakllantirish. O‘quvchilarni kasr sonlarni fan-texnikadagi ahamiyati haqidagi bilimlari, vazifalari, ularni bir-biridan ajratish va darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: Og‘zaki bayon qilish, “ROLLIK OYINLAR”, “Hamkorlikda kichik guruhlarda ishlash”.
Shakl: Suhbat-muhokama, jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Kasr sonlar tasvirlangan slayd va plakatlar, doiralar, uning bo`laklari.
Usul: Tayyor slayd, plakatlar va tarqatmalar asosida.
Nazorat: Og‘zaki nazorat, savol-javoblar, muhokama, kuzatish, o‘z-o‘zini nazorat qilish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 balli tizim asosida baholash.

Kutiladigan natijalar

O‘qituvchi:Mavzu qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidano‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning faolligi oshadi. O‘quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg‘onadi. Mavzuda o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar va kompetensiyalardan kelib chiqqan holda o‘quvchilar bilimi baholanadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va yozma axborotlarni mustaqil o‘rganish, uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o‘rgatiladi.
O‘quvchi:Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka va guruh bo‘lib ishlash malakasiga ega bo‘ladi. Og‘zaki va yozma nutqi rivojlanadi. Eslab qolish qobiliyati (xotirasi) mustahkamlanadi. O‘z-o‘zini nazorat qilish, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi shakllanadi. Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi. Jarayonni baholay oladi va munosabat bildiradi.

Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

O‘qituvchi:Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtiradi va darsga tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog‘laydi va solishtiradi. Pedagogik mahoratini oshiradi.
O‘quvchi:Misollarni mustaqil ishlashni o‘rganadi.O‘z fikrini ravon bayon qila oladi. Shu mavzu asosida qo‘shimcha materiallar topadi, ularni o‘rganadi. O‘z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. Matematikadan olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash kompetensiyalarini egallaydi.

Darsning borishi
I. Tashkiliy qism.Guruh o‘quvchilari o‘zlarining guruh nomiga berib o‘tadilar.
Guruhlar I. AL-XORAZMIY.II.BERUNIY.
III. ULUGBEK.
IV. IBN SINO.
O`qituvchi:
Fanlar ichida oftob
Ishidir hisob,kitob.
Unda jam mantiq,savod,
Musiqayu iqtisod.
O`ylab topsang EVRIKA!
Bu fan MATEMATIKA.Doskada MATEMATIKA so`zi yozilgan harflarga to’rtala komanda o`quvchilari she’r ijro etadilar.
M- Murakkabmas aytarlik, bilib olsang xisobni.Qunt bilan o`rgansang bas! Charxlab ko`yar zexningni.
A- Al-Xorazmiy solib asos, Al jabrni yaratdi.Qonuniyatlarni jamlab, dunyoga dong taratdi.
T- Tan oldi butun dunyo, algebraning otasin,Xatto uzoq sharqda ham qilishar ungatazim.
E- Yer kurrasin shaklini Beruniy yasagandaLol qolgan olam axli yordamchidir xandasa.
M- Muallimi soniydir mashhurlikda FarobiyMinglab matematiklar ustozidir Fargoniy
A- Astronom Ulugbekdek munajjim bormi ayting?Zijjini aniqligidan bugun teleskoplar tang
T- Tenglamayu tengsizlik, logarifm, funksiyaO`rgangan matematik-Umar Xayyom alloma.
I- Ibn Sinoni jaxon Avetsena deb bilgan.Xandasa ilmida xam, olimlarni tang qilgan.
K- Kimlar o`rganmadi bu fanni axir, Bilganlar alloma bo`ldilar oxir.Gullaydi u bilan ilm fan bogi. Unda hal etilar hayot jumbogi.
A- Anglab so`zim ma`nosini, soching ilm ziyosini.O`rganing ishtiyoq bilan, Fanlarning podishosini.

Yüklə 34,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin