Savollar:
1. Iqtisodiy tahlil fanining predmeti.
2. Iqtisodiy tahlilning maqsadi hamda vazifalari.
3. Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari
1. Fanining predmeti bu – korxona, firma, birlashma va hakozolarning moliyaviy-xo’jalik jarayonlarini sodir bo’lishi, rivojlanishi va o’zgarishini ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda moliyaviy barqarorligini, to’lov qobiliyati, raqobatbardoshligi, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, innovasion boyliklaridan oqilona foydalanishga ta‘sir etuvchi tashqi va ichki omillarga baho berishdan iboratdir.
Iqtisodiy tahlil korxonalarning xo’jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlari, ularning yakuniy moliyaviy natijalarini o’rganadi. Korxonalardagi xo’jalik jarayonlari asosiy faoliyati, ularni tashkil etish hamda yuritish bilan bog’liq bo’lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qamrab oladi.
2. Xo’jalik yurituvchi sub’ektining mexnat, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslari bilan ta’minlanganligi hamda ulardan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillar asosida, axborot manbalariga binoan monitoring etish, foydalanuvchilarni ma’lumotlar bilan ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlashni fanning maqsadi hisoblanadi.
Fan vazifasi esa o‘rganilayotgan jarayonga tuģri va odilona baho berish, moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanganligiga baho berish, hamda, korxonaning joriy va kelajakdagi rivojlanish strategiyalarini tuzish, ish yuritish bo‘yicha takliflar berish va hokazolarni o‘z ichiga qamrab oladi.
3. Tahlil turlarini turkumlash – ularni umumlashtirish va bir tizimga keltirishga, eng muhim
tomonlarini aniqlashga hamda ushbu fanning istiqbolda yanada takomillashtirish uchun keng imkoniyat
ochib beradi. Tahlilning barcha turlari o’z belgilariga qarab ma`lum guruhlarga umumlashtiriladi.
Bunday guruhlashgan belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin: tahlilning vazifalari, uni o’tkazish
muddati, qabul qilinadigan qarorlarning xarakteri, korxonalar faoliyatini o’rganishning asosiy tomonlari,
rezervlarni aniqlash usullari, o’rganiladigan obhekt, tahlil qiluvchi subhekt, o’rganiladigan hodisalarning
ko’lami, axborotlarni qayta ishlash usullari kabilar. Barcha turdagi tahlilning turlari ularning bajargan
vazifalariga qarab quyidagi guruhlarga umumlashtiriladi: biznes-rejaning tig’izligi va asoslanganligini
baholash va uning bajarilishini nazorat qilish, erishiladigan natijalarni bashorat qilish ya`ni oldindan aytib
berish, erishilgan natijalarga ob`ektiv baho berish va shu maqsadda korxona faoliyatiga bog’liq va bog’liq
bo’lmagan sabablarni aniq belgilash, ichki xo’jalik hisobi yakunini o’tkazish, rezervlarni aniqlash va
ularni ishlab chiqarishga jalb etish, kelgusida rejalashtirish uchun asos (baza)ni aniqlash, o’timal
boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy variantlarni tayyorlash.
Ishlab chiqarishni iqtisodiy tahlil qilishni umumiy tarzda quyidagi chizmada keltirilganday
ifodalash mumkin
Iqtisodiy tahlil turlarini turkumlash asosida boshqarish funktsiyalarini turkumlash yotadi, chunki,
iqtisodiy tahlil iqtisodiyotni boshqarishni har bir funktsiyasini amalga oshirishning ajralmas elementi
bo’lib hisoblanadi. Umuman olganda boshqarishning fukntsiyalarini ikkita katta guruhga bo’lishimiz
mumkin: umumiy va maxsus (s’etsifik) funktsiya. Bu bog’liqlik shundan iboratki umumiy funktsiyalar
o’z holicha amal qila olmaydi; har qanday maxsus funktsiya esa faqatgina umumiy funktsiyalar
yordamidagi amalga oshiriladi.
Ma`lumki, xo’jalik yurituvchi sub`ektlarni boshqarish o’zining tamoyillari va funktsiyalariga
tayanadi. Boshqarish faoliyatini amalga oshirish quyidagi funktsiyalarga tayangan holda amalga
oshiriladi:
boshqarishni axborot bilan ta`minlash (to’’lash, qayta ishlash, iqtisodiy voqea va hodisalar
tug’risidagi axborotlarni tartibga solish);
iqtisodiy tahlil qilish;
rejalashtirish va ‘rognozlash (iqtisodiy hodisalarni joriy va istiqbolli rejalashtirish);
muvofiqlashtirish;
tashkil qilish;
hisobga olish;
nazorat qilish (rejalarni va boshqarishga oid qarorlarni amalga oshirilishini nazorat qilish).i
Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti 72 E 20I guruh talabasi Mashhurbek Olimjonovning ,,Iqtisodiy tahlil'' fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Dostları ilə paylaş: |