1. Real investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalariga nimalar kiradi?
2. Kapital moliyalashtirish manbalarini ham nechta guruhga bo`linadi?
3. Amortizatsiya ajratmalari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbaiga nimalar kiradi ?
4.Moliyaviy vositalar turlariga nimalar kiradi ? 5.Korxonaning investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning ichki moliyaviy resurslari nimalardan iborat? 6. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari ni sanab bering? 7. Sindikatli kreditlashning asosiy maqsadi nima ? 8.Fond bozori vositalari nima? 9. Davlat qimmatli qog‘ozlariga nimalar kiradi? 10. Obligatsiya nima?
1. Investorning o‘z moliyaviy resurslari,Investorning qarzga olgan mablag‘lari,
Investorni jalb qilgan moliyaviy resurslari,Davlat byudjeti mablag‘lari, (shu jumladan, mahalliy byudjet mablag‘lari),Chet el investitsiyalari va kreditlari,
Noan’anaviy moliyalashtirish. (sindikatli kreditlash, seleng, venchurli moliyalashtirish va boshqalar)
2. 1) markazlashtirilgan qo‘yilmalar:
davlat byudjeti va davlat byudjetidan tashqari fondlar mablag‘lari, tashqi qarzlar limitlaridan kelib chiqib hukumat kafolati ostidagi chet el investitsiyalari va kreditlari.
2) markazlashtirilmagan kapital qo‘yilmalar:
- korxonalar mablag‘lari, shu jumladan, qo‘shma korxonalar, xorijiy korxonalar va xususiy korxonalarning mablag‘lari.
3. Amortizatsiya – asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni normativ xizmati muddati davomida qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkazib borish jarayonidir. Asosiy vositalar tarkibiga xizmat muddati bir yildan kam bo‘lmagan, qiymati 50 minimal maoshdan yuqori bo‘lgan va o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga asta sekinlik bilan o‘tkazib boradigan ishlab chiqarish vositalar kiradi.
4. Birlamchi yoki naqd pul vositalari. Ular sotib olish va sotish, pul ijarasi, ko'chmas mulk, tayyor xom-ashyo, mahsulotni sotib olish uchun shartnomalarni o'z ichiga olishi kerak.
Ikkinchi darajali yoki lotinlar. Bu holda, moliyaviy vositaning asosiy maqsadi muayyan ob'ektdir. Ular aktsiyalar, obligatsiyalar yoki boshqa har qanday qimmatli qog'ozlar, fyuchers, har qanday valyuta, fond indekslari, qimmatbaho metallar, don va boshqa tovarlar bo'lishi mumkin.
5. Xo‘jalik usulida bajarilgan qurilish-montaj ishlaridan kelgan foyda (qilingan iqtisod);
Asosiy vositalarni likvidatsiya qilingan vaqtda olingan yaroqli materiallar;
Aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashishi hisobiga, muomiladan bo‘shatilgan aylanma mablag‘larning bir qismi;
Korxonaning o‘zida tashkil qilingan maxsus rezerv fondlari va boshqalar.
6. Aksiyadorlik kapitali evaziga moliyalashtirish,Lizing asosida moliyalashtirish,Ipoteka asosida (ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish) moliyalashtirish,Byudjetdan moliyalashtirish,Qarz majburiyatlari hisobidan, bank kreditlari, yuridik hamda jismoniy shaxslar majburiyatlari evaziga moliyalashtirish,Loyihaviy moliyalashtirish,Sindikatli kreditlash.
7. Sindikatlashtirilgan kreditlashning asosiy maqsadi pensiya jamg'armalari va to'siq fondlari kabi bir nechta kreditorlar yoki banklar yoki institutsional investorlarga qarz oluvchining defolt xavfini tarqatishdir. Sindikatlashtirilgan kreditlar odatdagi bank kreditlariga qaraganda ancha katta bo'lishi sababli, bitta qarz oluvchini defolt qilish xavfi bitta qarz beruvchini ishdan chiqarishi mumkin. Sindikatlashtirilgan kreditlar, shuningdek, yirik korporativ qarzlarni moliyalashtirish uchun, asosan qarz mablag'lari hisobidan moliyalashtirish uchun, sotib olinadigan xarid jamiyatida qo'llaniladi.
8. Fond bozori vositalari – bu investitsiyalash faoliyatini moliyalashtirishda qo‘llaniladigan turli xildagi qimmatli qog‘ozlar va ularning hosilalaridir. Investitsion maqsad va investitsiyalarni samarali boshqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli xossa va xususiyatlarga ega bo‘lgan vositalar qo‘llanilishi mumkin
9. Davlat qimmatli qog‘ozlari – O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari.
10. Obligatsiya bu (lotincha obligatio so‘zidan, majburiyat) – bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qog‘ozning nominal qiymatini unda ko‘rsatilgan muddatda belgilangan (qat’iy) foiz to‘langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir.